#Zakovat
#Iqtisodiyot_fakulteti
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida doimiy tarzda zakovat o'yinlari o'tkazilib kelinmoqda.
Xususan, joriy haftada fakultet tyutorlari S.Temirova va G.Xamidovalar hamda yoshlar ittifoqi koordinatori F.Ortiqovlar tomonidan zakovat o'yinlari tashkil etildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
✅✅✅✅✅✅ 🏆🏆🏆
⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis institutida tanlov!
Joriy yilning 22-noyabr (juma) kuni soat 10:00 da institut axborot-resurs markazida “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi bo‘lib o‘tadi.
G‘oliblar institut ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Ishtirok etishni istagan talabalar o‘z fakultetlari yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat etishlari so‘raladi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
💫 “Biz yoshlar OITSga qarshimiz” profilaktik tadbirlari davom etadi!
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kechki ta'lim bo'limida 1-dekabr - Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Biz yoshlar OITSga qarshimiz” shiori ostida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida mutaxassislar talabalarga OIV va OITS haqida muhim ma'lumotlar berib, bu kasalliklarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida so'z yuritishdi. Tadbir yakunida esa talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Xalqaro_hamkorlik
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va A.Yassaviy nomidagi Qozoq-turk xalqaro universiteti oʻrtasidagi akademik almashinuv munosabati bilan institut oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari D.Yuldasheva, S.Adilova va D.Norboyevalar Qozogʻiston Respublikasida boʻlib turishibdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#SamISI_OAV_nigohida
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bo'lib o'tgan "Moliyaviy hisobot auditini xalqaro standartlar asosida o'tkazishning nazariy, tashkiliy va metodologik masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Samarqand MTRK nigohida
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda servis fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori Joʻraqulov Odiljon Mamatolibovichning tavallud ayyomi!
Hurmatli Odiljon Mamatolibovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
🗓 Joriy yil dekabr oyida talabalar o‘rtasidagi eng nufuzli turnir - Intellektual olimpiada musobaqasini o‘tkazish rejalashtirilgan!
🧑🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi
💪 Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
Zakovat
Breyn-ring
Shaxsiy o‘yin
Erudit-kvartet
Shaxmat
Shashka
1️⃣2️⃣ Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari - Zakovat, breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi
📄 Har bir OTM belgilangan namunadagi arizani olimpiada@zakovat.tv elektron pochta manziliga o‘zining rasmiy elektron pochtasi orqali 30-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo‘llashi lozim bo‘ladi
📃 Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan turnir nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi
💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan
🎁 Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi
ℹ️ Musobaqaning hududiy saralash bosqichi sanasi keyinroq e’lon qilinadi
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
⚡️Prezidentimiz 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi
El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.
Bizni kuzating
#Zakovat #Saralash 🔥
Hurmatli Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bilimga chanqoq talabalari!
Institut zakovat terma jamoasi a'zosiga aylanishni istaysizmi?
Unda siz uchun ajoyib imkoniyat! Joriy yilning 20-noyabr (chorshanba) kuni soat 17:30 da institut ARM binosida terma jamoa uchun bilimdon talabalar saralab olinadi.
Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar zakovat o'yinlarining viloyat hamda respublika bosqichlarida institut sharafini himoya qiladi.
Murojaat uchun: @SamISI_Rasmiy
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Maʼrifat_ulashib
"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etiladi
Joriy yilning 27-noyabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga taniqli ijodkorlar Nurboy Jabborov, Nabi Jaloliddin, Axtamquli Karimovlar tashrif buyuradi.
Tashrif davomida mehmonlar hamda talabalar ishtirokida davra suhbatlari, ochiq darslar, turli qiziqarli hamda intellektual tanlovlar oʻtkazish rejalashtirilgan.
Barchani mazkur tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#InnoWeekUz2024
“Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” shiori ostida InnoWeek.Uz-2024 haftaligi bo'lib o'tdi
Haftalikning rasmiy ochilish marosimi “Oʻzekspomarkaz” konferensiyalar zalida boʻlib oʻtdi. Unda hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, ilm-fan doira vakillari, professor-o‘qituvchilar, innovatsion gʻoya yetakchilari hamda yosh ixtirochilar ishtirok etdi.
Haftalik davomida 30 dan ortiq davlat vakillari tomonidan 500 dan ortiq innovatsion mahsulotlar namoyish etildi. Xitoy, Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislar fan va texnologiya sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Mazkur haftalik davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие и выступит на первом после парламентских выборов заседании Сената Олий Мажлиса.
Bizni kuzating
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент Бокуда БМТнинг иқлим ўзгариши бўйича конференциясида нутқ сўзлади. Барқарор энергия таъминоти давлатимиз раҳбарининг эътиборида. Янги чақириқ Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ўзининг биринчи мажлисини ўтказди
—
Ҳәптениң ең әхмийетли ўақыяларына шолыў: Президент Бакуда БМШның климат өзгериўи бойынша конференциясында шығып сөйледи. Турақлы энергия тәмийнаты мәмлекетимиз басшысының итибарында. Жаңа шақырық Олий Мажлис Нызамшылық палатасы өзиниң биринши мәжилисин өткерди
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент выступил на конференции ООН по изменению климата в Баку. Стабильное энергообеспечение в центре внимания главы государства. Законодательная палата Олий Мажлиса нового созыва провела первое заседание
Facebook|Instagram|X
#Xushxabar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti talabasi Gavhar Saparaliyeva sportning ITKF "Karate-do" turi bo'yicha bo'lib o'tgan Toshkent xalqaro ochiq musobaqasida ikki xil yo'nalishda ishtirok etib, birinchi va ikkinchi o'rinlarni qo'lga kiritdi.
Gavhar Saparaliyevani institut jamoasi nomidan ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#LIVE 🚩
Ayni paytda viloyat musiqali drama teatrida Oʻzbekiston va Indoneziya teatr san'ati ustalari tomonidan tayyorlangan "Imom Al-Buxoriy va Sukarno" spektakli premyerasi bo'lib oʻtmoqda.
Ushbu premyera namoyishida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Poʻlatov boshchiligidagi institut jamoasi ham ishtirok etmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga ma’qullandi
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni tasdiqlandi.
Hujjatga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli qarorlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar ma’qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zosi etib tayinlandi.
Bizni kuzating
✅✅✅✅✅✅ 🏆🏆🏆
⚪️ Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 426-son buyrug‘iga asosan quyidagi tanlovlar bo‘lib o‘tadi!
🎨 “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi |Nizom
📹 “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi | Nizom
🔶 Korrupsiyaga qarshi
kurashishga oid bilimlar bellashuvi | Nizom
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#tavsiya #anons
📹Uch qahramon
Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.
Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.
Bizni kuzating
#anons
“Va’da” nomli ko‘p qismli milliy serial
Ushbu serial orqali yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qatʼiyatli va shijoatli boʻlishga undash maqsad qilingan.
Serial yoshlarning Vatan posboni bo‘lishdek sharafli kasbni egallashga bo‘lgan intilishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Serial tez kunlarda “Renessans TV” telekanali orqali efirga uzatiladi.
Bizni kuzating
#Kitobxonlik
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan bank-moliya xizmatlari fakultetida "Kitobxon ona — kitobxon bola" kitobxonlik targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Unda talaba-qizlar oʻzlarining sheʼr oʻqish va yozish sanʼatlari bilan bir qatorda rasm chizish, milliy raqs tushish va qoʻshiq kuylash qobiliyatlarini ham namoyish etishdi.
Mazkur tadbirda kitob o‘qish madaniyatini yosh avlodga singdirish, ota-onalar va farzandlar orasidagi bu muhim aloqani mustahkamlash, kelajak avlodimizni bilimli va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash targʻib qilindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Oliy ta’Iim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I zakovatharakati">TikTok
#Profilaktik_tadbir
"Odob-axloq qoidalariga rioya qilish - barchamizning burchimiz", "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashamiz", "Jaholatga qarshi maʼrifat" hamda "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzularidagi turkum tadbirlar buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda rektor maslahatchisi, yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i hamda fakultet dekani tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi. Uchrashuv davomida mavzuga oid videolavha ham namoyish etilib, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
"Odob-axloq qoidalariga rioya qilish - barchamizning burchimiz", "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashamiz", "Jaholatga qarshi maʼrifat" hamda "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzularidagi turkum tadbirlar magistratura bo'limi talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda rektor maslahatchisi, yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i va korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'lari tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi. Uchrashuv davomida mavzuga oid videolavha ham namoyish etilib, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
Ustoz — otangdek ulug'!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Zakovat #Saralash 🔥
Hurmatli Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bilimga chanqoq talabalari!
Institut zakovat terma jamoasi a'zosiga aylanishni istaysizmi?
Unda siz uchun ajoyib imkoniyat! Joriy yilning 20-noyabr (chorshanba) kuni soat 17:30 da institut ARM binosida terma jamoa uchun bilimdon talabalar saralab olinadi.
Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar zakovat o'yinlarining viloyat hamda respublika bosqichlarida institut sharafini himoya qiladi.
Murojaat uchun: @SamISI_Rasmiy
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
"Jaholatga qarshi ma’rifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" va "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" mavzularidagi turkum tadbirlar bank-moliya xizmatlari fakulteti 2-bosqich talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda institut masʼullari tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi. Uchrashuv davomida mavzuga oid videolavha ham namoyish etilib, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Amaliyot
#Kafedra_faoliyati
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi professori Musaeva Shoira Azimovna tashabbusi bilan servis fakulteti talabalari ishtirokida amaliyot darslari tashkil etildi.
Amaliyot jarayonida talabalar kompaniyaning ichki strukturasini, uning marketing strategiyalarini va xizmat ko'rsatish jarayonlarini chuqur o'rganib, real biznes muhitida amaliy tajribalarni olishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Ochiq_dars
Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Urunbaeva Yulduz Pirnazarovna iqtisodiyot fakulteti talabalariga iqtisodiyot nazariyasi fanidan ko‘rgazmali ochiq dars o‘tdi.
Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida talabalarga yangi bilim va ko‘nikmalar taqdim etildi. Ochiq darsning dinamik muhitida talabalar faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Ushbu o‘quv jarayoni nafaqat ilmiy ma’lumotlarga boy bo'ldi, balki talabalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga ham xizmat qildi.
Dars oxirida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda fikr almashib, yangi bilimlarni qanday amalda qo‘llashlari mumkinligi haqida o‘zaro munozara olib bordilar.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqidan eng muhim iqtiboslar
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#Maʼrifat_ulashib
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Nabi Jaloliddinning "Vatan" hikoyasi sahnalashtirildi.
Ushbu loyiha nafaqat adabiy merosimizni tanitish, balki talabalarning ijodkorlik qobiliyatlarini ham namoyish etish imkonini berdi. Sahnalashtirilgan hikoya, ishtirokchilar va tomoshabinlar uchun vatanparvarlik, mehr-muhabbat va insoniy qadriyatlarni yuksak darajada aks ettiruvchi san'at asariga aylandi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">