#Ogohlik
Tezkor-qidiruv departamenti kiberxavfsizlik markazi ogohlantiradi!
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
O‘zbekiston Prezidentining «Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoniga sharh
___
Комментарий к Указу Президента Республики Узбекистан «Осовершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа»
Bizni kuzating
#Xushxabar
Sportchilarimizning g'alabali yurishi davom etadi!
Toshkent jamoasi ustidan qozonilgan g'alaba hisobiga jamoamiz yarim finalga yo'l oldi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq
So‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirlari davom etmoqda
So‘ngi qo‘ng‘iroq tadbirlarida institutimizning turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham faol qatnashmoqda. Kafedra dotsenti S.Maxmudov Jomboy tumanidagi 14-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib bitiruvchi yoshlarni bayram bilan tabriklab, ularga keyingi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, institut va turizm kafedrasi jamoasi nomida maktab kutuxonasiga kitoblar to‘plami sovg‘a qilindi.
Doimiy ravishda maktab bilan hamkorlik qilib kelinayotganligi uchun maktab ma’muriyati tomonidan institut jamoasi nomiga tashakkurnoma ham berildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
⚡️Yoshlarimiz muammolariga hech birimiz befarq emasmiz!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mas'ullari tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Uchrashuvlarda mas'ullar yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, kelgusida amalga oshirishi lozim bo’lgan ishlari bo’yicha tegishli tavsiyalar bermoqda. Shuningdek institut doimiy tarzda ularga ko’maklashishga tayyor ekanligi ta’kidlanmoqda.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Treyler
🎞 "Bahodir Yalangtoʻsh" tarixiy-badiiy filmi
🏛 Bugun, 25-may kuni, soat 17.00 da Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida.
◾️ Bahodir Yalangtoʻsh — XVII asrda yashab oʻtgan Samarqand amiri, buyuk sarkarda, Registon maydoni bunyodkori.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Sport
#Talabalar_ligasi
“Talabalar ligasi” dasturi doirasida sportning basketbol turi bo'yicha Navoiy viloyatida Respublika bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu sport musobaqasida institutimiz sportchi talaba-yoshlaridan tashkil etilgan jamoa Jizzax viloyati jamoasini yirik hisobda mag'lubiyatga uchratib dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdilar.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
🎞 Эртага, 25 май куни, соат 17.00 да Самарқанд шаҳридаги “Мўъжиза” амфитеатрида XVII асрда яшаб ўтган Самарқанд амири, буюк саркарда, Регистон майдони бунёдкори Баҳодир Ялангтўш ҳаёт фаолияти акс этган "Баҳодир Ялангтўш" тарихий-бадиий фильмининг тақдимоти ўтказилади.
———
🎞 Ertaga, 25-may kuni, soat 17.00 da Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida XVII asrda yashab oʻtgan Samarqand amiri, buyuk sarkarda, Registon maydoni bunyodkori Bahodir Yalangtoʻsh hayot faoliyati aks etgan “Bahodir Yalangtoʻsh” tarixiy-badiiy filmining taqdimoti oʻtkaziladi.
✅@Zarnews_uz
#Sport
"Dekan kubogi"da g'oliblar aniqlandi!
Ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi talabalari o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasi o'z yakuniga yetdi.
Hal qiluvchi bahslardan so'ng natijalar quyidagicha ko'rinish oldi: 👇
🥇 IKX-K-123 jamoasi;
🥈 MR-K-123 jamoasi;
🥉 BHI-K-122 jamoasi.
Maxmudov Ozodbek IK-X-323 guruh talabasi
Nishonov Faridjon IK-K-123 guruh talabasi
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Tugʻilgan_kun
Bugun ushbu quvonchli kunda bank ishi kafedrasi assistenti Norqulov Xabibullo Ilhomovichning tavallud ayyomi.
Hurmatli Xabibullo Ilhomovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Live
Konsert dasturini institut yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Berdimurodov Azizjon Shukrulloyevich ochib berdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Konsert
📢 Hurmatli kanalimiz obunachilari!
Yaqin daqiqalar ichida Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog'ida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan oʻtkazilayotgan hisobot konserti boshlanadi.
Barchani bayram konsert dasturida kutib qolamiz!
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Profilaktik_tadbir
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi talabalari ishtirokida "Jaholatga qarshi ma'rifat", "Odob-axloq kodeksida belgilangan vazifalarga rioya qilish - barchamizning burchimiz" va "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzularida navbatdagi profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan videorolik namoyish etildi va masʼullar tomonidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi. Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Tugʻilgan_kun
Bugun ushbu quvonchli kunda moliya kafedrasi kabinet mudiri Tilyaxodjayeva Ziyodaxon Avazovnaning tavallud ayyomi.
Hurmatli Ziyodaxon Avazovna!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Anjuman
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti real iqtisodiyot kafedrasi tomonidan "Global va milliy iqtisodiyotning asosiy muammolari va rivojlanish yo'llari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.
Mazkur anjumanda xorijiy hamda mahalliy oliy o'quv yurtlarining taniqli olimlari va professor-o’qituvchilari o'z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjuman qiziqarli ma’ruzalar va savol-javoblarga boy bo'ldi.
Anjuman davomida ma'ruzachilar tomonidan global va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish metodologiyasi va muammosi, globallashuv va xalqaro raqamli integratsiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish asosida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish yo‘llari, iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda bugalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil, audit va statistik hisob usullarini takomillashtirish, boshqaruv usullarini va marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-nazariy hamda amaliy tavsiyalar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Ochiq_eshiklar
Hurmatli talabalar!
UZBAT barchangizni ochiq eshiklar kuniga taklif etadi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Tugʻilgan_kun
Bugun ushbu quvonchli kunda iqtisodiyot fakulteti dekani Islomov Shuhrat Maʼrufjonovichning tavallud ayyomi.
Hurmatli Shuhrat Maʼrufjonovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#LIVE
Ayni paytda Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida "Bahodir Yalangtoʻsh" tarixiy-badiiy filmining namoyishi bo'lib o'tmoqda.
Unda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham ishtirok etmoqda.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Xushxabar
Institutimiz basketbol jamoasidan yana bir g‘alaba!
Navbatdagi bahs Sirdaryo viloyati bilan bo‘lib o‘tdi. Yakunda jamoamiz 54:24 hisobida g'alaba qozondi.
Sportchilarimizga keyingi bahslarda ham omad tilab qolamiz!
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Soʻnggi_qoʻngʻiroq
Bugun Respublikamiz bo'ylab "So'nggi qo'ng'iroq" tadbirlari tashkil etilmoqda
25-may umumta'lim maktablari uchun o'ziga xos va muhim sana hisoblanadi. Ushbu kunda ko'plab bitiruvchilar qadrdon maktablari bilan xayrlashib katta hayotga qadam qo'yish ostonasida bo'ladi.
Mazkur sananing yuqori darajada o'tishini ta'minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori T.Sharipov Ishtixon tumanida joylashgan 82-sonli umumta'lim maktabida bo'ldi.
Tadbir davomida prorektor so'zga chiqib Prezidentimizning maktab bitiruvchilariga tabrigini yetkazdi. Shuningdek barcha o'quvchilarni institut rektori Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich nomidan ham tabriklab, ularning keyingi faoliyatiga omad tiladi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
Batafsil: https://uza.uz/posts/601770
———
О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа
Подробно: https://uza.uz/posts/601771
Bizni kuzating
#Treyler
🎞 "Bahodir Yalangtoʻsh" tarixiy-badiiy filmi
🏛 Ertaga, 25-may kuni, soat 17.00 da Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida.
◾️ Bahodir Yalangtoʻsh — XVII asrda yashab oʻtgan Samarqand amiri, buyuk sarkarda, Registon maydoni bunyodkori.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Ochiq_eshiklar
Bulung'ur tumanidagi 66-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchilari Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrifdan maqsad maktab va institut hamkorligini rivojlantirish, ular o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan. Tashrif davomida o'quvchilarga institutda yaratilgan sharoitlar, ta'lim yo'nalishlari haqida ma'lumotlar berildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Professor_minbari
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori Pardayev Mamayunus Qarshiboyevich "Kun mavzusi" koʻrsatuvida
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Live
Konsert dasturi koʻtarinki ruhda davom etmoqda.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Live
Konsert dasturi boshlanish arafasida
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
⚡️Yoshlarimiz muammolariga hech birimiz befarq emasmiz!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mas'ullari tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv turli manzillarda, yoshlarning ish joylarida tashkil etildi.
Uchrashuvda mas'ullar yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, kelgusida amalga oshirishi lozim bo’lgan ishlari bo’yicha tegishli tavsiyalarni berdi hamda doimiy tarzda ularga ko’maklashishga tayyor ekanligini yana bir bor ta’kidladi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Sport
Ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi talabalari o'rtasida sportning mini futbol turi bo'yicha "Dekan kubogi" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#LIVE
#Test_sinovlar
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida akademik litsey va professional taʼlim muassasalarining pedagoglari uchun attestatsiya test sinovlari bo'lib o'tmoqda.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
⚡️Yoshlarimiz muammolariga hech birimiz befarq emasmiz!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti mas'ullari tomonidan yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Samarqand shahridagi "Muborak" mahallasida istiqomat qiluvchi bir qator yoshlar bilan bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda mas'ullar yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, kelgusida amalga oshirishi lozim bo’lgan ishlari bo’yicha tegishli tavsiyalarni berdi hamda doimiy tarzda ularga ko’maklashishga tayyor ekanligini yana bir bor ta’kidladi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢