#Birinchi_kurs_maktabi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Birinchi kurs maktabi" haftaligi bo'lib o'tmoqda
Haftalik doirasida institut rahbar xodimlari va talabalar o'rtasida davra suhbatlari, ma'ruza darslari va boshqa tadbirlar o'tkazilmoqda. Xususan, bunday uchrashuvlardan biri institut yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich, o'quv ishlari bo'yicha prorektor Sharipov To'lqin Saidahmedovich hamda ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi talabalari ishtirokida bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida rahbarlar talabalarni ko'plab tengdoshlari ichida muvaffaqiyat qozonib talabalikka qabul qilinganliklari bilan yana bir bor tabrikladi. Ularga institutda yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumotlar berib, darsdan bo'sh vaqtlarida turli to'garak, musobaqa va boshqa ijtimoiy sohalarda faol bo'lishga chaqirdi. Shuningdek talabalarda yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar tinglanib, ularga yechim topish borasida kelishilib olindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔹1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔹2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔹3) Eng yaxshi tyutor;
🔹4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔹5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.
✅Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar 15-sentyabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
📌 Batafsil tanlov nizomi
Bizni kuzating
#ekskursiya
Birinchi bosqich talabalarining o'quv yiliga tezroq moslashishlari uchun institut bo'ylab kichik ekskursiyalar tashkil etilmoqda. Mazkur ekskursiyalarda talabalar institutda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Talabaga_qulaylik
Institut rektori talabalar bilan muloqotda bo'ldi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerdagi talabalar bilan suhbatda bo'ldi. Suhbat davomida talabalarga yaratilgan mazkur sharoitlardan unumli foydalanish kerak ekanligi, ichki tartib qoidalarga amal qilish hamda bino va hududni o'z uyini ozoda asragandek asrash barchaning burchi ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek talabalar turar joyidagi yangi o'quv yiliga tayyorgalik holati yana bir bor ko'zdan kechirildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#imtiyoz
Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi
Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
▫️o'zingiz uchun;
▫️farzandlaringiz uchun;
▫️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.
1. To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.
2. Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.
👉Batafsil
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Bilasizmi 🔔
🔨 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kengashining 2021-yil 30-dekabrdagi 5-sonli yig'ilishida Odob-axloq kodeksi tasdiqlangan bo'lib, uning 11-moddasida kiyinish va tashqi ko'rinishga oid qoidalar belgilangan.
🗞 Kodeksga ko'ra institut talabalari yuqoridagi rasmdagi kabi ko'rinishda ya'ni oʻz oʻqish va kasbiga mos boʻlgan zamonaviy kiyimda, o'g'il bola talabalar oq, havorang, och jigar rang yoki och kulrang koʻylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum, va toʻq rangdagi poyabzalda, soqoli talab darajasida olingan va soch tartibga solingan holda, talaba-qizlar och rangli va yorqin rangda boʻlmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka, klassik turdagi shimlar yoki odmi kostyum va toʻq rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Shuningdek barcha talabalar oʻzlari bilan zaruriy oʻquv vositalarini olib kelishlari shart.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#xalqaro_hamkorlik
Rossiyaning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida boʻldi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida institut rektori Muhiddin Poʻlatov, Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Nozir Ibragimov hamda Rossiya Federatsiyasining "1С" va "Forus" kompaniyalari rahbarlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda "1C" buxgalteriya dasturi, dastur doirasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
Shuningdek uchrashuv davomida institut buxgalteriya hisobi hamda boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit kafedralari professor-oʻqituvchilari, viloyat autsorsing kompaniyalari rahbarlari va boshqa masʼul xodimlar uchun seminar-trening tashkil etildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Talabaga_qulaylik
⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda buxgalteriya hisobi kafedrasi dotsenti Pashaxodjayeva Dildora Djabborxonovnaning tavallud ayyomi.
Hurmatli Dildora Djabborxonovna!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Talabaga_qulaylik
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yangi o'quv yili boshlanmoqda...
👥 Talabalarimiz intiqib kutgan kun! Institutimizning kunduzgi va kechki taʼlim shakllari talabalari uchun o’quv yili 9-sentabrdan to‘liq boshlanadi.
🎓 Talabalar uchun darslar quyidagi soatlarda boshlanadi:
📌 Kunduzgi ta'lim shakli:
📌 Soat 8:00 da I va III bosqich talabalari uchun:
📌 Soat 13:00 da II va IV bosqich talabalari uchun.
📌 Kechki ta'lim shakli:
📌 Barcha bosqich talabalari uchun 17:20 da.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti Jomonqulova Fazilat Esirgapovnaning tavallud ayyomi.
Hurmatli Fazilat Esirgapovna!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️
🔈 Qadrli samarqandliklar, viloyatimiz yoshlari!
🔊 Sizni qiynayotgan muammolarga tezkor yechim topish, murojaatlarni joyida hal etish va yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun mo'ljallangan maxsus ➡️ @TezkorQabulBot ⬅️ bot ishga tushirildi.
📣 Bu bot orqali siz:
⏺ Murojaatingizga tezlikda yechim topishingiz;
⏺ Takliflaringizni yo‘llashingiz;
⏺ Davlat idora va tashkilotlari xodimlari tomonidan yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, o'z mansab vazifalarini suiiste’mol qilish yoki korrupsion holatlar yuzasidan;
⏺Diniy ekstremizm, giyohvand moddalar oldi-sotdisi va shu singari qonunga xilof xatti-harakatlarning oldini olish borasida qonun ustuvorligini ta'minlashga ko'maklashishingiz mumkin.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish
"Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi ogohlantiradi!
Agarda, Siz oliygohda manfaatlar to'qnashuvi, korrupsiyaviy holatlarga yo'l qo'ymoqchi bo'lgan xodimga duch kelsangiz maslahat so'rash yoki tegishli choralar ko'rilishi uchun darhol Samarqand iqtisodiyot va servis instituti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlariga aloqaga chiqishingiz soʻraladi.
Bog'lanish uchun:
📞 Telefon:
+998976148717
+998662335170
📌 Telegram bot
@SamISI_korrupsiyamurojat_bot
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Taʼziya
Inna lillahi va inna ilayhi rojiy'un
Institut oʻquv-uslubiy boʻlim xodimasi Narkaraeva Raʼno Sulaymonovnaning opasi Barno opaning vafoti munosabati bilan institut jamoasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.
Janoza 3-sentabr 14:00 da.
Manzil: Juma shaharchasi
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda servis fakulteti dekan oʻrinbosari Usmonov Zayniddin Berdirasulovichning tavallud ayyomi.
Hurmatli Zayniddin Berdirasulovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#samisi #yoshlar_ittifoqi
⚪️ 1-bosqich talaba-yoshlarining taʼlim jarayoni, oliygoh muhitiga moslashishiga koʻmak berish yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlardan xabardor qilish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Bir boʻlsak – yangona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Leader month” loyihasi tashkil etilish topshirig'i berilgan!
Shu munosabat bilan keyingi 10 kunlikda SamISI yoshlar ittifoqi BT tomonidan yuqoridagi (rasmdagi) ishlar amalga oshiriladi!
Eslatma! Institut ijtimoiy hayotida faollik koʻrsatish, turli tanlov va festivallarda ishtirok etish uchun SamISI yoshlar ittifoqi BT kengashi jamoasiga qoʻshiling.
Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing:
🔷 Telegram 🟣 Instagram
🟦 Facebook 🔴 SamISI_Yoshlari">YouTube
#videolavha
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bo'lib o'tgan "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" hamda "Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda" shiorlari ostida bo'lib o'tgan tadbirdan videolavha.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#foydali
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida dars juftliklarining boshlanish va tugash vaqtlari
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Diqqat
Hurmatli talabalar!
Ijara xonadonlari topishda nimalarga ahamiyat qaratish kerak ekanligini yuqoridagi videolavhadan bilib oling.
Ogoh bo'ling. Firibgarlar tuzog'iga tushib qolmang!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Yangi_oʻquv_yili
SamISI oilasiga xush kelibsiz, Aziz talabalar!
Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o'qituvchilar, OAV vakillari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Dastlab, institut rektori Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich so'zga chiqib, tadbir ishtirokchilarini yurtimiz mustaqilligining 33-yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Rektor so'zi davomida institutimiz tarixi hamda hozirgi kundagi salohiyatiga ham to'xtalib, mazkur dargoh bitiruvchilari munosib hamda yetuk mutaxassis bo'lishi kerak ekanligini ta'kidladi. Bayram nutqi barchaning qalbiga iliqlik olib kirgan "SamISI oilasiga xush kelibsizlar, Aziz talabalar!" jumlasi bilan yakunlandi.
Tadbirda joriy yildagi test sinovlarida yuqori ballni qo'lga kiritib, Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga o'qishga tavsiya etilgan talabalar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.
Shuningdek tadbir davomida institut professor-o'qituvchilari, ota-onalar hamda talabalar ham so'zga chiqib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi. So'ng navbat institut bo'ylab kichik ekskursiyaga berildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Profilaktik_tadbir
"Jaholatga qarshi ma'rifat" va "Yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar ta'siridan saqlash. Ekstremizm va missionerlikga qarshi kurash" mavzularida targ'ibot tadbiri davom etmoqda
Tadbirda institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Berdimurodov, rektor maslahatchisi M.Barotov, institut profilaktika inspektori A.Amonullayev, fakultet dekanlari, bo'lim boshliqlari, dekan o'rinbosarlari va guruh tyutorlari tomonidan yuqoridagi mavzular doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar hamda ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, mazkur yo'nalishda talabalar bilan olib boriladigan targ'ibot tadbirlari ta'sirchanligini yanada oshirish hamda ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalalari muhokama etildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
Diqqat e'lon!
🔄 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2024/2025-o'quv yilining Qo'shma ta'lim dasturlari uchun qabul muddati 2024-yil 20-sentyabrga qadar uzaytirildi!
🗂 Hujjatlar onlayn qabul qilinadi.
📁 Hujjat topshirish uchun:
http://dd.sies.uz
QABUL-2024
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#Profilaktik_tadbir
"Jaholatga qarshi ma'rifat" va "Yoshlarni radikal aqidaviy oqimlar ta'siridan saqlash. Ekstremizm va missionerlikga qarshi kurash" mavzularida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
Mazkur tadbirda institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Berdimurodov, rektor maslahatchisi M.Barotov, Din ishlari bo'yicha qo'mita viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i S.Boymurodov hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi A.Mamadaliyevlar tomonidan professor-o'qituvchilar hamda xodimlarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tushuncha hamda ma'lumotlar berib o'tildi.
Shuningdek tadbir davomida mavzu yuzasidan videorolik namoyish etilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐱𝐢𝐳𝐦𝐚𝐭𝐢
#eslatma
Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:
🔹belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 2024-yil 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
🔸belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 2025-yil 1-yanvargacha, 75 foizini 2025-yil 1-martgacha va 100 foizini 2025-yil 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
Bizni kuzating
#qabul2024
⚡️“Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi
Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.
❗️Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.
❗️Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.
Bizni kuzating
#Talabaga_qulaylik
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yangi o'quv yiliga tayyor!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Samarqand
#Yosh_turizm_elchilari
👥 Turizm sohasiga qiziquvchi hamda tashabbuskor yoshlarni Samarqand viloyat Yosh turizm elchilari Kengashi o'z safiga chorlaydi!
🙋 Siz ham turizm, mehmondo'stlik va xalqaro madaniy aloqalar sohasida iqtidorli yoshlar bilan muloqot qilib, bilim hamda tajriba orttirishni istaysizmi, unda 10-sentabrga qadar quyidagi yo'nalishlar uchun @Rayhona_Anorboyeva manzili orqali ro'yxatdan o'ting:
⏺ Raisning birinchi o‘rinbosari
⏺ Rais o‘rinbosari
⏺ Tashkiliy masalalar bo‘yicha menejer
⏺ Turizmda innovatsiyalar va milliy kontentlar yaratish menejeri
⏺ Xalqaro hamkorlik menejeri
⏺ Tarjimonlar bilan ishlash menejeri
⏺ Ilmiy ishlar bo‘yicha menejer
⏺ Inklyuziv yoshlar bilan ishlash menejeri
⏺ Kadrlar va huquqiy masalalar menejeri
⏺ Matbuot xizmati rahbari
📌Kengash a'zoligiga qabul suhbat asosida bo'lib o'tadi.
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik
⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
Bizni kuzating
Tahlilnoma | Davlat rahbarining nazariga tushgan yurtdoshlarimiz. Ular kimlar?
Bizni kuzating
#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz
⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Bizni kuzating