samisi_channel | Неотсортированное

Telegram-канал samisi_channel - SamISI | MATBUOT XIZMATI

5871

𝐒𝐚𝐦𝐚𝐫𝐪𝐚𝐧𝐝 𝐢𝐪𝐭𝐢𝐬𝐨𝐝𝐢𝐲𝐨𝐭 𝐯𝐚 𝐬𝐞𝐫𝐯𝐢𝐬 𝐢𝐧𝐬𝐭𝐢𝐭𝐮𝐭𝐢𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐫𝐚𝐬𝐦𝐢𝐲 𝐭𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 𝐬𝐚𝐡𝐢𝐟𝐚𝐬𝐢 ✅ 🔹www.sies.uz 🔹facebook.com/SamISIchannel 🔹instagram.com/SamISI_rasmiy 𝐌𝐚𝐭𝐛𝐮𝐨𝐭 𝐤𝐨𝐭𝐢𝐛𝐢: @BotirErkinov

Подписаться на канал

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Yoshlar_kuni

Aziz yoshlar!
Yangi O'zbekiston kelajaklari!


30-iyun — "Yoshlar kuni" barchangizga muborak bo'lsin!

Bugun yurtimiz bo'ylab mazkur sananing katta tantanalar bilan nishonlanayotgani ham bejiz emas. Hozirda yoshlarga berilayotgan e'tibor, imkoniyatlar davlat siyosati darajasida belgilanmoqda. Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga qarata "Davlat, millat, mamlakat, Prezident hamma sharoitni yaratib berishga tayyor" — degan so'zlari esa siz azizlarga bildirilgan ishonchning yaqqol namunasidir.

Shunday ekan, Vatanimiz istiqboli yo'lida o'z xissangizni qo'shib, Xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqlashingizda, yurtimiz porloq kelajagi uchun ulkan shijoat bilan harakat qilishingizda barchangizga omad va zafarlar tilab qolaman!

Bugungi bayram yana bir bor barchangizga muborak bo'lsin!
Hurmat ila Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich

Telegram |Facebook |Instagram |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Tashrif

Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev tashrif buyurdi.

Tashrif davomida davra suhbati bilan bir qatorda institut boʻylab kichik ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida institutda yaratilgan sharoitlar, oʻquv xonalari hamda institut muzeyi koʻzdan kechirildi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Amaliy_turizm

Navoiylik oʻquv kursi ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-oʻqituvchilari hamrohligida Samarqand shahridagi "Boqiy shahar" majmuasi hamda Urgut tumanidagi "Chorchinor" manzilgohlariga tashrif buyurishdi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Xalqaro_hamkorlik

Xorijlik talabalarni jalb etish maqsadida Xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlik qilinmoqda

Bugun, 29-iyun kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Xitoy Xalq Respublikasining "New Track Study aboard" xorijda ta'limga ko'maklashuvchi konsalting kompaniyasining direktor o'rinbosari Lucy Qiu tashrif buyurdi.

Institut xalqaro hamkorlik bo'limi hamda mutaxassis o‘rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga xorijiy talabalarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Xitoylik talabalar uchun O'zbekistonga, xususan Samarqandga sayohat qilish va qisqa muddatli ta'lim-turizm treninglarini tashkil qilish taklifi berildi.

Bundan tashqari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalarining o'qishini Xitoyda magistratura bosqichida davom ettirish imkoniyatlari muhokama etildi.

Shuningdek kelgusida hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida rahbariyat o'rtasida anglashinuv memorandumi imzolash va hamkorlik yo'nalishlarini belgilashga kelishib olindi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

🔷🔷🔷🔷

O'quv kursi davom etmoqda

Joriy yilning 28-iyun kunidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy viloyati hududida faoliyat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, mehmonxona xodimlari hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi erkin tinglovchilar uchun o'quv kurslari boshlangan edi.

Bugun, kunning birinchi yarmida tinglovchilar uchun seminar darslari va taqdimotlar o'tkazildi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

📚📚📚📚📚📚📚

Mamayunus Pardayev: Tadbirkorlik — tayyor osh degani emas

📁 Maqolani toʻliq oʻqish 👈

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Turizm

Xabaringiz bor, bugundan Navoiy viloyati hududida faoliyat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, mehmonxona xodimlari hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi erkin tinglovchilar uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan "Silk Road Destination" korxonasi bilan hamkorlikda oʻquv kurslariga start berilgan edi.

Kunning ikkinchi yarmida tinglovchilarda amaliy koʻnikmalar hosil boʻlishi uchun Samarqand shahridagi "Konigil" qishlogʻi va "Meros" qogʻoz fabrikasiga sayohat tashkil etildi. Ishtirokchilar bu yerda Samarqand tajribasi va yaratilgan sharoitlarni oʻrganishdi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Davra_suhbati

📢 Akademik Nurislom Tuxliyev ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tadi

Joriy yilning 29-iyun sanasida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev ishtirokida "Kreativ iqtisodiyot: muammo va imkoniyatlar" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tadi.

Professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, qolaversa barcha qiziquvchilarni 29-iyun, soat 14:00 da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kengashlar zalida kutib qolamiz!

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.

Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.

Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.

Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.

Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.

Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

❗️⭕️⭕️

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida turoperatorlar hamda mehmonxona xodimlari uchun o'quv seminari bo'lib o'tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan "Silk Road Destination" korxonasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyati hududida faoliyat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, mehmonxona xodimlari hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi erkin tinglovchilar ishtirokida o'quv kursi tashkil etildi.

Mazkur o'quv kursi o'z ichiga 3 kunni oladi hamda kurs davomida turli seminarlar, amaliy tashriflar va boshqa turdagi to'garaklar tashkil etish ko'zda tutilgan.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni barqaror rivojlantirish muammolariga qaratilgan xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda

Bugun, 27-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetida “Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni barqaror rivojlantirish muammolari” mavzusida V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur konferensiyada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati va professor-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.

Xususan, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, i.f.f.d, professor D.Aslanova, Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, i.f.d N.Ibragimov, moliya kafedrasi mudiri, i.f.d, professor J.Zaynalov online formatda hamda moliya kafedrasi dotsenti A.Axmedova va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Talibovalar bevosita ishtirok etishmoqda.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#bayram_tabrigi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan yurtimizda fidokorona mehnat qilib kelayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan axborot xizmati xodimlari hamda faol blogerlarni samimiy muborakbod etadi!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz.

Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Profilaktik_tadbir

26-iyun — "Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o'qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida "Giyohvandlikning oldini olish" va "Narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari" mavzularida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda professor-o'qituvchilar hamda xodimlarga yuqoridagi mavzular yuzasidan videorolik namoyish etildi va masʼullar tomonidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.

Shuningdek davra suhbatidagi tavsiya hamda maʼlumotlarni talabalar va yoshlar oʻrtasida ham keng targʻib qilish, ularni zararli illatlardan doimiy tarzda ogoh etish vazifasi ilgari surildi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

🎉🎉🎉🎉🎉

Bugun ushbu quvonchli kunda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi Xoldorov Shokir Abduvaxobovichning tavallud ayyomi.

Hurmatli Shokir Abduvaxobovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!


⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Qoʻshma_taʼlim #Xalqaro_hamkorlik

Talabalarimiz Tambovda bitiruv malakaviy ishi himoyasidan o'tishdi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti hamkorlikda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab qo'shma ta'lim dasturlari asosida bakalavriat bosqichining “Turizm (faoliyat turlari bo’yicha)” va “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalarga bilim berib kelishmoqda.

Joriy yilning 24-iyun kuni mazkur yo'nalishlarda tahsil olayotgan bir qator bitiruvchi bosqich talabalarimiz bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

Konsertga marhamat!

30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan soat 19:00 da Samarqand shahridagi Mo‘jiza amfiteatrida siz aziz yoshlar uchun konsert dasturi tashkil etilmoqda.

Barcha yoshlarni ushbu konsert dasturiga taklif etib qolamiz!

Kirish bepul!

👉🏽 Каналга уланиш: /channel/samshahar
🌐 www.facebook.com/samshaharhokim
🌔 samshahar.uz

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

⚽️⚽️⚽️⚽️

Futbol bo‘yicha DXX kubogining viloyat final bosqichiga start berildi

Musobaqa finalida Urgut tumanining Etak Beshkapa hamda Qo‘shrabot tumanining Shovona mahallalari jamoalari oʻzaro kuch sinashishmoqda.

Mazkur bahsni jonli tarzda tomosha qilish uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham shahrimizdagi "Afrosiyob" oʻyingohiga tashrif buyurgan.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Davra_suhbati

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev ishtirokida “Kreativ iqtisodiyot: muammo va imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida hurmatli mehmon bilan bir qatorda institut rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar mustaqil izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Nurislom Tuxliyev soʻzi davomida kreativ iqtisodiyot kelajak avlodimiz iqtisodiyoti ekanligi va u innovatsiyalar, yangi g‘oyalar, kreativ mahsulotlarga asoslanishi, bunda texnologiyalarning rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Tadbirda institut rektori Muhiddin Egamberdiyevich tomonidan tashrif uchun Nurislom Tuxliyevga samimiy minnatdorchilik bildirilib, milliyligimiz ramzi boʻlmish toʻn sovgʻa qilindi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Ilmiy_yutuqlar

Marketing kafedrasi professori Musaeva Shoira Azimovnaning "Маркетинговое исследование" nomli darsligi hamda "Korxonani samarali boshqarishda marketing tamoyillarini qo'llash usullari" nomli monografiyasi nashrdan chiqdi.

Shoira Azimovnani mazkur yutuq bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

Batafsil — yuqoridagi #infografikada.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Marafon
🏆🏆🏆

Bugun erta tongdan "Ipak yoʻli" turizm markazida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi nafas” va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi kuniga bag‘ishlangan “Olympic Day” ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Unda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

⚡️ “Yangi nafas” yugurish marafoniga marhamat!

Hurmatli, yurtdoshlar!
Aziz, sport ixlosmandlari!


Ertaga, 2024-yil 29-iyun kuni Samarqand Turizm markazida  bo’lib o’tadigan “Yangi nafas” ommaviy  yugurish musobaqasida qatnashish uchun taklif etamiz.

Yugurish marafoniga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm markazida soat 7:00 da start beriladi.

Marafon ishtirokchilarini tantanali kutib olish soat 6:30 ga qadar davom etadi.

“Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi nafas” va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi kuniga bag‘ishlangan “Olympic Day” ommaviy yugurish marafoni g‘olib va sovrindorlari viloyat hokimligi va homiylar tomonidan taqdim etilgan sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Manzil: Samarqand shahri, "Ipak yo'li" turizm markazi.

/channel/SamTvr

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

❗️⭕️⭕️

Turoperatorlar hamda mehmonxona xodimlari uchun tashkil etilgan o'quv seminaridan fotolavhalar

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#Xushxabar

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoshlar ittifoqi yetakchisi Burxonov Bekzod Saidazimovich Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eng yosh ma’naviyatchi - 2024” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida ishtirok etib 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Bekzod Saidazimovichga tanlovning navbatdagi bosqichida ham omad tilab qolamiz!

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

“Butunjahon yoshlar festivali”da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi faol ishtirok etdi. Forum doirasidagi “Global taʼlim forumi” quyidagi sessiyalarda davom etdi:

1-sessiya: Taʼlim evolyutsiyasi: taʼlimni global oʻzgarishlarga moslashtirish.
2-sessiya: Sunʼiy intellektning taʼlim tizimidagi oʻrni: neyron tarmoqlar taʼlim sohasiga taʼsiri
3-sessiya: Jamiyat taraqqiyotida ekologik taʼlim
4-sessiya: Taʼlimdagi tengsizlikni bartaraf etish

Global taʼlim forumi” Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 28-iyun kun soat 14:30 da, 29-iyun kun soat 11:00 da davom etadi.

29-iyun kuni Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari va “TOP-500” reytingdagi oliygohlar oʻrtasida “Yoʻl xarita”larini imzolanishi bilan yakunlanishi kutilmoqda.

DASTUR

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

❗️⭕️⭕️

Joriy yilning 26-30-iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida “Global taʼlim forumi” tadbirlari bo'lib o'tadi.

Ayni paytda Samarqand shahridagi "Hilton Samarkand Regency" mehmonxonasida mazkur forumning ochilish marosimi va yalpi majlislari bo'lib o'tmoqda.

Tadbirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbar xodimlari va yosh izlanuvchilari ishtirok etishmoqda.

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик

Поздравление работникам печати и средств массовой информации

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

#qabul2024
#abituriyent

Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi


Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan.

Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Hujjat topshirish kecha soat 23:59 da yakunlandi.

Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

◻️◻️◻️◻️◻️

📞  Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qabul komissiyasi huzuridagi "Call-center" o'z faoliyatini boshladi!

Hurmatli abituriyentlar! Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qabul komissiyasi maslahat markaziga 2024-2025-o’quv yili qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo'lganda murojaat etishingiz mumkin.

🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐

+998 (66) 233 73 68
+998 (66) 233 76 31
+998 (66) 233 47 56
+998 (66) 233 62 56

Ish vaqti: dushanbadan shanbaga qadar 08:00 dan 18:00 gacha.
(tushlik 13:00-14:00)

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…

SamISI | MATBUOT XIZMATI

🎉🎉🎉🎉🎉

Bugun ushbu quvonchli kunda marketing kafedrasi dotsenti Usmonova Zumrad Islomovnaning tavallud ayyomi.

Hurmatli Zumrad Islomovna!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!
💥

⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |

Читать полностью…
Подписаться на канал