Konsertga marhamat!
30-iyun "Yoshlar kuni" munosabati bilan soat 19:00 da Samarqand shahridagi Mo‘jiza amfiteatrida siz aziz yoshlar uchun konsert dasturi tashkil etilmoqda.
Barcha yoshlarni ushbu konsert dasturiga taklif etib qolamiz!
Kirish bepul!
👉🏽 Каналга уланиш: /channel/samshahar
🌐 www.facebook.com/samshaharhokim
🌔 samshahar.uz
⚽️⚽️⚽️⚽️
Futbol bo‘yicha DXX kubogining viloyat final bosqichiga start berildi
Musobaqa finalida Urgut tumanining Etak Beshkapa hamda Qo‘shrabot tumanining Shovona mahallalari jamoalari oʻzaro kuch sinashishmoqda.
Mazkur bahsni jonli tarzda tomosha qilish uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham shahrimizdagi "Afrosiyob" oʻyingohiga tashrif buyurgan.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Davra_suhbati
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev ishtirokida “Kreativ iqtisodiyot: muammo va imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida hurmatli mehmon bilan bir qatorda institut rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar mustaqil izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Nurislom Tuxliyev soʻzi davomida kreativ iqtisodiyot kelajak avlodimiz iqtisodiyoti ekanligi va u innovatsiyalar, yangi g‘oyalar, kreativ mahsulotlarga asoslanishi, bunda texnologiyalarning rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.
Tadbirda institut rektori Muhiddin Egamberdiyevich tomonidan tashrif uchun Nurislom Tuxliyevga samimiy minnatdorchilik bildirilib, milliyligimiz ramzi boʻlmish toʻn sovgʻa qilindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Ilmiy_yutuqlar
Marketing kafedrasi professori Musaeva Shoira Azimovnaning "Маркетинговое исследование" nomli darsligi hamda "Korxonani samarali boshqarishda marketing tamoyillarini qo'llash usullari" nomli monografiyasi nashrdan chiqdi.
Shoira Azimovnani mazkur yutuq bilan institut jamoasi nomidan tabriklaymiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Marafon
🏆🏆🏆
Bugun erta tongdan "Ipak yoʻli" turizm markazida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi nafas” va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi kuniga bag‘ishlangan “Olympic Day” ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Unda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
⚡️ “Yangi nafas” yugurish marafoniga marhamat!
Hurmatli, yurtdoshlar!
Aziz, sport ixlosmandlari!
Ertaga, 2024-yil 29-iyun kuni Samarqand Turizm markazida bo’lib o’tadigan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida qatnashish uchun taklif etamiz.
Yugurish marafoniga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm markazida soat 7:00 da start beriladi.
❗️⭕️⭕️
Turoperatorlar hamda mehmonxona xodimlari uchun tashkil etilgan o'quv seminaridan fotolavhalar
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Xushxabar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoshlar ittifoqi yetakchisi Burxonov Bekzod Saidazimovich Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eng yosh ma’naviyatchi - 2024” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida ishtirok etib 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Bekzod Saidazimovichga tanlovning navbatdagi bosqichida ham omad tilab qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
“Butunjahon yoshlar festivali”da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi faol ishtirok etdi. Forum doirasidagi “Global taʼlim forumi” quyidagi sessiyalarda davom etdi:
1-sessiya: Taʼlim evolyutsiyasi: taʼlimni global oʻzgarishlarga moslashtirish.
2-sessiya: Sunʼiy intellektning taʼlim tizimidagi oʻrni: neyron tarmoqlar taʼlim sohasiga taʼsiri
3-sessiya: Jamiyat taraqqiyotida ekologik taʼlim
4-sessiya: Taʼlimdagi tengsizlikni bartaraf etish
“Global taʼlim forumi” Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 28-iyun kun soat 14:30 da, 29-iyun kun soat 11:00 da davom etadi.
29-iyun kuni Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari va “TOP-500” reytingdagi oliygohlar oʻrtasida “Yoʻl xarita”larini imzolanishi bilan yakunlanishi kutilmoqda.
DASTUR
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
❗️⭕️⭕️
Joriy yilning 26-30-iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida “Global taʼlim forumi” tadbirlari bo'lib o'tadi.
Ayni paytda Samarqand shahridagi "Hilton Samarkand Regency" mehmonxonasida mazkur forumning ochilish marosimi va yalpi majlislari bo'lib o'tmoqda.
Tadbirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbar xodimlari va yosh izlanuvchilari ishtirok etishmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик
—
Поздравление работникам печати и средств массовой информации
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#qabul2024
#abituriyent
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi
Bizni kuzating
◻️◻️◻️◻️◻️
📞 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qabul komissiyasi huzuridagi "Call-center" o'z faoliyatini boshladi!
Hurmatli abituriyentlar! Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qabul komissiyasi maslahat markaziga 2024-2025-o’quv yili qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo'lganda murojaat etishingiz mumkin.
🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐
+998 (66) 233 73 68
+998 (66) 233 76 31
+998 (66) 233 47 56
+998 (66) 233 62 56
⏳ Ish vaqti: dushanbadan shanbaga qadar 08:00 dan 18:00 gacha.
(tushlik 13:00-14:00)
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda marketing kafedrasi dotsenti Usmonova Zumrad Islomovnaning tavallud ayyomi.
Hurmatli Zumrad Islomovna!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Tashrif
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev tashrif buyurdi.
Tashrif davomida davra suhbati bilan bir qatorda institut boʻylab kichik ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida institutda yaratilgan sharoitlar, oʻquv xonalari hamda institut muzeyi koʻzdan kechirildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Amaliy_turizm
Navoiylik oʻquv kursi ishtirokchilari kunning ikkinchi yarmida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-oʻqituvchilari hamrohligida Samarqand shahridagi "Boqiy shahar" majmuasi hamda Urgut tumanidagi "Chorchinor" manzilgohlariga tashrif buyurishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Xalqaro_hamkorlik
Xorijlik talabalarni jalb etish maqsadida Xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlik qilinmoqda
Bugun, 29-iyun kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Xitoy Xalq Respublikasining "New Track Study aboard" xorijda ta'limga ko'maklashuvchi konsalting kompaniyasining direktor o'rinbosari Lucy Qiu tashrif buyurdi.
Institut xalqaro hamkorlik bo'limi hamda mutaxassis o‘rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvda Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga xorijiy talabalarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Xitoylik talabalar uchun O'zbekistonga, xususan Samarqandga sayohat qilish va qisqa muddatli ta'lim-turizm treninglarini tashkil qilish taklifi berildi.
Bundan tashqari, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalarining o'qishini Xitoyda magistratura bosqichida davom ettirish imkoniyatlari muhokama etildi.
Shuningdek kelgusida hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish maqsadida rahbariyat o'rtasida anglashinuv memorandumi imzolash va hamkorlik yo'nalishlarini belgilashga kelishib olindi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🔷🔷🔷🔷
O'quv kursi davom etmoqda
Joriy yilning 28-iyun kunidan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan Navoiy viloyati hududida faoliyat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, mehmonxona xodimlari hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi erkin tinglovchilar uchun o'quv kurslari boshlangan edi.
Bugun, kunning birinchi yarmida tinglovchilar uchun seminar darslari va taqdimotlar o'tkazildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
📚📚📚📚📚📚📚
Mamayunus Pardayev: Tadbirkorlik — tayyor osh degani emas
📁 Maqolani toʻliq oʻqish 👈
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Turizm
Xabaringiz bor, bugundan Navoiy viloyati hududida faoliyat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, mehmonxona xodimlari hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi erkin tinglovchilar uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan "Silk Road Destination" korxonasi bilan hamkorlikda oʻquv kurslariga start berilgan edi.
Kunning ikkinchi yarmida tinglovchilarda amaliy koʻnikmalar hosil boʻlishi uchun Samarqand shahridagi "Konigil" qishlogʻi va "Meros" qogʻoz fabrikasiga sayohat tashkil etildi. Ishtirokchilar bu yerda Samarqand tajribasi va yaratilgan sharoitlarni oʻrganishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Davra_suhbati
📢 Akademik Nurislom Tuxliyev ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tadi
Joriy yilning 29-iyun sanasida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev ishtirokida "Kreativ iqtisodiyot: muammo va imkoniyatlar" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tadi.
Professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, qolaversa barcha qiziquvchilarni 29-iyun, soat 14:00 da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kengashlar zalida kutib qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.
Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.
Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.
Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.
Bizni kuzating
❗️⭕️⭕️
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida turoperatorlar hamda mehmonxona xodimlari uchun o'quv seminari bo'lib o'tmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan "Silk Road Destination" korxonasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyati hududida faoliyat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, mehmonxona xodimlari hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi erkin tinglovchilar ishtirokida o'quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o'quv kursi o'z ichiga 3 kunni oladi hamda kurs davomida turli seminarlar, amaliy tashriflar va boshqa turdagi to'garaklar tashkil etish ko'zda tutilgan.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni barqaror rivojlantirish muammolariga qaratilgan xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda
Bugun, 27-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetida “Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni barqaror rivojlantirish muammolari” mavzusida V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur konferensiyada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati va professor-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Xususan, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, i.f.f.d, professor D.Aslanova, Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, i.f.d N.Ibragimov, moliya kafedrasi mudiri, i.f.d, professor J.Zaynalov online formatda hamda moliya kafedrasi dotsenti A.Axmedova va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Talibovalar bevosita ishtirok etishmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#bayram_tabrigi
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan yurtimizda fidokorona mehnat qilib kelayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan axborot xizmati xodimlari hamda faol blogerlarni samimiy muborakbod etadi!
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz.
Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!
Bizni kuzating
#Profilaktik_tadbir
26-iyun — "Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o'qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida "Giyohvandlikning oldini olish" va "Narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari" mavzularida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda professor-o'qituvchilar hamda xodimlarga yuqoridagi mavzular yuzasidan videorolik namoyish etildi va masʼullar tomonidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.
Shuningdek davra suhbatidagi tavsiya hamda maʼlumotlarni talabalar va yoshlar oʻrtasida ham keng targʻib qilish, ularni zararli illatlardan doimiy tarzda ogoh etish vazifasi ilgari surildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi Xoldorov Shokir Abduvaxobovichning tavallud ayyomi.
Hurmatli Shokir Abduvaxobovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Qoʻshma_taʼlim #Xalqaro_hamkorlik
Talabalarimiz Tambovda bitiruv malakaviy ishi himoyasidan o'tishdi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti hamkorlikda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab qo'shma ta'lim dasturlari asosida bakalavriat bosqichining “Turizm (faoliyat turlari bo’yicha)” va “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalarga bilim berib kelishmoqda.
Joriy yilning 24-iyun kuni mazkur yo'nalishlarda tahsil olayotgan bir qator bitiruvchi bosqich talabalarimiz bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#qabul2024 #eslatma
⚡️DIQQAT, bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
E’tiborli bo‘ling!
❗️Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi.
🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing):
👉 OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi;
👉 Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi;
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma;
👉 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |