Yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan o‘tgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Marafon
🏆🏆🏆
Bugun erta tongdan "Ipak yoʻli" turizm markazida “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan “Yangi nafas” va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi kuniga bag‘ishlangan “Olympic Day” ommaviy yugurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Unda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
⚡️ “Yangi nafas” yugurish marafoniga marhamat!
Hurmatli, yurtdoshlar!
Aziz, sport ixlosmandlari!
Ertaga, 2024-yil 29-iyun kuni Samarqand Turizm markazida bo’lib o’tadigan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida qatnashish uchun taklif etamiz.
Yugurish marafoniga Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm markazida soat 7:00 da start beriladi.
❗️⭕️⭕️
Turoperatorlar hamda mehmonxona xodimlari uchun tashkil etilgan o'quv seminaridan fotolavhalar
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Xushxabar
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoshlar ittifoqi yetakchisi Burxonov Bekzod Saidazimovich Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eng yosh ma’naviyatchi - 2024” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichida ishtirok etib 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Bekzod Saidazimovichga tanlovning navbatdagi bosqichida ham omad tilab qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
“Butunjahon yoshlar festivali”da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi faol ishtirok etdi. Forum doirasidagi “Global taʼlim forumi” quyidagi sessiyalarda davom etdi:
1-sessiya: Taʼlim evolyutsiyasi: taʼlimni global oʻzgarishlarga moslashtirish.
2-sessiya: Sunʼiy intellektning taʼlim tizimidagi oʻrni: neyron tarmoqlar taʼlim sohasiga taʼsiri
3-sessiya: Jamiyat taraqqiyotida ekologik taʼlim
4-sessiya: Taʼlimdagi tengsizlikni bartaraf etish
“Global taʼlim forumi” Toshkent shahridagi “Yoshlar ijod saroyi”da 28-iyun kun soat 14:30 da, 29-iyun kun soat 11:00 da davom etadi.
29-iyun kuni Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari va “TOP-500” reytingdagi oliygohlar oʻrtasida “Yoʻl xarita”larini imzolanishi bilan yakunlanishi kutilmoqda.
DASTUR
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
❗️⭕️⭕️
Joriy yilning 26-30-iyun kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida “Global taʼlim forumi” tadbirlari bo'lib o'tadi.
Ayni paytda Samarqand shahridagi "Hilton Samarkand Regency" mehmonxonasida mazkur forumning ochilish marosimi va yalpi majlislari bo'lib o'tmoqda.
Tadbirda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbar xodimlari va yosh izlanuvchilari ishtirok etishmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимларига табрик
—
Поздравление работникам печати и средств массовой информации
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#qabul2024
#abituriyent
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi
Bizni kuzating
◻️◻️◻️◻️◻️
📞 Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qabul komissiyasi huzuridagi "Call-center" o'z faoliyatini boshladi!
Hurmatli abituriyentlar! Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qabul komissiyasi maslahat markaziga 2024-2025-o’quv yili qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo'lganda murojaat etishingiz mumkin.
🌐🌐🌐🌐🌐🌐🌐
+998 (66) 233 73 68
+998 (66) 233 76 31
+998 (66) 233 47 56
+998 (66) 233 62 56
⏳ Ish vaqti: dushanbadan shanbaga qadar 08:00 dan 18:00 gacha.
(tushlik 13:00-14:00)
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda marketing kafedrasi dotsenti Usmonova Zumrad Islomovnaning tavallud ayyomi.
Hurmatli Zumrad Islomovna!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
❗️ Bugun oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Bugun (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Hurmatli abituriyentlar!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Live #Xalqaro_hamkorlik
IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi panel seksiyalarga bo'lingan holda davom etdi. Ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasini qamrab olgan jami 6 ta seksiya o'z ishini boshladi.
Institut rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich “Kelajak maktab o‘qituvchisi: pedagogik ta’limning yangi ma’nolari va yangi texnologiyalari” nomli №4 panel seksiyada "O'zbekistonda ta'lim turizmini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida o'z ma'ruzasi bilan chiqish qildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Davra_suhbati
📢 Akademik Nurislom Tuxliyev ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tadi
Joriy yilning 29-iyun sanasida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev ishtirokida "Kreativ iqtisodiyot: muammo va imkoniyatlar" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tadi.
Professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, qolaversa barcha qiziquvchilarni 29-iyun, soat 14:00 da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kengashlar zalida kutib qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🔹🔹🔹🔹
Samarqand shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan festivalning yakuniy gala-konserti boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, samarqandlik yoshlarni qutladi.
Samarqand shahri yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan faollar taqdirlandi.
Konsert dasturi davomida taniqli san’atkorlar oʻz chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
📚📚📚📚📚📚📚
Mamayunus Pardayev: Tadbirkorlik — tayyor osh degani emas
📁 Maqolani toʻliq oʻqish 👈
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Turizm
Xabaringiz bor, bugundan Navoiy viloyati hududida faoliyat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, mehmonxona xodimlari hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi erkin tinglovchilar uchun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan "Silk Road Destination" korxonasi bilan hamkorlikda oʻquv kurslariga start berilgan edi.
Kunning ikkinchi yarmida tinglovchilarda amaliy koʻnikmalar hosil boʻlishi uchun Samarqand shahridagi "Konigil" qishlogʻi va "Meros" qogʻoz fabrikasiga sayohat tashkil etildi. Ishtirokchilar bu yerda Samarqand tajribasi va yaratilgan sharoitlarni oʻrganishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Davra_suhbati
📢 Akademik Nurislom Tuxliyev ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tadi
Joriy yilning 29-iyun sanasida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nurislom Tuxliyev ishtirokida "Kreativ iqtisodiyot: muammo va imkoniyatlar" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tadi.
Professor-o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, qolaversa barcha qiziquvchilarni 29-iyun, soat 14:00 da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti kengashlar zalida kutib qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.
Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.
Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.
Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.
Bizni kuzating
❗️⭕️⭕️
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida turoperatorlar hamda mehmonxona xodimlari uchun o'quv seminari bo'lib o'tmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan "Silk Road Destination" korxonasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyati hududida faoliyat ko‘rsatuvchi turoperatorlar, mehmonxona xodimlari hamda turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi erkin tinglovchilar ishtirokida o'quv kursi tashkil etildi.
Mazkur o'quv kursi o'z ichiga 3 kunni oladi hamda kurs davomida turli seminarlar, amaliy tashriflar va boshqa turdagi to'garaklar tashkil etish ko'zda tutilgan.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni barqaror rivojlantirish muammolariga qaratilgan xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda
Bugun, 27-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetida “Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni barqaror rivojlantirish muammolari” mavzusida V xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur konferensiyada Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati va professor-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.
Xususan, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, i.f.f.d, professor D.Aslanova, Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, i.f.d N.Ibragimov, moliya kafedrasi mudiri, i.f.d, professor J.Zaynalov online formatda hamda moliya kafedrasi dotsenti A.Axmedova va turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Talibovalar bevosita ishtirok etishmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#bayram_tabrigi
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan yurtimizda fidokorona mehnat qilib kelayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan axborot xizmati xodimlari hamda faol blogerlarni samimiy muborakbod etadi!
Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz.
Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuq va omadlar yor bo‘lsin!
Bizni kuzating
#Profilaktik_tadbir
26-iyun — "Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni" munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o'qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida "Giyohvandlikning oldini olish" va "Narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari" mavzularida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda professor-o'qituvchilar hamda xodimlarga yuqoridagi mavzular yuzasidan videorolik namoyish etildi va masʼullar tomonidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.
Shuningdek davra suhbatidagi tavsiya hamda maʼlumotlarni talabalar va yoshlar oʻrtasida ham keng targʻib qilish, ularni zararli illatlardan doimiy tarzda ogoh etish vazifasi ilgari surildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi xodimi Xoldorov Shokir Abduvaxobovichning tavallud ayyomi.
Hurmatli Shokir Abduvaxobovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Qoʻshma_taʼlim #Xalqaro_hamkorlik
Talabalarimiz Tambovda bitiruv malakaviy ishi himoyasidan o'tishdi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti hamkorlikda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab qo'shma ta'lim dasturlari asosida bakalavriat bosqichining “Turizm (faoliyat turlari bo’yicha)” va “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim yo’nalishlari bo’yicha talabalarga bilim berib kelishmoqda.
Joriy yilning 24-iyun kuni mazkur yo'nalishlarda tahsil olayotgan bir qator bitiruvchi bosqich talabalarimiz bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#qabul2024 #eslatma
⚡️DIQQAT, bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
E’tiborli bo‘ling!
❗️Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi.
🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing):
👉 OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi;
👉 Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi;
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma;
👉 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Xalqaro_hamkorlik
IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida erishilgan natijalar yuzasidan hamkorlik shartnomalari imzolash marosimi tashkil etildi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Rossiya Federatsiyasining 2 ta oliygohi bilan muhim shartnomalar imzoladi:
- Uzoq Sharq Federal Universiteti (QS top 641-650) bilan anglashinuv memorandumi imzolandi hamda talabalar akademik mobilligi bo'yicha samarali kelishuvga erishildi;
- A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti (QS top 1201-1400) bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi (“yo‘l xaritasi”) imzolandi. Yo‘l xaritaning eng asosiy bandlaridan biri Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshida Gertsen universiteti markazini tashkil etish bo'ldi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Live #Xalqaro_hamkorlik
IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi 24-25-iyun kunlari Uzoq Sharq Federal Universiteti (FEFU) kampusida bo‘lib o‘tmoqda.
Yalpi majlisda forum ishtirokchilari bo‘lajak muhokamalar mazmunini belgilab oldilar va ikki mamlakat uchun kadrlar tayyorlashning eng istiqbolli yo‘nalishlari – ijodiy industriya va axborot texnologiyalarini muhokama qildilar.
Forumda Oʻzbekiston va Rossiyaning 100 dan ortiq yetakchi oliy oʻquv yurtlari rektorlari, ilmiy markazlar, vazirlik va kompaniyalar vakillari ishtirok etdi. Tadbirning tantanali ochilishi yalpi majlis doirasida bo‘lib o‘tdi, unda ma’ruzachilar ikki mamlakat ta’lim sohasini o‘zgartirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Ta’lim sohasi vakillari turli seksiyalarda ta’lim, fan, kadrlar tayyorlash sohasidagi ustuvor mavzularni muhokama qiladi. Ishtirokchilar Oʻzbekiston va Rossiya ta’lim makonida pedagogik amaliy faoliyatni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini ko‘rib chiqadilar, universitet klinikalarini yaratish va ta’limni boshqarish sifatini oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |
#Live #Xalqaro_hamkorlik
Institut rektori yirik xalqaro forumda ishtirok etmoqda
Bugun Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida “Kelajak ta’lim makoni: yangi kompetensiyalar, innovatsiyalar, texnologiyalar” IV Rossiya-O‘zbekiston taʼlim forumi oʻz ishini boshladi.
Mazkur forumda Oʻzbekiston va Rossiya hukumati va tegishli vazirliklar vakillari, ikkala davlat oliy taʼlim muassasalari rektorlari qatorida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich ham ishtirok etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumi Rossiya va Oʻzbekiston taʼlim muassasalari va mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish va bilimlarni uzatish uchun platforma hisoblanadi. Forumning global maqsadlari ikki mamlakatda ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishdan iborat.
Samarqand shahridagi gala-konsertga marhamat!
Bugun soat 19:00 da Samarqand shahri Qorasuv massividagi Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yoshlar festivalining gala-konsert dasturi o'tkaziladi.
Konsert dasturlarida poytaxtdan kelgan taniqli san'atkorlar va so‘z ustalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etadi.
Kirish mutlaqo bepul!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️
🕊𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 |📺samisi_rasmiy">𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞 |
📱𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 |✅𝐖𝐞𝐛_𝐬𝐚𝐲𝐭 |
🕊𝐒𝐈𝐄𝐒_𝐥𝐢𝐯𝐞 |📱𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦 |