#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish
"Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi ogohlantiradi!
Agarda, Siz oliygohda manfaatlar to'qnashuvi, korrupsiyaviy holatlarga yo'l qo'ymoqchi bo'lgan xodimga duch kelsangiz maslahat so'rash yoki tegishli choralar ko'rilishi uchun darhol Samarqand iqtisodiyot va servis instituti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi xodimlariga aloqaga chiqishingiz soʻraladi.
Bog'lanish uchun:
📞 Telefon:
+998976148717
+998662335170
📌 Telegram bot
@SamISI_korrupsiyamurojat_bot
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Davra_suhbati
💫 "Psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
Tadbirda Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv bo'limi tezkor xodimi podpolkovnik Hasanov Feruz To‘lqinovich hamda kapitan Dovudov Oybek Berdiqulovich ishtirok etib, talabalarga mavzu yuzasidan ma'lumotlar berishdi.
Tadbirda psixotrop moddalar bilan bog'liq muammolar, ularning salbiy oqibatlari va jamiyatdagi xavflar haqida so'z bordi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonuni:
➖ davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
➖ davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
➖ davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro'yxatga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritib boriladi.
Bizni kuzating
#Uchrashuv
💫 Samarqandda "Vazir va yoshlar" uchrashuvi: SamISI talabasining tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Samarqand viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari yoshlari bilan uchrashuvda bo‘ldi. Bu uchrashuv nafaqat fikr almashuv, balki yangi g‘oya va loyihalar uchun imkoniyatlar maydoni sifatida xizmat qildi.
Vazir yoshlarning ishga joylashish, innovatsion loyihalari va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda ham joriy qilish, ta’lim jarayoniga yo‘naltirish borasidagi takliflarini eshitdi.
Xususan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining faol va iqtidorli talabalari tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlash maqsadida talaba-qizlar o‘rtasida "To‘maris izdoshlari" va yigitlar o‘rtasida "Temurbeklar" loyihasini tashkil etish, shu bilan birga turdosh yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yozgi lager” loyihasini amalga oshirish singari qator takliflar ilgari surildi.
Vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu loyihalar tajriba sifatida birinchi marta Samarqandda amalga oshirilishi belgilandi. Bu esa SamISI yoshlarining faol ishtirokiga, ijodkorlik va tadbirkorlik ruhini oshirishga xizmat qildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
Олий таълим вазири Самарқандда талабалар билан учрашмоқда
Айни пайтда Самарқанд давлат университетида Олий таълим, фан ва инновациялар вазири Қўнғиротбой Шариповнинг вилоятдаги олий таълим муассасалари ёшлари билан учрашуви бўлиб ўтмоқда.
Вазир ёшларнинг ишга жойлашиш, инновацион лойиҳалари ва ривожланган мамлакатлар замонавий технологияларини юртимизда ҳам жорий қилиш, таълим жараёнига йўналтириш борасидаги таклифларини эшитмоқда.
Учрашувда Самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти талабаси Райҳона Анарбоева талаба қизлар ўртасида "Тўмарис издошлари" ва йигитлар ўртасида "Темурбеклар" лойиҳасини ташкил этиш таклифини берди.
Ташаббус вазир томонидан қўллаб-қувватланиб, бу лойиҳа тажриба сифатида биринчи марта Самарқандда ташкил этилишини маълум қилди.
✅@Zarnews_uz
#Maʼrifat_ulashib
🎥 "Umrning bir kuni" — Nabi Jaloliddin
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#e’lon
⚡️ 1 000 nafar talaba-o‘quvchilarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda
🔰 Iqtidorli yoshlarning chet tilini oʻrganishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS granti — 2024” tanlovi o‘tkaziladi.
Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan magistratura va bakalavr bosqichi talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)
❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
Bizni kuzating
#Milliy_kontent
Giyohvandlik — asr vabosi!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Professor_minbari
"Kreativ iqtisodiyotning ta'rifi va prinsiplari" — Mamayunus Pardayev, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#haftalikreja #yoshlarittifoqi
📌HAFTA DAYJESTI BILAN TANISHING!
#Profilaktik_tadbir
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakultetida 1-dekabr — butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Biz yoshlar OITSga qarshimiz” shiori ostida profilaktik tadbir bo'lib o’tdi. Tadbirda Samarqand viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi D.Axmedova tomonidan talabalarga OIV, OITS va ularning salbiy oqibatlari toʼgʼrisida ma'lumot va tushunchalar berdi. Yakunda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#TTJ
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o'rtasida o'zaro do'stlik munosabatlarini shakllantirish maqsadida bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutori H.Jo'lanov va fakultet koordinatorlari tomonidan "Kuyla talaba" musiqiy tadbiri tashkil etildi. Unda talabalar guruhlarga bo'lingan holda qiziqarli shartlar asosida kuch sinashishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Xalqaro_hamkorlik #Ozarbayjon
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Ozarbayjon ta'lim sohasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Ozarbayjon Respublikasining Fan va Oliy ta’lim davlat agentligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlari, xorijda ta’lim olish va qo‘shma ta'lim dasturlarini joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglarda raqobatbardoshligini oshirish masalalari bo‘yicha tajriba almashishga ham e’tibor qaratildi.
Tomonlar uchrashuvni samarali va istiqbolli deb baholadilar hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga intilish bildirishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari tomonidan "Ustozimga savol" loyihasi
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yashil_makon #Yashil_marafon
🌱 "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
Bugun butun Respublikamiz boʻylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Umumrespublika marafoniga start berildi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi institutga qarashli "Mironqul" dam olish maskaniga 200 tupdan ziyod mevali hamda manzarali koʻchatlar ekishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Tanlov #QVZ
😁 "Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanloviga start beriladi
😞 Bugun soat 14:00 da Samarqand iqtisodiyot va servis instituti katta majlislar zalida "Rektor kubogi" musobaqalari doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tadi.
🎉 Barchani mazkur tadbirda kutib qolamiz!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#SamISI_OAV_nigohida
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda "O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida o'tkazilgan "Mintaqaviy iqtisodiyotning zamonaviy muammolari: tajriba, tendensiyalar va istiqbollar" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman Samarqand MTRK nigohida
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#vazir_yoshlar_uchrashuvi #Samarqand
Oliy ta’lim vaziri Samarqandda talabalar bilan uchrashdi
Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Vazir yoshlarning ishga joylashish, innovatsion loyihalari va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy texnologiyalarini yurtimizda ham joriy qilish, ta’lim jarayoniga yo‘naltirish borasidagi takliflarini eshitdi.
Xususan, uchrashuvda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi Rayhona Anorboyeva talaba qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” va yigitlar o‘rtasida “Temurbeklar” loyihasini tashkil etish taklifini berdi. Shuningdek, turdosh yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yozgi lager” loyihasini amalga oshirish tashabbusi ham ilgari surildi.
Tashabbuslar vazir tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, bu loyiha tajriba sifatida birinchi marta Samarqandda tashkil etilishini ma’lum qildi.
Bizni kuzating
#Xalqaro_hamkorlik #Slovakiya
💫 Slovakiya delegatsiyasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida institut rahbar xodimlari va Slovakiya Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda Bratislava Iqtisodiyot va menejment universiteti rektori Lubosh Chibaklar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda tomonlar o'zaro tanishib, hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi, xalqaro ta'lim va ilmiy loyihalar bo'yicha ko'plab taklif va fikrlar bildirildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Trening
Buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, tadbirkorlik faoliyatiga qiziqtirish va ularning bilimlarini yanada kengaytirish maqsadida sohaga qiziquvchi talabalar uchun "Biznes marafon" treninggi tashkil etildi.
Mazkur treningga Markaziy bank xodimi F.Nosirov, Anorbank xodimi U.Boltayev hamda Xalq banki xodimi B.Jumaniyozovlar mutaxassis sifatida taklif etildi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi
💫 Qo'shma ta'lim dasturlarini rivojlantirish bo'yicha amaliy tashrif amalga oshirildi
Rossiya Federatsiyasining G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universiteti taklifiga binoan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduraimov amaliy tashrif bilan Tambov shahrida bo'ldi.
Tashrif davomida Dilshod Abduraimov Tambov davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashdi va hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo'yicha muhokama olib bordi.
Eslatib o'tamiz, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti va Tambov davlat universiteti o‘n yildan ortiq vaqtdan beri ta’lim va fan sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlikdaa ilmiy konferensiyalar va tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, qo‘shma diplom dasturlari, talabalar va o‘qituvchilarning akademik almashinuvi yo'nalishlarida birga ishlanmoqda.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#SamISI_OAV_nigohida
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari "Yoshlar vaqti" ko'rsatuvida.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#SamISI_OAV_nigohida
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida boʻlib oʻtgan stol tennisi bo'yicha "Besh tashabbus olimpiadasi" loyihasining viloyat bosqichi Samarqand MTRK nigohida.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti yoshlar ittifoqi koordinatori Ilxomjonov Otabek Alisherovichning tavallud ayyomi!
Hurmatli Otabek Alisherovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
"Jaholatga qarshi ma’rifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman?" va "Ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik" mavzularidagi turkum tadbirlar servis fakulteti talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi Soxibnazar Boymurodov, viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi Ismat Juliyev hamda institut masʼullari tomonidan talabalarga yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.
Uchrashuv davomida mavzuga oid videolavha ham namoyish etilib, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#BizKorrupsiyagaQarshimiz Fleshmoblar tanlovi
#9_ishtirokchi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutorlari tomonidan 1-bosqich talabalari uchun "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
📩 Fleshmoblarni quyidagi manzilga yoʻllashingiz mumkin: @sies_admin
🎁 Gʻoliblar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar!
Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing:
@SamISI_Yoshlar
#Milliy_kontent #Ichki_turizm
Samarqand shahrining turistik manzillarini qay darajada bilasiz? (2-son)
👩🎓👨🎓Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm yo'nalishi talabalari siz bilmagan manzillar haqida ma'lumot berishda davom etadi!
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yashil_makon
🌱 "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
Bugun butun Respublikamiz boʻylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Umumrespublika marafoniga start berildi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi institutga qarashli "Mironqul" dam olish maskaniga 200 tupdan ziyod mevali hamda manzarali koʻchatlar ekishdi.
Ushbu marafonda “Bank-moliya xizmatlari” fakulteti jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
samisi_rasmiy">
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">
#Yashil_makon #Yashil_marafon
🌱 "Yashil makon" umummilliy loyihasi davom etmoqda
Bugun butun Respublikamiz boʻylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Umumrespublika marafoniga start berildi.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi institutga qarashli "Mironqul" dam olish maskaniga 200 tupdan ziyod mevali hamda manzarali koʻchatlar ekishdi.
/channel/SamTvr
#Yashil_makon
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi
Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida
Umumrespublika marafoniga start berildi.
Nukus shahrida ajratilgan yer maydonida "Ziyolilar bogʻi"ning ilk koʻchatlari oʻtqazildi. Ushbu marosimda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Poʻlatov boshchiligidagi institut jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️⚪️samisi_rasmiy">