#Uchrashuv
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti dekani Sh.Islomov talabalar turar joyida yashovchi fakultet talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda talabalarning TTJ hayotiga moslashuvi, ularda yuzaga kelayotgan muammolar hamda takliflar borasida fikrlar tinglandi va ularning yechimi borasida kelishib olindi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Xalqaro_hamkorlik
⚡️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti Qozog'istonda bo'lib qaytdi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti Urunbaeva Yulduz Pirnazarovna Qozog'iston Respublikasining M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti hamda A.Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetilarida bo'ldi.
Tashrif davomida hamkorlik doirasida Y.Urunbaeva tomonidan qozog'istonlik talabalarga mahorat darslari o'tildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
- Rashid, nimaga odamlar uchishmaydi?
- Insoniyat oʻz mushaklariga tayanib emas, oʻz aqliga tayanib uchadi.
🎬 "Novda" filmidan parcha
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | samarqand_manaviyat">You Tube
4️⃣4️⃣4️⃣
“ICT Competition 2024-2025 ME&CA” uchun ro‘yxatga olish jarayoni ochiq!
Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 80 mamlakat va mintaqalardan 750 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2024/2025” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.
Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 20-oktabr 2024-yil.
Batafsil: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch
💠💠💠
Регистрация на конкурс ICT Competition 2024-2025 ME&CA открыта!
Компания Huawei приглашает студентов Узбекистана присоединиться к ICT Competition 2024-2025 - глобальному мероприятию по обмену талантами в сфере ИКТ, которое уже объединило более 750.000 студентов из 80 стран и регионов.
Не упустите возможность изучить передовые технологии и продемонстрировать свой потенциал в сфере ИКТ.
Крайний срок подачи заявок: 20 октября 2024 года.
Подробнее: https://www.huawei.com/uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch
#ICTacademy #ICTheFuture #Talent #HuaweiUzbekistan
Bizni kuzating
#TTJ
#Mushoira_kechasi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabalar turar joyida buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti xodimlari tomonidan badiiy kecha tashkil etildi.
Unda talabalar tomonidan turli badiiy hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Mazkur turdagi tadbirlar talabalarda nutq madaniyati va sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, mutolaa va kitobxonlik madaniyati, adabiyotga boʻlgan qiziqishlarni orttirish maqsadida tashkil etib kelinmoqda.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
Yoshlarga ham yoʻl berishimiz kerak...
🎬"Bahor qaytmaydi" filmidan parcha
Insonni manmanlik, kibr va badfeʼllik qanday koʻyga solishi haqida film.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | samarqand_manaviyat">You Tube
#Kafedra_faoliyati
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 5 ta muhim tashabbusning 3-yo'nalishi bo'lgan aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti Sh.Rajaboyev tomonidan institut talabalari uchun "Kompyuter grafikasi" to'garagi tashkil etilgan. Ushbu to'garakda talabalar darsdan boʻsh vaqtlarida Microsoft office, Corel draw, Photoshop, Adobe illustrator kabi dasturlarda ishlashni bepul o'rganishlari mumkin.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
🎉🎉🎉🎉🎉
Bugun ushbu quvonchli kunda real iqtisodiyot kafedrasi mudiri Artikov Zokir Sayfiddinovichning tavallud ayyomi!
Hurmatli Zokir Sayfiddinovich!
Sizga institut jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 💥
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Zakovat
11-oktabr — Xalqaro xotin-qizlar kuni!
Ikkinchi va kechki ta'lim bo'limida bo'lim boshlig'ining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Sh.Bozorova tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
Qiziqarli savollarga boy tarzda bo'lib o'tgan bahsda quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:
🥇 Special accountants;
🥈 Ultimate;
🥉 O'zbegim.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Tanlov
⚡️ Insholar tanlovi davom etmoqda!
11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida "Men zo'ravonlikka qarshiman" shiori ostida insholar tanlovi o'tkazildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Tanlov
⚡️ 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni!
Mazkur sana munosabati bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti hamda o'zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamkorligida "Men zo'ravonlikka qarshiman" shiori ostida insholar tanlovi o'tkazildi.
Tanlov oldidan ishtirokchilarga mas'ullar tomonidan hozirda yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan e'tibor, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma'lumotlar berildi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#BizKorrupsiyagaQarshimiz Fleshmoblar tanlovi
#1_ishtirokchi
SamISI yoshlar ittifoqi BT kengashi Intellektual loyihalar koordinatori Zokirov Shuxratjon
📩 Fleshmoblarni quyidagi manzilga yoʻllashingiz mumkin: @sies_admin
🎁 Gʻoliblar diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar!
Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing:
@SamISI_Yoshlar
#uchrashuv #yoshlar_ittifoqi
Talaba-yoshlarning takliflari tinglandi
🇺🇿 Kuni kecha, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank-moliya xizmatlari fakultetida “Yetakchi va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda institut rektorining yoshlar siyosati boʻyicha maslahatchisi Bekzod Burxonov talaba-yoshlarning savollariga javob berib, kelgusida qilinadigan yangi loyiha va tanlovlar haqida aytib oʻtdi.
"Institutda amalga oshiriladigan yirik loyihalarni bizning fakultet mezbonligida tashkil qilib, yuqori saviyada oʻtkazishga tayyormiz", - deydi fakultet yoshlar koordinatori Ulashev Aslambek.
#turizm #ilmfan #konferensiya
“Ipak yoʻli: turizm prizmasi orqali hamkorlik” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi
Bugun, 10-oktabr kuni “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida “Ipak yoʻli: turizm prizmasi orqali hamkorlik” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilmoqda. Ilmiy konferensiya ishida qatnashish uchun 250 dan ortiq ishtirokchilar, shu jumladan Ozarbayjon, Hindiston, Qozog'iston, Xitoy, Qirg'iziston, Pokiston, Rossiya, AQSh, Tojikiston va Turkiyadan 25 nafar xorijiy mehmonlar taklif etilgan.
Turizm, madaniyat va tarix sohasidagi yetakchi milliy va xorijiy olimlar va ekspertlar, shuningdek, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, xususan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori Tuxliyev Iskandar Suyunovich ham qatnashib, olimlar birgalikda zamonaviy dunyo oldida turgan turizm sohasining dolzarb muammolarini muhokama qilmoqda.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Sport
⚡️ 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni!
Mazkur sana munosabati bilan institut talaba-qizlari ishtirokida velomarafon bo'lib o'tdi.
Musobaqa g'oliblari:
🥇 Mamayusupova Kamola
(Ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi)
🥈 Rajabova Sabrina
(Ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi)
🥉 Usmonova Sevinch
(Ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi)
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#sport
Diqqat, musobaqa!
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.
2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.
Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.
Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzating
#saylov_2024
⚡️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti barchani saylovda faol ishtirok etishga chorlaydi!
Joriy yilning 27-oktabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi jarayoni bo'lib o'tadi.
💫 Unutmang! Sizning ovozingiz — bizning umumiy kelajagimizdir!
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Bilib_qoʻygan_yaxshi
⚡️Samarqand iqtisodiyot va servis instituti korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan "100 savolga 100 javob" loyihasi
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
"Odob-axloq qoidalariga rioya qilish - barchamizning burchimiz", "Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi birgalikda kurashamiz" hamda "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzularidagi turkum tadbirlar iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda institut yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori, rektor maslahatchisi, yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i, institut profilaktika inspektori va korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i tomonidan yuqoridagi mavzular yuzasidan tegishli tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.
Uchrashuv davomida mavzuga oid videolavha ham namoyish etilib, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Maʼrifat_ulashib 📚
AJINIYOZ QO'SIBOY O'G'LI (ZEVAR)
(1824-1878)
Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli 1824-yilda Orol dengizining janubiy qirgʻogʻida, Moʻynoq tumanining Qamish bugʻat qishlogʻida, Amudaryo boʻyida, qoraqalpoqlarning ashamayli-qiyot qabilasi yashagan hududlarda tugʻilgan. Ajiniyozning otasi Qoʻsiboy, akalari Baltabek va Aqjigit oʻz davrining botirlari boʻlishgan. Onasi Nazira soʻzgoʻy, maftunkor xonim boʻlgan.
Zevar taxallusi bilan ijod qilgan shoir 16 yoshida Alisher Navoiyning bir qancha sheʼrlarini qayta yozgan. Uning “Bo‘zatov”, “Mening sevgilim”, “Go‘zallar”, ““Bo‘zatovlik go‘zal”, “Ax, Darixa”, “Sendan o‘zga oshiqim yo‘q”, “Yolg‘iz pariy”, “Xalqim bor”, “Bormikin”, “Bor-ku”, “O‘xshash”, “Ayrilsak”, “Xayrlashuv” kabi asarlari mavjud.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Saylov #Insholar_tanlovi
⚡️ "Men saylovga tayyorman!" insholar tanlovi boʻlib oʻtadi
Hurmatli talaba-yoshlar!
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 2024-yil 27-oktabrda boʻlib oʻtadigan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi munosabati bilan insholar tanlovi o'tkazilishini e'lon qiladi.
Tanlov shartlari va muddatlari qo'shimcha tarzda ma'lum qilinadi.
Oʻz kelajagiga befarq boʻlmagan barchani mazkur jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
❗️Birinchi va ikkinchi bosqich talabalari diqqatiga
– Siz uchun ajoyib yangilikni tayyorlab qo'ydik!
🇺🇿 SamISI Yoshlar ittifoqi BT kengashi tomonidan “Leader school” loyihasi tashkil etilmoqda.
Dastur davomida Siz oʻz potensialiga ega muvaffaqiyatli talaba-yoshlar, tadbirkorlar, tajribali ustozlarimizning treyning darslarida ishtirok etib, yakunda haqiqiy lider boʻlib kamol topasiz.
➖ Nizom bilan tanishish
🔗 Roʻyxatdan oʻtish uchun soʻrovnomani toʻldiring: https://forms.gle/f55DyQ7uVRSH16mf8
Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing:
🔷 Telegram 🟣 Instagram
🟦 Facebook 🔴 SamISI_Yoshlari">YouTube
#Davra_suhbati
⚡️ Biz korrupsiyaga yo'q deylik!
Yuqoridagi shior ostida ikkinchi va kechki ta'lim bo'limi talabalari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda bo'lim xodimlari tomonidan korrupsiyaning insoniyat hayotidagi salbiy o'rni, jamiyat taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatuvchi illat ekanligi, har bir inson nafaqat undan o'zini xolis tutishi, balki, unga qarshi kurashishi kerakligi haqida so'z yuritildi.
Shuningdek talabalarga institutda tashkil etilayotgan turli viktorina hamda fleshmoblarda faol qatnashish tavsiya etildi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚samisi_rasmiy">!samisi_rasmiy">
#Teatr
⚡️ SamISI talabalarining teatrga tashrifi davom etadi!
Iqtisodiyot fakulteti talabalari o'zlarining bo'sh vaqtlarida mas'ullar boshchiligida Samarqand viloyati musiqali drama teatrida namoyish etilgan "O'jar qaynona" spektakli namoyishiga tashrif buyurishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Forum
10-oktabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida “Qizlarjon” klubi Respublika forumi oʻtkazildi.
Mazkur forumda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakilalari sifatida iqtisodiyot fakulteti dekanining xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi G.Hamidova hamda talaba-qizlar koordinatori R.Anorboyevalar ishtirok etishdi.
Forum ishtirokchilarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qutlab, mamlakatimizda qizlarga munosib shart sharoitlar yaratib berish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Profilaktik_tadbir
⚡️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tashrif buyurdi
Bugun, 11-oktabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi o'quvchilari ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga bag'ishlangan profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda boshqarma xodimlari hamda litsey mas'ullari tomonidan o'quvchilarga yong'in xavfsizligi qoidalari, is gazidan saqlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari haqida tushuncha va ma'lumotlar berildi.
Tadbir davomida videolavhalar, ko'rgazmali hamda tarqatma materiallardan foydalanildi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#profilaktik_tadbir
⚡️ Bank-moliya xizmatlari fakultetida profilaktik tadbir bo'lib o'tdi
Tadbirda ishtirok etgan talabalarga mas'ullar tomonidan yong'in xavfsizligi qoidalari, is gazidan saqlanish va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari haqida tushuncha va ma'lumotlar berildi.
Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga amaliy ko'nikmalar orqali javob olishdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Milliy_kontent
- Qanaqasiga men shoir boʻlay?
- Gazetaga noming chiqdimi, demak shoirsan.
🎬 "Tangalik bolalar" filmidan parcha
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | samarqand_manaviyat">You Tube
#Zakovat
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida "Besh muhim tashabbus" festivali doirasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi. Qiziqarli savollarga boy tarzda bo'lib o'tgan zakovat bellashuvida "Tezkor" jamoasi qolgan jamoalardan ko'proq ball to'plagan holda g'oliblikni qo'lga kiritdi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">
#Forum
⚡️ 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni!
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyida "Qizlar millat tayanchi" shiori ostida o'quvchi-qizlar forumi bo'lib o'tdi. Unda institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Aziza Karimova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Muxayyo Ahmadova, akademik litsey mas'ullari hamda o'quvchi-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar o'quvchi-qizlarni bayram munosabati bilan tabrikladi. Shuningdek bugungi kunda xotin-qizlarga berilayotgan keng ko’lamli imkoniyatlar va turli xildagi imtiyozlar, qizlarning ta’lim olishi va ilmiy izlanishlar olib borishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ham so'z borib, ulardan samarali foydalanish kerak ekanligi ta'kidlandi.
⚪️ 𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 𝐢𝐣𝐭𝐢𝐦𝐨𝐢𝐲 𝐭𝐚𝐫𝐦𝐨𝐪𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚!samisi_rasmiy">