- Oʻzbek va Jahon adabiyoti durdonalari - Ajoyib Hayotiy hikoyalar - Mashxurlar hayoti - Chiroyli Iqtiboslar - Siyosiy qarashlar Rasmiy kanal: @Romanlar
HOKIM VA OLIM
Hishom ibn Abdulmalik imom A’mash rahimahullohga yozdi:
"Menga Usmon ibn Affonning jinoyatlari va Aliy ibn Abu Tolibning manoqiblari haqida yozib yubor".
A’mash rahimahulloh unga shunday deb maktub yozdi:
"Bismillahir Rohmanir Rohim.
Agar Usmonning jinoyatlari yer aholisi jinoyati miqdorida bo‘lsa ham u senga zarar bermaydi. Agar Aliyning maqtovli ishlari yer aholisining maqtovli ishlari kabi bo‘lsada buni senga foydasi yo‘q. Sen o‘z ishingni ko‘r. Falonchining qulashi, pistonchining toyilishi bilan mashg‘ul bo‘lishdan to‘xta. Ular uchun sen javob bermaysan. Insonlarning yaxshiliklari o‘zlari uchundir, senga emas. O‘z ayblaringni tuzatish bilan shug‘ullan. Gunohlaringdan tavba qil. Hasanotlaringni ko‘paytir. Ana shu kitobingda qoladi. Insonning badbaxtligiga dalil uning boshqalar aybi bilan mashg‘ul bo‘lishidir".
- Ayman Yog‘iy
@Romanlar
#Maqola
✍ Mahmud Usmon
📓 «Forobiy, maymunlar va pashshalar»
⚙ Maqola
⚖ 0,7 MB
🔎 PDF
📄 3 sahifa
@Romanlar
✍ Ahmad A'zam
📓 "Quroq"
⚙ Qissa
⚖ 0,2 MB
🔎 PDF
📄 40 sahifa
@romanlar
Boshlanishi qiyin
Yangi narsa boshlasangiz uni bajarish juda qiyindek tuyiladi. Masalan, yangi ishga kirgan paytingiz yoki maktabdagi birinchi kuningizni eslang.
Nega shunday? Chunki biz bilmagan narsalarimiz oldida tasavvurni kuchaytirib yuboramiz. Qachonki uni bir marta amalda sinab ko'nikma paydo bo'lganda, birinchi tasavvurimiz xato ekanligini tushunib yetamiz.
Oldindan 50 kg tosh ko'tarib yurgan sportchiga bu og'irlik qiyin emas. Ammo bunday og'irlikni birinchi marta ko'tarayotgan odamga oson emas.
Hech qachon birinchi ko'rishda xulosa chiqarmang. Birinchisida o'xshamadimi? Qiynalyapsizmi?
O'xshagunicha, oson bo'lgunicha qayta-qayta bajaring.
@romanlar
Aql o'rgatib emas, o'rnak bo'lib
Ko'pchilik qilgani uchun boshqalar ham bajaradi. Bu ishlarning foydasi bor yoki yo'qligi ikkinchi darajali.
Jamoat joyiga axlat tashlagan bolani chaqirib ''ma'ruza'' o'qigandan, unga amalda nima qilish kerakligini ko'rsatib berish samaraliroq.
Jamiyatda ham shunday. Masalan: Ko'pchilik ''to'ylarni dabdabali o'tkazish kerak emas'', deb aytadi ammo ularning to'ylarini ko'rib hayron qolasiz.
Yoshi kattalarimiz kelajak avloddan ko'p norozi bo'lishadi. ''Kitob o'qimay qo'yishdi'', ''hurmat yo'q'', ''muomila qilishni o'rganishmaydi''.... .
Kitob o'qishi kerak bo'lgan bolaga qanchalik gapirganingiz bilan o'zingiz o'rnak bo'lmaguningizgacha bajarmaydi.
Qanday to'y qilish kerakligini o'rgatmasdan, o'zingiz amalda ko'rsatib bermaguningizgacha, odamlar baribir hamma qilgandan qolmaydi.
Ming gapirib o'zingiz amal qilmas ekansiz, boshqalardan hech narsa kutish kerak emas.
Atrofingizdagi insonlarni qanday bo'lishini, ularda qanday yaxshi xislatlarni ko'rishni xohlasangiz, o'zingiz ham shunday bo'ling.
O'rnak bo'ling!
@romanlar
Osonlashtirish
Birinchi marta qilayotgan ishingiz sizga qiyin tuyiladi. Qachonki uni qayta-qayta bajarishni boshlaganingizda osonlashgandek his qilasiz.
Yangi muammolarda ham shunday. Oldin ko'rmagan muammo oldida havotirga tushasiz. Qo'rquv paydo bo'ladi. Yechim qidirib izlanishni boshlaganingizda qo'rquv yo'qoladi va muammo oddiydek tuyiladi.
Qarshingizdan qanday to'siq chiqsa ham, aylanib o'tmasdan, yechimi ustida izlaning. Yechim topsangiz muvaffaqiyat, topa olmasangiz tajriba. Ikki holatda sizga foyda.
Yangiliklar va muammolarga bo'lgan qo'rquvingizni ularni hal qilish va o'rganish ishtiyoqiga aylantiring (passion to solve and learn).
@romanlar
O'zingiz bilan tortishmang
Psixologlarga ko'ra juda ko'p odamlar doimiy ichki ziddiyatlar (conflict) bilan yashashadi. Bu ziddiyatlarga katta energiya sarflanadi.
Ayb yoki noto'g'ri ish qilganimizni yomonligini bilib yakunda afsuslanamiz. Bunday qilish kerak emasligini o'ylab vijdonimiz qiynaladi. Qilingan ishga qandaydir bahonalar topib, o'zimizni oqlashga harakat qilamiz.
Mana shu jarayonda bizda ichki ziddiyat uchun energiya sarf bo'ladi.
Masalan, kitob o'qish kerakligini bilamiz ammo o'qimaymiz. Bunga turli bahonalar topib o'zimizni aldab (ovutib) yuramiz. O'zimizni aldash odatga aylanganda esa, boshqalarga ham yolg'on gapirishni boshlaymiz.
Yakunda butun boshli hayotimiz o'tib ketib qolganini sezmay qolamiz.
Hech qachon o'zingizni aldamang.
@romanlar
📚Jahon adabiyoti namunalari
👤Oskar Uayld
📕"Dorian Grey portreti"
#tavsiya
@Romanlar
📚Jahon adabiyoti durdonalari
👤Gabriel Garsia Markes
📗"Oshkora qotillik qissasi"
@Romanlar
MUQADDIMA
📌 Ibn Abbos bunday deb rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barcha insonlar ichida eng sahovatli zot edilar. Ramazonda Hazrat Jabroil bilan uchrashganlarida sahovatlari yanada ortar edi. Hazrat Jabroil Janob Rasululloh bilan har kecha uchrashib, Qur’onni muzokara qilar edilar. Hazrat Rasululloh xayrli ishda kuchli shamoldan ham tez edilar”.
Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
«Ҳаёт бу — велосипедда харакатланишдек. Мувозанатни сақлаш учун сен доим харакатда бўлишинг керак»
Альберт Эйнштейннинг ўғли Эдуардуга ёзган хатидан парча...
@Romanlar
"Sen meni alda, aldasang ham oʻz aqling bilan alda, ana oʻshanda balki men seni oʻpib qoʻyarman. Oʻz aqling bilan aldash bu boshqalarni aqli bilan haqiqatni soʻylashdan ming karra yaxshiroq..."
“Jinoyat va jazo” Fyodr Dostoyevskiy
@romanlar
Сулаймон алайҳиссалом бир чумолини кўриб ундан:
– Бир кунда қанча буғдой ейсан? – деб сўрабдилар. Чумоли:
– Бир дона, – деб жавоб берибди.
Сулаймон алайҳиссалом унинг олдига бир дона буғдойни қўйибдилар-да, устидан бир косани ағдариб:
– Кунлик ризқингни мен келтириб тураман! – дебдилар.
Эртасига келиб, косани олиб қарасалар чумоли бир дона буғдойнинг ярмини еб, қолган ярмини ушлаб турганмиш! Сулаймон алайҳиссалом чумолига:
– Менга, бир дона буғдойни бир кунда ейман, деган эдинг! Ярми ортиб қолибди-ку!? – дебдилар. Чумоли у зотга қараб:
– Ризқим Аллоҳнинг зиммасида экан, у Зот менга кунлик ризқимни етказишни унутмайди! Бунга ишончим комил! Лекин куним сизга қолгач, эсингиздан чиқиб қолсам-чи, деган хавотир билан ярмини олиб қўйдим. Чунки бандага ишонч йўқ! Ризқ фақат Аллоҳдандир! – деб жавоб қилибди.
P.S.: Ҳеч кимнинг куни бировнинг қўлида қолмасин!
@romanlar
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Samandarlar bilan jang"
✍ Karel Chapek
⚙ Roman
⚖ 12,2 MB
🔎 PDF
📄 296 sahifa
Chex yozuvchisi Karel Chapek o‘zining «Salamandralar bilan jang» romanida 1930-yillardagi xalqaro siyosatni, shu jumladan, Germaniyada bosh ko‘targan fashizmni qattiq hajv qilgan. Romanga go‘yo Indoneziya orollaridan birida uchragan aqlli maxluq salamandralarni “odamiylashtirish” haqidagi fantastik uydirmani asos qilib olingan.
Ulkan foyda olish uchun har qanday qabihlikdan qaytmaydigan sanoatchilar salamandralardan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanadilar. Salamandralar esa o‘z navbatida insoniyat jamiyatining barcha illatlarini o‘zlashtirib olib, odamlar bilan raqobat qila boshlaydilar. Salamandralar hayotini tasvirlar ekan, yozuvchi o‘sha davr siyosatining satirik manzarasini chizib beradi.
@Romanlar
#Nazm
Buxoriy bobom
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Tur, deydi, namuncha uxlading, bolam.
Jon tikib to‘plagan hadisim o‘qi,
Sheʼr yozsang, tuzukroq satrlar to‘qi.
Muncha ham bo‘lmasang ayolingga mast,
Ayoling past qilgan xayolingga mast.
Tur, deydi, o‘rningdan, muncha uxlaysan,
Bugun yig‘lamasang, erta yig‘laysan!
Namuncha dunyoning quliga do‘nding,
Ozgina zo‘rlasa, indamay ko‘nding.
Qo‘y endi yot eldan qaxrlanishni,
Buxoriy bobom, deb faxrlanishni.
Undan ko‘ra tafsir kitoblarni tit,
Arzimas matoni egningdan irg‘it.
Rosulim, rosulim, deysanu, ammo
Amallaring riyo, ko‘zlaring aʼmo.
Qandoq manga sirdosh degaysan Bilol,
Tushingda zinolar qilsang bemalol.
Termiziy yurtida tug‘ildim, dema,
G‘amdan tashkil dunyo g‘amini yema.
Agar ajratmasang oqu, qorani,
Yodlab o‘tirmagin o‘ttiz porani.
Uzatgandi, ushlading yolg‘on qo‘lin,
Hadis o‘qib tanlading tamaʼ yo‘lin.
Chiroyli so‘zlarni chiroyli so‘zlab
Chiranding chiqolmay chiroyni ko‘zlab...
Guldan haykal bitma o‘zingga o‘zing,
Qilgan amalingga mos kelsin so‘zing,
Innamal ʼamolu binniya, debon
Xohlagan ishingga qo‘l urma, nodon.
Ushbu hadis asli maʼnosi o‘zga,
Sira ham mos kelmas sen aytgan so‘zga.
Amalga intilgin, hadislar yodla,
Tunlari gunohim ko‘p deya, dodla.
Ko‘ngling xohishini xohish, demagil,
Farqi yo‘q xoh gunoh, xoh ish, demagil.
Agar bolam bo‘lsang, bobongga mos bo‘l,
Yolg‘on tana bo‘lma, ozgina rost bo‘l.
Hech kim ko‘rmas joyda aylagin taqvo,
Sukunat riyoviy taqvodan aqvo.
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Xalqimga bir so‘zni yetkazgin, bolam
Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,
Maqsadi ziyorat qasdida balkim...
Turli marosimlar uyushtiribdi,
Yoshimni falon deb sanab yuribdi.
Yo‘q, hayxot, bu holat dinda bidʼatdir,
Bidʼatsiz yashamak chin saodatdir.
Qabrimda muqaddas narsa yo‘q aslo,
Bu holni his qilar har aqli raso.
Bu ishlar o‘rniga ahli farosat
Go‘zal hadislardan izlar nafosat.
Rosuli Akramning har bir so‘zlarin
Shior aylagay va surtgay ko‘zlarin.
Garchi ul zot uchun borim berganman
Payg‘ambar qabriga topinmaganman.
Jami qudusiyat Allohga mutlaq,
Bu yo‘ldan o‘zgasin istagan – nohaq!
Qabrimga ko‘zmunchoq kelganlar taqib
Jaholat qaʼriga ketgan uloqib.
Xalqim, turkiy zabon, istasa javob
Hadisni o‘qisin, menga shu savob!
O‘tgan kunlarini aylabon nosih,
Sahihga ergashsa hayoti sahih!!!
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Ko‘chada gullabdi nihoyat bodom.
Tur deydi, bolam-a, uxlading ko‘pam,
Bugun hadisga yot men o‘sgan supam.
Borib ul supani sidirib qaytgin,
Kam sonli mo‘minga salomim aytgin.
Buxoroning nomi “bu xoro”midi,
Men ko‘rgan shahar shu Buxoromidi?
Hadis yodlovchiga sig‘magan shahar
Bugun bir hadisdan tamom bexabar.
Qizlari yalong‘och, erlari beor,
Yo o‘zgarib ketdi ilohiy shior?
Agarchi Islomning dardin yemaslar
Buxoriy nomiga haqli emaslar.
O‘zlarin Buxoriy yurtidanmiz, deb
Tanishtirmasinlar o‘zidan ketib.
Undan ko‘ra dinga bo‘lsinlar tobeʼ,
Ilohiy amrga hamisha someʼ!
Aytgan so‘zlarimga bolam, amal qil:
Shunda men ulardan rozi bo‘lgum, bil!
Istasalar ruhim bo‘lishini shod
Hadisga muvofiq kechirsin hayot!!!
Bolam, bolaginam, Turkiston kezgin,
Abu Abdullohning so‘zin yetkazgin.
- Xayrulla Hamidov
@romanlar
Ojizmiz agar...
Atrofingizdagi siz bilan bogʻliq hamma ishga javobgar oʻzingiz.
Yaxshi yoki yomon natija olish aynan sizning javobgarligingiz ostida boʻladi.
Oʻzingiz bilan boʻladigan ishlarni javobgarligini his qilmas ekansiz, hech narsani oʻzgartira olmaysiz.
Katta qudrat katta masʼuliyat talab qiladi.
Rivojlanishni va yuksalishni xohlaymizmi?
Unda hayotimizdagi har bir hodisaga oʻzimiz javobgar ekanligimizni tushunib yetishimiz kerak.
@romanlar
Strategiya va Taktika
Strategiya va taktika o'rtasidagi farq nimada?
Marketing sohasida buni tushinish juda muhim hisoblanadi. Nafaqat marketing umuman barcha sohada qo'llasa bo'ladi.
Strategiya siz taktikalarni amalga oshirguncha bajaradigan ishlaringiz rejasidir.
Ish boshlashdan oldin siz strategiya yaratib olasiz so'ngra taktika bilan ishni bajarishni boshlaysiz.
Masalan: Kurs yozmoqchisiz. To'g'ri kelgan narsalarni bog'dan yoki tog'dan olib yozib ketmaysiz. Birinchi o'rinda nimalar yozish kerakligini, qanday manbalardan foydalanish kerakligini aniqlab ularning tartiblangan ro'yhatini tuzib olasiz. Bu strategiya.
Shundan so'ng o'zingizga kerakli materiallarni yig'ib, tuzilgan reja asosida har bir bo'limni yozishni boshlaysiz. Bu taktika.
Bu ikki narsasiz hech bir ishingizni ko'ngildagidek yakunlab bo'lmaydi.
@romanlar
Omad kelib qolar
Bir ishni boshladik. Uni muvaffaqiyatga erishishida omadga ishondik. Yakunda muvaffaqiyatsizlik.
Hozir 8 milliard dunyo aholisidan ko'pi "omad kelib qolar" o'yini bilan mashg'ul. Shu sababli har 10ta yangi loyihani 90% o'xshamaydi (failed).
Ish boshlanganda ''o'xshab qolarmikin'' degan savol paydo bo'lsa, uni o'xshamasligi yuqori bo'ladi. O'zini ko'rsata olgan insonlarga nazar solsak, ularning lug'atida ''omad'' so'zi yo'q.
Ko'zingiz yetmagan, sizga foyda keltirmaydigan ishlarni omadga ishonib qilishdan to'xtang. Ko'zingiz yetgan, o'zingiz ishongan, natijaga erisha oladigan ishlarni bajarishni boshlang.
@romanlar
Vaqt qadri
1 kun, 24 soat, 1440 daqiqa yoki 86400 soniya. O'tayotgan vaqt umrimizning yakuniga bir qadam yaqinlashtiradi. Undan to'g'ri foydalanamizmi?
Bekor o'tgan vaqtni orqaga qaytara va o'rnini to'ldira olmaymiz. Bunda hayotimizning bir qismi behuda ketgan bo'ladi. Bu isrof.
Dinimizda ham vaqtga jiddiy e'tibor qaratiladi. Shu sababli har ishning vaqti belgilab qo'yilgan.
Sa'diy Sheroziy aytganidek.
''Ey g'ofil, ko'p o'ylab foyda-yu mol,
Umring sarmoyasini aylama poymol.''
Xulosa o'rnida keraksiz narsalarga sarflanayotgan vaqtni kerakli ishlarga yo'naltirish, kelajagimiz uchun foydali bo'ladi.
Vaqtingizni asrang!
@romanlar
Reja
Ish boshlashdan oldin reja aniq bo'lishi - bu yakunda natijaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi.
Maqsadning aniqligi. Rejalashtirish maqsadlarni belgilashda yordam beradi. Aniq belgilangan reja bo'lsa, uni tartib bilan bajarish oson kechadi.
Rejalashtirish orqali bajaroyatgan ishingizdagi kerakli resurslarni ham to'g'ri taqsimlay olasiz va resurslarning taqsimlanishi ish samarasizligini oldini oladi. Ko'p insonlar ish boshlab resurs kamligi sababli yarim yo'lda to'xtab qolishadi.
Vaqtdan unumli foydalana olasiz. Rejalashtirish bilan siz har bir vazifani belgilangan vaqtda bajarib natijaga erisha olasiz.
Vazifalarning muhimlilik darajasini aniqlab beradi. Ko'p insonlar bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq vazifa olsa, qaysi biridan boshlashni bilmay qolishadi. Rejalashtirish orqali esa, bu muammoni hal qilsa bo'ladi.
Yaxshi rejalashtirish orqali ish jarayoniga keraksiz bo'lgan qadamlardan qochish va jarayonni soddalashtirish mumkin.
Har qanday ish boshlashdan oldin uning yo'l xaritasini belgilab olish natijaga tezroq olib boradi.
Rejalashtirishni o'zimning kun tartibimda sinashni boshlaganimdan beri hayotim ancha tartiblashdi va natijalar sezila boshladi.
Rejalashtirishda gap ko'p.
@romanlar
Dunyodagi hamma odam-tanlanganlar.Boshqalari mavjud emas.
Ertami yoki kechmi,hammani sudlaydilar va hukm qiladilar.
@Romanlar
Olomonning muammosi shundaki, ilmli va tarbiyali kishilarga shubha bilan qaraydilar, ahmoqlarga esa toʻla ishonch bilan.
@Romanlar
📌 Sa’id ibn Jubayr aytdilarki, Ibn Abbos Alloh taoloning “(Jabroil) Qur’on o‘qiganida sen takrorlashga oshiqma!” degan oyati haqida bunday deb rivoyat qilgan ekan: “Nabiy sallollohu alayhi va sallam nozil bo‘lgan oyatning mazmunini tezda tushunib olishga harakat qilardilar. Shu sababdan lablarini qimirlatar edilar”. Ibn Abbos yana bunday dedilar: “Men lablarimni, Janob Rasululloh qanday qimirlatgan bo‘lsalar, shunday qimirlatib ko‘rsatyapman”, - dedi. Alloh taolo: “(Jabroil) Qur’on o‘qiganda sen shoshib takror qilma! Qur’onni qalbingga va xotirangga jo qilish, istagan vaqtingda uni o‘qishga seni qodir etish bizning bo‘ynimizdadir” va “Agar biz uni (Jabroil qiroat orqali) o‘qisak, sen unga quloq sol!” degan oyat nozil qildi. Shundan so‘ng, Janob Rasululloh agar Jabroil vahiy keltirsa, avval unga quloq solib, ketganidan keyin bo‘lsa, u o‘qigandek takrorlab o‘qir edilar”.
Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
Ba’zi so‘zlar tig‘li bo‘ladi – tegsa, o‘ldiradi.
Keksa yoshli kishi bir institutning "Odob" fakultetiga tegishli sinfiga kirdi. Talabalar uni shifokor deb o‘ylashdi. Lekin u talabalar qatori partadan joy oldi. Dars tugagach keksa kishi talabalarga yuzlanib, shunday dedi: Myen ishlik odamman – oyoq kiyim sotaman. Yettita farzandim bor. Bir o‘g‘lim tabib, biri muhandis, biri zobit, qizim esa dorixonada ishlaydi. Bir kuni bolalarim ilmiy bir mavzuda suhbatlashib o‘tirishgan ekan, men ham ularning suhbatiga aralashdim. Shunda o‘g‘illarimdan biri menga shunday dedi: "Dada, gapga aralashmasangiz, biz ilmiy mavzuda gaplashyapmiz, buni siz tushunmaysiz. Hafa bo‘lmang-a!" Bu gap ich-etimni uzib yubordi, lekin indamadim. Ertasi kuni to‘g‘ri kutubxonaga borib, 9-sinf kitoblarini sotib oldim, hech kimga bildirmay do‘kanimda hammasini o‘qib chiqdim va maktab imtihonida qatnashib, hammasidan o‘tdim. Buni ham hech kim bilmadi. Keyin esa bakalvrlikka oid kitoblarni sotib oldim. Ularni ham uch yilda o‘qib tugatdim va imtihon topshirib, hammasidan muvaffaqiyatli o‘tdim. Buni ham oilamda hech kim bilmadi. Bugun esa instituga qabul qilindim. Inshaalloh, shu yerni bitirsam, farzandlarimni chaqiraman-da, ularga: "Bolajonlarim, mana bu diplomim. Endi sizlarni tarbiyalagan, o‘qitgan va uyli-joyli qilgan otangiz gapingizga aralashsa maylimi?", deyman!
@Romanlar
Onadan yoshini, otadan maoshini so'ramang. Chunki ota cho'ntagi uchun, ona o'zi uchun yashamaydi.
Ham ota, ham onalik qilayotgan ayollardan esa holini ham o'ylab, ehtiyotkorlik bilan so'rang.
@romanlar
📚Jahon adabiyoti durdonalari
✍Muallif: Paolo Kaelo
📗Asar nomi: "Iblis va Prim xonim"
#tavsiya
@romanlar
INSOF
Abdurahmon degan kishi hazrat Umarning xonadoniga yumush bilan boribdi. Qorong‘i tushib qolgan, halifa sham yorug‘ida ishlab o‘tirgan ekan. Mehmon bilan so‘rashgach, yonib turgan shamni o‘chirib, boshqa shamni yoqibdi.
– Mana endi gaplashsak bo‘ladi, – debdi mehmonga.
Mehmon hayron bo‘pti
– Boyagi shamni nega o‘chirdingiz-u, nega xuddi shunaqa boshqa shamni yoqdingiz?
– Yonib turgan sham davlatniki edi. Men uning yorug‘ida davlat ishini bajarayotgandim, – debdi halifa. – Sen bilan qiladigan suhbatimizning davlat yumushiga daxli yo‘q. Shuning uchun o‘z pulimga sotib olgan shamni yoqdim...
— O‘tkir Hoshimov
@romanlar