⚡️2-синф «Информатика ва ахборот технологиялари» ва 5-синф «Табиий фан (Science)» фанлари жорий этилади
2024-2025-ўқув йилидан бошлаб мактабларда 2-синфда «Информатика ва ахборот технологиялари» фани ҳамда 5-синфда «Табиий фан (Science)» фани жорий этилади.
2024-2025 ўқув йили бошлангунига қадар умумий ўрта таълим муассасаларининг бошланғич синф ўқитувчилари учун «Информатика ва ахборот технологиялари» фани ҳамда 5-синф «Табиий фан (Science)»нинг мазмун-моҳияти бўйича «Биология», «География» фани ўқитувчилари учун қисқа муддатли ўқув курслари ташкил этилади.
✅
ASSALOMU ALAYKUM!!! 😊🫶
Salom yuzi quyoshlilarim,
Tonga yetgan bardoshlilarim,
O‘ttiz, ellik, yuz yoshlilarim,
Xayrli tong sizga yaxshilar🌻
Salom ko‘ngli qordek oqlarim,
Gina-gudrat, kibri yo‘qlarim,
Oxiratdan ko‘ngli to‘qlarim,
Xayrli tong sizga yaxshilar!🌻
Meni bilgan, bilmaganlarga,
Kulib turgan, kulmaganlarga,
Hali salom bermaganlarga,
Xayrli tong sizga yaxshilar!🌻
Tonga yetib shukur qilganlar,
O‘tgan kundan fikr qilganlar,
Ibodatdan huzur qilganlar,
Xayrli tong sizga yaxshilar!🌻
Suyganlaru, suymaganlarga,
Kuysam, birga kuymaganlarga,
Diydorimga to‘ymaganlarga,
Xayrli tong sizga yaxshilar!🌻
Tilagim bor sizga sahar chog‘,
Sizdan nari yursin g‘am, firoq,
Faqat Haqqa bo‘ling yaqinroq,
Xayrli tong sizga yaxshilar!🌻
Yaratganga hamdlar aytaylik,
Ko‘p tonglarga omon yetaylik,
Ketsak, jannatlarga ketaylik,
Xayrli tong sizga yaxshilar
⚡️Maktab xodimlariga necha kun mehnat ta’tili (otpusk) beriladi?
Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.
✅ Hususan, ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlarga quyidagi ish kuni miqdorida mehnat ta’tili beriladi:
➖ Dierktor, O’IBDO’, MMIBDO’, CHQBT rahbari va o’qituvchilar = 56 kuni
➖ Psixolog = 42 kun
➖ Xo’jalik mudiri, kutubxonachi, labarant, kadrlar bo’yicha menejr = 27 kun
➖ Farrosh, xovli supuruvchi, qorovul, bog’bon, bino xizmatchisi = 21 kun
💰
⚡️OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI
Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.
Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.
MMT Vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.
🌿🌹Assalomu alaykum, aziz ,,Quva boshlang‘ich ta’limi‘‘ kanali muxlislari!
Qadrdon hamkasblar!
🌿🌷 Xayrli tong!
⏰ Vaqtning o‘tishini qarang! Kechagina har xil xayollar bilan boshlangan 2023-2024-o‘quv yili ham nihoyasiga yetmoqda....
☘🌸 Barchangizni bugungi ,,So‘nggi qo‘ng‘iroq‘‘ bilan tabriklayman!
🌿🌹Bu o‘quv yilida armon bo‘lib qolgan yutuq va muvaffaqiyatlarga kelgusi o‘quv yilida erishishlaringizni tilab qolaman!
🌿🌷 Kuningiz xush kayfiyatda, mazmunli o‘tsin!
🌿🌹Salomat bo‘linglar, qadrdonlarim!
🍃 Quvaboshlang‘ich 🍃
25. 05.2024 shanba
Tumanimizning 7-maktabida "Yosh kitobxon" tanlovi o'tkazildi . Tanlovda 1-sinf o'quvchilari faol ishtirok etdilar. Faxrli o'rinni olgan o'quvchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.
Sinf rahbarlar: Mafruna Rashidova
Bugun tumanimizning 57-maktabida " Kasblar festivali" ko'tarinki ruhda tashkillandi. Bunda 1-sinf o'quvchilari CHQBT rahbaridan xarbiy tayyorgarlik bo'yicha saboq oldilar. O'quvchilarni xarbiy bo'lishga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortdi.
Sinf rahbari: N. Sodiqova
⚡️«Сўнгги қўнғироқ» байрам тадбирининг тантанали қисми учун намунавий сценарий
Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан умумий ўрта таълим муассасаларида «Сўнгги қўнғироқ» тадбирининг тантанали қисмини ўтказиш учун намунавий сценарий ишлаб чиқилди
⚡️Oʻqituvchilarning yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili 56 kalendar kuni etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori.
✅
𝗧𝗢𝗡𝗚𝗚𝗜 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗟𝗔𝗥
💐🌹🌤 Ассаламу Алайкум! Сешанба тонгги муборак бўлсин
💐 Қалбингиз иймонга
💐 Уйингиз қувончга
💐 Юзингиз нурга
💐 Кунингиз ҳайрли ва солиҳ амалларга тўла бўлсин.
☝️ Янги кунни ҳадя қилган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин!
💐🌺ХАЙРЛИ КУН АЗИЗ ИНСОНИМ !
Fargʻona viloyati Quva tumani 41-maktab 4-"A"sinf oʻquvchilarining 9- may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tayyorlangan taqdimoti
Sinf rahbari: Egamshukurova Umidaxon
# Quva tumani Madaniyat MFE (4-sektor) hududida 2024-yil 14- may kuni 41- umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinflar oʻquvchilari oʻrtasida Koʻrgazmali qurollar tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovda oʻquvchilar faol ishtirok etdilar
Читать полностью…Fargʻona viloyati
Quva tumani
41-maktab 4-"A"sinf oʻquvchilarining
15-may Xalqaro Oila kuniga tayyorlagan taqdimotlari.
Sinf rahbari: Egamshukurova U. O.
❤️ «Онажон...!»
Меҳр ҳеч ҳам туганмас жойим,
Ҳам қуёшим, ҳам гўзал ойим.
Маликалар ичра бегойим,
Бахтимизга тожсиз онажон.
Яшнаб турган боғсиз онажон!
Зилол сувдек покизадурсиз,
Мушфиқаю ожизадурсиз.
Ҳақ яратган мўъжизадурсиз,
Энг ҳуш сокин макон онажон.
Жаннатга йўл имкон онажон!
Bayramingiz muborak boʻlsin💐💐💐💐💐🌷🌷🌷🌷🌹🌹🌹🥀
#Quva tumani MMTB
#Madaniyat MFY
#4_sektor_41_maktab
#Ma'naviy ma'rifiy tadbiri.
41-umumiy õrta ta'lim maktabida 2024.18.05.kuni 4-sinf õquvchilari ishtirokida "Yosh magistirlar"tadbiri õtkazildi.
#Кува тумани Болалик МФЙ (2-сектор) худудида жойлашган 57-сонли умумий ўрта таълим мактабида жорий йилнинг 17-май куни Нуронийлар томондан тарбиявий соатларни ўтказиш жараёнидан олинган Фото ва виде лавҳалардан наъмуна.
Читать полностью…Bugun Farg’ona viloyati pedogoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi “Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi tomonidan “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida 4K ko’nikmalarini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi o‘quv seminari bo’lib o’tdi.
“4K” modeli ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuv bo’lib, bugungi seminarda 4K modeli va uning tarkibiy qismlari, boshlang’ich ta’lim tizimida 4K modelidan foydalanishning pedagogik xususiyatlari hamda shart-sharoitlari va pedagogik jarayonlarda uning amaliy ahamiyati, shuningdek, boshlang’ich sinf darslarini samaradorligini oshirishda 4K modelidan foydalanishning tomiyillari xaqida so’z yuritildi.
ТАЪТИЛ ПУЛИ
Дўстим қилди қўнғироқ,
Кўзим уйқу илибди,
--Мактабга келгин тезроқ,
--Таътил пули чиқибди.
Бу ажойиб ҳушхабар,
Қулоққа ёқди ёмон,
Оёғим олиб қўлга,
Шошилдим мактаб томон.
Кечаги тор дунёлар,
Кенг кўринди кўзимга,
Йўл йўлакай режалар
Тузиб кетдим ўзимча.
Миямда учар хаёл,
Ўзимча ҳисоблайман,
Ўн кун санатория,
Асабни даволайман.
Ундан кейин саёҳат,
Жаннат макон юрт аро,
Ҳавоси танга роҳат,
Самарқанд-у, Бухоро.
Термиз, Қарши, Андижон,
Гўзал Тошкент-у, азим,
Қадамимга мунтазир,
Хива кўҳна Хоразм.
Ширин,ширин ҳаёллар,
Ажиб ҳислар юракда,
Ишдан кейин тузукроқ,
Дам олиш ҳам керакда.
Дўстлар билан саёҳат,
Зўр жойлар бор Чимёнда,
Ведомостга қўл қўйдим,
,, Отпусной" ҳам ҳамёнда.
,, Шитир, шитир "овози,
Оҳ ҳаётнинг нақшисан,
Юракка дармон дори,
Бунчалар ҳам яхшисан.
Хаёлларга берилиб,
Иягимга тираб қўл,
Шундай гўзал режалар,
Тузиб келдим йўлма-йўл.
Уйимга келиб бирдан,
Учиб кетди хаёлим,
Бир қучоқ муаммо билан,
Кутиб олди аёлим.
--Отпусной чиққан бўлса,
--Эрта бозорга боринг,
--Анави чала уйни,
--Битказиб қўя қолинг.
--Яримлаб қолган ун ҳам,
--Уйдан гўшт ҳам узилган,
--Ҳа айтгандай дадаси,
--Холодильник бузилган.
--Газхонага плита,
--Меҳмонхонага гилам,
--Шиппак, шортик, футболка,
--Керак болаларга ҳам.
--Айвонга ҳам краска
--Сочиш керак дадаси,
--Ҳовлига вручатка,
--Босиш керак дадаси.
--Темир токни кўтаринг,
--Бекорчисиз хўш, ана,
--Акам тўй қилаяпти,
--Унга керак қўшана.
Тўтидай жавраб хотин,
Кўнгилни ҳам ғашлади,
Бир пасда мингта камни,
Қалаштириб ташлади.
Кенг дунё тор кўринди,
Эҳ кўнгилнинг зори-я,
Хайр ширин орзулар,
Хайр санатория.
Булбулдек экан эвоҳ,
Хотин зотининг тили,
Буларни қилиш учун,
Етмас таътилим пули.
Эшитиб бу камларни,
Юрагим озди бироз,
Ҳеч нарса деёлмадим,
Ютиниб қўйдим холос.
Хуллас ширин орзулар,
Туғилмай ўлдирилди,
Ўша гўзал режалар,
Кейинга қолдирилди.
⚡️OʻQUVCHILARNING TAʼTIL PAYTIDAGI XATTI-HARAKATLARI UCHUN OTA-ONALAR JAVOB BERADI
Barchamizga maʼlumki, ilgari oʻquvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda boʻlsin xoh darsdan tashqarida boʻlsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning oʻrinbosarlari javobgar boʻlardi. Misol uchun oʻquvchi taʼtil vaqtida qoʻshnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari oʻsha oʻquvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.
Koʻp hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilar edi. Oʻquvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar koʻrilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.
MMT Vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi oʻquvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor oʻrinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qoʻllanilmaydi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun gʻamxoʻrlik qilishlari shart.
💰@Farishtaga
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга
24.05.2024
Қадрли фарзандларим!
Бугун ўз билим ва истеъдоди, куч-ғайратини Янги Ўзбекистон бунёдкори, жонажон юртимизга муносиб фарзанд бўлишдек эзгу мақсадга бахш этишга бел боғлаган сизлар каби навқирон ёшларни мактаб таълимини муваффақиятли тугатаётганингиз билан чин қалбимдан самимий табриклайман.
Меҳрибон устозларингиз ва ота-оналарингиз сизларга оқ йўл тилаб турган мана шу қутлуғ кунда мамлакатимиздаги барча мактабларда “сўнгги қўнғироқ”лар жаранглаб, сиз каби минглаб ёшларимиз катта ҳаётга йўлланма олмоқдалар.
Ҳақиқатан ҳам, бугун сизлар улкан имкониятлар тақдим этадиган бутунлай янги ҳаёт остонасида турибсиз. Бу йўлда тинимсиз изланиб, янги марралар сари талпиниш, дадиллик ва ўзингизга қатъий ишонч ҳисси доимо ҳамроҳингиз бўлиши лозим.
Ҳамиша ёдингизда тутинг, ҳар бирингиз ўзига хос истеъдод соҳибисиз, уларни рўёбга чиқариш эса аввало ўзингизга, тинимсиз интилиш ва изланишларингизга боғлиқ.
Шу ўринда, сизнинг сафингизда ўқишни олтин ва кумуш медаллар билан тамомлаётган юзлаб ўғил-қизларимиз борлигини таъкидлаш ўринлидир.
Кейинги йилларда Янги Ўзбекистон ёшлари турли фанлар, спорт, санъат ва адабиёт соҳаларида ўзининг чуқур билим ва қобилиятини яққол намоён қилишмоқда.
Ҳаётда юксак марраларни кўзлаб турган бундай серғайрат ва билимдон фарзандларимизни юртимиздаги миллионлаб ўғил-қизларимизга ўрнак қилиб кўрсатсак, арзийди.
Мамлакатимизда навқирон авлод вакилларини ҳар томонлама баркамол инсонлар этиб тарбиялаш, уларнинг қонуний ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, қобилият ва салоҳиятини рўёбга чиқаришга жуда катта эътибор қаратилмоқда.
Чунки жонажон Ватанимизнинг келажаги, унинг тақдири ва тараққиёти бугун шинам синфхона ва аудиторияларда қунт билан таълим олаётган ёшларнинг қўлида. Улар эртага Ўзбекистонни янада кучли, ривожланган ва бахтли давлатга айлантириш учун ўзларининг бор билими, иқтидори ва куч-ғайратини сафарбар қилса, кўзлаган мақсадларимизга албатта эришамиз.
Айни пайтда мамлакатимиздаги кўплаб замонавий олийгоҳлар, касб-ҳунар мактаблари ва техникумлар битирувчиларни ўз бағрига чорламоқда. Бу масканларда уларнинг таълимни давом эттириб, янада чуқурроқ билим олиши учун барча шарт-шароитлар яратилган.
Азиз ўғил-қизларим!
Сизлар жонажон Ватанимиз шонли тарихининг бир қисми, ўз маданияти ва анъаналарини асрлар давомида асраб-авайлаб келаётган буюк халқнинг дилбандлари, Янги Ўзбекистоннинг умиди ва таянчи ҳисобланасиз. Яна бир бор таъкидлаб айтмоқчиман, давлатимизнинг эртанги тақдири, унинг равнақи ва тараққиёти сизларнинг қўлингизда.
Ҳеч қачон орзу қилишдан тўхтаманг, катта мақсадлар йўлида имкониятларингизни синаб кўришдан, бу йўлда хато қилиш ва улардан сабоқ олишдан қўрқманг. Чунки халқимиз сизларга катта умид ва ишонч билан қарамоқда.
Сизларнинг янги ғоя ва ташаббусларингиз, иштиёқингиз ва кучингиз нафақат Ўзбекистонни, балки бутун дунёни ўзгартириши мумкин. Шунинг учун ҳар қандай ҳолатда ҳам ўз олдингизга қўйган эзгу мақсадингиздан ортга чекинманг.
Ҳар бирингиз устозларингиз ва ота-онангиз қалбингизга сингдирган қадриятларга ҳамиша содиқ бўлиб, халқимизнинг бебаҳо меросини янада бойитишга, юртимизнинг ёруғ келажагига ҳисса қўшишга интилинг.
Биз жаҳонга илм-маърифат, маънавий бойлик етказиб берган не-не улуғ зотларнинг авлодимиз. Уларга хос бўлган ноёб хусусиятлар, улар яратган анъаналар бугун ҳар биримизнинг қалбимизда, онгимизда ва ҳаётимизда яшамоқда.
Эндиликда биз ана шу буюк аждодларимизнинг чинакам давомчилари бўлган қалби қайноқ ёшларимизнинг юксак маънавий ва интеллектуал салоҳияти, уларнинг дунёни лол қолдирувчи ютуқлари билан ҳам фахрланишга ҳақлимиз.
Ҳеч шубҳасиз, ҳаётда юксак натижаларга эришиш учун тинимсиз ҳаракат, шижоат ва жасорат талаб этилади. Сизларнинг чуқур билим олиш, замонавий касб-ҳунарларни ўрганиш орқали Ватанимизга муносиб фарзандлар бўлиб етишишингиз ва унинг тақдири учун масъулиятни зиммангизга олишингизга ишонаман.
Бу шарафли йўлда барчангизга бахт ва омад доимо ёр бўлишини тилайман.
Шавкат Мирзиёев,
Ўзбекистон Республикаси Президенти
Болажоним сизга омонат!
Ўқувчимнинг меҳрибон отаси
Фарзандим жондан севган онаси
Қулок солинг акаси, опаси
Болажоним сизга омонат!
Топширдим сизга юлдузларимни
Топширдим қуёшли кундузларимни
Ҳазил билманг ҳар бир сўзимни
Болажоним сизга омонат!
Чўмилмасин анҳор,сойларда
Юрмасин ёт бегона жойларда
Таътил давридаги ойларда
Болажоним сизга омонат!
Тиғли асбобларни олиб қўйинг
Пичоқларни ғилофига солиб қўйинг
Сизга такрор айтай билиб қўйинг
Болажоним сизга омонат!
Уйда ёлғиз қолдирманг ўзини
Сабр қилиб тингланг савол, сўзини
Кўз ёшлар ювмасин юзини
Болажоним сизга омонат!
Топшириқлар берганман фанлардан
Она тили ўқишу, ҳисобдан
Илтимос, жеркимай беринг ёрдам
Болажоним сизга омонат!
Бўш қўймай китобга боғланг уни
Фақат эзгуликка чоғланг уни
Сизга бўлган ишончини оқланг уни
Болажоним сизга омонат!
Кечиктирмай вақтида есин овқат
Бир оз шўхлигига қилинг тоқат
Шунда сиздан хурсанд бўлгум бехад
Болажоним сизга омонат!
Йўл коидаси ёдида бўлсин
Фикру ўйи онгида бўлсин
Қоронғу тун ё тонгида бўлсин
Болажоним сизга омонат!
Айтайин энди сўнгги сўзимни
Асранг сизлар ўғлу -қизимни
Асранг сизлар илмдаги измни
Болажоним сизга омонат!
🙏🙏🙏🙏❤❤❤❤
Bugun 30-sonli maktab Boshlangʻich sinflarda,,Yosh bilimdonlar'' fanlararo koʻrik-tanlov oʻtkazildi.
Tanlov:1) Ona tili fanidan- Yozma ish
2) Matematika: Yozma ish
3)Oʻqish savodxonligi-Test
4) Tabiiy fanlar -Test
Ertaga yakuniy natijalar eʼlon qilinadi.
Boshlangʻich Uslubiy Birlashma rahbari:Iroda Yuldasheva
#Кун_Тарихи
Бугун 22-Май Чоршанба:
• 🇺🇳 БМТ — Халқаро биологик ранг-баранглик куни
• 🌏 Шерлок Холмс куни
• 🇰🇬 Қирғизистон - Қуролли кучлар куни
• 1892-йил Доктор Вашингтон Шеффилд тиш пастаси идиши(тюбик)га патент олди
• 1911-йил Парижда Халқаро кинология федератсияси ташкил топди.
• 1939-йил Адолф Ҳитлер ва Бенито Муссолини ўртасида «Темир пакт» имзоланди
• 1940-йил СССРда Социалистик Меҳнат Қаҳрамони нишони - "Ўроқ ва болға" медали таъсис этилди, у 16 мингдан ортиқ кишига топширилди
• 1987-йил Сербиялик машҳур теннис устаси Новак Жокович туғулган
#Хайрли_тонг
☀️ Aссалому алайкум. ЧОРШАНБА тонги муборак бўлсин
🌤Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин!
⛅️Бошланган янги кун барчага омадли келсин!
⚡️Maktab xodimlariga necha kun mehnat ta’tili (otpusk) beriladi?
Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.
✅ Hususan, ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlarga quyidagi ish kuni miqdorida mehnat ta’tili beriladi:
➖ Dierktor, O’IBDO’, MMIBDO’, CHQBT rahbari va o’qituvchilar = 56 kuni
➖ Psixolog = 42 kun
➖ Xo’jalik mudiri, kutubxonachi, labarant, kadrlar bo’yicha menejr = 27 kun
➖ Farrosh, xovli supuruvchi, qorovul, bog’bon, bino xizmatchisi = 21 kun
✅
Fargʻona tumani MMTB tasarrufidagi 30-maktab 1-D sinf oʻquvchilari o'rtasida o'tkazilgan Yosh kitobxon tanlovidan lavhalar.
Читать полностью…# Quva tumani Madaniyat MFE (4-sektor) hududida 2024-yil 15- may kuni 41- umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlangʻich sinflar oʻquvchilari oʻrtasida ZAKOVAT intelektual oʻyini boʻlib oʻtdi
Читать полностью…Fargʻona viloyati
Quva tumani
41- maktab 4-"A"sinf oʻquvchilarining 15- may Xalqaro oila kuniga atab oʻqigan sheʼrlar toʻplami
Sinf rahbari
Egamshukurova U. O.
# Quva tumani Madaniyat MFE (4-sektor) hududida Bugun 2024-yil 17- may kuni 41- umumiy oʻrta taʼlim maktabi 4-"A"hamda 3-"A"sinflar oʻrtasida Quvnoq startlar oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda
Читать полностью…#Кува_тумани
Маданият мфй 55 мактабда 5 ташаббус доирасида манавий марифий дастурлар давом этмокда.Бунда мактабнинг барча иктидорли укувилари фахрий ёрликлар билан такдирланди.
Fargʻona viloyati Quva tumani
30-sonli maktab 1-,,A''sinfida oʻtkazilgan Maʼnaviyat soatdan lavhalar..
Bugungi faxriy mehmonimiz 36 yil maktabimizda Rus tili fanidan saboq bergan , Oliy toifali ustoz, hozirda nafaqadagi Muxabbat opa Yoqubova.
Ustoz: Iroda Yuldasheva