quvaboshlangich | Неотсортированное

Telegram-канал quvaboshlangich - Quva boshlang‘ich ta’limi

924

Quva tumani boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga metodik yordam kanali. Admin: Farg‘ona viloyati Quva TXTB boshlang‘ich ta’lim metodisti, oliy toifali boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Bazarbayev Rasuljon Maxamadovich

Подписаться на канал

Quva boshlang‘ich ta’limi

🔰O'QUVCHILAR IJARAGA BЕRILGAN DARSLIKLARNI YO'QOTIB QO'YSA YЕTKAZILGAN ZARAR QANDAY QOPLANADI?

“Umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-mеtodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tartibi to'g'risidagi nizom”ga muvofiq darsliklar yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalardan foydalanish usulidan qat'i nazar, ular yo'qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kеlib qolgan taqdirda, o'quvchining ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni huddi shunday darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko'rsatilgan qiymatini  to'lashi shart.

O'quvchilarning ota-onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o'qituvchilar zararni quyidagi miqdorlarda to'laydi:

✅1 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning bir baravari miqdorida;

✅2 - 4 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning ikki baravari miqdorida;

✅5 - 11 sinf o'quvchilarining har bir darslik yoki o'quv-mеtodik qo'llanmalari uchun — uning to'rt baravari miqdorida.

Umumta'lim maktabi kutubxona jamg'armasidagi darsliklar va o'quv-mеtodik qo'llanmalar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular bo'yicha to'lov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdеk o'quvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuyg'usini rivojlantirishga yo'naltirilgan tarbiyaviy ishlar umumta'lim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.

📚

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

⚡️USTAMA BO‘YICHA

3-BO‘LIM. TANLOV VA BOSHQA TADBIRLARDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ISHTIROKI

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi. Ushbu bo’lim uchun boshlang’ich sinf o’qituvchisiga maksimal 30 ball beriladi.

MMTV ning 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xatiga asosan maktab direktori buyrug‘i bilan maktab miqiyosida o‘tkazilgan tanlov va boshqa tadbirlar hisobga olinishi yozilgan, lekin aynan qaysi tanlov va tadbirlar o‘tkazishi kerakligi yozilmagan.

Shuni tavsiya qilamizki, tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazishda maktab direktori tomonidan buyruq chiqarilishi va buyruqqa tanlovni o‘tkazish mezoni va hakamlar hay’ati ro‘yxati ilova qilinishi kerak. Tanlov va tadbir o‘tgandan so‘ng hakamlar hay’ati qarori chiqariladi va shu qarordan ko‘chirma ustama fayiliga solinadi. Ushbu tadbirlarda o‘quvchilar to‘plashi mumkin bo‘lgan ballning ulushiga nisbatan foizlari aniqlab olinadi.

⚠️Ushbu band uchun o‘qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etilmaydi. Ushbu band uchun o‘tkazilgan tadbirlar, maktab miqyosida o‘tkazilgan bo‘lsa kifoya. Tuman, shahar miqyosidagi tadbirlar bo‘lishi shart emas. Asos sifatida faqatgina maktabda o‘tkazilgan tadbirning hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirmasining o‘zi yetarli.

Shuni ham unutmaslik kerakki, ushbu tadbirlarni maktabda haqiyqatda o‘tkazilganligi to‘g‘risida maktabning buyrug‘i, hakamlar hay’atining ro‘yxati, tadbir bayonnomalari, baholash mezonlari maktabning ichki hujjatlarida bo‘lishi kerakdir.

Qolgan bo‘limlar haqida kelgusi postda

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

𝗧𝗢𝗡𝗚𝗚𝗜 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗟𝗔𝗥

🌤 Х а й р л и т о н г

☘🌹Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ

☘🌹Яна бир азиз ва гўзал тонг муборак бўлсин...

☘🌹Ушбу Муродбахш тонг нафасидан баҳра олаётган барча- барчангизга бошлаётган кун ва бугунги эзгу-ишларингизга хайру барака тилаймиз.

☘🌹Яхши инсонларни беғубор тонг нашидаси билан сийлаган Аллоҳга минг бора шукрона айтамиз.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

⚡️Maktablarda 2023-2024-oʻquv yili tugashiga ham ikki hafta qoldi, 25-may, shanba kuni oʻquv yilining ohirgi dars kuni boʻladi

2023-2024-oʻquv yili yakunlanishiga ham ikki hafta vaqt qoldi, maktablarda taʼtil muddatlari qanday belgilangan?

✅VMning 140-sonli qarori bilan tacdiqlangan Nizomga koʻra taʼtillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:

➡️ kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun

➡️ qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

➡️ bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

➡️ yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.

❗️Bayram kuniga toʻgʻri kelib, qoldirilgan mavzular ixchamlashtirilgan (tigʻizlashtirilgan) holda oʻtiladi va jurnalga yoziladi.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

📣📣📣📣 ЭЬЛОН!!!📣📣📣📣
🗣🗣 XУРМАТЛИ ОТА -ОНАЛАР!!!
ҚУВА ТУМАНИДАГИ " LEADERS SCHOOL" ҲУСУСИЙ МАКТАБИ 1- ИЮНЬ САНАСИДАН
🇺🇸 ИНГЛИЗ ТИЛИ,
🇨🇵 РУС ТИЛИ
🇰🇷 КОРЕЙС ТИЛИ
📟 МЕНТАЛ АРИФМЕТИКА
📔МАТЕМАТИКА
БУ‌ЙИЧА К,У‌ШИМЧА ДАРСЛАР ✍️✍️✍️ (РЕПИТИТОРЛИК) ФАОЛИЯТИНИ БОШЛАДИI!! ☺️
🔥🔥🔥ҚУВА ТУМАНИДАГИ ЭНГ МАЛАКАЛИ УСТОЗЛАР ФАРЗАНДИНГИЗ
УЧУН СИФАТЛИ ТАЬЛИМНИ КАФОЛАТЛАЙДИЛАР🤯

💫ФАРЗАНДИНГИЗ ЁРҚИН КЕЛАЖАГИ УЧУН ИЛК ҚАДАМНИ БИЗ БИЛАН БИРГА БОШЛАНГ

🏃🏃🏃🏃 ШОШИЛИНГ ВАҚТ ЎТМОК,ДА 🔥🔥🔥

☝УНУТМАНГ : ЁРҚИН КЕЛАЖАК ФАҚАТГИНА СИФАТЛИ ТАЬЛИМ БИЛАНГИНА АМАЛГА ОШИРИЛАДИ !!!.
БИЗ ФАРЗАНДИНГИЗ КАМОЛИ УЧУН ҚАЙҒУРАМИЗ
👇👇👇
Mурожаат учун : 👇👇👇
☎️ +998905620646
☎️ ±998913281083
📍Бизнинг манзил: Қува тумани Қайирма МФЙ. Қайирма қўчаси 131 уй.
🚘🚘🚘 Мўлжал: 13- Болалар мусиқа ва санъат мактаби.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Bugun Quva tumani MMTB 57-sonli maktabining 1-sinfida Yosh kitobxon tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda o'quvchilar faol ishtirok etdilar.
Tadbirimiz o'quvchi yoshlarni kitobga bo'lgan e'tiborini yanada oshiradi degan umiddamiz.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

9-mayga bag'ishlangan ajoyib video rolik suratga olinbdi. Tomosha qiling!

Снят славный сролик посвящённый 9 мая. Посмотрите!

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

9-may Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan "Urush bo‘lmasin" nomli videorolik

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Bugun
9-may Xotira va qadrlash kuni
Aziz faxriylarimizni xamda barcha yurtdoshlarimizni, bugungi 9-may bayrami bilan muborakbod etamiz!

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Quva tumani MMTB 57-sonli maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari nafaqadagi ustozlarni yo'qladilar.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Ўқитиш – умид уруғларини экиш демакдир

Ўқитувчилар ҳақида ҳикматлар

Агар ўқитувчида ишига муҳаббатгина бўлса, у яхши ўқитувчига айланади. Ўқувчисигагина муҳаббати бор муаллим ҳамма китобларни ўқиган, лекин ишини ҳам, ўқувчисини ҳам севмайдиган ўқитувчидан яхшироқдир. Ҳар икки муҳаббатни ўзидан жам қила олган ўқитувчи эса комил устоздир.
Лев Толстой,
рус ёзувчиси

Врачлар ва ўқитувчилардан мўъжиза талаб қилинади, лекин ана шу мўъжиза амалга ошса, ҳеч ким ажабланмайди.
Мария-Эбнер Эшенбах,
австрия адибаси

Шогирд устозида рақобатчи эмас, ўрнак тимсолини кўрса, ундан ҳеч қачон ўзиб кета олмайди.
Виссарион Белинский,
рус адабиётшуноси

Ўқитувчи максимал обрўга, минимал ҳокимиятга эга бўлиши керак.
Томас Сас,
америкалик руҳшунос

Устозидан ўзиб кетмайдиган ўқувчининг ҳолига вой.
Леонардо да Винчи


Ўқитувчилар уйга вазифа бериб ўқувчиларини нишонга оладилар, лекин “ўқ”лари ота-оналарга тегади.
Жорж Сименон,
француз ёзувчиси

Яхши устоз бошқаларга ҳатто ўзининг қўлидан келмайдиган нарсаларни ҳам ўргатиши мумкин.
Тадеуш Котарбиньский,
поляк файласуфи

Устознинг сўзларини такрорлаш унинг давомчиси бўлиш дегани эмас.
Дмитрий Писарев,
рус адабиётшуноси

Юзта ўқитувчи ёлла, лекин ўзинг ўзингни мажбурлай олмасанг, ўзингдан ўзинг талаб қила билмасанг, уларнинг ҳеч бири сенга ёрдам бера олмайди.
Василий Сухомлинский,
украин педагоги

Мен ўқитувчидан яхши ахлоқни талаб қиламан, буни бошқа ҳар қандай фуқародан ҳам талаб қилган бўлардим.
Дени Дидро,
француз ёзувчиси

Бировга ўргатиш учун ўзинг ўрганишингга керак бўладигандан кўра кўпроқ ақл зарур.
Мишель Монтень,
француз ёзувчиси

Ўқитувчи учун ўзидан ўтиб кетган ўқувчини кўришдан ортиқ бахт йўқ.
Лев Толстой,
рус ёзувчиси

Яхши ўқитувчи билан буюк ўқитувчининг фарқи нимада? Яхши ўқитувчи ўқувчисининг қобилиятларини сўнгги чегарасигача ривожлантиради. Буюк ўқитувчи эса бу чегарани бир қарашдаёқ кўра олади.
Иоганн Гёте,
олмон ёзувчиси

Ориф Толиб таржимаси.

/channel/liderlar2sinf

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

⚠️ Malaka oshirish kurslari tashkil etilmasa, ustama uchun o‘qituvchiga maksimal ball beriladi (mi?)

Savol. Onlayn malaka oshirish kurslari haligacha boshlanmadi. May oyi keldi. Shu oy oxirigacha biz sertifikat ololmasak ustama olishda muammoga uchrashimiz aniq. Buning yechimi qanday bo‘ladi?


Javob. Maʼlumki, 2023-yilning 4-15 dekabr kunlari maktablarda faoliyat koʻrsatayotgan fan oʻqituvchilarining bilim va koʻnikmalari diagnostika testidan oʻtkazilgan.

⏬Shu asosida, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 28-dekabrdagi 577-sonli buyrugʻi bilan rahbar va pedagog xodimlarning 2024-yil uchun malaka oshirish kurslarida oʻqitish rejasi tasdiqlangan.

⚠️ Onlayn malaka oshirish kurslari oʻz vaqtida tashkil etilmasa, oʻqituvchiga ustama uchun necha ball qoʻyiladi?

😎 Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan.

▶️Nizomning 1-ilovasiga koʻra pedagog oʻz vaqtida malaka oshirish kurslaridan oʻtib, tegishli sertifikatga ega boʻlsa unga 10 ball, oʻz vaqtida malaka oshirish kurslariga qatnashmagan boʻlsa ball berilmasligi belgilangan.

🛡Onlayn kurs kontent materiallarining tayyorlanish jarayonlari kechikayotganligi bois onlayn malaka oshirish kurslariga haligacha start berilmagan. Buning natijasida pedagog xodimlar oʻz vaqtida oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan holda onlayn malaka oshirish kurslaridan oʻtib sertifikat ololmayapti.

👆 Bu holatda pedagog xodim aybdor hisoblanmaydi.


⭐“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-ilovasiga koʻra pedagog xodimga bogʻliq boʻlmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur koʻrsatkich boʻyicha oʻqituvchiga maksimal ball beriladi.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

⚡️Математика фани бўйича касбий сертификатлаш учун синов топшириқлари спецификацияси

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги Педагогик маҳорат ва халқаро баҳолаш илмий-амалий маркази томонидан педагог кадрларни умумтаълим фанлари бўйича касбий сертификатлаш учун ишлаб чиқилган синов топшириқлари спецификацияси.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

☝️ Boshlang'ich ta'limga qachon joriy qilinadi 🤔

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

👩‍🏫
Ajoyib tadbir bo'libdi, ustoz, charchamang 👏

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

𝗧𝗢𝗡𝗚𝗚𝗜 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗟𝗔𝗥

⛅️ 🌷Ассалому алайкум!

🌷🌺 Муродбахш Чоршанба тонги муборак бўлсин.

🌷🌺Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли ва барокатли бўлсин! Сиз ва яқинларингизни яхши кайфият тарк этмасин!

🌷🌺Ҳамиша Аллоҳнинг панохида бўлинг🤲

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar

✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari:

➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi;

➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi;

➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi;

➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi;

➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi;

➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi.

📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish;

➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.

👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.

✅️

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

🔰METODIK KUNLAR QAYTA JORIY ETILISHI MUMKIN

Metodik kunlar “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida qayta joriy qilinishi kutilmoqda. Metodik kunlar va fan oyliklarini o‘tkazish tartibi sobiq Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning buyrug‘i bilan bekor qilib yuborilgandi.

Dushanba – Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani;

Seshanba – Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili);

Chorshanba – Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science);

Payshanba – Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya);

Juma – Xorijiy tillar;

Shanba – Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim).

©️Xalq ta’limi

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

📺Haqiqatdan ham shu yilning eng yaxshi Premyerasi.

,,Jannat onalar oyogʻi ostida ‘’ filmni so’ragan ustozlarimiz uchun.

Siz bu filmni ko’rganizcha men siz uchun foydali kontentlarni tayyorlayman.

/channel/liderlar2sinf

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

⚡️Onlayn malaka oshirish kurslari faollashtirilmoqda

🗓 9-may soat 11:00 dan boshlab A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasida 2024-yil uchun 2 ta fan bo'yicha onlayn malaka oshirish kurslari boshlanadi.

Bular:
✅ Iqtisodiy bilim asoslari
✅ Nemis tili
✅ Tabiy fan
✅ ChQBT
⚠️ Qolgan fanlar bo'yicha ham onlayn malaka oshirish kurslari qisqa fursatda bosqichma-bosqich faollashtiriladi.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

75,6 balldan kam ball toʻplagan abituriyentlar o‘qishga kirolmaydi ❌

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi.

Bunda:

sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi.

✅️/channel/liderlar2sinf

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Ikkinchi jahon urushi - 1939y. 1sentyabrdan 1945y. 2sentyabrgacha 61davlat ishtirokida sodir bo‘ldi. Jami 65-67 mln kishi halok bo‘lgan. Butun zarar 4 trillion dollar.

SSSR 27 mln xalqidan ajraldi (eng katta talofat). SSSR ga hujum 1941y 22 iyun tongida boshlangan. Ungacha Stalin Gitlerning hujum qilishiga ishonmagan edi.

O‘zbekistondan 1,5 mln kishi safarbar qilingan (jami aholimiz 6,5 mln. 1941y). Shundan 500 ming kishi urushdan qaytmagan.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

📹 #9MAY “XOTIRA VA QADRLASH KUNI”
(Qisqa videorolik)

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Quva tumani MMTB 30-sonli maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Quva tumani MMTB 7-sonli maktabning 2-sinflari bugungi tadbirda faol qatnashdilar.
Sinf rahbari. Rashidova Maftuna

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Bugun 60- maktabninig 1-E sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Yosh kitobxon " tanlovi oʻtkazildi.Hamma oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi ota-onalari koʻz oʻngida namoyish etildi.Goʻliblar turli sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

🔰BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

/channel/liderlar2sinf

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

⚡️Она тили ва адабиёт фани бўйича касбий сертификатлаш учун синов топшириқлари спецификацияси

Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги Педагогик маҳорат ва халқаро баҳолаш илмий-амалий маркази томонидан педагог кадрларни умумтаълим фанлари бўйича касбий сертификатлаш учун ишлаб чиқилган синов топшириқлари спецификацияси.

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

⭕️⭕️⭕️ ⭕️⭕️⭕️⭕️

⚡️Barcha fanlar bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi.

📚Bilologiya
📚Chizmachilik
📚CHQBT
📚Davlat va huquq asoslari
📚Fizika
📚Geografiya
📚Informatika
📚Ingliz tili
📚Iqtisod
📚Jismoniy tarbiya
📚Kimyo
📚Matematika
📚Musiqa
📚Ona tili va adabiyoti
📚O'zbek tili
📚Tarbiya
📚Tarix
📚Texnologiya o‘g‘il bola
📚Texnologiya qiz bola

Stajior o‘qituvchilarga tarqating!

Читать полностью…

Quva boshlang‘ich ta’limi

Quva tumani 30-sonli maktab,1-A sinf oʻquvchilari ,,Savodxonlik sarhisobi''deb nomlangan tadbiridan lavhalar...
Ustozi: Iroda Inomovna

Читать полностью…
Подписаться на канал