⚡️USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASHI KERAK
🧮 Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamalar yangi o‘quv yili uchun o‘tgan o‘quv yili yakunlari bo‘yicha belgilanadi.
📌 Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak:
🔹 65 — 70 ball to‘plasa — 10 foiz;
🔹 71 — 75-ball to‘plasa — 15 foiz;
🔹 76 — 80 ball to‘plasa — 20 foiz;
🔹 81 — 85 ball to‘plasa — 25 foiz;
🔹 86 — 90 ball to‘plasa — 30 foiz;
🔹 91 — 95 ball to‘plasa — 35 foiz;
🔹 96 — 100 ball to‘plasa — 40 foiz.
🧑💻 O‘qituvchilarga
/channel/liderlar2sinf
⭕️⭕️⭕️⭕️O'QUV YILINING 4-CHORAGI BO'YICHA TA'LIM SIFATI MONITORINGINI O'TKAZISH TARTIBI
👉O ‘quv yilining yakuni bo‘yicha ta’lim sifati monitoring jarayoniga 2-7-sinf o‘quvchilari amaliy fanlardan (musiqa, rasm, texnologiya, jismoniy tarbiya) jalb qilinadi.
👉2-4-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 20 talik (musiqa, rasm, texnologiya, jismoniy tarbiya) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 5 tadan topshiriqlar shaklida o‘tkaziladi.
👉5-7-sinf o‘quvchilaridan 2 variantda 40 talik (musiqa, rasm, texnologiya, jismoniy tarbiya) fanlaridan har bir fan bo‘yicha 10 tadan topshiriqlar shaklida o‘tkaziladi.
Eslatib o'tamiz XTVning 2022-yil 11-oktyabr kundagi 313-sonli buyrug'iga asosan 4-chorak monitoringgi may oyida o'tkazish ko'rsatib o'tilgan.
✅️
Assalomu alaykum!😊🫶
May oyining birinchi kuni chorshanba kuningiz hayrli va barokatli yaqinlaringiz davrasida sermazmun o'tsin!
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
⚡️USTAMA BO‘YICHA:
1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIYMATI
O‘qituvchi dars o‘tayotgan sinflardagi o‘quvchilarning choraklik o‘rtacha baholari o‘zlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi. Ushbu bo‘lim quyidagicha hisoblanadi:
Pedagog dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning umumiy soniga nisbatan bilim sifati foizi hisoblab chiqiladi. Buning uchun Kundalik.comdan “Hisobotlar” bo‘limiga kiriladi va “Fan bo‘yicha o‘qituvchiga” bo‘limiga kiriladi. Fanni, o‘qituvchini tanlab hisoboti olinadi va bilim sifati foizining umumiy foizi hisoblab chiqiladi.
Agar sifat foizi 56-70% ni tashkil qilsa, ushbu bo‘lim uchun 3 ball beriladi. Agar murakkab fanlar bo‘lsa, (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) sifat foizi 56-65% bo‘lsa ham 3 ball beriladi.
56-70% (murakkab fanlar uchun 56-65%) - 3 ball
71-85% (murakkab fanlar uchun 66-80%) - 4 ball
86% va undan yuqori (murakkab fanlar uchun 81% va undan yuqori) - 5 ball
Ushbu bo‘lim uchun o‘qituvchilardan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Ishchi guruh sinf jurnalidan hisoblab olaveradi. Kundalik.comdagi tegishli bo‘limdan nusxa olinib fayilga qo‘yishni tavsiya etamiz.
Qolgan bo‘limlar haqida kelgusi postlarimizda ma’lumot beramiz.
🎲 Тест «"Rim raqamlari" Abduraxmonova Gulnora Abduvaxobovna»
"Rim raqamlari" Abduraxmonova Gulnora Abduvaxobovna
🖊 41 вопрос · ⏱ 30 сек
🗣Maktab bitiruvchilarining oliy taʼlimga kirishi bo‘yicha Finlyandiya 1-o‘rinda turadi
✅Finlyandiya taʼlim tizimi, taʼlim reytingi, baholash tartibi, taʼlim o‘quv dasturi, shuningdek, Finlyandiya taʼlim statistikasiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning 100 foizi davlat maktablariga boradi.
⏺Finlyandiyada xususiy maktab tizimi yo‘q. Mamlakat aholisining 90 foizi maktab taʼlimi darajasiga ijobiy munosabatdadir.
🎙Finlar yalpi ichki mahsulotning 6,84 foizini taʼlimga (dunyoda 17-o‘rin) sarflaydi.
✅Boshlang‘ich maktabda fin o‘qituvchisiga – 13,7 o‘quvchi, kattalarda esa – 9,5 o‘quvchi to‘g‘ri keladi.
👍Finlyandiya maktablari bitiruvchilarining 70,4 foizi (dunyoda 1-o‘rin) oliy o‘quv yurtlariga kirishadi.
10 yoshli fin maktab o‘quvchilari yiliga o‘rtacha 684 soat o‘qiydilar. Barcha bolalar teng huquqlidir. Maktabda tijorat bilan shug‘ullanish taʼqiqlangan.
Maktab kitoblari, jihozlari bepul va maktab tushliklari bepul.
O‘quv yili 190 ish kunidan iborat. Maktab taʼlimi faqat kunduzi, yaʼni, 1 smenada olib boriladi, shanba va yakshanba kunlari maktablar ishlamaydi.
O‘qituvchining ish kuni soat 8-00 dan 15-00 gacha davom etadi. Maktabni tugatish imtihonlari ixtiyoriydir. Nazorat va oraliq imtihonlari o‘qituvchining ixtiyorida hisoblanadi.
Finlyandiyada maktab o‘qituvchisining o‘rtacha ish haqi miqdori oyiga 2500 yevrodir (to‘liq kunlik o‘qituvchi). Mobil o‘qituvchilarniki esa taxminan 2 barobar kamroq.
Finlyandiyadadagi 120 ming maktab o‘qituvchilari orasida fan magistri yoki o‘z fanidan professor ilmiy unvoniga ega bo‘lmagan birorta ham pedagog yo‘q.
Finlyandiya o‘quvchilari ko‘proq tillarni o‘rganishadi. Fin tilini maktabdagi birinchi kunidanoq o‘rganadilar. 9 yoshida ular Finlyandiyaning ikkinchi tili bo‘lgan shved tilini, 11 yoshida ular uchinchi tillarini ingliz tilini, ko‘p o‘quvchilar hatto 13 yoshida to‘rtinchi tilni o‘rganishni boshlaydilar. Ular faqat o‘rta maktab oxirida yakuniy imtihonda dastlabki ikki til bo‘yicha sinovdan o‘tadilar.
📸📸
"Аттестациядан ўтиш ёки ўта олмаслик инсон ҳаётини ҳал қиладиган нарса эмас" — Расул Кушербаев
Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
O’rta maktabdan so’ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O’zbekiston ovozi” gazetasida ishladi. Umrining so’nggi yillarida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U o’nga yaqin she’riy to’plamlar, ko’plab qo’shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida 1976 yili e’lon qilindi.
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan o’tdi..
26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun!
Andijon farzandi, shoir Muhammad Yusuf agar xayot bo'lganlarida bugun 70 yoshni qarshi olgan bo'lar edilar...
⚡️USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASH KERAK
Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak.
65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.
Baholash mezonlarni ushbu havola orqali topishingiz mumkin.
💰Oylik bot
🔰 Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
/channel/maktab_e
Ҳурматли бошланғичлар, май ойида ўтказилар экан олимпиада. Лекин ҳали низоми ишланмабди. Аниқ қай тартибда ўтиши маълум эмас. Лекин ҳар бир синфдан биттадан бўлмайди, ҳар бир мактабдан синфлар кесимида биттадан менимча. Агар ҳар бир синфдан биттадан бўлса, мактаб босқичи ўтказилиши шарт эмас эди менимча. Сиз мактаб босқичини ўтказиб, юқори синфлар каби 1та ғолибни тайёрлаб қўяверинг. Устама учун мактаб босқичидаги бали ҳам асос бўлади. Чунки устама низомида мактаб босқичидаги танлов ва тадбирларда олган бали дейилган.
Читать полностью…БМТда ўзбек қизи нутқ сўзлади!
Нью-Йоркда бўлиб ўтган БМТнинг Иқтисодий ва ижтимоий Кенгаши Ёшлар форуми ва унинг доирасидаги тадбирларда Ўзбекистон ёшлари делегацияси ҳам иштирок этди.
Делегацияга бошчилик қилган Ёшлар ишлари агентлиги директорининг биринчи ўринбосари Дилноза Каттаханова Ўзбекистон ёшлари номидан нутқ сўзлади.
Бу, Ўзбекистон қизлари учун катта наъмуна, мотивация, десак арзийди. Барча ўзбек қизларимизни Дилноза Каттахановадек билимли, заковатли бўлишини тилаб қоламиз.
Лекин бу сафар туманимиз бошланғичлари аввалги сафаргидек натижа кўрсатишолмади афсус. Аввалги йили 35 нафар олийга ўтган эди.Бу сафар 10нафар атрофида бўлди холос.
Ўқувларни тўхтатиб қўйганимиз таъсири бўлди. Ўқувлар бизларни бирлаштириб, изланишга мажбур қилиб турган экан. Тестлар янги дарсликлардан тузилганини инобатга олсак, кўп устозлар мутлоқ тайёргарликсиз боришибди.
Майли, ҳаммаси олдинда. Октябрь ойидаги аттестацияда натижаларни яна кўтарамиз худо хоҳласа. Курслар ташкиллашга вақт топмаганимиз учун биз ҳам айбдормиз. 😔
🟦🟦🟦🟦 Ustama uchun ball to'plashda xodimning ish staji ham inobatga olinadi
Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun bir qancha mezonlar asosida belgilanadi.
Ta’lim muassasalaridagi pedagog xodimning ish stajiga qarab maksimal 10 ball beriladi:
- pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha - 4 ball;
- pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha - 7 ball;
- pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori - 10 ball.
Май ойида туғилган инсонлар
Майда туғилганларга юбориб қўямиз☺️👇
/channel/liderlar2sinf
⚡️2024-2025 O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN TAYANCH O‘QUV REJASI TASDIQLANDI.
MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i.
#Тезкор
⚡️Ўзбекистонда қишли баҳор.. Айни пайтда Жиззах Зоминида қор ёғмоқда
Ота-оналаримизнинг айтишича, бу учраб турадиган ҳолат. Бундан 35 йиллар олдин биринчи май куни водийда ҳам қор ёққан экан.
#news
😄“BOSHLANGʼICH TAʼLIMNING DOLZARB MASALALARI: MUAMMO, YECHIMLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI TASHKIL ETILDI.
🌐 "Ruxsor news" informatsion dasturidan
✅Muxbirimiz Ahror Ziyo lavhasi shu haqida
📮𝒀𝒐'𝒍𝒊𝒎𝒊𝒛-𝒃𝒊𝒓!
📝Telegram💻Instagram🎞Ruxsorteleradiokanali">Youtube
🔰TO‘GARAK HUJJATLARI QAY TARTIBDA YURITILISHI KERAK?
Hozirgi kunda maktablarda fan to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud emas. Shuning uchun hozir biz beradigan javob faqatgina tavsiyaviy ahamiyatga ega ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz.
O‘quvchilarni to‘garakka qabul qilishda ularni yoshlarini, qiziqishlarini hisobga olinadi. Har bir to‘garak a'zosi o‘quv yili moboynida to‘garakdan chiqib ketishi, boshqa to‘garakka a'zo bo‘lishi va xohishi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta to‘garakda ishtirok etish huquqiga ega.
👆To‘garak rahbari quyidagi hujjatlarni yuritishi mumkin:
🔹To‘garakning yillik taqvim rejasi (past o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar uchun)
🔹To‘garak mashg‘ulotlar jurnali
🔹O‘quvchilar ota-onasining arizasi
To‘garak ish rejasi ikki ko‘rinishda tuziladi. 1-past o‘zlashtruvchi o‘quvchilar uchun alohida. 2-iqtidorli o‘quvchilar uchun alohida. Ish reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi va unga pechat bosilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ish reja maktabning MMIBDO‘ va to‘garak rahbari tomonidan ham imzo qo‘yilib tasdiqlanishi kerak.
To‘garak uchun ixtiyoriy ravishda quyidagi hujjatlar yuritilishi mumkin:
Mashg‘ulotlar ishlanmasi
To‘garak tadbirlaridan lavhalar
Ko‘rgazmali qurollar.
To‘garak jurnaldagi yozuvlar aniq, tartibli va muntazam olib borilishi kerak. Jurnalga to‘garak rahbari o‘zi olib boradigan to‘garakning nomini, muasasa rahbari tomonidan tasdiqlangan to‘garak mashg‘uloti jadvalini, to‘garak rahbarining ismi va familiyasini, otasining ismi, to‘garak sardorining to‘liq ismi familiyasini yozib qo‘yishi kerak.
To‘garak ishini hisobga olish uchun jurnalda betlar ajratilgan bo‘lib, unda to‘garak a'zolari tarkibi ismi familiyasi to‘liq, mashg‘ulotlar mavzusi, to‘garak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofiq ko‘rsatiladi.
Direktor o‘rinbosarlari fan o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan to‘garak hujjatlarini to‘g‘ri yuritilishini muntazam ravishda nazorat qilib boriladi.
📚
⚡️KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN
Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.
👉DIREKTORning vazifalari:
O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;
elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;
elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;
elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;
maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.
👉O‘IBDO‘ning vazifalari:
elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;
fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;
o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;
elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;
fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.
👉MMIBDO‘ning vazifalari:
fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;
maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;
5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.
➖➖Ona tilim➖➖
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Onam «erkam» deb quchganda tunlar yarim,
Erkim yo’q deb zirqirardi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug’doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,
O’zbekni qon qaqshatganni uzbek siylar,
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,
Topganimiz handalakdek tilim-tilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Kimdir mayda millat bo’ldi, kimdir katta,
Katta millat — Afandisi yo’kdir hatto,
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,
Zulm o’tsa faqat sendan o’tdi zulm,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
🔰BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.
Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.
Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo'ladi
#Audiofilm
📢 Osiyodagi eng boy davlat: Singapur qanday rivojlandi?
Singapur qanday rivojlandi? Iqtisodiyotni ko’tarib olish uchun balkonda tovuq tomlarda qo’y boqishgan, hozir oddiy saqich yoki sigaret tashlash ham xavfli bo'lgan, Mandarin tilida gaplashadiganlar haqida gaplashamiz.
Bu "Garry Li" o'z vatanini baliqchilar qishlog’idan kapital mamlakatga aylantirish hikoyasi.
️🎧
Хурматли рахбарлар бошлангич синфларда май ойида олимпиада ўтказиш режалаштирилди. Шу хафта ичида мактаб босқичини ўтказиб, хар бир синфдан бир нафардан кучли ўқувчиларни аниқлаб рўйхатини шакллантириб туринг. Қўшимча маълумотларни етказаман.
Читать полностью…𝗧𝗢𝗡𝗚𝗚𝗜 𝗦𝗔𝗟𝗢𝗠𝗟𝗔𝗥
🌤💐🌹 Ассалому алайкум дилга яқин яхши инсоним! Яхши дам олиб турдингизми🤗
💐🌹Умрингизни яна бир қайтарилмас тонги муборак ва хайрли булсин! Омонат дунёда омон булинг!
💐🌹 Аллохим Хар бир қилаётган хайрли ишингиздан, босган хар бир қадамингиздан рози бўлсин.
💐🌹 Жисмингизга соғлиқ, қалб оламингизга хотиржамлик тилайман!
💐🌹Топганингиз халол бойлик, қилган ибодатларингиз ажру савобларга тўла бўлсин!
💐🌹Чоршанба кунингиз хайрли ва файзли бўлсин!
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
Кува тумани 64-умумий урта таълим мактаби 4-"А" синфида она тили фанидан очик дарс булиб утди.
Читать полностью…Иккинчи ва биринчи тоифага устозлар яхши ўтишди. Мен олий тоифага топширган устозлар статистикаси бўйича хулоса қилдим
Читать полностью…Барча тоифадан ўтиб олган, тоифасини ёқлаб олган устозларни чин дилдан табриклаймиз.
👏👏👏👏👏👏👏👏