Qo’lim yetmadi…
Bedarak yo’qoldi, izlab qoldim zor,
Yorim ketaman deb hatto aytmadi.
Bilsam boylar tomon ketibdi olis,
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Umidvor yuragim hamon qo'msaydi
Essiz cho'ntagimda pulim bo’lsaydi,
Dardlarimni bugun hech kim bilmaydi,
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Yorga yo’q ekan-da keragim endi,
Baxtli bo’lsin mayli, tilagim endi.
Kechirolsang kechir yuragim endi.
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Bunchalar ham uzun bo’lmasa bu tun
Yuragim yarimta bo’lmaydi butun,
Gullardan ham go’zal yorimga bugun,
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Endi ko’zlarimda kulgularim yo’q,
Endi o’sha shirin tuyg’ularim yo’q,
Qalbimni kuydirar, o’chmaydi bir cho'g’,
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
Yorga yo’q ekan-da keragim endi,
Baxtli bo’lsin mayli, tilagim endi.
Kechirolsang kechir yuragim endi.
Qo’lim yetmadi-da, qo’lim yetmadi.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Bugun yangilik qilamizmi?😊
❤️Reaksiyalarni to’ldirib tashlaymiz shunga qarab sherni joylayman👇
Baxtlimisan?
Senga aytar so’zlarim bisyor,
Orzularim faqat sen bilan.
So’ramadim biroq hech sendan,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
Sen bor - shirin suraman xayol,
Borlig’imsan, shuni bilib ol,
O’ylantirar faqat bir savol,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
Erkalasam kulib qo’yasan,
Bir jilmayib jonim olasan,
Sevishingni qachon aytasan,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
Olislasam yo’qlab qolasan,
Rashk qilasan, do’qlab qolasan,
So’rasam gar boshing egasan,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
Dunyo bilsin baralla aytay,
Men baxtliman axir sen bilan.
Chiroyligim, ko’zlari qoram,
Baxtlimisan o’zi men bilan?
01:04.22.07.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
DO’STLARIM
Qizlarni ko’nglini olib yursa bas,
Oqibatni chetga surgan do’stlarim.
Avvalgidek endi ular oddiymas,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
Davri kelib mag’rur yurar osmonda,
Omadni qo’lidan tutgan do’stlarim.
Kibrga berilib mensimay qo’ygan,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
Hech vaqosiz qolay, yo’qlamang mayli,
To’ldirmang mayliga kam-u ko’stlarim.
Shunchaki, yig’ilib turaylik deyman,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
Qarz so’rab siz tomon bormayman, qo’rqmang,
Xudo berib qolar yurib ishlarim.
Chin do’stning qadrini bilarsiz bir kun,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
Hammaning davri bor, hammaning payti,
Og’irlik qilmasin Qodirning bayti,
Bir umr boy bo’lib yashasin, mayli,
Pul topib o’zgarib ketgan do’stlarim.
01:04.27.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
SINGLIM
Ko’cha-ko'yda iboli bo’lib,
Hammamizni o’ylab yur, singlim.
O’z vaqtida nomozing o’qib,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
Orzu-havas o’tkinchi, bilgin,
Sevmagin lek sevilib yurgin,
Kam bo’lmaysan, aytganim qilgin,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
Duo olib doim otamdan,
Baxtimga sen yayrab yur, singlim.
O’rnak olib faqat onamdan,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
Singlim bor deb yayrab yuraman,
Seni juda yaxshi ko’raman,
Nima desang, olib beraman,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
Qancha orzu qilsang yetasan,
Iymonli qiz bo’lib yur, singlim.
Ishon juda baxtli bo’lasan,
Ro'molingni o’rab yur, singlim.
02:04.26.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Premyera boshlandi kirib ko’rib layk bosib o’z fikirlaringni qoldirasila degan umiddaman 🥰👇👇
https://youtu.be/6LieQlrXiwU?si=zi0SE_0dDU9-qi-0
#Nevomusic Premyera klip🔥
🔝Klipda mani topilar🥰
🎵 Muslimbek Omonov - Bevafolar kerakmas
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Premyera boshlandi kirib ko’rib layk bosib o’z fikirlaringni qoldirasila degan umiddaman 🥰👇👇
https://youtu.be/9_ImiXSoiJI?si=Wx_Xre7Sed6qfydQ
🎙Kanal uchun tabrik👆
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu 🤍
✨Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin😊
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
DADA..
Dunyoda g’amim yo’q, yo’qdir armonim,
Yonimda bo’lsangiz - shu toj-u taxtim.
Allohga shukrona aytaman doim,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
Yiqilsam yonimda tirgak bo’ldingiz,
Boshingni tik ko’tar, bolam, dedingiz,
Keragidan ortiq mehr berdingiz,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
Sizdan qarzlarimni uzganimcha yo’q,
Siz bergan mehrni berganimcha yo’q,
Hali sizga rahmat aytganimcha yo’q,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
Dunyo lazzatlarin chetga surgansiz,
Bolam o’qisin deb ishlab yurgansiz,
Axir bu bardoshni qaydan olgansiz,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
Endi duo qilib tursangiz bo’ldi,
O’ylamang, ro’zg’orni kamlari to’ldi,
Baxtimga salomat yursangiz bo’ldi,
Dada, borligingiz eng katta baxtim.
02:04.12.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’stim birga…
Aytmay desam to’lib ketyapman,
Yo’q demasang, bir ko’rishaylik.
Niyat qildim ko’zda yosh bilan,
Do’stim, birga hajga boraylik.
Bilganimni senga o’rgatay,
Bilganlaring jim turib tinglay,
Namozimiz hech kanda qilmay,
Do’stim, birga hajga boraylik.
Gunohlarim ko’pligi rostdur,
Savoblarim juda ham ozdur,
O’sha joyda halovat bordur,
Do’stim, birga hajga boraylik.
Kayf-u safo bizga kerakmas,
Mol-dunyoga qilmaylik havas,
Antaliya, Dubayga emas,
Do’stim, birga hajga boraylik.
Qalbimizni iymonga burib,
Qo’lingni och, duo qilaylik.
Nasib bo’lsa shu yildan qolmay,
Do’stim, birga hajga boraylik.
02:04.06.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Endi ko’rishmaymiz….
Onam kelin topdi - yoqdi o’sha qiz,
Ayro tushdi endi yo’lim siz bilan.
Yig’lasangiz yig’lang, endi farqi yo’q,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
Sovchilarim borsa, nozlar qilgansiz,
Osmondagi bitta oyman degansiz,
Kechib ketolmaydi deb o’ylagansiz,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
Ko’zlaringiz nega yoshga to’lyapti?
Menga baxtlar tilang yorug’ yuz bilan.
To’yimga borarsiz, aytgani keldim,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
Ortingizdan yurib rosa tolgandim,
Qadrim bilmadingiz, yaxshi ko’rgandim,
Bag’ritoshlikni ham sizdan o’rgandim,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
Xafa qilgan bo’lsam, uzr so’rayman,
Baxtimiz kulmadi sizday qiz bilan.
Ishqingizda kuygan Qodir yo’q endi,
Endi ko’rishmaymiz, gulim, siz bilan.
03:04.05.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ayrilishni
Yuragimda faqat sen eding,
Boshqalarni ko’zlamagandim.
Armonlarda qoldirding meni,
Ayrilishni istamagandim.
So'lmoqdaman xazondek go’yo,
Dard berding-u qani bir davo,
Ishonmasang guvohim Xudo,
Ayrilishni istamagandim.
Va'dalaring yolg’onmidi yo?
Mening sevgim arzonmidi yo?
Bevafosan, qilmading vafo,
Ayrilishni istamagandim.
Ko’zlarim ko’r bo’lib sevibman,
Men orzuga to’lib sevibman,
Endi sarson bo’lib yuribman,
Ayrilishni istamagandim.
Nima derdim, yetmadi qo’lim,
Yolg’izlikda og’riydi dilim,
To’yiga ham aytmadi gulim,
Ayrilishni istamagandim.
01:56.30.05.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
✍️Sinifdoshlarga bitiruvchilarga bitta sher yozamizmi bugun?🥰
Kamet yozamiz hamma✍️👇
Qizg’ongani qizg’ongan
Bir boqishda yondirib,
Yuragimdan joy olgan.
Rashki yomon yorim bor,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Har zamon jerkib turar,
Mensiz u ko’zyosh qilar,
Shu qadar yaxshi ko’rar,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Men ham oshiq o’ziga,
Oydan go’zal yuziga,
Chidolmayman noziga,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Sevaman deb ayt desam,
Sevgisidan u tongan,
Pinxona sevsa kerak,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Yonimda bo’ling deydi,
O’zgaga boqmang deydi,
Xiyonat qilmang deydi,
Qizg’ongani qizg’ongan.
Eritar bir so’z bilan,
Kuydiradi noz bilan,
Baxtliman shu qiz bilan,
Qizg’ongani qizg’ongan.
02:08.07.08.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Men sen bilan…
Yuragimda yolg’izim o’zing,
Visolingga shoshib qolaman.
O’zgalarni ko’zlaganim yo’q,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
Topolmadim sendan bir nuqson,
Qalbim guli o’zingsan, ishon,
Yonimda bo’l, doim yonma-yon,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
Seni o’ylab tunlarim bedor,
Yuragimga bermagin ozor,
Axir sensiz bu dunyolar tor,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
Sevaman-da ko’zlaring charos,
Yarashadi senga oq libos,
Senga menday yor kerak xolos,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
Ayirmasin bizni bu taqdir,
Endi yonib sevganda Qodir,
Visolingga yetaman oxir,
Men sen bilan baxtli bo’laman.
01:08.28.07.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Yana bir premyera 👇
✍️Qodir Qaxxor - Kechirmayman
🎙Zarifjon Safarov ijrosida👇
https://youtu.be/MugmLZJnoqQ?si=kp-qJzMFMbFWVCJI
👆Qadirdonlar bu kilipda o’zim o’ynaganman kirib padeshka qilasila degan umiddaman silaga ishonaman xurmat bilan Qodir Qaxxor ✊
Читать полностью…✍️Qodir Qaxxor - Otamga sher yozmabman
🎙Javohir Nematov ijrosida👇
https://youtu.be/zkWwGhUwxV8?si=tf7eJn6SYDWGmpCQ
Jaji singlimizdan chiroyli tarona🥰
🎵Ezoza - Yashiyam onam bor
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#newclip 🔥Premyera🔥
🎵 Navroz Shukrullayev - Omad ketsa hamma qocharkan
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
😊Assalom alaykum qadirdonlar barchaga kirib kelayotgan hayit muborak bo’lsin✨
☺️Hayit munosabati bilan yaqinlaringizni ota onangizni qo’ng’iroq orqali chiroyli tabriklashni xoxlaysizmi? Unda bizga murojat qiling!👇
🎙 Tabrikchi: @oymoma0609
✅Kanalimiz👇
@jannat_hidi_ufurgan_onam
Hamon sendan…
O’zga seni quchib tursa ham
Umidlarim uzolmayapman.
O’zga seni yoring bo’lsa ham
Hamon sendan kecholmayapman.
Atrofimda gullar sanoqsiz,
O’zga gulni qucholmayapman.
Ularda yo’q sening iforing,
Hamon sendan kecholmayapman.
Tan olaman, boshqacha eding,
Tanho eding, o’zgacha eding,
Ayrilmaymiz hech qachon derding,
Hamon sendan kecholmayapman.
Yashayapman ezib dard-alam,
Arimaydi yuragimda g’am,
Vaqtlar o’tib, yillar o’tsa ham,
Hamon sendan kecholmayapman.
Yaxshi derdim, yomon qiz bo’lding,
Armonlarga tashlading, ketding,
Yuragimdan o’chmas iz bo’lding,
Hamon sendan kecholmayapman.
18:04.09.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
GULIM
Maktabni ham bitirding, gulim,
Yillar sanab kutdim-ku seni.
Yoshim ketar o’ttizga qarab,
Bo'ydoqlikdan qutqargin meni.
Bahonalar qilding, xoʻp dedim,
Yorim bor deb ko’nglim to’q dedim.
Seni sevib yuraveribman,
Vaqt o’tganin sezmay qolibman.
Endi yorim o’zing bo’lasan,
Chiroylisan, oydek to’lasan,
Meni qiynab yurganing uchun,
To’ydan keyin javob berasan.
O’n olti yosh eding o’shanda,
Ko’zlaringga ko’zim tushganda.
Ilk sevgimga aylanding, gulim,
Yoz faslida olcha pishganda.
Sovchilarim qaytarma endi,
Quchoq ochib kutib ol, gulim.
Sevishimni yaxshi bilasan,
Axir sensiz dunyo tor, gulim.
Endi yorim o’zing bo’lasan,
Chiroylisan, oydek to’lasan,
Meni qiynab yurganing uchun,
To’ydan keyin javob berasan.
02:04.04.06.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ajralamiz endi har tomon,
Yetarmikin bu bardoshlarim.
O’n bir yillik shirin damlarni,
Unutish yo’q sinifdoshlarim.
Men uchun..
Tillo uzuk olib qo’ydim senga deb,
Bir kun qo’llaringga taqaman uni.
O’zgalar sen kabi bo’lolmadi hech,
Men uchun bittasan, bilib qo’y shuni.
Ba'zida ko’nglingni og’ritganim rost.
Qadringga yetmayin kuydirganim rost.
Ko’zyoshlaring endi to’kmayman sira,
Sen ham xatolarim kechir, iltimos.
Xo’p desang, qo’lingdan tutaman endi.
Yo’q desang, azobda yonaman endi.
Bariga ko’z yumib bir imkon bersang,
Men ham vafodor bo’laman endi.
Hamon sevishingni ko’zlaring aytar,
Men deb yonishingni so’zlaring aytar,
Qizg’onchig’im hamon o’sha-o’shasan,
Men uchun dunyoda borliging yetar.
Yuragimga taskin berib qo’y bugun.
Ko’zlarimga qarab kulib qo’y bugun,
Bezovta qalbimni darddan xalos et,
Asta yarash-yarash qilib qo’y bugun.
Tillo uzuk olib qo’ydim senga deb,
Bir kun qo’llaringga taqaman uni.
O’zgalar sen kabi bo’lolmadi hech,
Men uchun bittasan bilib qo’y shuni.
00:56.18.05.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg