Mehrga zor bo’libdi onam.
E'tibor ham bermabman hatto
Kech bilganim qilmoqda alam.
Sochlarida oqlar ko’payib,
Mehrga zor bo’libdi onam.
Soyda oqqan suvga termulib,
Yuraverdim ishga cho’milib,
Qolganmidi ko’zim yumilib?
Mehrga zor bo’libdi onam.
Tillo-zaring kerakmas deydi,
Biroz qolgin yonimda, bolam.
Ikki og’iz shirin so’z xolos,
Mehrga zor bo’libdi onam.
Pul topib-u, aql topmabman,
O’ylab-o’ylab rosa yig’labman,
O’g’il bo’lib sira sezmabman,
Mehrga zor bo’libdi onam.
Yayrab yurdim, o’ynadim, kuldim,
Bilib-bilmay gunohlar qildim,
Betob bo’lib qolganda bildim,
Mehrga zor bo’libdi onam.
00:56.17.05.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Onamning borligi
Har tola sochlari jonimdan aziz,
Sog’-omon yurgani tillo-taxtimdir.
Dardlarimga darmon aytgan so’zlari,
Onamni borligi meni baxtimdir.
Omadim keladi ne ish boshlasam,
Boshimda tashvish yo’q, yo’qdir menda kam,
Jannatim yonimda - ko’nglim xotirjam,
Onamning borligi meni baxtimdir.
Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.
Ba'zida dunyoga sig’may qolaman,
Boshim tizzasiga qo’yib olaman,
Dardlarimdan shunda xalos bo’laman,
Onamning borligi meni baxtimdir.
"Qodir bolam", - deya erkalab aytar,
Tabassum qilsa gar armonim ketar,
Yonimda sog’-omon yurgani yetar,
Onamning borligi meni baxtimdir.
Men uchun duoda qo’llari har kun,
Yo’llarim kutadi uxlamay har tun,
Baralla baqirib aytishim mumkin,
Onamning borligi meni baxtimdir.
00:11.07.05.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#vidiosher
🎙Liil Hurramov ukamizdan Sevganimni sevdirolmay sarsonman 🥰
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Premyera boshlandi kirib ko’rib layk bosib o’z fikirlaringni qoldirasila degan umiddaman 🥰👇👇
https://youtu.be/XK2YWVf_TYA?si=LaNFdHEMl3euu9nc
#Nevomusic Premyera klip🔥
🎵 Muslimbek Omonov - Orzularim so’ndi endi
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Bir kun uyda ONAM bo’lmasa 🫠
Tan oling, chindan ham agar bir kun uyda Onangiz bo’lmasa qanaqa ahvolga tushib qolasiz, qayerga qarasangiz barakangizni yo’qotib qo’ygandek tuyulaveradi. 🙂
Shuning uchun aytsa kerak, yoshingni ahamiyati yo’q, necha yoshda bo’lsang ham, uyga borganda birinchi aytadigan gaping: “Onam qanilar?”
Alloh Onalarimizni baxtimizga salomat qilsin ❤️
Men ham…!
Husning bor-u, aqling yo’q ekan,
Ishqingda men yonib kuyardim.
Kam emasdim birovdan aslo,
Men ham, ko’rkam kuyov bo’lardim.
Oddiysiz deb qo’ling siltading,
Hamma qizdek boyni ko’zlading,
Qadrimga sen, afsus yetmading,
Men ham, ko’rkam kuyov bo’lardim.
To’ying bo’ldi. To’yingga bordim,
Dardlarimni bir kuyga soldim,
Ko’rdim to’yda tanlagan yoring,
Men ham, ko’rkam kuyov bo’lardim.
Kambag’alga dunyo tor ekan,
Netay? yurak senga zor ekan.
Puli borni husni bor ekan,
Men ham, ko’rkam kuyov bo’lardim.
Sen borimga ko’nmading, essiz,
Ko’nganingda baxtli qilardim.
Omadim ham kelardi bir kun,
Men ham, ko’rkam kuyov bo’lardim.
00:08.18.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#vidiosher
🎙Dilime ukamizdan - Sinifdosh qiz boshqacha eding🥰
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ona…!
Allohim jonimni olmasa hali,
Kimni kim bo’lishin ko’raman, ona.
Davrimiz kelyapti shamolday yelib,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Ust-boshim eski, noz qildi sanam,
Kechib keldim bugun sevgisidan ham,
Siz borsiz yonimda menga nima g’am?
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yor vafo qilmadi, bevafo ekan,
Dunyo ishlariga kulaman, ona.
Erkak yig’lamaydi deb aytgan o’ziz,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yigit boshim egib qo’yganimcha yo’q,
Harakat qilyapman yana va yana,
Ko’zingiz yoshlarga to’lmayin tursin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yo’qchilikda ketar hammasi sotib,
Eng sodiq do’stimsiz bilaman, ona.
Duo qilib turing Alloh kuch bersin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
08:00.13.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Senga yetish….!
Malikadek go’zal husning bor,
Ko’zlaring ham ohu ekanda.
Bilmay seni sevib qolibman,
Senga yetish orzu ekan-da.
Parvo qilmay so’zlarimga ham,
Hech narzarga ilmaysan, erkam,
Oddiyligim qilmoqda alam,
Senga yetish orzu ekan-da.
Sevmay desam qoshing qalam-da.
Azob berib yoqma gulxanda.
Qiyin ekan ko’nglingni olish,
Senga yetish orzu ekan-da.
Chiroyingga mast bo’lib sevdim,
Seni axir yagonam derdim,
Kimligingni afsus kech bildim,
Senga yetish orzu ekan-da.
Sen xohlagan shaxzodangni kut,
Men netarman dunyo bir kamda,
Armonisan endi Qodirni,
Senga yetish orzu ekan-da.
00:30.11.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
💫Ramazon hayitingiz muborak bo’lsin qadirdonlarim☺️
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Сиз дунё тургунча туринг , дадажон🤲
Дадаларимизга юбориб коямиз 🦋
🎤 Оймома 🌹
✍ Кодир Каххор 😊
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🌺NAVRUZ MUBORAK🌺
Bodom gulin to'kar shabboda,
Samo quchar olisda varrak.
Dilim yayrar toza havoda,
Azizlarim Navruz muborak.
Atlas ko'ylak yarashgan qizlar,
Bir biriga aytishar tilak.
Axir shu kun kutganmiz bizlar,
Azizlarim Navruz muborak.
Shodligim hech ichimga sig'may,
Uzgim kelar sariq boychechak.
Quvnab kulib sizlarga aytay,
Azizlarim Navruz muborak.
Qozonlarda qaynar sumalak.
Ko'chalarda pishmoqda chalpak.
Qaldirg'och ham kelibdi qarang,
Azizlarim Navruz muborak.
Yashayabmiz go'zal bo'stonda,
Gullarga boy jannat makonda,
Bugun Navruz O'zbekistonda,
Azizlarim Navruz muborak.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
❤️
Seni ko’rgan o’sha kunimdan,
Birinchi bor boshqacha bo’ldim.
Asta xayol sura boshladim,
Ich-ichimdan sevinchga to’ldim.
Balki sevib qolganman seni,
Sevgimi shu? Bilmayman hatto.
Yuragimda ajib his borday,
O’z-o’zimga sig’mayman go’yo.
Ko’zlaringni qo’msadim yana,
So’zlaringni qo’msadim yana,
Sen shu qadar boshqachamiding?
Seni ko’rmoq istadim yana.
Sevish nasib etdi bizga ham
Ilk sevgimsan, naqadar go’zal!
Chiroyingga termulib uzoq
She'rlar yozib, bitaymi g’azal?
Qo’llaringdan tutmoq orzuyim,
Diydoringga mushtoqman hamon.
Uyaltirib qo’ymasa Xudo,
Ko’rishamiz biz yana ishon.
00:11.15.05.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#vidiosher
🎙Ibratli Vaqt - Omad ketsa…
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Uzr so’rab…
Orzu-havaslarga uchib ketyapsan,
Ko’p o’tmay qadrimni bilasan hali.
Tanlagan yoringdan mehr topolmay,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.
Qalbingni go’zal deb adashganim rost,
Yuzing go’zal ekan, ko’zlaring charos,
Chiroyingga uchib adashdim, xolos,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.
Do’st tutunib jonsiz shu qalam bilan,
Men she'rlar yozaman dard, alam bilan,
Ko’zing yoshga to’lib, afsus-g'am bilan,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.
Armon sovg’a qilib ketyapsan menga,
Men ham bitta va'da beraman senga,
Boshingni jim egib, tikilib yerga,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.
Pulga bog’liq emas bilgin har narsa,
So’zlarim rostligin bilasan hali.
O’sha kun kelguncha o’zingni asra,
Bir kun uzr so'rab kelasan hali.
19:11.30.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Bir kun….!
Sevib ko’ngil bergan edim,
Unga gullar tergan edim,
Yuragimga mushtlab ketdi
Endi baxtim topgan edim.
Sehr bormi? Bilmay qoldim,
Boyni bergan lolasida.
Bergan gulim yoqmagandi,
Biz kambag’al bolasida.
N:
Onam duo qilib tursa,
Omadim ham kelar bir kun.
Mehnat qilib tinganim yo'q,
Chontagim ham to’lar bir kun.
Unutmadim bevafoni,
Balki qadrim bilar bir kun.
Vafolisi uchrab qolar,
Yuragim ham ko’nar bir kun.
Pulga bog’liq bo’lsa bari,
Harakatim to’xtamaydi.
Erkak bo’lib tug’ilganmiz
Erkak aslo yig’lamaydi.
Ko’nglim qoldi hammasidan
Sevib qolish yomon ekan.
Puling bo’lsa erishasan,
Netay? Shunday zamon ekan.
N:
Onam duo qilib tursa,
Omadim ham kelar bir kun.
Mehnat qilib tinganim yo'q,
Cho'ntagim ham to’lar bir kun.
Unutmadim bevafoni
Balki qadrim bilar bir kun.
Vafolisi uchrab qolar,
Yuragim ham ko’nar bir kun.
00:11.26.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sen yonimda…!
Bo’g’zimga yetmas havo,
Xolim so’rab turmasang.
Dunyo ham torday go’yo,
Sen yonimda bo’lmasang.
Dardimga o’zing davo,
Men uchun o’zing tanho,
Hayotim ham bemano,
Sen yonimda bo’lmasang.
Sensiz so’lgan nixolman,
Sira yayrab kulmayman,
Baxtsizlarga o’xshayman,
Sen yonimda bo’lmasang.
Yuragimda yonar cho’g’,
Borliging baxt ko’nglim to’q,
Ko’zlarimda kulgu yo’q,
Sen yonimda bo’lmasang.
Rasming bor ovunaman,
Ishqingda men yonaman,
Har lahza sog’inaman,
Sen yonimda bo’lmasang.
10:08.19.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Men uylansam..!
( Musofirlar tushunadi)
Sog’indim deb qo’ng’iroqlar qilgan, gulim,
Bildirmayman, ammo men ham sog’inaman.
Sevmaysiz deb yuragimni siqavermang,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
Musofirlik qurib ketsin, olisdaman.
Borsam hali qo’lingizga gul tutaman.
Yigit so’zi bitta bo’lar, yigit so’zim,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
……
Mehringizni o’zgalarga bermay turing,
Borgunimcha faqat erga tegmay turing,
Siz boshimni egmay turing, egmay turing,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
Sovchilarim ko’paydi deb dil g’ashlamang,
Kulib yuring, meni deya ko’z yoshlamang,
Yolg’onchi u deya aslo siz o’ylamang,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
Afsusdaman, sizni tashlab olis ketdim,
Yo’qchilikdan bari axir, majbur edim,
Yodingizda bo’lsin, gulim, bitta so’zim,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
…….
Mehringizni o’zgalarga bermay turing,
Borgunimcha faqat erga tegmay turing,
Siz boshimni egmay turing, egmay turing,
Men uylansam, faqat sizga uylanaman.
00:00.16.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sevar yorim yo’q endi..!
Qalbim yonar alamdan,
Yurak bag’rim cho'g’ endi.
Yillar o’tdi oradan,
Sevar yorim yo’q endi.
Qo’lim oshga tegdi-yu,
Cho’ntak pulga to’ldi-yu,
Ishlarim yurishdi-yu,
Sevar yorim yo’q endi.
Vaqtida boy bo’lmadim,
Qo’l uzatdim, yetmadim,
Hamon umid uzmadim,
Sevar yorim yo’q endi.
Bugun menga dunyo tor,
Endi so’zlarim bekor,
O’zga bilan baxtli yor,
Sevar yorim yo’q endi.
Qancha go’zal qizlar bor,
Sevolmayman-da zinhor,
Yurak faqat unga zor,
Sevar yorim yo’q endi.
Hayoda tengsiz bo’lgan,
Otasiga bo’ysingan,
Armonim bo’lib qolgan,
Sevar yorim yo’q endi.
00:00.14.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sog’intiryapsiz..!
Arpangizni xom o’rmadimmi?,
Meni buncha yomon ko’ryapsiz.
Yuragimga azoblar berib,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
Uchrashuvga chiqmay qo’ydingiz,
Nahot mendan shuncha to’ydingiz,
Boshqadami yoki ko’nglingiz,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
Har soniya sizda xayolim,
Bo’ling meni juft-u halolim,
Ey lablari g’uncha misolim,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
Ko’zdan uyqu qochdi kechalar,
Sevganmidim sizni shu qadar?
Sarson bo’ldim axir darbadar,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
Bir qadrimga yetsin deb balki,
Hammasini atay qilyabsiz,
Bilib qo’ying shu kunlarda siz,
Meni yomon sog’intiryapsiz.
00:00.12.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Assalomu alaykum qadirdonlar ramazon oyi ichi ancha tannafus bo’ldi xudo xoxlasa endi ijodni boshlimiz qo’llab quvatlab turasila degan umiddaman yangi sherlar Hali oldinda 🥰
Biz ijodni boshladik✊✍️
#Nevomusic Premyera klip🔥
🎵 Hasanboy Ibragimov - G’iybatchi
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Барчага Навруз муборак болсин 🥰
🎤 Оймома 🌹
✍ Кодир Каххор 😊
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’stim endi….!
Qadirdonim senga maslahat,
Hamma yomon ishlarni tashla.
Tavba qilib kech bo’lmasidan,
Do’stim endi nomozni boshla.
Yuraverma qizlar ortidan,
Hech tinchlik yo’q ular dastidan,
Topay desang solixasidan,
Do’stim endi nomozni boshla.
Zino qilma o’zingga qaytar,
Sabr qilsang baxt kulib boqar,
Ishlaring ham yurishib ketar,
Do’stim endi nomozni boshla.
Yaxshiliklar qilishni o’rgan,
Yaxshi niyyat qilishni o’rgan,
Axir buni olloh buyurgan,
Do’stim endi nomozni boshla.
Ishon qalbing nurga to’ladi,
Tashvish g’amlar yiroq ketadi,
Ota onang xursand bo’ladi,
Do’stim endi nomozni boshla.
10:30.19.03.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg