#Nevomusic Premyera🔥
🎵Shoxruxbek Ergashev - Yarashaylik
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Sevmasang ham..
Senga yoqish bunchalar qiyin,
Netay, yaxshi ko’raman seni.
Bir kun sevib qolarsan deya,
Sevmasang ham sevaman seni.
Seni o’ylab o’tar kunlarim,
Sen haqingda faqat o’ylarim,
Sog’inaman, olis yo’llarim,
Sevmasang ham sevaman seni.
Ishonmaysan, sevgi yo’q deysan,
Qaysarginam, yurakni yeysan,
Hali yoshsan, nozik bir gulsan,
Sevmasang ham sevaman seni.
Ishon, sensiz ko’nglim to’lmaydi,
Ayrilsam gar qalbim yig’laydi,
Boshqalarga bergim kelmaydi,
Sevmasang ham sevaman seni.
Sevilmagan oshig’ingman-da,
Sevsang baxtli qilaman seni.
Osongina kechmayman, ishon,
Sevmasang ham sevaman seni.
00:10.25.11.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Onamga gul..!
Mehr berib yosh-u qariga,
Yor-u do’stni o’yladim, xolos.
Yigirma besh yoshga kirdim-u,
Onamga gul bermaganim rost.
So’ramadi mendan hech neni,
Qancha qilsam ular uchun oz.
Sevganimdan sira ortinib
Onamga gul bermaganim rost.
Gunohlarim ko’pdur, ey Xudo,
Topilmaydi dardimga davo,
Ustozimga berganman hatto,
Onamga gul bermaganim rost.
Bizdan sovg’a-salom kutmasdi,
Bayramni ham bayram demasdi,
Axir juda qimmat emasdi,
Onamga gul bermaganim rost.
Hayotimda borligi - baxtim,
Asli gullar shu onamga mos.
Nima qilay haqiqat, do’stlar,
Onamga gul bermaganim rost.
00:10.17.11.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Shunchaki unutib…
Sevmagansan rostin aytaver, mayli,
O’zga bilan ko’rib, muzladi tanam.
Orzular qilardik, esingda yo’qmi?
Shunchaki unutib qo’yganing alam.
Ko’nglingni olishni bilmadim balki,
Ex sen xohlagandek bo’lmadim balki,
Sevib ayrilmoqlik bunchalar dardli,
Shunchaki unutib qo’yganing alam.
Baxtingizni toping - baxtliman deysan,
Men kabi unga ham ahdliman deysan,
Aytgin, qachongacha meni qiynaysan?
Shunchaki unutib qo’yganing alam.
Suratlaring asrab hamon saqlayman,
Yoqib yuboray deb asta taxlayman,
Bilsang, bu ishni har kun takrorlayman,
Shunchaki unutib qo’yganing alam.
Armonli dunyoda armonim o’zing,
Dardimni yozgani ojiz bu qalam.
Kulaymi, yig’laymi? Hatto bilmayman,
Shunchaki unutib qo’yganing alam.
00:10.12.11.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ona, juda mehribonsiz-a?
Bir so’z bilan dardim olasiz,
Siz boshqacha xushzabonsiz-a?
Sizday inson dunyoda bitta,
Ona, juda mehribonsiz-a?
Kim yaxshi-yu, kim yomon bildik,
Men siz bilan yashayman tirik,
Borimga ham yo’g’imga sherik,
Ona, juda mehribonsiz-a?
Ko’rdim do’stman deganlarni ham,
Ko’rdim sodiq sanamlarni ham,
Siz bo’ldingiz yonimda har dam,
Ona, juda mehribonsiz-a?
Gul bermadim sizga ortinib,
Pul bermadim sizga ortinib,
Shunda ham siz qaraysiz kulib,
Ona, juda mehribonsiz-a?
Omadimni Allohdan so’rab,
Duo qilib doim ertalab,
Erkalaysiz boshimni silab,
Ona, juda mehribonsiz-a?
00:10.02.11.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#Nevomusic Premyera🔥
🎵Mirjalol Yo’lchiyev - Sindirishga shoshilmang meni
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🔥Yana bir premyera 👇
🎙Yunusjon Marufov - Jo’rajon
✍️Muallif : Qodir Qaxxor
https://youtu.be/EuAPJIh9u8Q?si=Wit40rRpv735Hndg
#xit
Zo’rlaridan zo’r bo’laman onajon sherimiz
Yosh ukamiz Muhammad Komilov ijrosida 🥰
✍️Sher muallifi: Qodir Qaxxor
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Endi sherlarni Youtube kanalimizga ham joylab boramiz shu qo’yilgan postga kirib☝️ like kament bosvoraylik Youtube kanalimiz rivoji uchun oldindan raxmat hammaga✊
Читать полностью…USTOZLARIM SIZLARGA RAXMAT🥰
Bolalikdan bilim bergansiz,
Borimizga qilgansiz toqat.
Yiqilganda qo'ldan tutgansiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.
Qoʻlga qalam tutib qo'ydingiz,
Siz tufayli yozdim husnu xat,
Gar ranjitsam kulib qo'ydingiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.
Maqtadingiz o'g'lim qizm deb,
Biz qadringiz bilmadik faqat.
Qaytgim kelar oʻsha davirga,
Ustozlarim sizlarga raxmat.
Jon kuydirib o'qi derdingiz,
Foyda bermas uyqu derdingiz,
Kerak boʻlsa jonni berdingiz,
Ustozlarim sizlarga raxmat.
Asli ustoz otangday ulug',
Aytolmadim sizlarga raxmat.
Hech boʻlmasa sherimda aytay,
Ustozlarim sizlarga raxmat.1 - Oktyabr Oʻqtuvchilar va murabbiylar kuni bilan barcha Ustozlarni chin dildan tabriklaymiz!☺️
MUALLIF: QODIR QAXXOR
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Ey Allohim, to’rt muchamni sog’ qilding.
Sahro-cho’llarimni bog’ qilding.
Har soniya bu ko’nglimni chog’ qilding.
Men esa nima qildim?
Men faqat gunoh qildim...
✍️Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Vaqtida…!
Onam topgan qizlar sira yoqmaydi,
Bilmam, endi qachon ko’nglim to’larkan?
Senga o’xshagani uchragani yo’q,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.
Ikki qilmas eding aslo bir so’zim,
Sog’inyapman endi seni, gulyuzim,
Alamlar qiynaydi aybdorman o’zim,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.
Diling vayron qildim ketaver dedim,
Boraqol baxtingga yetaver dedim,
Seni sevganimni, afsus, kech bildim,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.
O’yin bildim sevgi degan tuyg’uni,
Essiz, qo’ling mahkam tutsam bo’larkan.
Sherik qilib oldim oxir qayg’uni,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.
Ayrilmaylik deya yig’laganing rost,
Baxtim sen ekansan, bilmadim xolos,
Essiz chiroyligim, ko’zlari charos,
Vaqtida qadringga yetsam bo’larkan.
02:00.06.09.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Essiz…
Oq libosing yarashdi-yu lek,
To’yingda ham kulmading, essiz.
Armonlarda yashayman endi,
Sen meniki bo’lmading, essiz.
To’xtamaydi qara, ko’zyoshim,
Ayriliqqa yetmay bardoshim,
Qora ko’zim, ey qalamqoshim,
Sen meniki bo’lmading, essiz.
Olislarga ketaylik desam,
So’zlarimga kirmading, essiz.
Xursandmisan ayrilib endi?
Sen meniki bo’lmading, essiz.
O’sha eski surating olib,
Termulaman sog’inchda yonib,
Aytgim kelar yoningga borib,
Sen meniki bo’lmading, essiz.
Ma'nosi yo’q o’tmoqda kunim,
Alamlarda yonmoqda dilim,
Bir umrlik armonim, gulim,
Sen meniki bo’lmading, essiz.
02:08.26.08.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
🥰Ertaga tug’ulgan kunim bilasila shunga ertagacha kanalimizda 3000 ta bo’la olamizmi kotta so’vga bo’lardi do’st yaqinlarni taklif qilamizmi?
Читать полностью…Onamni…
Ularday hech mehribonim yo’q,
Ular uchun bu jonim fido.
Iltimosim faqat shu sendan,
Onamni tez qaritma, Xudo.
Bir so’z bilan dardimni olar,
Yiqilsam gar yonimda qolar,
Hayotimda ma'no yo’qolar,
Onamni tez qaritma, Xudo.
Topib berar yozda qorimni,
Kim ichirar issiq choyimni?
Mayli, so’ra beray borimni,
Onamni tez qaritma, Xudo.
Do’st deyishga loyig’im ham u,
Men ishongan sodig’im ham u,
Boyligim ham, borlig’im ham u,
Onamni tez qaritma, Xudo.
Oddiygna bandangman xolos,
Har on mayli qilaman duo,
Yuz yoshda ham o’ynasin kulsin,
Onamni tez qaritma xudo.
01:10.12.11.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
#tashakkur✊
☝️Instagramda hech qanday reklama givlarsiz 40ming obunachi bo’ldik hammaga raxmat 🥰
Ⓜ️ @QodirQaxxorSherlari
🍁Hayotiy sherlar kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Onam..
Titroq bosib muzladi tanam,
Yig’lab oldim pana-panada.
Ko’zlarimga dunyo bo’ldi tor,
Onam betob bo’lgan kechada.
Dunyolarga sig’may ketardim,
Davo izlab sarson ko’chada.
Qo’rqib ketdim, ko’nglim edi g'ash,
Onam betob bo’lgan kechada.
Allohimga yalinar edim,
Tig’-pichoqsiz tilinar edim,
Bir o’lib, bir tirilar edim,
Onam betob bo’lgan kechada.
Ayriliqqa yetmasdi bardosh,
To’xtamasdi ko’zlarimda yosh,
Tomog’imdan o’tmasdi choy, osh,
Onam betob bo’lgan kechada.
Onangizni asrang, odamlar,
Asl mehr bo’lmas ko’chada.
Yomon bildim onam qadrini,
Onam betob bo’lgan kechada.
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Baxt beraman…
Ayrilmoqni istamayman rostin aytsam,
Qo’rqaman-da oshiqlarim ko’p desangiz.
Zeb-u zarlar berolmayman, hozircha yo’q,
Oddiygina baxt beraman, xo’p desangiz!
Ta'riflashga til ojiz-u go’zalsiz-da,
Siz boshqacha, hamma qizdan o’zarsiz-da.
Siz xohlagan narsalar yo’q balki bizda,
Oddiygina baxt beraman, xo’p desangiz!
O’zga qizga boqmay sevdim sevganim rost,
Osmondagi oyni orzu qilganim rost,
Qo’limdan shu kelar faqat, shudir xolos,
Oddiygina baxt berama, xo’p desangiz!
Ayrilsak gar yuragimga dard bo’ladi,
Birga bo’lsak hayotimiz qand bo’ladi,
Haqiqat bu - kambag’allar mard bo’ladi,
Oddiygina baxt beraman, xo’p desangiz!
Kunlarim ham o’tmoqdadur sizni o’ylab,
Rahm qiling, ko’p narsani qilmang talab,
Oyni va'da qilolmayman erkakcha gap,
Oddiygina baxt beraman, xo’p desangiz!
02:10.27.09.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Do’stim…
Bizni mensimagan o’sha odamlar,
Hali kimligimiz biladi, do’stim.
Yonimda yelkadosh tursang bo’lgani,
Bir kun omadimiz keladi, do’stim.
Pulni deb haromga chopganimiz yo’q,
Hali vijdonimiz sotganimiz yo’q,
Allohni unutib qo’yganimiz yo’q,
Bir kun omadimiz keladi, do’stim
Zo’r bo’lib ketamiz - harakatdamiz,
Bizni ot ham bir kun chopadi, do’stim,
Og’ir kunlar o’tar juda oz qoldi,
Bir kun omadimiz keladi, do’stim.
Qo’yaver mensimay ketsa sanamlar,
Bir kuni to’ladi bizda ham kamlar,
Unut bo’lib ketar ko’rasan g’amlar,
Bir kun omadimiz keladi do’stim.
Eski usti-boshlar hozircha sinov,
Xudodan so’rasak beradi, do’stim,
Shukur qilib tursak bariga shukur,
Bir kun omadimiz keladi, do’stim.
00:10.25.09.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Dadamga…!
Har qadamda omadim kelar,
Bolam, deya qilsalar duo.
Ular meni ishongan tog’im,
Dadamga dard bermagin, Xudo.
Bizni deya tinmagani rost,
To’yib, yayrab kulmagani rost,
O’tinaman sendan, iltimos,
Dadamga dard bermagin, Xudo.
To’ylar qilay yayrasin, kulsin,
Davrim keldi, rohatim ko’rsin,
Yuz yoshda ham yonimda bo’lsin,
Dadamga dard bermagin, Xudo.
Yo’qchilikda yurgan onlarim,
Sotganda ham do’st-u yorlarim,
Qo’yvormagan sira qo’llarim,
Dadamga dard bermagin, Xudo.
Nolimayman hamma narsam bor,
Lek dadamsiz gadoman, gado.
Bor boyligim olgin-u ammo
Dadamga dard bermagin, Xudo.
00:00.15.09.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg
Senga yoqib bo’lmadi…
Senga atab she'rlar yozdim ko’p,
Sira ko’ngling to’lmadi, gulim.
Orzuyingda shaxzodalarmi?
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
Xohlar edim birga bo’lishni,
Birga yashab, birga o’lishni,
Hech bilmadim ko’ngling olishni,
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
Arzon edi sovg’alarim ham,
Qimmatiga yetmadi qo’lim.
Oddiyligim yuzimga solding,
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
Bir adashib sevib qolibman,
Senga atab gullar olibman,
Essiz, bekor sarson bo’libman,
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
Hech qalbingga topilmadi yo’l,
Nima derdim? Peshonamiz sho’r,
Tengingni top, mayli, baxtli bo’l,
Senga yoqib bo’lmadi, gulim.
01:08.19.08.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
@QodirQaxxorSherlari
✅Кўнгилга яқин шерлар..↙️
https://t.me/joinchat/AAAAAEO1DInIkVknPwF0Jg