Ilk bor Milliy sertifikat joriy qilingan paytdayoq Sertifikat olganman! 4yil ichida oliy toifali ustoz bo'lganman. 500dan ortiq shogirdlarimning sertifikat va toifa olishlariga sababchi bo'lganman. Yoshim 29da. Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina
❗️RUXSATNOMANI YUKLAB OLISH VIDEOSI
@qiziqarli_ona_tili
Ruxsatnomalar chiqdi.
My.gov.uz saytiga kirib, mening arizalarim qismidan yuklab olasiz. ✅
@qiziqarli_ona_tili
Бугун, 10 март, навбатдан-ташқари аттестация учун тўлов қилишнинг охириги куни !
Assalomu alaykum qadrli kanalimiz a‘zolari!
Barcha qizlarimizni, ustozlarimizni, onalarimizni bayram bilan tabriklayman!
Umringiz uzoq bo'lsin.
Nimaiki niyat qilgan bo'lsangiz barchasiga erishing!
Doimo dunyodagi eng baxtli ayol bo'lib yuring☺️☺️
In shaa Alloh barcha kelayotgan milliy sertifikatdan "A+" darajaga erishsin🤗🤗
@qiziqarli_ona_tili
#MS Grammatika
Ergash gap qismida sof ko‘makchi qatnashgan ergashgan qo‘shma gapni toping.
A) Bola ularni ko‘rgandi, shuning uchun ularga yordamlashishga shoshilgandi.
B) Toleyim shuki, men ham mustaqil O‘zbekiston farzandiman.
C) Hayotingda kim uchundir foydali inson bo‘lsang, mana shu sening eng katta yutug‘ingdir.
D) Baliq suvga intiladi,ko‘kat yorug‘lik sari bo‘y cho‘zadi.
@qiziqarli_ona_tili
🟢Qaysi so'z tartibi asos+so'z yasovchi +lug'aviy shakl yasovchi +sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashmagan?
♻️A)anglaganim
♻️B)qorayishning
♻️C)isitkichlarni
♻️D)ekinlarga
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🌷🌷🌷
Баҳорнинг илк кунида кўтаринки кайфият улашувчи мусиқалар эшитишга нима етсин?!
Amalsiz ilm-mevasiz yog'och.
Mazkur gapda tire qanday bo'laklar orasida ishlatilgan?
♻️A)Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida
♻️B)Umumlashtiruvchi va uyushiq bo'laklardan orasida
♻️C) Kirish gap orasida
♻️D) Ega va ot kesim orasida
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Roʻyxatdan oʻtish
@qiziqarli_ona_tili
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Titul varaq.
Bòyashni mashq qilamiz.
So'raganlar uchun maxsus...🔥
@qiziqarli_ona_tili
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...
@qiziqarli_ona_tili
"O'zbeklar" hikoyasi savol-javob:
1. Paxtaga qayerga boradi?
Bo‘ka rayoniga✅
2. Novcha, oriq, 3 yil universitetga kirolmagan obraz kim?
O'rmon✅
3. Kim nuqul Remark bilan Xemingueyni o‘qib: "Bizning yozuvchilarimiz yolg‘onchi",-deb yurardi?
Komsorg Azimjon✅
4. Qoraqalpoq kursdoshi kim?
Saparboy✅
5. Bostirma deb o‘ylagan uychaning oldida nima tikilgan?
O‘rmak✅
6. Oyog‘ida eski kirza etik, uzun sochlari uchida sochbog‘, rangi o‘ngib ketgan ko'ylagi g‘ijim obraz oilasida nechta jon bo'ladi?
3 jon✅
7. Uyat ..... qattiq?
O‘limdan✅
8. Medpunktlaring markazda ekan. Bu yer .....
Kamchatka✅
9. Tomoqqa bog'lashga dori sifatida nima beradi?
Ituzum✅
10. Bobosi nima uchun "xalq dushmani" deb otilib ketgan?
Bosmachilarning otlariga xashak bergani uchun✅
11. 11 qursoqni boqaman, deb umrini toq o'tkazgan obraz tildan tersak chiqsa qanday davolardi?
Gulbo‘tani quritib-ezib, kukunini separdi✅
12. Nozik, xayolparast odamlarni nima deb atash o‘shandan rasm bo‘la boshlagan edi?
"Shoir" deb atash✅
13. Nimani yorib yesangiz mazasi tilni yoradi?
Tuynak✅
14. Aft-basharasi kir, telpagining qulog‘i peshonasiga tushgan 10-11 yoshlardagi bolakay kimning o‘g‘li edi?
Botir cho‘ponni✅
15. Kimning ordeni bor, lekin qo‘ylari kam?
Eshimboyning✅
16. 10-11 yoshlardagi bolakayning ukasi nima uchun o‘ladi?
Chala tug‘ilganligi uchun✅
17. Bitta gektarchi karis 6ta kuchukni sotib olib ketgandi deb aytgan obrazning ismi nima?
Abduqodir ✅
18. Abduqodirda qaysi kitob bor va uni kim tashlab ketgan?
"Robinzon Kruzo" o‘tgan yili bitta Felsher tashlab ketgan.
19. Botir cho‘pon oshga chaqirganida ular nechtaligini aytadi?
20ta✅
20. O'zbekning odati shu-da: ... qanday odat haqida so‘z ketgan?
Bolamga bo‘lsin deydi✅
21. Bir kilo paxtaga qancha pul to'lashadi?
10 tiyin✅
22. "Rais" degan laqabi bor, o‘zi ehtiyotkor, "qirqoyoq kiradi", deb kechasi qulog‘iga paxta tiqib yotadigan obraz kim?
Mirzag‘olib✅
23. Qo‘zini qayerdan topganligini aytadi?
Shodito‘qaydan✅
24. Hikoya kimning tilidan aytiladi?
Ergashvoy✅
Kamina kanal adminkasi tomonidan Shukur Xolmirzayevning "O‘zbeklar" hikoyasidan tuzilgan savol-javoblar...
#Milliy_sertifikat
#Yozma_savodxonlik
📚 Esse turlari haqida:
✅ Ijobiy va salbiy esse turi
Masalan: Hozirgi kunda sunʼiy intellektdan foydalanish ommaviylashib bormoqda. Sunʼiy intellektning foyda va zararlari nimada?
✅ Muammo va yechim esse turi
Masalan: Hozir kunda global iqlim isib ketishi dolzarb muammoga aylandi. Buning sabablari nimada hamda bu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?
✅ Muhokama (argumentli) esse turi
Masalan: Baʼzi odamlar aytishadiki, bolalarga yoshligidan til oʻrgatish lozim. Vaholanki boshqa odamlar ularning til oʻrganishini keyinroqqa surish, yaʼni katta boʻlganda oʻrganish kerak deyishadi. Ushbu ikki xil fikrni muhokama qiling va oʻz fikringizni bering.
❗️ Hozirgi kunda MS teslarida essening 3-turi ko'p uchramoqda.
@qiziqarli_ona_tili
I
IJOBIY — IJODIY
Ijobiy — yaxshi, durust, ma’qul.
Ijodiy — ijodga oid. Ijodiy ish baholandi.
ILIK — ILK
Ilik — ichida yog‘i bo‘lgan suyak. Ilikni qoqib yemoq.
Ilk — dastlabki, boshlang‘ich. Ilk ijod. Ilk bahor.
INDAMOQ — UNDAMOQ
Indamoq — ovoz chiqarmaslik, gap ochmaslik.
Undamoq — biror narsaga da’vat etmoq.
J
JAZLIK — JAZLIQ
Jazlik — bir ovqatga loyiq jaz.
Jazliq — odatda to‘qim tagiga solinadigan namat-taglik (ot asbobi).
JAYRON — JIYRON
Jayron — kiyikning bir turi.
Jiyron — qizg‘ish tusli ot.
JODI — JODU
Jodi — beda, makkajo‘xori kabilarning poyasini maydalaydigan qo‘l asbobi.
Jodu — sehrli, afsunkor, fusunkor, maftun qiladigan.
JO — JOY
Jo — dilga jo qilmoq, ko‘ngilga joylashtirmoq
Joy — biror narsa joylashadigan makon, o‘rin.
JUDA — JUDO
Juda — nihoyatda, eng.
Judo — biror narsa yoki kimsasidan ayrilmoq ayirmoq, judo bo‘lmoq. Judo qilmoq.
@qiziqarli_ona_tili
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📆 2024-yil 17-mart (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.
📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.
📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
✅ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:
1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
@qiziqarli_ona_tili
X va H undoshlarini farqlash
@qiziqarli_ona_tili
Yoqsa, Onajonlarimizga tashab qo'yaylik☺️
Ijroda kanal adminkasi: Durdona
@qiziqarli_ona_tili
Shunchaki izoh o'zingizdan
@qiziqarli_ona_tili
Ayrim she'riy san'atlarning tahlili:
Tavze'- arabcha " tarqatmoq" , " taqsimlamoq", " joylashtirmoq" degan ma'nolarni anglatadi.
Mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, baytda bir xil tovushlarni takrorlash.
Masalan: Navoiyning:
Oshiq bo'ldum, bilmadim yor, o'zgalarda yor emish,
Olloh- olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish
Bayt g'oyat xushohang, chunki uning tarkibida " o" unlisining 11 marta takrorlangani, yana bir jihati birinchi va ikkinchi misralardagi "O" tovushi egallagan pozisiyalarning bir- biriga mosligi musiqiylikni kuchaytirib bermoqda. ..
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🔥🔥🔥
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...
@qiziqarli_ona_tili
🔥🔥🔥
Javoblaringizni izohlarda qoldiring....
@qiziqarli_ona_tili
Bugun tunda kelarmish bahor....
@qiziqarli_ona_tili
#танқид
Биласизми, бизда нимага кўп топшириқларни пастдаги ходимлар тамоман тескарисини қилади? Аслида, бу масаланинг кўп сабаблари бор, лекин энг асосийларидан биттаси орада ўртакашларнинг кўплигида.
Масалан, вазир ўринбосарига айтади, ўринбосар ёрдамчига, ёрдамчи бошқарма бошлиғига, бошлиқ ўринбосарига, ўринбосар бўлим бошлиғига, бошлиқ ҳам ўринбосарига, ўринбосар бош мутахассисга...
Битта топшириқ тепадан пастга камида 15 та мияда айланиб келади. Бунинг натижасини эса видеодан билиб олишингиз мумкин...
Нишонига тегадиган гаплар фақат бизда: @nishondagi_gaplar_tegadi
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...
@qiziqarli_ona_tili
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...
@qiziqarli_ona_tili
— Устоз, пулимни қаерга беркитсам ҳеч ким топа олмайдиди?
— Китоблар ичига беркит иним.
— Китоблар ичига?
— Ҳа, хотиржам бўл, одамлар китоб очиб ўқишдан қўрқиб қолишган...
Ана шундайлар турига кириб қолмайлик яхшилар... Ассалому алайкум!
Urra! 5555 ta bo‘ldik!
In shaa Alloh kanalimiz bundan-da rivojlanadi:)
Kanalimiz orqali nimadir o'rganayotgan yoki bilimingizni mustahkamlayotgan bo‘lsangiz bo'ldi, bizga aynan shu kerak☺️☺️
Alloh barchamizning ilmimizni ziyoda qilsin🤲
@qiziqarli_ona_tili
B
BAD — BA’D
Bad — yomon, yaramas.
Ba’d — keyin, so‘ng.
BADNAFAS — BADNAFS
Badnafas — nafasi sovuq.
Badnafs — nafsi buzuq.
BAKOR — BEKOR
Bakor — koriga yaramoq.
Bekor — ishsiz.
BAZUR — BAZO‘R
Bazur — bahuzur, bemalol.
Bazo‘r — zo‘rg‘a, arang, zo‘r bilan.
BAYON — BOYON
Bayon — biror voqea yoki hodisani ifodalab berish. Bayon yozish. Bayon qilmoq.
Boyon — boylar.
BAK — BARG
Bak — suv, umuman, suyuqlik solinadigan idish.
Barg — o‘simliklar yaprog‘i.
BAL — BALL
Bal — katta bazm, raqs kechasi.
Ball — biror hodisa, yer qimirlash, shamol kabilarning, shuningdek, o‘quvchilarning bilim darajasini va xulqi
raqam bilan ko‘rsatadigan baho.
BANDA — BANDI
Banda — din. qul, odam.
Bandi — asirlikka tushgan, tutqun. Bandi qilib olmoq. Bandi bo‘lmoq.
BANK — BANKA
Bank — davlat pul mablag‘larini to‘playdigan va taqsimlaydigan muassasa.
Banka — metall yoki shishadan yasaltan silindrik idish. Shisha banka. Tunuka banka.
BANT — BAND
Bant — sochga taqiladigan lenta.
Band — biror ish bilan mashg‘ul, modda, paragraf.
BARDA — BARDI
Barda — pivo, aroq pishirganda chiqadigan quyqa, to‘pon. Barda mollar uchun to‘yimli ozuqadir.
Bardi — uzun bargining ikki cheti arrasimon bo‘lib o‘sadigan ko‘p yillik yovvoyi o‘simlik, qiyoq o‘t.
BARMOQ — BORMOQ
Barmoq — a’zo.
Bormoq — borish.
BЕTON — BIDON
Beton — sement, suv, shag‘al qorishmasi va shu qorishmadan quyiladigan fundament, devor va shu kabilar.
Bidon — sut, suv va boshqa suyuqliklar saqlanadigan qopqoqli tuynukli idish.
BIKIR — BIKR
Bikir — pishiq, baquvvat.
Bikr — iffatli, bokira.
BOB — BOP
Bob — asarning bir qismi, bo‘lagi, bo‘limi.
Bop — mos, munosib.
BOD — BOT
Bod — med. revmatizm.
Bot — tez, tez-tez; ko‘p vaqt o‘tmay.
BORLIK — BORLIQ
Borlik — bor bo‘lish, mavjudlik. Otabek shu odamning yurak dardi borligini birinchi bilardi
Borliq — olam, dunyo.
BOSHIDA — BOSHDA
Boshida — oldida.
Boshda — avval, daslab.
BOG‘LIQ — BOG‘LI
Bog‘liq — bog‘langan.
Bog‘li — bog‘i bor.
BURJ — BURCH
Burj — esk. Yulduzlar turkumi, to‘dasi. O‘n ikka burj.
Burch — vazifa, iftixor.
BURUL — BURIL
Burul — xotdor, ko‘kish.
Buril — burilmoq.
BUROV — BIROV
Burov – burish.
Birov – kimdir.
BUT — BUD
But — to‘liq bekami ko‘st.
Bud — bor-yo‘q narsa.
BURISH — BURUSH
Burish — burmoq fe’lidan, harakatni bildiradigan ish oti.
Burush — yuzdagi ajin, tirish.
BURG‘U — BURGI
Burg‘u — qadimgi cholg‘u asbobi.
Burgi — parma.
BUYUK — BUYUQ
Buyuk — ulkan, katta.
Buyuq — esk. qattiq sovuq, izg‘irin.
BUQ’A — BUQA
Buq’a — madrasadagi.
Buqa — yosh erkak qoramol.
BO‘YICHA — BO‘YINCHA
Bo‘yicha — ko‘ra, binoan.
Bo‘yincha — arava qo‘shilganda otning bo‘yniga osiladigan asbob
@qiziqarli_ona_tili
ALIMЕNT — ELЕMЕNT
Aliment — o‘zidan ajralgan xotiniga (sag‘ir, balog‘atga yetmagan bolalari uchun) yoki mehnatga yaroqsiz
oila a’zolariga, yoxud xotin tomonidan ilgarigi eriga qonun asosida to‘lab turiladigan nafaqa.
Element — xim. Oddiy vositalar bilan bo‘lib bo‘lmaydigan modda.
ALO — A’LO
Alo — ustiga: Nur alo nur.
A’lo — eng yaxshi, ajoyib.
ALPOZ — ALFOZ
Alpoz — vaziyat, ahvol, holat.
Alfoz — esk. so‘zlashuvdagi ibora.
AMIR — AMR
Amir — Sharqning ayrim musulmon mamlakatlarida xonlik yoki podsholik unvoni va shu unvon egasi.
Amr — buyruq, farmon, farmoyish.
ANONIM — OMONIM
Anonim — nomsiz, imzo qo‘yilmagan. Anonim xat.
Omonim — shakl jihatdan bir va mazmun jihatdan turlicha bo‘lgan so‘z.
ANGAR — ANGOR
Angar — dial.: ekin maydoni, ekinzor, dala.
Angor — aft-angor, bashara, qiyofa.
ANQO — ANQOV
Anqo — afsonaviy qush.
Anqov — ovsar.
ARIQ — ORIQ
Ariq — maxsus suv yo‘li.
Oriq— ozib ketgan, ozg‘in, eti qochgan.
ARKON —ARQON
Arkon — esk. ustun, tayanch, suyanchiq; atoqli arbob; arkoni davlat — davlat arboblari.
Arqon — odatda kanop o‘simligidan yoki turli ip, junlardan pishitilib, eshiladigan yo‘g‘on chilvir.
ARPA — ARFA
Arpa — bug‘doysimon g‘alla o‘simligi va uning hosili.
Arfa — uch burchak shaklidagi nohin bilan chalinadigan musiqa asbobi.
ARTIKL — ARTIKUL
Artikl — ba’zi tillarda ot oldidan qo‘llanadigan grammatik ko‘rsatkich.
Artikul — mahsulot yoki tovarning xili, turi, tipi.
ARTISH — ARCHISH
Artish — tozalash.
Archish — po‘slog‘ini olmoq.
ASIL — ASL
Asil — haqiqiy, tabiiy.
Asl — biror narsaning asosi, asos. Asl nusxa.
ASIR — ASR
Asir — asirlikka tushgan odam, tutqun.
Asr — yuz yillik.
ATO — OTA
Ato — in’om, sovg‘a.
Ota — farzandli er kishi.
ATOQLI — OTOQLI
Atoqli — atoqli ot — gram. biror predmetga maxsus quyilgan nom.
Otoqli — dong taratgan, ko‘zg‘a ko‘ringan, mashhur. Otoqli olim.
@qiziqarli_ona_tili