Савол: ёққанда ёки ёғганда?
Бу саволга жавоб матн қайси алифбода ёзилишига қараб турлича бўлади. Биз ҳануз икки алифбодан бирдек фойдаланаётган давлат бўлиб қолаётган эканмиз, ҳар иккисининг қоидаларини билиб қўйганимиз ўринли бўлади.
— Кирилл алифбосида
Ўзаги ғ ҳарфи билан тугайдиган сўзларга -га, -ган, -ганча, -гунча, -гани каби қўшимчалар қўшилса, талаффузда ҳам, ёзувда ҳам товуш алмашиши (қ + қа) кузатилади:
Тоғ + га = тоққа
Ёғ + ган = ёққан
Оғ + гунча = оққунча
— Лотин алифбосида
Ўзаги g‘ ҳарфи билан тугайдиган сўзларга -ga, -gan, -gancha, -guncha, -gani каби қўшимчалар қўшилса, фақатгина нутқда товуш алмашиши кузатилади (q + qa), ёзувда эса аслича қолаверади (g‘ + ga):
Tog‘ + ga = tog‘ga
Yog‘ + gan = yog‘gan
Og‘ + guncha = og‘guncha
— Талаффузда
Аслида, талаффузда ҳам товушлар ўзгаради: боши оққан томонга кетди, қор ёққанда боққа борамиз.
Аммо сўнгги пайтларда аслича айтиш ҳам урфга киряпти. Балки, бир неча йиллар ўтиб, сўзлашувдаги ҳолат таъсирида ёзилганидек айтилиши (bog‘ga, yog‘ganda...) меъёрга айланиб қолар.
—
Демак, ёзувда:
Қор ёғганда ❌
Қор ёққанда ✅
Qor yoqqanda ❌
Qor yog‘ganda ✅
@ xatoliklar
@qiziqarli_ona_tili
#maxzan
Aytilmagan qoʻnoq – yoʻnilmagan tayoq
Yoʻnilmagan tayoqni butoq-mutogʻi bilan yerga suqilsa, kirmaydi yoxud shox-shabbasi butalmagan yogʻoch eshikdan sigʻmaydi. Bu maqolda aytilmagan yerga boruvchi mehmonni yoʻnilmagan tayoqqa qiyoslanib, “Aytmagan yerga borma, sigʻmaysan, sigʻdirmaydilar, oʻzing noqulay ahvolda qolasan”, deyilmoqchi.
Variantlari:
Aytilgan yerga bor, aytilmagan yerda nima bor?
Aytgan yerga erinma, aytmagan yerda koʻrinma
Er tilagan joyda aziz
Soʻzing qaytar joydan oʻzing qayt
Chaqirgandan qolma, oʻzing bosib borma
Chaqirilgan yerning uzogʻi yoʻq, yoʻling ochiq – tuzogʻi yoʻq
Ochilar qopqani bilib qoq
Eshik ochiq boʻlsa ham, soʻrab kir
Chaqiriqsiz toʻyga borguncha, qazuvsiz goʻrga kir
Indaksiz kelgan – toʻshaksiz oʻtirar
Qopqa – darvoza baʼzan eshik maʼnosida ham qoʻllanadi.
Indak – indov, chaqirish, taklif qilish jarayoni.
Manba: "Maʼnolar maxzani"
@qiziqarli_ona_tili
#Ибрат...
🦋
Кузатсам, гулдаги капалак,
Кўнглимни ҳайратга тўлдирди..
Учишга, севишга, ўлишга,
Бир кунлик умрида улгурди!
@qiziqarli_ona_tili
Azizlar shoshiling, milliy sertifikat darsimiz ertadan (6-yanvardan) boshlanadi!
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
#Tilla taqinchoqlarni sevguchilar uchun ma'lumot.
Tilla taqinchoqlarni faqat ko'chaga chiqqanda taqing . Sababi u barcha Salbiy energitikalarni o'ziga oluvchi va insonga avtomatik o‘tqazuvchi sanaladi.
Eslang! Biror joyga taqib chiqqanizdan keyin uyga kelganizda, darxol yechgingiz kelganini , undagi og'ir energiyani.
Shu sababdan bunday taqinchoqlarni taqishni tavsiya qilmayman. Lekin sizga juda yoqsa faqat ko'chaga, biror tadbirga taqing . Uyda esa yechib qo‘ying😊
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
⚠️«Masnu’» – arabcha san’atli, sersan’at degani. Ham gorizantal, ham vertikal tomonidan o‘qish mumkin bo‘lgan she’r. U murabba’ (to‘rtburchak), musoviyat tarafayn (ikki tomoni ham teng) degan atamalar✅
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Miyaning kattaligi insonning intellektual qobiliyatiga ta'sir qilmaydi
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Baxt hozir va shu yerda ...
Baxt hozirni his qila olganingda ...
Baxt hozirni to'liq yashay olganingda ...
Baxt shu yerda bo'la olganingda ...
Kelajakda yoki o'tmishda yashamaganingda 》 BAXT !
@qiziqarli_ona_tili
🟢 Qaysi baytda tashbehning asosdan tashqari unsurlari qatnashgan?
1)Ey orazi shamsi qamarim,netti,ne bo'ldi?
Vey tishlari dur-u gavharim,netti,ne bo'ldi?
2)Quyosh yanglig' yuzungizni yorutti,
Falakdek bizni sargardon yarotti;
3)Bo'ying sarvi sanobartek,beling qil,
Vafo qilgan kishilarga vafo qil.
♻️A) 1, 2, 3
♻️B) 1, 2
♻️C) 2 , 3
♻️D) 1 , 2
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢 Qaysi javobda mutlaq tashbehga to'g'ri ta'rif berilgan?
♻️A)Baytda o'xshatish asosi berilmasa ham, o'xshatuvchi vosita aniq ko'rinib turgan o'xshatish san'ati
♻️B)Tashbehning to'rt unsure qatnashgan o'xshatish san'ati
♻️C)O'xshatish tushib qolgan, o'xshatilmish o'xshatishga ishora qilgan o'xshatish san'ati
♻️D)Baytda asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat'i nazar o'xshamish va o'xshatilmish ishtirok etgan o'xshatish san'ati
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢 Qaysi javobda kinoya tashbehga to'g'ri ta'rif berilgan?
♻️A)Baytda asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat'i nazar o'xshatish va o'xshatilmish ishtirok etgan o'xshatish san'ati
♻️B)O'xshamish tushib qolgan,o'xshatilmish o'xshamishga ishora qilgan o'xshatish san'ati
♻️C)Baytda o'xshatish asosi berilmasa ham,o'xshatuvchi vosita aniq ko'rinib turgan o'xshatish san'ati
♻️D)Tashbehning to'rt unsuri qatnashgan o'xshatish san'ati
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
5- sinf ona tili darsligidagi ayrim lugʻatlar
✅ Ushshoq - oshiqlar
✅ Yalla - ashula
✅ Tilla - qimmatbaxo metall
✅ Chinni - oq laydan yasalgan idish
✅ Silla - mador
✅ Qattiq - mustahkam
✅ Saltanat - mamlakat
✅ Cherik - qoʻshin
✅ Sipoh - askar
✅ Raiyat - xalq
✅ Dorugʻa - shahar hokimi
✅ Ziroat - dehqonchilik
✅ Rabot - karvonsaroy
✅ Suvoriy - otliq askar
✅ Paygʻom - xabar
✅ Bogʻot - boogʻlar, bogʻli joylar
✅ Gisu - soch
✅ Degrez - choʻyandan qozon quyuvchi
✅ Yorgʻichoq - donni maydalash va un qilish uchun ishlatiladigan tosh asbob
✅ Hojib - eshik pasti
✅ Ulus - xalq
✅ Muhoraba - jang
✅ Handasa - geometriya
✅ Riyozoyot - matematika
✅ Buxoro - tangri jamoli
✅ Toshkent - toshli shahar,
✅ Xorazm - quyoshli yurt
✅ Shahrisabz - yashil shahar
✅ Samarqand - semiz, boy shahar
✅ Anvar - nurli yili tolei porloq
✅ Akmal - yetuk, barkamol, kuchli
✅ Iroda - istab ilingan, irodali qiz
✅ Feruza - baxtli, iqboli baland, koʻzlari moviy rang qiz
✅ Xurshida - baxti quyosh kabi porloq
✅ Choʻlpon - tong yulduzi
✅ Fitrat - tugʻma istedod
✅ Akkaunt - ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchining nomi
✅ Bloger - oʻz qarashlarini internetdagi ma'lum bir platformada doimiy ravishda e'lon qiladigan kishi
✅ Avatarka - foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm
✅ Fayl - kampyuterda ma'lumot saqlovchi disk nomi
✅ Mem - mashhur boʻlib bahsga aylangan gʻoys yoki rasm
✅ Xeshteg - ijtimoiy tarmoqlarda mavzu boʻyicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq
✅ Veb-sahifa - internetdagi hujjat va ma'lumotlar zaxirasi
✅ Vebinar - toʻgʻridan-toʻgʻri mashgʻulot
✅ Dayjest - ma'lum bir mavzu boʻyicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola
✅ Juzlab - kutib varaqlarini mahkamlab tikmoq
✅ Resurs - Zaxira, saqlab qoʻyilgan narsa
✅ Tadbirkor - iqtisodiy resurslarning bir-biriga qoʻshilishini ta'minlovchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy xavf-xatardan, javobgarlikdan qoʻrqmaydigan shahslar
✅ Astma - nafas siqishi
✅ Havas - aqlni yoʻqotish, ehtiros
✅ Hasad - rashk, koʻrolmaslik, qizarish
Qavm - bir urugʻlar mansub, mahalla
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
#adabiyot
📖XAMSACHILIK📖
🖇9-sinf adabiyot darsligi asosida:
✔️1. Xamsa yozishni boshlab bergan ijodkor Nizomiy Ganjaviy
✔️2. Xamsachilik an’anasining asoschisi Xusrav Dehlaviy
🔴“Xamsa” yozishning shartlari
🔺1. Besh dostondan tashkil topmog'i kerak;
🔺2. Birinchi doston pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bolmog'i kerak;
🔺3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag'ishlanmogi kerak;
🔺4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog'i kerak;
🔺5. To'rtinchi doston shoh Bahrom haqida yozilishi kerak;
6. Beshinchi doston Iskandar haqida yozilishi kerak.
☑️Xamsa yozgan ijodkorlar
➰Nizomiy Ganjaviy➰ (Ozarbayjon)-(28 yil davomida)
✒️1. “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga
bag'ishlangan
✒️2. “Xusrav va Shirin” Iroq hukmdori To'g'rul II ning iltimosiga ko'ra yozilgan
✒️3. “Layli va Majnun” Shirvonshoh Axsatan I buyrug'iga binoan yozilgan
✒️4. “Haft paykar” (“Yetti gozal”) Alovuddin Ko'rpa Arslonning topshirig'i bilan yozilgan.
✒️5. “Iskandarnoma” -
🔖Xusrav Dehlaviy🔖 (Shahrisabz)-(3 yil davomida
📍1. “Matla’ ul-anvor” “Nurlarning boshlanishi”
📍2. “Shirin va Xusrav” -
📍3. “Majnun va Layli” -
📍4. “Hasht behisht” “Sakkiz jannat”
📍5. “Oyinayi Iskandariy” “Iskandar oynasi”
📚Abdurahmon Jomiy📚
📌Bu ijodkor o`z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazgan va uni “Haft avrang” “Yetti taxt” deb atagan
✏️1. “Tuhfatul-ahror” “Erkinlar tuhfasi”
✏️2. “Sabhatul-abror” “Yaxshilar tasbihi”
✏️3. “Yusuf va Zulayho”
✏️4. “Layli va Majnun ”
✏️5. “Xiradnomayi Iskandariy”
✏️6. “Silsilat ul-zahab”
✏️7. “Salomon va Absol”
♻️Alisher Navoiy (2 yil davomida)♻️
📝1. “Hayrat ul-abror” Falsafiy-ta’limiy doston
📝2. “Farhod va shirin” Ishqiy qissa (ishqiy-sarguzasht)
📝3. “Layli va Majnun” Ishqiy qissa
📝4. “Saba’i sayyor” Ishqiy-sarguzasht doston
📝5. “Saddi Iskandariy” Qahramonlik dostoni
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Hurmatli obunachilar, bugun aruz vazni bo'yicha test ishlaymizmi?
Ha - 👍
Yo'q - 👎
Reaksiyalarga qarab testni tashlaymiz yoki yo'q.
@qiziqarli_ona_tili
#maxzan
Avval oʻyla, keyin soʻyla
Jamiyat azolari oʻzaro munosabatlarda soʻzlashish odobiga qatʼiy rioya qilishlari zarurligi taʼkidlanadi. Kishi aytadigan har bir soʻzi(gapi)ni avval oʻylab olishi, soʻng soʻzlashi lozim. Oʻylamay aytilgan soʻz kishini koʻpchilik orasida uyalib qolishiga, hatto fojiaviy ahvolga tushishiga sabab boʻlishi mumkin.
Soʻzni koʻngilda pishqarmaguncha tilga kelturma,
Va har nekim, koʻngilda bor – tilga surma. (Navoiy).
Variantlari:
Oʻylamaguncha soʻylama
Koʻp oʻyla, oz soʻyla
Oʻn qatim oʻyla, bir qatim soʻyla
Dilda pishir, tilda gapir
Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir
Oʻynab aytsang ham, oʻyingdagini ayt
Tez soʻzlagan tez pushmon boʻlar
Ogʻziga kelgan soʻz arzon, ovulga kelgan boʻz arzon
Oʻylanmagan joydan tulki chiqar, oʻylanmagan soʻzdan kulki (kulgi) chiqar
Anglamay aytgan tinglamay oʻlar, chay namay yutgan kavshamay oʻlar
Manba: "Maʼnolar maxzani"
@qiziqarli_ona_tili
#maxzan
Argʻamchiga qil quvvat
Argʻamchi (arqon) nuqul jundan qilinsa, mustahkam boʻlmaydi, salga uzilib ketadi. Shuning uchun junga ozroq qil (otning yoli yoki dumidan) aralashtirib eshadilar. Shu ozgina qil ham argʻamchini pishiq va baquvvat qiladi.
Majoziy maʼnosi: qiynalib, muhtoj boʻlib turgan odamga ozgina yordamlashib yuborsang, unga ancha kuvvat baxsh etgan boʻlasan, u sening shu ozgina yordaming bilan oʻzini oʻnglab olishi mumkin.
Bu maqolning “Chanqoqqa bir tomchi ham – madad” degan varianti ham mavjud.
Manba: “Maʼnolar maxzani”
@qiziqarli_ona_tili
#xayrli_tong
O'zlarini hech kimga kerak emas deb o'ylaydigan odamlar, aslida ,ko'pincha eng kerakli odamlardir.
Erix Mariya Remark
Assalomu alaykum keraklilarim. Musaffo tong hammaga muborak bo'lsin.
@qiziqarli_ona_tili
Milliy sertifikat kursi
📌 Haftada 4 kun dars:
1. Dushanba
2. Seshanba
3. Payshanba
4. Shanba
💲 Kurs narxi: oyiga 150.000 so'mdan (chegirma narxida)
🔰 Kurs davomiyligi: Milliy sertifikat imtihoniga qadar.
‼️ Darslarning boshlanishi: yanvar oyidan
🚀 Shoshiling, qabul yopilishiga juda kam vaqt qoldi.
☎️ Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum! Ertadan Milliy sertifikat guruhimizda darslar boshlanyapti. Qo'shilmoqchilar @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
Sizga kelajagingizdan xat kelgan ekan, bir o‘qib ko‘ring:
Hurmatli o‘zim. Men — 10 yildan keyingi senman. Ya’ni, sen bu xabarni o‘qiyotgan vaqtingdan 10 yil keyingi holatingman. Senga aytar gaplarim bor.
Avvalo, hammasi uchun rahmat senga. Bilasanmi nega rahmat?
• Taslim bo‘lmaganing uchun rahmat!
• Qiyin vaqtlarda maqsadlarimizdan voz kechmaganing uchun rahmat!
• Tishingni-tishingga qo‘yib, odamlarni gaplariga ahamiyat bermaganing uchun rahmat!
• O‘z g‘oya va qarorlaringga ishonganing uchun rahmat.
Kunlar o‘tdi, ko‘p maqsadlarimizga erishdik, odamlar hayotimizga keldi-ketdi va shu vaqt davomida men 3ta haqiqatni angladim:
1. Hurmatli men, o‘tmishim, shuni unutdagingki, hammasi niyatdan boshlanar ekan. Niyatingni doim pok saqla. Ibodat ham niyat bilan boshlanadi, taomlanish ham, ish ham. Shunday ekan har bir ishingdan avval go‘zal niyat qil.
2. O‘tmishdagi men, iltimos ota-onamizni qadrla. Hozir ularni yuzlariga ajin tushgan, sochlari oqargan, quvvati ketgan. Bilasanmi, mana shu quvvatni barchasi biz uchun sarflandi. Iltimos, imkoning boricha ko‘proq ularni xursand qil.
3. Iltimos, to‘xtama. Bu hayotda har qanday yutuqni ortida tinimsiz harakat turar ekan, shunga guvoh bo‘ldim. Har qanday yo‘nalishda, har qanday ishda go‘zal niyat bilan boshlab, ishni sevib, hech qachon tashlab qo‘ymagin.
… Exxxe, hozir sening holatingni ko‘rib juda kulaman. Kechalari potolokka qarab uxlay olmayotgan kunlaringni tomosha qilaman, ichingdagi dardlaringni aytishga odam topolmay yurgan vaqtlaringni kuzataman-da "qani endi bilganingda edi, seni qanday porloq kelajak kutayotganini, zarra siqilmas eding" deyman, kulib)
Hayotingdan ketayotgan insonlarga achinishingga ham kulgim keladi. Nega bilasanmi? Chunki, ozgina vaqt o‘tgandan keyin ular hayotingdan ketgani uchun Hamdlar aytasan. Alloh chevar zot…
Zo‘r kunlar bor oldimizda sen hali ko‘rmagan. Ota-onamizni Hajga olib borib, ularni duolarini olish zavqini his qilasan hali, kechasi daftaringga yozgan maqsadlaring amalga oshgandagi quvonchni his qilasan hali. Uxlolmay, siqilib o‘tkazgan tunlaring esa oila, farzandlaring bag‘rida sakinat bilan o‘tadigan tunlarga alishadi hali… ishon.
Faqat eng muhimi — iltimos, to‘xtama. O‘zingni sev, oilangni qadrla, o‘z qarorlaringga ishon.
Porla, zero seni porloq kelajaging kutmoqda!
●Anvarov kanalidan chopildi
O'qib ta'sirlandim...
Madina Madaminovna
@qiziqarli_ona_tili
#Xayrli_tong
🧡 Boshqalarga qulay bo'lishi emas, o'zingizga yoqishi uchun harakat qiling
@qiziqarli_ona_tili
Ixlos — so'ligan bo'lsada, gulni go'zal holatda ko'ra olishingdir.
Vafo — gulni hidlash uchun bir paytlar egilganingni unutmasligingdir.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢 Quyidagi baytda qo'llangan o'xshatish san'ati vositasi to'g'ri ko'rsatilgan javobni toping
♻️A)bo'yi sanubar
♻️B)chehrasi oy
♻️C)yanglig'
♻️D)quyosh,chehra
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢 Qaysi baytda tashbehning o'xshalmish,o'xshatilmish vosita unsurlari qatnashgan?
♻️A)Ermas-alar tufrog'u,sen nuri pok,
Xilqat alarg'a-u sanga-tiyra xok.
♻️B)Pari ruhsorlarning ko'rkabo'yi,
Yuzing navro'z-u,qoshing -bayram oyi
♻️C)Sipehri husn ichindin moh,sen-sen.
♻️D)Quyosh yanglig' yuzungizni yorutti,
Palakdek bizni sargardon yarotti
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🤔Qo‘rquv qanday ishlaydi?
Qo‘rquv hissining belgilari va ularning inson organizmi uchun zararli oqibatlari haqida bilasizmi?
Qo‘rquvning foydali jihatlari borligi haqida-chi, xabardormisiz?
Aslida esa, qo‘rquvni nazoratga olish va uni yengish ham mumkin!
Navbatdagi animatsion videoroligimizda bu haqida batafsil bilib olasizlar!
@qiziqarli_ona_tili