#san’at_taym
LAFF VA NASHR – arabcha “yig‘ib tarqalish” ma'nosini ifodalaydi. Laff-yig‘moq, nashr - yoymoq, tarqatmoq
Yig‘ish va yoyish ma’nosini ifodalovchi ushbu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi. Bundan asosiy maqsad esa nomlari keltirilgan narsa yoki tushunchalarni bo‘rttirib, kuchaytirib tasvirlashdir.
Bu san’atning 2 ta turi mavjud:
1.Murattab, ya’ni tartibi (tartibi bir-biriga mos bo‘ladi) ya’niy birinchi misrada sanalayotgan narsa-tushunchalar qanday tartibda berilsa, keyingi misrada ham shunga muvofiq tartibda sanaladi. M:
Qoshing, irning (lab), yuzing, ey rashki rizvon
Hilolu kavsar bog’i jivondir.(Lutfiy) baytining birinchi misrasida laffda avval qosh, so’ng irn(lab), keyin esa yuz sanaladi,ikkinchi misradagi “nashr” ya’ni mahbuba a’zolari haqidagi hukmlar tartibi birinchi misradagi so’zlarga muvofiq keladi, ya’ni birinchi turgan “qosh” so’ziga ikkinchi misrada birinchi bo’lib turgan”hilol” tashbehi, ikkinchi turgan irn(lab) so’ziga ikkinchi bo’lib kelgan kavsar tashbehi, uchinchi turgan “yuzung” so’ziga esa uchinchi-bog’i jinon tashbehi mos bo’lib tushadi
2.. Nomurattab, yani tartibsiz (tartib buzuladi) ikkala misradagi sanoq tartibi bir-biriga mos kemaydi.
M : Yod qilmas zulfu ruhsoru xatingni ko’rgali, Lolau nasrinu sunbul birla rayhondin ko’ngul. Baytdagi laff va nashr esa nomurattab sanaladi. Zero, 1-misradagi 1-bo’lib turgan zulf so’ziga 2-misradagi 1-bo’lib kelgan lola tashbehi to’g’ri kelmaydi, zulfga 3- turgan sunbul muvofiqdir. 1-misrada 2-bo’lib turgan ruhsor so’ziga esa 2-misrada 1-bo’lib turgan “lolau nasrin”
muvofiqdir. Xat so’ziga esa-rayhon.
@qiziqarli_ona_tili
Inson taqdiri oldindan belgilangan bo'lsa ham, qabul qilayotgan qarorlari masuliyati har doim uning zimmasiga.
❓Gapda uslubiy jihatdan noto'g'ri qo'llangan qo'shimcha qaysi,
❓❓Imloviy xato so'z-chi?
@qiziqarli_ona_tili
Laff va nashr san'ati
Badiiy san'atlar bo'yicha savollar, tayyormisiz?
Qani, ketdik! 🚀 Ilm osmoniga uchamiz.
@qiziqarli_ona_tili
/channel/milliy_sertifikat_biz_bilan guruhimizda quiz testlar bo'lyapti kiringlar
@qiziqarli_ona_tili
G'azalni o'qing hamda testlarni yeching. Test javoblari kech soat 21.30 da kanalga tashlanadi.
@qiziqarli_ona_tili
📚 Qo'llanma: 🔰 Alisher Navoiy g'azallariga sharhlar
👤 Muallif: Najmiddin Komilov
❗️ Milliy sertifikat imtihonlariga tayyorlanayotganlar uchun foydali fayl
@qiziqarli_ona_tili
2-raqamli logoyimiz G'olib bo'ldi!
⚡️ Reaksiya va yuqoridagi fikrlarga ko'ra N 2-logotipimizni tanladik
Reaksiya va fikrlar uchun barchadan minnatdorman 🥰
@qiziqarli_ona_tili
⚡️ Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi
✅ Bilimni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.
📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin.
📍 Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududiy bo‘limlaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.
👨🏻💻 Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
@qiziqarli_ona_tili
O'zingning asl qadringni bilganingda edi, gunoh qilib, o'zingni xo'rlashga hech qachon yo'l qo'ymas eding.
( Imom Ibn Qoyyim al-Javziyya )
❓ Gapdagi qaysi so'zning paronimi sof, toza ma'nolarini bildiradi?
@qiziqarli_ona_tili
Havotir olish – bu sizga tegishli bo‘lmagan qarzni to‘lashga o‘xshaydi.
Mark Tven
Xato qo'llangan so'zni toping.
@qiziqarli_ona_tili
Savollar sizga manzur bo'lgan bo'lsa, reaksiya bosib ketish va yaqinlaringizni kanalga taklif qilish esingizdan chiqmasin.🥰🥰
Sizdan reaksiya, bizdan esa javohirga teng bilimlar!
Ps. Yana qaysi mavzular bo'yicha savol-javob o'tkazaylik? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
@qiziqarli_ona_tili
Kunning qanday o‘tishi ob-havoga emas, atrofimizdagi insonlarga bog‘liq😊🥰
Quvonchdan choy damladim, ichvoling qani😘
#tongni_biz_bilan kutib oling!
@qiziqarli_ona_tili
📚 30 dan oshiq g‘azallar misrama-misra sharhlab berilgan o‘quv qo‘llanma
@qiziqarli_ona_tili
⚡️Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 2-8-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
💴 To‘lovlar esa 9-dekabrgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 21-22-dekabr kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
@qiziqarli_ona_tili
#Хаyrli_tong!
⚡️Yo‘l bormi, yurish kerak,
Orzu bormi,maqsadga aylantirish kerak,
👉 Maqsad bo‘lsa, yetishish kerak,
Umid bormi , doim porlashi kerak,
Nur bo‘lsa, sochilgani yaxshi,
Inson bo‘lsa,xayri o‘zida bo‘lgani afzal,
Muhabbat bo‘lsa, izhori doim bo‘ladi,
☺️ Tabassum bo‘lsa, doim yuzda quyoshdek to‘kilgani yaxshi.
Har bir mavjud narsa mavjudligi bilan qadrli!
Xayrli tong sevimlilar!
#tongni_biz_bilan qarshi oling.
@qiziqarli_ona_tili
#Test
Kichkina mitti, xon xojani yiqitdi ozbek maqoli qaysi asarda qollaniladi?
A) Otkan kunlar B) Shum bola
C) Sariq devni minib D) Kecha va kunduz
/channel/qiziqarli_ona_tili
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
#Test
..janggohlardagi urush manzarasi, urush odamlarining qiyofasi chizildi. Shuhratning qaysi asariga oid?
A) Oltin zanglamas B) Shinelli yillar
C) Jannat qidirganlar D) Mardlik afsonasi
/channel/qiziqarli_ona_tili
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
. “Mizimta daryosi” asarining muallifini toping.
A) Jek London B) R. Thokur
C) Hamid Olimjon D) A. Oripov
@qiziqarli_ona_tili