Gaplar va sintaktik tahlilga oid izohlarni o'zaro to'g'ri moslashtiring.
28. Bilmagandan bilgan yaxshi,to'g'ri ishni qilgan yaxshi.
29. Faqat ayriliqdan asragin, yo Rab, do'st-u yoronlardan qilmagin judo.
30. Ertaga kinofestivalda namoyish etilajak filmdagi bosh qahramon - "qizlarning qorovuli"ham shu.
A. ikki bosh bo'lakli gap
B. shaxsi(egasi) umumlashgan gap
C. ajratilgan bo'lakli gap
D. undalmali gap
E. shaxsi(egasi) noma'lum gap
F. atov gap
@qiziqarli_ona_tili
26. G'azalda quyidagi qaysi mulohaza mavjud emas?
A. Ko'ngil orzu-havaslaridan voz kech, agar mening devona ko'nglimga qarasang, uni yuz parcha, bo'lak holda topasan.
B. Dunyo lazzatlarini bilasan,unga bog'lanib qolma,chunki tuzoq va qand bir-biriga o'xshashdir.
C. Shakarlab go'zallarga ko'ngil berma,negaki ular bedillarga ko'ngil bergan va achchiq ko'zyosh to'kishgan.
D. Agar ko'nglingdan jaholat alami ketishini xohlasang, Navoiy nazm shakaristonidagi guland uning uchun davo bo'la oladi.
@qiziqarli_ona_tili
24. 2-bayt mazmunida aks etmagan fikrni aniqlang.
A. Zamon ahlida yaxshilar bilan munosabatda bo'lgin.
B. Dunyoda yaxshi insonlarni tanlashni bilgin, zinhor yomonlar bilan do'st bo'lma.
C. Agar birorta inson bilan do'st bo'lmoqchi bo'lsang, barcha odamlar bilan aloqani uzgin.
D. Nomunosib insonlarni qalbingga yaqinlashtirmagin.
@qiziqarli_ona_tili
22. Quyidagi qaysi ma'lumot muqobil emas?
A. O'rgimchaksimonlar bir-birining o'ljasiga aylanishi mumkin.
B. O'rgimchak ba'zi turlaridan biri yarim metrdan ortiq chuqurlikka uya soladi.
C. Qoraqurt chaqqanda inson halok bo'lishi mumkin.
D. Kunduzi chayonlar tosh tagida, devor va yerlardagi kovaklarda yotib o'ljasini poylaydi.
@qiziqarli_ona_tili
20. Matn mazmunida aks etgan to'g'ri ma'lumotni toping.
A. Qorni ustida qizg'ish ranglar bo'lishi qoraqurtning yosh urg'ochilarida kuzatiladi.
B. Chayonlar xavfni sezganda dumini ko'tarib, nayzasi bilan hujum qilishga tayyorlanadi.
C. Daraxt shirasini so'ruvchi kanalar ham parazitlik qilib hayot kechiradi.
D. Falangalar o'tkir tirnoqqa o'xshash jag'lari vositasida o'ljasiga zahar bezi yuboradi.
@qiziqarli_ona_tili
17. A. Qahhorning "Asror bobo" hikoyasidagi Haydar ota obraziga mos kelmaydigan javobni toping.
A. Asrorqulga avval yaxshi munosabatda bo'lib, so'ngra aloqa yomonlashgan qahramon.
B. Oq podsho taxtdan qulaganini eshitib, unga xushxabarni yetkazishga shoshilgan obraz
C. Asrorqulning jo'natgan xatidan tashvishlanib, uning uyiga borgan mehribon inson.
D. Yodgor haqidagi haqiqatni bilgach, Asrorqqulga ham, uning kampiriga ham achingan inson.
@qiziqarli_ona_tili
15. O. Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romani mazmuni haqidagi XATO hukmni ko'rsating.
A. Turli millat vakillarining doimiy ravishda shafqatsiz tuzum natijasida ezib siyosat olib borishi ochib berilgan.
B. Afg'on urushi natijasida ko'p insonlarning ayanchli fojiasi ko'rsatilgan.
C. O'zi xasta bo'lsa-da, farzandlarini boqish uchun harakat qilgan insonlar madh etilgan.
D. Noto'g'ri tarbiya natijasida vataniga xiyonat qilgan kimsalar qilmishlari ro'yi rost tasvirlangan.
@qiziqarli_ona_tili
A. yolg'izlik jazodir, jinoyat qilgan odamni
B. Afrikada yo'q ekan, haydab yuborisharkan
C. sazoyi qilish, qamab qo'yish; odam uchun yolg'izlik
D. qabilalaridan sazoyi qilish, gaplar yo'q ekan
@qiziqarli_ona_tili
9. She'riy parchadagi olmoshlar haqida berilgan NOTO'G'RI mulohazani toping.
Tinchlik deya yurak-bag'ri kuyuk eldir bu,
Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu.
O'tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu,
Menga qanday yashamoqni o'rgatmagil sen!
A. barcha olmoshlar ega, hol, to'ldiruvchi vazifasida kelgan.
B. olmoshning olmoshga tobelanib kelishi uchraydi.
C. ko'rsatish olmoshlari bir xil sintaktik vazifada kelgan.
D. so'roq, kishilik va ko'rsatish olmoshlari qatnashgan.
@qiziqarli_ona_tili
7. Qaysi javobda qatnashgan -li qo'shimchasi yangi so'z yasash bilan birga "loyiq", "sazovor" ma'nolarini ham biladi?
A. Odobli odam tabibga o'xshaydi, u bilan suhbatlashish ko'ngildagi g'amni ketkazadi.
B. Amir Temur bobomizning shunday hikmatli so'zlari bor: " Eng baland minoralar ham birinchi g'ishtdan boshlanadi".
C. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo'l.
D. Sabrli inson irodasini ham metinday mustahkamlab boradi.
@qiziqarli_ona_tili
5. Qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud emas?
A. So'zni o'z o'rnida ishlata bilish uchun farosat, malaka va ziyraklilik zarur.
B. Osiyoning eng serunumli uch(turkiy,arabiy,forsiy) tilini juda mukammal bilgan hukmdir edi.
C. O'z vataningga bo'lgan muhabbatingni o'z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo'linmaydi.
D. Til millat ma'naviyati va madaniyatining toshoynasidir.
@qiziqarli_ona_tili
27. Quyidagi qaysi fikr 6-baytda aks etmagan?
A. Nafsingga qul bo'lib, boshqa dushmanlarni yengyapman, deb xursand bo'lma.
B. Nafsiga qul kimsalarga boq,ularni o'zingga dushman deb bilgin.
C. Nafsingni yenga olsang, senga bu dunyoda boshqa bas keladigan umuman dushman qolmaydi.
D. Nafsingni bo'ysundirsang, boshqa raqibni ko'rmaysan.
@qiziqarli_ona_tili
25. 4-bayt mazmuni to'g'ri izohlangan javobni belgilang.
A. Xalqning nasihatidan ko'ra avval otaning nasihatini eshitgin.
B. Odamlar sening nasihatingni eshitmoqchi bo'lsa, gapirgin,biroq oz so'zlagin.
C. Zamon ahlidin eshitgan pandingni boshqa yerda zinhor so'ylab yurmagin.
D. O'z fikringni uqtirishdan ko'ra boshqalar nima deyayotganini eshitgin.
@qiziqarli_ona_tili
23. G'azal matla'si haqidagi NOTO'G'RI hukmni aniqlang.
A. Insonning o'z nafsini yengishi va boshqalarni g'iybat qilmasligi haqida mulohaza uchraydi.
B. Yaxshi tarbiyani niqob qilib birovga farzand bo'lishga urinishi bayon etilgan.
C. Birovning farzandi hech qachon boshqa birovga farzand bo'lmasligi tamsil misolida ifodalangan.
D. Har kimni to'g'ri hayot yo'lidan yurishiga chorlov bor.
@qiziqarli_ona_tili
21. Matn mazmuniga xos to'g'ri ifodalangan ma'lumotni aniqlang.
A. Falanga, chayon hamda kanalar tanalarining qismlarida tafovut uchramaydi.
B. Ulg'aygan kanalar inson va turli jonzotlar qonini so'radi,shuningdek,o'rgimchaksimonlar orasida tanasi kichik hasharotdir.
C. Bir tomonida besh juft mayda ko'zchalari bor chayonlarning boshi tepasida bir juft yirikroq ko'zlari ham bo'ladi.
D. O'rta Osiyoda ko'p uchraydigan sariq falanganing jag'lari tirnoqqa va oyoq paypaslagichlari qisqichga o'xshaydi.
@qiziqarli_ona_tili
19. Raqamlab ko'rsatilgan qaysi gap matnning mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga keltirgan?
A. III
B. II
C. IV
D. I
@qiziqarli_ona_tili
18. Matn mazmuniga mos TO'G'RI SHAKLLANTIRILGAN gapni aniqlang.
A. Barcha o'rgimchaksimonlar zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib foyda keltiradi.
B. Falanga va chayonning jag'lari bir-biriga o'xshab ketadi.
C. Kanalarning sanchib qon so'ruvchi xartumchasi oyoq paypaslagichlar va jag'lardan tashkil topgan.
D. Biy o'rgimchaksimonlar oilasida eng yirigi hisoblanadi.
@qiziqarli_ona_tili
16. M. Osimning "Jayhun ustida bulutlar" qissasi voqealari to'g'ri berilgan javobni aniqlang.
A. Ibn Sino va Beruniy ilmiy masalada tortishib qolishadi va nizolarga borib qolishadi.
B. Abu Nasr ibn Iroq Beruniyni o'qitadi va ulg'ayib katta olim bo'lgach, unga hasad qila boshlaydi.
C. Sabuktegin va Mahmud G'aznaviy birgina Beruniy sabab bir-biriga qo'shin tortadi.
D. Vaziz hukmdorining bir buyrug'ini bajarmay, keyin shu ishi bilan buyuk olim hayotini saqlab qoladi.
@qiziqarli_ona_tili
14. Shuhratning "Oltin zanglamas" romanidagi Qodir haqidagi to'g'ri hukmni aniqlang.
A. Maktabdagi Shukurov bilan nizoli munosabatlari sababli qamoqqa tushadi va u yerda Dilovarxo'ja bilan tanishib qoladi.
B. Institutga kira olmagani uchun Aziza u bilan aloqalarni uzishga majbur bo'ladi.
C. Urushdan qaytayotib akasi bilan birga qahramonlarcha halok bo'ladi.
D. Yaqin bir insoni tufayli o'qishidan chetlatilgan bo'ladi.
@qiziqarli_ona_tili
10. Quyidagi she'riy parchadagi gap bo'laklari haqidagi TO'G'RI ma'lumotni aniqlang.
Muruvvat-u ma'rifatdir buyuklikning nishonasi,
Qadam qo'ying, mana sizga asl yo'lning ostonasi.
A. kesimlar har xil turkumdan tashkil topgan.
B. sifatlovchi aniqlovchi egaga tobelangan.
C. hokim qismi yasama so'zdan iborat aniqlovchili bog'lanish mavjud.
D. o'rin holi bevosita kesimga bog'langan.
@qiziqarli_ona_tili
6. Qaysi javobda "qattiq" so'zi "QIYIN, OG'IR, MASHAQQATLI" ma'nosida kelgan?
A. Kabir har doim bunday qattiq mehnatlarni bajaraverib o'rganib qolgan edi.
B. Qattiq charchagan edim, nima deb javob berganimni bilmayman.
C. Bu yong'oqlar sening qattiq tishlaring orasida uqalanib ketadi, toychog'im!
D. Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o'qqa tutdi.
@qiziqarli_ona_tili
4. Bir-biri bilan o'zaro ma'nodoshlik hosil qila oladigan so'zlar berilgan javobni aniqlang.
A. avliyo-vali-karomat
B. zoriqmoq-zor bo'lmoq-muhtoj
C. taraqqiy etmoq-yuksak-o'smoq
D. voqif-xabardor-ogoh
@qiziqarli_ona_tili