9. She'riy parchadagi olmoshlar haqida berilgan NOTO'G'RI mulohazani toping.
Tinchlik deya yurak-bag'ri kuyuk eldir bu,
Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu.
O'tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu,
Menga qanday yashamoqni o'rgatmagil sen!
A. barcha olmoshlar ega, hol, to'ldiruvchi vazifasida kelgan.
B. olmoshning olmoshga tobelanib kelishi uchraydi.
C. ko'rsatish olmoshlari bir xil sintaktik vazifada kelgan.
D. so'roq, kishilik va ko'rsatish olmoshlari qatnashgan.
@qiziqarli_ona_tili
7. Qaysi javobda qatnashgan -li qo'shimchasi yangi so'z yasash bilan birga "loyiq", "sazovor" ma'nolarini ham biladi?
A. Odobli odam tabibga o'xshaydi, u bilan suhbatlashish ko'ngildagi g'amni ketkazadi.
B. Amir Temur bobomizning shunday hikmatli so'zlari bor: " Eng baland minoralar ham birinchi g'ishtdan boshlanadi".
C. Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir, shuning uchun har vaqt ilm olish ilinjida bo'l.
D. Sabrli inson irodasini ham metinday mustahkamlab boradi.
@qiziqarli_ona_tili
5. Qaysi gapda qo'shimcha qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik mavjud emas?
A. So'zni o'z o'rnida ishlata bilish uchun farosat, malaka va ziyraklilik zarur.
B. Osiyoning eng serunumli uch(turkiy,arabiy,forsiy) tilini juda mukammal bilgan hukmdir edi.
C. O'z vataningga bo'lgan muhabbatingni o'z tilingga muhabbatingsiz tasavvur qilib bo'linmaydi.
D. Til millat ma'naviyati va madaniyatining toshoynasidir.
@qiziqarli_ona_tili
3. OZ(miqdor) so'zi haqidagi NOMUTANOSIB javobni aniqlang
1)sinonimi:hiyla
2)shakldoshi:ozmoq(fe'l)
3)antonimi:bir talay
4)ko'chma ma'nosi:aqldan ozdi
A. 3,4
B. 1,2
C. faqat 1
D. 1,2,3
@qiziqarli_ona_tili
1. Imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan so'zlar qatorini aniqlang.
A. arxitektor, tasniv, asfalasofilin
B. grek, xarakter, tamaddun
C. maqtanchoq, soxta, bezagdor
D. mamlakat, tirnog'cha, ne'mat
@qiziqarli_ona_tili
“Гўзал Туркистон” таронасига сунъий идрок орқали клип ишлашибди.
Очиғи, бу таронани йиғламасдан тинглашнинг имкони йўқ. Чунки бунда бутун бир ўлка одамларининг дард-ҳасратлари мужассам.
@qiziqarli_ona_tili
#xayrli_tong!
Ba’zida hammasini shunchaki o‘z holiga tashlang.
Yomg‘ir yog‘sin, gul ochilsin, ketgan ketsin, quyosh chiqsin, hamma o‘z yo‘lida davom etsin...
#tongni_biz_bilan kutib oling
@qiziqarli_ona_tili
Bilarmidingiz?
Madina Madaminovnaning
✅ Attestatsiya
✅ Milliy sertifikat
Kurslariga qabul ochildi!
☺️ Ikkisidan ham 1-darsni ochiq dostupda kanalda bepul o'tib beradilar!
— Ishlaringizni saranjomlab
— Daftar-ruchka tayyorlab
— Diqqatingizni jamlab
Tayyor turing!
11-dekabr soat 20³⁰ da kurs haqidagi barcha savollaringizga javob olasiz!
Shunday muhim darsni o'tkazib yubormang!
Doʻstlaringizga xabar qiling
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
#Pedagoglar_attestatsiyasi
Pedagoglarga attestatsiya yakunlari boʻyicha qaror loyihasi yuborildi
Batafsil: https://talimxabarlari.uz/16986/
👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
@qiziqarli_ona_tili
🇺🇿 #БАЙРАМ_МУБОРАК 🇺🇿
🎉10 декабр – Ўзбекистон Республикаси давлат мадҳияси қабул қилинган кун!
Ўзбекистон Республикаси мадҳияси 1992 йил 10 декабр куни қабул қилинган. Мадҳия Мутал Бурхонов мусиқаси, Абдулла Орипов шеъри асосида яратилган.
@qiziqarli_ona_tili
Javob: talmi' san'ati.
Talmi' bu she'r misralarini turli tillarda bitish san'ati. Yana mulamma nomi bilan ham aytiladi.
@qiziqarli_ona_tili
Quyidagi baytda qanday san'at qo'llanilgan?
Dilbari xush adoi man,muncha suchuk bo'lurmisan?
Omadi dar kanori man bir dame o'ltururmisan? (Mashrab)
Ps. Ushbu san'at "rang-barang qilmoq" degan ma'noni bildiradi. Sizlarga yordam bo'lsin dedim.
@qiziqarli_ona_tili
Raviy bilan tugallangan qofiyalarni mutlaq deb,undan keyin harflar kelgan qofiyalarni esa muqayyad qofiya deb atash qabul qilingan.
Gapdagi xatoni toping.
@qiziqarli_ona_tili
6. Qaysi javobda "qattiq" so'zi "QIYIN, OG'IR, MASHAQQATLI" ma'nosida kelgan?
A. Kabir har doim bunday qattiq mehnatlarni bajaraverib o'rganib qolgan edi.
B. Qattiq charchagan edim, nima deb javob berganimni bilmayman.
C. Bu yong'oqlar sening qattiq tishlaring orasida uqalanib ketadi, toychog'im!
D. Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o'qqa tutdi.
@qiziqarli_ona_tili
4. Bir-biri bilan o'zaro ma'nodoshlik hosil qila oladigan so'zlar berilgan javobni aniqlang.
A. avliyo-vali-karomat
B. zoriqmoq-zor bo'lmoq-muhtoj
C. taraqqiy etmoq-yuksak-o'smoq
D. voqif-xabardor-ogoh
@qiziqarli_ona_tili
2. Qaysi javoblardagi barcha so'zlar CHIZIQCHA bilan yozilmaydi?
A. meva//cheva, eski//tuski, nevara//chevara
B. har//yon, yonma//yon, bir//zumda
C. har//doim, arzi//hol, o'ntadan//yigirmatagacha
D. sihat//salomatlik, qadam//baqadam, ko'z//po'z
@qiziqarli_ona_tili
Bugun MS darajasidagi testni ishlaymizmi? Qani, kim ishlamoqchi bo'lsa izohlarda men deb keting.
@qiziqarli_ona_tili
Bu matn, esse yozish uchun quyidagi muhim qoidalarga amal qilishni tavsiya qiladi:
Reja tuzish: To’g’ri,esseda reja yozilmaydi. Ammo yozishdan oldin mavzu bo‘yicha fikrlaringizni rejalashtirib, qoralama tuzish kerak. Bu, fikrlarni tartibga solib, aniq va lo‘nda ifodalashga yordam beradi.
Esse tuzilishi: Esse yozishda odatiy tuzilishga rioya qilish zarur:
Kirish qismi (2-3 jumla): Mavzu va muammoni qisqacha tanishtirish.
Asosiy qism (3 ta xatboshi): Mavzuni batafsil tahlil qilish, argumentlar va dalillar keltirish.
Xulosa (3-4 jumla): Yangi xulosaga kelib, umumiy fikrlarni bildirishingiz kerak.
Savolga javob berish: Esse yozishda faqat so‘ralgan masalani ko‘rib chiqing va boshqa mavzularga o‘tmaslikka harakat qiling.
@qiziqarli_ona_tili
Sizga ham shunday xabar kelishini istasangiz, shoshiling! Endi pedagogik kengashda tasdiqlansa ham platformaga joylanmasa, yoki platformada rad etildi deb xabar kelsa ommalashtirilmagan hisoblanadi va ball berilmaydi
@qiziqarli_ona_tili
Ommalashtirish uchun yana 2ta ish olyapman. Umumiy 5ta ish bo'ladi shunda. Har biri ustida alohida mehnat qilinib, harflar birma bir terib chiqilishi hisobiga ko'p vaqtni oladi. Ko'chirish yoki nomiga ishlash yo'q. Alhamdillilah, o'tgan yilgi natijalarim ham zo'r chiqqan.
Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
#maʼnodoshlar / #lugʻatlar
(Mening tilim)
Maʼnodoshlar — "Q"
1. Qadam, odim
2. Qalbaki, soxta, yasama, sunʼiy, yolgʻondakam, gʻayritabiiy, botil
3. Qalin, zich, tigʻiz
4. Qaltis, nozik
5. Qalʼa, qoʻrgʻon
6. Qamal, qurshov, muhosara
7. Qaqshamoq, zirqiramoq
8. Qaram, tobe
9. Qaramoq, boqmoq
10. Qarama-qarshilik, zidlik, nizo, kelishmovchilik, ixtilof, nifoq
11. Qarash, boqish, nigoh, nazar
12. Qarindosh, urugʻ, avlod, tugʻishgan, jigar, jigarband, jigargoʻsha, xesh
13. Qaror, azm, jazm
14. Qasam, ont, qasamyod
15. Qattiq, zang, metin, tosh
16. Qaynamoq, joʻshmoq, yonmoq
17. Qaynoq, joʻshqin, qizgʻin
18. Qazmoq, qazimoq, kovlamoq
19. Qachongacha, tokay, tokaygacha
20. Qilmish, kirdikor
21. Qilmoq, etmoq, aylamoq
22. Qirgʻoq, sohil, yoqa, lab, boʻy, chet
23. Qistamoq, zoʻrlamoq, majburlamoq, majbur qilmoq
24. Qiyin, mushkul, mahol, ogʻir, mashaqqatli, sermashaqqat, amri mahol, dushvor
25. Qiyinlashmoq, ogʻirlashmoq, mushkullashmoq
26. Qiynamoq, azoblamoq, jabrlamoq
27. Qiygʻos, shigʻa, tekis
28. Qiyshiq, qingʻir, egri
29. Qiyinchilik, mashaqqat, ogʻirchilik, qattiqchilik, riyozat, zahmat
30. Qizil, qirmizi
31. Qiziq, qirmizi, ol
32. Qiziq, gʻalati, ajoyib, alomat, antiqa, ajab, ajib, allambalo
33. Qiziqmoq, havaslanmoq, havas qilmoq
34. Qiziqmoq, uchmoq
35. Qizgʻin, avjida
36. Qobiliyat, layoqat, isteʼdod, talant, salohiyat, uquv
37. Qobiliyatli, layoqatli, isteʼdodli, talantli, salohiyatli, uquvli
38. Qoida, aqoid
39. Qomat, qad, qad-qomat, qaddi qomat, bast, boʻy-bast, duxt, kelbat, soxt, sumbat, soxt-sumbat, andom, bichim
40. Qonmoq, qoniqmoq, toʻymoq, miriqmoq
41. Qorongʻilik, zulmat, zimiston, zim-ziyo
42. Qur, marta, dafʼa, bor
43. Qur, davra, maydon
44. Qurb, hol, chogʻ, kuch, qudrat, hol-qudrat, quvvat, chama
45. Qurshamoq, oʻramoq
46. Quruq, qoq
47. Qutulmoq, boʻshamoq, ozod boʻlmoq, xalos boʻlmoq, xoli boʻlmoq
48. Quvnoq, xushchaqchaq
49. Quyosh, kun, oftob
50. Quchmoq, achomlamoq, quchoqlamoq
51. Quchoq, qoʻyin, bagʻir, ogʻush
52. Qoʻnmoq, oʻtirmoq, tushmoq, inmoq
53. Qoʻrqinch, qoʻrquv, vahima, dahshat, vahshat
54. Qoʻrqinchli, vahimali, dahshatli, mudhish
55. Qoʻrqmoq, hayiqmoq, choʻchimoq, xavflanmoq
56. Qoʻrqoq, yuraksiz
57. Qoʻrs, qoʻpol, toʻng, dagʻal, toʻrs, tund, ters
58. Qoʻzgʻalmoq, jilmoq, siljimoq, qimirlamoq
59. Qoʻshilmoq, birlashmoq
@qiziqarli_ona_tili
DIQQAT E'LON!!!
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qaroriga muvofiq vazirlik tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan va oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan malakali pedagog kadrlarning mehnatini ragʻbatlantirish hamda oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻzining oʻqitish uslubiga va xalq orasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan oʻqituvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan malakali pedagog kadrlarni qoʻshimcha ragʻbatlantirish uchun Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi yanvar-fevral oyida bo‘lib o‘tadigan “Vazir jamg‘armasi” test tuzish jarayonlari uchun “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”,“Ijtimoiy va filologiya fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlari boʻyicha testolog, tarjimon va ekspertlarni ishga taklif qilamiz.
Murajaat uchun telfon:
(71) 207-20-16
(611)
#Хаyrli_tong!
Baxtni har qachon, hatto qorong‘ulikda ham topish mumkin...
❄️
Baxt bu nimadadir, kimdadir emas, baxt bu sizning ichingizda...
Eng yomon holatingizda ham qalbingizga mahzunlik kiritmang...
Eng zo‘r tabib - o‘zingiz!
Allohga tavakkal qilish va kuch topa olish o‘zingizdan...
Sizga baxt, omad, quvonch, xotirjamlik tilayman...
Xayrli tong qadrligim...
#tongni_biz_bilan kutib oling
@qiziqarli_ona_tili
To'g'ri javob: Fikr noto'g'ri berilgan, ya'ni qofiya turlarining o'rni almashib qolgan.
@qiziqarli_ona_tili
Savollarning javoblari soat 23.00da shu yerda e'lon qilinadi.
Sizlarga manfaatli bo'ladi degan umiddamiz.
@qiziqarli_ona_tili
Sen husn ila boysan,senga chun farz durur haj,
Qil Tengri uchun Ka'bai ko'nglumni ziyorat.
Baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
@qiziqarli_ona_tili