#ona_tili_qisqacha
📌-dir qo‘shimchasining xususiyatlari:
👉agar -dir so‘roq olmoshi bilan qo‘llansa u holda gumon olmoshi hisoblanadi:
Kimdir , nimadir, qandaydir.
👉agar so‘roq olmochiga emas fe’llarga qo‘shilsa gumon yuklasi, borgandir, kelgandir kabi
👉agar fe’l bo‘lmagan so‘zlarga qo‘shilsa bog‘lama vazifasini bajaradi: Dunyoda eng vafodor do‘st -onadir;
Akam talabadir
@qiziqarli_ona_tili
Ona tili va adabiyot fani milliy sertifikat imtihonida esse uchun qoʻyilgan talablar | MENING TILIM
@qiziqarli_ona_tili
❗️Orttirma daraja shaklidagi sifat qaysi gap
tarkibida mavjud emas?
A) Kechqurun ishdan qaytayotganimda odam
bo‘yi keladigan Qorboboning ko‘m-ko‘k
ko‘zlariga, rango-rang lampochkalarga
mahliyo bo‘lib turgan bolalarni ko‘raman.
B) To‘rt-besh yoshlar chamasidagi qizil qalpoq
kiygan bir bolagina Qorboboning dam yonib,
dam 0o‘chib turgan ko‘zlaridan ko‘zini
uzmasdi.
C) Dum-dumaloq lo‘ppi yuzi kichkina burni
yodimda qoldi.
D) Tim qora ko‘zlari Qorboboda, ammo
nazarimda, u Qorboboni ko‘rmas, nimanidir
o‘ylardi.
❗️ Orttirma daraja shaklidagi tub sifat qaysi gapda
ishtirok etgan?
A) Qirg‘ovullar o‘rta Osiyodagi eng chiroyli
qushlardan biridir.
B) Olimlarning aniqlashicha, eng olis
yulduzgacha bo‘lgan masofa 160 ming
yorug‘lik yiliga teng ekan.
C) Dunyoda eng bebaho, ammo benazir
tarqatiladigan xazina bor. Bu ona mehri.
D) Salqin, juda mazali buloq suvini
ichganingiz sari ichgingiz kelaveradi.
Atigi yo atiga?
Atigi soʻzini atiga shaklida yozish koʻp uchraydi. Albatta, bu xato. Nega? Chunki bunday soʻz yoʻq.
Atigi ravishi hammasi boʻlib, bor-yoʻgʻi, nihoyati, faqatgina maʼnolarini anglatadi:
Atigi uch yil ilgari filologiya fakultetini bitirgan edi.
O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv.
Atigi uch kun muhlat berilgan esa-da, hayʼat aʼzolari qariyb ikki hafta chop-chop qilib ham topshiriqni uddalay olmadi.
“Yoshlik”.
📌 Demak:
Atigi ✅
Atiga ❌
Ⓜ️oriftolib
📓 "Faqat ahmoqlargina 8 soat uxlaydi"
✍ Erdal Demirkiran
"Bir sohada yuksalish" aslo uyqu qochiradigan maqsad bo'la olmaydi. Maqsad - o'z nomi bilan maqsad. Ya'ni maqsading aniq bo'lishi lozim. Yuksalish istagan joyingning nomi bo'lishi kerak. Agar samarali bir maqsading bo'lmasa, kam uxlashingning ham hech qanday ma'nosi yo'q. Hatto mumkin bo'lsa, bor uxla va tanang ko'tara olsa aslo uyg'onma. Chunki, maqsadsiz insonning uyg'oq bo'lishi ham o'zi uchun, ham butun insoniyat uchun azobdir.
Sifatdosh qatnashgan javobni toping?
1.Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi.
2.Bu ovoz hali mag‘zi ilimagan dalalarga tegib
aks-sado berayotgandek tuyulardi.
3.Qoradaryo hamisha to‘lib oqqan, lekin hech
qachon bunday suvsiz bo‘lmagan.
A)1 va 2 B)2 va 3 C)2 D)1
@qiziqarli_ona_tili
🌙🌙Хайрли тун
Ҳар кеча яқинларингизни Аллоҳга омонат қилишни унутманг.
Ухлаб уйғонмаслик бор, ёки уйғониб тополмаслик.
Аллоҳга омонатсиз
@qiziqarli_ona_tili
Eng yaxshi investitsiya bu — bilimga yo'naltirilganidir. Chunki u sizga yanada ko'p pullar va motivatsiya olib keladi!
💁♀ Attestatsiya kursimizga joylar to'lmoqda! Shoshiling!
Kurs kimlar uchun:
✅ Abituriеntlar
✅ Boshlang'ich sinf o'qituvchisi
✅ Va albatta, ona tili va adabiyot o'qituvchilari
Batafsil ma’lumot uchun:
@Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Dekabr oyida milliy sertifikat imtihonini topshiruvchilar, bu videoni ko’rmay imtihonga kirmang!
@qiziqarli_ona_tili
Dunyo oʻtkinchi.
U haqida kamroq oʻylang, qalbingizga biroz dam bering.
Tuningizni Allohni zikri bilan oʻtkazing...
Xayrli tun yaxshilar
@qiziqarli_ona_tili
#PSIXOLOGIK_TEST
🔥 SIZNI NIMA TIRILTIRADI ?
Marhamat Feniks qushlaridan o'zingizga yoqqanini tanlang va sizni nima harakatga keltirishini bilib oling!
@qiziqarli_ona_tili
Pedagog – qadim atama
Bu soʻzning ildizi qadimgi yunon tilidagi paydagogos iborasiga borib taqaladi. Bola yetaklovchi maʼnosiga ega bu atama dastlab bolaga ilk taʼlimni beruvchi va unga gʻamxoʻrlik qiluvchi qullarga nisbatan ishlatilgan. Qadimgi Afinada bola yetti yoshga yetgach, pedagog tarbiyasiga berilgan. U bolaning savodini chiqargan. Jismoniy va ruhiy xavf-xatarlardan himoya qilish ham pedagog zimmasiga yuklatilgan. Pedagog bolani maktabgacha kuzatish va olib kelish, hamisha uning yonida boʻlish majburiyatini olgan.
Pedagog soʻzi pediatr soʻzi bilan “qarindosh”. Pediatr bolalar salomatligi boʻyicha mutaxassisdir.
Pedagog soʻzi dastlab lotin tiliga, undan fransuz tiliga oʻtgan. XVIII asrda rus tiliga kirib kelgan va keyinchalik oʻzbekchaga oʻzlashgan.
Hozirgi oʻzbek tilida pedagog soʻzi pedagogika sohasi mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va oʻqitish bilan shugʻullanuvchi, shu soha boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxs, oʻqituvchini anglatadi:
Pedagogning vazifasi yuksak, murakkab va oliyjanobdir.
“Fan va turmush”.
@oriftolib
🔰Mashq
Gaplardagi kesimlarni tahlil qilib bering.
1. Botirjon, sal mazam qochdi. Boshim aylanib, ko‘zim tinyapti. (S.Ahm ad)
2. Og‘irchilikda sabr qilish - eng ulug‘ ne’mat. (M uhamm ad Zehniy)
3. Rangi quv o‘chib, yupqa lablari titrab , ko‘zIarining paxtasi chiqib ketdi. (H .Nazir)
4. Sabr shunday kuchli bir narsadirki, g‘azabni shijoatga, shiddatni halim likka, kattalikni tavoze’ga, yomonlikni yaxshilikka aylantirmaklikka quvvati yetar.
#sizga_ham_ilindik
📝
1⃣ Goʻroʻgʻli dostonidagi maqollar
2⃣ Dostondagi salbiy va ijobiy obrazlar
1.🦋 Dushmaning xas boʻlsa qoʻrq.
2. 🦚Podshohi haqiqiy- Xudoning oʻzi.
3. ☘Haq saqlasa, balo yoʻq, Haq qargasa davo yoʻq.
4. 🌿Es berganga dast berar, Dast berganga es berar.
5. 🍀Oʻzing tugʻmay ul boʻlmas, sotib olmay qul boʻlmas ekan.
6. 🌲Suv bergan savobga botar emish, dilozor tip-tikka imonsiz qotar emish.
#Xayrli_tong
✨ Orzular va maqsadlar yaqin kelajagimizda, oz qoldi…
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Payt ravishdoshi qatnashgan javobni toping?
A) Bahor kelib ariqlarda suv oqa boshladi.
B) Hayitul uydagilaridan qo’rqib testni ko’chirdi.
C) O’quvchilar ustozga egilib salom berdi.
D) Erib, sehrlanib quloq soldi uning yoniq so’ziga.
@qiziqarli_ona_tili
O'tmish... Qish... Oppoq qor va bolalik xotiralar...
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Topshiriq
Necha yilda qilmadi konglumga ishqi shiddati,
Ulcha qildi xasta jonga necha kunluk furqati.
Qofiyadosh so'zlar: ___
Raviy:____
Radif:____
Qofiya turi: _
Javoblarizni commentga yozib yuboring.
@qiziqarli_ona_tili
#Xayrli_tong
Yo'l ichida yo'llar hamisha topiladi...
Faqat manzilga qarab yurish kerak, xolos.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Sifatdosh qatnashgan javobni toping?
1.Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi.
2.Bu ovoz hali mag‘zi ilimagan dalalarga tegib
aks-sado berayotgandek tuyulardi.
3.Qoradaryo hamisha to‘lib oqqan, lekin hech
qachon bunday suvsiz bo‘lmagan.
A)1 va 2 B)2 va 3 C)2 D)1
@qiziqarli_ona_tili