qiziqarli_ona_tili | Неотсортированное

Telegram-канал qiziqarli_ona_tili - Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

6509

Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina Ona tili va adabiyot fanidan tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan ustozlar va Milliy sertifikat olishni istovchi barchani birlashtirgan kanal!!!

Подписаться на канал

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Test

..janggohlardagi urush manzarasi, urush odamlarining qiyofasi chizildi. Shuhratning qaysi asariga oid?
A) Oltin zanglamas B) Shinelli yillar
C) Jannat qidirganlar D) Mardlik afsonasi

/channel/qiziqarli_ona_tili
/channel/qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

. “Mizimta daryosi” asarining muallifini toping.
A) Jek London B) R. Thokur
C) Hamid Olimjon D) A. Oripov


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Ўқитувчилар бўйича

2024-yilda onlayn malaka oshirgan o‘rta mahsus ma'lumotli va oliy ma'lumotli mutaxassis (stajyor) o‘qituvchilarning barchasi hamda amal qilish muddati 1 yil qolgan birinchi va oliy toifali o‘qituvchilar 2025-yilga,

2024-yilda onlayn malaka oshirgan ikkinchi toifali o‘qituvchilarning barchasi va qolgan birinchi va oliy toifali o‘qituvchilar 2026-yilga reja qilinadi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

2025 йил 1 январдан бошлаб малака ошириш курслари 1 ойлик муддатга ўзгармоқда, Шунингдек педагоглар 5 йилда бир мартта малака ошириши белгиланмоқда

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Test

Ular shag'al to‘kilgan katta yo'lni kesib o‘tib, adirga tomon chiqib ketayotganda botayotgan quyoshning horg‘in nuri ro'paradagi qorli tog‘ cho'qqisini, uning tepasida uvadaday osilib turgan bulutni bir lahza qizartirdi-da, so‘ndi. Ushbu gapda qatnashgan fe’llarning nisbati to‘liq ko‘rsatilgan javobni aniqlang.
1) aniq nisbat; 2) o‘zlik nisbat;
3) majhul nisbat; 4) orttirma nisbat
A) 1, 3, 4 B) 3 , 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 4

/channel/qiziqarli_ona_tili
/channel/qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

N 3- Logotib

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

N 2- Logotib

Fikrlaringizni ham aytib o'ting 🥰

Ms: Attestatsiya so'zini ham qo'shaylikmi? Yoki yana boshqa...


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Dekabr guruhida esse yozish jarayonlari👆👆👆

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

N 1- Logotib

🪐 Kanal uchun logotib tayyorlagandim-da, qaysi birini tanlashni bilmayapman va tanlovni Siz azizlarga qoldirdim. Reaksiya va kommentlardan bilvolamiz, qaysi munosibligini

Yuqorida birinchisi
Reaksiyalarni boshlang! Go!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Qabul faqat 3 kun bo'ladi!

👏 Yopiq guruhga qo'shilganlarni tabriklayman, qaroringizdan tez orada faxrlanasiz!

Murojaat uchun faqat shunga yozing! 👇

@Madaminovna_Madina

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Azizlar! Turk tildan sifatli kurs kerak, tushdan keyin o'tiladigan bo'lsa yanayam yaxshi. Fikrlariz bo'lsa aytinglar

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Kursimizga joylar to'lmoqda!

Atigi 50ta talabgorni olamiz!
Bugunni o'zida
5ta joy band qilindi!
Bizga son emas sifat, sizning natijangiz muhim!

Bugun kuzning so'nggi kuni...
Hayotingizni o'zgartiruvchi qaror qabul qilishga ulguring!

Vaqt kutib turmaydi!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Imlo qoidalarini yodlab olish kerak ! Toifa testlari ham Milliy sertifikat testlarida ham aynan shu qoidalar ichidan savollar tuziladi .

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

G‘azalning umumiy mazmun-ma'nosi
Mazkur g‘azal ishqiy mavzuda, vasf xarakterida bo‘lib, unda poetik lavha yaratish bilan bog‘liq xususiyatlar yetakchilik qiladi, boshqacha qilib aytganda, g‘azalda yor tavsifi uchun tabiat hodisalarining muayyan holati tamsil qilib olingan. Bir qarashda samoviy jismlar tasviri yetakchilik qilganday tasavvur qoldiradigan ushbu g‘azalda shoir o‘z muddaosi bayoni uchun samoviy jismlar (Quyosh, Mushtariy, yulduzlar) holati tasviridan badiiy fon sifatida foydalanadi. G‘azal matla'sida yor yuzining go‘zalligidan oshiqlarda unga intilish hosil qiladigan holat Quyoshning Mushtariy sayyorasi bilan yaqinlashuviga muqoyasa qilingan va shoir “yuz” so‘zi bilan bog‘liq holda ajoyib tashbeh yaratgan: biri yorning yuzi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi yuzta Mushtariy bilan aloqador. Baytning umumiy ma'nosi: Ul pari yuzi atrofida qiron (uning yuzini ko‘rishga intilayotganlar bilan) zohir etyaptimi yoki quyosh bilan yuz Mushtariy orasida qiron (to‘qnashuv) sodir bo‘ldimi? Baytning ikkinchi misrasida iyhom (ikki xil ma'nodan foydalanish) san'ati mavjud. Undagi birinchi ma'nodan anglashiladigan fikr ilmi nujum (astronomiya) bilan bog‘liq: unga ko‘ra, ikki sayyora bir burj ostida to‘qnashgan vaqt qiron sodir bo‘ladi va bu paytda tavallud topgan shaxs qiron sohibi sifatida go‘zal taqdirga ega bo‘ladi yoki shu vaqt boshlangan muayyan ish yoki hodisa xayrli yakun topadi. Bu o‘rinda Quyosh va Mushtariy sayyorasi orasidagi yaqinlashuvga ishora bor. Ikkinchi ma'no: yoki Quyosh (yor) bilan Mushtariy (xaridorlar) orasida yaqinlashuv sodir bo‘ldimi, boshqacha aytganda yuzta mushtariy (xaridor) quyosh yuzli yor jamoliga intildilarmi? Demak, bu o‘rinda Mushtariy sayyorasining tanlanishi tasodifiy bo‘lmasdan, uning “xaridor”, “talabgor” ma'nolarini ham anglatib kelishiga ishora qilingan, “yuz Mushtariy” birikmasi shu ma'no bilan bog‘liq holda “yuz xaridor” (oshiq) mafhumini bildiradi.
Keyingi bayt bevosita shu fikrni yanada to‘ldiradi va rivojlantiradi. Unda go‘zal poetik lavha chizilganligiga guvoh bo‘lamiz: falakdagi yulduzlar osmon malikasi – Quyosh jilva aylab, o‘z husnini namo­yish qilganda, uni tomosha qilish uchun aylana atrofida birlashadilar. Uchinchi baytda she'rning lirik qahramoni, ya'ni oshiq ham yor husniga talabgor sifatida shu bahonada o‘z jonining rishtasiga ko‘z yoshlaridan gavharlar terib, tomoshaga otlanadi. Keyingi baytlarda yor go‘zalligi tasviri osmonu falakdan gulshanga ko‘chiriladi: oshiqning fikricha, gul yuzidagi tomchilar bu shabnam emas, balki yor yuzining go‘zalligidan xijolat chekkan gulning yuzidagi ter tomchilari; lolazordagi shabnamning go‘zalligi yor yuzi atrofidagi durlar bezagidan ortiq emas.
Maqta'dan oldingi baytda an'anaviy navoiyyona uslub yetakchilik qiladi: yor tasviri yetakchilik qilayotgan g‘azal “mav'iza” (pand-nasihat) ruhidagi bayt bilan ziynatlantiriladi, ya'ni Navoiy baytda sanamlar sarvari, u orqali esa barcha zamondoshlariga nasihat qilib, o‘tkinchi go‘zallik, hoyu havasga berilmaslikni, balki pandu hikmatni maqsad bilib, unga quloq tutib yashash zarurligini uqtiradi. Shoir yor yuzi vasfida har tomonga sochilgan ma'nolar durini bir-biriga yaqinlashtirish uchun nazm safi bilan qiron aylaganini aytib, g‘azalni yakunlaydi.
G‘azalda qo‘llanilgan tamsil (birinchi misrada aytilgan fikrga ikkinchi misrada misol keltirish), tajohuli orif (bilib-bilmaslikka olish), tashbeh (o‘xshatish) san'atlari shoir g‘oyaviy niyatini amalga oshirishga xizmat qildirilgan. E'tibor qaratilsa, odatda, Navoiy g‘azallarida maqsad qilingan fikrning bayoni uchun muayyan bir shakl yoki tasvir vositasi asos qilib olinadi. Yuqoridagi g‘azalda shoir aylana yoki doira shaklini o‘z tasvir ob'ekti uchun yetakchi vosita qilib olganligini kuzatish mumkin. G‘azalda ushbu shaklga ega timsollarni sanasak, quyidagi manzara hosil bo‘ladi: yuz, Quyosh, Mushtariy, halqa, gavhar, ashk, dur, jola va h.k. Ularning barchasi tavsifiy xarakterdagi ushbu g‘azalda yor go‘zalligini ochib berish jarayonida muayyan badiiy funksiyani bajargan.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

“Navodir ush-shabob”, 591-g‘azal
Yuzi davrinda qironmu zohir etmish ul pari,
Yo quyosh birla qiron aylabturur yuz Mushtari.

Yo‘qsa anjum halqa urdilar tamosho qilg‘ali,
Jilvai husn aylaganda oftobi xovari.

Bu bahona birla ruxsorig‘a yetkaymenmu deb,
Rishtai jonim aro tortildi ashkim gavhari.

Gul uza shabnam emas ul yuzda dur monandikim,
Infiolidin botibtur terga gul bargi tari.

Jolalarning lolazor ichra yo‘q oncha zebikim,
Lolagun ruxsoring atrofida durlar zevari.

Dur bila faxr etmakim, ul besh emas bir qatra su,
Pand durrig‘a quloq sol, ey sanamlar sarvari.

Yuzi vasfida Navoiy dog‘i aylabtur qiron,
Nazm silkigaki chekmish durri ma'ni har sari.

LUG‘AT
1.Qiron – 1) yaqinlashish, intilish 2) ikki sayyoraning bir burjda to‘qnashuvi, yaqinlashuvi;
2.Mushtariy – Yupiter sayyorasi
3.Anjum – yulduzlar 4.Oftobi xovariy – quyosh, sharq quyoshi
5.Infiol – hayajonlanish, uyalish, xijolat tortish 6.Jola – do‘l, do‘l donalari; bu o‘rinda shabnam, shudring.
7.Besh – ko‘p, ortiq 8.Nazm silki – she'r tizmalari


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

N 5- Logotip

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

2024-yilda oflayn malaka oshirgan o‘rta mahsus ma'lumotli va oliy ma'lumotli mutaxassis (stajyor) o‘qituvchilarning barchasi 2027-yilga,

ikkinchi va birinchi toifali o‘qituvchilar 2028-yilga,

oliy toifali va toifasini umrbotga saqlab (ikkinchi, birinchi, oliy) 2024-yilda onlayn va oflayn malaka oshirgan barcha o‘qituvchilar 2029-yilga reja qilinadi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Rahbarlar (direktor, o‘rinbosarlar, psixolog) va maktab kutubxonachilar

lavozimdagi staji 4 yilgacha bo‘lsa 2025-yilga,
lavozimdagi staji 6 yilgacha bo‘lsa 2026-yilga,
lavozimdagi staji 8 yilgacha bo‘lsa 2027-yilga,
lavozimdagi staji 10 yilgacha bo‘lsa 2028-yilga,
lavozimdagi staji 10 yildan oshiq bo‘lsa 2029-yilga reja qilinadi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

N 4- Logotib

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

/channel/milliy_sertifikat_biz_bilan

Kanalning muhokama qismiga qo'shilib oling, bir-biringiz bilan muhokama qilib, test ishlaysiz 🥰


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Shuni bilginki, uztozingdan eshitmagan
o‘gitlarni kitobdan bilib olishing mumkin.
Ushbu qo‘shma gapda nechta so‘z birikmasi
qatnashgan?
A) 7ta B) 6ta C) 5ta D) 4ta


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Uzr so'rayman

Barcha logotiblarimda ona tilini chiziqcha bilan yozibman, logotib tanlangach to'g'irlayman 😌


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Qaysi javobda tarkibida jarangsiz til oldi
undosh(lar)i ishtirok etgan yasama narsa otlari
berilgan?
A)qisqich, taroq, o‘chirg‘ich
B)yurtdosh, tilshunos, quroldosh
C) go‘sht, pichoq, qoshiq
D) guldon, elak, kiyim


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Azizlarim, yordamingiz kerak

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Хайрли_тонг

Дунёни борича қабул қилсангиз, шундагина яшаш осонроқ бўлади...
Қўлингиздан келган нарсани ўзгартиринг. Ўзгартириш қўлингиздан келмайдиганлари учун сабр қилинг...

Доимо яхши ниятда бўлинг, зеро ниятингизни гапирмасангиз-да эшитадиган Зот бор!

Хайрли тонг меҳрибоним. Кунингиз завқ-шавққа тўла бўлсин! Ўзингизни эҳтиёт қилинг!

@qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

No coment

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

QABUL BOSHLANDI!

💁‍♀ Bahorgi attestatsiya uchun kursdan joyingizni band qiling!

Darslar:
✅ Dushanba
✅ Chorshanba
✅ Juma
✅ Yakshanba
Kunlari bo'lib o'tadi!

Kursga start 👉 16-dekabr
Qachongacha: 🤗 Attestatsiyaga topshirguningizcha!

Darslarni kim olib boradi:
— oliy toifali
— milliy sertifikat egasi
— tajribali pedagog
Madina Rajapova Madaminovna!

Kurs narxi oyiga: 250 ming
✅ 150 ming

Murojaat uchun: @Madina_Madaminovna

✈️ Shoshiling! Joylar kam qoldi!

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Umuman olganda, ushbu g‘azal yor go‘zalligi tasviri hamda tabiat va osmon hodisalari parallelizmidan iborat bo‘lib, kitobxonning badiiy tafakkurini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

1. Ul pari yuzi atrofida qiron zohir etyaptimi yoki quyosh bilan yuz Mushtariy orasida qiron (to‘qnashuv) sodir bo‘ldimi?
2. Yoki sharq quyoshi, ya'ni yor o‘z husni bilan jilva qilganda yulduzlar uni tomosha qilish uchun halqa, ya'ni doira hosil qildilarmi?
3. Shu bahona men ham uning ruxsoridan bebahra qolmay deb, jonimning ipi uzra ko‘z yoshlarim gavharini tizdim.
4. Gul ustidagi durga o‘xshash tomchilarni shabnam deb o‘ylamang, ular gul bargining (yor jamolidan) xijolat tortib, terga botgani oqibatida paydo bo‘lgan tomchilardir.
5. Lolazordagi shabnamning go‘zalligi loladek yuzing atrofida paydo bo‘lgan durlar bezagidan ortiq emas.
6. Ey sanamlar sarvari, sen bu qimmatbaho dur bilan faxr etma, u aslida bir qatra suvdan ortiq emas, undan ko‘ra pand-nasihat duriga quloq solgin!
7. Navoiy ham yor yuzi vasfida har tomonga sochilgan ma'nolar durini bir-biriga yaqinlashtirish uchun nazm safi bilan qiron ayladi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

QABUL BOSHLANDI!

💁‍♀ Bahorgi attestatsiya uchun kursdan joyingizni band qiling!

Darslar:
✅ Dushanba
✅ Chorshanba
✅ Juma
✅ Yakshanba
Kunlari bo'lib o'tadi!

Kursga start 👉 16-dekabr
Qachongacha: 🤗 Attestatsiyaga topshirguningizcha!

Darslarni kim olib boradi:
— oliy toifali
— milliy sertifikat egasi
— tajribali pedagog
Madina Rajapova Madaminovna!

Kurs narxi oyiga: 250 ming
✅ 150 ming

Murojaat uchun: @Madina_Madaminovna

✈️ Shoshiling! Joylar kam qoldi!

Читать полностью…
Подписаться на канал