🔠🅰️🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠
🧾 Ushbu to'plamdagi testlar Milliy sertifikat va OTM imtihonlarida tushgan testlar darajasiga juda yaqin bo'lib nashrdan chiqdi.
📕 Ona tili fanini endi boshlagan abituriyentlar uchun juda qo'l keladi. Chunki har bir bo'limdan alohida savollar tuzilgan.
🔹 Shuningdek, kitobda o'tilgan mavzularni takrorlash maqsadida 30-talik umumiy takrorlash testlari ham mavjud.
📝 Hatto, test to‘plamidagi topshiriqlarning shakli hamda harflar shrifti BMBA andozasida tayyorlandi.
❓ Kitob qanday testlardan iborat?
✅️ Orfografik va leksik-semantik topshiriqlar
✅️ Grammatik va uslubiy topshiriqlar
✅️ Ilmiyommabop, rasmiy va badiiy matnlar
✅️ Diagrammali testlar
✅️ Infografikali testlar
✅️ Darajali va sxematik testlar
📕 Kitobdan namuna
• Bog'lanish uchun:
📨 @unfluer; @unfluer1
📞 +998970204222
+998932477508
Ilmiy qiyoslashlar
Sizlarga qiziq bòlsa yana davomini ham tashlaymiz buning uchun siz reaksiyalar orqali fikrlaringizni bildiring
Assalomu alaykum qalbga yaqin qalbdoshlarim🥰
Tongni qanday qarshi olsangiz,butun kun mobaynida xuddi shu energiya ta'sirida bo'lasiz!
Tongingiz shukronalarga, baxtga,muhabbatga to'la bo'lsin.
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🎲 “Imlo bo'yicha test”
Chiziqcha bilan yoziladigan so'zlar imlosi testi
🖊 15 ta savol · ⏱ 10 soniya
Kanalga admin olindi! Qiziqqan hammaga rahmat! 1oy sinov bo'ladi o'tsalar doimiy oilamiz a'zosi bo'lib qoladi
@qiziqarli_ona_tili
"GAROV" hikoyasi
A. Chexov
1. Asar voqealari kuzda bo'ladi.
2. Keksa bankir 15 yil oldingi voqeani eslaydi.
3. Ziyofatda gap o'lim jazosi haqida bordi.
4. Bankir o'lim jazosini umrbod qamoqdan afzal koʻradi.
5. Huquqshunos 25 yoshda edi. U qamoq jazosini afzal biladi.
6. Bankir 2 mln so'mga 15 yil qamoq uchun garov bog'laydi.
7. Men - badavlat odamning injiqligini namoyish etdim, yurist esa pulga oʻchligini... deydi Bankir.
8. Yurist qamoqda 1870-yil 14-noyabr soat 12:00 dan 1885-yil 14-noyabr 12:00 gacha turishi kerak.
9. Qamoqni bankir bogʻidagi hujrada o'tkazadi.
10. Vino, yozgan edi u, istaklaringni qoʻzgʻatadi, istaklar esa tutqunning birlamchi dushmanlaridir; qolaversa, yaxshi vino ichsang-u hech kimni koʻra olmasang, bundan yomoni yoʻq. Tamakini esa xona havosini bulg'aydi, deb rad qilibdi.
11. To'rt yil mobaynida uning talabi bo'yicha qariyb olti yuz tom kitobni kiritib berdilar.
12. Yurist 6 tilni o'rgandi.
13. Injilni 1 yil davomida mutolaa qildi.
14. Bayron va Shekspir asarlarini oʻqidi.
15. Uning mutolaasi, go'yo dengizda cho'kkan kemalarning bo'laklari orasida suzib yurgan va oʻz hayotini saqlab qolmoq uchun, hali u hali bu boʻlakka tarmashayotgan kimsani eslatardi!
16. Bankir huquqshunosni o'ldirishga qaror qildi. Uni o'ldirishda esa qorovul shubha ostiga olinardi.
17. Huquqshunosning hayotini kitoblar o'zgartiradi.
18. Huquqshunos qamoqni aytilgan vaqtdan 5 soat oldin tark etadi.
19. Hikoya 1888-yilda yozilgan.
@qiziqarli_ona_tili
Biz bilan rivojlanishni istovchilar uchun imkoniyat🔥:
Kanalga admin olaman!
Zarur:❗️
Mas'uliyat
Intiluvchanlik
Imloviy savodxonlik
sohaga yaqin
Vazifa:❗️
Kanal yuritish, quizlar tashkil qilish, reklamalar joylash uchun.
Rag'bat:❗️
Milliy sertifikat va Attestatsiya guruhlarimizda rivojlanish yoki mablag' (faoliyatingizga qarab) .
Biroz muddat sinovdan o'tasizlar.
Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum hammaga!
Mana noyabr imtihonini ham o'tkazib oldik.
Dekabrda topshiruvchilar uchun guruhimiz bor.
Darslar haftada 5 kun:
Dushanba: g‘azal tahlili✅
Seshanba: she'riy san'atlar✅
Chorshanba: matn tahlili✅
Payshanba: grammatika✅
Juma: badiiy asarlar ✅
Bu hafta she'riy san'atlarni tugatib, diagnostik testga o‘tamiz🥳🥳
Esse darslarini ham boshlaymiz🔥
Darslar kechki 21:00 da bo'ladi.
Kurs narxi: 130 ming. Imtihongacha bir martalik to'lov 250 ming.
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
Shoshiling, joylar soni chegaralangan❗️
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum ustoz yaxshimisiz
Bugun maktabdagi ustozlarimga va o'quvchlarga sertifikat olganligimni aytdim. Ba'zilar havas va hayrat koʻzi bilan ba'zilar esa hasad ko'zi bilan boqishdi.
Qanday natija olganimizdan qati nazar barchasiga ustozlarimiz mehnati ortidan yetishdik. Biz xuddiki bir daraxt edik, ustozlarimiz bizga shakl berib chiroyli parvarish etdilar, ilm buloģi bilan suģordilar. Òzimiz esa beboshlik qilib ba'zi vazifalarni bajarmaganmiz, e'tiborsizlik qilganmiz (oilaviy hayotdan ortmaganmiz, ba'zan).
Hammamiz Madina va Durdona ustozdan minnatdormiz. Ilohim ilmingiz bundanda ziyoda bòlsin. Olloh jannatlarda yuzingizni kòrishlikni nasib etsin. Bundanda yuqori natijalar olib sizlarni xursand etaylik Insha Allah
Tekshirmoqchi bòlganlar uchun yuqoridagi testni javoblari
28D
29C
30A
31C
32B
@qiziqarli_ona_tili
Ajratilgan har uchala so'z bilan ma'nodoshlik hosil qila oladigan so'zni toping.
1. Kosaning labi sinibdi.
2. Yolg'on gapga aldanma.
3. Chanada rohat qilib sirpandi.
@qiziqarli_ona_tili
ZERO, ZEROKI, ZOTAN
Ushbu vositalardan foydalanishda ko‘pchilikda tinish belgilarini (vergul)qo'llashda ikkilanadi.
Xo'sh, bu so‘zlardan keyin vergul qo‘yiladimi yoki yo‘q?
ZERO ( chunki, negaki) ergashtiruvchi bog‘lovchisi.
Ushbu bog‘lovchidan keyin, asosan, vergul qo‘yiladi:
Zero, xalq shunday bir daryoyi azimki, u toshsa, uning mavjidan na shohning qasri, na darveshning kulbasi qolur. "Navoiy" romani. Oybek.
ZЕROKI (negaki, chunki) ergashtiruvchi bog‘lovchi.
Ushbu bog‘lovchidan keyin ham, asosan, vergul qo'yiladi:
...Zeroki, dunyodagi eng yaqin kishisi unga « ket! » amrini bergan edi. A.Qodiriy. O‘tgan kunlar.
ZOTAN (arabcha, tabiatan,aslida) zoti, jinsi,nasliga ko‘ra;aslan.
Ushbu ma'noda u mustaqil so‘z:
Onam zotan xotin, yorim ham xotin, singlim ham,- qizim ham ularga jinsdosh.G‘.G‘ulom.
2.kirish so‘z. Aslini olganda, aslida. Ushbu holatda esa bu so‘zdan keyin ( gap o‘rtasida kelsa, har ikkala tarafdan) vergul qo'yiladi:
Zotan, har narsaning, Har kimning o‘z xudosi bor.
"Hellados" hikoyasi
1. Muallif:Nodar Dumbadze.
2. Yanguli — suxumilik grek Xrista Aleksandridining o‘g‘li. Cho‘pday ozg‘in, yelkalari turtib chiqqan, qirraburun, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari uzunligidan tizzasiga tushib turadigan o‘n to‘rt yoshli bu bola yon-atrofdagi tengqurlari uchun naqd azroilning o‘zi edi.
3. Mushtlashishda hech kim unga bas kelolmasdi. Ana-mana deguncha birvarakayiga ikki-uch bolani yerga chalpak qilib qo‘yaverardi. Mushukday chaqqon, qayishday chayir bola edi u. Qishin-yozin oldi ochiq qora satin ko‘ylak kiyib yurardi.
4. Yanguli otasi bilan Venetsian ko‘chasida, Chalbash daryosining bo‘yida yashardi.
5. Onasini eslolmaydi — chaqaloqligidayoq yetim qolgan. Ota-bolaning bor-yo‘q davlati bir parcha tomorqa, bittagina sigir va eshakdan iborat. Oshko‘k, sut-qatiq sotib kun ko‘rishadi.
6. Yanguli hech qaerda o‘qimasdi. Otasining yumushlariga qarashar, ahyon-ahyon eshakda qo‘shnilarga sut-qatiq tarqatar edi. O‘ziga o‘zi in’om etgan bor vaqtini u ko‘chada o‘tkazardi. Temiryo‘l kesib o‘tiladigan joyda maktabdan qaytadigan bolalarni poylab turar, bittama-bitta ularning cho‘ntaklarini timirskilab, tamakimi, sariq chaqami, soat zanjirimi yoxud rangli qalammi — nimaiki bo‘lsa, barini ship-shiydon qilib olib qo‘yar edi. Ertasiga esa o‘sha narsalarni yana o‘sha bolalarning o‘ziga arzonroqqa pullar, so‘ng tushgan aqchaga ular bilan qimor o‘ynab, noshud sheriklarining bor-budini obdon shilardi-da, cho‘ntaklarini qappaytirib uyiga qaytardi.
7. Jamol va Yangulining tanishuvi o‘ttiz sakkizinchi yilning kuzlarida boshlangan.
8. Jamolning xolasi Nina xola.
9. Jamol Tbilisidan kelgan edi.
10. Suxumiga nomi ketgan musiqa muallimi Yelena Mixaylovna Navrodskaya.
11. Jamol Betxovenning «Surka»sini chalib beradi.
12. Jamol 6 yoshidan musiqaga qatnar edi.
13. Jamol hikoyada 13 yoshida tasvirlangan.
14. Jamol o'qiydigan 13-maktab temir yoʻl yoqasida edi.
15. Yangulining odatiy mashg‘uloti — atrofiga o‘rtoqlarini yig‘volib, oshiq tashlash yoki qimor o‘ynash.
16. Jamol Yelenaning baliqlariga non va pishloq berib zaharlaydi. Shuning uchun tayyorlovdan haydaladi.
17. Yangulining o'ng qo'li Petya.
18. Jamolning onasi Aniko.
19. Koka Jamoldan 2 yosh kichik.
20. Yangulining chap to‘shining ustiga ko‘kish rangda naqshlangan lotin harflaridagi yozuv. Hellados.
21. vatan va qabila xoini, mishiqi Koka.
22. Yanguli va Jamol yarim yil so'kinib yurdi.
23. Mida — bir axbaz kishiga turmushga chiqqan grek ayolining qizi ekanini, Suxumida undan go‘zal qiz yo‘qligini, Yanguli uni yaxshi ko‘radi.
23. Apollon. Yangulining eshagi. Elladaga qaytishdan oldin uni Jamolga berib ketadi.
24. Poseydon. Kema nomi. Greklar shu kemada ketadi.
25. Yangulining o'ligi Kelasuri daryosidan topiladi.
26. Asarni o'zbek tiliga Nizom Komil tarjima qilgan.
@qiziqarli_ona_tili
Dekabr oyida bo'ladigan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanmoqchi bo'lgan ustoz va abituriyentlar shoshiling, joylar soni cheklangan. Boshqa guruh ochilmaydi. Darslar milliy sertifikatga ega bo‘lgan, ko'plab natijalarga erishgan tajribali ustozlar:@Madaminovna_Madina ( birinchi imtihondayoq 83.6%, toifali tajribali pedagog) va @Begimqulova_Durdona(99.58%)
Dars haftada 5⃣ kunlik dars.
Talablar👱♀️↕️
✅Grammatikani tugatgan o‘quvchilar, abituriyentlar, talabalar va o‘qituvchilar qabul qilinadi;
✅Darslarga qat'iy qatnashish;
✅Vafizalarni vaqtida bajarib borish.
Afzalliklari👀
✅Badiiy va ilmiy matn
✅She'riy san'atlar
✅Badiiy asarlar
✅G‘azal tahlili
✅Esse yozish ko‘nikmasi
✅Diagnostik testlar
🤩🤩🤩
🩵🩵🩵qat'iy💯🛍 o'tiladi va vazifalar talab qilinadi🔥🔥
Yuqorida onlayn kursdagi natijalarni ko'rishingiz mumkin✅👆
Qo‘shimcha savollar va murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
Siz oʻrgatgan boʻyicha yozgandim Olloh bundan keyingi ishlaringizda ham rivoj bersin yana bir bor kattakon rahmat
Читать полностью…Assalomu alaykum ustoz, yaxshimisiz? Ustoz, va nihoyat men ham sertifikat oldim. Bergan bilimlaringizga rozi boʻling! Bundanda yuksak martabalarga erishish nasib qilsin, ilohim.
Читать полностью…