Aziz ustozjonlar, talab va takliflarga binoan bizda yangi kursga start berilmoqda.
BAHORGI ATTESTATSIYA KURSIga qabul
boshlanganini ma'lum qilamiz.
Kurs kimlar uchun?
✅ Attestatsiyada qatnashib, o'z toifasini oshirmoqchi bo'lgan ona tili va adabiyot, o'zbek tili hamda boshlang'ich ta'lim ustozlariga;
✅ Attestatsiyada qatnashib 86 dan yuqori ballni to'plamoqchi va 70% ustama (kelasi yildan shunday tizim yo'lga qo'yilishi kutilmoqda!) olishga ahd qilgan ustozlarga.
Darslar qachon va qay tartibda o'tkaziladi?
Dushanba : Adabiyot darsi
📚 Har bir sinf darsliklari birma-bir tahlil qilinadi, shuningdek, she'riy san'atlar va g'azal tahlili ham o'rgatiladi.
Chorshanba : Grammatika darslari
👩🏫 Ona tili grammatikasi to'liq 0 dan o'rgatib boriladi.
Juma : Pegagogika va kasb mahorati bo'yicha quiz testlar
👩🏫 Eng sara va hali hech qaysi kanalda berilmagan sifatli testlar ishlanadi.
Yakshanba : Attestatsiya qolipidagi diagnostik testlar.
🕊 Har hafta oxirida diagnostik test olinadi. Har bir test tahlil qilib beriladi.
Har bir yo'nalish bo'yicha quiz testlar o'tkaziladi, xato va kamchiliklaringiz bartaraf etiladi.
Darslar qachondan boshlanadi va qancha davom etadi?
⭐️ Darslar 1⃣6⃣ dekabrdan boshlanadi hamda toki attestatsiya topshirishingizga qadar davom etadi.
Darslar sizga qulay bo'lgan kechki vaqtda o'tkaziladi. (Guruh bilan kelishiladi.)
Darslarni o'zi kim olib boradi?
📌 Darslar oliy toifali tajribali pedagog @Madaminovna_Madina tomonidan jonli videochat, audiochat ko'rinishida olib boriladi.
Shuuuuncha maqtagan kursning narxiyam qimmatdir-a?
👍 Bu qimmatli bilimlarning barchasiga oyiga atigi 150.000 so'm to'laysiz, xolos.
Sizga qiziqmi, unda vaqt o'tkazmasdan biz bilan bog'laning. Chunki joylar soni cheklangan. O'z joyingizni band qiling.
MAQSAD SARI BIZ BILAN BIRGA BORING!
Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
Javoblarni tashlaveringizlar kechgacha
Keyin tòĝri javoblarni tashlaymiz
@qiziqarli_ona_tili
⚡️ Ҳаммасига вақт топади Муаллимлар!
Ишдан келиб сигир соғар кўрғонида,
Овқати ҳам қайнаб турар қозонида,
Ховлисини супуради озонида,
Ҳаммасига вақт топади қилиб жазим,
Муаллима устозларим сизга таъзим.
Дарсдан ортиб чопиқ қилар ерларини,
Артишга вақт йўқ ,манглайда терларини,
Усти бошин кир килмайди эрларини,
Ҳаммасига улгуради қилиб жазим,
Муаллима устозларим сизга таъзим.
Оч қўймайди товуқ ,ўрдак ,каптарларин,
Ора сира йўқлаб қўйар сингилларин,
Ярим тунда текширади дафтарларин,
Ҳаммасига вақт топади қилиб жазим,
Муаллима устозларим сизга таъзим.
Юмушлардан ортиб ҳуснин тузатади,
Балаларин боғчасига кузатади,
Ўғил уйлаб ,қизларини узатади,
Ҳаммасига улгуради, қилиб жазим,
Муаллима устозларим сизга таъзим.
Семинарлар ўтказади мактабида,
Эзгу ишлар ёзилган ул, матлабида,
Табассум ҳам аримайди гул лабида,
Ҳаммасига вақт ,қилиб жазим,
Муаллима устозларим сизга таъзим.
Гул баргида ялтираган шона улар,
Калби куёш, кўнгли заррин дона улар,
Улар сингил ,улар опа ,она улар,
Улар буюк азизлар бир солинг разм,
Муаллима устозларим сизга таъзим.
© ХУРШИД КАРИМ
@qiziqarli_ona_tili
O'zbek tilida qo'llaniladigan 10 ta tinish belgisi bor:
1. Nuqta
2. Vergul
3. So'roq
4. Undov
5. Ikki nuqta
6. Nuqtali vergul
7. Tire
8. Qavs
9. Qo'shtirnoq
10. Ko'p nuqta
Bu esa yuqoridagi savollar tuzilgan manba.
Agar sizlar uchun foydali bo'lgan bo'lsa, reaksiya bosish esingizdan chiqmasin!
Bu biz uchun katta motivatsiya bo'ladi.
@qiziqarli_ona_tili
Tashkilot, korxona,muassasa nomlari imlosi bo'yicha viktorina savollari.
Eslab qoling, sizga juda ko'p foydasi tegadi!
@qiziqarli_ona_tili
📚 SHE'RIY SAN'ATLAR
👉 TAZOD - zidlanish
👉 TALMEH- baytda tarixiy shaxs,
voqealarni keltirib o'tish
👉 TAJNIS- baytda shakldosh so'zlardan foydalanish
👉 TASHXIS- shaxslantirish
👉 TANOSUB - uyadosh (ma'nosi
yaqin) so'zlarni qo'llash
👉 TAJOHUL ORIF - bilib bilmaslikka olish
👉 TASHBEH - o'xshatish
👉 TARSE' - ikki misraning har bir so'zi qofiyadosh bo'lishi
👉 TASDIR - baytni boshlagan so'z baytning oxirida takrorlanishi
👉 TASBE- birinchi misrani tugatgan so'z ikkinchi misraning boshida kelishi
👉 TAKRIR - so'zni takrorlash
👉 TARDI AKS - teskari qilib takrorlash
👉 TAZMIN - san'atkor yaratgan
asarni boshqa shoir o'zgartirish kiritib yozishi
👉 TAMSIL - misol keltirib yozish
👉 HUSNI TA'LIL - fikrni chioyli
dalillash
👉 INTOQ - jonsiz narsalarning
gapirishi
👉 IRSOLI MASAL - xalq
maqollaridan foydalanish
👉 ISHTIQOQ - asosdosh so'zlardan foydalanish
👉 ISTIORA - ikki narsa orasidagi
o'xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqi o'xshatish vositasi va sababi qo'llanmaydi.
👉 IYHOM - bir so'zda ikki xil
ma'noning berilishi
👉 Mubolag'a - haddan ziyod
bo'rttirish
👉 LITOTA - mubolag'aning
teskarisi
👉 ALTERATSIYA - bir xil
tovushlar vositasida ohangdorlikni kuchaytirish
👉 ANAFORA - misralar boshida bir
so'zning aynan takrorlanishi
👉SA'J - gapdagi ayrim
bo'laklarning qofiyalanishi
👉 ILTIZOM - bir so'zni ketma- ket
kelgan misralarda takrorlash
@qiziqarli_ona_tili
#Хаyrli_tong!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!
Tongingiz xayrli bo‘lsin, qadrdon!
Tiriklik bu — imkoniyat!..
Xush kelibsiz, bugungi imkoniyatga!..
Erta tongdan labida tabassum bilan bir-biridan mamnun holda uyqudan uyg‘onganlarga, bugungi kuningiz xursandchiliklarga boy bo'lsin.
😊 Tabassum qiling ,sizga yarashadi.
Tongni biz bilan kutib oling.
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum azizlarim! Kanallarda bo'layotgan tortishuvlar, bahslarning sizlarga hech qanday aloqasi bo'lmasin. Siz bilib bilmay qo'shilib kimnidir yomonlasangiz ham yaxshilasangiz ham hech qanday foydasi bo'lmaydi siz uchun. Shu sababdan o'z ustingizda ishlang, rivojlaning, hammasini Allohimga havola qiling! Imtihonga oz qolyapti... Hammasi o'z qo'lingizda😊
@qiziqarli_ona_tili
#xayrli_tong!
Uyg‘ondingizmi, demak, yashash uchun, sevish uchun, xursand bo‘lish uchun, kimgadir yordam berish uchun imkon berilibdi.
Alhamdulillah.
Assalomu alaykum, nurli yuzlarim!
#tongni_biz_bilan kutib oling
@qiziqarli_ona_tili
Nuqta quyidagi o'rinlarda qo'llaniladi:
1⃣ His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplardan keyin.
✅ Milliy kiyimlar namoyishi yig'ilganlarga manzur bo'ldi.
✅ Farzandlarimiz doimo sog' bo'lsin.
2⃣ Atov gaplardan keyin.
✅ Ilk bahor. Daraxtlar kurtak yoza boshlagan.
3⃣ Ismi, otasining ismi ( ba'zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so'ng.
✅ M. Behbudiy, A. Cho'lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir.
4⃣ Nashriyot ishlarida, lug'at va ma'lumotnomalarda shartli ravidhda qisqartirilgan ayrim so'zlarning birinchi harfi yoki bo'g'inidan so'ng.
✅ va sh.k. (va shu kabilar); A.Q. (Abdulla Qodiriy) ; 2024-y.
5⃣ Qo'shma gapning birinchi qismidan so'ng kuchli to'xtam bo'lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog'lanmagan qo'shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo,lekin,biroq, chunki,shuning uchun bog'lovchi bilan bog'lanishi mumkin.
✅ Bobodehqon yerga baraka urug'ini ekish bilan band. Chunki dalalarda ish qizg'in.
6⃣ Ba'zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so'ng ham nuqta qo'yiladi.
✅ 25.11.2024.
7⃣ Butunning qismlarini sanash uchun qo'llanilgan arab raqamlaridan so'ng ham nuqta ishlatilishi mumkin.
✅ Tovushlar quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.
8⃣ Hisob-kitob ishlarida yozuvda nuqta belgisidan ko'paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi.
✅ 2•2=4(ikki karra ikki to'rt).
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum hammaga!
Shoshiling dekabr 1 oylik guruhimiz ertadan boshlanadi✅
Dars jadvali.
Seshanba: diagnostik test
Chorshanba: esse
Juma: test
Shanba: esse
Yakshanba: test
Har bir esse tashqi ekspert bo'lib ishlayotgan ustoz tomonidan BBA tartibida tekshirib beriladi.
Imtihongacha bir martalik to'lov: 150 ming
Shoshiling, joylar soni cheklangan❗️
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
#Хаyrli_tong!
💐 Tonglar bor ekan, fursat bor-Uyg‘on!
Hayot bor ekan, lahza bor -Yasha!
Ko‘ngil bor ekan, muhabbat bor -Sev!
Fikring bor ekan, fikrdosh bor- Do‘st bo‘l!
Moʻjiza bor ekan, hayrat bor- Sez!
Imkon bor ekan, umid bor- Orzu qil!
Orzu va maqsadlaringiz uchun kurashing, ENG og‘ir paytda ham kuchli ekaningizni unutmang!
Assalomu alaykum, yaxshilar!
#tongni_biz_bilan kutib oling
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum hammaga!
Shoshiling dekabr 1 oylik guruhimiz ertadan boshlanadi✅
Dars jadvali.
Seshanba: diagnostik test
Chorshanba: esse
Juma: test
Shanba: esse
Yakshanba: test
Har bir esse tashqi ekspert bo'lib ishlayotgan ustoz tomonidan BBA tartibida tekshirib beriladi.
Imtihongacha bir martalik to'lov: 150 ming
Shoshiling, joylar soni cheklangan❗️
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum hammaga!
Shoshiling dekabr 1 oylik guruhimiz ertadan boshlanadi✅
Dars jadvali.
Seshanba: diagnostik test
Chorshanba: esse
Juma: test
Shanba: esse
Yakshanba: test
Har bir esse tashqi ekspert bo'lib ishlayotgan ustoz tomonidan BBA tartibida tekshirib beriladi.
Imtihongacha bir martalik to'lov: 150 ming
Shoshiling, joylar soni cheklangan❗️
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili