qiziqarli_ona_tili | Неотсортированное

Telegram-канал qiziqarli_ona_tili - Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

6509

Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina Ona tili va adabiyot fanidan tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan ustozlar va Milliy sertifikat olishni istovchi barchani birlashtirgan kanal!!!

Подписаться на канал

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Sohalar bo'yicha kontrakt miqdorlari.

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🇺🇿ABBREVIATURA🇺🇿

🔰Abbreviaturalar - Qisqartma otlar, murakkab nomlarning ikkinchi nomi hisoblanib, ot so'z turkumida uchraydi.

✔Es : qisqartmalar nutqiy ixchamlikka erishish maqsadida avval yozma nutqda paydo bo'lib, keyin ommalashib og'zaki nutqqa o'tadi.

✅Tilimizda so'zlarni qisqartirishning 4 usuli bor...
🔵Murakkab nom tarkibidagi so'zlarning 1-tovushlari qisqaradi :
DTS, IIB, MXX, DXX, BMT
🔴Murakkab nom tarkibidagi 1-so'zning 1-bo'g'ini qolganini bosh harflari :
FarDU, O'zMU, O'zAS (O'zbekiston adabiyoti va san'ati
⚪1- va 2-so'zning 1-bo'g'ini qolgani to'liq
O'zMashXolding, O'zTransgaz, O'zAvtoyo'l
🟢 1-so'zning 1-bo'g'ini qolgani to'liq :
Toshshaharnon, O'zneftgaz, O'zvinosanoatxolding

Qisqartmalar barchasi morfologik tamoyil asosida yoziladi.
Ularning bosh harflari qo'shib yoziladi.

Qisqartma otlarga qo'shimchalar ham qo'shilishi mumkin.
M : YXHTning, BMTga

🇺🇿IZOFALI BIRIKMA🇺🇿

🔰Izofali birikma - qismlari bir-biriga -i,-yi yordamida bog'langan, tilimizga tojik va arab tillaridan o'zlashgan murakkab birikmalar.

✅Tolibi ilm, dardi bedavo, piri komil, oynayi jahon, tarjimayi hol, nuqtayi nazar, kaminayi kamtarin, bandayi ojiz.

Es : izofali birikmalar doim ajratib yoziladi

💥Izofali birikmalarning qaysidir qismi tilimizda ma'no ifodalamagani uchun qo'shib yoziladi :
Ro'yirost, dardisar, ro'yixotir, ro'yixush
🔘ba'zida izofa yozilmaydigan birliklar qo'shib yoziladi
Guli beor - ✅gulbeor (fonetik hodisa yo'q), gulsapsar, guldon, gulnor.

💫Izofa tushib qolgan so'z qo'shma so'zga aylanadi....

💢Izofali birikmalar tilimizda qaratqich qaralmish munosabatiga to'g'ri keladi


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Darslar ertaga boshlanadi! Ulgurib qolinglar!

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷🌷

5- 9 sinfgacha berilgan adiblarning qanday oilada tug'ilganligi ro'yxati:

1. Imom Buxoriy - muhaddislar
2.Ezop - qullar
3. H. Olimjon - mehnatkash
4. M. Shayxzoda - ziyoli
5. H.K. Andersen - kambag'al etikdo'z
6. A. Qodiriy - bog'bon
7. Mirkarim Osim - ziyoli
8. G'. G'ulom - kamabag'al dehqon
9. Oybek- bo'zchi
10. Usmon Nosir - hunarmand
11. Asqad Muxtor - ishchi
12. O'. Hoshimov - oddiy ishchi
13. Ekzyuperi - zodagonlar
14. A. Navoiy - xizmatchi
15. Z.M. Bobur - temuriyzoda
16. Muqimiy - novvoy
17. Sheroziy - ma'rifatli
18. A. Avloniy - hunarmand to'quvchi
19. Erkin Vohidov - muallimlar oilasi
20. Janni Rodari- hunarmand
21. Abdulla Qahhor - temirchi
22. Said Ahmad - boy- badavlat
23. Musa Jalil - dehqon
24. Abay - chorvador boy oila
25. Zulfiya - hunarmand- degrez
26. P.Qodirov - cho'pon
27. Hamza Hakimzoda Niyoziy - tabib
28. Saida Xunnunova - xizmatchi
29. Mirmuhsin - kulol
30. Uvaysiy - ziyoli
31. Zavqiy - mahsido'z
32. Maxtimquli - dehqon, hunarmand
33. Cho'lpon - savdogar
34. Mirtemir - dehqon va chorvador
35. Maqsud Shayxzoda - shifokor
36. Muhammad Yusuf - oddiy zahmatlash
37. Sergey Yesenin - oddiy dehqon
38. Ogahiy - Mirob
39. Furqat - savdogar
40. Omon Matchon - pochtachi
41. Haluma Xudoyberdiyeva - bog'bon
42. Chingiz Aytmatov - hunarmand va qobizchi
43. O'ljas Sulaymon - harbiy xizmatchi


☝️☝️ BU KANALGA HAMMA MA'LUMOTDAR ENG BIRINCHI JOYLANADI.


/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🌞Assalomu Alaykum!
Xayrli tong!
Allohim tongingizni nurafshon,
Ko'nglingzni xotirjam ,
Yuzingizni nurli qilsin,
Qalb dunyoyingizdagi orzularingiz,
Niyatlaringiz ijobat bolsin.🌞

🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹

▬▬▬▬▬▬▬▬
🔉Respublika bo'yicha eng ilg'or bo‘lgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha kanalga  qo'shiling

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🇺🇿 ATTESTATSIYA IMTIHONI UCHUN KURS 🇺🇿

HAFTADA 4 KUN✅️ ( 2-oydan 6 kun)

SOAT 20 : 00  yoki 22 : 00 DA✅️ (kelishamiz)

ADABIYOT O'QITILADI ✅️

NARXI : OYIGA 160 MING ✅️

REPETITOR : SHOHRUX ARABJONOV (2X MS EGASI) Va tajribali repititor Madina Madaminovna

MUROJAAT :
+998938856768 ✅️

LICHKA :
@Madaminovna_Madina @FIGORIY01 ✅️

Darslar 11 - avgustdan boshlanadi ✅️


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🇺🇿 ATTESTATSIYA IMTIHONI UCHUN KURS 🇺🇿

HAFTADA 4 KUN✅️ ( 2-oydan 6 kun)

SOAT 20 : 00  yoki 22 : 00 DA✅️ (kelishamiz)

ADABIYOT O'QITILADI ✅️

NARXI : OYIGA 160 MING ✅️

REPETITOR : SHOHRUX ARABJONOV (2X MS EGASI) Va tajribali repititor Madina Madaminovna

MUROJAAT :
+998938856768 ✅️

LICHKA :
@Madaminovna_Madina @FIGORIY01 ✅️

Darslar 11 - avgustdan boshlanadi ✅️


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

"4K"dan "5E"ga: navbatdagi "chiroyli bayroq"?

"O'zbekiston 24"da kelayotgan o'quv yili uchun tayyorlanayotgan "yangi avlod" "5E" darsliklari haqidagi lavhani ko'rib bu va boshqa bir qator savollar tug'ilmasdan qolmaydi.

Lavhada aytilishicha, 2024/25 o'quv yili uchun 5-9 sinflarga mo'ljallangan 153 nomdagi darsliklar tayyorlanmoqda. Iddao qilinishicha, bu darsliklar "yangi o'quv dasturi asosida", "xorijiy tajriba asosida", "5E modeliga asosida" "yangi avlod darsliklari"dir.

Har safar vazir va vazirlik almashganda "xorijiy tajriba asosida" "yangi avlod darsliklari"ni yaratish urf bo'ldi shekilli. Darsliklar o'quv dasturi asosida yaratiladi, hali aniq bir o'quv dasturi yo'q, turli sinflar turli va bir-biriga nomutanosib o'quv dasturlari asosida tahsil olayotgan tizimda har yili darsliklarni yangilash hech qanday samara bermaydi, deydigan odam yo'q.

Xullas, lavhadan tug'ilgan savollar:

1. Yangi darsliklar "yangi o'quv dasturi" asosida ekanligi aytilmoqda. Bu "yangi o'quv dasturi" oxirgi ikki-uch yil hisobidan nechanchisi? 2022-yilda Milliy o'quv dasturini joriy qilish boshlandi va bu dastur asosida avval 1-2, keyin esa 3, 6, 7, 10 sinflar uchun darsliklar chop qilindi. Prezident farmoni bilan vazir Umarovaga 2024-yilgacha Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishini ta'minlash vazifasi yuklandi. Lekin 2023/24 o'quv yilida boshlang'ich sinflar uchun "Novda"ning darsliklari joriy qilindi. Metodik va ilmiy muammolarga to'la bu darsliklar qaysi dastur asosida yaratilganiga ham, yaratilganiga 1-2 yil to'lmagan darsliklardan nega voz kechilayotganiga ham izoh berilmadi. Mana endi - yana "yangi o'quv dasturi" asosida "yangi avlod darsliklari". O'quv dasturlarini har yili "yangilash" har xil sinflar ta'lim mazmuni o'rtasidagi uzviylikni yo'qqa chiqaradi va ta'limni boshi berk ko'chaga olib kiradi. Oldin umumiy o'rta ta'limning maqsadlari bo'yicha, o'quv dasturlari bo'yicha, 11 yillik ta'limning oxirida o'quvchilardan nima kutilayotgani bo'yicha aniq bir to'xtamga kelarmiz? Oldin vazir va (yoki) uning jamoasi bu bo'yicha aniq bir tushuntirish berar, dasturlarni e'lon qilar?

2. Bu yil 5-sinfga o'tadiganlar, adashmasam, 1-sinfda 2017-yilda qabul qilingan o'quv dasturi asosida, 2-3-sinflarda Milliy o'quv dasturi asosida, 4-sinfda "Novda"ning shu paytgacha qaysi dastur asosida yaratilgani ochiqlanmagan darsliklari asosida tahsil olishgan. Endi 5-sinfda ularni yana "yangi dastur" kutmoqda. Bunday yondashuv bilan bu bolalarning "boy berilgan avlod"ga aylanmasligiga, ularning bilimlarida jiddiy bo'shliqlar paydo bo'lmasligiga kafolat bera olasizmi? Bu o'quvchilarni kutayotgan "yangi dastur" va "yangi darsliklar" ularning oldingi sinflarda nimalarni o'qigan va o'qimaganligini hisobga olganmi?

3. Yangi darsliklar "xorijiy tajriba asosida" yaratilayotgani aytilmoqda. Bu qanday "xorijiy tajriba", bilsak bo'ladimi? Bir Finlyandiyani "bayroq" qildik, qarasak, Finlyandiya tajribasi degani - bu darslik degani emas, keyin Singapur tomon chopdik, endi yana qandaydir "no name" "xorijiy tajriba"... Har safar "xorijiy tajriba"ni joriy qilaverib charchamadikmi? Balki ta'lim tizimi ustida "xorijiy" tajribalarni o'tkazaverishni to'xtatarmiz, a? 

4. Darsliklar "5E" modeli asosida yaratilayotgan ekan. "5E" - bu konstruktivizm ta'lim nazariyaga asoslangan metodikalardan biri (bunday metodikalar ko'p) va bu metodikani har bir darsda qo'llab bo'lmaydi, chunki bu metodika o'quvchilarning muayyan tushunchani mustaqil tadqiq qilishlarini nazarda tutadi va vaqt talab qiladi. Shunday ekan, qanday qilib butun boshli darslik "5E modeli asosida" bo'lishi mumkin? Va nega aynan "5E", boshqa metodikalar emas? O'tgan yili "ura-ura" qilingan va keyinchalik katta shishirilgan pufak ekani oydinlashgan "4K modeli" nima bo'ldi? "5E" deyayotganlaringiz ham aslida shunday ichi bo'sh pufak bo'lib chiqmaydimi? 

Xullas, savollar ko'p. Odatdagiday, vazirlikdan bu savollarga javob kutish befoyda - vazirlik "islohotlar" va PR bilan bilan band.

©birgap

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Demak, Miliy sertifikatning yangi baholash tizimi bo'yicha, qisqacha:

ESSE:

✅ Tekshiruvchi ekspertlar tomonidan 24 ballli mezon asosida baholanadi
✅ Kompyuter esa uni 75 ballga kolloboratsiya qiladi!
✅Ya'ni ESSEga ❗️75BALL beriladi

⚡️Deylik, sizga tekshiruvchi essedan 20 ball qo'ygan bo'lsa, sizga 75 balldan 67 ball beriladi!

TEST:
✅OSON savolga ( talabgorlarning 80 foizidan ortiig'i to'gri bajargan) — 1.1 ball
✅O'RTACHA savolga ( talabgorlarning 50 foizi to'gri bajargan) — 1.7 ball
✅QIYIN savolga ( talabgorlarning 20 foizi to'gri bajargan) — 2.5 ball

*Endi savollar uchun ballar 49 ta savol uchun bir xil 1.1, 1.7, 2.5 tarzida beriladi! Sababi 2 qismlik savollarning qaysidir qismi talabgorlarning ko'pchiligi tomonidan to'gri topilgan, qaysidir qismi esa, ko'pchilik tomonidan xato qilingan bo'lishi mumkin!

❗️Shu sababli ham test uchun berilayotgan maksimall 75BALL shartli deya atalmoqda! Bu ball talabgorlarning savollarni qanday yechganligiga( qiyin, oson savollarni to'gri topishiga ko'ra ) qarab 75 dan ko'tarilib ketishi ham mumkin!!!!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🇺🇿 ATTESTATSIYA IMTIHONI UCHUN KURS 🇺🇿

HAFTADA 4 KUN✅️ ( 2-oydan 6 kun)

SOAT 20 : 00  yoki 22 : 00 DA✅️ (kelishamiz)

ADABIYOT O'QITILADI ✅️

NARXI : OYIGA 160 MING ✅️

REPETITOR : SHOHRUX ARABJONOV (2X MS EGASI) Va tajribali repititor Madina Madaminovna

MUROJAAT :
+998938856768 ✅️

LICHKA :
@Madaminovna_Madina @FIGORIY01 ✅️

Darslar 11 - avgustdan boshlanadi ✅️


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Maruza

Yasama so'zlar deganda ot, sifat, fe'l, ravishlarning sodda yasama va qo'shmalari sanaladi. Bularning qo'shmalari doimo yasama.
Ravishlarda esa boshqa so'z turkumlari juftlansa yoki takrorlansa va ravishga aylansa, bular ham yasama hisoblanadi:
Uzil-kesil, gul-gul, yuzma-yuz, birin-ketin, qishin-yozin, uchma-uch kabi.

Oddiy sodda yasama so'zlarda esa bir so'zga so'z yasovchi qo'shimcha qo'shiladi, bunda shu qo'shimcha ta'sirida so'z yoki so'rog'ini, yoki turkumini, yoki tushunchasini o'zgartirishi talab etiladi. Masalan:

Gul bu o'simlik +don= guldon bu predmet Bu yerda tushuncha o'zgardi.

Gul- bu ot +li = gulli bu sifat, bu yerda turkum va so'roq o'zgardi.

Lekin gul+lar yasama emas, chunki tushuncha ham, so'roq ham, turkum ham o'zgarmaydi.

Quvna(nima qil - fe'l) +q = quvnoq (qanday- sifat)
ishon (nima qil - fe'l) +ch =ishonch ( nima -ot)
Gul (nima - predmet) +chi gulchi (shaxs- kim)
gul(nima - o'simlik) +don guldon (nima- idish)

Kitob (nima) kitobxon (kim)
porla (nima qil) porloq (qanday)
suv (nima) suvchi (kim) suvsiz(qanday) suvsa (nima qil)
Gul (nima) guldon( nima -idish), gulchi ( shaxs) gulli, gulsiz (sifat) gulla (fe'l)
ikki ( necha ) ikkilan (nima qil)
o'z (olmosh) - o'zlik, (ot), o'zlashtirmoq (fe'l) o'zga ( sifat) o'zicha ( ravish)

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Online_dars

🔘ANIQLOVCHI🔘

❇️Gapda biror bolakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashliligini bildiruvchi bolak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi boglangan bolak aniqlanmish deyiladi. ©Aniqlovchi gapda quyidagi bolaklarga tobelanishi mumkin:
egaga tobelanadi: Mayda qor yogib turibdi. Qalandarovning hovlisi kattagina ekan.
✓ot kesimga tobelanadi: Ergash ota – bizning qadrdon qoshnimiz.
✓toldiruvchiga tobelanadi: Bu sovgani oquvchilar tayyorlashgan.
✓holga tobelanadi: Sevimli vatanimizda bayramlar kop.
✅Aniqlovchilar bir xil narsa-buyumning belgisini yoki narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirishiga kora ikki turga ajratiladi:
🔴sifatlovchi aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi.
➡️Sifatlovchi-aniqlovchi – predmetning belgisini bildiradi. Qanday? qanaqa? Qaysi? qancha? necha? qayerdagi? nechanchi? soroqlariga javob boladi. Quyidagicha ifodalanadi.
sifat bilan: Sevimli vatanimda toshqin daryodek hayot josh uradi.
✓sifatdosh bilan: Yigilgan odamlar ichkariga kirishdi.
✓ot bilan: Asfalt kochadan mashinalar giz-giz otardi.
✓son bilan: On beshtacha odam yigildi.
✓ravish bilan: Kop odamlar buni bilishmaydi.
✓taqlid soz bilan: Chugur-chugur bolalar toplanishdi.
✓ibora bilan: Qoli ochiq odamlar kop.
🔴Qaratqich-aniqlovchi – kimning? nimaning? qayerning? soroqlariga javob boladi. Belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigidagi shakllari mavjud: Yigitning sozlarini diqqat bilan tingladik. Ogzi boshning ichida gap yotmaydi. Ota-onalar majlisiga yigildik. Shahar kochalarida kezdik.

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

❗️Saqlab qo'ying: g'azal, qit'a, ruboiylarni tahlil qilayotganda ushbu lug'atlardan foydalanishingiz mumkin.

📚 Milliy sertifikat kanaliga a'zo bo‘ling


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🇺🇿CHIZIQCHA BILAN YOZISH🇺🇿

✅JUFT VA TAKROR SO'ZLAR :
ota-ona, aka-uka, issiq-sovuq, hamma-hammasi

✅Juft so'zlarga -u, -yu yuklamalari qo'shilsa chiziqcha yuklamadan oldin qo'yiladi.
Ona-yu bola, katta-yu kichik, bog'-u rog', erta-yu kech

✅qismlari -ma, -ba yordamida bog'langan so'zlar :
dam-badam, qadam-baqadam, ko'chama-ko'cha, uyma-uy, tomma-tom, yilma-yil
Lekin : ro'baro' va darbadar bundan mustasno, chunki ular mustaqil qo'llanmaydi.

✅ "-" inchi vazifasida kelganda : 9 - "A" sinf.
Arab raqamlaridan so'ng chiziqcha qo'yiladi, rim raqamlaridan keyin emas.
M : VII asr, 8-bo'lim
✅5. Chet tilidan kirgan quyidagi so'zlar chiziqcha bilan yoziladi :
Unter-ofitser, kilovatt-soat, km-soat, general-mayor

✅6. Belgini darajasi kuchayib kelganda :
Qop-qora, yum-yumaloq, yam-yashil, kuppa-kunduzi, tip-tiniq, bus-butun

✅7.Yetakchi va ko'makchi fe'l bir xil qo'shimcha bilan kelsa :
Aytasan-qo'yasan, uxlabman-qolibman

✅8.Qo'shimcha ko'rinishidagi ayrim yuklamalar :
-u, -yu, -da, -ku, -a, -ya, -e, -ey,-vey, -chi
M : bordi-yu, kelgin-da, bor-ku, seni-ya

✅so'zga qo'shilib yoziluvchi yuklamalar :
-mi, -oq, -yoq, -gina, -ov, -yov
M : keldingmi, boriboq, bordiyov, onamgina


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🇺🇿 ATTESTATSIYA IMTIHONI UCHUN KURS 🇺🇿

HAFTADA 4 KUN✅️ ( 2-oydan 6 kun)

SOAT 20 : 00  yoki 22 : 00 DA✅️ (kelishamiz)

ADABIYOT O'QITILADI ✅️

NARXI : OYIGA 160 MING ✅️

REPETITOR : SHOHRUX ARABJONOV (2X MS EGASI) Va tajribali repititor Madina Madaminovna

MUROJAAT :
+998938856768 ✅️

LICHKA :
@Madaminovna_Madina @FIGORIY01 ✅️

Darslar 11 - avgustdan boshlanadi ✅️


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

8- sinf 25 - mashq.

Ikkala matnni qiyoslab, shakl va mazmundagi o‘xshashlik hamda
farqlarni ayting.

Birinchi matn:

ALISHER NAVOIY

Besh asrkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher.
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.

(A. Oriрov)

Ha. Bu “zanjirband sher”ning necha asrlardan beri jahonni maftun etib
kelayotgan g‘azallari porloq quyosh kabidir. Uning betakror nazmi oldida hatto Sa’diy va Hofizning she’riyat osmonidagi yulduzlari ham xira tortdi. “Nizomiy panjasiga panja urib” bunyod qilgan “Xamsa”si “Panj ganj” shuhratiga soya soldi. Forsigo‘ylar uning turkiy tilda yozganligidan shukronalar aytdilar.

Ikkinchi matn

ALISHER NAVOIY
Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning she’rlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk devonlari bundan darak beradi.
Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning yorqin
dalilidir. Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi. Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: “Shukrlar
bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy tilda ijod qilganda bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas edi”.

1- matn Ijodiy - tavsifiy matn
2- matn ma'lumotnoma matni.


Ma'lumotnoma matnidagi fikrlar aniq dalil, isbotlar bilan keltirilgan.
Bobomizning qachon va qayerda tug'ilganliklari ,masalan.
Ijodiy-tavsifiy matnida esa
Shoir Abdulla Oripovning so'zlari ila go'zal va jozibador qilib ko'rsatilgan-
" Besh asrkim nazmiy saroyni,
Titratardi zanjirband bir she'r


UNUTMANG!!
Bu kanalda hamma ma'lumotlar eng birinchi joylanadi. Boshqa hech qaysi kanaldan ko'chirib olib kelinmaydi. ❌❌

/channel/MASHQLAR_TAHLILI

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Assalomu alaykum, barchaga!

@qiziqarli_ona_tili KANALIMIZDA SIZLAR UCHUN SUPER YANGILIK💜💜💙📢📢📢

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan, ko'plab natijalarga erishgan tajribali ustozlar:@Madaminovna_Madina ( birinchi imtihondayoq 83.6%, toifali tajribali pedagog) va @Begimqulova_Durdona(99.58%) 20-avgustdan  tezlashtirilgan onlayn milliy sertifikat guruhiga start bermoqda✅✅✅


Dars haftada 4️⃣kunlik dars.

Talablar👱‍♀️↕️
✅Grammatikani tugatgan o‘quvchilar, abituriyentlar, talabalar va o‘qituvchilar qabul qilinadi;
✅Darslarga qat'iy qatnashish;
✅Vafizalarni vaqtida bajarib borish.

Afzalliklari👀
✅Badiiy va ilmiy matn
✅Badiiy asarlar
✅G‘azal tahlili
✅Esse yozish ko‘nikmasi
✅Diagnostik testlar
🤩🤩🤩

🩵🩵🩵qat'iy💯🛍 o'tiladi va vazifalar talab qilinadi🔥🔥

Kurs narxi: 160 ming 🤩

Shoshiling, joylar soni chegaralangan.💡

Sizda hali ham imkon bor🥳🥳🥳

Guruhga yozilish uchun:🖋 @Begimqulova_Durdona

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Masofaviy ta'lim .📚
Tasavvufiy so'zlar:

Sabuhiy, chog'ir, may, sharob, xamr, boda - mast qiluvchi ichimlik, ishq timsolida.

Sog'ar, jom, paymona, kosa - qadah, ko'ngil timsolida.

Soqiy, kosagul, paymonachi- may quyuvchi, murshid timsolida.

Ranglar:
Axtar, sabz - yashil
Savdo, siyoh, hind, mushkin- qora
Zard, zafaroniy- sariq.
Ol, gulgun, arg'uvoniy- qizil.

Osmon jismlari:
Qamar, moh -oy
Axtar, kavkab- yulduz.
Atorud- Merkuriy sayyorasi, ko'kning dabiri yani falakning kotibi.
Kunj, burj- sayyoralar qo'nadigan manzil.

Odam a'zolari:
Banog'osh- quloqning sirg'a taqiladigan qismi.
Xat- ayolning lab tepasidagi mayda tuklari.
Erin, irin, dudoq, lab -lab
Zaqan- baqbaqa.

Hayvon va qushlarning nomi adabiyotda:
Palang- yo'lbars
Andalib-bulbul
Karkos- qush; Narmud ular yordamida osmonga chiqqan.
G'urob- qora qush
Xuffosh- ko'rshapalak.

Badahshon- la'l toshlari bilan mashhur shahar.

Xo'tan- dasht; go'zallari, ohu, mushklari bilan mashxur.

Kanon- Yusufning yurti.

Fag'fur- Xitoy shohi.

http://t.me/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Assalomu alaykum, barchaga!

@qiziqarli_ona_tili KANALIMIZDA SIZLAR UCHUN SUPER YANGILIK💜💜💙📢📢📢

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan, ko'plab natijalarga erishgan tajribali ustozlar:@Madaminovna_Madina ( birinchi imtihondayoq 83.6%, toifali tajribali pedagog) va @Begimqulova_Durdona(99.58%) 20-avgustdan  tezlashtirilgan onlayn milliy sertifikat guruhiga start bermoqda✅✅✅


Dars haftada 4️⃣kunlik dars.

Talablar👱‍♀️↕️
✅Grammatikani tugatgan o‘quvchilar, abituriyentlar, talabalar va o‘qituvchilar qabul qilinadi;
✅Darslarga qat'iy qatnashish;
✅Vafizalarni vaqtida bajarib borish.

Afzalliklari👀
✅Badiiy va ilmiy matn
✅Badiiy asarlar
✅G‘azal tahlili
✅Esse yozish ko‘nikmasi
✅Diagnostik testlar
🤩🤩🤩

🩵🩵🩵qat'iy💯🛍 o'tiladi va vazifalar talab qilinadi🔥🔥

Kurs narxi: 160 ming 🤩

Shoshiling, joylar soni chegaralangan.💡

Sizda hali ham imkon bor🥳🥳🥳

Guruhga yozilish uchun:🖋 @Begimqulova_Durdona

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

​Maqollarda tinish belgilari #B harfi

* Baliq boshidan sasiydi.
* Balchiqqa tosh otsang, betingga sachraydi.
* Baxilning bogʻi koʻkarmas.
* Baxt — tilakda emas, bilakda.
* Baxtiyor boʻlsa zamon, noshukur boʻlma — yomon.
* Baqani bossang ham "vaq" etadi.
* Baqiroq tuyaning bori yaxshi, baqirib turgani undan yaxshi.
* Begona tuproq — devona tuproq.
* Beli bogʻliqning dili bogʻliq.
* Beli ogʻrimaganning non yeyishiga qara.
* Bemor oʻziga yoqmagan ovqatga oʻch boʻladi.
* Bersang yeyman, ursang oʻlaman.
* Betga aytganning zahri yoʻq.
* Betimning qalini — jonimning huzuri.
* Besh qoʻl barobar emas.
* Besh qoʻl ogʻizga sigʻmas.
* Begʻalva bosh — bosh emas.
* Bizniki — xaltada, sizniki — oʻrtada.
* Bilganing daryo boʻlsa, bilmaganing — dengiz.
* Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur?
* Bir boshga — bir oʻlim.
* Bir yigit qirq yilda bino boʻladi.
* Bir kerak boʻlgan narsa ikki kerak boʻlmay qolmas.
* Bir kun ming kun boʻlmas.
* Bir kun tuz ichgan joyga — qirq kun salom.
* Bir kun janjal boʻlgan uydan qirq kun baraka ketar.
* Bir mayizni qirq kishi boʻlib yebdi.
* Bir ochlikning bir toʻqligi bor.
* Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak.
* Bir qizga — yetti qoʻshni ota-ona.
* Birikkan kuch — kuch, birikmagan kuch — puch.
* Birni kessang, oʻnni ek.
* Birovga choh qazisang, oʻzing yiqilasan.
* Birovdan oʻtganni birov bilmaydi.
* Bozor koʻrgan echkidan qoʻrq.
* Bolaginamning bolasi — qandak oʻrikning donasi.
* Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor.
* Bolali uyda sir yotmas.
* Bolalik — poshsholik.
* Bolalilar bosh boʻlar, bolasizlar yosh boʻlar.
* Bolani yoshdan oʻrgat, xotinni boshdan oʻrgat.
* Bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur.
* Bolaning erkasi — bitning sirkasi.
* Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi.
* Borga — bor dunyo, yoʻqqa — tor dunyo.
* Botirga tayoq ham — yaroq.
* Botirdan oʻlim ham qoʻrqadi.
* Bosh omon boʻlsa, doʻppi topilar.
* Boshga tushganni koʻz koʻradi.
* Bugungi chumchuq kechagi chumchuqqa chugʻurlashni oʻrgatar.
* Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.
* Burga tutmoqqa ham barmoq hoʻllamoq kerak.
* Burgaga achchiq qilib, koʻrpaga oʻt qoʻyma.
* Boʻzchi belboqqa yolchimas, kulol — moʻndiga.
* Boʻlali bola boshidan maʼlum.
* Boʻriga rahm qilsang, qoʻyning shoʻri quriydi.
* Boʻrini boʻriligi uchun emas, qoʻyni yeganligi uchun oʻldiradilar.
* Boʻrining yesa ham ogʻzi qon, yemasa ham ogʻzi qon.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Assalomu alaykum, barchaga!

@qiziqarli_ona_tili KANALIMIZDA SIZLAR UCHUN SUPER YANGILIK💜💜💙📢📢📢

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan, ko'plab natijalarga erishgan tajribali ustozlar:@Madaminovna_Madina ( birinchi imtihondayoq 83.6%, toifali tajribali pedagog) va @Begimqulova_Durdona(99.58%) 20-avgustdan  tezlashtirilgan onlayn milliy sertifikat guruhiga start bermoqda✅✅✅


Dars haftada 4️⃣kunlik dars.

Talablar👱‍♀️↕️
✅Grammatikani tugatgan o‘quvchilar, abituriyentlar, talabalar va o‘qituvchilar qabul qilinadi;
✅Darslarga qat'iy qatnashish;
✅Vafizalarni vaqtida bajarib borish.

Afzalliklari👀
✅Badiiy va ilmiy matn
✅Badiiy asarlar
✅G‘azal tahlili
✅Esse yozish ko‘nikmasi
✅Diagnostik testlar
🤩🤩🤩

🩵🩵🩵qat'iy💯🛍 o'tiladi va vazifalar talab qilinadi🔥🔥

Kurs narxi: 160 ming 🤩

Shoshiling, joylar soni chegaralangan.💡

Sizda hali ham imkon bor🥳🥳🥳

Guruhga yozilish uchun:🖋 @Begimqulova_Durdona

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🕰️🕰️9-sinf Ona tili.


🔰🔰Bo'lsa,Esa so'zlari yordamida bog'langan qo' shma gaplar.🔰🔰


✔Bo'lsa, Esa so'zlari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi.Bo'lsa, Esa so'zlari qiyoslanuvchi bo'lakdan so'ng keladi.



Masalan: Aql ko'pga yetkazadi,hunar bo'lsa insonni ko'kka ko'taradi.( Qiyoslash munosabati).


✔Rostgo'ylik odamni kamolotga yetkazadi,yolg'onchilik esa uni halokatga olib boradi. (Zidlanish munosabati.)


🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺
IZOH:Zidlash munosabati mavjud bo'lgan gaplarda bo'lsa, esa so'zlari zidlov bog'lovchilari bilan erkin almashadi.

✔Sabrning boshi achchiq, oxiri esa shirindir.➖Sabrning boshi achchiq,ammo oxiri shirindir.



📝Tuzuvchi: G'aynazarova Mushtariy

🤝🤝🤝🤝Ulashishning eng to'g'ri yo'li

http://t.me/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Bu_muhim

*8-sinf ona tili darsligidan atamalar izohi

musta'mal – pishiq, mukammal
mutafakkir - buyuk donishmand
muxtasar - qisqa, lo'nda, biror asarning qisqartirilgan varianti
nabi - xudoning xabarini yetkazuvchi
nabotot - o'simliklar dunyosi
nadim - yaqin sirdosh, do'st, hamsuhbat
nahv - tilning sintaktik qurilishi haqidagi soha
navkar - o'tmishda harbiy xizmatkor, askar
navozanda - kuy ijro etuvchi, navo qiluvchi sozanda
navozish - mulozamat, lutf, marhamat, erkalash
nazarkarda - ulug' kishilarning nazari tushgan
nazm - she'riy shakldagi ijod
nesh - nish, tig'
nizo qilmoq - ziddiyatda bo'lmoq
nosih - nasihatgo'y
notob - tobi qochgan, kasallangan
nuqson - me'yor darajasidan pastlik, yetishmovchilik
nur - bir yo'nalishga yo'nalgan yorug'lik
odob - ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalalik
og'iz - nutq hosil qiluvchi a'zo
oliy - eng yuqori
omoch - ulov qo'shib yer haydaladigan, metall tishli qadimgi eng oddiy yog'och yoki temir asbob
omonlashmoq - salomlashmoq, vidolashmoq

Kanalga obuna boʻling!🕊

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#juda_kerakli

🔴Fe’l 5ta nisbat shakliga ega: aniq nisbat, ozlik nisbati, orttirma nisbat, majhul nisbat, birgalik nisbati.
🔻Aniq nisbat - (nol shakl) ish-harakat bajaruvchisi aniq boladi: Karim baliq tutdi. Sohiba kitob oqidi. Dehqon yerni haydadi. Navbatchi gulga suv quydi.
🔸Ozlik nisbati - bajaruvchining ozi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatini ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu shakl fe’l asosga -(i)n, -(i)l qoshimchasini qoshish bilan yasaladi. Bunda ish-harakat va uni bijaruvchi ortasidagi munosabatga asoslanadi. Ra’no tarandi. Qiz egildi. Gul ochildi. Oy korindi, U kerishdi.
🔹Majhul nisbat – fe’l asosga (i)n, (i)l qoshimchasini qoshish bilan yasaladi. Bunda ish-harakat kim tomonidan bajarilaganligi noma’lum boladi. vosita boluvhi predmet ega vazifasida keladi: Qiz sochini taradi. - Soch taraldi. Yer haydaldi. suv sepildi. Nutq sozlandi. Sovrin berildi.
Ozlik va majhullik nisbatlari otimli fe’llarni otimsiz fe’llarga ogiradi: kordi-korindi, haydadi-haydaldi.

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

✅KO'CHIRMA GAPLARNI
O'ZLASHTIRMA GAPGA
AYLANTIRISH

♻️ Ko'chirma gap egasi — o'zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga o'zgaradi.

♻️ Ko'chirma gap kesimi — o'zlashtirma gapda tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga o'zgaradi.

♻️ Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so'zi aytdi so'ziga almashtiriladi.

♻️ Muallif gapining egasi o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi.

🌀MASALAN:

"Mehmon keldi", — dedi ukam.

‼️
1. Ko'chirma gap egasi: mehmon
2. Ko'chirma gap kesimi: keldi
3. Muallif gapi kesimi: dedi
4. Muallif gapi egasi: ukam.


‼️O'zlashtirma gapga aylatirilganda:

Ukam mehmoning kelganini aytdi.

Bu gap quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
1. O'zlashtirma gap egasi: ukam ( ko'chirma gapda muallif gapining egasi bo'lgan edi )
2. O'zlashtirma gapning qaratqich aniqlovchisi: mehmonning ( ko'chirma gapning egasi bo'lgan edi )
3. O'zlashtirma gapning vositasiz to'ldiruvchisi: kelganini ( ko'chirma gap kesimi bo'lgan edi ) Sabriya
4. O'zlashtirma gapning kesimi: aytdi ( ko'chirma gapda muallif gapining egasi bo'lgan.


⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…
Подписаться на канал