💥💥💥
Janobi shahg‘a keldim bu jihatdan,
Ko'zim yoshiga toya-toya navruz
Ushbu she'riy baytda qo'llangan badiiy san'atni toping.
A. Tazod
B. Mubolag'a
C. Talmeh
D. Tashbeh
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
Ayrim she'riy san'atlarning tahlili:
Tavze'- arabcha " tarqatmoq" , " taqsimlamoq", " joylashtirmoq" degan ma'nolarni anglatadi.
Mumtoz adabiyotdagi she'riy san'at, baytda bir xil tovushlarni takrorlash.
Masalan: Navoiyning:
Oshiq bo'ldum, bilmadim yor, o'zgalarda yor emish,
Olloh- olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish
Bayt g'oyat xushohang, chunki uning tarkibida " o" unlisining 11 marta takrorlangani, yana bir jihati birinchi va ikkinchi misralardagi "O" tovushi egallagan pozisiyalarning bir- biriga mosligi musiqiylikni kuchaytirib bermoqda. ..
/channel/qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Bugun 1-smenada tushgan savollar
M_Ruz1mboyeva🤍:
Nur borki soya bor asari haqida tòĝri malumot
Tursunboy, Bòrixon, Shoikrom haqidagi malumotlarni jipslashtirish kerak edi
Òtkan kunlardan savol takror tushid
Yusufbek hojining kunimiz kofirlarga qoladigan bòldi degan gapi nimaga nisbatan ishlatilgan deb
@qiziqarli_ona_tili
Davlat granti ajoyib taqsimalanarkan. Endi OTMlar o'rtasida emas, respublika bo'yicha taqsimalanarkan, juda boshqacha, tavba.
Masalan, respublika bo'yicha o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishiga 575 ta grant berilgan. Qaysi universitet bo'lishidan qat'iy nazar eng yuqori bal to'plagan 575 kishi grantda o'qiydi. Demak, shu yo'nalishga topshirayotganlar eng yuqori ball olgan 575 kishining ichida bo'lmasa, qaysi OTM bo'lishidan qat'i nazar kontraktda o'qishga majbur.
Masalan, Nampi da bu yo'nalish bor. Agar shu yerga topshirgan o'quvchining birortasi 575 ta eng yuqori ball olgan talabgorlardan biri bo'lmasa, hammasi, butun OTMning shu yo'nalishiga topshirgan talabgorlar kontraktda o'qiydi. Qiziq tomoni keyingi yildan yaxshi o'qib, grantga o'tvolaman degan faraz ham yo'qqa chiqadi, chunki grantga o'tish uchun uning sheriklaridan biri grantda o'qishi kerak. Lekin bu yo'nalishda hamma kontraktda o'qiyotganini hisobga olsak, bu amalda ilojsiz bo'lib qoladi.
Shuning uchun 575 taning ichiga kirishga harakat qilish kerak.
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, hammaga!
Bugun mana shu kanal egasi, mening ustozim, opamdek yaqin inson @Madaminovna_Madina ustozni tug'ilgan kuni🥳🥳🥳. Ustoz umringiz uzoq bo‘lsin. Ilmingiz bundan-da ziyoda, martabangiz bundan-da ulug‘ bo'lsin☺️☺️. Shogirdlar yetishtirishda aslo charchamang😊. Shu kungacha qanchadan qancha insonlarga bilim ulashdingiz, bundan keyin ham aslo charchamang.
Butun @qiziqarli_ona_tili kanali a'zolari nomidan sizni muborakbod etaman☺️.
Shu fursatdan foydalanib sizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman🤗🤗🤗
@qiziqarli_ona_tili
1.Besh asirkim nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she'r
Berilgan baytda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud.She'riy misralarda asir,she'r so'zlari noto'g'ri qo'llangan.Bu so'zlar o'rinida ularning paronim jufti asr,sher so'zlari qo'llanishi kerak.
2.Urish,noming o'chsin jahonda!
Berilgan gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud. Gapda urish so'zi noto'g'ri qo'llangan.Bu so'z o'rnida uning paronim jufti uurush so'zi qo'llanishi kerak.
3.Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
Berilgan gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud. Gapda sanat so'zi noto'g'ri qo'llangan.Bu so'z o'rnida uning paronim jufti san'at so'zi qo'llanishi kerak.
4.Og'zi kuygan qattiqni ham puflab ichadi.
Berilgan gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq xato mavjud. Gapda qattiq so'zi noto'g'ri qo'llangan. Bu so'z o'rnida uning paronim jufti qattiq so'zi qo'llanishi kerak.
To'g'ri javob: D) 1, 2, 3, 4
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🟢Qaysi gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq uslubiy xato mavjud?
1.Besh asirkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r.
2.Urish,noming o'chsin jahonda!
3.Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
4.Og'zi kuygan qattiqni ham puflab ichadi.
♻️A) 1, 2
♻️B) 2, 3
♻️C) 1, 2, 3
♻️D) 1, 2, 3, 4
@qiziqarli_ona_tili
Imloviy jihatdan NOTO’G’RI yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) ro’ykach, monti, girdbod
B) mandad, grand, flyaga
C) fanor, qaybir, spektakil
D) dramma, yarimtun, meroj
@qiziqarli_ona_tili
Imloviy jihatdan NOTO‘G‘RI yozilgan so‘z qatnashmagan gapni aniqlang.
A) Xiylakorlik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko’pchiligimiz bilamiz.
B) Bir mujda keltirgin, ey jonon, chunon
Rahm et bo’ldim-ku, ishqingda junun
C) Bizning obokidandondan yeb, aravamizda sayr qilib kelmaysanmi, bolakay?
D) Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da obod, bundan-da faravon bo’ladi.
@qiziqarli_ona_tili
Qaysi gapdagi so'zlar imlosida
faqat tovush ortish hodisasi kuzatiladi?
A) Men undan so'radim: "Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul terding kimga?"
B) Och qornim - tinch qulog'im.
C) Yigitning chirog'i - qizi bilan o'g'li, bolam, tezroq farzandli bo'linglar.
D) Bundan kuniga burningizga uch-to'rt tomchi tomizib tursangiz, darddan xalos bo'lasiz.
@qiziqarli_ona_tili
💥💥💥
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!
Ushbu baytda qo'llangan she'riy san'atni toping.
A. Ruju
B. Talmeh
C. Tazod
D. Tanosub
Javoblaringizni izohlarda qoldiring...☺️☺️
@qiziqarli_ona_tili
📓Avtobiografik ruhda yozilgan asarlar📕
🔆Ĝafur Ĝulom🔸
"Mening òĝrigina bolam"
🔆Said Ahmad🔸
"Yòqotganlarim va topganlarim"
🔆Abdulla Oripov🔸
"Kòrgan-bilganlarim"
🔆Òtkir Hoshimov🔸
"Mashaqqatli safar"
🔆Alfons Dode🔸
"Kichkintoy"
⚡️Zahiriddin Muhammad Bobur☘
"Boburnoma"
⚡️Erkin Vohidov☘
"Nido"(qisman)
☘Muhammadsharif Gulxaniy⚡️
"Bideh"
⚡️Turdi Faroĝiy☘
"Turdiman"
⚡️ Odil Yoqubov☘
"Muzqaymoq"
⚡️Abdulla Qahhor☘
"Òtmishdan ertaklar"
⚡️Uvaysiy☘
"Uvaysiyman", "Doĝ òldi, doĝ òldi", "Soĝindim"
/channel/QIZIQARLI_ONA_TILI
🔊🔊🔊
📌📌📌SIZ KUTGAN SUPER YANGILIK♻️
Siz attestatsiyaga tayyorlanmoqchisiz, lekin hech qunt qilmayapsizmi❓❗️
Bunday holatda siz uchun super yangilik bor.🔈
Siz tajribali, oliy toifali, ko‘plab yutuqlarga erishgan filolog, bir urinishdayoq Milliy sertifikatga erishgan filolog @Madaminovna_Madina ning Attestatsiya guruhiga taklif qilaman🖇🖇 Ustoz, shogirdlari erishgan natijalarni @qiziqarli_ona_tili kanalida ko'rishingiz mumkin✅
♻️ Kurs haftada 4 kun(kunlar kelishiladi). Darslar qat'iy belgilangan maxsus dastur asosida olib boriladi va tartibga olinadi.
♻️ Kursda ham ona tili, ham adabiyot darslarini teng olib boriladi.
♻️ Kursda pedagogik mahorat ham o‘rgatiladi✅
♻️ Kursda attestatsiya testlarini ham ishlaysiz❇️
❗️Darslar 1-avgustdan boshlanadi.
Kurs to‘lovi: 100 ming🤩🤩
‼️Shoshiling joylar soni chegaralangan.
✅Hozirdanoq joyingizni band qilib qo‘ying.
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
Ochiq sifat ga moslarini topish kk edi
Bittasi-ochiq (fe'l
Bittasi-antonimi tund
Bittasi-sinonimi aniq
@qiziqarli_ona_tili
#bugun tushgan
"O'g'ri" hikoyasining qahramonlari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
#takrorlangan
"Sohibqiron" dramasidan Temurning Boyazidga aytgan gapi keltirilgan
"Chumolilar xor qilsa, arslon rutbasin..."
Parcha haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud bo‘lgan gap berilgan.
Chunki (ikki tomonida vergul berilgan, shu xatolik)
#bugun tushgan
Bugun tushgan 2-matn "Metro"
Kecha ham tushgandi.
@qiziqarli_ona_tili
⚡️KVOTA TASDIQLANDI. GRANT SARI HARAKAT QILING.
Bakalavr va magistratura qabuli uchun jami 44 203 ta davlat granti o‘rinlari ajratildi
Prezidentning 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
@qiziqarli_ona_tili
#ONATILI_SABOQLARI
Nima uchun so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari deyiladi?
Bunda shakl va ma'no orqali ifodalanadigan so'zlar nazarda tutiladi. Masalan, ayrim so'zlarning shakli bir xil ma'nosi har xil, aksincha, boshqalarida ma'nosi bir xil shakl har xil.
Omonim so'zlar shakli bir xil ma'nosi har xil bo'lgan so'zlardir. Masalan: "U yog'idan aylanib ko'r, bu yog'idan aylanib ko'r, qo'y ko'r". Ushbu misolda qoraga olingan so'zlar shakldosh so'zlar deyiladi. Gapdagi ma'nosidan ular anglashinib turadi. O'zbek tilida 2 dan 6 tagacha so'zlar o'zaro shakldosh bo'lib kela oladi.
6 talik shakldosh so'zlar: bo'z - mato, rang, yig'i, tajribasiz bola, ekinsiz, o'simlik.
❗️Shakldosh so'zlar har xil so'z turkumida bo'lib keladi: tol (ot) - tol (fe'l). Undan tashqari bir so'z turkumi doirasida ham kuzatiladi: sir - odamning siri/yeyiladigan siri. Yana misol: chang: g'ubor - cholg'u; suzmoq - suvda/ovqat/mol suzmoq (fe'l); bo'sh - hech nima yo'q/anqov (sifat). Shunday qilib, bir xil so'z turkumi doirasidagi omonimlik ko'proq ot/sifat/fe'lda uchrar ekan.
Ko'p ma'noli so'zlarni farqlaymiz. Omonim so'zlar bir so'zning bir necha ma'nolari degani va bu ma'nolar uchun gapda hamisha alohida bir so'z qo'llaymiz, ko'p ma'noli so'zlar ham bir necha ma'no ifodalashi mumkin, lekin barcha ma'nosi uchun bitta so'zni qo'llasak ham bo'ladi.
Hayotiy misol: Masalan, ikkita bir xil adash ismli odamlarni tasavvur qilamiz, ular bitta ismga ega bo'lsa ham ikkita xususiyat, ikkita vazifaga ega. Ko'p ma'nolilik esa bitta odamda turli xususiyat, turli vazifalar borligidir: Jasur o'zi o'quvchi, boshqa o'rinda haydovchi, yana bir o'rinda oshpaz.
Aniqlashtiramiz: bosh so'zi ko'p ma'noli so'z, chunki u o'zida bir nechta ma'no ifodalaydi. Va bu so'zlar o'zaro bir-biriga aloqador bo'ladi: ishning boshi/odam boshi/ko'cha boshi - sezilib turganidek, hamma ma'nolar bir-biriga yaqin.
Qachonki so'zlar ko'chma ma'noda keladigan bo'lsa, ularni omonim so'zlar deb ololmaymiz: ochiq eshik va ochiq gapirmoq gaplaridagi ochiq so'zlari o'zaro omonim emas.
@qiziqarli_ona_tili
1. c 2. d 3. c 4. c 5. a 6. b 7. b 8. b 9. a 10. c 11. d 12. d 13. d 14. a 15. b 16. b 17. d 18. d 19. b 20. c 21. b 22. d 23. d 24. b 25. d 26. c 27. d 28. c 29. d 30. c
@qiziqarli_ona_tili
Qaysi gapda imloviy jihatdan XATO yozilgan so’z mavjud emas?
A) Yosh juvonlar gajak qo’yib, keksarog’lari soch farqini to’g’ri ochib, odmigina kiyinib, konsertga jo’nab ketishdi.
B) Ovqatni xo’b chaynagan yaxshi, Gapni obdan o’ylagan yaxshi.
C) Do’stim menga hitob qildi : “Odam va’da berdimi, unga vafo qilmog’i lozim”.
D) Dimog’iga xushbo’y ifor urulgach, o’zini-da anglay olmay, hushini yo’qotdi.
@qiziqarli_ona_tili
Imloviy va uslubiy jihatdan barcha so’zlar TO‘G‘RI yozilgan gap qatnashgan gapni aniqlang.
A)Daraxtlarning so’ngi yaproqlari kuzning ilk kunlarida axiyri to’kildi.
B)Chorak soat davomida jilovlanib turgan kamalakni ham sezmay qo’ya boshlaydilar.
C)Rostan ham, agar men gapirsam, nafsim meni eshitarmikan?
D)Dars tugashi bilan hech narsaga alaxsimay uyga jo’nadi.
@qiziqarli_ona_tili
Qaysi gapdagi so'zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi?
A) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo'lmasa ham, ko'nglimda o'zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi.
B) U endi podshoning topshirig'ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi.
C) Barmog'ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og'rig'i darrov to'xtaydi.
D) Ho'kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog' quruq poyani tashlab qo'yar ekan.
@qiziqarli_ona_tili