#ONATILI_SABOQLARI
Nima uchun so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari deyiladi?
Bunda shakl va ma'no orqali ifodalanadigan so'zlar nazarda tutiladi. Masalan, ayrim so'zlarning shakli bir xil ma'nosi har xil, aksincha, boshqalarida ma'nosi bir xil shakl har xil.
Omonim so'zlar shakli bir xil ma'nosi har xil bo'lgan so'zlardir. Masalan: "U yog'idan aylanib ko'r, bu yog'idan aylanib ko'r, qo'y ko'r". Ushbu misolda qoraga olingan so'zlar shakldosh so'zlar deyiladi. Gapdagi ma'nosidan ular anglashinib turadi. O'zbek tilida 2 dan 6 tagacha so'zlar o'zaro shakldosh bo'lib kela oladi.
6 talik shakldosh so'zlar: bo'z - mato, rang, yig'i, tajribasiz bola, ekinsiz, o'simlik.
❗️Shakldosh so'zlar har xil so'z turkumida bo'lib keladi: tol (ot) - tol (fe'l). Undan tashqari bir so'z turkumi doirasida ham kuzatiladi: sir - odamning siri/yeyiladigan siri. Yana misol: chang: g'ubor - cholg'u; suzmoq - suvda/ovqat/mol suzmoq (fe'l); bo'sh - hech nima yo'q/anqov (sifat). Shunday qilib, bir xil so'z turkumi doirasidagi omonimlik ko'proq ot/sifat/fe'lda uchrar ekan.
Ko'p ma'noli so'zlarni farqlaymiz. Omonim so'zlar bir so'zning bir necha ma'nolari degani va bu ma'nolar uchun gapda hamisha alohida bir so'z qo'llaymiz, ko'p ma'noli so'zlar ham bir necha ma'no ifodalashi mumkin, lekin barcha ma'nosi uchun bitta so'zni qo'llasak ham bo'ladi.
Hayotiy misol: Masalan, ikkita bir xil adash ismli odamlarni tasavvur qilamiz, ular bitta ismga ega bo'lsa ham ikkita xususiyat, ikkita vazifaga ega. Ko'p ma'nolilik esa bitta odamda turli xususiyat, turli vazifalar borligidir: Jasur o'zi o'quvchi, boshqa o'rinda haydovchi, yana bir o'rinda oshpaz.
Aniqlashtiramiz: bosh so'zi ko'p ma'noli so'z, chunki u o'zida bir nechta ma'no ifodalaydi. Va bu so'zlar o'zaro bir-biriga aloqador bo'ladi: ishning boshi/odam boshi/ko'cha boshi - sezilib turganidek, hamma ma'nolar bir-biriga yaqin.
Qachonki so'zlar ko'chma ma'noda keladigan bo'lsa, ularni omonim so'zlar deb ololmaymiz: ochiq eshik va ochiq gapirmoq gaplaridagi ochiq so'zlari o'zaro omonim emas.
@qiziqarli_ona_tili
1. c 2. d 3. c 4. c 5. a 6. b 7. b 8. b 9. a 10. c 11. d 12. d 13. d 14. a 15. b 16. b 17. d 18. d 19. b 20. c 21. b 22. d 23. d 24. b 25. d 26. c 27. d 28. c 29. d 30. c
@qiziqarli_ona_tili
Qaysi gapda imloviy jihatdan XATO yozilgan so’z mavjud emas?
A) Yosh juvonlar gajak qo’yib, keksarog’lari soch farqini to’g’ri ochib, odmigina kiyinib, konsertga jo’nab ketishdi.
B) Ovqatni xo’b chaynagan yaxshi, Gapni obdan o’ylagan yaxshi.
C) Do’stim menga hitob qildi : “Odam va’da berdimi, unga vafo qilmog’i lozim”.
D) Dimog’iga xushbo’y ifor urulgach, o’zini-da anglay olmay, hushini yo’qotdi.
@qiziqarli_ona_tili
Imloviy va uslubiy jihatdan barcha so’zlar TO‘G‘RI yozilgan gap qatnashgan gapni aniqlang.
A)Daraxtlarning so’ngi yaproqlari kuzning ilk kunlarida axiyri to’kildi.
B)Chorak soat davomida jilovlanib turgan kamalakni ham sezmay qo’ya boshlaydilar.
C)Rostan ham, agar men gapirsam, nafsim meni eshitarmikan?
D)Dars tugashi bilan hech narsaga alaxsimay uyga jo’nadi.
@qiziqarli_ona_tili
Qaysi gapdagi so'zlar imlosida faqat tovush almashish hodisasi kuzatiladi?
A) Garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bo'lmasa ham, ko'nglimda o'zimga tasalli berish, aldash kabi bir kayfiyat bor edi.
B) U endi podshoning topshirig'ini bajarish uchun uni tinmay maqtar, butun ayyorligini ishga solar edi.
C) Barmog'ingiz bilan tirnoq yuzasi burchagidagi nuqtani biroz bosib tursangiz, shunda tish og'rig'i darrov to'xtaydi.
D) Ho'kiz kechqurun qorni ochib, charchab kelsa, uning oldiga bir bog' quruq poyani tashlab qo'yar ekan.
@qiziqarli_ona_tili
3.Uning dimog'iga xushbo'y ifor urilgach, o'zini anglay olmay qoldi.
Nechta so'z fonetik hodisaga uchragan?
A)3 ta B)2 ta C)1 ta D) kuzatilmagan
@qiziqarli_ona_tili
1. Ko’ngling qulfin buzib kirsam,
Bo’ronlardek to’zib kirsam,
So’ng umidim uzib ko’rsam
Yig’larmisan?
Kutarmisan?
Ushbu gap haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang.
A) qo’shma fe’l qatnashgan.
B) ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi mavjud.
C) olmoshning bir turi qo’llangan.
D) sifatdan yasalgan fe’l qatnashgan.
@qiziqarli_ona_tili
8- sinf ona tili 7- mashq:
Berilgan so'zlarni qaysi so'roqqa javob bo'lishiga ko'ra jadvalga joylashtiring.
Kuz(nima?), biz(kim?), ertalab(qachon?), o'tirmoq(nima qilmoq?), o'ntacha(qancha?), buyuk(qanday?), bormoq(nima qilmoq?), har kim(kim?), chopmoq(nima qilmoq?), chiroy( nima?), uchala( nechta?), foydalanmoq( nima qilmoq?), uyqu(nima?), chiroyli(qanday?), bugun( qachon?), hamma(kim?), mardlarcha( qay tarzda?), befoyda( qanday?), so'zlamoq( nima qilmoq?), shirin( qanday?), picha(qancha?), foyda( nima?), uzun( qanday?), mingta( nechta?), har narsa( nima?), ohista( qay tarzda?), havo(nima), oltov( nechta?)
/channel/qiziqarli_ona_tili
8- sinf ona tili 4- topshiriq:
Berilgan so'zlarni qaysi turkumga oidligi asosida jadvalga joylashtiring
Kuz(ot), biz(olmosh), ertalab(ravish), o'tirmoq(fe'l), o'ntacha(son), buyuk(sifat), bormoq(fe'l), har kim(bo'lishsizlik olmoshi), chopmoq(fe'l), chiroy( ot), uchala(son), foydalanmoq(fe'l), uyqu(ot), chiroyli(sifat), bugun( ravish), hamma(olmosh), mardlarcha( ravish), befoyda( sifat), so'zlamoq(fe'l), shirin( sifat), picha(ravish), foyda(ot), uzun(sifat), mingta(son), har narsa(olmosh), ohista(ravish), havo(ot), oltov( son)
/channel/qiziqarli_ona_tili
8- sinf ona tili
13- mashq.
Yordamchi so'zlarni jadval bo'yicha joylashtiring:
Ko'makchi: Qadar, sari, orqali, keyin, boshqa
Bog'lovchi: Basharti, agar, balki, chunki
Yuklama: Nahotki, axir, go'yo, hatto, xuddi, faqat
@qiziqarli_ona_tili
8- sinf
14- mashq.
1. Yig'ilgan xaloyiq suron tufayli yangi shahar sari qo'zg'aldi( O)
2. Gulnoz shundan keyin uch marta xat yozdi, lekin javob kelmadi.
3. Bilasizmi, siz va biz bir ariqdan suv ichamiz-da.( O)
4. Hali xabaring yo'qmi? Asrora opam kasalxonadalar-ku!
5. Nahot sen uning talanti uchun, shon- shuhrati uchun turmushga chiqqan bo'lsang? ( O. Y)
6. Shuni unutmaki, tarbiyaning otasi - mehnat.( H.N)
7. Otlar xuddi ovchidan qo'rqqan kiyiklar kabi qo'sh oyoqlab shamoldek uchib bormoqda. ( Y. Sh)
UNUTMANG!!
Bu kanalda hamma ma'lumotlar eng birinchi joylanadi. Boshqa hech qaysi kanaldan ko'chirib olib kelinmaydi. ❌❌
8- sinf
20- mashq:
1. Agar indamasak, senlarning lapar aytishlaring kechgacha tugamaydiganga o'xshaydi( S. A) Sen- kishilik olmoshi
2. O'z uyim deb so'zlama, uy ortida kishi bor.
O'z - o'zlik olmoshi
3. Baxil topsa bosib yer, saxiy topsa barcha yer.( maqol)
Barcha- belgilash olmoshi
4. Unday kishidan bir gap chiqadi.( A. Q)
Unday- ko'rsatish olmoshi
5. Qandaydir gapingiz haq, o'rtoq Ahmedov ( A. Q)
Qandaydir- gumon olmoshi
6. Shu xayol, shu tasavvur bilan yigit Darayi Nihonga qarab jo'nadi. ( S. A)
Shu- ko'rsatish olmoshi
7. Bunga mening insofim yo'l bermaydi.( S. A)
Bu- ko'rsatish olmoshi
Men- kishilik ol.
8. Shirinso'z, mehribon xola yana uning yelkasiga qoqib, omonlashdi.( Mirmuhsin)
U - ko'rsatish olmoshi
9. U ona bo'lishdan behad shod.( I.R)
10. Unìng qoni to'kilgan joydan shifobaxsh buloq chiqqan
11. Hamma gapni hazilga yoyish uchun Sidiqjon ham kuldi. ( A. Q)
Hamma - belgilash ol.
12. Undan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz bermoqchiman.
( A. Q)
13. Siz uni qandaydir sirli odam deb o'ylayapsiz. ( Mirmuhsin)
Siz - kishilik olm.
8- sinf
14- mashq. So'z va iboralarning izohini aniqlang:
1. Xaloyiq- odamlar, jamoa
2. Bir ariqdan suv ichmoq - yonma- yon, qo'shni bo'lib yashamoq
3. Iste'dod - yuqori darajadagi tug'ma qobiliyat
5- topshiriq: quyidagi aralash holda berilgan so'zlarni jadvalga joylashtiring👇👇
Undov: Eh, evoh, ofarin, hoy, beh- beh
Taqlid: g'ir- g'ir, taqir- tuqur, yalt- yult, duv- duv,
Modal: Ehtimol, shekilli, shubhasiz, albatta, afsuski
/channel/qiziqarli_ona_tili
Oybek qalamiga mansub “Navoiy” romanida qaysi yosh shahzoda hokimiyatini tortib olish maqsadida qo‘shin tortib kelgan amakisidan kelgan elchiga: “Borib aytinglarki, men o‘z og‘am bilan jang qilmoqni aslo istamayman. Bu uyat narsa. Lekin to otamdan ruxsat kelmaguncha, shaharni topshirishga haqqim yo‘q” , − deya jasur sarkardalarga xos javob qaytaradi, jang maydonida mardlarcha kurashganiga qaramay asirga tushadi va razillik bilan qatl etiladi?
A) Mo‘min mirzo
B) Sulton Ali mirzo
C) Badiuzzamon mirzo
D) Yodgor Mirzo
@qiziqarli_ona_tili
🟢Qaysi gapda paronimlarni qo'llash bilan bog'liq uslubiy xato mavjud?
1.Besh asirkim nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir she'r.
2.Urish,noming o'chsin jahonda!
3.Sanat saroyiga konsert tomosha qilgani bordik.
4.Og'zi kuygan qattiqni ham puflab ichadi.
♻️A) 1, 2
♻️B) 2, 3
♻️C) 1, 2, 3
♻️D) 1, 2, 3, 4
@qiziqarli_ona_tili
Imloviy jihatdan NOTO’G’RI yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) ro’ykach, monti, girdbod
B) mandad, grand, flyaga
C) fanor, qaybir, spektakil
D) dramma, yarimtun, meroj
@qiziqarli_ona_tili
Imloviy jihatdan NOTO‘G‘RI yozilgan so‘z qatnashmagan gapni aniqlang.
A) Xiylakorlik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko’pchiligimiz bilamiz.
B) Bir mujda keltirgin, ey jonon, chunon
Rahm et bo’ldim-ku, ishqingda junun
C) Bizning obokidandondan yeb, aravamizda sayr qilib kelmaysanmi, bolakay?
D) Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da obod, bundan-da faravon bo’ladi.
@qiziqarli_ona_tili
Qaysi gapdagi so'zlar imlosida
faqat tovush ortish hodisasi kuzatiladi?
A) Men undan so'radim: "Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul terding kimga?"
B) Och qornim - tinch qulog'im.
C) Yigitning chirog'i - qizi bilan o'g'li, bolam, tezroq farzandli bo'linglar.
D) Bundan kuniga burningizga uch-to'rt tomchi tomizib tursangiz, darddan xalos bo'lasiz.
@qiziqarli_ona_tili
Meni menda demang menda emasman
Bir men bordir menda mendan ichkari...
Ushbu parchada fonetik hodisa uchragan so'z(lar) turkumini aniqlang
A)Ravish va olmosh
B)Sifat va olmosh
C)Olmosh
D)Fonetik hodisa kuzatilmagan
@qiziqarli_ona_tili
2.Kulging qo’shar jonimga jon,
Bir sevib yig’lashing armon,
Men uchun yurakdan jonon
Yig’larmisan?
Sevarmisan?
Ushbu gapda ot turkumiga oid so’zlar qaysi gap
bo’lagi vazifasini bajarmagan?
A) hol B) to’ldiruvchi
C)aniqlovchi D) kesim
@qiziqarli_ona_tili
8- sinf 9- mashq: Ajratib ko'rsatilgan so'zlaning so'rog'ini aniqlang:
1.Mavlono- kim?
2. Mulozim- kim?
3. Jigargo'shalar- kimlar
4. Padari buzurkvor- kim
5. Xok- nima
6. Aqlini peshlab- nima qilib.
10- mashq matndagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarning izohi:
1.Mavlono- arabcha– janob, hukmdor; homiy (murojaatda: ey hukmdorimiz)] Musulmon sharqida: olim va fozil kishilarni, ustozlarni, yuksak martabali amaldorlarni ulug'lab, ularning nomlariga qo'shib ishlatiladigan faxriy so'z. - [Navoiy:] Keling, pirim! Keling, mavlono Jomiy.
2. Mulozim- olim va fozil kishi
3. Jigargo'shalar- forscha – farzand, eng yaqin kishi
4. Padari buzurkvor- cheksiz hurmatga loyiq ota
5. Xok- mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi
6. Aqlini peshlab- asboblar tig'i; damini tiklamoq; aql- idrokini o'stirmoq
/channel/qiziqarli_ona_tili
8- sinf 9- mashq: Ajratib ko'rsatilgan so'zlaning so'rog'ini aniqlang:
1.Mavlono- kim?
2. Mulozim- kim?
3. Jigargo'shalar- kimlar
4. Padari buzurkvor- kim
5. Xok- nima
6. Aqlini peshlab- nima qilib.
10- mashq matndagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarning izohi:
1.Mavlono- arabcha– janob, hukmdor; homiy (murojaatda: ey hukmdorimiz)] Musulmon sharqida: olim va fozil kishilarni, ustozlarni, yuksak martabali amaldorlarni ulug'lab, ularning nomlariga qo'shib ishlatiladigan faxriy so'z. - [Navoiy:] Keling, pirim! Keling, mavlono Jomiy.
2. Mulozim- olim va fozil kishi
3. Jigargo'shalar- forscha – farzand, eng yaqin kishi
4. Padari buzurkvor- cheksiz hurmatga loyiq ota
5. Xok- mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi
6. Aqlini peshlab- asboblar tig'i; damini tiklamoq; aql- idrokini o'stirmoq
/channel/qiziqarli_ona_tili
So'z birikmasi, sinonimlik, omonimlik, qo'shma gaplar, ravish, Ravshan, Temir xotin, O'g'ri, Qiyomat qarz.... bir qarab qo'yinglar
@qiziqarli_ona_tili
G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Shum bola” qissasida Sulton o‘g‘ri bozorda bir kosib yigitning hamyoniga uzugini solib qo‘yadi va uni o‘g‘irlikda ayblab, shovqin ko‘taradi.
Shunga qaramay, kosib yigitni o‘zi mirshab qo‘lidan qutqarib yuboradi. Bechora kosib yigit ham Sulton o‘g‘ridan minnatdor bo‘lgancha ketadi.
Asar mazmuniga tayangan holda, Sulton
o‘g‘rining bunday yo‘l tutishining sababi to‘g‘ri izohlangan javobni aniqlang.
A)Sulton o‘g‘ri kosib yigitning nochor ahvolini ko‘rib, unga rahmi keladi.
B)Sulton o‘g‘ri kosib yigitdan o‘ch olishni niyat qilib yurgani uchun uni bozor ahli orasida sharmanda qilishni xohlagan edi.
C)Sulton o‘g‘ri bechora kosib yigitning yosh bolasi borligini bilib, unga rahm qiladi.
D)Sulton o‘g‘ri o‘zi o‘g‘irlagan pulni “halollab”, egasini rozi qilib olishga bahs boylagan edi.
@qiziqarli_ona_tili
Test TIPi degan narsani amalda tushuntiraman. Masalan, morfemika mavzusidan 7 xil TIP mavjud. Bular:
1) Gap beradi, bu gapda qaysi qo'shimcha qatnashgan/qatnshmaganini so'raydi.
2) Qo'shimchalari tushirilgan gap beradi va qaysi qo'shimchalarni tiklash xato/to'g'ri bo'ladi deydi.
3) Nuqtalar o'rniga so'z yas, lug' shak yas, sin shak yasovchi qo'shimchalarni qo'yish.
4) Nuqtalar o'rniga faqat "palonchi" qo'shimchani qo'yish lozim bo'lgan javob.
5) Qaysi javobda so'z yasovchi, lug'aviy va sintaktik qo'shimcha to'liq qatnashgan.
6) "Palonchi" qo'shimcha gapda so'z yasovchi bo'lib kelgan javobni aniqlang.
7) Berilgan gapdagi qo'shimchalar haqida to'g'ri hukmni toping.
Yuqoridagi 7 xil TIPga e'tibor berilsa, bu TIPlar o'quvchining so'z yasovchi, lug'aviy va sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarni qanchalik darajada bilishini sinash nazarda tutilgan.
Daraja bir xil, lekin ko'rinish(TIP) har xil.
Talabgor esa qaysidir TIPni avval ko'rgan va unda bu TIP bo'yicha tajriba bor, shuning uchun unga oson tuyiladi, yana boshqa talabgor o'ziga tushgan TIPni avval ko'rmagan yoki tajriba to'plamagan, shuning uchun unga qiyin tuyiladi.
Xulosa qilsak, savol darajasi bir xil, TIP esa har xil. Bu paytda sizga TIPlarni qanchalik darajada bilganingiz yordam beradi.
@qiziqarli_ona_tili