qiziqarli_ona_tili | Неотсортированное

Telegram-канал qiziqarli_ona_tili - Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

6509

Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina Ona tili va adabiyot fanidan tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan ustozlar va Milliy sertifikat olishni istovchi barchani birlashtirgan kanal!!!

Подписаться на канал

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Meni menda demang menda emasman
Bir men bordir menda mendan ichkari...
Ushbu parchada fonetik hodisa uchragan so'z(lar) turkumini aniqlang
A)Ravish va olmosh
B)Sifat va olmosh
C)Olmosh
D)Fonetik hodisa kuzatilmagan


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

2.Kulging qo’shar jonimga jon,
Bir sevib yig’lashing armon,
Men uchun yurakdan jonon
Yig’larmisan?
Sevarmisan?
Ushbu gapda ot turkumiga oid so’zlar qaysi gap
bo’lagi vazifasini bajarmagan?
A) hol B) to’ldiruvchi
C)aniqlovchi D) kesim


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

essening baholanish tizimi
eng yuqori ball 75
eng past ball 32


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

8- sinf 9- mashq: Ajratib ko'rsatilgan so'zlaning so'rog'ini aniqlang:

1.Mavlono- kim?
2. Mulozim- kim?
3. Jigargo'shalar- kimlar
4. Padari buzurkvor- kim
5. Xok- nima
6. Aqlini peshlab- nima qilib.

10- mashq matndagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarning izohi:

1.Mavlono- arabcha– janob, hukmdor; homiy (murojaatda: ey hukmdorimiz)] Musulmon sharqida: olim va fozil kishilarni, ustozlarni, yuksak martabali amaldorlarni ulug'lab, ularning nomlariga qo'shib ishlatiladigan faxriy so'z. - [Navoiy:] Keling, pirim! Keling, mavlono Jomiy.
2. Mulozim- olim va fozil kishi
3. Jigargo'shalar- forscha – farzand, eng yaqin kishi
4. Padari buzurkvor- cheksiz hurmatga loyiq ota
5. Xok- mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi
6. Aqlini peshlab- asboblar tig'i; damini tiklamoq; aql- idrokini o'stirmoq

/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

8- sinf 9- mashq: Ajratib ko'rsatilgan so'zlaning so'rog'ini aniqlang:

1.Mavlono- kim?
2. Mulozim- kim?
3. Jigargo'shalar- kimlar
4. Padari buzurkvor- kim
5. Xok- nima
6. Aqlini peshlab- nima qilib.

10- mashq matndagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarning izohi:

1.Mavlono- arabcha– janob, hukmdor; homiy (murojaatda: ey hukmdorimiz)] Musulmon sharqida: olim va fozil kishilarni, ustozlarni, yuksak martabali amaldorlarni ulug'lab, ularning nomlariga qo'shib ishlatiladigan faxriy so'z. - [Navoiy:] Keling, pirim! Keling, mavlono Jomiy.
2. Mulozim- olim va fozil kishi
3. Jigargo'shalar- forscha – farzand, eng yaqin kishi
4. Padari buzurkvor- cheksiz hurmatga loyiq ota
5. Xok- mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi
6. Aqlini peshlab- asboblar tig'i; damini tiklamoq; aql- idrokini o'stirmoq

/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

So'z birikmasi, sinonimlik, omonimlik, qo'shma gaplar, ravish, Ravshan, Temir xotin, O'g'ri, Qiyomat qarz.... bir qarab qo'yinglar

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Shum bola” qissasida Sulton o‘g‘ri bozorda bir kosib yigitning hamyoniga uzugini solib qo‘yadi va uni o‘g‘irlikda ayblab, shovqin ko‘taradi.
Shunga qaramay, kosib yigitni o‘zi mirshab qo‘lidan qutqarib yuboradi. Bechora kosib yigit ham Sulton o‘g‘ridan minnatdor bo‘lgancha ketadi.
Asar mazmuniga tayangan holda, Sulton
o‘g‘rining bunday yo‘l tutishining sababi to‘g‘ri izohlangan javobni aniqlang.
A)Sulton o‘g‘ri kosib yigitning nochor ahvolini ko‘rib, unga rahmi keladi.
B)Sulton o‘g‘ri kosib yigitdan o‘ch olishni niyat qilib yurgani uchun uni bozor ahli orasida sharmanda qilishni xohlagan edi.
C)Sulton o‘g‘ri bechora kosib yigitning yosh bolasi borligini bilib, unga rahm qiladi.
D)Sulton o‘g‘ri o‘zi o‘g‘irlagan pulni “halollab”, egasini rozi qilib olishga bahs boylagan edi.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Abituriyentlar eshiting!

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Test TIPi degan narsani amalda tushuntiraman. Masalan, morfemika mavzusidan 7 xil TIP mavjud. Bular:

1) Gap beradi, bu gapda qaysi qo'shimcha qatnashgan/qatnshmaganini so'raydi.

2) Qo'shimchalari tushirilgan gap beradi va qaysi qo'shimchalarni tiklash xato/to'g'ri bo'ladi deydi.

3) Nuqtalar o'rniga so'z yas, lug' shak yas, sin shak yasovchi qo'shimchalarni qo'yish.

4) Nuqtalar o'rniga faqat "palonchi" qo'shimchani qo'yish lozim bo'lgan javob.

5) Qaysi javobda so'z yasovchi, lug'aviy va sintaktik qo'shimcha to'liq qatnashgan.

6) "Palonchi" qo'shimcha gapda so'z yasovchi bo'lib kelgan javobni aniqlang.

7) Berilgan gapdagi qo'shimchalar haqida to'g'ri hukmni toping.

Yuqoridagi 7 xil TIPga e'tibor berilsa, bu TIPlar o'quvchining so'z yasovchi, lug'aviy va sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarni qanchalik darajada bilishini sinash nazarda tutilgan.

Daraja bir xil, lekin ko'rinish(TIP) har xil.
Talabgor esa qaysidir TIPni avval ko'rgan va unda bu TIP bo'yicha tajriba bor, shuning uchun unga oson tuyiladi, yana boshqa talabgor o'ziga tushgan TIPni avval ko'rmagan yoki tajriba to'plamagan, shuning uchun unga qiyin tuyiladi.

Xulosa qilsak, savol darajasi bir xil, TIP esa har xil. Bu paytda sizga TIPlarni qanchalik darajada bilganingiz yordam beradi.



@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

BBA testda tushgan!
Shakldoshiga ega so'z qatnashgan:
ustun
yuz


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🔸Yodda saqlang

📌Avtobiografik asarlar haqida qisqacha ma'lumot

🍃 G'afur G'ulom
"Mening o'g'rigina bolam"

🍃Said Ahmad
"Yòqotganlarim va topganlarim"

🍃Abdulla Oripov
"Kòrgan-bilganlarim"

🍃 Òtkir Hoshimov
"Mashaqqatli safar"

🍃Alfons Dode
"Kichkintoy"

🍃 Zahiriddin Muhammad Bobur
"Boburnoma"

🍃 Erkin Vohidov
"Nido"(qisman)

🍃 Muhammadsharif Gulxaniy
"Bideh"

🍃Turdi Faroĝiy
"Turdiman"

🍃 Odil Yoqubov
"Muzqaymoq"

🍃 Abdulla Qahhor
"Òtmishdan ertaklar"

🍃 Uvaysiy
"Uvaysiyman", "Doĝ òldi, doĝ òldi", "Soĝindim"

http://t.me/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#iqtibos

✨Mening sirim judda oddiy, yuragimga ishonaman: faqatgina yurak hamisha uyg'oq, hamisha sergak... eng muhim daqiqalarni ko'z bilan ko'rib bo'maydi, uni faqat his etish kerak...

📚 Kichkina shahzoda
✍ Antuan De Sent Ekzyuperi

http://t.me/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Ma'ruza

🗣️Ogʻzaki nutqdagi tovush oʻzgarish hodisalari

✍️Ogʻzaki nutqdagi tovush oʻzgarish hodisalari nutqiy qulaylikka erishish maqsadida yuzaga kelgan boʻlib ular yozma nutqda ifodalanmaydi, ya'ni ogʻzaki nutqda qanday aytilsa ham yozma nutqda qonun-qoidalariga muvofiq yoziladi.Ogʻzaki nutqdagi tovush oʻzgarishlarining quyidagicha turlari bor:

🔹**ASSIMLYATSIYA**ikki yondosh undosh tovushning bir-biriga ta'sir etishi natijasida bir xillikka intilish.Assimlyatsiya hodisasi ikki xil holatda yuzaga keladi.Birinchisi oldindagi tovush orqadagi tovushni oʻziga moslashtiradi.Bu progressif assimlyatsiya deb atalib, unda orqadagi tovush oldindagi tovushga moslashadi: Otdan(ottan), ketdi(ketti), sotdi(sotti), aytdi(aytti).Ikkinchisi
regressif assimlyatsiya unda orqadagi tovush oldindagini oʻziga moslashtiradi,ya'ni oldindagi tovush orqadagi moslab talaffuz qilinadi: yigitcha(yigichcha), yozsin(yossin),tuzsiz(tussiz).
Assimlyatsiya ikki nooʻxshash tovushning qaysidr jihatiga koʻra bir biriga oʻxshab qolishi orqali yuzaga keladi.Masalan N tovushi m va b tovushidan oldin kelganda m sifatida aytiladi:Manmanlik(mammanlik),oʻn bir( oʻm bir), sunbul(sumbul),tanbur(tambur).
🔹**DISSIMLYATSIYA** ikki oʻxshash tovush boshqa nooʻxdhash tovushga aylanib qolisho natijasida yuzaga keladi: Birorta(bironta), zarar(zaral),zarur(zaril).
🔹**Singarmanizm** Unlilarning moyillashuvi.Ikki unlining bir-birga mos holatda talaffuz qilinishi: bahor(bohor), savob(sovob) muhim(muhum),tushir(tushur).

🔹**METATEZA** tovushlarning oʻrnini almashtirib talaffuz qilish:Tuproq(turpoq),saryogʻ(sayrogʻ),afv(avf) kabi.

🔹**TOVUSH TUSHISHI** Ogʻzaki nutqda soʻzdagi biror tovushni tushirib talaffuz qilish: Toshkent(Toshken), goʻsht(goʻsh),gʻisht(gʻish), dastyor(dasyor), daraxtzor(daraxzor).
🔹**TOVUSH ALMASHINISHI** Ogʻzaki nutqda soʻzdgi biror tovushni boshqacha talaffuz qilish:Maktab(maktap), kitob(kitob), qand(qant).
🔹**TOVUSH ORTISHI** Ogʻzaki kutqda biror tovushning ortib ketishi:shior(shiyor), shoir(shoyir), oila(oyila), tabiat(tabiyat) kabi.

#eslatib oʻtamiz ogʻzaki tovush oʻzgarishlari faqat ogʻzaki nutqda sodir boʻladi.Ular yozma nutqda oʻz qonun-qoidalariga asoslanib yoziladi.

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

3.Uning dimog'iga xushbo'y ifor urilgach, o'zini anglay olmay qoldi.
Nechta so'z fonetik hodisaga uchragan?
A)3 ta B)2 ta C)1 ta D) kuzatilmagan


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

1. Ko’ngling qulfin buzib kirsam,
Bo’ronlardek to’zib kirsam,
So’ng umidim uzib ko’rsam
Yig’larmisan?
Kutarmisan?
Ushbu gap haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang.
A) qo’shma fe’l qatnashgan.
B) ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi mavjud.
C) olmoshning bir turi qo’llangan.
D) sifatdan yasalgan fe’l qatnashgan.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

8- sinf ona tili 7- mashq:

Berilgan so'zlarni qaysi so'roqqa javob bo'lishiga ko'ra jadvalga joylashtiring.

Kuz(nima?), biz(kim?), ertalab(qachon?), o'tirmoq(nima qilmoq?), o'ntacha(qancha?), buyuk(qanday?), bormoq(nima qilmoq?), har kim(kim?), chopmoq(nima qilmoq?), chiroy( nima?), uchala( nechta?), foydalanmoq( nima qilmoq?), uyqu(nima?), chiroyli(qanday?), bugun( qachon?), hamma(kim?), mardlarcha( qay tarzda?), befoyda( qanday?), so'zlamoq( nima qilmoq?), shirin( qanday?), picha(qancha?), foyda( nima?), uzun( qanday?), mingta( nechta?), har narsa( nima?), ohista( qay tarzda?), havo(nima), oltov( nechta?)

/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

8- sinf ona tili 4- topshiriq:

Berilgan so'zlarni qaysi turkumga oidligi asosida jadvalga joylashtiring

Kuz(ot), biz(olmosh), ertalab(ravish), o'tirmoq(fe'l), o'ntacha(son), buyuk(sifat), bormoq(fe'l), har kim(bo'lishsizlik olmoshi), chopmoq(fe'l), chiroy( ot), uchala(son), foydalanmoq(fe'l), uyqu(ot), chiroyli(sifat), bugun( ravish), hamma(olmosh), mardlarcha( ravish), befoyda( sifat), so'zlamoq(fe'l), shirin( sifat), picha(ravish), foyda(ot), uzun(sifat), mingta(son), har narsa(olmosh), ohista(ravish), havo(ot), oltov( son)


/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

8- sinf ona tili
13- mashq.
Yordamchi so'zlarni jadval bo'yicha joylashtiring:

Ko'makchi: Qadar, sari, orqali, keyin, boshqa

Bog'lovchi: Basharti, agar, balki, chunki

Yuklama: Nahotki, axir, go'yo, hatto, xuddi, faqat

@qiziqarli_ona_tili

8- sinf
14- mashq.

1. Yig'ilgan xaloyiq suron tufayli yangi shahar sari qo'zg'aldi( O)

2. Gulnoz shundan keyin uch marta xat yozdi, lekin javob kelmadi.

3. Bilasizmi, siz va biz bir ariqdan suv ichamiz-da.( O)

4. Hali xabaring yo'qmi? Asrora opam kasalxonadalar-ku!

5. Nahot sen uning talanti uchun, shon- shuhrati uchun turmushga chiqqan bo'lsang? ( O. Y)

6. Shuni unutmaki, tarbiyaning otasi - mehnat.( H.N)

7. Otlar xuddi ovchidan qo'rqqan kiyiklar kabi qo'sh oyoqlab shamoldek uchib bormoqda. ( Y. Sh)

UNUTMANG!!
Bu kanalda hamma ma'lumotlar eng birinchi joylanadi. Boshqa hech qaysi kanaldan ko'chirib olib kelinmaydi. ❌❌


8- sinf
20- mashq:

1. Agar indamasak, senlarning lapar aytishlaring kechgacha tugamaydiganga o'xshaydi( S. A) Sen- kishilik olmoshi

2. O'z uyim deb so'zlama, uy ortida kishi bor.
O'z - o'zlik olmoshi

3. Baxil topsa bosib yer, saxiy topsa barcha yer.( maqol)
Barcha- belgilash olmoshi

4. Unday kishidan bir gap chiqadi.( A. Q)
Unday- ko'rsatish olmoshi

5. Qandaydir gapingiz haq, o'rtoq Ahmedov ( A. Q)
Qandaydir- gumon olmoshi

6. Shu xayol, shu tasavvur bilan yigit Darayi Nihonga qarab jo'nadi. ( S. A)
Shu- ko'rsatish olmoshi

7. Bunga mening insofim yo'l bermaydi.( S. A)
Bu- ko'rsatish olmoshi
Men- kishilik ol.

8. Shirinso'z, mehribon xola yana uning yelkasiga qoqib, omonlashdi.( Mirmuhsin)
U - ko'rsatish olmoshi

9. U ona bo'lishdan behad shod.( I.R)

10. Unìng qoni to'kilgan joydan shifobaxsh buloq chiqqan

11. Hamma gapni hazilga yoyish uchun Sidiqjon ham kuldi. ( A. Q)
Hamma - belgilash ol.

12. Undan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz bermoqchiman.
( A. Q)

13. Siz uni qandaydir sirli odam deb o'ylayapsiz. ( Mirmuhsin)
Siz - kishilik olm.


8- sinf
14- mashq. So'z va iboralarning izohini aniqlang:

1. Xaloyiq- odamlar, jamoa
2. Bir ariqdan suv ichmoq - yonma- yon, qo'shni bo'lib yashamoq
3. Iste'dod - yuqori darajadagi tug'ma qobiliyat

5- topshiriq: quyidagi aralash holda berilgan so'zlarni jadvalga joylashtiring👇👇

Undov: Eh, evoh, ofarin, hoy, beh- beh

Taqlid: g'ir- g'ir, taqir- tuqur, yalt- yult, duv- duv,

Modal: Ehtimol, shekilli, shubhasiz, albatta, afsuski

/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Oybek qalamiga mansub “Navoiy” romanida qaysi yosh shahzoda hokimiyatini tortib olish maqsadida qo‘shin tortib kelgan amakisidan kelgan elchiga: “Borib aytinglarki, men o‘z og‘am bilan jang qilmoqni aslo istamayman. Bu uyat narsa. Lekin to otamdan ruxsat kelmaguncha, shaharni topshirishga haqqim yo‘q” , − deya jasur sarkardalarga xos javob qaytaradi, jang maydonida mardlarcha kurashganiga qaramay asirga tushadi va razillik bilan qatl etiladi?
A) Mo‘min mirzo
B) Sulton Ali mirzo
C) Badiuzzamon mirzo
D) Yodgor Mirzo


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🔊🔊🔊
📌📌📌SIZ KUTGAN SUPER YANGILIK♻️

Siz attestatsiyaga tayyorlanmoqchisiz, lekin hech qunt qilmayapsizmi❓❗️
Bunday holatda siz uchun super yangilik bor.🔈
Siz tajribali, oliy toifali, ko‘plab yutuqlarga erishgan filolog, bir urinishdayoq Milliy sertifikatga erishgan filolog @Madaminovna_Madina ning Attestatsiya guruhiga taklif qilaman🖇🖇 Ustoz, shogirdlari erishgan natijalarni @qiziqarli_ona_tili kanalida ko'rishingiz mumkin✅

♻️ Kurs haftada 4 kun(kunlar kelishiladi). Darslar qat'iy belgilangan maxsus dastur asosida olib boriladi va tartibga olinadi.

♻️ Kursda ham ona tili, ham adabiyot darslarini teng olib boriladi.

♻️ Kursda pedagogik mahorat ham o‘rgatiladi✅

♻️ Kursda attestatsiya testlarini ham ishlaysiz❇️

❗️Darslar 1-avgustdan boshlanadi.

Kurs to‘lovi: 100 ming🤩🤩

‼️Shoshiling joylar soni chegaralangan.

✅Hozirdanoq joyingizni band qilib qo‘ying.

Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

http://t.me/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

8-sinf ona tili darsligidan 29-dars 75-mashq tahlili

🔷Pili damon - mast,qutirgan fil.
🔷Palang - yo‘lbars.
🔷Mo‘ri lang - cho‘loq chumoli.
🔷Mash'uf - ma'lum, mashhur, aniq, belgilangan.
🔷Kufr - kofirlik, dindan qaytganlik.
🔷Tama' - istak, xohish.
🔷Rohrav - yo‘lovchi, maqsadga intilgan kishi.
🔷Kesh - maqsad, mo‘ljal.
🔷Bandi rohe - yo‘ldagi band, to‘siq; mone'lik.
🔷Besh - afzal, tuzuk.

@onlineonatili

http://t.me/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Majburiy ona tili
#tushgan_2024 #Tarqting

Savol❕: Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping
Javob✅ : ma‘suma tanovul

Savol❕: Qaratqich kelishigini belgisiz qo‘llasa xato bo‘ladigan javobni belgilang.

Savol❕: Nutqda o‘zaro bir-biriga zid bo‘lgan so‘zlarni belgilang.
Javob✅ : Avval-keyin

Savol❕: Quyidagi vergul tushirib qoldirgan gapni toping.
Javob✅ : Alisher, to‘g‘ri, siz bu borada haqsiz.

Savol❕: Ajratib yozilgan qaysi so‘z o‘z ma‘nosida qo‘llangan?
Javob✅: Buvim qilgan ovqatning "ta‘mi" og‘zimda qoldi

Savol❕ : Qo‘shib yozish bilan bog‘liq xatoni toping.

Savol❕: Quyidagi qaysi gapda zidlov bog‘lovchisi qo‘yiladi?

Savol❕: Tushum kelishigi qo‘yilishi kerak gapni toping.

Savol❕: Belgilash olmoshi berilgan qatorni toping.

Savol❕: Kelishiklar orqali ifodalangan so‘z birikmasini toping.


Xavotirlanmang! Yana qaytaraman : "Savollar juda oson!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🗣#Ma'ruza🗣

✍ Leksikologiya (yunoncha-lexikos) soʻz, soʻzga doir ta'limot degan ma'nolarni anglatib, soʻzning atash ma'nolarini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi.
📌 Soʻz ma'lum ma'no bilan bogʻlangan,morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi.
Soʻzning ikki tomoni boʻladi:Moddiy tomoni va ma'no tomoni.
🔻 Moddiy tomoni soʻzning nechta harf nechta boʻgʻindan iborat ekanligi hisoblansa,🔺 Ma'no tomoni uning lugʻaviy va grammatik manosi hisoblanadi.
Mustaqil soʻzlarda (olmosh soʻz turkumidan tashqari)ikki ma'no boʻladi:Lugʻaviy va grammatik ma'no.
📌Soʻzning lugʻaviy(atash,leksik)ma'nosi-soʻzning borliqda qanday tushuncha anglatishi,insonda qanday tasavvur uygʻotishi.Masalan: kitob soʻzining lugʻaviy ma'nosi bu kitob deganda koʻz oldimizga oʻquv qurolining kelishi,ya'ni kitobning oʻquv quroli ekanligi bu uning lugʻaviy ma'nosi boʻlsa, grammatik ma'no bu ushbu soʻzning qaysi turkumga mansub ekanligi, ot soʻz turkumi boʻlsa birlik yoki koʻplikda ekanligi,qaysi kelishikda ekanligi,otning qaysi turiga kirishi kabi tushunchalar.Agar u fe'l boʻlsa qaysi zamonda,qaysi nisbatda,qaysi shaxsda va boʻlishli yoki boʻlishsiz ekanligi kiradi.Leksikologiya soʻzning atash (lugʻaviy,leksik) ma'nosini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi.

OLMA soʻzining ma'nolari

Lugʻaviy.M Grammatik.M

🔸Olma mevasi🍎 🔹Ot soʻz turkumi

🔸Olma daraxti🌳 🔹Bosh kelishikda
🔹Birlikda
🔹Aniq ot

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Test

Tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini kim farqlab berdi?

1️⃣F.Sossyur
2️⃣Pavlov
3️⃣L.V.Tomsen
4️⃣Mahmud Qoshgʻariy

Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
@QIZIQARLI_ONA_TILI

Читать полностью…
Подписаться на канал