Quyida berilgan so'zlarning qaysilariga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, bu so'z fonetik yozuv asosida yozilmaydi?
1) o'rin; 2) park; 3) rizq; 4) kapalak; 5) bo'g'iz; 6) nutq; 7) qorin; 8) butoq; 9) farq; 10) tuproq
♻️a) 3, 4, 5, 10
♻️b) 2, 3, 6, 9
♻️c) 6, 8, 9
♻️d) 1, 5, 9, 10
@qiziqarli_ona_tili
🌼 “Омадсизлик” тушунчаси йўқ — янги тажрибани ўзлаштириш тушунчаси бор.
🌼 Шунчаки, луғатингиздан “омадсизлик” сўзини олиб ташланг. Барча буюк олимлар қайта-қайта омадсизликка учрагандан сўнг муваффаққиятга эришган.
🌼 Томас Эдисон шундай деган эди: "Мен лампочкани ихтиро қилишда омадсизликка учрамадим, аксинча, лампочка қандай қилиб ишламаслигининг 99 та усулини топдим".
🌼 Ҳар бир мағлубиятингиздан ниманидир ўрганинг. Кейинги сафар қандай қилиб яхшироқ бажаришни ўйлаб кўринг.
Xizmatingda bilmon,ey dildor,taqsirim nedur?
Kim meni qilding munungdek zor,taqsirim nedur?
Ushbu baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?
@qiziqarli_ona_tili
11- sinf 83 - mashq
Berilgan she'rlarni ifodali o'qing. So'zarni ko'chma ma'noda qo'llanish orqali nutq ta'sirchanligini ta'minlashdagi o'rnini izohlang
Manzara
Qora qushlar qo'narlar
Majnuntolning shoxiga
Boshin suvga egarlar
Boqmay sira ohiga.
Rahmi kelib bulutning,
Yig'lab to'kar yoshini.
Qushlar qochar majnuntol
Ko'taradi boshini.
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi.
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
( E. Vohidov)
Ushbu she'rda metafora usulida 5 ta ma'no ko'chish bor.
Insonga xos bo'lgan xususiyatlar jonsiz narsalarga ko'chirilgan. Masalan, majnuntolning shoxlari qizlarning soshlariga o'xshatilyapti.
©Dilafruz
#Juda_kerakli
🔷Fe"lning zamon shakllari🔷
❇️Hozirgi zamon❇️
✅Harakat-holatning gap aytilayotgan paytda sodir bo’layotganini ifodalovchi fe’l shakli hozirgi zamon shakli deyiladi .
Hozirgi zamon shakli fe’l asosiga –moqda , -yotir(-ayotir) , -yap , -yotib(-ayotib) kabi qo’shimchalarini qo’shish orqali hosil qilinadi .
🔷Men o’qi+moqda+man (yoz+moqda+man)
Biz o’qi+moqda+miz (yoz+moqda+miz)
🔷Sen o’qi+moqda+san (yoz+moqda+san)
Siz o’qi+moqda+siz (yoz+moqda+siz)
🔷U o’qi+moqda+0 (yoz+moqda+0 )
Ular o’qi+moqda+0 (yoz+moqda+0 )
🔷Men o’qi+yotir+man (yoz+ayotir+man)
Biz o’qi+yotir+miz (yoz+ayotir+miz)
🔷Sen o’qi+yotir+san (yoz+ayotir+san)
Siz o’qi+yotir+siz (yoz+ayotir+siz)
🔷U o’qi+yotir+0 (yoz+ayotir+0 )
Ular o’qi+yotir (yoz+ayotir+0 )
🔷Men o’qi+yap+man (yoz+yap+man)
Biz o’qi+yap+miz (yoz+yap+miz)
🔷Sen o’qi+yap+san (yoz+yap+san)
Siz o’qi+yap+siz (yoz+yap+siz)
🔷U o’qi+yap+ti (yoz+yap+ti)
Ular o’qi+yap+ti (yoz+yap+ti)
🔷Men o’qi+yotib+man (yoz+ayotib+man)
Biz o’qi+yotib+miz (yoz+ayotib+miz)
🔷Sen o’qi+yotib+san (yoz+ayotib+san)
Siz o’qi+yotib+siz (yoz+ayotib+siz)
🔷U o’qi+yotib+di (yoz+ayotib+di)
Ular o’qi+yotib+di (yoz+ayotib+di)
💢Diqqat!!! Hozirgi zamon qo’shimchasi undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shilib –ayap holida talaffuz qilinsa ham , hamma vaqt –yap shaklida yoziladi : bor+ayap+man(bor+yap+man) , kel+ayap+ti(kel+yap+ti)
♨️Diqqat!!! O’zbek tilidagi to’rtta fe’l (yot , tur , o’tir , yur ) -ib(-b) o’tgan zamon qo’shimchasi bilan qo’llansa ham , hozirgi zamon davom ma’nosini ifodalashi mumkin .
Darvoza oldida katta it yot+ib+di . Ikki kishi ko’chada tur+ib+di . Ular bekatda o’tir+ib+di . Tashqarida kimdir yur+ib+di .
🚫 Koʻchirib olish mumkin emas
Biz bilan ona tili va adabiyotni secretlarda🔐 o'rganing👇👇
📛/channel/qiziqarli_ona_tili
#Omonim(shakldosh) qo'shimchalar
🎊1 )-a qo'shimchasi 1) - a ot yasaydi (so'z.yas) jizza jiz+a= jizza 2) -a sifat yasaydi (so'z.yas) to'la to'l+a=to'la 3) -a fe'l yasaydi (so'z.yas) tuna, sana son+a=sana 4) -a kelasi zamon shaklini yasaydi (lug'.shakl.yas) yoza-yoza charchadim yoz+a yoza 5) -a kelasi zamon shaklini yasaydi (sint.shakl.yas) yozaman yoz+a+man=yozaman 6) -a so'roq-taajjub yuklamasi: kelasan-a 🎊2) -i qo'shimchasi 1) -i sifat yasaydi (so'z.yas) jannati, lan'ati jannat+i=Jannati 2) -i fe'l yasaydi (so'z.yas) boyimoq boy+i+moq=boyimoq 3) -i III shaxs birlik sondagi egalik shaklini yasaydi (sint.shakl.yas) Kitobi Kitob+i=kitobi
©️Turg'unjanovna
❗️Orttirma daraja shaklidagi sifat qaysi gap
tarkibida mavjud emas?
A) Kechqurun ishdan qaytayotganimda odam
bo‘yi keladigan Qorboboning ko‘m-ko‘k
ko‘zlariga, rango-rang lampochkalarga
mahliyo bo‘lib turgan bolalarni ko‘raman.
B) To‘rt-besh yoshlar chamasidagi qizil qalpoq
kiygan bir bolagina Qorboboning dam yonib,
dam 0o‘chib turgan ko‘zlaridan ko‘zini
uzmasdi.
C) Dum-dumaloq lo‘ppi yuzi kichkina burni
yodimda qoldi.
D) Tim qora ko‘zlari Qorboboda, ammo
nazarimda, u Qorboboni ko‘rmas, nimanidir
o‘ylardi.
❗️ Orttirma daraja shaklidagi tub sifat qaysi gapda
ishtirok etgan?
A) Qirg‘ovullar o‘rta Osiyodagi eng chiroyli
qushlardan biridir.
B) Olimlarning aniqlashicha, eng olis
yulduzgacha bo‘lgan masofa 160 ming
yorug‘lik yiliga teng ekan.
C) Dunyoda eng bebaho, ammo benazir
tarqatiladigan xazina bor. Bu ona mehri.
D) Salqin, juda mazali buloq suvini
ichganingiz sari ichgingiz kelaveradi.
#BUNI #OʻQING
BU EʼLON BOʻLAJAK USTAMA EGALARI UCHUN.
Onlayn taʼlimda bir necha yildan buyon oʻqituvchilarning Sertifikat olishiga sababchi boʻlgan Eshmurodov ustoz va Milliy Sertifikatdan 💯 % Natija egasi Furqat ustozning Yangi Milliy Sertifikat uchun 3 oylik kursiga qabul ochildi.
❗️Bitta guruhda 2 ta ustozdan tahsil olishingiz mumkin
❗️Ushbu kursda siz nimalarni oʻrganasiz:
✅ noldan ESSE yozish
✅ MATN turlarini 30 daqiqada ishlash usullarini
✅ GʻAZALLARNI hech qaysi kursda yoʻq usullar orqali tahlil qilishni
✅ Grammatikaning kerakli boʻlimlarini ochiq dars va test orqali oʻzlashtirishni.
📌Ushbu kurs haftada 4 kun, ertalab 5:00 da boshlanadi.
🫴Kurs haqida batafsil maʼlumot 👈
Narxi: 50 ming ✅
(Ushbu narx barchaga manfaatli boʻlishi uchun belgilandi)
Eshmurodov ustoz bilan tanishing👇🏿
📌NATIJALAR BU YERDA
📌NAMUNA DARS TINGLANG
📌OʻQUVCHILAR FIKRI
📩Murojaat uchun:
+998886384188
@QABUL_UCHUN1
Bu yerda BEPUL dars va Testlar mavjud:👇
@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
👆🏾👆🏾
✍️ Paolo Koelo
"Alkimyogar" kitobidan
"Odamzod doimo hayotidagi eng sevgan narsalarini barbod qiladi..." Haqiqatdan ham shunday. Inson umr bo'yi intilgan orzusini amalga oshayotganligini anglagan daqiqadan qalbi gunohkorlik tuyg'usiga to'ladi. Atrofga qarab orzu-umidlariga erisholmagan ko'plab odamlarni ko'radi va "men ham bu baxtga munosib emasman" deb o'ylay boshlaydi. Inson shu orzusini deb chekkan iztiroblarini azoblarini, bergan qurbonliklarini unutadi...
@qiziqarli_ona_tili
"Сенга нима етмаяпти, ҳамма нарсанг борку?" дейди эри унга. Сўнг келин қайнонасидан кийимига пул сўраса, қайнона "нима қиласан, кийиминг борку?" дейди. Фильм ижодкорларига ўттиз яшар одам шакалатга пул бер деб ялиниб юрадиган ёш бола эмаслигини қандай тушунтирсам бўлади? 🤔
Читать полностью…😱BUNI OʻQIMASLIKNING ILOJI YOʻQ🔥
Hurmatli ona tili ustozlari, boshlangʻich taʼlim ustozlari, Abituriyentlar va Talabalar. Siz ham 50% , 20% ustama olishga loyiq insonsiz.
ESHMURODOV ustozning noldan -- Test ishlash darajasigacha chiqadigan oxirgi onlayn kursiga qabul boshlandi. Kurs maxsus tartibda 3 oylik reja asosida tuzilgan.
💳 Narxi 50 ming
KURS HAQIDA BATAFSIL - koʻk yozuv ustiga bosing.
Bizda guruh atmosferasi umuman boshqacha. Bizning kursda TARTIB eng muhim omil.
Iltimos, Maqsadi bor. Eng kuchlilar bilan oʻqishni xohlaganlar yozsin. Insha Alloh sizning mukammal natijangiz biz uchun ham muhimdir.
ESHMURODOV ustoz bilan tanishing 👇
📌 NAMUNA DARS
📌 NATIJALAR
📌 DARS HAQIDAGI FIKRLAR
📌 45 TALIK BEPUL DIAGNOSTIK TEST
📌Ushbu kursda oʻqishni xohlovchi ustozlar hozirda guruhga oʻz joyingizni band qilishingiz va oy boshida toʻlov qilishingiz mumkin.
Hozir vaqtda guruhga 50% qabul boʻldi.
Murojaat uchun:
@QABUL_UCHUN1
+998886384188
BIZGA QOʻSHILING 👇👇
@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
👆🏾👆🏾👆🏾
8- sinf 9- mashq: Ajratib ko'rsatilgan so'zlaning so'rog'ini aniqlang:
1.Mavlono- kim?
2. Mulozim- kim?
3. Jigargo'shalar- kimlar
4. Padari buzurkvor- kim
5. Xok- nima
6. Aqlini peshlab- nima qilib.
10- mashq matndagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarning izohi:
1.Mavlono- arabcha– janob, hukmdor; homiy (murojaatda: ey hukmdorimiz)] Musulmon sharqida: olim va fozil kishilarni, ustozlarni, yuksak martabali amaldorlarni ulug'lab, ularning nomlariga qo'shib ishlatiladigan faxriy so'z. - [Navoiy:] Keling, pirim! Keling, mavlono Jomiy.
2. Mulozim- olim va fozil kishi
3. Jigargo'shalar- forscha – farzand, eng yaqin kishi
4. Padari buzurkvor- cheksiz hurmatga loyiq ota
5. Xok- mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi
6. Aqlini peshlab- asboblar tig'i; damini tiklamoq; aql- idrokini o'stirmoq
▬▬▬▬▬▬▬▬
🔉Respublika bo'yicha eng ilg'or bo‘lgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha kanalga qo'shiling
/channel/qiziqarli_ona_tili
8- sinf ona tili 7- mashq:
Berilgan so'zlarni qaysi so'roqqa javob bo'lishiga ko'ra jadvalga joylashtiring.
Kuz(nima?), biz(kim?), ertalab(qachon?), o'tirmoq(nima qilmoq?), o'ntacha(qancha?), buyuk(qanday?), bormoq(nima qilmoq?), har kim(kim?), chopmoq(nima qilmoq?), chiroy( nima?), uchala( nechta?), foydalanmoq( nima qilmoq?), uyqu(nima?), chiroyli(qanday?), bugun( qachon?), hamma(kim?), mardlarcha( qay tarzda?), befoyda( qanday?), so'zlamoq( nima qilmoq?), shirin( qanday?), picha(qancha?), foyda( nima?), uzun( qanday?), mingta( nechta?), har narsa( nima?), ohista( qay tarzda?), havo(nima), oltov( nechta?)
▬▬▬▬▬▬▬▬
🔉Respublika bo'yicha eng ilg'or bo‘lgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha kanalga qo'shiling
Kanal manzili⬇️⬇️
/channel/qiziqarli_ona_tili
8- sinf ona tili 2- mashqning shartiga ko'ra bajariganligi:
1. Fazilatni ifodalovchi so'zlar:
Savob
Kamtar
Mehribon
Oqko'ngil
Shirinso'z
Saxovatli
Samimiy
Mehmondo'st
Kamgap
Og'ir- bosiq
Insofli
Iymonli
Diyonatli
Aqlli
Odobli
Sharm- hayoli
Nomusli
Vijdonli
G'ururli
Mard
Bir so'zli
Rostgo'y
Matonatli
Vafodor
Va h.k.
2. Nuqsonni ifodalovchi so'zlar:
Gunoh
Manman
Maqtanchoq
Yolg'onchi
Ikkiyuzlamachi
Bevafo
Tuhmatchi
Giybatchi
Sabrsiz
Ayyor
Dangasa
Yalqov
Ishyoqmas
Betgachopar
Tovlamachi
Odobsiz
Uyatsiz
Va h.k.
https://t.me/joinchat/AAAAAFKBHVgrAoexEg2CEw
🎲 “Ona tilidan test .Testda qatnashish uchun ushbu kanalga a'zo bo'ling @kuchli_tilchilar_kanali” testi
🖊 10 ta savol · ⏱ 30 soniya
La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin"yo"qilur,
Men vafosi va'dasidan shodmen,
Ul vafo,bilmonki,qilmas yo qilur.
Ushbu baytda qanday she'riy san'at qo'llangan?
♻️Talmeh
♻️Mubolag'a
♻️Tajnis
♻️Tashxis
@qiziqarli_ona_tili
BU QIZIQ
Dunyoda eng koʻp oʻrganiladigan yetti global til oʻrganuvchilar soni boʻyicha :
⚪️ Ingliz tili: 1,5 mlrd. Ingliz tili dunyodagi 194 mamlakatdan 116 tasida o'rganish uchun eng mashhur til hisoblanadi. Ingliz tili aviatsiya, mehmondo'stlik, bank ishi, IT va fanning xalqaro tilidir.
🟠 Fransuz: 120 mln. Fransuz tili 29 ta davlatning rasmiy tili boʻlib, dunyodagi ikkinchi eng koʻp oʻrganiladigan tildir. Shuningdek, 2050 yilga kelib fransuz tili dunyodagi eng keng tarqalgan ona tiliga aylanishi bashorat qilingan, ammo hozirda 929 milliondan ortiq mandarin xitoy tilida so'zlashuvchilar bilan raqobat qilish qiyin bo'ladi!
🟢 Mandarin xitoylari: 25 million. Mandarin xitoy tili dunyodagi uchinchi eng ko'p o'rganiladigan til bo'lib, doimiy ravishda ish beruvchilar uchun eng ko'p talab qilinadigan tillar qatoriga kiradi. Xitoy 2032-yilga kelib dunyoning eng yirik iqtisodiy mamlakatiga aylanishi kutilar ekan, mandarin xitoy tili dunyodagi eng ustun tillardan biri hisoblanadi. Buyuk Britaniyadagi Mandarin Excellence dasturi kabi dasturlar mandarin xitoy tilini maktab darajasida o'qish uchun ikkinchi tilga aylantirmoqda.
🔵 Ispan: 18 million. Ispan tili o'rganish uchun eng mashhur tillardan biri bo'lib, AQSh va Buyuk Britaniyada eng ko'p o'rganiladigan tildir. Bu, shuningdek, dunyodagi ikkinchi eng ko'p gapiriladigan til. Ispan tili, shuningdek, kutilayotgan global ta'siri tufayli Britaniya Kengashi tomonidan eng yaxshi "Kelajak uchun til" deb topildi.
🟣 Nemis: 15 million. Nemis tili global biznesdagi asosiy tildir (Folkswagen va BMWni o'ylab ko'ring) va shuning uchun u dunyodagi eng ko'p o'rganiladigan beshinchi chet tili hisoblanadi. Nemis tili o'rganish uchun eng qiyin tillardan biri sifatida obro'ga ega.
🔴 Yapon: 4 million. So'nggi yillarda ikkinchi tilni o'rganish tanlovi sifatida yapon tili mashhur bo'ldi. Ko'pchilik Yaponiyada kuchli madaniy almashinuv dasturlari va ish imkoniyatlari tufayli yapon tilini o'rganishni tanlaydi. Bu shuningdek, anime va boshqa mashhur madaniyat yo'nalishlarining tug'ilgan joyi!
⚫️ Italiya: 2 million. San'at va madaniyat tili bo'lgan italyan tili butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlar uchun mashhur ikkinchi o'rganish tili bo'lib qolmoqda. Italiya tili butun dunyo bo'ylab 67 milliondan ortiq aholining ona tilidir.
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
🔰NUTQNING TO‘G‘RILIGI🔰
✅1. Nima nutq madaniyati haqidagi ta’limot ning markaziy masalasidir? Nutqning to‘g‘riligi.
✅2. Nutqning qolgan kommunikativ sifatlari(aniqlik, mantiqlilik, soflik, ifodalilik, boylik, jo‘yalilik) qaysi sifat mavjud bo‘lsagina yuzaga kela oladi? To‘g‘rilik bo‘lsa.
✅3. Nima nutqning barcha kommunikativ sifatlariga poydevor sanaladi? To‘g‘rilik sifati.
✅4. Nutq madaniyatinining ilk bosqichi nima? Nutqning to‘g‘riligi.
✅5. Qanday nutq to‘g‘ri nutq sanalmaydi? Adabiy til me’yorlariga amal qilmagan nutq.
✅6. Nima bo‘lmasa, nutqning aniqligi yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas? To‘g‘rilik bo‘lmasa.
✅7. Adabiy me’yor nima? til unsurlaridan til qonuniyatlariga uyg‘un holda foydalanish qoidalari.
It hurar, o‘tadi karvon,
Ranj-u alamlarda yonmasin joning.
Lekin alam qilar bir umr giryon,
Itlar orasidan o‘tsa karvoning
Orttirma daraja shaklidagi tub sifat qaysi gapda
ishtirok etgan?
A) Qirg‘ovullar o‘rta Osiyodagi eng chiroyli
qushlardan biridir.
B) Olimlarning aniqlashicha, eng olis
yulduzgacha bo‘lgan masofa 160 ming
yorug‘lik yiliga teng ekan.
C) Dunyoda eng bebaho, ammo benazir
tarqatiladigan xazina bor. Bu ona mehri.
D) Salqin, juda mazali buloq suvini
ichganingiz sari ichgingiz kelaveradi.
Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnashishi mumkin?
❔ Hozirda ko‘pchilik tomonidan milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi degan mazmunda ko‘plab savollar berilmoqda.
🔰 Qayd etish kerakki, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.
❕ Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin degan cheklov mavjud emas. Ya’ni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.
✅ Boshqacha qilib aytganda chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan istalgan shaxs umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.
👩🏫 Mazkur imtihon bo‘yicha berilayotgan eng ko‘p savollardan biri milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ustama berilishi bilan bog‘liq.
🏢 O‘qituvchilar turli tizimlarda faoliyat yuritishidan kelib chiqqan holda Davlat test markazi o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi bilan bog‘liq holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishni tavsiya etadi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hattoki umringiz davomida eng katta xatoga yo'l qo'ysangiz ham - bilingki buning ortidan albatta YAXSHILIK keladi.
@qiziqarli_ona_tili
ХАЙРЛИ ТОНГ!
☀️ Ассалому алайкум! Душанба тонги муборак бўлсин
Бугунги бошланаётган янги кунингиз файзли ва барокатли бўлсин! Сиз ва яқинларингизни яхши кайфият тарк этмасин!
Соғ–саломат уйғотган Роббимизга ҳамдлар бўлсин 🤲
❗️Яқинларга ҳам улашинг
@qiziqarli_ona_tili
Ундан қизиқ жойи. Келин Инстага экта расм қўйган экан. Куёвнинг жўралари кўриб қолиб, дарров куёвга телефон қилиб, "ҳааа, хотинингни кўз-кўз қиляпсан, хотининг зўр нарса экан, ўзинг қўйиб қўйибсан, бизнинг айбимиз йўқ" дейишди. Куёв асабийлашиб келиб, келинни роса сўкиб, расмни ўчир, Инстани ўчир, телефонингни менга бер, телефон ишлатмайсан деди. Келин телефонимни бермайман деса, куёв эрингга бўйсунмайдиган бефаросат экансан деб экки шапоти урди. Келин кетиб қолди, қайнона-қайнотаси уятсиз келин оппиз, адашиппиз дейишди. Келинни аясиям уйдан ҳайдаворди, уйга қайтма, шарманда қилма, яраш деб. Охири эрининг шартларига кўниб, телефонини эрига бериб қўйиб, ўша мол билан яшашга кўнди ва шул билан хэппи энд бўлди.
Бу сюжетда келиндан бошқа ҳамма тупой чаласавод қилиб тасвирланган. Куёв типик ўзбек абьюзер йигит, бировларнинг гапига манипуляция бўладиган, ота-онасининг қарамоғидан чиқолмаган, арзон ғурур деб хотинини урадиган латта; унинг жўралари — ахлоқсиз ифлослар; қайнона-қайнота, келиннинг онаси — дунёқараши бобом замонида қолган чириган одамлар. Фақат келин ақли бор адекват одам, лекин фақат у ёмон қилиб тасвирланиб, охирида яхшилиги учун пушаймон бўляпти.
Ўзбек ТВси ўзбек халқини ана шундай қолоқ ва расво қадриятлар руҳида тарбиялаяпти.
Яна ўзбек сериалларига қайтамиз! Шундай ажойибидан кўрдим, айтиб бермасам ёрилиб кетаман.
Қисқаси, бир оилада иккита ўғил бор, иккисиям ишлаб, пулини онасига олиб келиб беради. Нима харажат бўлса, онасидан сўраб, керакли пулни олади. Янги келган кичик келин бу вазиятдан норози бўлиб, эрига ҳеч бўлмаса ўзингга алоҳида пул олиб қол, ўзимизнинг харажатларимизга дейди. Ёки умуман берма пулингни, рўзғорни ажрат дейди.
Топингчи, бу ҳикояда ким салбий қаҳрамон, ким ижобий? Албатта, табиийки, қирққа кириб ота-онасининг қарамоғидан чиқиб кета олмаган, молиявий мустақил бўлолмаган, мустақил фикрга эга бўла олмаган бўшанг лапашанг эр ижобий қаҳрамон. Оилавий қадриятларни сақлаяпти, ота-онасини ҳурмат қиляпти. Ёш оила молиявий мустақил бўлишини истаган, прокладкасигаям, егиси кеп қолган лавашигаям қайнанасидан пул сўраб, тушунтириш бериб юришни хоҳламаган келин эса салбий қаҳрамон, безбет, оилани бўлиб юборишни хоҳлаётган манжалақи.
8- sinf ona tili 4- topshiriq:
Berilgan so'zlarni qaysi turkumga oidligi asosida jadvalga joylashtiring
Kuz(ot), biz(olmosh), ertalab(ravish), o'tirmoq(fe'l), o'ntacha(son), buyuk(sifat), bormoq(fe'l), har kim(bo'lishsizlik olmoshi), chopmoq(fe'l), chiroy( ot), uchala(son), foydalanmoq(fe'l), uyqu(ot), chiroyli(sifat), bugun( ravish), hamma(olmosh), mardlarcha( ravish), befoyda( sifat), so'zlamoq(fe'l), shirin( sifat), picha(ravish), foyda(ot), uzun(sifat), mingta(son), har narsa(olmosh), ohista(ravish), havo(ot), oltov( son)
▬▬▬▬▬▬▬▬
🔉Respublika bo'yicha eng ilg'or bo‘lgan ona tili va adabiyot fani bo‘yicha kanalga qo'shiling
Kanal manzili⬇️⬇️
/channel/qiziqarli_ona_tili
8- sinf ona tili 6- mashqda berilgan so'zlarning izohi:
1. Uslub - arabcha so'z bo'lib, asosiy qoidalar qabul qilingan tartib..
2. Malaka - arabcha qobiliyat, iste'dod. Kasbni, ishni yaxshi o'zlashtirish natijasida orttirilgan tajriba, mahorat, ko'nikma
3. Sheva - Umumxalq tilining ma'lum hududga xos tarmog'i, mahalliy til.
4. Targ'ibot - biror g'oya, shu kabilarni yoyishga kishilar ongiga singdirishga qaratilgan ishlar
5. Adabiy - umumxalq tilining ma'lum hududga xos tarmog'i, mahalliy til
https://t.me/joinchat/AAAAAFKBHVgrAoexEg2CEw
8- sonf ona tili 1- mashqda berilgan so'zlarning izohi:
1. Viqor - mag'rur va ulug'vorlik ko'rinish, salobat
2. Kibr- o'ziga ortiqcha baho berish, kekkayish
3. G'urur - inson o'z qadr - qimmatini bilishi, hurmat qilishi, izzat - nafs
4. Gunoh - odob - axloq doirasiga sig'maydigan ish, nojo'ya hatti - harakat
5. Iffat -vijdoniy poklik, nomis hayo
6.Harom - harish - nopok, iste'molga yaramaydigan
7. Hayo- nojo'ya, noma'qul hatti- harakatdan tiyilish hissi; uyat, sharm
8.Odob- arabcha adab
9. Ma'naviy - axloqqa, shaxsning ichki dunyosiga oid
10. Ma'naviyat - Insoniyatning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy va sh. k. tasavvurlari va tushunchalari
11. Ziyo - nur taratuvchi; ilm, bilim, ma'rifat
@qiziqarli_topshiriqlar
https://t.me/joinchat/AAAAAFKBHVgrAoexEg2CEw
Ushbu ijodkor haqidagi qaysi ma'lumot noto'g'ri .
1⃣🔸."Ayol"nomli she'ri urushdan qaytmagan amakilarining bevalariga bag'ishlangan.
2⃣🔹" Birinchi muhabbatim","Qo'riqxona"kabi she'rlar muallifi hisoblanadi.
3⃣🔸. Adib Neko'z qishlog'ida dunyoga kelgan.
4⃣🔹."Ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo'lishi kerak" fikrlari shu ijodkorga tegishli.