Yaxshi ko’rish orqali o’zgartirish
Biz odatda insonlarga boshqa insonlar bergan taassurotlardan kelib chiqib munosabatda bo’lamiz. Yaxshi deyishsa yaxshi tomonlari ko’rinadi, yomon deyishsa esa yomon tomonlari.
Bir inson mutlaq yomon bo’la olmaydi. Mutlaq yaxshi ham. Inson ekan o’quvchilar ham shunaqa. Boshqalardan insonlar haqida kamroq taassurot so’rang.
Yomon ko’rishga o’nta sabab bo’lsa-yu, yaxshi ko’rishga bitta sabab bo’lsa shuni olavering. Fanni yoqtirmas, darsga halal berar, mas'uliyatsizdir yoki yolg’onchi.
Ammo tashkiliy ishlarda zo’rdir yoki mediada aktiv. Hech bo’lmasa PUBGni yaxshi o’ynar. Farqi yo’q. Shu xislatini yaxshi ko’ring.
Insonlardagi umumiy qiziqishlar ular orasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Mustahkam munosabat esa insonlarni bo’yin sundirishda bosh omil bo’ladi.
Bir o’quvchim bo’lardi. Uni maktabda hamma yomon ko’rardi, sanoqli insonlardan tashqari. Men uning futbolga qiziqishini yoqtirganman. Keyinchalik PUBGni yoqtirishini bildim. Men ham o’zimni majburladim shu o’yinni yoqtirishga.
Vaqt o’tdi. Qiziqishlariga bog’lab fanimni tiqishtirganman. Zo’r o’qishni boshladi. Bora-bora istalgan tarbiyaviy masalalarda unga ta’sir o’tkaza olganman. Hatto PUBGni yomon tomonlarini tushuntirishga o’tdim.
Hech kim ishonmaganda men ishondimku. Hamma yomon ko’rganda men yaxshi ko’rdimku. Uni nazdida demak menga ishonsa bo’ladi.
Bolalarning xulqlari o’z-o’zidan yomonlashib bormaydi. Ko’p holatda bunga sabab oilaviy muammolar, atrof muhit, noto’g’ri tarbiya va jamiyat yopishtirgan yomon degan tamg’a.
Ular shunchaki o’shani aksini ko’rsatib beradigan oyna. Aslida ularga ham hozir va qo’yib bersak kelajakda ham oson bo’lmaydi. O’zgartirishni siz boshlang. Kamida ajrga ega bo’lasiz.
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum azizlar!
Sizlarga super yangiligimiz bor🔇🔇
15-sentyabrdan boshlab 6 kunlik milliy sertifikat guruhiga start beramiz🥳🥳
Ushbu guruhda:
3 kun diagnostik test ishlash texnikasi va tahlili✅✅
3 kun esse✅✅
Esse yozish 0 dan o‘rgatiladi. Har bir esse tekshirilib, tahlil qilib beriladi🤩🤩🤩
Kurs 1 oy davom etadi✅✅
Darslar 1 emas 3 ta Milliy sertifikatga ega mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi✅✅
Kurs narxi: 180 ming
Shoshiling, joylar soni cheklangan‼️
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
Ushbu soʻzlar 2023-yilgi “Imlo lugʻati” dan saralab olindi.
(N.M.Mahmudov tahriri ostida)
@qiziqarli_ona_tili
Ushbu test materiali Baholash agentligining namunaviy savollari hisoblanib milliy sertifikat imtihonidagi testlar shu qolip boʻyicha tushadi.
@qiziqarli_ona_tili
t.me/bobur_bobomurod
БУ ЙИЛГИ ЁЗ БИЛАН ХАЙРЛАШУВ
Ногаҳон эшитиб қолдим қушларни,
Сафар яқин экан уларда йироқ.
Ёз ўтиб қолибди ёйиб тушларни,
Мен уни деярли кўрмадим бироқ.
Осмонга қарайман ногоҳ айлаб ёд,
Юлдузлар тушмади мойил кафтимга.
Ҳар йили куйдириб ғамни этган ёт -
Ёз ўзи зор бўлди бу йил тафтимга.
Ёмғирлар сезилиб, ўқи дер баёз,
Тебранади оғир тепамдаги сим.
Анча қайғу билан кўришдим бу ёз,
Қувончлар ёнимдан ўтиб кетди жим.
Сайру саёҳатлар бўлди муаммо,
Узилган тугмасин кўнгил қадасин.
Кўп нарса кутгандим ёздан, у аммо -
Кетмоқда, бажармай берган ваъдасин.
Дарахтлар титроқда дилгиру, хаста,
Барглар тайёрланар совқотиб, музга.
Ўйлайман қараб мен ойнага аста:
Севмоғу севилмоқ қолдими кузга?!.
БОБУР БОБОМУРОД
2020.28.8. 12:20.
@qiziqarli_ona_tili
Tezlashtirilgan milliy sertifikat guruhida bugungi darsni ham tugattik!
Ma'lumot uchun:
Darslar haftada 5kun 3ta tajribali ustozlar tomonidan jonli tarzda olib boriladi. Har bir bo'lim bilan alohida shug'ullaniladi.
Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
Ushbu soʻzlar 2023-yilgi “Imlo lugʻati” dan saralab olindi.
(2-qism)
@qiziqarli_ona_tili
Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni
📱 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida ona tili va adabiyot fanidan talabgorlarning bilim darajasini aniqlashda yozma ish (esse)ni baholash mezoni Agentlikning rasmiy saytiga joylashtirildi.
📊 Baholash mezoniga ko‘ra yozma ishlar 12 ta holat bo‘yicha 0 balldan 2 ballgacha baholanadi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 24 ballni tashkil etadi.
✅ Quyidagi hollarda esse tekshirilmaydi va 2 ball bilan baholanadi:
🔹 esse yozilgan, lekin mavzuga mos bo‘lmasa;
🔹 essening hajmi 100 ta so‘zdan kam bo‘lsa;
🔹 esse boshqa manbadan ko‘chirilgan bo‘lsa.
❗️ Esse yozilmagan bo‘lsa, 0 ball beriladi.
📚 Ona tili va adabiyot fanidan yozma ishni baholash mezoni bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
@qiziqarli_ona_tili