⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.
📱 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.
📚 Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.
@qiziqarli_ona_tili
❕Мактаблар учун “Мустақиллик дарс” ишланмаси
“Мустақиллик дарси” ва машғулотни ташкил этишда фойдаланиш учун тавсия этиладиган намунавий дарс ишланмаси
Ойлик ҳисоблаш учун бот
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy
❕Янги ўқув йилининг биринчи ўқиш куни ўтиладиган “Мустақиллик дарси” тақдимоти
Ойлик ҳисоблаш учун бот
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy
#donolar_bisotidan
Ilm o‘rganmoq va ilm o‘rgatmoqning fazilati(Hadis)
Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar:
«Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradi. Ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi: odamlar suvdan ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa8 tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi. Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir».
©"Al jome as sahih"
@qiziqarli_ona_tili
Raxshi himmat men tutub mahkam yolin,
Yor izidin yet,Karam qil,deb yolin
Yo'q-u borimni yoqib kul ayladi,
Ishq o'tidin ko'kka chirmoshg'on yolin.
Ushbu misradagi"yolin" so'zi ma'no munosabatiga ko'ra qanday so'z?
♻️A) bir so'zning turli ma'nolari
♻️B) 1, 2- misralarda bir so'zning turli ma'nolari,4-misrada shakldosh
♻️C) 1, 4- misralarda ma'nodosh,2-misrada shakldosh
♻️D) yagona shaklga ega bir necha so'z
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Raxshi himmat men tutub mahkam yolin,
Yor izidin yet,Karam qil,deb yolin
Yo'q-u borimni yoqib kul ayladi,
Ishq o'tidin ko'kka chirmoshg'on yolin.
Ushbu misradagi"yolin" so'zi ma'no munosabatiga ko'ra qanday so'z?
♻️A) bir so'zning turli ma'nolari
♻️B) 1, 2- misralarda bir so'zning turli ma'nolari,4-misrada shakldosh
♻️C) 1, 4- misralarda ma'nodosh,2-misrada shakldosh
♻️D) yagona shaklga ega bir necha so'z
@qiziqarli_ona_tili
🟢Shu so'zlar og'zimdan chiqar-chiqmas,do'stim etagimga yopishib xitob qildi:
"Karam sohibi bo'lgan odam va'da berdimi,va'dasiga vafo qilishi lozim!"(Sa'diy)
Ushbu gapda egalik qo'shimchasi qo'shilishi natijasida fonetik o'zgarishga uchragan so'zlar sonini aniqlang.
♻️A) 4 ta
♻️B) 1 ta
♻️C) 2 ta
♻️D) 3 ta
@qiziqarli_ona_tili
Bir xil o‘xshatish va iboralar qo'llanilgan asarlar:
1. O‘xshatishlar va iboralar: “Ilonday to‘lg‘anish”
O‘xshatilgan obraz: Xolbeka
Asar nomi: “Kuntug‘mish” xalq dostoni.
2. O‘xshatishlar va iboralar: “Ilonday to‘lg‘anish”
O‘xshatilgan obraz: Hakimboyvachcha- Asar nomi: “Qutlug’qon”( Oybek).
@qiziqarli_ona_tili
G'azallarning baytlar mustaqilligi, mantiqiy ketma-ketligi va bir-birini taqozo etish darajasiga ko'ra turlari.
1. Parokanda g'azallar - Baytlar bir-biridan o'ta mustaqil boladi, ularning o'rni almashtirilsa ham, uncha sezilmaydi.
2. Yapkora g'azallar - Baytlar mantiqan ketma-ketlikka ega bo'ladi.
3 Voqeaband g'azallar - Baytlar ketma-ketligini sujet, ya’ni muayyan voqea tasviri boshqaradi.
4. Musalsal g'azallar - Baytlar o'zaro chambarchasi bog'liq bo`ladi, ma’no-mantiq jihatidan kuchli tarzda biri ikkinchisini taqozo etib keladi.
@qiziqarli_ona_tili
Musammat turlari
1. Musallas - Uch baytli she’r.
2. Murabba’ - To'rt baytli she'r.
3.Muxammas- Besh baytli she'r.
4. Musaddas - Olti baytli she’r.
5. Musabba’ - Yetti baytli she’r.
6. Musamman - Sakkiz baytli she’r.
7. Mustasne' (tasne’) - To'qqiz baytli she’r .
8. Muashshar (mashru’) - O'n baytli she'r.
@qiziqarli_ona_tili
Darslar
Dushanba
seshanba
chorshanba
juma
shanba kunlari soar 21:00 da olib boriladi! Demak, ertaga ham darsimiz bor!
@qiziqarli_ona_tili
Milliy sertifikat tezlashtirilgan guruhimizda dars jarayonlari tartibi bo'yicha kirish darsi.
Ertaga asosiy darslar boshlanadi.
Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili
#Гўзал_тавсия
Бир зумга кузингизни юминг...
✍Сизни кўп безовта қилаётган воқеаларни, ҳолатни кўз олдингизга келтиринг...
👉Энди эса, айнан шу вазиятга нисбатан 5, 6 йилдан сўнг қандай муносабатда бўлишингизни тасаввур этиб кўринг...
📌Хоҳласангиз 10 йил...тасаввур этинг.... ва бугунги уксиб, қайғуга ботиб юришингизга....Арзирмикин...
Ҳар кунингизга шукур қилинг...
▬▬▬▬▬▬▬▬
🔉 Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha kanalga qo'shiling
Kanal manzili⬇️⬇️
http://t.me/qiziqarli_ona_tili
Ushbu soʻzlar 2023-yilgi “Imlo lugʻati” dan saralab olindi.
(1-qism)
@qiziqarli_ona_tili
❕2024-2025 янги ўқув йилида умумий ўрта таълим муассасаларида “Биринчи қўнғироқ” тадбирларини ўтказиш учун намунавий сценарий
Ойлик ҳисоблаш учун бот
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy
⚡️Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг 2024 йил 23 августдаги 04-27-2255-сон кўрсатма хати
“Салом боғча”, “Биринчи қўнғироқ” ва “Мустақиллик дарс” ларини ташкил этиш тўғрисида.
Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
/channel/+KzysPSHcaRVlMGQy
Tezlashtirilgan milliy sertifikat guruhida 1-darsni ham tugattik. Mumtoz adabiyotga ajoyib sayr bo'ldi😊!
Siz hali ham o'ylayapsizmi🤔?
@qiziqarli_ona_tili
Sajda aylar zohid ul mehrob aro,
Men qilurman sajda egma qoshima.(Mashrab)
Baytda ma'no ko'chishning qaysi turi mavjud?
♻️A) Metamora
♻️B) sinekdoxa
♻️C) metonomiya
♻️D)vazifadoshlik
@qiziqarli_ona_tili
Eng_quvonchlisi🍀
Eng quvonchlisi nima o'zi?! Eng quvonchlisi bu- butun tabiat bilan, butun borliq bilan hamohangligingizni, uyg'unligingizni, shu borliqning kerakli hujayrasi ekangligingizni his qilishingizdir.
@qiziqarli_ona_tili
🫧Hamma parchalanish,
sinish yoki yoʻqotishlar ham aslida fojea emas.
🫧Baʼzan hammasi tugadi,
deb oʻylaymiz, lekin u ibtido — yangi va yaxshiroq hayotning boshlanishi boʻladi.
☘Tilagimiz, yakuni xayrli, yangisi undanda xayrli boʻlsin...♡︎
@qiziqarli_ona_tili
✨✨✨✨✨✨✨✨
Baxtingizdan baxt topar yurak...
Siz bor dildan yiroqlar g'amlar.
Кulib turing har doim, har vaqt ...
Меn yoqtirgan yaxshi odamlar.
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
✨✨✨✨✨✨✨✨
Аzizlarim, tuningiz osuda va sokinlikda o'tsin!
Yaxshi dam olinglar!!!
Аllohga omonatsiz
XAYRLI TUN QADRI BALAND QADRDONLAR !!!
@qiziqarli_ona_tili
BADIIY SAN’ATLAR
1.Lafziy san 'atlar:
Asarning til jihatidan jozibadorligi, ohangini ta’minilashga yordam beradi. Lafziy san’tlar she’riy nutqdagi so‘zning tovushi bilan bog‘liq.Ko‘proq shakl hodisasi sifatida ko‘rinadi.Uning: tardi aks, tasdir, takrir, tadrij, tajziya, tashtir, tasbe, tarse', tadvir,ishtiqoq, raddi matla', mukarrar, aks, saj', qaytariq, muvozina,muzoraa, iltizom, nido, radif, hojib kabi ko'rinishlari bo'lib, "Lafziy go'zalliklarning asosi uldirkim, alfozki ma'nog'a tobe' qilg'aylar" (Atoulloh Husayniy), ya'ni shakliy bamolik mazmun go'zalligining voqe bo'lishiga xizmat qiladilar.
2.Ma’naviy san’atlar:
Asarning g‘oyalarini yorqin ifodalash, lirik va epik timsollarni hayotiyroq gavdalantirish. ularnig ma'naviy qiyofalari, his-tuyg‘ular ta'sirchanroq aks ettirishga xizmat qiladi.
So'zning ma'nosi bilan bog'iiq she'riy san'atlar jamini ma'naviy san'atlar deb yuritiladi. Uning: iyhom, ittifoq, tadbix, faxriya, taqsir, irsoli masal, tashxis, intoq, tazod, husni ta'lil, iltifot,
talmix, ruju', tazmin, muqobala, ta'riz, tanosib, tajnis, laf va nashr kabi o'nlab ko'rinishlari mavjud.
3. Lafziy-yu ma'naviy san'atlar
So'zning ham tovush, ham ma'no jihatlari bilan bog'liq badiiy san'atlar jami lafziy-yu ma'naviy san'atlar deb yuritiladi. Uning :tashbeh, istiora, tanosib, tamsil, ta'riz, kinoya, tajnis kabi rang-barang ko'rinishlari mavjud.
@qiziqarli_ona_tili
Adabiyot darsligida dunyo so'zining izohlanishi:
1. Dunyoni “bozor”ga o‘xshatish ... -“Men anglab yetgan falsafa”-A.Oripov.
2. Dunyoni “hasratxona” deya ta’riflash ...-“O‘tdilar bu dunyodin...” - Huvaydo
3. Dunyoni “jallod” deya ta’riflash ...-“Munojotni tinglab” - A.Oripov
4. Dunyoni “koshona” deya ta’riflash ...-“Inson” qasidasida - E.Vohidov
5. Dunyoni “mehmonxona” deya tariflash ... - “Inson” qasidasida - E.Vohidov
6. Dunyoni “mehnatxona” deb ta’riflash ... - “Dahr uyi bunyodikim...” - Ogahiy
7. Dunyoni “tuynuksiz qasr”ga o‘xshatish ... - “Birinchi muhabbatim” - A.Oripov
8. Dunyoni “vayrona” deya ta’riflash ... - “Inson” qasidasida - E.Vohidov
9. Dunyoni “anglab bo‘lmas sir” deya ta’riflash ... - “Birinchi muhabbatim” - A.Oripov
10. Dunyoni “latta”ga o‘xshatish... - “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida - M.Shayxzoda
11. Dunyoni “rabot” deya ta’riflash ... - “Hibat ul-haqoyiq” - A.Yugnakiy
12. Dunyoni “avraydigan ilon” deya ta’riflash ... - “Hibat ul-haqoyiq” - A.Yugnakiy
13. Dunyoni “qurilgan dor” deya ta’riflash ... - “Sayohatnoma” – Muqimiy.
@qiziqarli_ona_tili
Ortiqcha o'y, gumon dilni sindirar,
Nopisand gap-u so'z tilni sindirar.
Derlar: oyoq uzat ko'rpangga qarab,
Behuda chiranish belni sindirar!
•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
@qiziqarli_ona_tili
Og‘zaki nutqni yozuvga ko‘chirmang
Ko‘pchiligimiz kelishik qo‘shimchalarini ishlatishda ko‘p adashamiz, ayniqsa tushum va qaratqich kelishiklarida, ya’ni -ni va -ning qo‘shimchalarida. Buning asosiy sababi og‘zaki nutqda -ning qo‘shimchasini ko‘p hollarda qisqartirib -ni tarzida talaffuz qilishimizda.
Ayni shu masalada savol kelgandi, misolni ko‘rib chiqamiz:
— Devonxona mazkur buyruqni/ning bir kun muddatda tegishli ijrochilarga yuborilishini ta’minlasin.
Bu yerda vaziyatni oydinlashtirishning eng oson yo‘li — ortiqcha so‘zlarni olib tashlab, keraklisini qoldirish orqali qo‘shimcha/kelishiklarni solishtirib ko‘rish:
— Devonxona buyruqni/ning ijrochilarga yuborilishini ta’minlasin.
— Devonxona buyruqni/ning yuborilishini ta’minlasin.
— ...buyruqni/ning yuborilishi...
Buyruqni yuborilishi yoki buyruqning yuborilishi? Agar hali ham ikkilanayotgan bo‘lsangiz, qoidalarga murojaat qilamiz:
• Yuborilish — bu fe’lning majhul nisbat shakli.
• O‘timli fe’l tushum kelishigidagi so‘z bilan bog‘lanib keladi.
• Ammo majhul nisbat o‘timli fe’lni o‘timsizga aylantiradi. Oddiyroq aytadigan bo‘lsak, so‘zning yuborilish shakli bilan kelgan otda -ni qo‘shimchasini ishlatib bo‘lmaydi:
— Buyruqni yuborilishi ❌
— Buyruqning yuborilishi ✅
— Tillarni tarqalishi ❌
— Tillarning tarqalishi ✅
Demak, savolda kelgan gap quyidagicha yoziladi:
1. Devonxona mazkur buyruqning bir kun muddatda tegishli ijrochilarga yuborilishini ta’minlasin.
Yoki:
2. Devonxona mazkur buyruqni bir kun muddatda tegishli ijrochilarga yuborishni ta’minlasin
Birinchi holatda devonxona buyruqni ijrochilarga kimdir/lar yuborishini nazorat qiladi, ikkinchi holatda esa o‘zi yuboradi.
@qiziqarli_ona_tili