qiziqarli_ona_tili | Неотсортированное

Telegram-канал qiziqarli_ona_tili - Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

6509

Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina Ona tili va adabiyot fanidan tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan ustozlar va Milliy sertifikat olishni istovchi barchani birlashtirgan kanal!!!

Подписаться на канал

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Фотография

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Фотография

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Naq va naqd

Bu ikki so‘zni ko‘pchilik adashtirib qo‘llaydi. Bugun ular orasidagi farqni bilib olamiz.

1. Naq so‘zi aytilganning, ko‘zda tutilganning o‘zginasi, ayni o‘zi, xuddi, deyarli, rosa, obdan kabi ma’nolarda ishlatiladi.

— Argentinalik vinger naq 4 ta hashamatli avtoulovga egalik qiladi.

2. Naqd so‘zini esa pulini joyida to‘lash sharti bilan amalga oshiriladigan savdo jarayonida, shuningdek, qo‘lda, ixtiyorda bor, foydalanish yoki muomalaga kiritish uchun tayyor ma’nolarida qo‘llaymiz.

— Bu bolalarning ota-onalari o‘qish to‘lovini naqd pulda amalga oshirar edilar.

— Naqd pulim naq 10 mln so‘m chiqdi.

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Esseni shunga yozishni o'rganing. Zero imtihonda xuddi shu shaklda oq qog'oz beriladi.

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#sintaksis
#muallifga_rahmat
📝 Kalitlar: 1 - C 2 - C 3 - D 4 - D 5 - A 6 - D 7 - A 8 - B 9 - A 10 - C 11 - D 12 - B 13 - A 14 - A 15 - D 16 - D 17 - C 18 - C 19 - C 20 - C 21 - C 22 - C 23 - B 24 - A 25 - C 26 - C 27 - C 28 - B 29 - B 30 - B


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🌀Barcha esse turida ishlatsa boʻladigan eng kerakli maqol va iboralar

☘️Har toʼkisda - bir ayb
⚡️Har gulning oʼz isi bor,
     Har elning oʼz tusi bor
💦Dardingning vaqti oʼtsa,                Tabibdan oʼpkalama
🍂Ikki qoʼchqor kallasi bir qozonda qaynamas
🔥Boyning xoʼrozi ham tuxum qilar
🌱Boyning koʼzi nonda, Kambagʼalniki - imonda
☘Har supraning noni boshqa
🍁Adolat qilichi kesgan qo‘l og‘rimas
🪴Qars ikki qo‘ldan chiqadi
🌹O‘g‘rini o‘g‘ri desang, o‘lgisi kelar, To‘g‘rini o‘g‘ri desang, kulgisi kelar
💧Oyda ham dog‘ bor
💦It qarisa, tozi bo‘lar,
Qiz qarisa, qozi bo‘lar
⌛️Daryoga ot solmasdan avval, kechuvini top.
🧷Magizni bolib yesa, qirq kishiga yetar.
🔗Dunyo yorug' bo'lsin desang, Uyingga chiroq yoq.
🔎Qildan qiyiq qidirma.
🖇Ochiq qolgan qozonni it yalaydi.
🖌Nafsim mening balodir,
Yongan o'tga soladir
📐Hovliqqanga sichqon teshigi ming tanga.
✏️Ikki tarvuz bir qo'ltiqqa sig'mas.
📝Qorni to'qning qayg'usi yo'q.
📖Quruq qo'lga qush qo'nmas.
🔯Adolat qilichi kesgan qo'l og'rimas.
☪Bir sinalgan tajriba Yetti kitobdan afzal.
♋️Tirishgan toshga mix qoqar.
☣Taqlid bilan tong otmas.
🌐O'zolmagan otga uzangi bahona.
Ⓜ️Gap bilan osh pishmas.
🌀Zоyе kеtdi – bеfоyda sarflandi
💤Aravani quruq olib qochmoq
🔺Kasalni tabib emas, habib tuzatar
🔹Osmonga otgan toshing,
Qaytib tushib yorar boshing.
🔶Ko‘pga kesak otma, ko‘muvsiz
qolasan.
▫️Qora bulutdan tiniq
suv tomar
🔷To‘kilgan to‘lmas, yiqilgan to‘ymas.
©Rejasiz ish,
qolipsiz g‘isht.
🟣Qulochingga qarab, ketmon chop.
✔️Maslahatsiz ish — o‘rinsiz
tashvish.
🔔 Toshqin suvning kechigi ham
bo‘lar.
♦️Gapning hissasi yaxshi,
Yo‘lning — qisqasi.
💭Tubsiz quduq bo‘lmas.
💬Tuyani cho‘mich bilan sug‘orib bo‘lmas
➰Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
🔘Tirik bandada tinim yo‘q.
✔️Yurardan avval yo‘l axtar

Musannif:  Xurshid Joʻrayev


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Bugungi dars charchoqlari birgina o'quvchimning "mehrcha"si bilan unutildi😍

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Amudaryo tumani 56-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Madina Madaminovna.
Navoiy tavalludiga bag'ishlanadi!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

❤️Bugun soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiyning 583yillik tavalludi butun dunyo boʻylab nishonlanmoqda!

🫠Shunday buyuk insonning avlodi ekanligimdan faxrlanaman


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Milliy_sertifikat
#Yozma_savodxonlik

📚 Esse turlari haqida:

✅ Ijobiy va salbiy esse turi

Masalan: Hozirgi kunda sunʼiy intellektdan foydalanish ommaviylashib bormoqda. Sunʼiy intellektning foyda va zararlari nimada?

✅ Muammo va yechim esse turi

Masalan: Hozir kunda global iqlim isib ketishi dolzarb muammoga aylandi. Buning sabablari nimada hamda bu muammoni qanday bartaraf etish mumkin?

✅ Muhokama (argumentli) esse turi

Masalan: Baʼzi odamlar aytishadiki, bolalarga yoshligidan til oʻrgatish lozim. Vaholanki boshqa odamlar ularning til oʻrganishini keyinroqqa surish, yaʼni katta boʻlganda oʻrganish kerak deyishadi. Ushbu ikki xil fikrni muhokama qiling va oʻz fikringizni bering.

❗️ Hozirgi kunda MS teslarida essening 3-turi ko'p uchramoqda.


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

📝 SHAKL YASOVCHI QOʻSHIMCHALAR JADVAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

⚡️⚡️⚡️#Аттестация_2024! #ПЕДАГОГЛАРГА_ЁРДАМ!

Педагогик маҳоратни аниқлаш бўйича ўтказиладиган малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар ва адабиётлар рўйхати

👉
/channel/pka_tdi_uz 👈
Murojaatlar uchun: 👉
@pkatdi_bot👈

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Attestatsiya savollari yangi darsliklardan tuziladi. Qit'a, fard, g'azal tahlili va matn ustida ishlash ham bor ekan

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

⚡️Tegma noziklar o‘qimasin!

Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib, o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan!

Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq!

O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish o‘rniga (qo‘pol bo‘lsa ham aytaman) ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir!

O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini mendan ham yaxshi bilasan!

Shunday ekan, har kuningni g‘aflatda o‘tkazmoqlikdan voz kech-da, harakatga tush! Bugunoq, yo‘q, yo‘q, hoziroq!

Lekin shu gaplar ham ta'sir qilmasa, BILGANINGNI QIL!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Ko'pchilikni qiynaydigan USLUBIY XATOLAR...


2022-yil 10-sinf darslik asosida...



@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Фотография

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

​Obdon yoki obdan?

Mana bu yerdagi holatda obdan deyilishi toʻgʻri. Nima uchun?

Obdan ravishi juda ham, rosa, yaxshilab, batamom degan maʼnolarni anglatadi.

Obdon soʻzi ham bor, lekin uning maʼnosi umuman boshqa. Tojikcha ob oti va -don qoʻshimchasi yordamida hosil boʻlgan bu soʻz suvdon, yaʼni suv solinadigan/saqlanadigan idish degan maʼnoni bildiradi.

Bu soʻzning ovdan degan shakli ham boʻlib, u yer osti va yomgʻir suvlarini bir joyga yigʻish uchun quriladigan inshootga aytiladi.

Demak:
Obdon urinmoq ❌
Obdan urinmoq ✅

@xatoliklar
@xatoliklar_lotin

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Milliy sertifikat imtihonlarida test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

🔰 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

📱 Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertiikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.

👨🏻‍🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

✅ Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Punktuatsion belgilarning ishlatilish oʻrinlari haqida batafsil.

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

💡💡💡SINONIMLAR
✅Bechora: sho‘rlik, boyaqish, aftoda, ojiz, notavon;
✅To‘satdan: qo‘qqisdan, tuyqusdan, favqulodda, daf'atan, ilkisdan, tasodifan;
✅Beqiyos: mislsiz, benihoya;
✅Ishqiboz: shinavanda, muhlis, havaskor, ixlosmand;
✅Juda: bag‘oyatda, g‘oyatda, eng, toza, rosa, biram, chunon, g‘irt, o‘ta, uvvalo, zap;
✅Xuddi: aynan, naq, rosa, g‘irt, qoq, baayni;
✅Dovrug‘: ovoza, dong, nom, shon, shuhrat;
✅Majol: mador,kuch,
✅Suq:ochkòz ,ochofat,
✅Niyat: maqsad, muddao;
✅Fahm-farosat,tamiz,did;
✅Fahm-zehn,idrok, uquv;
✅Dovruq:nom,dong,shon,shuhrat,ovoza;
✅Nola- fiģon, oh-voh, nolish, faryod, afģon, dod;
✅Tez- jadal, ildam, shitob, zud, shaxd;
✅Xat-maktub, noma;
✅Mashģul-band, ovora, andarmon;
✅Kuch-quvvat,mador, majol;
✅Kuch-qurb, qudrat;
✅Dushman- aģyor, yoģiy;
✅Nuqson-ayb, kamchilik, qusur, illat,nuqs;


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Ijodimga shubha qilsang, xohlagan tomoningdan o'qi...degan joyidan

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Esse yozishda ko'mak beradigan ba'zi tavsiyalar.

Kanalimizga ulanish


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

So'zlarning munosabat shakl yasovchi qo'shimchalari

📌 Turlovchi qo'shimchalar:
egalik
kelishik
bog'lama

📌 Tuslovchi qo'shimchalar;
Zamon
mayl
shaxs-son


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Она тили ва адабиёт фани ўқитувчилари учун малака (тест) синовларига тайёрланиш бўйича тавсиялар ва адабиётлар рўйхати

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Joriy yilgi malaka sinovlari uchun zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi


✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori asosida joriy yilning mart-may oylarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

✍️ Shu munosabat bilan vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan umumta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1470

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

❇️Iboralar va ularning izohlari❇️

aravangni tort – jo‘nab qol, harakat qil;
aravani quruq olib qochmoq – uddalay olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq;
arpasini xom o‘rmoq – nima yomonlik qilmoq;
baland oxurdam yem yemoq – hayot darajasi, maishati yuqori bo‘lmoq;
boshi osmonga yetmoq – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
boshi yostiqqa tegmoq – kasal bo‘lmoq;
boshini aylantirmoq – esankiratmoq;
bo‘yniga olmoq – e’tirof qilmoq, biror holatga rozi bo‘lmoq;
ipidan ignasigacha – butun tafsiloti bilan, mayda-chuydagacha, batafsil;
es-hushini yo‘qotmoq – 1) behush bo‘lmoq; 2) esankiramoq;
gap sotmoq – 1) bo‘lar bo‘lmas, keraksiz gaplarni gapirmoq; 2) gapirmoq, so‘zlamoq;
gullab qo‘ymoq – sirni fosh qilmoq, g‘ayrishuuriy ravishda oshkor qilmoq, sirini aytib qo‘ymoq;
ilon po‘st tashlaydi – chiday olmaslik, toqat qilib tura olmaslik;
ishtahasi karnay – 1) ishtahasi juda yaxshi; 2) xohishi zo‘r;
ichi qora – yomon niyatli, boshqalarga yaxshilikni ravo ko‘rmaydigan;
kavushini to‘g‘rilab qo‘ymoq – haydab yubormoq;
ko‘kka ko‘tarmoq – ortiq darajada maqtamoq;
ko‘kragini yerga bermoq (ko‘kragini zaxga bermoq) – tushkunlikka tushmoq, qiynalmoq, azob chekmoq;
ko‘zi yetdi – ishondi, ishonchi hosil bo‘ldi;
ko‘nglini yozmoq – xafachiligini tarqatmoq;
loy bo‘lmoq – uyatdan mulzam bo‘lmoq, xijolatli ahvolga tushmoq;
me’dasiga tegmoq – 1) yoqmay qolmoq; 2) tanasi qabul qilmay qo‘ymoq;
misi chiqmoq – soxtaligi, yolg‘onligi fosh bo‘lmoq;
oyoq qo‘ymoq – biror ishga kirishmoq;
og‘zi ochilib qolmoq – hayron bo‘lmoq;
og‘ziga tolqon solmoq – mutlaqo gapirmaslik;
og‘zining tanobi qochmoq – juda xursand bo‘lmoq, suyunib ketmoq, iljaymoq;
og‘zi qulog‘iga yetmoq – behad suyunmoq, xursandchiligi tufayli lab-lunjini yig‘ishtirib ololmaslik;
pixini yorgan – o‘taketgan uddaburon, quv;
podadan oldin chang chiqarmoq – ro‘yobga chiqishi aniq bo‘lmagan narsa haqida hovliqib gapirib yubormoq;
po‘stagini qoqmoq – ayovsiz tanqid qilmoq;
qildan qiyiq axtarmoq – deyarli aybi yo‘q odamni faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq;
quloq solmoq –1) eshitib e’tiborini qaratmoq; 2) quloq tutib eshitmoq, tinglamoq; 3) diqqat bilan tinglamoq, uni hisobga olmoq, amal qilmoq;
qulog‘iga tanbur chertmoq – tinglovchining befarqligi, loqaydligidan norozi bo‘lmoq;
qo‘li dard ko‘rmasin – qo‘li gul ijrochiga, o‘z kasbining ustasiga yaxshilik tilab aytiladigan maqtov;
qo‘li egri – o‘zgalarning haqini, mulkini o‘g‘irlaydigan, mayda o‘g‘ri;
qo‘yi mingga yetmoq – behad sevinmoq;
so‘z bermaslik – 1) gapirishga imkon bermaslik; 2) va’da bermaslik;
taqdirga tan bermoq – 1) o‘z qismatiga, ko‘rguliklariga xudoning irodasi, xohishi deb rozi bo‘lmoq; 2) umuman ko‘nikmoq, chidamoq;
tegirmonga tushsa butun chiqadi – har qanday noqulay, yomon holatdan qutulishni yo‘lini topadi;
tepa sochi tikka bo‘lmoq – g‘oyat achchiqlanmoq, g‘azabga kelmoq;
tishini tishiga qo‘ymoq – bor kuch imkoniyati bilan o‘zini tutmoq, chidagan holda tutmoq;
tulki qiziga to‘y berdi – laylakqor yoqqanda, yerda qordan nishona bo‘lmagan holat;
tuyog‘ini shiqillatmoq – jo‘nab qolmoq, yo‘qolmoq, ketmoq; to‘n bichmoq – xulosa qilmoq;
yaxshi ko‘rmoq – 1) biror narsani, kishini yaxshi ko‘rmoq, ma’qul ko‘rmoq; 2) muhabbat qo‘ymoq;
yer bilan yakson qilmoq – yo‘q qilmoq; terisiga sig‘maslik – nihoyatda xursand bo‘lmoq;
yer ostida ilon qimirlasa bilmoq – nihoyatda ziyrak, sezgir;
yerga urmoq – qadrini kamsitmoq, tahqirlamoq;
yerga ursa ko‘kka sapchimoq – o‘taketgansho‘x, o‘taketgan betinim;
yulduzni benarvon uradigan– o‘taketgan olg‘ir;
yuragi orqaga tortmoq – qattiq cho‘chish holatiga tushmoq;
yuragi toza – pok, yuragida kiri yo‘q, birovga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan, dili pok, dali-g‘uli;
o‘pkasini cho‘pga ilmoq – shoshilib yurmoq, hovliqmoq (o‘pkasini qo‘ltiqlamoq ko‘rinishida ham qo‘llanadi);
o‘takasi yorilmoq – nihoyatda qo‘rqmoq.

‼️Esse yozishda foydasi tegadi☺️☺️

@qiziqarli_ona_tili

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Do‘stlaringizni taklif qiling...

Читать полностью…
Подписаться на канал