#Foydali
Egalik qo'shimchalari bajaradigan vazifasiga ko'ra 3 ta turga bo'linadi.
✴️ Qarashlilik munosabatini bildirgan egalik qo'shimchalari;
✴️ Xoslik, umumdan ajratilgan munosabatini bildiradigan egalik qo'shimchalari;
✴️ Bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadigan egalik qo'shimchalari.
⚠️ Qarashlilik - shaxs, narsa-buyum, joy va voqea-hodisaning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini anglatuvchi egalik qo'shimchalari. Bunda egalik qo'shimchasini olayotgan so'z o'ziga tobelantirgan so'zda -ning qo'shimchasi bo'lishini talab qiladi.
Misol uchun: "kitobim". Bu so'zdagi egalik qo'shimchasi kitob kimga qarashli ekanini anglatgan, ya'ni kitob 1 shaxs birlik sondagi "men" ga qarashli ekanini bildirgan. Bu so'zga tobelanib kelayotgan so'zdan -ning kelishigini qat'iy talab qiladi: kimning kitobi? - mening kitobim kabi.
⚠️ Xoslik, umumdan ajratilganlik - o'ziga tobelantirayotgan so'zdan -ning kelishigini talab qilmaydigan, -ning kelishigi qo'yilgan taqdirda mazmun o'zgarib ketadigan, resbublika, viloyat, tuman, mahalla, ko'cha, birlashmalar, korxonalar nomlari bilan keladigan egalik qo'shimchalari.
Misol uchun:
o'qish kitobi - o'qishning kitobi deb bo'lmaydi.
Namangan viloyati - Namanganning viloyati deb bo'lmaydi.
Vatan tuyg'usi - Vatanning tuyg'usi deb bo'lmaydi.
Bobur bog'i - Boburning bog'i deb bo'lmaydi.
Bunday egalik qo'shimchalari qarashlilik ma'nosidagi egalik qo'shimchalaridan -ning qo'shimchasini talab qilmaslik nuqtayi nazari bilan farqlanadi.
⚠️ Bajaruvchining shaxs va sonini bildirishi - harakat nomi(u(v), i(sh), moq, mak, maslik) va sifatdosh (-gan) dan keyin keladigan qo'shimchalar.
Bunda egalik qo'shimchasi fe'lning bu ikki vazifa shaklidan keyin keladi va egalik bilan ifodalangan mazmunga aloqador shaxsning shaxs va sonini aniqlab beradi.
Misol uchun:
O'qishim - (mening o'qishim - I shaxs birlik sonda).
Ishlashing - (sening ishlashing - II shaxs birlik sonda)
Yozuvi ( uning yozuvi - III shaxs birlik sonda) kabi...
Borganimiz ( bizning borganimiz - I shaxs ko'plik sonda)
Borganingiz (sizning borganingiz - II shaxs ko'plik sonda)
Borganlari ( ularning borganlari - III shaxs ko'plik sonda)
Eslatma: egalik qo'shimchasini olgan harakat nomi va sifatdosh o'ziga bog'lanib kelayotgan so'zda -ning qo'shimchasini talab qilsa ham, qarashlilik ma'nosini emas, bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadi.
Eslab qoling: kechasi, kunduzi, tuni, yili kabi so'zlarda egalik qo'shimchasi mavjud emas, xuddi egalik qo'shimchasiga o'xshab tursa-da, -i va -si qo'shimchalari yaxlitlangan qo'shimchalar hisoblanadi.
@qiziqarli_ona_tili
SHE'RIY SAN'ATLAR
TAZOD - zidlanish
TALMEH- baytda tarixiy shaxs,
voqealarni keltirib o'tish
TAJNIS- baytda shakldosh so'zlardan foydalanish
TASHXIS- shaxslantirish
TANOSUB - uyadosh (ma'nosi
yaqin) so'zlarni qo'llash
TAJOHUL ORIF - bilib bilmaslikka
olish
TASHBEH - o'xshatish
TARSE' - ikki misraning har bir so'zi qofiyadosh bo'lishi
TASDIR - baytni boshlagan so'z baytning oxirida takrorlanishi
TASBE- birinchi misrani tugatgan
so'z ikkinchi misraning boshida kelishi
TAKRIR - so'zni takrorlash
TARDI AKS - teskari qilib takrorlash
TAZMIN - san'atkor yaratgan
asarni boshqa shoir o'zgartirish kiritib yozishi
TAMSIL - misol keltirib yozish
HUSNI TA'LIL - fikrni chioyli
dalillash
INTOQ - jonsiz narsalarning
gapirishi
IRSOLI MASAL - xalq
maqollaridan foydalanish
ISHTIQOQ - asosdosh so'zlardan
foydalanish
ISTIORA - ikki narsa orasidagi
o'xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqi o'xshatish vositasi va sababi qo'llanmaydi.
IYHOM - bir so'zda ikki xil
ma'noning berilishi
Mubolag'a - haddan ziyod
bo'rttirish
LITOTA - mubolag'aning
teskarisi
ALLETERATSIYA - bir xil
tovushlar vositasida ohangdorlikni kuchaytirish
ANAFORA - misralar boshida bir
so'zning aynan takrorlanishi
SA'J - gapdagi ayrim
bo'laklarning qofiyalanishi
ILTIZOM - bir so'zni ketma- ket
kelgan misralarda takrorlash
@qiziqarli_ona_tili
Эрта тонгдан чуғурлаб қушлар,
Янги кундан беради дарак.
Кўзни очдик Оллоҳга шукур,
Тирикликдан нишона демак.
Ҳаёт гўзал туюлар ҳар кун,
Атрофингда яқинлар бўлса.
Ками-кўстлар билинмас асло,
Ёнингда бир суянчиқ юрса.
Ғаниминг ҳам тош отса ҳамки,
Ёнгинангда дўстларинг бўлса.
Қаро кўзинг ёшга тўлса ҳам,
Чин дўстларинг ёнингда турса.
Мукаммал бахт тилайман сизга,
Ҳаётингиз шодликка тўлсин.
Омад тутсин икки қўлингиз,
Кўзларингиз қувончдан кулсин!
17.06.2024 й
✍Феруза Рустамова
🎙Феруза
@qiziqarli_ona_tili
⚡️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab, O'qituvchilarning metodik kunlari “Kasbiy rivojlanish kunlari” sifatida joriy qilinadi
2025-yil 1-yanvardan boshlab barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch maktablarda esa “Kasbiy rivojlanish kuni” joriy etiladi.
Buning uchun malakali o‘qituvchilar orasidan fanlar kesimida mentor-o‘qituvchilar tayinlanib, ularga 20 foiz miqdorida qo‘shimcha har oylik ustama haq to‘lanadi.
@qiziqarli_ona_tili
📔 Ona tili fanidan 1-chorak BSBlar
✅BSB va CHSB kanali
/channel/+OS06MnAu2oNjZTU6
/channel/+OS06MnAu2oNjZTU6
Assalomu alaykum hammaga!
Shu testni ishlang, kechki payt javobini tashlayman!
@qiziqarli_ona_tili
"Ikki eshik orasi" romani haqidagi quyidagi ma'lumotlardan qaysi biri toʻgʻri?
A) Asardagi Murtazin, Vasya kabi obrazlar Kimsanning frontdagi hayotida muhim o'rinni egallagan.
B) Asardagi bir obraz o'zining o'ylaridan birida genetikaning qiziq fan ekanligini keltirib o'tadi.
C) Mustaqillik uchun kurashgan va unga erishgan vatanparvar inson obrazi uchraydi.
D) Asarda oqsoqolning o'g'illari janglarda qahramonlik ko'rsatib qaytgani uchun "Qizil bayroq" ordeni bilan mukofotlanadi.
@qiziqarli_ona_tili
Bugun tanlovning oxirgi kuni! Ulgurmaganlar bo'lsa lichkaga @Madina_Madaminovna
@qiziqarli_ona_tili
🔥 Qanday qilib 40 ta asarni oʻqiyman, qaysidan tushadi, qaysi birini birinchi oʻqiganimi maʼqul, deb soʻrayotganlar uchun!
Quyidagi ketma-ketlikda oʻqishni tavsiya etamiz:
1) Shu vaqtgacha rasman uchta milliy sertifikat imtihoni boʻlib oʻtdi. Mana shu imtihonlarda har safar 5 tadan badiiy asar oʻqish uchun berildi. Shu asarlar asosida test tushdi. Lekin bir marta tushgan badiiy asardan keyingi safar test tuzilmadi. Yaʼni har safar yangi badiiy asarlardan test tuzildi. Bu safar ham katta ehtimol bilan tushmagan badiiy asarlardan test savollari shakllantiriladi.
40 ta asardan shu vaqtgacha imtihonga tushmaganidan boshlang.
2) Demak, hali imtihonga tushmagan 25 ta asar bor. Bularning orasidan, eng avvalo, oʻzingiz
umuman oʻqimagan, tushunchaga ega boʻlmaganingizdan boshlang.
3) Hajmi kichikroqlaridan boshlang. Bitta hikoyachadan ham, katta romandan ham shu vaqtgacha atigi bitta savol tushgan. Yaʼni vaqt koʻp talab etiladiganini oxirrogʻida oʻqish tavsiya etiladi.
4) Shuncha asar oʻqish... qanday oʻqiyman... zarurmi menga...deb oʻzingizni oʻtga-choʻqqa urmang! Elga kelgan toʻy! 50% ustama olish oson emas. Muhimi, bir narsani unutmang! Siz shu asarlarni oʻqib chiqsangiz, nafaqat milliy sertifikat testlarida foydasi tegadi, balki mutaxassis sifatida ham ancha oʻsasiz! Fikrlashingiz, dunyoqarshingizda jiddiy oʻzgarish boʻlganini oʻzingiz his qila boshlaysiz. Bundan tashqari, matn testlarini bajarishda, esse yozishda koʻp kitob oʻqishning ahamiyati juda katta! Faqat sertifikat uchun oʻqimang. Maza qilib oʻqing! Xolis oʻqing! Shuncha asarni oʻqib, tahlil qila oladigan mutaxassis jamoada eng kuchlilar safida boʻlishiga ishonaman!
Tushgan asarlar
2023-yil 29-yanvar
1. "Kecha va kunduz" Cho'lpon
2. "Ikki eshik orası" O'tkir Hoshimov
3. "Abulfayzxon" Fitrat
4. "Ot egasi" Shukur Xolmirzayev
5. "Garov" hikoyasi Chexov
___
2023-yil 14-may
6. "Dunyoning ishlari" O'tkir Hoshimov
7. "Ruhlar isyoni" Erkin Vohidov
8. "Qorako'z majnun" Said Ahmad
9. "Hayotga muhabbat" Jek London
10. "Hellodos" Nodar Dumbadze
____
2023-yil 29-oktabr
11. "Tushda kechgan umrlar" O'tkir Hoshimov
12. "Sarvqomat dilbarim" Chingiz Aytmatov
13. "Oltin zanglamas" Shuhrat
14. "Jayhun ustida bulutlar" Mirkarim Osim
15. "Asror bobo" Abdulla Qahhor
Endi tushishi ehtimoli katta boʻlgan badiiy asarlar
16. "Zarbulmasal" Gulxaniy
17. "O'tkan kunlar" Abdulla Qodiriy
18. "Mehrobdan chayon" Abdulla Qodiriy
19. "Nur borki,soya bor" O'tkir Hoshimov
20. "Qiyomat" Chingiz Aytmatov
21. "Asrga tatigulik kun" Chingiz Aytmatov
22. "Me'mor" Mirmuhsin
23. "Yulduzli tunlar" Primqul Qodirov
24. "Xo'jand qal'asi " Mirmuhsin
25. "Avlodlar dovoni" Primqul Qodirov
26. "Ko'hna dunyo" Odil Yoqubov
27. "Ulug'bek xazinasi" Odil Yoqubov
28. "Diyonat" Odil Yoqubov
29. "Jimjitlik" Said Ahmad
30. "Ufq" Said Ahmad
31. "Lolazor" Murod Muhammad do'st
32. "Chinor" Asqad Muxtor
33. "Otamdan qolgan dalalar" Tog'ay Murod
34. "Jaziramadagi odamlar" Luqmon Bo'rixon
35. "Sohibqiron" Abdulla Oripov
36. "Temir xotin" Sharof Boshbekov
37. "Oq kema" Chingiz Aytmatov
38. "Molxona" Jorj Oruell
39. "Otoyining tug'ilgan yılı" Erkin A'zam
40. "Yulduzlar mangu yonadi" Tog'ay Murod
"Qoplon", "Sobiq" hikoyalari(Qorako'z majnun)bilan birgalikda
"O'zbeklar" Shukur Xolmirzayev hikoyasi ("Ot egasi" bilan sanalgan)
@qiziqarli_ona_tili
#adabiyot
📖XAMSACHILIK📖
🖇9-sinf adabiyot darsligi asosida:
✔️1. Xamsa yozishni boshlab bergan ijodkor Nizomiy Ganjaviy
✔️2. Xamsachilik an’anasining asoschisi Xusrav Dehlaviy
🔴“Xamsa” yozishning shartlari
🔺1. Besh dostondan tashkil topmog'i kerak;
🔺2. Birinchi doston pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bolmog'i kerak;
🔺3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag'ishlanmogi kerak;
🔺4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog'i kerak;
🔺5. To'rtinchi doston shoh Bahrom haqida yozilishi kerak;
6. Beshinchi doston Iskandar haqida yozilishi kerak.
☑️Xamsa yozgan ijodkorlar
➰Nizomiy Ganjaviy➰ (Ozarbayjon)-(28 yil davomida)
✒️1. “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga
bag'ishlangan
✒️2. “Xusrav va Shirin” Iroq hukmdori To'g'rul II ning iltimosiga ko'ra yozilgan
✒️3. “Layli va Majnun” Shirvonshoh Axsatan I buyrug'iga binoan yozilgan
✒️4. “Haft paykar” (“Yetti gozal”) Alovuddin Ko'rpa Arslonning topshirig'i bilan yozilgan.
✒️5. “Iskandarnoma” -
🔖Xusrav Dehlaviy🔖 (Shahrisabz)-(3 yil davomida
📍1. “Matla’ ul-anvor” “Nurlarning boshlanishi”
📍2. “Shirin va Xusrav” -
📍3. “Majnun va Layli” -
📍4. “Hasht behisht” “Sakkiz jannat”
📍5. “Oyinayi Iskandariy” “Iskandar oynasi”
📚Abdurahmon Jomiy📚
📌Bu ijodkor o`z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazgan va uni “Haft avrang” “Yetti taxt” deb atagan
✏️1. “Tuhfatul-ahror” “Erkinlar tuhfasi”
✏️2. “Sabhatul-abror” “Yaxshilar tasbihi”
✏️3. “Yusuf va Zulayho”
✏️4. “Layli va Majnun ”
✏️5. “Xiradnomayi Iskandariy”
✏️6. “Silsilat ul-zahab”
✏️7. “Salomon va Absol”
♻️Alisher Navoiy (2 yil davomida)♻️
📝1. “Hayrat ul-abror” Falsafiy-ta’limiy doston
📝2. “Farhod va shirin” Ishqiy qissa (ishqiy-sarguzasht)
📝3. “Layli va Majnun” Ishqiy qissa
📝4. “Saba’i sayyor” Ishqiy-sarguzasht doston
📝5. “Saddi Iskandariy” Qahramonlik dostoni
/channel/qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, barchaga!
Sizlarga yana bir yangilikni e'lon qilmoqchiman🔥🔥
Ona tilidan milliy sertifikat imtihoni noyabr va dekabrda bo'lishi barchamizga ma'lum✅✅
Keyingi milliy sertifikat imtihoni qachon bo'lishi aniq emas❗️ Shu sababli dekabr oyida bo'ladigan imtihonga onlayn guruh ochmoqchimiz♻️♻️
Darslar 3 ta milliy sertifikatga ega, mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi☑️💥
Darslar hammaga qulay (kechki) vaqtda videochat orqali olib boriladi.✅
Kursda milliy sertifikat uchun kerakli barcha bo'limlar o‘rgatiladi:
Grammatika✅
Matn tahili✅
She'riy san'atlar✅
G‘azal tahlili✅
Badiiy asarlar✅
Esse✅
Diagnostik test✅
Dars haftada 5 kun.
3 oylikni birdan to'lov qilsangiz 450 ming.
Har oyga to‘lasangiz, 170 ming (oyiga)
Dars 5-oktyabrdan boshlanadi✅
Shoshiling, joylar soni cheklangan. Hozirdanoq o'rningizni band qilib qo‘ying✅
Murojaat uchun:
@Begimqulova_Durdona
Ҳар бир кунингизни қандай яшаб ўтказсангиз, бутун ҳаётингиз шундай тарзда ўтади. Олдимизда қанча кунлар бор, “Бир кун ҳеч нимани ҳал қила олмайди”- деган фикр билан ўзимизни тинчлантиришимиз осон.
Аммо, ҳаёт - маржонда терилган дурлар сингари олдинма кейин келган ва бахтли яшалган кунлардан ташкил топган.
Ҳар бир куннинг ўз қадри бор. Ўтмиш ортда қолиб кетган, келажак - тасаввуримиз меваси, бугун эса - сиз яшаётган ҳаёт! Ўтмиш ва келажак сизники эмас, бугунингиз сизники! Шундай экан, сизники бўлган нарса билан ақлли муомала қилинг.
Бугун яшанг!
Бугун кулинг!
Бугундан бахтни тўлақонли ҳис қилинг!
Бахт ҳаммамизда тўкис, аслида!!!
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, barchaga!
Sizlarga yana bir yangilikni e'lon qilmoqchiman🔥🔥
Ona tilidan milliy sertifikat imtihoni noyabr va dekabrda bo'lishi barchamizga ma'lum✅✅
Keyingi milliy sertifikat imtihoni qachon bo'lishi aniq emas❗️ Shu sababli dekabr oyida bo'ladigan imtihonga onlayn guruh ochmoqchimiz♻️♻️
Darslar 3 ta milliy sertifikatga ega, mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi☑️💥
Darslar hammaga qulay (kechki) vaqtda videochat orqali olib boriladi.✅
Kursda milliy sertifikat uchun kerakli barcha bo'limlar o‘rgatiladi:
Grammatika✅
Matn tahili✅
She'riy san'atlar✅
G‘azal tahlili✅
Badiiy asarlar✅
Esse✅
Diagnostik test✅
Dars haftada 5 kun.
3 oylikni birdan to'lov qilsangiz 450 ming.
Har oyga to‘lasangiz, 170 ming.
Dars 5-oktyabrdan boshlanadi✅
Shoshiling, joylar soni cheklangan. Hozirdanoq o'rningizni band qilib qo‘ying✅
Murojaat uchun:
@Begimqulova_Durdona
📔 Adabiyot fanidan 1-chorak BSBlar
✅BSB va CHSB kanali
/channel/+OS06MnAu2oNjZTU6
/channel/+OS06MnAu2oNjZTU6
"Yilning eng yaxshi o'zbek tili o'qituvchisi" tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichiga qatnashish istagini bildirgan pedagog xodimlar diqqatiga!!!
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan o'zbek tili (davlat tili), ona tili va adabiyoti fani o'qituvchilari 16-20-sentabr oralig'ida @Tiltanlov2024bot ga o'z ishlarini yuborishlari mumkin.
O'qituvchilar o'zlarining videorolik va taqdimotlarini (slayd, videoslayd) mazkur bot orqali yuborishlari mumkin.