Assalomu alaykum!
6-7-10-sinf yangi adabiyotdan testlar kerak. Kimda bo'lsa lichkaga xabarlashing
@qiziqarli_ona_tili
Payg'ambardan bir kishi so'rabdi Ey Rasululloh men kimni hurmat qilay O'z onangni deb javob beribdi Payg'ambar.
🔘 : " , ? " " " , - .
🔘 : " ?" .- ,-.
🔘 : " , ? " " , ".
🔘 " " , -. " ".
@qiziqarli_ona_tili
Қаршимизда турган яна бир ўқув йили, омадли, баракали келсин.
Ҳамиша шогирдлар ардоғида бўлинг. Унутманг, сиз миллат болаларини тарбиялаб, илм беряпсиз, биз учун арзимасдек туюлган ҳатти-ҳаракатимиз, айтган сўзларимиз кимнингдир ҳаётини тубдан ўзгартириб юбориши мумкин, ёки кимнингдир кўнглини синдириб қўйиши мумкин.
Аллоҳим барчамизга билим,сабр, куч-қувват, саломатлик, ширин лутф берсин.
Янги ўқув йилингиз муборак бўлсин, азиз ҳамкасблар!
@qiziqarli_ona_tili
🇺🇿BOSH HARFLAR IMLOSI🇺🇿
✅1.Har bir gapning boshi, birinchi so'zi nuqtadan so'ng bosh harf bilan yoziladi.
M : Imtihon yaqin. Hamma hayajonda
✅2.Ism-familiya, antroponim, zoonim, taxallus, atoqli otlar :
Guli, Islomov, Kuno'g'lon, Matlabiy, Zavqiy
✅3.Toponimlar (har bir so'zi)
Misr Arab Respublikasi, Xitoy Xalq Res.
✅4.Joy nomlari tarkibidagi sifatlovchi aniqlovchilar :
Yangi Zelandiya, Shimoliy Koreya, O'rta Osiyo
✅5.Gidronimlar :
Atlantika okeani, Orol dengizi, Shimoliy Muz okeani, Katta Farg'ona kanali
✅6. Sayyoralar, yulduzlar, osmon jismlari :
Yer, Venera, Dalv, Qavs, Javzo, Galley kometasi, Mirrix yulduzi, Xulkar, Aqrab
Es : Quyosh va Oy so'zlar qachonki sayyora ma'nosida kelsagina bosh harflar bilan, qolgan holatlarda kichik harflar bilan yoziladi.
M : Quyosh Yer atrofida to'xtovsiz aylanadi.
Yaqinda olgan yerimizni chopiq qildik.
✅7.Bayramlar, muhim tarixiy sanalar nomlari tarkibidagi 1-so'z :
Yangi yil, Vatan himoyachilari kuni, Xotira va qadrlash kuni, Ustozlar va murabbiylar kuni.
✅8.Asarlar jurnallar, gazeta, mahsulot, tashkilot, korxona-muassasa nomlari tarkibidagi 1-so'z.
M : "Asrga tatigulik kun" romani, "Artel" kompaniyasi, "Dena" sharbati, ",Sog'lom avlod" jamg'armasi, "Mehr nuri" fondi.
✅9.Davlat ordenlari, mukofotlari, unvonlari tarkibidagi birinchi so'z?
"O'zbekiston xalq shoiri", "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni, "O'zbekiston san'at arbobi"
Es : "O'zbekiston Qahramoni" unvoni, "Oltin Yulduz" medali har ikki qismi bosh harflar bilan yoziladi.
✅10.Xalqaro tashkilot nomidagi har bir so'z :
Jahon Tinchligi Kengashi, Yevropa Ittifoqi, Osiyo Taraqqiyot Banki
✅11. Qisqartmalar tarkibidagi har bir so'z :
BMT, MDH, SHHT, YXHT
✅12.Davlatning oliy mansabi, unvoni va tashkilotlarining har bir so'zi :
O'z. Res. Oliy Majlisi, Senat Raisi, Vazirlar Mahkamasi Raisi, Oliy Sud Raisi, Bosh Vazir, O'zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori
✅13.vazirliklar, qo'mitalar, tashkilotlar nomlarining 1-so'zi katta harflar bilan yoziladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston xalq ta'limi vazirligi, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat test markazi, Davlat soliq qo'mitasi, Milliy xavfsizlik kengashi, Fanlar akademiyasi
✅14. Universitet va institutlar tarkibidagi 1-so'z :
Farg'ona davlat universiteti, Toshkent davlat pedagogika instituti
✅15. Tarkibida Milliy so'zi bo'lgan tashkilotlar :
O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, O'zbek Milliy akademik drama teatri
@qiziqarli_ona_tili
#Sheriyat↩️
Avgustning xayrlashuv maktubi.
Men o'sha Avgustman – yomg'ir sevmagan
Sizlarga xazonlar hadya etaman.
Negadir qadrini hech kim bilmagan
Yozimni sizlardan olib ketaman.
Men o'sha Avgustman – kuzga eltguvchi,
Mensiz kuzak kelmas, yoz ham ketmaydi.
Cho'ntak to'la chipta kuzga yetguvchi
Hammaga yetar-u menga yetmaydi.
Men o'sha Avgustman – qishga teskari,
Noyabrni sira darddosh demagan,
Kunlarim to'liqdir, o'ttiz bir bari
Aslida, fevraldan erta tugagan.
Men o'sha Avgustman – arosat oyi:
Na kuznikiman, na yoznikiman man.
Peshona sho'rimning alamli joyi
Har yili yorimga yetmay o'laman.
Senga yeta olmay o'laman
✏...
@qiziqarli_ona_tili
Mustaqillik bayrami barchangizga muborak bo'lsin! Osmonimiz musaffo, tinchligimiz abadiy bo'lsin!
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum azizlar!
Sizlarga super yangiligimiz bor🔇🔇
15-sentyabrdan boshlab 6 kunlik milliy sertifikat guruhiga start beramiz🥳🥳
Ushbu guruhda:
3 kun diagnostik test ishlash texnikasi va tahlili✅✅
3 kun esse✅✅
Esse yozish 0 dan o‘rgatiladi. Har bir esse tekshirilib, tahlil qilib beriladi🤩🤩🤩
Kurs 1 oy davom etadi✅✅
Darslar 1 emas 3 ta Milliy sertifikatga ega mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi✅✅
Kurs narxi: 180 ming
Shoshiling, joylar soni cheklangan‼️
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Yaxshi ko’rish orqali o’zgartirish
Biz odatda insonlarga boshqa insonlar bergan taassurotlardan kelib chiqib munosabatda bo’lamiz. Yaxshi deyishsa yaxshi tomonlari ko’rinadi, yomon deyishsa esa yomon tomonlari.
Bir inson mutlaq yomon bo’la olmaydi. Mutlaq yaxshi ham. Inson ekan o’quvchilar ham shunaqa. Boshqalardan insonlar haqida kamroq taassurot so’rang.
Yomon ko’rishga o’nta sabab bo’lsa-yu, yaxshi ko’rishga bitta sabab bo’lsa shuni olavering. Fanni yoqtirmas, darsga halal berar, mas'uliyatsizdir yoki yolg’onchi.
Ammo tashkiliy ishlarda zo’rdir yoki mediada aktiv. Hech bo’lmasa PUBGni yaxshi o’ynar. Farqi yo’q. Shu xislatini yaxshi ko’ring.
Insonlardagi umumiy qiziqishlar ular orasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi. Mustahkam munosabat esa insonlarni bo’yin sundirishda bosh omil bo’ladi.
Bir o’quvchim bo’lardi. Uni maktabda hamma yomon ko’rardi, sanoqli insonlardan tashqari. Men uning futbolga qiziqishini yoqtirganman. Keyinchalik PUBGni yoqtirishini bildim. Men ham o’zimni majburladim shu o’yinni yoqtirishga.
Vaqt o’tdi. Qiziqishlariga bog’lab fanimni tiqishtirganman. Zo’r o’qishni boshladi. Bora-bora istalgan tarbiyaviy masalalarda unga ta’sir o’tkaza olganman. Hatto PUBGni yomon tomonlarini tushuntirishga o’tdim.
Hech kim ishonmaganda men ishondimku. Hamma yomon ko’rganda men yaxshi ko’rdimku. Uni nazdida demak menga ishonsa bo’ladi.
Bolalarning xulqlari o’z-o’zidan yomonlashib bormaydi. Ko’p holatda bunga sabab oilaviy muammolar, atrof muhit, noto’g’ri tarbiya va jamiyat yopishtirgan yomon degan tamg’a.
Ular shunchaki o’shani aksini ko’rsatib beradigan oyna. Aslida ularga ham hozir va qo’yib bersak kelajakda ham oson bo’lmaydi. O’zgartirishni siz boshlang. Kamida ajrga ega bo’lasiz.
@qiziqarli_ona_tili
🌀Barcha esse turida ishlatsa boʻladigan eng kerakli maqol va iboralar
☘️Har toʼkisda - bir ayb
⚡️Har gulning oʼz isi bor,
Har elning oʼz tusi bor
💦Dardingning vaqti oʼtsa, Tabibdan oʼpkalama
🍂Ikki qoʼchqor kallasi bir qozonda qaynamas
🔥Boyning xoʼrozi ham tuxum qilar
🌱Boyning koʼzi nonda, Kambagʼalniki - imonda
☘Har supraning noni boshqa
🍁Adolat qilichi kesgan qo‘l og‘rimas
🪴Qars ikki qo‘ldan chiqadi
🌹O‘g‘rini o‘g‘ri desang, o‘lgisi kelar, To‘g‘rini o‘g‘ri desang, kulgisi kelar
💧Oyda ham dog‘ bor
💦It qarisa, tozi bo‘lar,
Qiz qarisa, qozi bo‘lar
⌛️Daryoga ot solmasdan avval, kechuvini top.
🧷Magizni bolib yesa, qirq kishiga yetar.
🔗Dunyo yorug' bo'lsin desang, Uyingga chiroq yoq.
🔎Qildan qiyiq qidirma.
🖇Ochiq qolgan qozonni it yalaydi.
🖌Nafsim mening balodir,
Yongan o'tga soladir
📐Hovliqqanga sichqon teshigi ming tanga.
✏️Ikki tarvuz bir qo'ltiqqa sig'mas.
📝Qorni to'qning qayg'usi yo'q.
📖Quruq qo'lga qush qo'nmas.
🔯Adolat qilichi kesgan qo'l og'rimas.
☪Bir sinalgan tajriba Yetti kitobdan afzal.
♋️Tirishgan toshga mix qoqar.
☣Taqlid bilan tong otmas.
🌐O'zolmagan otga uzangi bahona.
Ⓜ️Gap bilan osh pishmas.
🌀Zоyе kеtdi – bеfоyda sarflandi
💤Aravani quruq olib qochmoq
🔺Kasalni tabib emas, habib tuzatar
🔹Osmonga otgan toshing,
Qaytib tushib yorar boshing.
🔶Ko‘pga kesak otma, ko‘muvsiz
qolasan.
▫️Qora bulutdan tiniq
suv tomar
🔷To‘kilgan to‘lmas, yiqilgan to‘ymas.
©Rejasiz ish,
qolipsiz g‘isht.
🟣Qulochingga qarab, ketmon chop.
✔️Maslahatsiz ish — o‘rinsiz
tashvish.
🔔 Toshqin suvning kechigi ham
bo‘lar.
♦️Gapning hissasi yaxshi,
Yo‘lning — qisqasi.
💭Tubsiz quduq bo‘lmas.
💬Tuyani cho‘mich bilan sug‘orib bo‘lmas
➰Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
🔘Tirik bandada tinim yo‘q.
✔️Yurardan avval yo‘l axtar
@qiziqarli_ona_tili
Яхшилик ҳам, ёмонлик ҳам қайтади
Инсон ҳаёт йўлидан фақат бир марта ўтади. Умримизнинг ҳар бир они ғанимат. Ўтаётган ҳар бир дақиқа ўз эгасидан маъно-мазмун сўрайди. Энг қиммат бойлик – вақтдан унумли фойдаланиш керак. Инсон умрининг ҳар лаҳзасини мазмун билан тўлдириш, оиласи, меҳрибонлари, халқи учун яхшиликлар қилишга интилиши лозим.
Ёшим саксон бирга кирганда ҳаёт тўғрисида чиқарадиган энг қисқа хулосам шуки, дунёга бир марта келадиган одам эзгулик билан умр кечириши шарт. Негаки, ёмонлик қайтгани каби яхшилик хам кутилмаган жойдан ва кутилмаган одамлардан қайтади.
©️ Пиримқул Қодиров
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum azizlar!
Sizlarga super yangiligimiz bor🔇🔇
15-sentyabrdan boshlab 6 kunlik milliy sertifikat guruhiga start beramiz🥳🥳
Ushbu guruhda:
3 kun diagnostik test ishlash texnikasi va tahlili✅✅
3 kun esse✅✅
Esse yozish 0 dan o‘rgatiladi. Har bir esse tekshirilib, tahlil qilib beriladi🤩🤩🤩
Kurs 1 oy davom etadi✅✅
Darslar 1 emas 3 ta Milliy sertifikatga ega mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi✅✅
Kurs narxi: 180 ming
Shoshiling, joylar soni cheklangan‼️
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
@qiziqarli_ona_tili
Эртага мактаб...
Янги ўқув йилининг бошланиши. Аслида, ўқитувчилар, ўқувчилар талабалар учун ҳаётдаги янги босқичнинг бошланиши деса ҳам тўғри бўлади. Кимдир яна бир йилга улғайди, кимдир бир йилга кексайди... Бу ҳаётга қандай қарашингизга боғлиқ
Эртадан бошлаб илм масканлари яна ғала-ғовурга тўлади. Ота-оналар ҳам бироз бўлсада дам олади. Устозлар аллақачон фарзандидек бўлиб қолган ўқувчиларини қучоқ очиб,(балки ишонмассиз) бироз соғиниб кутиб оладилар.
Кузнинг салқин тонгларида минг бир ўй билан ишга отланаётган, қалби кийган либосларидек оппоқ ҳамкасбларим. Янги ўқув йили муборак бўлсин. Бугун сизни табриклашга ҳақлиман. Сабаби тан-жонингиз соғ, оилангиз тинч, муҳими уйингизга бироз бўлсада даромад келтирасиз. Илм-урфон тарқатасиз. Келажак бунёдкорига айланасиз.
Майли, сизни ҳеч ким эътироф этмасин, майли мукофотларга илинманг, аммо сидқидилдан ишланг, сизни худо ёрлақасин, ўзи мукофотласин.
Фарзандларингиз камолида шу беминнат хизматингиз акс этсин.
@qiziqarli_ona_tili
❗️Saqlab qo'ying: g'azal, qit'a, ruboiylarni tahlil qilayotganda ushbu lug'atlardan foydalanishingiz mumkin.
📚 Milliy sertifikat kanaliga a'zo bo‘ling
@qiziqarli_ona_tili
BO'G'IN KO'CHIRISH QOIDALARI
1.Qisqartma otlar (abbreviatura) qatordan qatorga ko'chirilmaydi : BMTga, MDHdan
2.Harfdan iborat shartli belgi o'z tegishli raqamidan ajratilmaydi : 105 sm, 40 k/vatt
8-"B" sinf, 2 m 85 sm
3.Ism - familiya, taxalluslar qisqarganda :
A.Temur, S.Ahmad
4.Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam o'z nomidan ajralmaydi : "Boeing" - 70 samolyoti, "Nokia" 11-10
5.Murakkab sonlar raqam bilan ifodalanganda : 2001-yil, XII asr
6.tutuq belgi qoluvchi qismda joylashadi :
ra'-no, ma'-no✅
7.so'z boshidagi yolg'iz unli alohida qolib ketmaydi :o-na, a-badiy❌
8. so'z oxiridagi yolg'iz unli alohida qolib ketmaydi : mutola-a, matba-a❌ mat-baa✅
9.ng+unli=ko'chuvchi : si-ngil, de-ngiz
ng+undosh=qoluvchi : dong-dor, tang-lay
10.sh,ch+unli=ko'chuvchi : pe-shona,
pe-shay-von
sh, ch+undosh = pesh-qa-dam, bosh-liq
och-qich
11.Olinma so'zlarning bo'g'in chegarasida :
2 undosh yonma-yon kelsa : dia/gramma,
Mono/grafiya
3 undosh yonma-yon kelsa : kon/trakt, pin/gvinn, tran/sport
4 undosh yonma-yon kelsa : Reyx/stag, Avs/traliya, eks/pluatatsiya
@qiziqarli_ona_tili
t.me/bobur_bobomurod
БУ ЙИЛГИ ЁЗ БИЛАН ХАЙРЛАШУВ
Ногаҳон эшитиб қолдим қушларни,
Сафар яқин экан уларда йироқ.
Ёз ўтиб қолибди ёйиб тушларни,
Мен уни деярли кўрмадим бироқ.
Осмонга қарайман ногоҳ айлаб ёд,
Юлдузлар тушмади мойил кафтимга.
Ҳар йили куйдириб ғамни этган ёт -
Ёз ўзи зор бўлди бу йил тафтимга.
Ёмғирлар сезилиб, ўқи дер баёз,
Тебранади оғир тепамдаги сим.
Анча қайғу билан кўришдим бу ёз,
Қувончлар ёнимдан ўтиб кетди жим.
Сайру саёҳатлар бўлди муаммо,
Узилган тугмасин кўнгил қадасин.
Кўп нарса кутгандим ёздан, у аммо -
Кетмоқда, бажармай берган ваъдасин.
Дарахтлар титроқда дилгиру, хаста,
Барглар тайёрланар совқотиб, музга.
Ўйлайман қараб мен ойнага аста:
Севмоғу севилмоқ қолдими кузга?!.
БОБУР БОБОМУРОД
2020.28.8. 12:20.
@qiziqarli_ona_tili