8- sinf 9- mashq: Ajratib ko'rsatilgan so'zlaning so'rog'ini aniqlang:
1.Mavlono- kim?
2. Mulozim- kim?
3. Jigargo'shalar- kimlar
4. Padari buzurkvor- kim
5. Xok- nima
6. Aqlini peshlab- nima qilib.
10- mashq matndagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarning izohi:
1.Mavlono- arabcha– janob, hukmdor; homiy (murojaatda: ey hukmdorimiz)] Musulmon sharqida: olim va fozil kishilarni, ustozlarni, yuksak martabali amaldorlarni ulug'lab, ularning nomlariga qo'shib ishlatiladigan faxriy so'z. - [Navoiy:] Keling, pirim! Keling, mavlono Jomiy.
2. Mulozim- olim va fozil kishi
3. Jigargo'shalar- forscha – farzand, eng yaqin kishi
4. Padari buzurkvor- cheksiz hurmatga loyiq ota
5. Xok- mayda tuproq, tuproqqa aylangan inson jasadi
6. Aqlini peshlab- asboblar tig'i; damini tiklamoq; aql- idrokini o'stirmoq
/channel/qiziqarli_ona_tili
So'z birikmasi, sinonimlik, omonimlik, qo'shma gaplar, ravish, Ravshan, Temir xotin, O'g'ri, Qiyomat qarz.... bir qarab qo'yinglar
@qiziqarli_ona_tili
G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Shum bola” qissasida Sulton o‘g‘ri bozorda bir kosib yigitning hamyoniga uzugini solib qo‘yadi va uni o‘g‘irlikda ayblab, shovqin ko‘taradi.
Shunga qaramay, kosib yigitni o‘zi mirshab qo‘lidan qutqarib yuboradi. Bechora kosib yigit ham Sulton o‘g‘ridan minnatdor bo‘lgancha ketadi.
Asar mazmuniga tayangan holda, Sulton
o‘g‘rining bunday yo‘l tutishining sababi to‘g‘ri izohlangan javobni aniqlang.
A)Sulton o‘g‘ri kosib yigitning nochor ahvolini ko‘rib, unga rahmi keladi.
B)Sulton o‘g‘ri kosib yigitdan o‘ch olishni niyat qilib yurgani uchun uni bozor ahli orasida sharmanda qilishni xohlagan edi.
C)Sulton o‘g‘ri bechora kosib yigitning yosh bolasi borligini bilib, unga rahm qiladi.
D)Sulton o‘g‘ri o‘zi o‘g‘irlagan pulni “halollab”, egasini rozi qilib olishga bahs boylagan edi.
@qiziqarli_ona_tili
Test TIPi degan narsani amalda tushuntiraman. Masalan, morfemika mavzusidan 7 xil TIP mavjud. Bular:
1) Gap beradi, bu gapda qaysi qo'shimcha qatnashgan/qatnshmaganini so'raydi.
2) Qo'shimchalari tushirilgan gap beradi va qaysi qo'shimchalarni tiklash xato/to'g'ri bo'ladi deydi.
3) Nuqtalar o'rniga so'z yas, lug' shak yas, sin shak yasovchi qo'shimchalarni qo'yish.
4) Nuqtalar o'rniga faqat "palonchi" qo'shimchani qo'yish lozim bo'lgan javob.
5) Qaysi javobda so'z yasovchi, lug'aviy va sintaktik qo'shimcha to'liq qatnashgan.
6) "Palonchi" qo'shimcha gapda so'z yasovchi bo'lib kelgan javobni aniqlang.
7) Berilgan gapdagi qo'shimchalar haqida to'g'ri hukmni toping.
Yuqoridagi 7 xil TIPga e'tibor berilsa, bu TIPlar o'quvchining so'z yasovchi, lug'aviy va sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarni qanchalik darajada bilishini sinash nazarda tutilgan.
Daraja bir xil, lekin ko'rinish(TIP) har xil.
Talabgor esa qaysidir TIPni avval ko'rgan va unda bu TIP bo'yicha tajriba bor, shuning uchun unga oson tuyiladi, yana boshqa talabgor o'ziga tushgan TIPni avval ko'rmagan yoki tajriba to'plamagan, shuning uchun unga qiyin tuyiladi.
Xulosa qilsak, savol darajasi bir xil, TIP esa har xil. Bu paytda sizga TIPlarni qanchalik darajada bilganingiz yordam beradi.
@qiziqarli_ona_tili
🔸Yodda saqlang
📌Avtobiografik asarlar haqida qisqacha ma'lumot
🍃 G'afur G'ulom
"Mening o'g'rigina bolam"
🍃Said Ahmad
"Yòqotganlarim va topganlarim"
🍃Abdulla Oripov
"Kòrgan-bilganlarim"
🍃 Òtkir Hoshimov
"Mashaqqatli safar"
🍃Alfons Dode
"Kichkintoy"
🍃 Zahiriddin Muhammad Bobur
"Boburnoma"
🍃 Erkin Vohidov
"Nido"(qisman)
🍃 Muhammadsharif Gulxaniy
"Bideh"
🍃Turdi Faroĝiy
"Turdiman"
🍃 Odil Yoqubov
"Muzqaymoq"
🍃 Abdulla Qahhor
"Òtmishdan ertaklar"
🍃 Uvaysiy
"Uvaysiyman", "Doĝ òldi, doĝ òldi", "Soĝindim"
http://t.me/qiziqarli_ona_tili
#iqtibos
✨Mening sirim judda oddiy, yuragimga ishonaman: faqatgina yurak hamisha uyg'oq, hamisha sergak... eng muhim daqiqalarni ko'z bilan ko'rib bo'maydi, uni faqat his etish kerak...
📚 Kichkina shahzoda
✍ Antuan De Sent Ekzyuperi
http://t.me/qiziqarli_ona_tili
#Ma'ruza
🗣️Ogʻzaki nutqdagi tovush oʻzgarish hodisalari
✍️Ogʻzaki nutqdagi tovush oʻzgarish hodisalari nutqiy qulaylikka erishish maqsadida yuzaga kelgan boʻlib ular yozma nutqda ifodalanmaydi, ya'ni ogʻzaki nutqda qanday aytilsa ham yozma nutqda qonun-qoidalariga muvofiq yoziladi.Ogʻzaki nutqdagi tovush oʻzgarishlarining quyidagicha turlari bor:
🔹**ASSIMLYATSIYA**ikki yondosh undosh tovushning bir-biriga ta'sir etishi natijasida bir xillikka intilish.Assimlyatsiya hodisasi ikki xil holatda yuzaga keladi.Birinchisi oldindagi tovush orqadagi tovushni oʻziga moslashtiradi.Bu progressif assimlyatsiya deb atalib, unda orqadagi tovush oldindagi tovushga moslashadi: Otdan(ottan), ketdi(ketti), sotdi(sotti), aytdi(aytti).Ikkinchisi
regressif assimlyatsiya unda orqadagi tovush oldindagini oʻziga moslashtiradi,ya'ni oldindagi tovush orqadagi moslab talaffuz qilinadi: yigitcha(yigichcha), yozsin(yossin),tuzsiz(tussiz).
Assimlyatsiya ikki nooʻxshash tovushning qaysidr jihatiga koʻra bir biriga oʻxshab qolishi orqali yuzaga keladi.Masalan N tovushi m va b tovushidan oldin kelganda m sifatida aytiladi:Manmanlik(mammanlik),oʻn bir( oʻm bir), sunbul(sumbul),tanbur(tambur).
🔹**DISSIMLYATSIYA** ikki oʻxshash tovush boshqa nooʻxdhash tovushga aylanib qolisho natijasida yuzaga keladi: Birorta(bironta), zarar(zaral),zarur(zaril).
🔹**Singarmanizm** Unlilarning moyillashuvi.Ikki unlining bir-birga mos holatda talaffuz qilinishi: bahor(bohor), savob(sovob) muhim(muhum),tushir(tushur).
🔹**METATEZA** tovushlarning oʻrnini almashtirib talaffuz qilish:Tuproq(turpoq),saryogʻ(sayrogʻ),afv(avf) kabi.
🔹**TOVUSH TUSHISHI** Ogʻzaki nutqda soʻzdagi biror tovushni tushirib talaffuz qilish: Toshkent(Toshken), goʻsht(goʻsh),gʻisht(gʻish), dastyor(dasyor), daraxtzor(daraxzor).
🔹**TOVUSH ALMASHINISHI** Ogʻzaki nutqda soʻzdgi biror tovushni boshqacha talaffuz qilish:Maktab(maktap), kitob(kitob), qand(qant).
🔹**TOVUSH ORTISHI** Ogʻzaki kutqda biror tovushning ortib ketishi:shior(shiyor), shoir(shoyir), oila(oyila), tabiat(tabiyat) kabi.
#eslatib oʻtamiz ogʻzaki tovush oʻzgarishlari faqat ogʻzaki nutqda sodir boʻladi.Ular yozma nutqda oʻz qonun-qoidalariga asoslanib yoziladi.
⭐️🌈⭐️🌈⭐️
⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili
#test
Pavlov ikkinchi signal sistemasi deganda nimani nazarda tutgan?
1️⃣Til
2️⃣Nutq
3️⃣Koʻz
4️⃣5 ta sezgi a'zolari
⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
@QIZIQARLI_ONA_TILI
🔊Ona tili ustozlariga qisqacha qulay qo'llanma👇👇
Undosh tovushlar turlarini yodlashning eng qulay usuli. Tez va oson👇👇
✔️Til oldi- Jasur to'la idishni cho'z.( Uchbu gapda unli tovushlarning barchasini tushirsak til oldi undoshlari qoladi )
✔️Portlovchi-1.Bojamning etigi Qopdek. 2.Tik bodom tagida oppoq jo'ja ( Uchbu gaplarda unli tovushlarning barchasini tushirsak portlovchi undoshlari qoladi )
✔️Sirg'aluvchi-1.Shayx ahili vafosizlarg'a 2.G'oziy shohlar xavfsiz (dj)
( Uchbu gaplarda unli tovushlarning barchasini tushirsak sirg'aluvchi undoshlari qoladi )
✔️Jarangli-Boyning g'ozi jo'jalarimga davo
( Uchbu gapda unli tovushlarning barchasini tushirsak jarangli undoshlari qoladi )
✔️Jarangsiz -Paketchi xohishi qafas. ( Uchbu gapda unli tovushlarning barchasini tushirsak jarangsiz undoshlari qoladi )
✔️Sonorlar (ovozdorlar)-Limon Rang ( Uchbu gapda unli tovushlarning barchasini tushirsak sonorlar qoladi )
⭐️🌈⭐️🌈⭐️
⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili
Bilasizmi, gap oy yoki yillar almashishida emas, o'tayotgan kunlarimizda qanday yashashimizdadir.
Umrimiz biz yashagan yillar bilan emas, qanchasida chindan ham yashay olganimiz bilan o'lchanadi
Xayrli kech azizlarim! InshaAlloh ertadan katta bayram boshlanyapti. (Imtihon men uchun bayram😊! deydi-yu😉) Kanalimiz abituriyentlariga katta omad tilaymiz. Allohim yor bo'lsin! Quvonchlaringiz... ota-onangiz ko'zlaridagi faxr... ulkan rejalar... hamma - hammasini biz bilan bo'lishish nasib etsin! Imtihon o'tkaziladigan binolar taxt holda sizga muntazir! Orzular sari olg'a!!!
Читать полностью…🔊🔊🔊
📌📌📌SIZ KUTGAN SUPER YANGILIK♻️
Siz attestatsiyaga tayyorlanmoqchisiz, lekin hech qunt qilmayapsizmi❓❗️
Bunday holatda siz uchun super yangilik bor.🔈
Siz tajribali, oliy toifali, ko‘plab yutuqlarga erishgan filolog, bir urinishdayoq Milliy sertifikatga erishgan filolog @Madaminovna_Madina ning Attestatsiya guruhiga taklif qilaman🖇🖇 Ustoz, shogirdlari erishgan natijalarni @qiziqarli_ona_tili kanalida ko'rishingiz mumkin✅
♻️ Kurs haftada 4 kun(kunlar kelishiladi). Darslar qat'iy belgilangan maxsus dastur asosida olib boriladi va tartibga olinadi.
♻️ Kursda ham ona tili, ham adabiyot darslarini teng olib boriladi.
♻️ Kursda pedagogik mahorat ham o‘rgatiladi✅
♻️ Kursda attestatsiya testlarini ham ishlaysiz❇️
❗️Darslar 1-avgustdan boshlanadi.
Kurs to‘lovi: 100 ming🤩🤩
‼️Shoshiling joylar soni chegaralangan.
✅Hozirdanoq joyingizni band qilib qo‘ying.
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
8- sinf ona tili
13- mashq.
Yordamchi so'zlarni jadval bo'yicha joylashtiring:
Ko'makchi: Qadar, sari, orqali, keyin, boshqa
Bog'lovchi: Basharti, agar, balki, chunki
Yuklama: Nahotki, axir, go'yo, hatto, xuddi, faqat
@qiziqarli_ona_tili
8- sinf
14- mashq.
1. Yig'ilgan xaloyiq suron tufayli yangi shahar sari qo'zg'aldi( O)
2. Gulnoz shundan keyin uch marta xat yozdi, lekin javob kelmadi.
3. Bilasizmi, siz va biz bir ariqdan suv ichamiz-da.( O)
4. Hali xabaring yo'qmi? Asrora opam kasalxonadalar-ku!
5. Nahot sen uning talanti uchun, shon- shuhrati uchun turmushga chiqqan bo'lsang? ( O. Y)
6. Shuni unutmaki, tarbiyaning otasi - mehnat.( H.N)
7. Otlar xuddi ovchidan qo'rqqan kiyiklar kabi qo'sh oyoqlab shamoldek uchib bormoqda. ( Y. Sh)
UNUTMANG!!
Bu kanalda hamma ma'lumotlar eng birinchi joylanadi. Boshqa hech qaysi kanaldan ko'chirib olib kelinmaydi. ❌❌
8- sinf
20- mashq:
1. Agar indamasak, senlarning lapar aytishlaring kechgacha tugamaydiganga o'xshaydi( S. A) Sen- kishilik olmoshi
2. O'z uyim deb so'zlama, uy ortida kishi bor.
O'z - o'zlik olmoshi
3. Baxil topsa bosib yer, saxiy topsa barcha yer.( maqol)
Barcha- belgilash olmoshi
4. Unday kishidan bir gap chiqadi.( A. Q)
Unday- ko'rsatish olmoshi
5. Qandaydir gapingiz haq, o'rtoq Ahmedov ( A. Q)
Qandaydir- gumon olmoshi
6. Shu xayol, shu tasavvur bilan yigit Darayi Nihonga qarab jo'nadi. ( S. A)
Shu- ko'rsatish olmoshi
7. Bunga mening insofim yo'l bermaydi.( S. A)
Bu- ko'rsatish olmoshi
Men- kishilik ol.
8. Shirinso'z, mehribon xola yana uning yelkasiga qoqib, omonlashdi.( Mirmuhsin)
U - ko'rsatish olmoshi
9. U ona bo'lishdan behad shod.( I.R)
10. Unìng qoni to'kilgan joydan shifobaxsh buloq chiqqan
11. Hamma gapni hazilga yoyish uchun Sidiqjon ham kuldi. ( A. Q)
Hamma - belgilash ol.
12. Undan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz bermoqchiman.
( A. Q)
13. Siz uni qandaydir sirli odam deb o'ylayapsiz. ( Mirmuhsin)
Siz - kishilik olm.
8- sinf
14- mashq. So'z va iboralarning izohini aniqlang:
1. Xaloyiq- odamlar, jamoa
2. Bir ariqdan suv ichmoq - yonma- yon, qo'shni bo'lib yashamoq
3. Iste'dod - yuqori darajadagi tug'ma qobiliyat
5- topshiriq: quyidagi aralash holda berilgan so'zlarni jadvalga joylashtiring👇👇
Undov: Eh, evoh, ofarin, hoy, beh- beh
Taqlid: g'ir- g'ir, taqir- tuqur, yalt- yult, duv- duv,
Modal: Ehtimol, shekilli, shubhasiz, albatta, afsuski
/channel/qiziqarli_ona_tili
Oybek qalamiga mansub “Navoiy” romanida qaysi yosh shahzoda hokimiyatini tortib olish maqsadida qo‘shin tortib kelgan amakisidan kelgan elchiga: “Borib aytinglarki, men o‘z og‘am bilan jang qilmoqni aslo istamayman. Bu uyat narsa. Lekin to otamdan ruxsat kelmaguncha, shaharni topshirishga haqqim yo‘q” , − deya jasur sarkardalarga xos javob qaytaradi, jang maydonida mardlarcha kurashganiga qaramay asirga tushadi va razillik bilan qatl etiladi?
A) Mo‘min mirzo
B) Sulton Ali mirzo
C) Badiuzzamon mirzo
D) Yodgor Mirzo
@qiziqarli_ona_tili
🔊🔊🔊
📌📌📌SIZ KUTGAN SUPER YANGILIK♻️
Siz attestatsiyaga tayyorlanmoqchisiz, lekin hech qunt qilmayapsizmi❓❗️
Bunday holatda siz uchun super yangilik bor.🔈
Siz tajribali, oliy toifali, ko‘plab yutuqlarga erishgan filolog, bir urinishdayoq Milliy sertifikatga erishgan filolog @Madaminovna_Madina ning Attestatsiya guruhiga taklif qilaman🖇🖇 Ustoz, shogirdlari erishgan natijalarni @qiziqarli_ona_tili kanalida ko'rishingiz mumkin✅
♻️ Kurs haftada 4 kun(kunlar kelishiladi). Darslar qat'iy belgilangan maxsus dastur asosida olib boriladi va tartibga olinadi.
♻️ Kursda ham ona tili, ham adabiyot darslarini teng olib boriladi.
♻️ Kursda pedagogik mahorat ham o‘rgatiladi✅
♻️ Kursda attestatsiya testlarini ham ishlaysiz❇️
❗️Darslar 1-avgustdan boshlanadi.
Kurs to‘lovi: 100 ming🤩🤩
‼️Shoshiling joylar soni chegaralangan.
✅Hozirdanoq joyingizni band qilib qo‘ying.
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
8-sinf ona tili darsligidan 29-dars 75-mashq tahlili
🔷Pili damon - mast,qutirgan fil.
🔷Palang - yo‘lbars.
🔷Mo‘ri lang - cho‘loq chumoli.
🔷Mash'uf - ma'lum, mashhur, aniq, belgilangan.
🔷Kufr - kofirlik, dindan qaytganlik.
🔷Tama' - istak, xohish.
🔷Rohrav - yo‘lovchi, maqsadga intilgan kishi.
🔷Kesh - maqsad, mo‘ljal.
🔷Bandi rohe - yo‘ldagi band, to‘siq; mone'lik.
🔷Besh - afzal, tuzuk.
@onlineonatili
http://t.me/qiziqarli_ona_tili
Majburiy ona tili
#tushgan_2024 #Tarqting⚡
Savol❕: Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping
Javob✅ : ma‘suma tanovul
Savol❕: Qaratqich kelishigini belgisiz qo‘llasa xato bo‘ladigan javobni belgilang.
Savol❕: Nutqda o‘zaro bir-biriga zid bo‘lgan so‘zlarni belgilang.
Javob✅ : Avval-keyin
Savol❕: Quyidagi vergul tushirib qoldirgan gapni toping.
Javob✅ : Alisher, to‘g‘ri, siz bu borada haqsiz.
Savol❕: Ajratib yozilgan qaysi so‘z o‘z ma‘nosida qo‘llangan?
Javob✅: Buvim qilgan ovqatning "ta‘mi" og‘zimda qoldi
Savol❕ : Qo‘shib yozish bilan bog‘liq xatoni toping.
Savol❕: Quyidagi qaysi gapda zidlov bog‘lovchisi qo‘yiladi?
Savol❕: Tushum kelishigi qo‘yilishi kerak gapni toping.
Savol❕: Belgilash olmoshi berilgan qatorni toping.
Savol❕: Kelishiklar orqali ifodalangan so‘z birikmasini toping.
Xavotirlanmang! Yana qaytaraman : "Savollar juda oson!
@qiziqarli_ona_tili
🗣#Ma'ruza🗣
✍ Leksikologiya (yunoncha-lexikos) soʻz, soʻzga doir ta'limot degan ma'nolarni anglatib, soʻzning atash ma'nolarini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi.
📌 Soʻz ma'lum ma'no bilan bogʻlangan,morfologik shakllangan tovush yoki tovushlar birikmasi.
Soʻzning ikki tomoni boʻladi:Moddiy tomoni va ma'no tomoni.
🔻 Moddiy tomoni soʻzning nechta harf nechta boʻgʻindan iborat ekanligi hisoblansa,🔺 Ma'no tomoni uning lugʻaviy va grammatik manosi hisoblanadi.
Mustaqil soʻzlarda (olmosh soʻz turkumidan tashqari)ikki ma'no boʻladi:Lugʻaviy va grammatik ma'no.
📌Soʻzning lugʻaviy(atash,leksik)ma'nosi-soʻzning borliqda qanday tushuncha anglatishi,insonda qanday tasavvur uygʻotishi.Masalan: kitob soʻzining lugʻaviy ma'nosi bu kitob deganda koʻz oldimizga oʻquv qurolining kelishi,ya'ni kitobning oʻquv quroli ekanligi bu uning lugʻaviy ma'nosi boʻlsa, grammatik ma'no bu ushbu soʻzning qaysi turkumga mansub ekanligi, ot soʻz turkumi boʻlsa birlik yoki koʻplikda ekanligi,qaysi kelishikda ekanligi,otning qaysi turiga kirishi kabi tushunchalar.Agar u fe'l boʻlsa qaysi zamonda,qaysi nisbatda,qaysi shaxsda va boʻlishli yoki boʻlishsiz ekanligi kiradi.Leksikologiya soʻzning atash (lugʻaviy,leksik) ma'nosini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi.
OLMA soʻzining ma'nolari
Lugʻaviy.M Grammatik.M
🔸Olma mevasi🍎 🔹Ot soʻz turkumi
🔸Olma daraxti🌳 🔹Bosh kelishikda
🔹Birlikda
🔹Aniq ot
⭐️🌈⭐️🌈⭐️
⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili
#Test
Tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini kim farqlab berdi?
1️⃣F.Sossyur
2️⃣Pavlov
3️⃣L.V.Tomsen
4️⃣Mahmud Qoshgʻariy
Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
@QIZIQARLI_ONA_TILI
1️⃣Qadimgi turkiy til davri (miloddan avvalgi davrlardan milodiy X asrgacha boʻlgan davrlarni oʻz ichiga oladi).Qadimgi turkiy til davrida yaratilgan yozma yodgorliklar Kultegin va Tunyuquq bitiktoshi hisoblanib,ularni Yadrinsev 1️⃣8️⃣8️⃣9️⃣-yilda Moʻgʻuliston hududidan topadi.Bitiktoshlar sirini birinchi boʻlib V.Tomsen ochgan vaqtda V.V.Radlov 1️⃣0️⃣ ta harfni oʻqib ulgurgan edi.Bugungi kunda bu bitiktoshlar Oʻrxun Enasoy yodgorliklari deb atalib, ularning 7️⃣0️⃣0️⃣ ga yaqin namunalari fanga ma'lum
2️⃣. Eski Turkiy til davri-Xl-Xll asrlarda muomalada boʻlgan.Bu davr adabiyoti uchun 4️⃣ ta muhim siymoni bilish lozim.Bular: Mahmud Qoshgʻariy("Devonu lugʻotit-turk" asari muallifi,ushbu asar ILK BOR turkiy tillarni taqqoslab qomusiy tarixiy tilshunoslik yoʻnalishida yaratilgan), Ahmad Yugnakiy("Hibat ul-haqoyiq"), Yusuf Xos Hojib("Qutadgʻu bilig"),Ahmad Yassaviy("Hikmatlar")kabi shaxslar.Ular eski turkiy til taraqqiyoti uchun muhim hissa qoʻshganlar.
3️⃣Eski oʻzbek adabiy til davri-Xll-Xlll asrlardan XX asr boshigacha Mumtoz adabiyoti davri hisoblanadi. Navoiy,Fuzuliy,Bedil,Nodira,Uvaysiy,Bobur,Ogahiy,Feruz,Sakkokiy,Muqimiy,Furqat kabi shoirlar shu davrda ijod qilgan.Ushbu davrda ikki adabiy til namunasi mavjud boʻlib,bular:Sharqiy(qarluq uygʻur) va gʻarbiy( qipchoq oʻgʻuz).Sharqiy til an'anasida yaratilgan asar Rabgʻuziyning "Qissasi Rabgʻuziy" asari, gʻarbiy til an'anasida yaratilgan asar Qul Alining "Qissayi Yusuf"asari.
4️⃣Hozirgi oʻzbek adabiy til davri- XX asr boshlaridan hozirgi kunga qadar boʻlgan davr.Bu davr oʻz ichida ikki qismga ajraladi
1.Mustabid Tuzum davri adabiyoti-Oʻtkir Hoshimov,Erkin Vohidov,Choʻlpon,Hamza,Abdulla Oripov,Said Ahmad,Abdulla Qahhor kabi adiblar ijod qilgan.Bu davrning oʻziga xosligi ushbu davrda yaratilgan adabiyotlarda uygʻonish,qoʻzgʻalish ruhi kuchli ekanligida.
2.Mustaqillik davri adabiyoti.Halima Hudoyberdiyeva,Xurshid Doʻstmuhammad,Murod Muhammad Doʻst,Muhammad Yusuf kabi ijodkorlar ijod qilgan davr boʻlib,tom ma'noda yangilik davri hisoblanadi
⭐️🌈⭐️🌈⭐️
⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili
❇️Qisqacha ma'lumotlar❇️
1️⃣ Ega va kesim moslashuvli tobe bog‘lanishga misol bo‘ladi. Moslashuvli so‘z birikmasi bo‘lolmaydi: Men keldim. Chunki ega va kesim moslashgan shaxsdayam,sondayam.
2️⃣ Qayerni? so‘rog‘i har doim to‘ldiruvchi (qayerga? qayerdan? qayerda?- bular hol bo‘ladi) bo‘ladi.
3️⃣ Gap bo‘laklaridan faqatgina aniqlovchi fe’l kesimga bevosita bog‘lana olmaydi,agarda bog‘lanib qolsa, holga aylanib qoladi:
Chiroyli o‘yin bo‘ldi - aniqlovchi;
O‘yin chiroyli bo‘ldi - hol.
4️⃣ Qo‘shma fe’llarda avval birinchi fe’l bajariladi: borib keldi (avval bordi,keyin keldi)
Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida esa bunday emas: Yetib bordi (Yetgandan keyin bormaydi-ku)
5️⃣ Fe’llarning vazifa shakllaridan sifatdosh,ravishdosh va harakat nomi shakllari “grim qilingan” fe’llardir. Ular sifatga, ravishga va otga o‘xshash uchun grim qilishgan. Lekin baribir fe’lligicha qolaveradi.
⭐️🌈⭐️🌈⭐️
⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili
بِسْــــــــــــــــــــــمِ اﷲِارَّحْمَنِ ارَّحِيم
☘"Bismillah"da tuganmas bir quvvat,doimiy bir barokat bordir
☘"Bismillah" har xayrning boshi.Ahli ilm bu muborak kalimani islom nishoni bilgani kabi,butun mavjudotning "lisoni hol ila virdi zabonidir",deya e'tirof etishgan.
☘"Bismillah"da "zikr","shukr","fikr"ga yo'l ochilgandir.
☘Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
☘Xayrligim xayrli tong muborak bo'lsin
Bugun erta tongdan qalbingiz , butun vujudingiz bilan o‘z dunyoyingiz sehrgariga aylanib, o‘zingiz maqsadlariz uchun yaratgan ko‘rsatmalarizga amal qilib yashab ko‘ring-a.
Yangi olamingizda yangicha quvonch, yangicha baxt va ulkan muvaffaqiyatlar sizga yor bo‘lsin.
Xotirangizga ishonmang. Kundalik tuting va eng asosiy har kunlik ishlaringizni yozib boring . Bugungi ishni ertaga qo'ymang. Bu stressni keltirib chiqaradi.
Zinhor boshqa kunni tashvishini qilib shoshilmang. Axir , har narsani o‘z vaqti bor.
@qiziqarli_ona_tili