❗️Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi o‘tkazilish sanalarida o‘zgarish bo‘ldi va quyida keltirilgan kunlarda tashkil etilishi belgilandi.
➖ 21-oktyabr – Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
➖ 22-oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
➖ 23-oktabr – Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
➖ 24-oktabr – Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
➖ 25-oktabr – Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Малака тоифа синовлари ўтказиладиган саналар белгиланди
✅Мактабгача, умумтаълим ва мактабдан ташқари таълим муассасалари педагоглари учун жорий йилнинг август-декабр ойларида ўтказиладиган малака тоифа синовлари вақти белгиланди. Унга кўра:
➖Информатика ва ахборот технологиялари фанидан — 29-октябрь куни (1 кун);
➖Математика, физика фанларидан — 30-31 октябрь кунлари (2 кун);
➖Бошланғич таълим фанидан — 1-2, 4 ноябрь кунлари (3 кун);
➖Ўзбек тили (Давлат тили), Она тили ва адабиёт фанларидан — 5-6-ноябр кунлари (2 кун);
➖ Кимё, Биология, География, Иқтисодий билим асослари, Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик фанларидан — 7-8-ноябр кунлари (2 кун);
➖ Тарих, Тарбия, Давлат ва ҳуқуқ асослари фанларидан — 9-ноябр куни (1 кун);
➖Франсуз тили, Инглиз тили, Корейс тили, Немис тили, Хитой тили, Япон тили фанларидан — 11-12 ноябрь кунлари (2 кун);
➖Рус тили (миллий мактабларда), Рус тили ва адабиёти (рус), Қирғиз тили ва адабиёти, Қозоқ тили ва адабиёти, Тожик тили ва адабиёти, Туркман тили ва адабиёти, Мусиқа маданияти фанларидан — 13 ноябрь куни (1 кун);
➖ Жисмоний тарбия, Тасвирий санʻат ва чизмачилик, Технология (сервис хизмати ёъналиши — қиз болалар учун), Технология (технология ва дизайн ёъналиши — оъгъил болалар учун) фанларидан — 14 ноябрь куни (1 кун);
➖ Мактабгача таълим муассасалари тарбиячиси, Мактабгача таълим ташкилоти психологи, Тарбиячи-методист, Ўқитувчи-дефектолог, Ўқитувчи-логопед, Мусиқа ходими (Мусиқа раҳбари), Психолог, Қорақалпоқ тили (Давлат тили), Қорақалпоқ тили ва адабиёти фанларидан — 15-ноябр куни (1 кун);
Шунингдек, Мусиқа адабиёти ва тарихи, Мусиқа назарияси, Санʻат тарихи, Амалий санʻат, Этика ва эстетика, Академик хонандалик, Анʻанавий ижрочилик (чолғу ижрочилиги, хонандалик), Анъанавий чолғулар ижрочилиги, Архитектура дизайни, Ахборот технологиялари асослари, Бадиий гилам ва гобеленлар уста-рассоми, Бадиий каштачилик уста-рассоми, Бадиий кулолчилик уста-рассоми, Бадиий наққошлик уста-рассоми, Бадиий ёғоч ўймакорлиги уста-рассоми, Бахшичилик санъати, Чарм буюмлари дизайнери, Дамли чолғулар ижрочилиги, Дамли ва зарбли чолғулар (габой, фагот, туба , тромбон), Дастгоҳли рангтасвир рассоми, Драма театри ва кино актёрлиги, Эстрада чолғулари ижрочилиги, Эстрада хонандалиги, Фолклор ижрочилик санъати, Фортепиано ижрочилиги, Графика рассоми, Ҳайкалтарошлик, Интерер дизайни, Кино ва телевидения рассоми, Композиция, Компютер графикаси ва дизайн, Консертмейстер (Жўрнавоз), Лак миниатюраси рассоми, Ландшафтлар ва атроф муҳит дизайнери, Либослар дизайни, Маҳобатли рангтасвир рассоми, Мусиқий театр актёрлиги, Мутахассисликка кириш, Оммавий байрамлар ва театрлаштирилган томошалар режиссори, Қаламтасвир, Рангтасвир, Қўғирчоқ театри актёрлиги, Рангтасвир ва амалий санъат асарларини қайта тиклаш рассоми, Рассом-фотограф, Саноат дизайни, Цирк санъати (жисмоний йўналиш), Тарбиявий ишлар методикаси, Тарихий театр либослари санъати рассоми, Тасвирий санʻат (чизматасвир, рангтасвир, графика, ҳайкалтарошлик), Театр санʻати, Театр саҳна безаги рангтасвир рассоми, Театр санъати бутафори рассоми, Техноген санъати, Торли чолғулар ижрочилиги, Умумий фортепиано, Вокал санʻати, Халқ чолғулари ансамбли, Халқ рақси ижрочиси, Хонандалик, Хор дирижёрлиги, Хореография (Халқ саҳна рақси), Зарбли чолғулар фанларидан — 16-ноябр куни (1 кун) малака тоифа синовлари ўтказилади.
©️ Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги
Murojaatlar uchun: 👉@pkatdi_bot
@qiziqarli_ona_tili
Yo'qchilik va to'qchilik. Bir narsaga hech tushunmayman: kitob o'qiydiganlarda pul yo'q. Puli ko'plar kitob o'qimaydi.
📚"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
©O'tkir Hoshimov
@qiziqarli_ona_tili
⚡️ 2025-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbek tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball to‘plaganlarga imtihon xarajati qoplab beriladi
Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab qoplab beriladi.
Agentlik 2024-yil 1-dekabrdan boshlab:
o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etishga vakolatli tashkilotning tegishli imtihon topshirish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi hamda doimiy ravishda yangilab boradi.
@qiziqarli_ona_tili
Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoniga o‘zgartirishlar kiritildi
Халқ таълими 15:07 / 08.10.2024 1105

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 17-martda o‘tkazilgan o‘zbek tili va adabiyot fanidan bilish darajasini baholashga qaratilgan test sinovi hamda foydalanilgan test topshiriqlari muhokamasiga oid fikrlar ham jamoat e’tiborini tortdi.
Xususan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha bildirilgan fikrlarga agentlik rasmiy munosabat bildirdi.
“Esse yozish jarayonida buyuk shaxsdan iqtibos keltirilishi kerakligi borasida, shuningdek, so‘zlar soni xususida qatʼiy talab mavjud emas. Lekin talabgor mavzu doirasida o‘z fikrlarini dalillar asosida yoritishi lozim.
Tajribaga ko‘ra, so‘zlar hajmi belgilansa, talabgor o‘z fikrlarini to‘liq bayon etgan bo‘lsa-da, so‘zlar sonini belgilangan talabga yetkazish maqsadida sunʼiy tarzda esseni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Esseni tekshirish jarayoni avtomatlashtirilgan bo‘lib, platforma tekshiruvchilarga ixtiyoriy esse (tanlama usulda) talabgorning ism va familiyasi ko‘rsatilmagan holda yuboriladi”, – deyiladi agentlik xabarida.
@qiziqarli_ona_tili
DARS JADVALI.
Dushanba: g‘azal tahlili
Seshanba: she'riy san'at
Chorshanba: grammatika
Payshanba: matn tahlili
Juma: badiiy asar
@qiziqarli_ona_tili
⚡️Ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Ro‘yxatga olish jarayonlari 14-20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
💴 To‘lovlar esa 21-oktyabrgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 2-3-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.
❕ Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga!
Yangi ochilgan guruhimizda 1 haftalik darslar bo'ldi. Dekabr oyida bo'lib o'tadigan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanmoqchi bo‘lsangiz sizda hali ham vaqt bor!
Kursda:
G‘AZAL TAHLILI ✅
SHE'RIY SAN'ATLAR ✅
GRAMMATIKA ✅
MATN TAHLILI ✅
BADIIY ASARLAR ✅
DIAGNOSTIK TEST TAHLILI ✅
ESSE YOZISH KO‘NIKMASI ✅
kabilarni o‘rganishingiz mumkin.
Haftada 5 kun videchat orqali darslar bo'ladi.
Narxi ham chegirmada: 130 ming🤩
Shoshiling, in shaa Alloh A+ daraja SIZNI KUTMOQDA🫵
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
"Fe'li bo'ri bolasiga o'xshasa-yu, yuzi rassom chizgandek chiroyli bo'lsa" kimga berilgan ta'rif?
@qiziqarli_ona_tili
29-oktyabrdan o'qituvchilarni attestatsiyadan o'tkazish boshlanadi
Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.
Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlarini bajarish uchun:
➖ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;
➖ qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
Malaka sinovlarining:
➖ birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;
➖ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
MMTV
@qiziqarli_ona_tili
⚡️Iching yonib ketmayaptimi, singlim
✨13:37 | Qiz: O'rto, bugun darsga bora olmayman. Nimagadir, borgim kelmayapti. Bugun, sinfdoshlarim bilan uchrashmoqchi edim.
✨13:37 | Dada: Murodjon, bugun negadir belim rosa og'riyapti Lekin, qizimni kontraktiga to'lov qilishim kerak. Ishlamasam, bo'lmaydi.
✨20:54 | Bola: Eee, o'rto. Qara, bugun urgan golimni ko'rdingmi. Futbolni o'ynashni menga qo'yib ber. Ronaldo ham, hayron.
✨20:54 | Ona: Dadasi, negadir og'limiz telefonini ko'tarmayapti, tel qilib qolsa aytarsiz. Men mollarga somon uyitib kelay. Bekki, yur sen svet yoqib tur, svet tugabdi.
✨10:47 | Qiz: Viiy, shu darsimiz 2-smen bo'lishi biram yaxshi. To'ygunimcha uxlayman. Obed qilamizmi Durdon?
✨10:47 | Ona: Sanoxon, endi men ishga chiqmasam bo'lmayapti. Qizimga har hafta ovqatini o'ziga 200 ming soʻm ketyapti. Xolodilnikka mevaga ish
💡✏️Oʻqib nimalarni his qildingiz!!!
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, xayrli kech barchaga!
Kecha ochilgan guruhimiz shu dars jadvali asosida olib boriladi. Bugun she'riy san'atlar boshlanadi.
Narxi ham hamyonbop: 130 ming.
Shoshiling!
Murojaat uchun: @Begimqulova_Durdona
@qiziqarli_ona_tili
#Kerakli
Quyidagi so'zlarga 3-shaxs egalik qo'shimchasi ikki marta qo'shiladi:
1) Yarım+i+si=yarmisi (i tushadi)
2) Sıngıl+i+si=singlisi ( i tushadi)
3) Shu+i+si=shunisi ( n - ortadi)
4) Bu+i+si=bunisi ( n - ortadi)
5) O'sha+i+si=o'shanisi ( n - ortadi)
6) U+i+si=unisi ( n - ortadi)
@qiziqarli_ona_tili