qiziqarli_ona_tili | Неотсортированное

Telegram-канал qiziqarli_ona_tili - Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

6509

Murojaat uchun: @Madaminovna_Madina Ona tili va adabiyot fanidan tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar, attestatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan ustozlar va Milliy sertifikat olishni istovchi barchani birlashtirgan kanal!!!

Подписаться на канал

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

​Maqollarda tinish belgilari #B harfi

* Baliq boshidan sasiydi.
* Balchiqqa tosh otsang, betingga sachraydi.
* Baxilning bogʻi koʻkarmas.
* Baxt — tilakda emas, bilakda.
* Baxtiyor boʻlsa zamon, noshukur boʻlma — yomon.
* Baqani bossang ham "vaq" etadi.
* Baqiroq tuyaning bori yaxshi, baqirib turgani undan yaxshi.
* Begona tuproq — devona tuproq.
* Beli bogʻliqning dili bogʻliq.
* Beli ogʻrimaganning non yeyishiga qara.
* Bemor oʻziga yoqmagan ovqatga oʻch boʻladi.
* Bersang yeyman, ursang oʻlaman.
* Betga aytganning zahri yoʻq.
* Betimning qalini — jonimning huzuri.
* Besh qoʻl barobar emas.
* Besh qoʻl ogʻizga sigʻmas.
* Begʻalva bosh — bosh emas.
* Bizniki — xaltada, sizniki — oʻrtada.
* Bilganing daryo boʻlsa, bilmaganing — dengiz.
* Bir balosi boʻlmasa, shudgorda quyruq na qilur?
* Bir boshga — bir oʻlim.
* Bir yigit qirq yilda bino boʻladi.
* Bir kerak boʻlgan narsa ikki kerak boʻlmay qolmas.
* Bir kun ming kun boʻlmas.
* Bir kun tuz ichgan joyga — qirq kun salom.
* Bir kun janjal boʻlgan uydan qirq kun baraka ketar.
* Bir mayizni qirq kishi boʻlib yebdi.
* Bir ochlikning bir toʻqligi bor.
* Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak.
* Bir qizga — yetti qoʻshni ota-ona.
* Birikkan kuch — kuch, birikmagan kuch — puch.
* Birni kessang, oʻnni ek.
* Birovga choh qazisang, oʻzing yiqilasan.
* Birovdan oʻtganni birov bilmaydi.
* Bozor koʻrgan echkidan qoʻrq.
* Bolaginamning bolasi — qandak oʻrikning donasi.
* Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor.
* Bolali uyda sir yotmas.
* Bolalik — poshsholik.
* Bolalilar bosh boʻlar, bolasizlar yosh boʻlar.
* Bolani yoshdan oʻrgat, xotinni boshdan oʻrgat.
* Bolani ishga buyur, ketidan oʻzing yugur.
* Bolaning erkasi — bitning sirkasi.
* Bor borini yeydi, uyatsiz orini yeydi.
* Borga — bor dunyo, yoʻqqa — tor dunyo.
* Botirga tayoq ham — yaroq.
* Botirdan oʻlim ham qoʻrqadi.
* Bosh omon boʻlsa, doʻppi topilar.
* Boshga tushganni koʻz koʻradi.
* Bugungi chumchuq kechagi chumchuqqa chugʻurlashni oʻrgatar.
* Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.
* Burga tutmoqqa ham barmoq hoʻllamoq kerak.
* Burgaga achchiq qilib, koʻrpaga oʻt qoʻyma.
* Boʻzchi belboqqa yolchimas, kulol — moʻndiga.
* Boʻlali bola boshidan maʼlum.
* Boʻriga rahm qilsang, qoʻyning shoʻri quriydi.
* Boʻrini boʻriligi uchun emas, qoʻyni yeganligi uchun oʻldiradilar.
* Boʻrining yesa ham ogʻzi qon, yemasa ham ogʻzi qon.

➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Assalomu alaykum, barchaga!

@qiziqarli_ona_tili KANALIMIZDA SIZLAR UCHUN SUPER YANGILIK💜💜💙📢📢📢

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan, ko'plab natijalarga erishgan tajribali ustozlar:@Madaminovna_Madina ( birinchi imtihondayoq 83.6%, toifali tajribali pedagog) va @Begimqulova_Durdona(99.58%) 20-avgustdan  tezlashtirilgan onlayn milliy sertifikat guruhiga start bermoqda✅✅✅


Dars haftada 4️⃣kunlik dars.

Talablar👱‍♀️↕️
✅Grammatikani tugatgan o‘quvchilar, abituriyentlar, talabalar va o‘qituvchilar qabul qilinadi;
✅Darslarga qat'iy qatnashish;
✅Vafizalarni vaqtida bajarib borish.

Afzalliklari👀
✅Badiiy va ilmiy matn
✅Badiiy asarlar
✅G‘azal tahlili
✅Esse yozish ko‘nikmasi
✅Diagnostik testlar
🤩🤩🤩

🩵🩵🩵qat'iy💯🛍 o'tiladi va vazifalar talab qilinadi🔥🔥

Kurs narxi: 160 ming 🤩

Shoshiling, joylar soni chegaralangan.💡

Sizda hali ham imkon bor🥳🥳🥳

Guruhga yozilish uchun:🖋 @Begimqulova_Durdona

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🕰️🕰️9-sinf Ona tili.


🔰🔰Bo'lsa,Esa so'zlari yordamida bog'langan qo' shma gaplar.🔰🔰


✔Bo'lsa, Esa so'zlari bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi.Bo'lsa, Esa so'zlari qiyoslanuvchi bo'lakdan so'ng keladi.



Masalan: Aql ko'pga yetkazadi,hunar bo'lsa insonni ko'kka ko'taradi.( Qiyoslash munosabati).


✔Rostgo'ylik odamni kamolotga yetkazadi,yolg'onchilik esa uni halokatga olib boradi. (Zidlanish munosabati.)


🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺
IZOH:Zidlash munosabati mavjud bo'lgan gaplarda bo'lsa, esa so'zlari zidlov bog'lovchilari bilan erkin almashadi.

✔Sabrning boshi achchiq, oxiri esa shirindir.➖Sabrning boshi achchiq,ammo oxiri shirindir.



📝Tuzuvchi: G'aynazarova Mushtariy

🤝🤝🤝🤝Ulashishning eng to'g'ri yo'li

http://t.me/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Bu_muhim

*8-sinf ona tili darsligidan atamalar izohi

musta'mal – pishiq, mukammal
mutafakkir - buyuk donishmand
muxtasar - qisqa, lo'nda, biror asarning qisqartirilgan varianti
nabi - xudoning xabarini yetkazuvchi
nabotot - o'simliklar dunyosi
nadim - yaqin sirdosh, do'st, hamsuhbat
nahv - tilning sintaktik qurilishi haqidagi soha
navkar - o'tmishda harbiy xizmatkor, askar
navozanda - kuy ijro etuvchi, navo qiluvchi sozanda
navozish - mulozamat, lutf, marhamat, erkalash
nazarkarda - ulug' kishilarning nazari tushgan
nazm - she'riy shakldagi ijod
nesh - nish, tig'
nizo qilmoq - ziddiyatda bo'lmoq
nosih - nasihatgo'y
notob - tobi qochgan, kasallangan
nuqson - me'yor darajasidan pastlik, yetishmovchilik
nur - bir yo'nalishga yo'nalgan yorug'lik
odob - ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi yaxshi axloq, tarbiya, xushmuomalalik
og'iz - nutq hosil qiluvchi a'zo
oliy - eng yuqori
omoch - ulov qo'shib yer haydaladigan, metall tishli qadimgi eng oddiy yog'och yoki temir asbob
omonlashmoq - salomlashmoq, vidolashmoq

Kanalga obuna boʻling!🕊

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#juda_kerakli

🔴Fe’l 5ta nisbat shakliga ega: aniq nisbat, ozlik nisbati, orttirma nisbat, majhul nisbat, birgalik nisbati.
🔻Aniq nisbat - (nol shakl) ish-harakat bajaruvchisi aniq boladi: Karim baliq tutdi. Sohiba kitob oqidi. Dehqon yerni haydadi. Navbatchi gulga suv quydi.
🔸Ozlik nisbati - bajaruvchining ozi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatini ifodalaydigan fe’l shaklidir. Bu shakl fe’l asosga -(i)n, -(i)l qoshimchasini qoshish bilan yasaladi. Bunda ish-harakat va uni bijaruvchi ortasidagi munosabatga asoslanadi. Ra’no tarandi. Qiz egildi. Gul ochildi. Oy korindi, U kerishdi.
🔹Majhul nisbat – fe’l asosga (i)n, (i)l qoshimchasini qoshish bilan yasaladi. Bunda ish-harakat kim tomonidan bajarilaganligi noma’lum boladi. vosita boluvhi predmet ega vazifasida keladi: Qiz sochini taradi. - Soch taraldi. Yer haydaldi. suv sepildi. Nutq sozlandi. Sovrin berildi.
Ozlik va majhullik nisbatlari otimli fe’llarni otimsiz fe’llarga ogiradi: kordi-korindi, haydadi-haydaldi.

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

✅KO'CHIRMA GAPLARNI
O'ZLASHTIRMA GAPGA
AYLANTIRISH

♻️ Ko'chirma gap egasi — o'zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga o'zgaradi.

♻️ Ko'chirma gap kesimi — o'zlashtirma gapda tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchiga o'zgaradi.

♻️ Muallif gapining kesimi vazifasidagi dedi so'zi aytdi so'ziga almashtiriladi.

♻️ Muallif gapining egasi o'zlashtirma gap egasi bo'lib gap boshida keladi.

🌀MASALAN:

"Mehmon keldi", — dedi ukam.

‼️
1. Ko'chirma gap egasi: mehmon
2. Ko'chirma gap kesimi: keldi
3. Muallif gapi kesimi: dedi
4. Muallif gapi egasi: ukam.


‼️O'zlashtirma gapga aylatirilganda:

Ukam mehmoning kelganini aytdi.

Bu gap quyidagicha ko'rinishda bo'ladi:
1. O'zlashtirma gap egasi: ukam ( ko'chirma gapda muallif gapining egasi bo'lgan edi )
2. O'zlashtirma gapning qaratqich aniqlovchisi: mehmonning ( ko'chirma gapning egasi bo'lgan edi )
3. O'zlashtirma gapning vositasiz to'ldiruvchisi: kelganini ( ko'chirma gap kesimi bo'lgan edi ) Sabriya
4. O'zlashtirma gapning kesimi: aytdi ( ko'chirma gapda muallif gapining egasi bo'lgan.


⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥❤️❤️❤️🩷🩷🩷

Hurmatli USTOZLAR va boʻlajak ustozlar
❗️

Talab va taklifning koʻpligi munosibati bilan Eshmurodov ustoz UMUMIY KURSI uchun
1⃣1⃣ kishiga joy ajratdi.

💸Kurs narxi 100 ming

➡️Dars har kuni boʻladi
➡️ Ertalab 5:00 - 7:00
➡️Har kuni ovozli chatda dars
➡️Milliy Sertifikat uchun barcha qismlar Tezlashtirilgan tartibda oʻtiladi.

🩷🩷🩷
Badiiy asar uchun alohida ustoz, kunning boshqa qismida siz uchun dars oʻtadi. Qoʻshimcha toʻlov olinmaydi.

Eslatma* Guruhga ajratilgan joy tez toʻlib qolishi mumkin. Tezroq harakat qilishingizni soʻraymiz. 11 kishidan keyin guruhga qabul tugaydi. Toʻlovlar qabul qilinmaydi.


⚠️Agar sizga KECHKI vaqt qulay boʻlsa, 21:00-23:00 da ham yuqori saviyada, tezlashtirilgan tartibda ochilgan guruh bor.
❗️Oʻquvchi soni cheklangan (4 kishi uchun joy bor)
💸Narxi 200 ming.

"ESHMURODOV TAʼLIM" onlayn jamoasi siz azizlarning bildirgan komil ishonchingizga xiyonat qilmaymiz!

Murojaat uchun:
✉️@QABUL_UCHUN1
📱+998886384188

Milliy Sertifikat uchun BEPUL darslar ushbu kanalda
⬇️⬇️
@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

⚡️ ОЙЛИК МАОШ КEЧИКСА ( хазил шеър )

Янги ойга ўтгандан,
Бошланади ғулғула.
Қачон  маош тушар деб, 
Ҳамманинг дарди пула.

Титкилаймиз телефон,
Телеграмда ойлик бот.
Узаспода чиқмаган, 
Ичимизда ёнар ўт.

Қулоғимиз динг бўлиб, 
Смсни кутамиз. 
Хабар келса ховлиқиб, 
«Мчес»ни тутамиз. 

Хой ҳисобчи айтингчи,
Нега маош кечикди.
Сабрсиз ўқитувчилар, 
Ёшболадай ичикди. 

Асабларни ўйнатиб,
Телефон ҳам жиринглар.
Тезроқ қарзинг тўла деб,
Дўкончилар ҳиринглар.

Пулинг тугаб қолганда, 
Ёқмайсан ўз болангга. 
Хеч ким қулоқ солмайди,
Сенинг оху-нолангга.

Уйда хотин хўмрайган,
Уним, буним кам дейди.
Минғир-минғир  эговлаб,
Қулоқ миянгни ейди..

Кредитингни ёпгин деб,
Банк ходими дўқ урар.
Олган пулинг қайтар деб,
Яқин дўстинг лаб бурар.

Пулни қўлнинг кири дер,
Шусиз ишинг битмайди.
Вақтида тўлаш керак,
Кантрактинг ҳам кутмайди.

Шу тўрт беш кун кутганинг,
Гўё йилдай туюлар.
Хали маош тушмасдан,
Ташвиш тоғдай уюлар.
                  
УТКИРБEК  УРАЛОВ


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🌤🌹✨АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!😊🌤✨

— АЛЛОҲим тонгингизни нурафшон,
— Кўнглингизни хотиржам,
— Юзингизни нурли қилсин,
— Қалб дунёйингиздаги орзуларингиз,
— Ниятлариз ижобат бўлсин!
— Танангизни саломатлик,
— Юзингизни эса табассум безаб турсин!!
— Бахт, омад, муваффақият, меҳр-муҳаббат ҳамиша ҳамрохингиз бўлсин!!!
— Аллоҳ ўз паноҳида асрасин сизларни!!!

🌤🌤😊ХАЙРЛИ КУН!😊🌤🌤

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🔰So‘zlar bog‘lanishi uchun:🔰

💯1) ular mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘ladi.

Masalan, kitob o‘qimoq, maktabga bormoq. Lekin ukam uchun, telefon orqali birikuvlari ikkinchi so‘zlari mustaqil so‘z bo‘lmaganligi uchun so‘zlarning bog‘lanishiga misol bo‘lolmaydi;

💯2) so‘zlarning ma’nolari o‘zaro mos bo‘lishi lozim.

Masalan, oyna so‘zining ma’nosi sinmoq so‘zining ma’nosiga mos. Ammo randalamoq, uzilmoq so‘zlariga mos emas. Shuning uchun nutqda ma’nosi mos bo‘lmagan so‘zlarni bog‘lash xato bo‘ladi;

💯3) so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimchalar ham o‘z o‘rnida bo‘lishi kerak.

Masalan, Toshkentda yashayman, ukamning daftari birikmasida qo‘shimchalar to‘g‘ri qo‘llangan. Lekin Toshkentga yashayman, ukamni daftari birikmasida qo‘shimcha noto‘g‘ri qo‘llangan.

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Yaxshi kitob-aqlli odam bilan suhbat qurishning ayni o‘zginasi. Kitobxon undan bilim va voqelikni umumlashtirish, hayotni anglash xislatini oladi!

© L.N.Tolstoy.

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#juda_kerakli

🔰🔰"O'tkan kunlar" romani bo'yicha eng kerakli ma'lumotlar🔰🔰

1.Og'ir tabiatlik,ulug' gavdalik,ko'rkam va oq yuzlik,kelishgan,qora ko'zlik,mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit-
🔻Yusufbek hojining o'g'li Otabek

2.Gavdaga kichik,yuzga to'la,ozroqqina soqol-murtlik,25yoshlar chamaliq bir yigit-
🔻Marg'ilon boylaridan Ziyo shohichining Rahmat degan o'g'li.

3.Uzun bo'ylik,qora cho'tir yuzlik,chag'ir ko'zlik,chuvoq soqol,35yoshlar chamasidagi ko'rimsiz bir yigit-
🔻Homid

4.Cho'ziq yuzlik,do'nggiroq peshonalik,sariqqa moyil,to'garak qora ko'zlik,oppoq uzun soqollik-
🔻Hasanali

5.Marg'ilonda chaqqon bo'lgan bozorlar-
🔻gazmol va qalapoy afzalining bozori


/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

📚 Test: "O‘tkan kunlar"
👤 Muallif: Mahammadjonov Mirjalol

🌈⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Yana tong nafasi,tong tarovati
Har dilda quyoshning ilk harorati
Subhidam tarqatar kun barokati
Shukur yana berdi bir imkon,bir kun
Sizga tilagimiz ezgulik bu kun


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

"4K"dan "5E"ga: navbatdagi "chiroyli bayroq"?

"O'zbekiston 24"da kelayotgan o'quv yili uchun tayyorlanayotgan "yangi avlod" "5E" darsliklari haqidagi lavhani ko'rib bu va boshqa bir qator savollar tug'ilmasdan qolmaydi.

Lavhada aytilishicha, 2024/25 o'quv yili uchun 5-9 sinflarga mo'ljallangan 153 nomdagi darsliklar tayyorlanmoqda. Iddao qilinishicha, bu darsliklar "yangi o'quv dasturi asosida", "xorijiy tajriba asosida", "5E modeliga asosida" "yangi avlod darsliklari"dir.

Har safar vazir va vazirlik almashganda "xorijiy tajriba asosida" "yangi avlod darsliklari"ni yaratish urf bo'ldi shekilli. Darsliklar o'quv dasturi asosida yaratiladi, hali aniq bir o'quv dasturi yo'q, turli sinflar turli va bir-biriga nomutanosib o'quv dasturlari asosida tahsil olayotgan tizimda har yili darsliklarni yangilash hech qanday samara bermaydi, deydigan odam yo'q.

Xullas, lavhadan tug'ilgan savollar:

1. Yangi darsliklar "yangi o'quv dasturi" asosida ekanligi aytilmoqda. Bu "yangi o'quv dasturi" oxirgi ikki-uch yil hisobidan nechanchisi? 2022-yilda Milliy o'quv dasturini joriy qilish boshlandi va bu dastur asosida avval 1-2, keyin esa 3, 6, 7, 10 sinflar uchun darsliklar chop qilindi. Prezident farmoni bilan vazir Umarovaga 2024-yilgacha Milliy o‘quv dasturining ta’lim jarayoniga to‘liq joriy etilishini ta'minlash vazifasi yuklandi. Lekin 2023/24 o'quv yilida boshlang'ich sinflar uchun "Novda"ning darsliklari joriy qilindi. Metodik va ilmiy muammolarga to'la bu darsliklar qaysi dastur asosida yaratilganiga ham, yaratilganiga 1-2 yil to'lmagan darsliklardan nega voz kechilayotganiga ham izoh berilmadi. Mana endi - yana "yangi o'quv dasturi" asosida "yangi avlod darsliklari". O'quv dasturlarini har yili "yangilash" har xil sinflar ta'lim mazmuni o'rtasidagi uzviylikni yo'qqa chiqaradi va ta'limni boshi berk ko'chaga olib kiradi. Oldin umumiy o'rta ta'limning maqsadlari bo'yicha, o'quv dasturlari bo'yicha, 11 yillik ta'limning oxirida o'quvchilardan nima kutilayotgani bo'yicha aniq bir to'xtamga kelarmiz? Oldin vazir va (yoki) uning jamoasi bu bo'yicha aniq bir tushuntirish berar, dasturlarni e'lon qilar?

2. Bu yil 5-sinfga o'tadiganlar, adashmasam, 1-sinfda 2017-yilda qabul qilingan o'quv dasturi asosida, 2-3-sinflarda Milliy o'quv dasturi asosida, 4-sinfda "Novda"ning shu paytgacha qaysi dastur asosida yaratilgani ochiqlanmagan darsliklari asosida tahsil olishgan. Endi 5-sinfda ularni yana "yangi dastur" kutmoqda. Bunday yondashuv bilan bu bolalarning "boy berilgan avlod"ga aylanmasligiga, ularning bilimlarida jiddiy bo'shliqlar paydo bo'lmasligiga kafolat bera olasizmi? Bu o'quvchilarni kutayotgan "yangi dastur" va "yangi darsliklar" ularning oldingi sinflarda nimalarni o'qigan va o'qimaganligini hisobga olganmi?

3. Yangi darsliklar "xorijiy tajriba asosida" yaratilayotgani aytilmoqda. Bu qanday "xorijiy tajriba", bilsak bo'ladimi? Bir Finlyandiyani "bayroq" qildik, qarasak, Finlyandiya tajribasi degani - bu darslik degani emas, keyin Singapur tomon chopdik, endi yana qandaydir "no name" "xorijiy tajriba"... Har safar "xorijiy tajriba"ni joriy qilaverib charchamadikmi? Balki ta'lim tizimi ustida "xorijiy" tajribalarni o'tkazaverishni to'xtatarmiz, a? 

4. Darsliklar "5E" modeli asosida yaratilayotgan ekan. "5E" - bu konstruktivizm ta'lim nazariyaga asoslangan metodikalardan biri (bunday metodikalar ko'p) va bu metodikani har bir darsda qo'llab bo'lmaydi, chunki bu metodika o'quvchilarning muayyan tushunchani mustaqil tadqiq qilishlarini nazarda tutadi va vaqt talab qiladi. Shunday ekan, qanday qilib butun boshli darslik "5E modeli asosida" bo'lishi mumkin? Va nega aynan "5E", boshqa metodikalar emas? O'tgan yili "ura-ura" qilingan va keyinchalik katta shishirilgan pufak ekani oydinlashgan "4K modeli" nima bo'ldi? "5E" deyayotganlaringiz ham aslida shunday ichi bo'sh pufak bo'lib chiqmaydimi? 

Xullas, savollar ko'p. Odatdagiday, vazirlikdan bu savollarga javob kutish befoyda - vazirlik "islohotlar" va PR bilan bilan band.

©birgap

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Demak, Miliy sertifikatning yangi baholash tizimi bo'yicha, qisqacha:

ESSE:

✅ Tekshiruvchi ekspertlar tomonidan 24 ballli mezon asosida baholanadi
✅ Kompyuter esa uni 75 ballga kolloboratsiya qiladi!
✅Ya'ni ESSEga ❗️75BALL beriladi

⚡️Deylik, sizga tekshiruvchi essedan 20 ball qo'ygan bo'lsa, sizga 75 balldan 67 ball beriladi!

TEST:
✅OSON savolga ( talabgorlarning 80 foizidan ortiig'i to'gri bajargan) — 1.1 ball
✅O'RTACHA savolga ( talabgorlarning 50 foizi to'gri bajargan) — 1.7 ball
✅QIYIN savolga ( talabgorlarning 20 foizi to'gri bajargan) — 2.5 ball

*Endi savollar uchun ballar 49 ta savol uchun bir xil 1.1, 1.7, 2.5 tarzida beriladi! Sababi 2 qismlik savollarning qaysidir qismi talabgorlarning ko'pchiligi tomonidan to'gri topilgan, qaysidir qismi esa, ko'pchilik tomonidan xato qilingan bo'lishi mumkin!

❗️Shu sababli ham test uchun berilayotgan maksimall 75BALL shartli deya atalmoqda! Bu ball talabgorlarning savollarni qanday yechganligiga( qiyin, oson savollarni to'gri topishiga ko'ra ) qarab 75 dan ko'tarilib ketishi ham mumkin!!!!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🇺🇿 ATTESTATSIYA IMTIHONI UCHUN KURS 🇺🇿

HAFTADA 4 KUN✅️ ( 2-oydan 6 kun)

SOAT 20 : 00  yoki 22 : 00 DA✅️ (kelishamiz)

ADABIYOT O'QITILADI ✅️

NARXI : OYIGA 160 MING ✅️

REPETITOR : SHOHRUX ARABJONOV (2X MS EGASI) Va tajribali repititor Madina Madaminovna

MUROJAAT :
+998938856768 ✅️

LICHKA :
@Madaminovna_Madina @FIGORIY01 ✅️

Darslar 11 - avgustdan boshlanadi ✅️


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Maruza

Yasama so'zlar deganda ot, sifat, fe'l, ravishlarning sodda yasama va qo'shmalari sanaladi. Bularning qo'shmalari doimo yasama.
Ravishlarda esa boshqa so'z turkumlari juftlansa yoki takrorlansa va ravishga aylansa, bular ham yasama hisoblanadi:
Uzil-kesil, gul-gul, yuzma-yuz, birin-ketin, qishin-yozin, uchma-uch kabi.

Oddiy sodda yasama so'zlarda esa bir so'zga so'z yasovchi qo'shimcha qo'shiladi, bunda shu qo'shimcha ta'sirida so'z yoki so'rog'ini, yoki turkumini, yoki tushunchasini o'zgartirishi talab etiladi. Masalan:

Gul bu o'simlik +don= guldon bu predmet Bu yerda tushuncha o'zgardi.

Gul- bu ot +li = gulli bu sifat, bu yerda turkum va so'roq o'zgardi.

Lekin gul+lar yasama emas, chunki tushuncha ham, so'roq ham, turkum ham o'zgarmaydi.

Quvna(nima qil - fe'l) +q = quvnoq (qanday- sifat)
ishon (nima qil - fe'l) +ch =ishonch ( nima -ot)
Gul (nima - predmet) +chi gulchi (shaxs- kim)
gul(nima - o'simlik) +don guldon (nima- idish)

Kitob (nima) kitobxon (kim)
porla (nima qil) porloq (qanday)
suv (nima) suvchi (kim) suvsiz(qanday) suvsa (nima qil)
Gul (nima) guldon( nima -idish), gulchi ( shaxs) gulli, gulsiz (sifat) gulla (fe'l)
ikki ( necha ) ikkilan (nima qil)
o'z (olmosh) - o'zlik, (ot), o'zlashtirmoq (fe'l) o'zga ( sifat) o'zicha ( ravish)

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

#Online_dars

🔘ANIQLOVCHI🔘

❇️Gapda biror bolakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashliligini bildiruvchi bolak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi boglangan bolak aniqlanmish deyiladi. ©Aniqlovchi gapda quyidagi bolaklarga tobelanishi mumkin:
egaga tobelanadi: Mayda qor yogib turibdi. Qalandarovning hovlisi kattagina ekan.
✓ot kesimga tobelanadi: Ergash ota – bizning qadrdon qoshnimiz.
✓toldiruvchiga tobelanadi: Bu sovgani oquvchilar tayyorlashgan.
✓holga tobelanadi: Sevimli vatanimizda bayramlar kop.
✅Aniqlovchilar bir xil narsa-buyumning belgisini yoki narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashli ekanligini bildirishiga kora ikki turga ajratiladi:
🔴sifatlovchi aniqlovchi va qaratqich aniqlovchi.
➡️Sifatlovchi-aniqlovchi – predmetning belgisini bildiradi. Qanday? qanaqa? Qaysi? qancha? necha? qayerdagi? nechanchi? soroqlariga javob boladi. Quyidagicha ifodalanadi.
sifat bilan: Sevimli vatanimda toshqin daryodek hayot josh uradi.
✓sifatdosh bilan: Yigilgan odamlar ichkariga kirishdi.
✓ot bilan: Asfalt kochadan mashinalar giz-giz otardi.
✓son bilan: On beshtacha odam yigildi.
✓ravish bilan: Kop odamlar buni bilishmaydi.
✓taqlid soz bilan: Chugur-chugur bolalar toplanishdi.
✓ibora bilan: Qoli ochiq odamlar kop.
🔴Qaratqich-aniqlovchi – kimning? nimaning? qayerning? soroqlariga javob boladi. Belgili yoki belgisiz qaratqich kelishigidagi shakllari mavjud: Yigitning sozlarini diqqat bilan tingladik. Ogzi boshning ichida gap yotmaydi. Ota-onalar majlisiga yigildik. Shahar kochalarida kezdik.

⭐️🌈⭐️🌈⭐️

⚡️Yaqinlarga ulashamiz⤵️
⏬⏬⏬⏬⏬⤵️
/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🇺🇿 ATTESTATSIYA IMTIHONI UCHUN KURS 🇺🇿

HAFTADA 4 KUN✅️ ( 2-oydan 6 kun)

SOAT 20 : 00  yoki 22 : 00 DA✅️ (kelishamiz)

ADABIYOT O'QITILADI ✅️

NARXI : OYIGA 160 MING ✅️

REPETITOR : SHOHRUX ARABJONOV (2X MS EGASI) Va tajribali repititor Madina Madaminovna

MUROJAAT :
+998938856768 ✅️

LICHKA :
@Madaminovna_Madina @FIGORIY01 ✅️

Darslar 11 - avgustdan boshlanadi ✅️


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Attestatsiya guruhini 10-avgustdan boshlayapmiz xohlovchilar tezroq yozamiz
Narxi: 100ming!


@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Javoblarini ertaga tashlayman

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

Bolaga kitob ber lekin, abituriyentga emas!!!😅😅

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤


Eshmurodov ustozning UMUMIY KURSI uchun QABULning oxirgi kuni.

📍Ertaga tongda birinchi dars.
✔️Dars vaqti 5:00 - 7:00
✔️Haftada 7️⃣ kun dars.
✔️Barcha qismlar kuchaytirilgan tartibda
✔️Badiiy asarlar uchun alohida Ustoz.
✔️Barchasi 100 ming.


🫴KURS HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT VA NAMUNA DARS BU YERDA.📍


❤️❤️❤️💞💞💞

Murojaat uchun:
@QABUL_UCHUN1
+998886384188

Milliy Sertifikat uchun BEPUL darslar kanali

⬇️⬇️⬇️
@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI
@ONA_TILI_MILLIY_SERTIFIKATI

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

⚠️"O'tkan kunlar" romani bo'yicha eng kerakli ma'lumotlar

1.Og'ir tabiatlik,ulug' gavdalik,ko'rkam va oq yuzlik,kelishgan,qora ko'zlik,mutanosib qora qoshliq va endigina murti sabz urgan bir yigit-
🔶Yusufbek hojining o'g'li Otabek

2.Gavdaga kichik,yuzga to'la,ozroqqina soqol-murtlik,25yoshlar chamaliq bir yigit-
🔶Marg'ilon boylaridan Ziyo shohichining Rahmat degan o'g'li.

3.Uzun bo'ylik,qora cho'tir yuzlik,chag'ir ko'zlik,chuvoq soqol,35yoshlar chamasidagi ko'rimsiz bir yigit-
🔶Homid

4.Cho'ziq yuzlik,do'nggiroq peshonalik,sariqqa moyil,to'garak qora ko'zlik,oppoq uzun soqollik-
🔶Hasanali

5.Marg'ilonda chaqqon bo'lgan bozorlar-
🔶gazmol va qalapoy afzalining bozori

6.Miqroz so'zining ma'nosi-
🔶qaychi

7.Otabek uylanmayotganining ikki sababi-
🔶1.Taqdir bitmaganlik; 2.Bekning uylanishga bo'lgan qarshiligidan

8."Uylanishdek nozik bir ish dunyoda yo'qdir" jumlasi kim tominidan aytilgan-
🔶Rahmat

9.Qirq besh-ellik yoshkar chamasida qora qosh,qora ko'z,ko'rkam yuz,yaxshigina kiyingan bir kishi-
🔶Mirzakarim qutidor

10.Qora chopon-
🔶o'sha davrda qipchoqlar o'zbeklarni shunday deb atashgan.

11.Otabek o'qigan madrasa nomi-
🔶Beklarbegi madrasasi

12.Otabekning ma'naviy otasi-
🔶Hasanali

13"Muhabbat juda oz yigitlarga muyassar bo'ladigan yurak javharidir" jumlasi-
🔶Hasanali tomonidan aytilgan.

14.Atlas ko'ylak,ustidan odmi xon atkas guppi kiygan,boshig"a oq dakanaki xom tashlag'an,35 yoshlar chamaliq go'zal,xushbichim bir xotin-
🔶Oftob oyim

15.Yuzidan muloyimlik,eriga itoat,to'g'riliq ma'nolari tomib turgan ayol-
🔶Oftob oyim

16.Kiprik ostidagi tim qora ko'zlari bir nuqataga tikilganda,nimadir bir narsani ko'rgan kabi..Qop-qora kamon,o'tib ketgan nafis,qiyig' qoshlari chimirilganda,nimadir bir narsadan cho'chigan kabi...To'lgan oydek g'uborsiz oq yuzi biroz qizillikka aylanganda,kimdandir uyalgan kabi...-
🔶Kumushning ta'rifi

17.Kumush o'xshatilgan gul nomi-
🔶nomonshomgul

18."Kiravi kuyoving shundoq bo'lsa" jumlasi kim tomomidan aytilgan
🔶Mirzakarim qutidor

19.70lardan o'tgan,Oftob oyimning onasi
🔶Oysha bibi

20.45 yoshlar chamasi,oila cho'risi-
🔶To'ybeka

21.Boshig'a ko'k salla chulg'ag'an,egniga O'ratepaning bosmasidan chakman,beliga kumush kamar bog'lab kumush qinlik qilichini tizzasiga bosgan,qora tanlik bo'lsa ham ko'knorimi,taryakmi iste'molidan yzui sarg'aygan 40-50 yoshlar chamaliq bir kishi
🔶-Xoliqbek qo'rboshi

22.15 yoshlar chamaliq,qizil duxobadan kiyingan ko'rkam bir o'g'lon-
🔶Ahmadxon

23.To'la yuzlik,o'siq qoshliq,og'ir qarag'uchi ko'zlik,siyrak soqol,o'rta bo'yliq,ustidan kimxob to'n kiyib,beliga qilich osgan 45 yoshlar chamasidagi bir kishi-

🔶O'ttaboy qushbegi

24.Tilla jabduqli qizil ayg'irg'a mingan,quyosh yog'dusi bilan turlik tuska kirib tovlanadirg'an,yoqa va etaklariga oltin uqa tutilgan kimxob to'n kiyib,belidagi oltin kamarga kumush qinli jazoiri qilich osgan,boshig'a oq shohidan salla o'rab,oyoqlarini kumush uzangiga tiragan,siyrak qoshlik,cho'qqi soqol,bug'doy ranglik,45-50 yoshlar chamaliq bir kishi-
🔶Azizbek

25.Qora otg'a otlanib,zangori movutdan uqalik to'n kiygan,kumush kamarning o'ng tomoniga qilich,so'liga to'fangcha qistirgan,boshiga barra popoq kiyib,jin yalagan deganlaridek qoshsiz,qoramtil yuzlik,ikki chakagining utida biroz,iyagida biroz siyrak,ko'rimsiz qora soqollik,ko'zlari ichiga botig'roq,ammo qon quyilgansimon bir kishi-
🔶Rayimbek dodxoh


/channel/qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

"O'tkan kunlar" (A. Qodiriy)

Hajmi: 100 ta

Читать полностью…

Ona tili va adabiyot | MILLIY SERTIFIKAT | RASMIY KANAL

📝TAHLIL VAQTI
9- sinf ona tili

11-dars. BOG‘LANGAN QO‘SHMA GAP HAQIDA MA’LUMOT
1-topshiriq.
Berilgan gaplarni qismlarga ajrating.
@qiziqarli_ona_tili
1. Shu onda chiroq o‘chdi( 1- qism) va birdaniga o‘q uzildi.( 2- qism) (Abdulla Qahhor) 2. Mana, sen
ketding-(1- qism)u, bo‘ldim xayolkash.( 2- qism) (Zulfiya)
3. Yo‘lovchining o‘zi ichkariga
kirdi-(1- qism)yu, ikki ko‘zi tashqarida qoldi.( 2- qism) (Omon Muxtor)
@qiziqarli_ona_tili
41-mashq. Berilgan fe’llar ishtirokida bog‘langan qo‘shma gaplar hosil qiling.
1. Umr tashvishlaridan sochlar oqardi va erta to‘kildi. 2. Yangi kelinchak ta'zim qilib bukildi va mehmonlarga salom berdi. 3. O'sha vaqtda u nogiron bo‘ldi- yu niyat qilgan orzusi nasib qilmadi. 4.Bizning aytgan gapimizdan ustozimiz g'oyat hayron bo‘ldi-yu, birdan nafasi tiqildi. 5. To'satdan yiqildi va oyog'i shikastlandi. 6. Hayot zarbalaridan azoblandi va ko'p qiynaldi. 7. Kezdi, uyg‘ondi. 8.Havo aynidi va yomg'ir yog‘a boshladi. 9. U onasini qo‘msadi va to'xtamay yig‘ladi. 10. U tez- tez yuraverdi va ko'zdan g‘oyib bo‘ldi.

🖊Tuzuvchi: Sultanovna

@qiziqarli_ona_tili

Читать полностью…
Подписаться на канал