Assalomu alaykum hammaga!
Sizlarga super yangiligimiz bor. Faqat bugun qo‘shilganlarga super chegirma mavjud. Bugun qo'shilganlar 130 ming to'lov qiladi🥳🥳🥳
Shoshiling!
@qiziqarli_ona_tili
Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga!
✅ Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2024-yilning 10-oktabriga qadar amalga oshirishingiz mumkin.
Xabaringiz bor, 2024-yilning ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasi uchun murojaat yuborish muddati 1-avgustdan 1-oktabrga qadar davom etdi.
➖ Navbatdan tashqari (o‘z ixtiyori bilan) attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan.
❗️O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-oktabriga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Assalomu alaykum, barchaga!
Sizlarga yana bir yangilikni e'lon qilmoqchiman🔥🔥
Ona tilidan milliy sertifikat imtihoni noyabr va dekabrda bo'lishi barchamizga ma'lum✅✅
Keyingi milliy sertifikat imtihoni qachon bo'lishi aniq emas❗️ Shu sababli dekabr oyida bo'ladigan imtihonga onlayn guruh ochmoqchimiz♻️♻️
Darslar 3 ta milliy sertifikatga ega, mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi☑️💥
Darslar hammaga qulay (kechki) vaqtda videochat orqali olib boriladi.✅
Kursda milliy sertifikat uchun kerakli barcha bo'limlar o‘rgatiladi:
Grammatika✅
Matn tahili✅
She'riy san'atlar✅
G‘azal tahlili✅
Badiiy asarlar✅
Esse✅
Diagnostik test✅
Dars haftada 5 kun.
3 oylikni birdan to'lov qilsangiz 450 ming.
Har oyga to‘lasangiz, 170 ming (oyiga)
Dars 5-oktyabrdan boshlanadi✅
Shoshiling, joylar soni cheklangan. Hozirdanoq o'rningizni band qilib qo‘ying✅
Murojaat uchun:
@Begimqulova_Durdona
Esse uchun chiroyli iqtibos, maqol, kirish so'zlar🥂
🔹"Bahorda mehnat qilgan kuzda hosilini oladi" deb bejizga aytishmagan
🔹Zero yaxshilikka yo'g'rilgan har so'zda shifo bordir
🔹Qalbingga ibodatni, ertangi kuningga oxiratni maqsad qilib qo'y
🔹Solih do'st yolg'izlikdan, yolg'izlik yomon do'stdan yaxshiroqdir
🔹Tuya qarisa, bo'tasiga ergashgani kabi...
🔹Ehtiyoting bo'lsa, ehtiyojing bo'lmas
🔹Oy tunda kerak, aql -- kunda
🔹Har kimning tomiga qor yog'sa, o'zi kurardi
🔹Burunni sassiq deb kesib bo'lmagani kabi (masalaning bu yechimi yaxshi emas demoqchi bo'sa)
🔹Uyqu o'rin tanlamas
🔹Oyoq charchasa, tayoq yaragani kabi
🔹Zero kinnachi der: "kasal ko'paysin", go'rkov der: "o'lik ko'paysin"
🔹Oshning ta'mi tuz bilan, suvning ta'mi muz bilan bo'lgani kabi...
🔹Og'riq qayerda bo'lsa, jon o'sha yerda
🔹Ot bo'lmaganda eshak ham ot
🔹Dunyoning kerakligini bozorda bil, oxiratning kerakligini -- mozorda
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, barchaga!
Qadrli ustozlar va bo'lajak o‘qituvchilar, barchangizni bayram bilan muborakbod etaman🥳. Ilohim shogirdlar tayyorlashdan, bilim ulashishdan aslo va aslo charchamang. Doimo shogirdlar ardog‘ida bo'lib yuring☺️
@qiziqarli_ona_tili
1 ОКТЯБРЬ – ЎҚИТУВЧИ ВА МУРАББИЙЛАР КУНИ
ДАРСДАН СЎНГ
© Матназар АБДУЛҲАКИМ
➡️ Каналга обуна бўлинг 👇👇👇
@qiziqarli_ona_tili
Quruvchi xato qilsa uy qulaydi, o'qituvchi xato qilsa butun jamiyat!
@qiziqarli_ona_tili
23. To'satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi.
Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Biriktiruv munosabatli bog'¬langan qo'shma gap (payt muno¬sabati)
24. Inobat qizishib ketib, pisandaga о‘tganini endi payqadi va uyalib yerga qaradi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Biriktiruv munosabatli bog'¬langan qo'shma gap (sabab-natija munosabati)
25. Ro'paradagi g'orning bag‘ridan qora tutun ko’tarildi va u yerdan yo’tal tovushi eshitildi Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Biriktiruv munosabatli bog'langan qo'shma gap (sabab-natija nuinosabati)
26. Dilimizda orzu balandroq edi, lekin kо‘klam biroz noqulay keldi. Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turiga mansub? J: Zidlov munosabatli bog'langan qo'shma gap
27. Gul to'g'risida yozganini ko'rganim yo'q, lekin paxta haqida ko’'p yozadi.
Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Zidlov munosabatli bog'langan qo'shma gap
28. Yo‘lning ikki chetidagi g’alla tovlanardi, ammo ular o'tgan yillar-igi kabi baland emas edi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Zidlov munosabatli bog'lan¬gan qo'shma gap
29. Kechasi yana qor yog'gan, biroq havo unchalik sovuq emas edi.
Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Zidlov munosabatli bog'lan¬gan qo'shma gap
30. Yo siz keling, yo men boray. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub?
J: Ayiruv munosabatli bog'lan¬gan qo'shma gap
31. Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub?
J: Ayiruv munosabatli bog'lan¬gan qo'shma gap Goh osmonni tutib ashula vangraydi, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Ayiruv munosabatli bog'lan¬gan qo'shma gap
32. Mashinaning nuqsoni bo'lsa, tuzatiladi у о yana yaxshirog’i yasaladi.
Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Ayiruv munosabatli bog'lan¬gan qo'shma gap
33. Ba’zan qurbaqalarning qurillashi quloqqa chalinib, kishiga rohat beradi, ba’zan itlarning vovul- lashi bu ovozlarni bosib ketadi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Ayiruv munosabatli bog'lan¬gan qo'shma gap
34. Tovus o’zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa О’zining sharaf-u shonini asraydi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Bog'langan qo'shma gap
35. Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to‘g‘rilik bo’lsa uni saodatga boshlaydi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Bog'langan qo'shma gap
36. Yaxshilik qilmoqlik ulug' fazilatdir, buning qadriga yetmaslik esa illatdir. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Bog'langan qo'shma gap
37. Oy tunda kerak, aql esa kun¬da kerak. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Bog'langan qo'shma gap
38. Jahl - dushman, aql esa do’stdir. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? . J: Bog'langan qo'shma gap
39. Dono aybni o'zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do’stini ayblaydi.
Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Bog‘Iangan qo'shma gap
40. Aql kopga yetkazadi, hunar bo‘lsa insonni kо‘kka kо‘taradi.
Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Bog'langan qo'shma gap
41. Rostgoylik odamni kamolotga yetkazadi, yolg‘onchilik esa uni halokatga olib boradi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Bog'langan qo'shma gap
42. So’zning yumshog’i g‘azabni so'ndiradi, so'zning qattig'i esa odamni о'ldiradi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Bog'langan qo'shma gap
@qiziqarli_ona_tili
#Foydali
Egalik qo'shimchalari bajaradigan vazifasiga ko'ra 3 ta turga bo'linadi.
✴️ Qarashlilik munosabatini bildirgan egalik qo'shimchalari;
✴️ Xoslik, umumdan ajratilgan munosabatini bildiradigan egalik qo'shimchalari;
✴️ Bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadigan egalik qo'shimchalari.
⚠️ Qarashlilik - shaxs, narsa-buyum, joy va voqea-hodisaning uch shaxsdan biriga qarashli ekanini anglatuvchi egalik qo'shimchalari. Bunda egalik qo'shimchasini olayotgan so'z o'ziga tobelantirgan so'zda -ning qo'shimchasi bo'lishini talab qiladi.
Misol uchun: "kitobim". Bu so'zdagi egalik qo'shimchasi kitob kimga qarashli ekanini anglatgan, ya'ni kitob 1 shaxs birlik sondagi "men" ga qarashli ekanini bildirgan. Bu so'zga tobelanib kelayotgan so'zdan -ning kelishigini qat'iy talab qiladi: kimning kitobi? - mening kitobim kabi.
⚠️ Xoslik, umumdan ajratilganlik - o'ziga tobelantirayotgan so'zdan -ning kelishigini talab qilmaydigan, -ning kelishigi qo'yilgan taqdirda mazmun o'zgarib ketadigan, resbublika, viloyat, tuman, mahalla, ko'cha, birlashmalar, korxonalar nomlari bilan keladigan egalik qo'shimchalari.
Misol uchun:
o'qish kitobi - o'qishning kitobi deb bo'lmaydi.
Namangan viloyati - Namanganning viloyati deb bo'lmaydi.
Vatan tuyg'usi - Vatanning tuyg'usi deb bo'lmaydi.
Bobur bog'i - Boburning bog'i deb bo'lmaydi.
Bunday egalik qo'shimchalari qarashlilik ma'nosidagi egalik qo'shimchalaridan -ning qo'shimchasini talab qilmaslik nuqtayi nazari bilan farqlanadi.
⚠️ Bajaruvchining shaxs va sonini bildirishi - harakat nomi(u(v), i(sh), moq, mak, maslik) va sifatdosh (-gan) dan keyin keladigan qo'shimchalar.
Bunda egalik qo'shimchasi fe'lning bu ikki vazifa shaklidan keyin keladi va egalik bilan ifodalangan mazmunga aloqador shaxsning shaxs va sonini aniqlab beradi.
Misol uchun:
O'qishim - (mening o'qishim - I shaxs birlik sonda).
Ishlashing - (sening ishlashing - II shaxs birlik sonda)
Yozuvi ( uning yozuvi - III shaxs birlik sonda) kabi...
Borganimiz ( bizning borganimiz - I shaxs ko'plik sonda)
Borganingiz (sizning borganingiz - II shaxs ko'plik sonda)
Borganlari ( ularning borganlari - III shaxs ko'plik sonda)
Eslatma: egalik qo'shimchasini olgan harakat nomi va sifatdosh o'ziga bog'lanib kelayotgan so'zda -ning qo'shimchasini talab qilsa ham, qarashlilik ma'nosini emas, bajaruvchining shaxs va sonini ko'rsatadi.
Eslab qoling: kechasi, kunduzi, tuni, yili kabi so'zlarda egalik qo'shimchasi mavjud emas, xuddi egalik qo'shimchasiga o'xshab tursa-da, -i va -si qo'shimchalari yaxlitlangan qo'shimchalar hisoblanadi.
@qiziqarli_ona_tili
SHE'RIY SAN'ATLAR
TAZOD - zidlanish
TALMEH- baytda tarixiy shaxs,
voqealarni keltirib o'tish
TAJNIS- baytda shakldosh so'zlardan foydalanish
TASHXIS- shaxslantirish
TANOSUB - uyadosh (ma'nosi
yaqin) so'zlarni qo'llash
TAJOHUL ORIF - bilib bilmaslikka
olish
TASHBEH - o'xshatish
TARSE' - ikki misraning har bir so'zi qofiyadosh bo'lishi
TASDIR - baytni boshlagan so'z baytning oxirida takrorlanishi
TASBE- birinchi misrani tugatgan
so'z ikkinchi misraning boshida kelishi
TAKRIR - so'zni takrorlash
TARDI AKS - teskari qilib takrorlash
TAZMIN - san'atkor yaratgan
asarni boshqa shoir o'zgartirish kiritib yozishi
TAMSIL - misol keltirib yozish
HUSNI TA'LIL - fikrni chioyli
dalillash
INTOQ - jonsiz narsalarning
gapirishi
IRSOLI MASAL - xalq
maqollaridan foydalanish
ISHTIQOQ - asosdosh so'zlardan
foydalanish
ISTIORA - ikki narsa orasidagi
o'xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqi o'xshatish vositasi va sababi qo'llanmaydi.
IYHOM - bir so'zda ikki xil
ma'noning berilishi
Mubolag'a - haddan ziyod
bo'rttirish
LITOTA - mubolag'aning
teskarisi
ALLETERATSIYA - bir xil
tovushlar vositasida ohangdorlikni kuchaytirish
ANAFORA - misralar boshida bir
so'zning aynan takrorlanishi
SA'J - gapdagi ayrim
bo'laklarning qofiyalanishi
ILTIZOM - bir so'zni ketma- ket
kelgan misralarda takrorlash
@qiziqarli_ona_tili
Эрта тонгдан чуғурлаб қушлар,
Янги кундан беради дарак.
Кўзни очдик Оллоҳга шукур,
Тирикликдан нишона демак.
Ҳаёт гўзал туюлар ҳар кун,
Атрофингда яқинлар бўлса.
Ками-кўстлар билинмас асло,
Ёнингда бир суянчиқ юрса.
Ғаниминг ҳам тош отса ҳамки,
Ёнгинангда дўстларинг бўлса.
Қаро кўзинг ёшга тўлса ҳам,
Чин дўстларинг ёнингда турса.
Мукаммал бахт тилайман сизга,
Ҳаётингиз шодликка тўлсин.
Омад тутсин икки қўлингиз,
Кўзларингиз қувончдан кулсин!
17.06.2024 й
✍Феруза Рустамова
🎙Феруза
@qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, barchaga!
Sizlarga yana bir yangilikni e'lon qilmoqchiman🔥🔥
Ona tilidan milliy sertifikat imtihoni noyabr va dekabrda bo'lishi barchamizga ma'lum✅✅
Keyingi milliy sertifikat imtihoni qachon bo'lishi aniq emas❗️ Shu sababli dekabr oyida bo'ladigan imtihonga onlayn guruh ochmoqchimiz♻️♻️
Darslar 3 ta milliy sertifikatga ega, mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi☑️💥
Darslar hammaga qulay (kechki) vaqtda videochat orqali olib boriladi.✅
Kursda milliy sertifikat uchun kerakli barcha bo'limlar o‘rgatiladi:
Grammatika✅
Matn tahili✅
She'riy san'atlar✅
G‘azal tahlili✅
Badiiy asarlar✅
Esse✅
Diagnostik test✅
Dars haftada 5 kun.
3 oylikni birdan to'lov qilsangiz 450 ming.
Har oyga to‘lasangiz, 170 ming (oyiga)
Dars 5-oktyabrdan boshlanadi✅
Shoshiling, joylar soni cheklangan. Hozirdanoq o'rningizni band qilib qo‘ying✅
Murojaat uchun:
@Begimqulova_Durdona
📚 Ko’p ma’noli va omonimni farqlash usullari:
✅ 1. Omonimlarda nechta ma’no bo’lsa u shuncha so’z hisoblanadi, har bir mano orasida bogliqlik bolmaydi: ot => ism, so’z turkumi, harakat, hayvon ; ot => harakat, olov, maysa, inson azosi
✅ Ko’p ma’nolilikda esa uning ma’nosi qanchalik ko’p bo’lmasin baribir ularnig orasida bog'liqlik bo'ladi, ya'ni bir so'zning ma'nolaridan o'sib chiqqan hisoblanadi:
Masalan : ko'z = daraxtning (shakl), derazaning (yorug'lik bilan ta'minlash), tizzaning (shakl), buloqning (suv yuvib turgani uchun), uzukning (qabariqligi) va hokazo.
✅ 2. Omonimlarning ma'nolari turli so'z turkumi doirasida ham, bir xil so'z turkumi doirasida ham bo'lishi mumkin.
Masalan: tut –harakat (fel), meva (ot), sir – idishning (ot), odamning (ot)
✅ Ko'p ma'noli so'zlarda esa hamma ma'nolari bir xil so'z turkumida bo'ladi. Masalan: bosh (ot) = insonning, ko`chaning, oilaning, kitobning, matnning va hokazo.
@qiziqarli_ona_tili
Diqqat, eslatma!
pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan arizalarni tahrirlash 4-oktyabr soat 23:59 da to‘xtatiladi
O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining majburiy attestatsiyadan o‘tish yoki navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi ko‘rib chiqilayotgan pedagog kadrlar joriy yilning 4-oktyabr kuni yakuniga qadar arizalarini tahrirlashlari va belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligini eslatamiz.
❗️O‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirmagan arizalar ko‘rib chiqilmasligini ma’lum qilamiz.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
1.d 2.c 3.a 4.b 5.c 6.c 7.a 8.a 9.d 10.b 11.b 12.c 13.a 14.a 15.d
@qiziqarli_ona_tili
ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR
43. Qanday gaplar ergashgan qo'shma gaplar hisoblanadi? J: Qismlari ergashtiruvchi bog'¬lovchilar yo shunday bog'lovchi vazifasidagi so'zlar yordamida bog'¬langan qo'shma gaplar
44. Ergashgan qo'shma gaplar, tarkibida nechta gap bo'lishidan qat’i nazar, nechta qismdan tashkil topadi? J: 2 qismdan: 1) bosh gap; 2) ergash gap
45. Qanday gap bosh gap hi¬soblanadi? J: Mazmuni izohlanayotgan gap
46. Qanday gap ergash gap hi¬soblanadi? J: Bosh gap mazmunini izohlayotgan gap
47. Ergashgan qo'shma gaplar tuzilishiga ko'ra nimaga o'xshaydi? J: So'z birikmalariga
2) Ergash gaplar bosh gapga qa¬nday vositalar yordamida boglanadi? J: 1) Ergashtiruvchi bog'lovchilar; ko'makchi qurilmalar (shuning uchun, shu sahabli, shu tufayli va boshqalar); 3) yuklama (-ki); 4) nisbiy so'zlar (kim - о 'sha, nima - shu, qayer -shuyer va boshqalar); 5) deb so'zi
48. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga qanday vositalar yordamida bog'lanadi?
J: Sabab (chunki, negaki), maq¬sad (toki), shart (agar, agarda, ba- sharti, mabodo), qiyoslash-cho- g'ishtiruv (go’yo, go’yoki, xuddi) ergashtiruvchi bog'lovchilari
49. Sabab, maqsad, qiyoslash- chog'ishtiruv bog'lovchilari qayerda qo'llanadi?
J: Ergash gap boshida qo'llanadi va ergash gap bosh gapdan so'ng keladi
50. Yozuvda ergash gap bosh gap¬dan qaysi tinish belgisi bilan ajratiladi? J: Vergul bilan
51. Shart bog'lovchilari qayerda qo'llanadi? J: Ergash gap boshida keladi
52. Ergash gap kesimi nima bi¬lan ifodalanadi? J: Shart maylidagi fe’llar bilan
53. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga nima vositasida bog'lanadi? J: Shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko‘makchili qurilmalar vositasida
54. Shuning uchun, shu sababli, shu tufayli singari ko‘makchili quril- malar qayerda qo’llanadi? J: Bosh gap tarkibida
55. Bosh gapda ifodalangan maz- munning maqsadini, sababini bil¬diruvchi ergash gaplar bosh gapga nima vositasida bogianadi? J: Ko'pincha deb so'zi yordamida
56. Qanday qo'shma gapda ergash gaplarning kesimi III shaxs buyruq mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi? J : Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildi- nivchi ergash gapli qo'shma gapda
57. Qanday holatda shart mayli qo'shimchasi ergash gapni bosh gap bog'lovchi vosita ham sanaladi? J: Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganida
58. Qanday ergash gaplar bosh rapda ifodalangan mazmunning yuiga chiqish yoki chiqmaslik shartini, paytini bildiradi? J: Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifo¬dalangan gaplar
59. Qanday ergash gaplar bosh gapga -ki yuklamasi yordamida bog'¬lanadi? J: Bosh gap tarkibidagi ko'r¬satish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar
60. -ki yuklamasi qaysi gap ke- simi tarkibida bo'ladi? J: Bosh gap
61. Bosh va ergash gap -ki yuk- lamasi bilan bog’lansa, gaplar qanday n'rinlashadi?
J: Bosh gap oldin, ergash gap ke¬yin qo'llanadi
62. Qanday so'zlar nisbiy so'zlar deyiladi? J: Ergash gap tarkibida qo'llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday, qayer kabi so'roq olmoshlari va bosh gap tarkibida unga javob bo'lib keluvchi shu, o‘sha, shuncha, shunchalik, shun¬day kabi olmoshlar bir-biriga nis¬batan qo'llangani, biri ikkinchisini taqozo etgani uchun nisbiy so'zlar hisoblanadi
63. Ergash gap bilan bosh gap nisbiy so'zlar yordamida bog'langanida ergash gapning kesimi nima bilan ifodalanadi? J: Shart mayli shaklidagi fe’llar bilan
64. Qanday ergashgan qo'shma gaplar tegishli sodda gaplar bilan ma’nodosh bo'la oladi? J: Tarkibida ko'rsatish olmoshi mavjud bo'lgan ergashgan qo'sh¬ma gaplar
65. Ergash gapni qanday qilib sodda gapga aylantirish mumkin? J: Bosh gap tarkibida tegishli ko'rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo'lagi o'rniga qo'yish orqali
66. Kо p o’qigan ko’p biladi. Bu tuzilishiga ko'ra qanday gap? J: Sodda gap
67. Kim ko'p o’qisa, u ko’p biladi. Gap ergashgan qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Ega ergash gapli qo'shma gap
@qiziqarli_ona_tili
9- sinf ona tili savol javoblar
1. Qanday gap sodda gap de¬yiladi?
J: Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo'lgan
Qanday gap qo‘shma gap sa¬naladi?
J: Ikki yoki undan ortiq sodda gapning o'zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo'lgan butunlik
2. Nima gaplarni sodda va qo'shma gaplarga ajratishga asos bo'ladi? J: Kesimlik belgisining miqdori
3. Qo'shma gap qismlari qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi? J: 1) Bog'lovchilar: a) teng bog'lovchilar; b) ergashtiruvchi bog'lovchilar; 2) bog'lovchi vazifasidagi vositalar; 3) ohang.
4. Va, hamda, ammo, lekin, bi¬roq, yo, yo ...yo, dam..., dam... singari bog'lovchilar qanday bog'lovchi hisoblanadi? J: Teng bog‘lovchi
5. Mabodo, agar, ya’ni singari bog'lovchilar qanday bog'lovchi hi¬soblanadi? J: Ergashtiruvchi bog'lovchi
6. Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vazifasidagi vositalarga nimalar kiradi?
J: 1) bo'lsa, esa, deb; 2) -u, (-yu), -da, -ki yuklamalari; 3) nisbiy so'zlar; 4) shuning uchun, shu tu- fayli, shu sababli singari ko'mak- chili qurilmalar; 5) shart mayli qo'shimchasi (-sa)
7. Qismlarining qanday bog'¬lovchi yordamida bog'lanishiga ko'¬ra qo'shma gaplar nechta guruhga bo'linadi? J: 3 ta: 1) bog'langan qo'shma gaplar; 2) ergashgan qo'shma gap¬lar; 3) bog'lovchisiz qo'shma gaplar
8. Qanday qo'shma gaplar bog'langan qo'shma gaplar hisoblanadi? J : Qismlari teng bog'lovchilar, bo'lsa, esa so'zlari, -u (-yu), -da yukla¬malari yordamida bog'langan gaplar
Qaysi bog'lovchi qo'shma gapning payt, sabab-natija munosabatlarida bo'lgan qismlarini bog'lab keladi? J: Biriktiruv bog'lovchisi
9. 'Qanday mazmunli qo'shma gaplarda ikkinchi qism oldidan natijada so'zini qo'yish mumkin bo'ladi? J: Qismlari o'rtasida sabab-natija munosabati ifodalangan qo'sh¬ma gaplarda
10. -u, -yu, -da yuklamalari qay¬si bog'lovchi vazifasini bajaradi? J: Biriktiruv bog'lovchilari, zid¬lov bog'lovchilari
11. Qaysi bog'lovchilar bog'lan¬gan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida zidlik muno¬sabati mavjudligini ham ifodalaydi? J: Zidlov bog'lovchilari
12. Zidlov bog'lovchilari qo'shma gapning qaysi qismida qo‘llanadi? J: Ikkinchi qismi boshida
13. Zidlov munosabatli qo'shma gap qismlari orasida qanday tinish belgisi qo'yiladi?
J: Vergul
14. Qaysi yuklamalar bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida zidlash, ketma-ketlik munosabati mavjudligini bildiradi? J: -u, -yu, -da yuklamalari
15. Qaysi bog'lovchilar qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisalar- ning galma-gal ro'y berishini yoki ularning faqat bittasi yuzaga chiqishini ta’kidlaydi? J: Ayiruv bog‘lovchilari
16. Qaysi ayiruv bog'lovchisi yolg'iz holda ham, takror holda ham qo’llanishi mumkin? J: Yo (yoki) bog'lovchisi
Yozuvda takror qo'llanayotgan ayiruv bog'lovchisidan oldin qanday tinish belgisi qo'yiladi? J: Vergul
17. Qanday so'zlar bog'langan qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ular o'rtasida qiyoslash va zidlash munosabati mavjudligini ifodalaydi? J: Bo‘lsa, esa so'zlari
18. Bo'lsa, esa so'zlari qo'shma gapda qanday o'rinlashadi? J: Qiyoslanuvchi bo'lakdan so'ng keladi
19. Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar. Ushbu gapda qanday mazmun ifo-dalangan? J: Sabab-natija munosabati
20. U har uch qadamda bir to’xtab, nafasini rostlay-rostlay tepaga
zo‘rg‘a yetdi, qopni ag’dardi-yu, muvozanatni saqlay olmay o’tirib oldi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Biriktiruv munosabatli bog'lan¬gan qo'shma gap (payt munosabati)
21. Gulchehra «piq» etib kuldi-da, cho’zilib tugunni oldi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Biriktiruv munosabatli bog'¬langan qo'shma gap (payt muno¬sabati)
22. Mashhur qora qashqa ayg'irning chilvirini xirmondagi bolalarga tutqazdi-da, dabdurustdan chollar bilan gaplashib turgan Komilaga yuzlandi. Ushbu gap qo'shma gapning qaysi turiga mansub? J: Biriktiruv munosabatli bog'¬langan qo'shma gap (payt muno¬sabati)
@qiziqarli_ona_tili
🔥 Qanday qilib 40 ta asarni oʻqiyman, qaysidan tushadi, qaysi birini birinchi oʻqiganimi maʼqul, deb soʻrayotganlar uchun!
Quyidagi ketma-ketlikda oʻqishni tavsiya etamiz:
1) Shu vaqtgacha rasman uchta milliy sertifikat imtihoni boʻlib oʻtdi. Mana shu imtihonlarda har safar 5 tadan badiiy asar oʻqish uchun berildi. Shu asarlar asosida test tushdi. Lekin bir marta tushgan badiiy asardan keyingi safar test tuzilmadi. Yaʼni har safar yangi badiiy asarlardan test tuzildi. Bu safar ham katta ehtimol bilan tushmagan badiiy asarlardan test savollari shakllantiriladi.
40 ta asardan shu vaqtgacha imtihonga tushmaganidan boshlang.
2) Demak, hali imtihonga tushmagan 25 ta asar bor. Bularning orasidan, eng avvalo, oʻzingiz
umuman oʻqimagan, tushunchaga ega boʻlmaganingizdan boshlang.
3) Hajmi kichikroqlaridan boshlang. Bitta hikoyachadan ham, katta romandan ham shu vaqtgacha atigi bitta savol tushgan. Yaʼni vaqt koʻp talab etiladiganini oxirrogʻida oʻqish tavsiya etiladi.
4) Shuncha asar oʻqish... qanday oʻqiyman... zarurmi menga...deb oʻzingizni oʻtga-choʻqqa urmang! Elga kelgan toʻy! 50% ustama olish oson emas. Muhimi, bir narsani unutmang! Siz shu asarlarni oʻqib chiqsangiz, nafaqat milliy sertifikat testlarida foydasi tegadi, balki mutaxassis sifatida ham ancha oʻsasiz! Fikrlashingiz, dunyoqarshingizda jiddiy oʻzgarish boʻlganini oʻzingiz his qila boshlaysiz. Bundan tashqari, matn testlarini bajarishda, esse yozishda koʻp kitob oʻqishning ahamiyati juda katta! Faqat sertifikat uchun oʻqimang. Maza qilib oʻqing! Xolis oʻqing! Shuncha asarni oʻqib, tahlil qila oladigan mutaxassis jamoada eng kuchlilar safida boʻlishiga ishonaman!
Tushgan asarlar
2023-yil 29-yanvar
1. "Kecha va kunduz" Cho'lpon
2. "Ikki eshik orası" O'tkir Hoshimov
3. "Abulfayzxon" Fitrat
4. "Ot egasi" Shukur Xolmirzayev
5. "Garov" hikoyasi Chexov
___
2023-yil 14-may
6. "Dunyoning ishlari" O'tkir Hoshimov
7. "Ruhlar isyoni" Erkin Vohidov
8. "Qorako'z majnun" Said Ahmad
9. "Hayotga muhabbat" Jek London
10. "Hellodos" Nodar Dumbadze
____
2023-yil 29-oktabr
11. "Tushda kechgan umrlar" O'tkir Hoshimov
12. "Sarvqomat dilbarim" Chingiz Aytmatov
13. "Oltin zanglamas" Shuhrat
14. "Jayhun ustida bulutlar" Mirkarim Osim
15. "Asror bobo" Abdulla Qahhor
Endi tushishi ehtimoli katta boʻlgan badiiy asarlar
16. "Zarbulmasal" Gulxaniy
17. "O'tkan kunlar" Abdulla Qodiriy
18. "Mehrobdan chayon" Abdulla Qodiriy
19. "Nur borki,soya bor" O'tkir Hoshimov
20. "Qiyomat" Chingiz Aytmatov
21. "Asrga tatigulik kun" Chingiz Aytmatov
22. "Me'mor" Mirmuhsin
23. "Yulduzli tunlar" Primqul Qodirov
24. "Xo'jand qal'asi " Mirmuhsin
25. "Avlodlar dovoni" Primqul Qodirov
26. "Ko'hna dunyo" Odil Yoqubov
27. "Ulug'bek xazinasi" Odil Yoqubov
28. "Diyonat" Odil Yoqubov
29. "Jimjitlik" Said Ahmad
30. "Ufq" Said Ahmad
31. "Lolazor" Murod Muhammad do'st
32. "Chinor" Asqad Muxtor
33. "Otamdan qolgan dalalar" Tog'ay Murod
34. "Jaziramadagi odamlar" Luqmon Bo'rixon
35. "Sohibqiron" Abdulla Oripov
36. "Temir xotin" Sharof Boshbekov
37. "Oq kema" Chingiz Aytmatov
38. "Molxona" Jorj Oruell
39. "Otoyining tug'ilgan yılı" Erkin A'zam
40. "Yulduzlar mangu yonadi" Tog'ay Murod
"Qoplon", "Sobiq" hikoyalari(Qorako'z majnun)bilan birgalikda
"O'zbeklar" Shukur Xolmirzayev hikoyasi ("Ot egasi" bilan sanalgan)
@qiziqarli_ona_tili
#adabiyot
📖XAMSACHILIK📖
🖇9-sinf adabiyot darsligi asosida:
✔️1. Xamsa yozishni boshlab bergan ijodkor Nizomiy Ganjaviy
✔️2. Xamsachilik an’anasining asoschisi Xusrav Dehlaviy
🔴“Xamsa” yozishning shartlari
🔺1. Besh dostondan tashkil topmog'i kerak;
🔺2. Birinchi doston pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bolmog'i kerak;
🔺3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag'ishlanmogi kerak;
🔺4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog'i kerak;
🔺5. To'rtinchi doston shoh Bahrom haqida yozilishi kerak;
6. Beshinchi doston Iskandar haqida yozilishi kerak.
☑️Xamsa yozgan ijodkorlar
➰Nizomiy Ganjaviy➰ (Ozarbayjon)-(28 yil davomida)
✒️1. “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) Arzinjon hokimi Faxriddin Bahromshohga
bag'ishlangan
✒️2. “Xusrav va Shirin” Iroq hukmdori To'g'rul II ning iltimosiga ko'ra yozilgan
✒️3. “Layli va Majnun” Shirvonshoh Axsatan I buyrug'iga binoan yozilgan
✒️4. “Haft paykar” (“Yetti gozal”) Alovuddin Ko'rpa Arslonning topshirig'i bilan yozilgan.
✒️5. “Iskandarnoma” -
🔖Xusrav Dehlaviy🔖 (Shahrisabz)-(3 yil davomida
📍1. “Matla’ ul-anvor” “Nurlarning boshlanishi”
📍2. “Shirin va Xusrav” -
📍3. “Majnun va Layli” -
📍4. “Hasht behisht” “Sakkiz jannat”
📍5. “Oyinayi Iskandariy” “Iskandar oynasi”
📚Abdurahmon Jomiy📚
📌Bu ijodkor o`z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazgan va uni “Haft avrang” “Yetti taxt” deb atagan
✏️1. “Tuhfatul-ahror” “Erkinlar tuhfasi”
✏️2. “Sabhatul-abror” “Yaxshilar tasbihi”
✏️3. “Yusuf va Zulayho”
✏️4. “Layli va Majnun ”
✏️5. “Xiradnomayi Iskandariy”
✏️6. “Silsilat ul-zahab”
✏️7. “Salomon va Absol”
♻️Alisher Navoiy (2 yil davomida)♻️
📝1. “Hayrat ul-abror” Falsafiy-ta’limiy doston
📝2. “Farhod va shirin” Ishqiy qissa (ishqiy-sarguzasht)
📝3. “Layli va Majnun” Ishqiy qissa
📝4. “Saba’i sayyor” Ishqiy-sarguzasht doston
📝5. “Saddi Iskandariy” Qahramonlik dostoni
/channel/qiziqarli_ona_tili
Assalomu alaykum, barchaga!
Sizlarga yana bir yangilikni e'lon qilmoqchiman🔥🔥
Ona tilidan milliy sertifikat imtihoni noyabr va dekabrda bo'lishi barchamizga ma'lum✅✅
Keyingi milliy sertifikat imtihoni qachon bo'lishi aniq emas❗️ Shu sababli dekabr oyida bo'ladigan imtihonga onlayn guruh ochmoqchimiz♻️♻️
Darslar 3 ta milliy sertifikatga ega, mutaxassis ustozlar tomonidan olib boriladi☑️💥
Darslar hammaga qulay (kechki) vaqtda videochat orqali olib boriladi.✅
Kursda milliy sertifikat uchun kerakli barcha bo'limlar o‘rgatiladi:
Grammatika✅
Matn tahili✅
She'riy san'atlar✅
G‘azal tahlili✅
Badiiy asarlar✅
Esse✅
Diagnostik test✅
Dars haftada 5 kun.
3 oylikni birdan to'lov qilsangiz 450 ming.
Har oyga to‘lasangiz, 170 ming (oyiga)
Dars 5-oktyabrdan boshlanadi✅
Shoshiling, joylar soni cheklangan. Hozirdanoq o'rningizni band qilib qo‘ying✅
Murojaat uchun:
@Begimqulova_Durdona