Ali Muhammad Eronning chekka qishlog‘idagida o‘qituvchilik qiladi. Bir o‘quvchisi kasalga chalinib, sochlari to‘kilib ketdi. Sinfdoshlari esa boshida sochi yo‘qligiga masxara qilishni boshladi.
Buni ko‘rgan o‘qituvchi bolalarga tanbeh bermadi, jazolantirmadi. O‘z sochlarini oldirib, kasal bo‘lgan o‘quvchisini qo‘lladi. Bu haqida o‘zi shunday hikoya qiladi:
"O‘quvchim Mahan sochlaridan ayrilgach, do‘stlaridan uzoqlashdi. Doim xomush yuradigan bo‘lib qoldi. Darslarga ham qiziqishi so‘ndi. Birgina istagim, unga ruhan dalda bo‘lish va darslarga e'tiborini qaytarish edi".
Bundan ta'sirlangan maktabdagi 23ta o‘quvchi qish bo‘lishiga qaramay ustozi kabi sochlarini oldirdi...
O‘qituvchining vazifasi faqat belgilangan soatda yozilganlarni o‘qib berish emas. Bog‘bon kabi niholni parvarishlash, sug‘orish. Bunday ustozlar o‘z kibri, xarakteri va g‘azabidan o‘quvchilarning ruhiyati va kelajagini ustun qo‘yadi.
Ana shunday ustoz va murabbiylar bugun emas, har kun qadrlanishga munosib!
Manba
@qiziqarli_ona_tili
Achinmang
Biz bir insonga achinish hissi bilan munosabatda bo’lar ekanmiz, ularga ojizligi haqida birinchi signalni o’zimiz bergan bo’lamiz.
Ojizligini tan olgan inson harakatdan to’xtaydi. Dunyo undan qarzdor va hamma uni boshiga ko’tarishga majbur deb biladi.
Dunyo esa ayamaydi. Natija xohlayaptimi, hayotini qolgan qismini muhtojlikdan yiroqda o’tkazmoqchimi unda qiyinroq bo’lsa ham harakat qilishi shart.
Xatolari uchun hamma qatori tovon to’lashi va qolganlarga qilinadigan munosabat qilinishi ham.
Imkoniyati cheklanganlar yaxshi munosabat, maqtov va taqdirlashlarga faqatgina munosib bo’lgani uchun erishi kerak. Huddi shunday jazolariga ham.
Tanishlaringiz orasida shundaylar bo’lsa, ojizligi uchun ular bilan achinish hissida munosabatda bo’lmang. Hammani teng ko’ring.
Boridiyu shunday o’quvchilaringiz bo’lsa, mayli topshiriqlar imkoniyatidan kelib chiqib har xil bering ammo talablar bir xil bo’lsin.
Bugun zolim ko’rinsangiz ham ularni ertasi uchun adekvat munosabatda bo’layotgan kam sonli insonlardan bo’lasiz.
@qiziqarli_ona_tili
📚 EMAKTAB.UZ БЎЙИЧА ЭСЛАТМА
Ўқувчилар ўз вақтида (9.00-21.00 гача 1 сменали мактаблар учун, жорий кундан эртаси куни 13.00 гача 2 сменали мактаблар учун) баҳоланмаслиги, белгининг қўйилмаслиги ўқитувчини дарс ўтмаганлигини билдиради ва ушбу дарс учун ҳақ тўланмайди.
Синф раҳбари «бир кунлик журнал» да фанлар остидаги «PR» устунига ҳар кунлик давомат белгиларини қуйидаги тартибда қўйиб боради:
s — ҳеч қандай сабабсиз дарс қолдирганлигини кўрсатиш учун;
dq — сабабли дарс қолдирганлигини кўрсатиш учун;
k — касаллик сабабли дарс қолдирганлигини кўрсатиш учун;
kq — дарсга кечикиб керганлигини кўрсатиш учун;
m — сурункали дарс қолдираётганлигини кўрсатиш учун;
ch — республикадан ташқарига рухсатсиз чиқиб кетганлигини кўрсатиш учун;
q — таълим олишга ота-онаси қаршилик қилаётганлигини кўрсатиш учун;
ns — ота-она назоратсизлиги сабабли дарсга келмайдиганлигини кўрсатиш учун;
tq — турмушга чиққанлиги туфайли дарсга келмайдиганлигини кўрсатиш учун қўйиш белгиланади.
Фан ўқитувчилари томонидан ўқувчиларнинг дарсдаги давоматлари дарс бошланишида онлайн тарзда қуйидаги тартибда қайд этилади:
s — ҳеч қандай сабабсиз дарс қолдирганини кўрсатиш учун;
kq — дарсга кечикишни кўрсатиш учун.(бахолаш мумкин).
❗️Синф журналларида ўқувчиларнинг фамилияси ва исми мактаб таълим тилига қараб кирилл ёки лотин алифбосига асосланган ёзувларда киритилиши синф раҳбарига юклатилади.
@qiziqarli_ona_tili
Bilimga chanqoqlarim!!!
Bugun(15-sentyabr) MS uchun yangi guruhimizda dars jarayonlarini boshlaymiz. Ulgurib qolinglar 1martalik to'lov bilan haftada 5kun dars imtihongacha. Kirish darsiga qatnashing, guruh tartibi ma'qul kelsa to'lov qilib asosiy darslarga qo'shilaverasiz
Savol va murojaatlar uchun:
@Madaminovna_Madina
@qiziqarli_ona_tili