#vatandosh
🇺🇿🇺🇿🇺🇿Yurtdoshlarimiz xorijda qonuniy ishlash uchun yo'lga chiqishdi.✈️✈️✈️
#jarayon
Norasmiy band qilingan ishchilarning faoliyati legallashtirilmoqda
Jumladan, Qibray tumani hokimi o'rinbosari U.Botirov boshchiligida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va tegishli tashkilot xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Mirzo Ulug'bek, Fidokor, Farovon va Tinchlik mahallalarida o'tkazilgan o'rganishlar davomida mahallalardagi qishloq xo'jaligi va sanoat korxonalarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning qonun hujjatlariga rioya etgan holda faoliyati ko'zdan kechirildi.
O'rganishlar davomida aniqlangan norasmiy faoliyat olib borish holatlari bo'yicha tadbirkorlarga tushuntirishlar berilib, ishchi-xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha shu yerning o'zida belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Seminar
“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amaliy seminar tashkil etildi
_________
An practical seminar was organized within the framework of the "Yashil makon (Green Space)" national project
________
Организован практический семинар в рамках общенационального проекта “Yashil makon” («Зелёный массив»)
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
❔ Пенcионер вафот этса олинмай қолган пенсияси тўлаб бериладими?
Пенсионер вафоти муносабати билан олинмай қолган пенсия пули марҳум пенсионернинг ота-онаси, эри (хотини), шунингдек, пенсионер билан у вафот этган кунигача биргаликда яшаб турган оила аъзолари томонидан пенсионер вафот этганидан сўнг 60 кун ичида Пенсия жамғармасига мурожаат этилган тақдирда тўлиқ миқдорда тўлаб берилади.
✅ Бунда, фуқаро вафот этган ой учун олинмай қолган пенсия тўлиқ ой учун тўлаб берилади.
➡️ РУС
📞 12-71 🌐 pfru.uz
✅ Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 pensiyauzb">Youtube |📱 X
#yashil_makon
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko’p qavatli uylar atrofi ko’kalamzorlashtirilmoqda
Xususan, Qibray tumani hokimi o’rinbosari R.Xasanov, tuman mahalla Mahalla uyushmasi boshlig’i D.Mamajonov boshchiligida mahalla raislari bilan birgalikda mahalladagi ko’p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, mavjud bo’sh yer maydoniga 100ga yaqin manzarali (pavloniya) daraxt ko’chatlari ekildi.
Loyiha doirasida tumandagi barcha mahallalarda ko’kalamzorashtirish ishlari olib borilmoqda.
✍️ Qibray tuman hokimligi Аxborot xizmati
telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube
#Hokim_kubogi
Qibray tumani hokimi kubogi musobaqasining birinchi finalchisi aniqlandi!
Jumladan, birinchi yarim final bahsida Yoshlar ishlari boʻlimi jamoasini 4:2 hisobida mag'lub etgan Tibbiyot birlashmasi jamoasi finalga yo'ldi.
Shuningdek, Sport boʻlimi, Yoshlik mahallasi jamoasini 5-1 hisobida hamda hokim yordamchilaridan tashkil topgan jamoani qiyinchiliksiz 5:2 hisobida mag'lub etgan tuman hokimligi jamoalari, final bosqichiga chiqish uchun yarim final bahsida o'zaro bellashadi.
Manba:@Sh_Khudaynazarov
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#Amal_qiling
🖥 Qonunchilikka ko'ra, o'zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, quyidagi jazo choralaridan biri bilan jazolanadi:
🔸BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (102 mln so'mdan 136 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
🔸2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud;
🔸2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin
#Jonli_efir
Ohangaron tumani hududida keng qamrovda “Yashil belbogʻ” barpo etish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
“Nurafshon TV” telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish imkoniga egasiz.
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
#Тошкент_ҳақиқати_минбари
⚡️⚡️ ҚИБРАЙ: БИРДАМЛИК БИЛАН ЯНГИ МАРРАЛАР САРИ
Тошкент вилояти ҳокими Зойир Мирзаевнинг тавсиясига биноан, "Тошкент ҳақиқати" газетасида вилоят ташкилот ва бошқарма раҳбарлари ҳамда туман-шаҳар ҳокимларининг тегишли соҳа ва ҳудудлар истиқболига доир таҳлилий мақолаларини чоп этилиши белгиланган эди.
Газетанинг 2024 йил 23 ноябрдаги сонида Қибрай тумани ҳокими Музаффар Рашидов ҳудудда амалга оширилаётган ислоҳотлар ва уларнинг аҳоли ҳаётида акс этаётган реал натижаларига доир " ҚИБРАЙ: БИРДАМЛИК БИЛАН ЯНГИ МАРРАЛАР САРИ" сарлавҳали мақоласи эълон қилинди.
👉МАҚОЛАНИ ЎҚИШ👈
@haqiqatonline_24
#jarayon
"Yong'in xavfsizligi oyligi" doirasida keng ko'lamli targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda
Jumladan, oylik doirasida Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan mahalla va ijtimoiy soha obyektlarida aholi hamda xodimlar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazilib, xonadon va binolardagi gaz hamda elektr jihozlari tegishli mutaxassislar bilan birgalikda nazoratdan o'tkazilmoqda.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#eʼtibor
Yoshlar yetakchilarining ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi
Qibray tumanidagi yoshlarni bilim va kasb-hunar egallashlari, ular uchun munosib ish va turmush sharoitini yaratish, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan "Yoshlarning bo'sh vaqti - yetakchining ish vaqti" tamoyili asosida ishlarni sidqidildan bajarib kelayotgan mahallalarda faoliyat olib borayotgan Amanov Shaxboz, Abdullayev Ulug'bek, Murodov Umidjon va Kenjayev Umidjon yoshlar yetakchilarining ota-onalariga Toshkent viloyati hokimligi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
Bugun, Qibray tumani hokimi o'rinbosari R.Xasanov va Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i Sh.Xudoynazarovlar viloyat hokimligining minnatdorchilik xatini ota-onalarga o'qib eshittirib, yetakchilarning erishayotgan natija va yutuqlarida ularning tarbiyasi muhim o'rin tutganligini e'tirof etib o'tdilar.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#TXTY_2024 #ТМТЯ_2024 #TITF_2024
Xalqaro turizm yarmarkasida viloyat tardbirkorlari bir qator kelishuvlarga erishishmoqda
👉 Batafsil
________
At the International Tourism Fair, entrepreneurs of the region reach a number of agreements
👉 In detail
________
На Международной туристической ярмарке предприниматели из Ташкентской области подписали ряд соглашений
👉 Подробно
✅ Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
Qibray tumanida bajarilgan qurilish ishlari raqamlarda
"Siyosiy ma’rifat soati"
✅Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси аъзоларини тайинлаш тўғрисида"ги Фармони
—
Указ Президента Республики Узбекистан "О назначении членов Кабинета Министров Республики Узбекистан"
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#jarayon
"Yong'in xavfsizligi oyligi"doirasida ishlab chiqarish korxonalari ko'zdan kechirildi
Tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari "Yongʼin xavfsizligi oyligi"doirasida tumanda joylashgan ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan profilaktik suhbatlar o'tkazib, mavjud qozonxonalar va elektor shitlarning yong'in xavfsizligi talablariga mosligi ko'zdan kechirildi.
Korxona ishchi xodimlari gaz va elektr jihozlaridan to'g'ri foydalanish va xavfszlik qoidalariga rioya qilish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#bildirish
"Qibraytumangaz" gaz ta'minoti bo'limi ma'lum qiladi:
Qibray tumanidan o'tuvchi D-219-159 mm yuqori bosimli gaz quvurida yuzaga kelgan nosozlikni baratarf etish maqsadida 26-noyabr kuni soat 9:00dan 17:00 ga qadar Mehnat, Ma'daniyat, Ziyokor,Yangi hayot va Taraqqiy mahallalarida vaqtincha gaz taminoti toxtatiladi
Ishlar tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Noqulayliklar uchun “Qibraytumangaz” gaz taʼminoti bolimi uzr so'raydi.
Dispetcherlik xizmati:
☎️ 78/150-02-84, 95/160-02-84, 95/170-02-84
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#nazorat
#diqqat_kamera
Belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlash holatlari kuzatuv kameralari orqali qayd etilib, belgilangan tartibda jarimalar undirilmoqda. Yuqoridagi holatlar Zebuniso ko’chasida qayd etilgan.
Hurmatli fuqarolar, mahalla va ko'chalarni toza va ozoda saqlash hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilishga bee'tibor bo'lmang.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
25-noyabrdan boshlab Toshkentda "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat" global kampaniyasi boshlandi. Bu tashabbus Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi.
Bu kampaniya ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish uchun jamiyatning barcha qatlamlari sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligini eslatadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z logotipini olov rangga o‘zgartirdi. Olov rangi — umid, yorug‘lik va zo‘ravonliksiz kelajak ramzidir.
Sizni ham ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlashga, muammoga e’tibor qaratishga va birdamlikni namoyish etishga chorlaymiz. Birgalikda biz dunyoni xavfsizroq qila olamiz! Zero, zo‘ravonlik hech qachon oqlanmaydi!
#ZuravonlikOqlanmaydi #16KunFaollik
📝telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
🗣Е-auksion.uz Elektron savdo platformasida Toshkent viloyatidan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari, mulklar va mulkiy huquqlar bilan tanishing.
🔷Davlat aktivlari 57 ta (Ko'rish)
🔷Davlat mulkini ijaraga berish 295 ta (Ko'rish)
🔷Xalqchil IPO (Ko'rish)
🔷"Ugam River" turistik majmuasi 272 ta (Ko'rish)
🔷Dexqon xo'jaligi yerlar ijarasi 4302 ta (Ko'rish)
🔷Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari 13 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chmas mulk 260 ta (Ko'rish)
🔷Avtomototransport 601 ta (Ko'rish)
🔷Yer uchastkalari 1908 ta (Ko'rish)
🔷Yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqi 1 ta (Ko'rish)
🔷Maxsus texnikalar 36 ta (Ko'rish)
🔷Ko'chma savdo joylari 3342 ta (Ko'rish)
🔷"O'zpaxtasanoat" AJ mol-mulklari 110 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagrokimyohimoya" AJ mol-mulklari 201 ta (Ko'rish)
🔷"O'zagroservis" AJ mol -mulklari 130 ta (Ko'rish)
🔷Микромарказлар 32 ta (Ko'rish)
☎️: 99 207-26-10
☎️: 99 207-36-10
📹 Видео кўлланма
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#yashil_makon
"Yashil makon" umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda
Jumladan, Qibray tumani Obodonlashtirish boshaqrmasi xodimlari Botanika mahalla hududidan o’tuvchi temir yo’l atrofini obod qilish va ko’kalamzorlashtirish maqsadida bo'sh yer maydonlariga terak va archa ko‘chatlari ekilmoqda.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
Axborot 24 | «Yashil makon» umummilliy loyihasi chinakam xalq harakatiga aylandi
#24nov #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#jarayon
Tumandagi mavjud zovurlarda mavsumiy ishlar olib borilmoqda
Jumladan, Qibray tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi tomonidan tumandan temiryo’l hududiga yaqin zovurlarda maxsus texnikalar yordamida tozalash ishlari olib borilmoqda.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
telegram/ facebook/ Instagram/ Website/ Youtube/
#diqqat_kamera
#bildirish
Hurmatli fuqarolar, Qibray tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo'limi tomonidan ishga tushurilgan kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlash holatlari ochiq (yashirilmagan holatda) namoyish etiladi.
Yuqoridagi lavhada tuman markazidagi Zebuniso ko'chasida o'rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali aniqlangan holat aks etgan.
Eslatma: Chiqindilarni belgilanmagan hududlarga tashlagan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilib, jarimaga tortiladi va rasmiy kanallar orqali e'lon qilib boriladi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon
Ishchi xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha nazorat tadbirlari davom etmoqda
Qibray tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va tuman Soliq inspeksiyasi mas'ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan Bunyodkor, Iftihor, Shodlik va Beruniy mahallalaridagi qishloq xo'jaligiga ixtisoslashtirilgan korxonalar va tadbirkorlik subyektlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish holatlari ko'zdan kechirildi.
Nazorat tadbirlari davomida norasmiy faoliyat olib borish holatlari aniqlanib, ishchi-xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo'yicha tadbirkorlar va korxona rahbarlari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#telenigoh
Qibray tumani Chinobod mahallasida yoshlarni ommaviy sport turlari bilan shug'ullanishlari uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.
Mazkur mahalladagi sportga oshno yoshlarni o'zida birlashtira olgan sport to'garagining 3 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbir tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali lavhasida
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#diqqat_kamera
Qibray tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo'limi tomonidan ishga tushurilgan kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joylarga chiqindilarni tashlash holatlari aniqlanib, aybdorlar jarimaga tortilmoqda
Yuqorida tuman markazidagi Zebuniso ko'chasida o'rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali fuqarolar tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlash holatlari qayd etilgan.
Eslatma: Bu kabi holatlar uchun jismoniy shaxslar 375 mingdan 1 mln 125 ming so'mgacha, yuridik shaxslar 3 mln 750 mingdan 5mln 625 ming so'mgacha jarimaga tortiladi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#muhokama
Tuman prokurori mahallalardagi jamoatchilik vakillari bilan sodir etilgan jinoyatni muhokama qildi
Jumladan, Qibray tumani prokurori F.Mirzayev boshchiligda Zebuniso va Shodlik mahallalarida o'tkazilgan uchrashuvda, mahalla faollari va tuman IIB mas'ullari bilan avvalroq mahallada sodir etilgan jinoyatlar tahliliy muhokama qilindi.
Muhokama davomida sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish va unga qarshi kurashishda nafaqat huquni muhofaza qiluvchu organ xodimlari, balki, keng jamoatchilik vakillari ham hamkorlikda harakat qilishi lozimligi, shundagina bu kabi salbiy oqibatlarning oldi olinish va buning uchun aholi hamda yoshlar o'rtasida targ'ibot-tushuntirish ishlarini doimiy tarzda olib borish zarurligi ta'kidlandi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Sardorlar_saylovi
Tumanda yoshlar sardorlari saylandi
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Bolalar tashkiloti qoʻshma qaroriga asosan Qibray tumani sardorlar saylovi oʻtkazildi.
Saylovda sport, ekologiya, media va "IT", sanʼat, taʼlim va imkon yo'nalishlari bo'yicha hamda bosh sardorlar saylandi. Shuningdek, tuman sardorlariga Samarqand shahriga 1 kunlik sayohat uchun vaucherlar topshirildi.
Tadbirda, tuman Yoshlar ishlari bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari ishtirok etdi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon
Norasmiy band qilingan fuqarolarning faoliyati legallashtirilmoqda
Qibray tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi va tuman Soliq inspeksiyasi mas'ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan hududlarda nazorat tadbirlari o'tkazilib, tadbirkorlik subyektlarida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish holatlari ko'zdan kechirilmoqda.
Jumladan, Ishchi guruh tomonidan Sohibkor, Birlik, Navroʻz va Bobur mahallalarida o’tkazilgan shu kabi nazorat tadbirlari davomida umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shaxobchalarida, qurilish korxonalarida ayrim fuqarolar norasmiy faoliyat olib borayotganligi aniqlanib, ishchi-xodimlarning faoliyatini qonuniylashtirish bo’yicha shu yerning o’zida hujjatlar rasmiylashtirildi.
Nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, ularga huquqiy maslahatlar berildi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube