qibraytumaniaxborotxizmati | Неотсортированное

Telegram-канал qibraytumaniaxborotxizmati - Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

3694

Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.

Подписаться на канал

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#Ehtirom #Mahalla_kuni

Olmaliq shahridagi “Marhamat” tantanalar majmuasida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda. Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Taʼkidlash joizki, bu galgi muloqot mahalla tizimi xodimlari kunida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Muloqotga oʻz xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlarining ota-onalari, yaqinlari taklif etildi.

Viloyat hokimining farmoyishi bilan bugundan eʼtiboran 55 xizmat vazifasini oʻtash chogʻida halok boʻlgan harbiylarning oila aʼzolariga beriladigan nafaqa berib borilishi yoʻlga qoʻyildi.

Viloyatda harbiy tuzilmalar, huquq-tartibot organlari bilan birgalikdagi keng qamrovli yoʻl xaritasi tasdiqlandi.

- Kirib kelayotgan Ramazoni sharif arafasida bunday xayrli muloqotni tashkil etilganida chuqur maʼno bor, albatta. Zotan, aziz farzandi Vatan tinchligi yoʻlida jon bergan ota-onalar zamonamizning haqiqiy qahramonlari, jasorat va bukilmas iroda timsolidir, dedi Zoyir Mirzayev.

Jonli efirda koʻrish:

📱Facebook

🌐YouTube

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#hisobot

Hokim yordamchilari aholi vakillariga hisobot berdilar

🔹Yurtimizda joriy qilingan, mahallalardagi hokim yordamchilari aholi turmush tarzini yaxshilash, kasb-hunarga o’qitish, ularni doimiy ish bilan band qilish hamda imtiyozli kreditlar ajratish orqali tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish orqali o’z-o’zini band qilishda o’z samarasini bermoqda.

📌Jumladan, ularning 2022-yilda bu borada amalga oshirgan ishlari hamda 2023-yildagi vazifalari to'g'risidagi taqdimoti Qibray tuman hokimining mahallalardagi hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini yanada oshirish konsepsiaysida belgilab o'tilgan.

🔖Bugun, 4
-sektor hududidagi "Baytqo'rg'on", "Navbahor", "Istiqbol", "Nurobod", "Ko'prikboshi" va Alisher Navoiy mahallalarida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari to'g'risida aholi vakillariga hisobot berdilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#o'rganish

Tuman hokimi maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

✅Xususan, Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov tumandagi Haydarobod mahallasida joylashgan 42-maktabgacha ta'lim tashkilotida bo'lib, ta'lim-tarbiya maskanidagi sharoitlar bilan birga, xona harorati, issiqlik tizimi va qozonxonaning sozlik holatini ko'zdan kechirdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram//Website/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#Brifing

Ziyodbek Yoʻldoshev,
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi:


➖ 2023-yilda hokim yordamchilari koʻmagi bilan 250 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlanadi.

➖ Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 35 mingga yaqin loyihalar uchun jami 850 milliard soʻmlik pul kreditlari ajratilish rejalashtirilgan.

➖ 13 ta mikromarkaz tashkil etiladi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#ochiq_muloqot

Hokim yordamchilari va mahalla raislari mahallalardagi qurilish-ta'mirlash ishlarini jamoatchilik vakillari bilan birgalikda nazorat qiladi

🔹Qibray tumani hokimi M.Mirkasimov va sektor rahbarlari, quruvchi tashkilot rahbarlari va jamoatchilik nazorati vakillari bilan uchrashib, 1-sektor hududidagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarning borishini muhokama qildilar.

✅Uchrashuv davomida, ajratilgan mablag‘lar hisobidan shu kunga qadar mahallalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta'mirlash ishlari tahlil qilinib, jarayonlarni belgilangan rejaga ko‘ra aniq muddatlarda yakunlash bo‘yicha quruvchilarga topshiriq berildi va ishlar sifati
jamoatchilik vakillari hamda mahalla xodimlari bilan birgalikda nazoratga olinishi zarurligi aytib o‘tildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Бишкекдаги “Ала-Арча” давлат қароргоҳида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаров тор доирада учрашув ўтказдилар.

В государственной резиденции «Ала-Арча» в Бишкеке Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Президент Кыргызстана Садыр Жапаров провели встречу в узком составе.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #muzokaralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#brifing

Mirjavhar Mirmahmudov, “Hududgaz Toshkent” GTF gaz taʼminoti obyektlaridan samarali foydalanish boʻlimi boshligʻi:

Ob-havoning keskin sovib ketishi natijasida viloyatdagi 5 mingga yaqin isteʼmolchilarda tabiiy gaz tanqisligi kuzatildi.

Hozirda mazkur hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish choralari koʻrilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#tadorik
#shukuh

Viloyatda bu yilgi Yangi yil archalari chiroqlari va boshqa porlovchi qurilmalar quyosh panellari yordamida yoritiladi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#bildirish

Qibray tumani Elektr tarmoqlari korxonasi ma'lum qiladi.

⚡️Bugun 14-dekabr kuni soat 12:00dan 13:00ga qadar quyidagi mahallalarda
"Haydarobod", "Alisherobod"," Yangiobod" va "Geofizika" kelib chiqgan nosozliklar(avariya) bartaraf etilayotganligi sababli elektr ta'minotida vaqtinchalik uzulish kuzatiladi.

Dispetcherlik xizmati tel:

☎️70/202-07-15; 95/194-03-82, 95/194-01-83

🏢 Qibray tuman hokimligi markaziy shtabi.
☎️ +9987095 62-290, +9987095 61-501(24 soat)

Shtab telegram guruhi silkasi👉/channel/qibraytumanhokimligi_shtabi

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun Qibray TETK uzr so‘raydi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#o‘rganish

Tuman hokimi ko‘p qavatli uylardagi muammolarni o‘rgandi

♻️Tuman hokimi M.Mirkasimov, tuman prokuraturasi va kommunal soha mas'ullari bilan birgalikda, fuqarolarning murojaatlariga asosan "Zebuniso" mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kommunal tizimdagi muammolarini o‘rgandi.

✅Xususan,tuman hokimi mazkur uylarda yashovchi aholi vakillari bilan suhbatlashib, ularning kanalizatsiya tizimi va yerto‘lalarda yuzaga kelgan muammolarni ko‘zdan kechirdi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholining e'tirozlariga sabab bo‘layotgan kommunal tizimdagi boshqa muammolarni belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

📌Shuningdek, ko‘p qavatli uylarga zarur texnik xizmatlarni ko‘rsatish uchun boshqaruv servis kompaniyalariga biriktirish va sovuq kunlarda aholiga issiqlikni uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha mas'ullarga barcha zarur choralar ko‘rish yuzasidan topshiriq berdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/
telegram/ /facebook/ Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#jarayon

Aholi gavjum joylarda favqulodda holatlarni oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda

♻️Qibray tuman hokimligi va tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda boshqa tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda tumandagi yirik Makro supermarketida yong‘in va boshqa turdagi favqulodda holatlarni oldini olish borasida ko‘rilgan choralar ko‘zdan kechirildi.

📌Savdo do‘koni mas'ullari va xodimlariga qo‘l bola,portlovchi vositalardan foydalanmaslik va sotilishini oldini olish, yong‘in bo‘lgan vaqtda o‘t o‘chirish uskunalaridan foydlanish bo‘yicha tushuntirish ishlari va yo‘riqnomalar berilib, ularga eslatma hamda tarqatma materiallar topshirildi.

🚒Tadbir davomida yong‘in sodir bo‘lganda favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan shartli fuqaroni qutqarish va unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish hamda savdo do‘konidagi aholini zudlik bilan evakuatsiya qilish bo‘yicha ko'rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram‌‌/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#ta'lim

Ishchi guruh a'zolari pedagoglarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatmoqda

✅Xalq ta'limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Qibray tumani Kengashining 2022-yil 28-noyabrdagi 11-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida hokim o'rinbosari boshchiligidagi soha vakillaridan iborat ishchi guruh a'zolari umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning ish hujjatlari,sababsiz dars jarayonlarida ishtirok etmayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamda mahallalar bilan birgalikda
ularni ta'limga jalb qilish borasida olib borilgan ishlar hamda kelgusida hamkorlikdagi ishlarni tizimli tashkil etish borasida uslubiy yordam ko‘rsatilmoqda.

🔹Jumladan, ishchi guruh tomonidan 7-,13-,29- va 41-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bu boradagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur yo‘nalishlarda e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan vazifalar yuzasidan amaliy yordam berilmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#diqqat_diqqat

Botulizm -  xavfli mavsumiy kasallik

Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaxarlanishlarning ichida juda og‘ir kechadigan kasalliklardan biri botulizmdir. Botulizm og‘ir toksik infeksion kasallik bo‘lib, orqa miya hamda uzunchoq miyaning zararlanishiga xos simptomlar bilan ta'riflanadi. Shu bilan birga u toksinlar bilan zararlangan, buzilib qolgan konserva ko‘rinishidagi oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan toksikoinfeksiya hisoblanadi. Uning xavfli tomoni nimadan iborat?

Botulizm tayoqchasi anaerob, ya'ni kislorodsiz sharoitda o‘sadigan mikroblar oilasiga mansub. Bu mikroblar spora (qobiq) hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgani sababli tashqi muhit ta'sirlariga juda chidamli bo‘lib, qaynatganda ham o‘lmaydi, 180 daraja haroratda 30 daqiqada, sporasi 20 foizli zararsizlantiruvchi formalin ta'sirida 24 soatda jonsizlanishi mumkin. Bu mikrob toksini me'da va ichak shirasi ta'sirida o‘z kuchini yo‘qotmaydi, u qonga so‘rilib, inson organizmini zaxarlaydi. Botulizm bakteriyasi tashqi muhitda quruq sharoitda, tuproqda uzoq yillargacha saqlanadi.
Respublikamizda botulizmning A,B,Ye turlari uchrab turadi. Botulizm kasalligi ko‘proq uy sharoitida sanitariya qoida va me'yorlariga rioya qilinmasdan tayyorlangan dudlangan baliq va go‘sht, sabzavot va meva konservalarini iste'mol qilish oqibatida kelib chiqadi. Aholi orasida botulizm bilan kasallanish asosan noyabrь oyidan boshlanib, may oyigacha, ya'ni uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste'mol qilish davrida qayd etiladi.

Botulizm bilan kasallanish holatlarini tahlil qilish shu ko‘rsatadiki, asosan uy sharoitida qo‘lbola tayyorlangan marinadlangan bodring, pomidor, patisson, qalampir, qo‘ziqorin, karam konservalari, baqlajon ikrasi va dudlangan baliq kabi mahsulotlarni iste'mol qilish kasallik kelib chiqishiga sababchi bo‘layotganligini ko‘rsatmoqda.Kasallikning klinik belgilari to‘satdan boshlanib, bemorlar xastalik boshlangan vaqtini aksariyat hollarda aniq aytadilar. Botulizm holsizlanish, bosh og‘rig‘i, og‘iz qurishi bilan boshlanadi. Ba'zida ko‘ngil aynishi, qayt qilish, bosh aylanishi va 1-2 marotaba ichning suyuq ketishi kabi kasallik belgilari qisqa vaqt kuzatiladi. Bundan tashqari, to‘sh suyagi ortida og‘riq kuzatilib, tez-tez kekirish paydo bo‘ladi. Shu qatorda og‘riq va damlanish hollari ham uchraydi. Qayt qilish va ich ketishi qisqa vaqt davom etib, nevrologik belgilar boshlanganidan so‘ng odatda yo‘qoladi. Ich ketishi to‘xtab, qabziyat yuzaga keladi, me'dadan ozuqa moddasi evakuasiyasi sekinlashib, hatto to‘xtab qolishi mumkin. Ko‘z oldida ''tuman'', ''parda'' paydo bo‘lishi, bitta buyum ikkita bo‘lib ko‘rinishi, ko‘z sohasining harakati cheklanishi, qorachiqlar kengayib, ko‘z qovoqlarining ikki tomonlama qisilishi, yutinishning qiyinlashuvi yoki umuman amalga oshmay qolishi, ovoz o‘zgarib pasaya borishi va tiniqligi yo‘qolishi, og‘ir ahvollarda esa bemorning gapiga tushunib bo‘lmaslik kabi kasallikning nevrologik belgilari yaqqol namoyon bo‘ladi.

Botulizmni oldini olish uchun quyidagi  qoidalarga rioya qilish zarur:
-uy sharoitlarida tayyorlanib, noqonuniy ravishda sotilayotgan, sifati kafolatlanmagan dudlangan go‘sht va baliqlarni hamda sabzavot-meva konserva mahsulotlarini xarid qilmaslik.
-oziq-ovqat do‘konlaridan go‘sht, baliq, qo‘ziqorin va sabzavot-meva konserva mahsulotlarini hamda dudlangan go‘sht va baliq mahsulotlarini xarid qilishdan oldin ushbu mahsulotlarning yorliqlari va muvofiqlik sertifikatlari borligiga e'tibor berish;
-savdo do‘konlari va bozorlardan saqlash muddatlari o‘tgan, yorliqlari yo‘q, idishlarining butunligi buzilgan, qopqoqlari shishgan, hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan konserva mahsulotlarini aslo xarid qilmang;
-o‘zingizda yoki yaqinlaringizda kasallikning yuqorida qayd etib o‘tilgan alomatlarini sezsangiz, zudlik bilan eng yaqin tibbiy muassasaga murojaat etishni unutmang.

Yuqoridagilarga amal qilinsa o‘z sog‘ligingizni va farzandlaringiz sog‘ligini asragan bo‘lasiz.


Qibray tumani tibbiyot birlashmasi


✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#id_karta

Siz ID kartani bir kunning o‘zida rasmiylashtirib olishingiz mumkinligi haqida bilasizmi?

🔹Qibray tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan fuqarolarga qulaylik yaratish va ularni vaqtlarini tejash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

🪪Xususan, bo‘lim xodimlari kuniga 100 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatib, ularga ID kartalarni shu kunning o‘zida rasmiylashtirib bermoqda.

🎞Yuqoridagi lavhamizda bo‘lim faoliyati va endigina 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga ID kartalarni topshirish jarayonlari aks etgan.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Имтиёзли шартларда қуёш панелларини ўрнатиб текин ва узлуксиз электр энергиясига эга бўлинг. Ортганини давлатга сотинг. Яна қатор имтиёзлар:

Бир йилда электр энергияси ёки табиий газ учун қанча ҳақ тўлайсиз? Маблағингизни тежаш ҳақида ўйлаб кўрганмисиз?

Албатта бунинг имкони бор!

Тасаввур қилинг, Сиз икки қаватли уйда яшайсиз ва бир ойда ўртача 800 кВт-соат электр энергияси истеъмол қиласиз.

Агар хонадонингизга 5 кВт қувватдаги қуёш фотоэлектр станциясини ўрнатсангиз, бу сизга ўртача 50 млн сўмга тушади ва у 9 йилда ўзини қоплайди. Кейинги 11 йил электр энергиясига пул тўламайсиз.

Яна бир имконият:
хонадонингизда ишлаб чиқарилган электр энергиясини давлатга сотиб даромат қилишингиз ҳам мумкин.

Имтиёзлар: Сиз қуёш панеллари ва қуёш сув иситиш қурилмаларини 3 йил муддатга фоизсиз, бўлиб-бўлиб тўлаш шарти билан сотиб олишингиз мумкин.

Шунингдек, тўлиқ харид қилганингизда қуёш панелларига 15 млн сўмгача ва қуёш сув иситиш қурилмаларига 2 млн сўмгача компенсация олишингиз мумкин.

Ушбу қурилмаларни ўрнатган жисмоний шахслар 3 йил, тадбиркорлик субъектлари эса 10 йил давомида ер ва мулк солиғидан озод бўладилар.

/channel/AOKBToshvil

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

⭕️ LIVE

Ayni damda Qibray tumanida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

📌Uchrashuvda Qibray tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sportni rivojlantirish bo'limi hamda faoliyat yuritib kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchilari va MFYlarda istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etdmoqdalar. Tuman hokimining o'rinbosari A.Abdukadirov uchrashuv davomida  2022 yil davomida yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib o'tdi.

🖇  Shuningdek, uchrashuvga tashrif buyurgan yoshlar tomonidan yoshlar masalasida uchrayotgan muammolar yoshlar tashkiloti rahbarlariga bildirilib, muammolarini yechimi masalalari muhokama qilinmoqda.


Manba:Yoshlar ishlari agentligi Qibray tuman bo‘limi

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Президент Шавкат Мирзиёев ташрифининг самарали натижалари Ўзбекистон-Қирғизистон муносабатларидаги юксак даражанинг намунаси бўлди

Плодотворные результаты визита Президента Шавката Мирзиёева стали свидетельством высочайшего уровня узбекско-кыргызских отношений

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#hamkorlik

🔰Tumandagi 1-sektor hududidagi "Yonariq" mahallasida joylashgan 39-maktabda "Sog'lom turmush tarzini taznlaymiz" mavzusida suhbat tashkil etildi.

🔹Tadbirda Qibray tumanidagi tibbiyot birlashmasi salomatlik markazi rahbari T.Mirnosirova, infekеsionist, narkolog, sil kasalliklari shifokorlari, oilaviy shifokorlik punkti shifokorlari,mahalla yoshlar yetakchisi hamda yoshlar ishtirok etishdi.

🔸Suhbat davomida sil va yuqumli kasalliklarni (OITS) oldini olish, erta aniqlash va davolash, sog'lom turmush tarzi qoidalariga rioya etish, giyohvandlikga qarshi kurashish va bo'sh vaqtni samarali o'tkazish haqida yoshlarga atroflisha tushunchalar berilib,
"Sog'lom turmush tarzi" targ'ib qiluvchi bukletlari tarqatildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ва Қирғизистон Президенти Садир Жапаров музокаралардан сўнг оммавий ахборот воситалари вакиллари учун брифинг ўтказдилар.

Президенты Узбекистана Шавкат Мирзиёев и Кыргызстана Садыр Жапаров после переговоров провели брифинг для представителей средств массовой информации.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #brifing

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Қирғизистонга давлат ташрифи доирасида ўтказилган музокаралар якунида ҳужжатларни имзолаш ва алмашиш маросими бўлиб ўтди.

По итогам переговоров в рамках государственного визита Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева в Кыргызстан состоялась церемония подписания и обмена документами.

#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#Бу_муҳим

⚡️Давлат фуқаролик хизматчилари фаолияти самарадорлигини баҳолаш тизими
ҳақида нималарни биламиз?

Ушбу видеороликда KPI тизими асосида ишлаётган ва ушбу баҳолаш механизмисиз фаолият юритаётган ходимнинг натижалари таҳлил қилинган.

Яқин давр ичида KPI тизими — давлат хизматчиларини ҳимоя қилиш, рағбатлаштириш ва самарадорликни ошириш механизми сифатида давлат хизматида тўлиқ жорий этилади.

▫️Барча давлат фуқаролик хизматчиларига видеороликни кўриш, таҳлил қилиш ва ҳамкасбларга улашиш тавсия қилинади.

🟢
Full формат.

/channel/AOKBToshvil

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#jarayon

Tuman yo‘lchilari havoning qulayligidan unumli foydalanmoqda

♻️Qibray tumani yo‘llardan muntazam foydalanish va yo‘llardan foydalanish korxonlari tomonidan tuman aholisi hamda haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida yo‘l atrofining muzlagan qismida tozalash ishlari olib borilmoqda.

🔹Shuningdek, korxona xodimlari quyoshli kunlardan unumli foydalanib, ko‘cha chetidagi ariqlarni turli chiqindilardan tozalamoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#e'tibor

Imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan habar olindi

✅Qibray tumani hokimi o‘rinbosari M.Buriyeva imkoniyati cheklangan fuqarolarning holidan xabar olish uchun "Madaniyat" va "Mustaqillik" mahallalarida yashovchi 1-guruh nogironi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan X.Nurmatov va A.Juldasovlar xonadonida bo‘lib,ularga nogironlar aravachasini topshirdi.

🔹Shuningdek, hokim o‘rinbosari va tuman IIB mas'uli G.M.Mirzakarimovalar birgalikda "Guliston" mahallasida yashovchi, oilaviy kelishmovchiliklar sabab uydan chiqib ketgan fuqaro T.Z va uning voyaga yetmagan farzandini o‘z uyiga qaytarish bo‘yicha oila a'zolari bilan suhbatlashib,ularni uyiga kiritish choralari ko‘rildi
.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#jarayon

🔹Qishning sovuq kunlarida aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash, kelib chiqayotgan nosozliklarni (avariya) tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

🎞Xususan, korxona xodimlari "Olmazor" mahalla aholisining elektr ta'minotidagi uzilishlar bo‘yicha murojaatini ijobiy hal etish maqsadida olib borilgan jarayonlar "Nurafshon TV" telekanali lavhasida.

Dispetcherlik xizmati tel:
☎️70/202-07-15; 95/194-03-82, 95/194-01-83

🏢 Qibray tuman hokimligi markaziy shtabi.
☎️ +9987095 62-290, +9987095 61-501(24 soat)

Shtab telegram guruhi silkasi👉/channel/qibraytumanhokimligi_shtabi

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun Qibray TETK uzr so‘raydi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

Президент Шавкат Мирзиёев кўп қаватли уйлардан бирига кириб, хонадон эгаси билан суҳбатлашди, уйнинг иссиқлиги билан қизиқди.

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#uch_avlod

O‘nqo‘rg‘onlik otaxonlar hozirgi kunlarga shukronalik bildirib, duolar qildilar

🔹Keksa avlod vakillarini e'zozlash, ularga doim hurmat-ehtirom ko‘rsatish xalqimizga hos bo‘lgan hislatlardan biri.

♻️"O‘nqo‘rg‘on" va "Yangi O‘nqo‘rg‘on" mahalla raislari hamda homiylarning sa'y-harakati bilan mahallada yashovchi qarilik gashtini surib, yosh avlodga o‘rnak bo‘lib kelayotgan otaxonlar uchun "Otalar choyxonasi" tadbiri o‘tkazildi.

❇️Tadbirda mahallada yashab o‘tgan, ko‘plab sohalarda xizmat qilib yurt rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shgan marhum mahalladoshlar va avvalgi davrlardagi qiyinchiliklar yodga olindi.Shuningdek, mahalladagi 100 yoshga yaqinlashgan otaxonlar va bir guruh faol nuroniylarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning duolari olindi.

Tadbirda taniqli san'atkorlarning diltortar kuy-qo‘shiqlari otaxonlarga xushkayfiyat ulashdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ Instagram‌‌

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#turizm_oyligi
#sarhisob

♻️Turizm oyligi doirasida Qibray tumanidagi "Temir daftar", "Ayollar va yoshlar daftari"ga kirirtilgan fuqarolar,keksa-nuroniylar, mahalla faollaridan 2000ga yaqini mahalla raislari va homiylarning tashabbusi bilan yurtimizdagi ko‘hna va qadimiy shaharlar, diqqatga sazovor joylar hamda ulug‘ qadamjolarga sayohat qildilar.

❇️Shuningdek,oylik davomida 200 nafar surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar tor doiradagi shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilgan bo‘lsa, nogironligi bor,ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib,ularga oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar yetkazib berildi.

🏃Turizm oyligida keksalar salomatligini asrash maqsadida o‘tkazilgan "Besh ming qadam" aksiyasida 350 nafar nuroniylar va faxriylar ishtirok etdi.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#jarayon

Qibray tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan "Olmazor" mahalla aholisini bir me'yorda elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida mahalla hududidagi TP-150dagi mavjud 150kVt transformator 400Kvt transformatorga almashtirildi.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

#ta'lim

Qibray tumanida maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilib, 37ta davlat, 36ta oilaviy hamda 10ta xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jami 7 ming 648 nafar bolalar (umumiy 11694 nafar) qamrab olingan.

🔹Tumanda yangi tashkil etilgan xususiy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining oshilish marosimi "Zo‘rTV" telekanalining "Bu Kun" ko‘rsatuvi lavhasida.

✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/

Читать полностью…

Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/channel/AOKBToshvil

Читать полностью…
Подписаться на канал