#Intilish_natija
Futbol nafaqat o'g'il bolalar sport turi, balki, qizlar ham bu sport turida natijalarga erishish mumkinligini O'rinboyeva Malika o'z intilishlari va mahorati bilan isbotlagan.
Hozirda, oilasi va bola parvarishi bilan band bo'lgan qahramonimiz, qo'shimcha daromad topishda erkaklardan qolishmay harakat qilmoqda.
🎞Malika haqida batafsil ushbu lavhada
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Эксперт_минбари
ПАРТИЯЛАРНИНГ ИККИНЧИ ДЕБАТЛАРИ БУТУН ЖАМОАТЧИЛИК ЭЪТИБОРИНИ ЎЗИГА ТОРТДИ
🌟Маълумки, жорий йил 4 октябрь куни Дебат Холлда мамлакатимизда фаолият кўрсатадиган сиёсий партияларнинг сайлов тарғиботи бўйича иккинчи дебатлари бўлиб ўтди.
🔰Партияларнинг давлат бошқаруви ва суд-ҳуқуқ тизимини такомиллаштириш борасидаги беллашуви, партия раҳбарлари ва сайловчилар ўртасидаги баҳслар юзасидан сиёсий фанлар номзоди, доцент Феруза Ўсарова ўзининг қуйидаги фикр-мулоҳазаларини баён этди.
✅Батафсил
@olimlar_minbari
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркманистон Президенти Сердар Бердимуҳамедовнинг таклифига биноан амалий ташриф билан Ашхобод шаҳрига жўнаб кетди.
Давлатимиз раҳбари туркман шоири ва мутафаккири Махтумқули Фироғий таваллудининг 300 йиллигига бағишланган халқаро форумда иштирок этади.
—
По приглашению Президента Туркменистана Сердара Бердымухамедова Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев отбыл с рабочим визитом в город Ашхабад.
Глава нашего государства примет участие в Международном форуме, посвященном 300-летию туркменского поэта и мыслителя Махтумкули Фраги.
#Mirziyoyev #tashrif #Turkmaniston #forum
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#sayyor_qabul
Tuman hokimi o‘rinbosarlari boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi
Qibray tuman hokimi o‘rinbosarlari R.Naipova va R.Xasanovlar korxona-tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Mehnat mahalla fuqarolarining murojaat va muammolarini o‘rgandilar.
Aholi vakillarining jtimoiy himoya, tibbiy yordam, uy-joy ta'miri hamda kommunal va boshqa sohalardagi murojaatlari mas'ullar bilan birgalikda muhokama qilinib, ularning ijrosi yuzasidan mas'ullar biriktirildi. Shuningdek, ayrim fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#bildirish
"Qibraytumangaz" gaz ta'minoti bo'limi ma'lum qiladi:
Qibray tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun yuqori bosim yer osti gaz quvurida olovli ishlari olib borilishi sababli, 2024 yil 10-oktabr kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar tumanning Ilg'or, Shalola, Turkiston, Sharq va Yangi avlod mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Tabiiy gaz o‘chirilishi sababli xonadoningizdagi gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmang.
Sinash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Noqulayliklar uchun “Qibraytumangaz” gaz taʼminoti bo'limi uzr so'raydi.
Dispetcherlik xizmati:
☎️ 99-862-10-04 📱Telegram 95-170-02-84
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Qibray_tumani
Probatsiya guruhidagi yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda
Qibray tumani IIB JXX Probatsiya hisobida turgan yoshlarni tuman hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi davomida, nazoratdagi yoshlar tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va ularga berilayotgan imtiyoz hamda imkoniyatlar haqida ko'plab ma'lumit va tushunchalarga ega bo'ldilar.
✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3200 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!
🔹Angren shaharida 557 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 247 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 489 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 232 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 301 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 23 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 160 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 136 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 91 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 189 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 133 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 111 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 47 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 104 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 117 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 197 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 59 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 26 ta (Ko'rish)
👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Минбар
Сайловлар ҳамма муаммоларга ечим бўлиши керакми?
Ўзбекистонда ўтказилаётган сайловолди ташвиқотлари ва унга аҳоли муносабатлари юзасидан эксперт мулоҳазалари
✅ Батафсил
✍️Худойберди Ҳақназаров,
тарих фанлари доктори, мустақил эксперт
@olimlar_minbari
#bildirish
"Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti” AJ ma'lum qiladi
2024-2025 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 8-oktabr kuni soat 21:00 dan 9-oktabr kuni soat 9:00ga qadar Qibray tumanidagi quyidagi “Nurafshon”, "Do'rmon”, “Yangi Arg'in”, “Haydarobod” va “Yuqori yuz" hamda tuman tibbiyot birlashmasida ichimlik suv ta’minotida uzilishlar va bosim pasayishi kuzatiladi.
Shuni hisobga olgan holda suv zaxirasini yaratishingiz so‘raladi.
Ish yakunlangach, ichimlik suv ta’minoti tiklanadi.
Zarur hollarda ichimlik suvi maxsus avtoulov orqali yetkazib beriladi.
☎️ 55/518-03-33; 95/194-38-60; 71/208-70-50; 88/701-08-75
"Musaffo obi hayot magistral suv ta’minoti” AJ noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi
✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtub
#jarayon
Ayni damda, "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali xodimlari tomonidan Parvoz va Guliston mahallalariga ichimlik suvi yetkazib beruvchi markaziy ichimlik suv quvurida yuzaga kelgan yirik nosozlik(avariya)ni bartaraf etish bo'yicha zarur choralar ko'rilmoqda.
Ma'lumot uchun "O'tkir suv inshootidan chiquvchi markaziy ichimlik suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik sabab, hozirda Parvoz va Guliston mahallalariga ichimlik suv ta'minoti yetkazish vaqtincha to'xtatilgan.
Noqulayliklar uchun "Toshkent viloyati suv ta'minoti" AJ Qibray tuman filiali iste'molchilardan uzr so'raydi
☎️Murojat uchun: 77 /100-02-38
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#eʼtibor
Mahalla raisi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga e'tibor qaratildi
Jumladan, Qibray tumani "Bunyodkor" mahalla raisi B.Sоbirov boshchiligida mahalla xodimlari birgalikda aholi muammomarini oʻrganib, ijtimoiy himoyaga muhtoj va boquvchisini yo'qotgan oilalarga homiylar orqali kunlik isteʼmol uchun zarur bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Shuningdek, bu kabi oilalarning turmush tarzini yaxshilash uchun ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan ta'minlash choralari ko'rilmoqda.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#jarayon
Qibray tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik, amaliy o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
Tumandagi "MEAT PRODUKT" xususiy korxonasida o'tkazilgan amaliy mashg'ulotlar davomida, korxona-tashkilotlarda fuqaro muhofazasini ta'minlash, yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etishda tezkor harakatlanish bo'yicha yo'riqnomalar berildi.
✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Bilasizmi
🚫 Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas.
❕ Bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno.
⚠️ Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.
📁 Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.
/channel/huquqiyaxborot_lotin
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Давлат раҳбарлари кенгашининг навбатдаги мажлисида иштирок этиш учун 7-8 октябрь кунлари амалий ташриф билан Москва шаҳрида бўлади.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 7-8 октября посетит с рабочим визитом город Москву для участия в очередном заседании Совета глав государств Содружества Независимых Государств.
#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Muloqot #Communication #Диалог
“Nurafshon” telekanali bilan faol hamkorlik yangi bosqichga koʻtariladi
👉 Batafsil
——
Active collaboration with the "Nurafshon" TV channel will be elevated to a new level
👉 In detail
——
Активное сотрудничество с телеканалом “Нурафшон” поднялось на новую ступень
👉 Подробно
Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 Instagram✅Facebook 🕊Twitter
#mol_mulk_soligi
#Jismoniy_shaxs
#yеr_solig‘i
1⃣5⃣ oktabr - jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni
👤Unutmang! Biz to‘layotgan soliqlar:
🏞mamlakatimiz obodligi;
🛣yo‘llarning ravonligi;
📚ta’lim;
🏥sog‘liqni saqlash;
⚔️mudofaa tizimi rivojiga sarflanadi.
✅ Toshkent viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
#jarayon
Tuman hokimi og'ir ahvolga tushib qolgan oilaga yordam ko'rsatishni o'z nazoratiga oldi
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, tumandagi Abdurahmon Jomiy mahallasida yashovchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila Gadoyboyevlar xonadonida bo'lib, yashash va turmush sharoitini o'rgandi.
O'rganishlar davomida xoandon egasi va turmush o'rtogining sog’ligida muammo borligi va davolanishi zarurligi ma'lum bo'ldi. Tuman hokimi ularni zudlik bilan davolatish uchun tuman markaziy shifoxonasiga joylashtirish hamda elektr energiyasi bilan bog'liq muammosini tezda hal etish bo'yicha mas'ul xodimlarga ko'rsatma berdi.
✍️Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Сайлов2024
📝 Муддатидан олдин овоз бериш тартиби
❕Сайлов куни ўз яшаш жойида бўлиш имкониятига эга бўлмаган сайловчи муддатидан олдин овоз бериш ҳуқуқига эга.
#oʼrganish
Tuman hokimi qurilish ishlaridagi kamchiliklar bo’yicha o’z e’tirozini bildirdi
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov, tumandagi Mehnat mahallasida joylashgan 41-umumiy o’rta ta’lim maktabida davlat dasturi doirasida qurilayotgan qo’shimcha binoda olib borilayotgan jarayonlarni ko’zdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini o’z vaqtida sifatli yakunlash bo’yicha mas'ullarga topshiriq berdi.
Ma’lumot uchun, davlat dasturi doirasida 2,5 mlrd somga yaqin mablag' evaziga qurilayotgan yangi o'quv binosi 240 o'ringa mo’ljallangan.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Минбар
“Сайлов – 2024”: сиёсий уйғунлик ва партиялараро рақобат юзасидан айрим мулоҳазалар
"Гармония – зиддиятлар уйғунлиги"
Гераклит.
🔖Милоддан аввалги 544 йилда қадимги юнон файласуфи Гераклит илмий меросидан келтирилган ушбу иқтибос замонавий ўзбек электорати нигоҳидаги партиялараро рақобатнинг ўзига хос ҳамоҳанглигини, назаримизда, аниқ ифодалайди. Бир қарашда, бундай турлича ва фарқли ёндошувлар жамиятда маълум антогонизм ёхуд зиддиятларни келтириб чиқариши мумкиндек.
⚡️Аммо айнан шу тафовутлар аслида сиёсий тизимни амалда такомиллаштиришнинг муҳим омили бўлади. Партиялар ўртасидаги ўзаро мусобақа ва сиёсий кураш жамият манфаатларини кенгроқ ҳисобга оладиган муқобил давлат сиёсатини яратишга замин бўлади.
✅Бўлиб ўтган дастлабки икки теледебатлар давомида партиялар етакчи ва маърузачилари ўз сайловолди платформаларига киритилган асосий таклифларини тақдим этдилар, баъзилари бир-бирини тўлдирса, айримлари эса бир-бирига тамоман зид бўлди. Қизгин мунозаралар сайловчиларни қизиқтирган долзарб муаммоларни акс эттирса-да, оммавий муҳокамалар иштирокчилари такомилга молик бир нечта муҳим жиҳатларни ҳисобга олишларини тақозо этади.
📎Умуман олганда, теледебатлар юзасидан туғилган холис мушоҳадаларимиз хулосалари шундан далолат берадики, мамлакат ижтимоий-сиёсий кўланкасида аниқлик, танқидийлик ва очиқликнинг қарор топиб бориши сайловчилар ишончини ошириш ва Ўзбекистонда сиёсий баҳс-мунозаралар сифатини яхшилаш йўлида ташланган муҳим қадам бўлмоқда.
◀️Батафсил
✍ Бобур Алихонов,
Ўзбекистон Журналистика ва оммавий коммуникациялар университети фахрий профессори, медиа эксперт
@olimlar_minbari
#mol_mulk_soligi #yer_soligi
15-oktabr qadar mol-mulk va yer soliqlarini to'lashni unutmang!
♻️Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrga qadar to‘lashi lozim.
✅ Toshkent viloyati soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram
#Taʻlim
☑️ Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
📌 Ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/huquqiyaxborot_lotin
Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Москвага келди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Москва шаҳрига жўнаб кетди.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиеев отбыл с рабочим визитом в город Москву.
#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#jarayon
Markaziy ko'chada avtomobillar harakati uchun qulaylik yaratilmoqda
Qibray tumani Ahillik mahallasidan o'tuvchi "Universitet" ko'chasida olib borilgan qurilish ishlari yakunlanib, hozirda avtomobillar harakati uchun qulaylik yaratish va yuzaga kelayotgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida markaziy hamda ichki ko'chalarni asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#nazorat
Qibray tumanidagi kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlari qayd etib borilmoqda.
Eslatma: Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlik uchun MJtKning 91/1-moddasiga asosan (jismoniy shaxslar 375 mingdan 1 mln 125 ming so'mgacha, yuridik shaxslar 3 mln 750 mingdan 5mln 625 ming so'mgacha) jarimaga tortiladi.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
#Hokim_farmoyishi
Qibray tumani hokimining tegishli farmoyishiga ko'ra, tumandagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 1mlrd 200 mln so'mdan ortiq mablag' ajratildi.
Ajrtatilgan mablag'lar doirasida "Yoshlik" mahallasi yoshlari uchun sun'iy qoplami futbol maydonini qurish ko'zda tutilgan.
✍️ Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
💬telegram 📱facebook 📱Instagram 🌐 Website 📱Youtube
Жорий йил 2-4 октябрь кунлари бўлиб ўтган Креатив иқтисодиёт бўйича Бутунжаҳон конференцияси доирасида намойиш этилган “Тамерлано” опера театри саҳна ортидан лавҳалар…
#Кун_тартиби
Биз кам даромадли, эҳтиёжманд оилаларни фаровон, бекам турмуш даражасига олиб чиқишга камарбастамиз. Бугун Президентимиз биз ҳокимларга, энг биринчи навбатда, шу йўналишда туну кун ишлашни устивор вазифа этиб белгилаб берганлар.
Шу маънода бугун мен бош, Тошкент вилоятидаги барча раҳбарлар ўзига бириктирилган камбағал оилаларга кириб бордик. Улар билан бирга яшаб, самимий суҳбатлашиб, ҳаёти изига тушиб кетиши учун аниқ амалий ёрдам кўрсатилмоқда.
Бу уйма-уй мулоқотларда кўтарилаётган масалаларни ўша жойдан туриб, кунлик таҳлил қилиб борамиз, биргаликда ечим излаймиз.
Олдинда ҳали қиладиган ишларимиз жуда кўп. Биз жонажон халқимизни бой-бадавлат, фаровон ҳаёт кечириши учун биргаликда курашамиз, уларга ёрдам берамиз.
Зойир Мирзаев,
Тошкент вилояти ҳокими
Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube | 📱 Facebook | 🕊Telegram
#yеr_solig‘i
1⃣5⃣ oktabr - jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni
👤Unutmang! Biz to‘layotgan soliqlar:
🏞mamlakatimiz obodligi;
🛣yo‘llarning ravonligi;
📚ta’lim;
🏥sog‘liqni saqlash;
⚔️mudofaa tizimi rivojiga sarflanadi.
✅ Toshkent viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
📱Telegram |📱 Facebook |📱Instagram