ISHGA TAKLIF!
Qibray tuman hokimligi nashri "QIBRAY SADOSI" gazetasiga
✍️ muxbir lavozimiga
oliy ma'lumotli fuqarolar ishga taklif etiladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun qo'ng'iroq qiling:
📞 (+998 99) 063-48-90
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Dayjest
🔹 Ўзбекистонда автомобиллар экологияга зарари даражасидан келиб чиқиб “қизил”, “сариқ” ва “яшил” тоифаларга бўлинади. Худди шундай, шаҳарлардаги ҳудудлар ҳам учта тоифага бўлиниб, атроф-муҳитга зарари юқори автомобилларнинг муайян зоналарга кириши чекланади. Бу ҳақдаги режалар 5 март куни давлат раҳбарига тақдимот қилинди.
🔸 Ноқонуний тарзда дарахт кесганлик учун белгиланган жарима 5 баробарга оширилди. Президент имзолаган қонунга кўра, эндиликда бундай ҳолатларда ҳуқуқбузар фуқаролар 8,5 млн сўмдан 17 млн сўмгача, мансабдор шахслар эса 17 млн сўмдан 25,5 млн сўмгача маъмурий жаримага тортилади. Ҳуқуқбузарлик бир йил давомида такроран содир этилса, жарима миқдори бир неча баробарга ошади ёки дарахткесар 15 суткагача маъмурий қамоққа олинади.
🔹 Бола туғилганда “суюнчи пули”ни бериш тартиби ўзгармоқда. Вазирлар Маҳкамасининг қарорига кўра, 2024 йил 1 апрелдан бошлаб, бир марталик нафақа пули биринчи фарзандини дунёга келтирган барча аёлларга, иккинчи фарзанди учун эса фақат ижтимоий ҳимояга муҳтож аёлларга берилади. Учинчи ва ундан кейинги фарзандлар учун “суюнчи пули” берилмайдиган бўлди. Эслатиб ўтамиз, бола туғилганда бериладиган бир марталик нафақа миқдори ҳозирда 738 минг сўмни ташкил этади.
🔸 Самарқандда тўрт нафар эгизак дунёга келди. Эътиборлиси, бирданига 1 қиз ва 3 ўғилли бўлган Муниса Бекмирзаева ва Фаррух Пўлатовлар оиласи фарзандли бўлишни 10 йил кутишган. Шифокорларга кўра, 29 ёшли она ҳамда чақалоқларнинг умумий аҳволи қониқарли. Маълум қилинишича, туғуруқ операцияси ўтказилган Она ва бола марказининг Самарқанд вилояти филиалида йил бошидан бери ўнга яқин ҳолатда уч эгизак, иккита ҳолатда тўрт эгизак дунёга келган.
ISHGA TAKLIF!
Qibray tuman hokimligi nashri "QIBRAY SADOSI" gazetasiga
✍️ muxbir lavozimiga
oliy ma'lumotli fuqarolar ishga taklif etiladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun qo'ng'iroq qiling:
📞 (+998 99) 063-48-90
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Yangi fasl, yangi hafta va yangi kun muborak bo'lsin!
#Kun_hikmati
"Yashayotgan hayotimni tuzatishga, o'zimni o'zgartirishga tayyormanmi?" deb so'ramoq uchun, hech qachon kech emas. Qancha yoshda bo'lishimizdan, boshimizdan nimalarni o'tkazganimizdan qat'iy nazar, tamoman yangilanmoq mumkin.
©️ Hazrati Shams Tabriziy
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
“2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘gЇrisida”gi Prezident Qarori (PQ-113-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi.
❗️ Qarorga ko‘ra, 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.
✅ Navro‘z umumxalq bayramini yuqori saviyada tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi, jumladan:
🔹Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etishga;
🔹bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e'zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirishga;
🔹“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Navro‘z bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini o‘tkazishga.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Kuningiz xayrli o'tsin!
#Kun_hikmati
Bu hayot- tuhfa, uni ehtiyotlab, imkon qadar baxtga yo'g'rilgan holda yashashga intiling.
Yaxshilik qiling va yaxshilar qurshovida bo'ling...
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Dayjest
🔹 2025 yil 1 yanvardan barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarida amaldagi rahbar o'rinbosarlaridan biriga energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi bo'yicha vazifalar yuklatiladi hamda energiya menejeri lavozimi kiritiladi.
🔸 Maktablarda «O'quvchi yoshlar halollik tarafdori» 10 kunligi va «Halollik» to'garaklari yo'lga qo'yiladi.
🔹 O'zbekistonda maktab o'quvchilari orasida tamaki va nos chekish holatlari ko'paygani ma'lum qilindi
🔸 Daraxtlarni kesganlik uchun jarima miqdori sezilarli darajada oshirildi
🔹 AQShga noqonuniy yo'llar bilan ketgan 74 nafar o'zbekistonlik vatanga qaytarildi
🔸 Ramazon arafasida g'azoliklar ochlikdan azob chekayotgan bir vaqtda davlatlar nihoyat osmondan oziq-ovqat tashlay boshladi. Iordaniya boshlagan missiyaga AQSH VA Fransiya davlatlari ham qo'shilmoqda.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Qo'shni Tojikistonda kichik "blekaut"
Poytaxt Dushanbe va Tojikistonning ba'zi qismlarida ro'y berayotgan kichik "blekaut" Markaziy Osiyodagi eng katta GES Vaxsh daryosida joylashgan "Nurek" GESdagi avariya sabab ro'y bergani aytilmoqda.
Odatda, ob-havoning keskin anomal sovish va isishlariga bardosh bera oladigan GES energobloklari ishlash jarayoniga bu safar Tojikstonning markazi va janubida tinimsiz davom etayotgan qor bo'roni sabab bo'ldi
Sputnikning "Baxri-tochik" milliy energetik kompaniyaga tayanib yozishicha, sovuqlik va to'xtovsiz uch kundan buyon yog'ayotgan qor yog'ish omili Tojikistonda energiyaga bo'lgan talabning haddan tashqari ortishiga olib kelgan va asosiy katta tok ishlab chiqaruvchi "Nurek" GESda avariyani keltirib chiqargan.
Tojikistonda 1-3 mart kunlari ham qor bo'ronlari saqlanib qoladi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
1 martdan nimalar o'zgaradi?
🔹Ayrim hududlarga “ekomahalla”, “ekoqishloq” va “ekoovul” maqomi beriladi ➖BATAFSIL
🔹Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo'lga qo'yiladi ➖BATAFSIL
🔹Ayrim shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish uchun moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi ➖BATAFSIL
🔹Vasiylikdagi shaxsning mol-mulki bilan bog'liq bitimlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi ➖BATAFSIL
🔹22 turdagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi ➖BATAFSIL
🔹“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi ➖BATAFSIL
🔹Ayrim turdagi quyosh panellarini chetdan olib kirish taqiqlanadi ➖BATAFSIL
🔹Nogironlar uchun Uzbekistan.travel portalidan foydalanish imkoniyati yaratiladi ➖BATAFSIL
🔹Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini qayta ijaraga berishi mumkin bo'ladi ➖BATAFSIL
#Dayjest
🔹 Prezident joylarda quyosh panellarini o'rnatishda qo'shib yozish holatlarining oldini olish bo'yicha topshiriq berdi
🔸 Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyati va Qoraqalpog'istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Amudaryo ustidan o'tuvchi temiryo'l va avtomobil yo'li qo'shma ko'prigi ochildi.
🔹 «Rosatom» O'zbekiston bilan kichik atom elektr stansiyalari qurilishini muhokama qilmoqda
🔸 Bugun Farg'ona va Andijon viloyatlarida 3,5 magnitudali zilzila kuzatildi
🔹 Toshkentda maktabga qalbaki qurol bilan kelgan o'quvchining onasi javobgarlikka tortildi
🔸 Janubiy Koreyada tug'ilish darajasi rekord darajaga tushib ketdi
🔹 Qozog'iston Respublikasi hududida 2024 yil 1 mart soat 00:00 dan boshlab, yagona vaqt mintaqasidan foydalanish belgilandi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Bahoringiz muborak bo'lsin!
#Kun_kayfiyati
Bahor bu, uzoq qishdan keyin bizni kutib oladigan yerning tabassumidir
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Kuningiz xayrli o'tsin!
#Kun_ruhiyati
- Biror yangilik bormi?
-Albatta, axir ertaga bahor😊
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Murodingiz doim ushalsin!
#Kun_hikmati
Teran aql sohiblarida maqsad bo'ladi, o'rtamiyona odamlarda esa, shunchaki istaklar...
Siz qaysi toifaga kirasiz?
© Vashington
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Energetikada tarif islohoti loyihasini ishlab chiqish uchun yangi muhlat belgilandi
2024 yil may oyiga qadar neft, gaz va elektr energetika sohalarida tarif islohotlarini amalga oshirish bo'yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Bu – 2024 yilgi davlat dasturida belgilandi.
👉 Batafsil
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Bugungi ishingizni yaxshi kayfiyat bilan boshlang!
#Kun_hikmati
Har bir bo'lgan voqea-hodisa yaxshilikkadir
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Har bir kun fayzu barokatga to`lsin!
#Kun_hikmati
🔹 Rivojlanmoqchimisiz?
Unda atrofingizdagilarga boqing! Ularni rivojlantiring!
🔹 Mehrga zormisiz?
Unda mehr berishni boshlang!
🔹 Boy bo'lmoqchimisiz?
Unda xayr-ehsonni ko'paytiring!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Огоҳлик
УЙИНГИЗ ТИНЧ БЎЛСА, КЎНГЛИНГИЗ ҲАМ ТИНЧ
Олов билан ҳамнафас ҳаётимиз биздан доим ҳушёр бўлишни талаб этади. Оддий бир мисол: болаларнинг олов билан ўйнашлари оқибатида ёнғин келиб чиқиши мумкин. Озгина эътиборсизлик катта офатга сабабчи бўлади. Аслида болаларни доим назорат қилиш ҳар бир ота-онанинг одатдаги ишидир.
🔹 Рўзғор юмушларини бажаришда электр асбобларидан тўғри фойдаланиш лозим. Бунинг учун озгина қунт қилинса кифоя. Уйингиз ҳам, кўнглингиз ҳам тинч бўлади. Электр асбобларидан фойдаланиб бўлингач, электр тармоғидан узишни асло унутмаслик керак. Уйдан чиқа туриб газ асбоблари ва электр чироқларини албатта, ўчириш лозим.
🔹 Хонада газ чиқаётгани сезилса, чироқ ва бошқа электр асбоблари, учқун берувчи воситаларни ёқиш ёки ўчириш мумкин эмас. Электр асбобларининг ортиқча қизиб кетиш ҳоллари ҳам ёнғин содир бўлишига олиб келади. Хонадонларда электр тармоғига бир вақтнинг ўзида бир нечта ток қабул қилувчи воситаларни улаш жуда хавфли.
🔹 Асло ностандарт электр иситгичлардан фойдаланманг. Ёниб турган газ плитаси устида кир қуритиш, ёнғин чиқишига сабаб бўлиши мумкин.
🔹 Одатда тандирхона ва ошхона бинолари хавфсиз, очиқ жойда қурилгани маъқул. Яшаш уй томларида ҳар хил ёнувчи буюмлар, иккимламчи уй-рўзғор жиҳозларини сақлаб бўлмайди. Табиий газни резина шланглар орқали улаш хавфли. Айниқса, тунда газни ёниқ қолдириш мумкин эмас. Чунки тунда газ босими ортиб, бахтсиз ҳодиса содир этилиши мумкин.
Ҳамдам РАХИМОВ,
"Тошкент ИЕС" АЖ ОЁХТТЕБ катта инспектори, капитан
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/toshkenties
#Ob_havo
Qaldirg'ochlar aldamchi bahorga ishonmaydilar
🌷 Yurtimizga qaldirg'ochlar uchib keldi.
🕊 O'tgan asrda janubiy viloyat bobo dehqonlari qaldirg'ochning kelishi bilan yerga ko'milgan anor daraxtlarini "ochishgan". Chunki, qaldirg'ochlar bahor darakchilari va ularning" paydo bo'lishi" anomal sovuqni keltirib chiqarmasligini bildirgan.
⚡️ Bugun kechga tomon respublika markaziy va janubiy viloyatlarida chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatli bulutlardan jala yog'inlar kutilmoqda.⛈
☁️ 13-14 mart kunlari joylarda havo harorati biroz pasayadi.
Ammo, kelayotgan sovuqlik to'lqini ekin-tekin yoki vegetatsiyaga kirib qolgan bog'dorchilikni sovuq urishiga olib keladigan darajadagi jarayon emas.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Ramazon oyining birinchi kuni 11 mart, dushanba kuniga to'g'ri keladi
O'tgan haftada O'zbekiston musulmonlari idorasi tashabbusi bilan Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya va Ozarbayjon kabi turkiy davlatlar Fatvo hay'atlarining onlayn majlisi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon oyi hilolini kuzatish bo'yicha qilinayotgan ishlar, falakiy hisob-kitoblar, astronomik ma'lumotlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko'rib chiqildi.
Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik kuzatuvlarni e'tiborga olib, hijriy 1445 yil Ramazon oyining birinchi kuni milodiy 2024 yil 11 mart, dushanba kuniga to'g'ri kelishi haqida yakdil fikrga keldilar.
Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi.
#Иқтибос
"Шундай аянчли ҳол келдики, хатто, айрим раҳбарлар газета ўқимаслиги билан мақтанадиган бўлиб қолдилар. Менинг компьютеримда ҳамма нарса бор, менинг телефонимда ҳамма бор деб. Йўқ, газета ҳам, журналлар ҳам ўқиш керак, бу замон талаби. Ўқитувчи ўзининг ижобий таълимини, билимини, методикасини ёзиши керак, муҳокама қилиши керак.
Ўзингиз биласиз, дунёда компьютер технологиялари энг ривожланган давлат бу Япония ҳисобланади. Лекин бу мамлакатда кунига уч-тўрт миллион нусха нашр этиладиган газеталар борлигини нима дейсиз? Газета ва журналлар мактабга керак”,
Шавкат Мирзиёев
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Sumalak_sayli
Ko'klam kelishi bilan yurtimizning barcha joylarida sumalak sayli boshlanib ketadi.
Tumanimizdagi Baytqo'rg'on mahallasining guzarida ham sumalak sayli o'tkazildi. Shu kuni katta doshqozon atrofiga mahalla faollari, oqila ayollari, buvijonlari yig'ildilar.
Ularning chehralaridan, shux-shodon qo'shiqlaridan shukronalik, hayotdan mamnunlik, obod yurtidan faxrlanish tuyg'ulari jo'sh urayotganligini anglash mumkin.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan haftangiz quyosh nurlariga, qalbingiz bahoriy kayfiyatga to'lsin!
#Kun_kayfiyati
Bahorda qor yog'di.
Titrab boychechak,
Quyoshni sog'inib boshin ko'tardi.
Qor parchalariga burkab yuzini
Ko'klam ishqida bag'rini yordi... .
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
БУ - БИР ГАП-ДА!!!
ЎТГАН АСР ОДАМЛАРИ БИЛАН ҲОЗИРГИ ЗАМОН ОДАМЛАРИНИНГ ЭНГ КАТТА ФАРҚИ НИМАДА БИЛАСИЗМИ?!
Келинг, бу ҳақда ўйлаб кўрайлик. Илгари одамлар кашф қилган, ижод қилган, китоблар, шеърлар ўқиган, театрларга боришган, гўзал шаҳарлар қурган, безакли ва устунли уйлар, ҳовлида фавворалар ва ҳайкаллар ўрнатишган. Порлоқ келажакка ишонишган
Бугун одамлар (бойлардан ташқари) деярли, бир хил шароитда яшамоқда. Ўйин-кулги: ТВ, ютуб, телеграм, азарт ўйинлар ва спиртли ичимликлар. Қўлидаги телефонига муккасидан кетган, ваҳима ва енгил ҳаётга кўниккан. Қаёққа қараб кетишаётганлигини билишмайди.
Замонавий одам кўпроқ ўтган асрлардаги одамларнинг гибридига ўхшайди.
Энг ёмони, одамлар бундан мамнун. яхши яшаётганини таъкидлайди. Улар бунга шунчалик одатланганки, ҳаётларида ҳеч нарсани ўзгартиришни хоҳламайдилар. Вақтнинг қанчалик тез ўтаётганини, умрлари шундай изсиз тугаётганини сезмайдилар... .
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Saboq
Farzandingizning shijoatini hech qachon qaytarmang!
Unda o'ziga bo'lgan ishonchli mustahkamlang!
Gap-so'zlar bilan emas, harakat bilan!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Fuqarolar diqqatiga!!!
Qibray tuman Adliya bo'limi va Davlat xizmatlari markazi tomonidan ertaga, 1 mart kuni soat 10:00da Abdurahmon Jomiy mahallasida fuqarolar uchun sayyor davlat xizmatlari ko'rsatiladi.
Fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi pasport bilan 22-maktab binosiga kelishlari mumkunligi.
Sayyor davlat xizmatlari davomida keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish va bog'chalarga farzandini navbatga qo'yish uchun yo‘llanmalar berish,Mobil ID va boshqa ko'plab davlat xizmatlari ko'rsatiladi, deb xabar bermoqda Qibray tumani hokimligi Аxborot xizmati.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Билган_фойда
29 феврални қаэрдан оламиз?
Нега айнан тўрт йилда бир?
Ер сайёраси 23 соат 56 дақиқа 4 сонияда, ўз ўқи атрофида айланиб чиқади. Лекин сутка 24 соат қилиб белгиланган. Суткани тўлдиришга етишмаётган сониялар йиғиндиси натижасида, 4 йил ичида қўшимча бир сутка пайдо бўлади. Шу сабабли, кабиса йили юзага келади.
@qibray_sadosi
Ayni kunda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida zaruriy islohotlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy, tezkor va sifatli xizmat ko'rsatish yo'lga qo'yilib, aholini rozi qilish, tadbirkorlar va mijozlarga har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida faoliyat olib borilmoqda.
Xususan, "O'zsanoatqurilishbank" ATB boshqaruv qaroriga asosan "Toshkent IES" AJda ham chakana bank mahsulotlarini sotish bo'yicha koorporativ mijozlar xodimlariga qulayliklar yaratilmoqda.
- Korxona ishchilariga tezkor, qulay va sifatli xizmat ko'rsatish uchun bevosita joyiga chiqib, ularga zaruriy ma'lumotlar bermoqdamiz, - deydi Qibray filiali bank xizmatlari markazi chakana biznes bo'limi shaxsiy menendjeri Abduvohit Mamatqulov. - Ikki oy davomida korxona ishchilari bilan bevosita muloqotda bo'lib, ularning murojaat va savollariga ijobiy yechim topishga harakat qilamiz.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
СИЗ НИМА ДЕЙСИЗ?
Жамиятда яшаётган инсон борки, ўзи яшаб турган жой тарихи, кундалик ҳаёти ва келажаги ҳусусидаги фикр-ўйларсиз яшаши мумкин эмас. Чунки ВАТАНнинг қай даражада тараққий этиши ҳар бир фуқаронинг нафақат ҳуқуқий, ижтимоий-иқтисодий, балки маданий ва маънавий-мафкуравий дунёқараши қанчалик кенг миқёсда шаклланганлиги билан узвий боғлиқ. Айниқса, муомала маданиятига кўп муаммоларни ҳал қилади.
Ҳаётда ўзи қора меҳнат билан шуғулланса ҳам, табиатан зиёли бўлган инсонларни кўп учратиш мумкин. Афсуски, олий маълумотлилар, ҳатто амалдорлар орасида ҳам бу сафга қўшиб бўмайдиганлар етарлича.
Бир воқеа мени шу хулосага келишга ундади,,,
Яқинда тумандаги бир ташкилотга газета учун мақола тайёрлашга бордим. Котибанинг рухсати билан раҳбарнинг хонасига киришим билан, "Бу ким бўлди?" дегандек, энсаси қотган бошлиқ:
-Келинг, ҳола, - деди.
Унинг бу мурожаатини эшитиб, мени келишим ёқмаганлигини тушундим.
Орадан вақт ўтиб, янада расмийроқ бир идорага бордим. Нима мақсадда, кимнинг олдига келганимни сўраб билгач, навбатчи ичкарига қўнғироқ қилиб хабар берди:
-Фалончи Фалончиевич, сизнинг олдизга “Қибрай садоси”дан бир ҳола келди...
Ҳайрон бўлдим, "Мен жиянимнинг уйига келдимикан?" деган ўй келди.
Эътироз билдиришингиз мумкин, "Хола" дейиш бизда ҳурмат белгисини англатади деб. Аммо бир расмий идора вакили сифатида иккинчи расмий идорага мурожаат асосида борса, ана шундай тарзда “ҳола” дея аташи қанчалик ўринли? Мени ҳурмат қилдими, ёки газетадан келганимни эшитиб, кейинги пайтда газеталарга муносабат ўзгаргани учун писанд қилгиси келмадими?!
Ҳалигача шу ўйларимга жавоб топа олмайман. Масъул вазифада ўтирган бу инсонлар оддий расмий муомала маданияти талабларидан наҳотки бехабарлар?
Нотўғри тушунманг, "Хола" дейишлари менга ёқмади эмас, шунчаки, мен жиянимни уйига илтимос билан бормагандим, расмий идорага расмий шахс сифатида киргандим.
Махлуба ҚОСИМОВА
Ijtimoiy yordam olish uchun nikohini bekor qildirgan shaxslarni aniqlash boshlanadi
Sohadagi tahlillar ehtiyojmand aholiga yaratib berilgan imtiyozlardan foydalanish maqsadida mas'ul tashkilotlarni chalg'itish orqali turmush o'rtog'i bilan nikohini bekor qildirgan shaxslarning ijtimoiy yordam olib kelayotganini ko'rsatmoqda.
Batafsil
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Dok-1 Maks» ishi bo'yicha sud hukmi e'lon qilindi:
➖Hindiston fuqarosi, «Quramax Medisal» MCHJ direktori Singh Ragvendra Pratar 20 yil;
➖Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariev 18 yil;
➖uning o'rinbosarlari bo'lgan Amirxon Azimov va Nodirbek Musaevga 16 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda o'tash belgilandi