Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan hafta va boshlangan kun fayzu barokat olib kelsin!
#Kun_hikmati
Kichik o'zgarishlar katta natijalarga olib keladi
Kuniga bir foiz o'zingizni o'zgartirsangix yil oxiriga borib natijalardan hayratda qolsangiz kerak.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
#Bilasizmi
Hisob-kitoblarga ko'ra, 2024 yil Baliq muchali kirib keladi
Muchal — yil hisobini yuritishning sharqona o‘ziga xos tizimi. Unga ko‘ra, har qaysi yangi yil 22 martdan boshlanadi hamda sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, baliq, ilon, ot, qo‘y, maymun, tovuq, it va to‘ng‘iz kabi o‘n ikki hayvondan birining nomi bilan ataladi. Shunga mutanosib ravishda har o‘n ikki yilda yangidan takrorlanadi.
Ba’zi qadimiy yozma manbalarga qaraganda, Muchal dastlab miloddan avvalgi III-II asrlarda yoxud Yunon - Baqtriya podsholigi davrida ko‘chmanchi chorvador xalqlar, ayrim dalillarga ko‘ra, misrliklar va xitoyliklar tomonidan joriyetilgan. Boshqa ma’lumotlar bo‘yicha esa, mazkur yil hisobi barcha turkiy, forsiy-qobuliy xalqlar, shuningdek, mo‘g‘ul, xitoy, tuva, oltoy, xakas, buryat, qalmoq va o‘zga millatu elatlar orasida qadimdan amalda bo‘lgan.
O‘tmishdoshlarimiz odamning yoshini, tug‘ilgan va vafot etgan vaqtini, tarixiy janglar va buyuk voqealarni, yil va fasllarning nechog‘li kelishini shu taqvim asosida “yil ag‘darib” aniqlashgan.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray\_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
😊 Bugungi kuningiz kechagi kuningizdan xayrli, fayzli, manfaatli va barakaliroq bo'lsin!
Kun davomida yaxshilik va yaxshilar hamrohingiz bo'lsin!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Toshkent_IES_60_yoshda
Ma'lumki, "Toshkent IES" AJning 3 ta minorasi bor. Bu minoralar Qibray va Toshkent shahridan ko'rinib turadi. Uni hazilomuz gohida stansiya "Titanigi" deyishadi.
Bu uchta minora aslida 12 ta (har biri to'rttadan) energobloklarga xizmat qiladi. Ularning bo'yi 120 metrdan, poydevorining asosi 8, 4 metrni tashkil etadi.
Birinchi minora 1-energoblok ishga tushirilgan 1963 yil 22 dekabrdayoq foydalanishga topshirilgan. Oxirgisi 1969 yil 23 dekabrda 9-energoblokni ishga tushirish arafasida qurilgan bo'lishi mumkin.
Manba
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
❗️Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari!
Viloyat boʻylab kuz-qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan MAXSUS SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz.
Shtab Milliy gvardiya qoʻmondoni nazorati ostida faoliyat koʻrsatadi. Unga viloyat IIBB, FVB va ijro hokimligining sohaga oid mutasaddi rahbarlari jalb etilgan.
Siz, quyidagi raqamlar orqali mavjud murojaatlaringizni bildirishingiz mumkin:
📌Uy-joy kommunal sohalarda +998 55 901 41 17;
📌Issiqlik manbai bo'yicha +998 55 901 41 27;
📌Elektr energiyasi bo'yicha +998 55 901 41 18;
📌Gaz taʼminoti bo'yicha +998 55 901 41 07;
📌Suv taʼminoti bo'yicha +998 70 202 51 24
Yoki barcha masalalar boʻyicha Call-markazning 1055 qisqa raqamiga hamda telegram manziliga xabar yuborishingiz mumkin.
Unutmang, shtabga yoʻllangan har bir murojaat eʼtiborda!
🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
#Bilib_oling
Yil oxiri va yangi yil boshida o'zbekistonliklar necha kun dam oladi?
Ish haftasining turidan qat'i nazar, barcha xodimlar joriy yil oxiri va yangi yil avvalida qatorasiga uch kun – 30-31 dekabr va 1 yanvar kunlari dam olishadi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Ob_havo
Dekabr oyi ikkinchi yarmiga dastlabki ob-havo prognozi e'lon qilindi
2023 yil 18-31 dekabr kunlariga O'zbekiston bo'yicha dastlabki ob-havo prognozi berildi.
19 dekabrda respublikaning shimolida va cho'l hududlarida, 20 dekabrda markaziy viloyatlarda va Farg'ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika bo'yicha ba'zi joylarda (1–2 kun) yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin.
"O'zgidromet" xabariga ko'ra, havo harorati 18 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 19–20 dekabrda kechasi –3...+2 daraja bo'ladi, kunduzi 0...+5 darajagacha ko'tariladi.
21–31 dekabrda harorat kechalari 0...+5 darajadan –3...–8 darajagacha, kunduz kunlari 0...+5 darajadan +7...+12 darajagacha, shimolda kechalari 0...–5 darajadan –10...–15 darajagacha, kunduz kunlari 0...+5 darajadan –2...–7 darajagacha o'zgarib turishi kutilmoqda.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
❄️ Olimlarning ta'kidlashicha, yer yuzini butkul qor qoplasa ham hech bir qor zarrasi boshqasiga o'xshamaydi.
Amerikalik tadqiqotchi olim Vilson Bentley 50 yil davomida olib borgan kuzatishlari natijasida 1985 yil shunday xulosaga keldi. Qor zarrasini suratga tushirishni san'at darajasiga ko'targan olim umrining yarmini shu ishga sarf etdi.
Har bir qor zarrasi osmondan tushgan mukammal san'at asaridir. Ana shu bir dona qor zarrasining o'ziyoq inson zotiga Buyuk Yaratuvchini tanishga kifoya qiladi. "Ya'ni, albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir" (Nahl surasi, 11-oyat).
@qibray_sadosi
Хонадонда электр ускуналаридан ортиқча фойдаланганда автоматик тарзда ўчириб қўйиш амалиёти вақтинча тўхтатилди
Айни пайтда ижтимоий тармоқларда соатига 4,5 киловатт соатдан ортиқча электр энергияси ишлатган хонадон электр таъминотидан узилиши ҳақида тасдиқланмаган хабарлар эълон қилиняпти.
Хўш, бу гап қаердан чиқди ўзи?
Маълумки, Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 12 январдаги 22-сонли қарори билан қабул қилинган Қоидаларнинг 63-4-бандига асосан, истеъмол қилинадиган электр энергиясидан оқилона фойдаланиш мақсадида маиший истеъмолчиларнинг электр энергияси истеъмоли юклама орқали чегараланиши, бунда “Ҳудудий электр тармоқлари” АЖ томонидан электр энергиясини назорат қилиш ҳамда ҳисобга олишнинг автоматлаштирилган тизими доирасида истеъмолчиларга эҳтиёжлари учун зарур бўлган қурилмаларнинг минимал қувватидан ва жойлашган ҳудудидан келиб чиқиб, ҳисоблагич орқали 10 – 15 кВт қувват доирасида чеклов киритилиши кўзда тутилган.
Демак, соатига 4,5 киловатт соат деган гап шу банднинг нотўғри талқини бўлмоқда.
Шуни алоҳида таъкидлаш керакки, бу амалиёт истеъмол юқори бўлган жойларда қўлланилади ва истеъмолчи ортиқча ускуналарни ўчириб, кучланишни белгиланган меъёрдан камайтирса, ҳисоблагич узоғи билан 15 дақиқа ичида автоматик равишда ёнади.
Бироқ ҳаво ҳароратининг совуқ кунларида истеъмолчиларни қўллаб-қувватлаш мақсадида бу норма вақтинча бекор қилинди.
Яъни, хонадон эгаси электр энергиясидан белгиланган меъёрдан ортиқча фойдаланганда, ҳисоблагич автоматик тарзда ўчириб қўйилмайди.
Ҳурматли истеъмолчилар, кераксиз, ортиқча электр ускуналардан имкон қадар фойдаланмасликларингизни, электр энергиясини тежашларингизни ва беҳуда ёниб ётган қувватларни ўчириб қўйишларингизни сўраймиз.
Ёдда тутинг: агар хонадонингизда электр токи ортиқча юклама билан ўчган бўлса, юкламани камайтирганингиздан сўнг электр таъминоти 10 – 15 дақиқа орасида автоматик равишда тикланади.
P.S. Дарвоқе, сиз соатига 15 кВт ишлатиш учун қанча электр ускуналари ёниб туриши кераклигини биласизми?
Масалан, 15 кВт соат электр энергияси сарфлаш учун бир вақтнинг ўзида бир соат давомида 6 та музлаткич, ўртача 1,5 кВт қувватли 3 та кондиционер ва 3 та электр печи ёниқ туриши керак.
3 та телевизор ҳамда 20 та лампочканинг истеъмол ҳажми, нари борса, 1,5-2 кВт соат бўлиши мумкин холос.
Шундай экан, 98 фоиз аҳолининг хавотир олишига мутлақо ўрин йўқ.
Энергетика вазирлиги Ахборот хизмати.
📱 @press_secretary_minenergy
Ayni paytdagi sovuq harorat anomal darajada emas, -- dedi mutaxassis
O'zbekistonga sovuq havo massasi to'liq kirib keldi. Bu haqda “O'zgidromet” bo'lim boshlig'i Humoyun Mag'ripov ma'lum qildi.
Mutaxassisning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan havo juda sovib ketarkan, degan gaplar noto'g'ri.
“Chunki shimoliy va janubiy hududlar orasida katta tafovutlar mavjud. Harorat -20 darajaga tushib ketarkan, degan gaplar faqatgina O'zbekistonning shimoli-g'arbiy hududlari, ya'ni Qoraqalpog'iston, Navoiy viloyatining shimoliy hududlarida kuzatilishi mumkin.
Humoyun Mag'ripovning ta'kidlashicha, ayni paytdagi sovuq harorat anomal darajada emas.
Anomal sovuqning o'z ta'rifi bor. Bu o'rtacha kunlik haroratdan 7 daraja past harorat kuzatilsa va bu holat ketma-ket 5 kun davom etsa, anomal sovuq deb ataladi. Hozir esa hech qanday vahimaga o'rin yo'q. Bu anomal sovuq emas, oddiy qish fasli.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Yangi kun, yangi oy va yangi qor muborak bo'lsin!
#Kun_hikmati
Qodir bo'lganingizdan ko'ra yaxshiroq harakat qiling.
Muvaffaqiyat yanada kuchli muvaffaqiyatni olib keladi. Muvaffaqiyatlardan rohatlaning! Mukammallashishni sevadigan insonlar bilan ishlang!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
#Kun_hikmati
Ortga o'girilib vaqtingni zoe qilmang!
Chunki siz u tarafga hech qachon yurmaysiz!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
#Ob_havo
Rossiyaning deyarli to'liq qismi, Yevropaning qariyib 60% qismi to'liq qor bilan qoplangan.
❄️ Moskvada so'ngi 60 yillikdagi eng kuchli qor bo'ronlari va baland qor qoplami hosil bo'lishi kuzatilmoqda.
Bizda esa, haftaning birinchi yarmi juda iliq, ikkinchi yarmi biroz bulutli havo bo'lishi kutilmoqda.
💨 O'zgidrometga ko'ra, 7-dekabrdan shimolda, 8-dekabrdan respublikaning boshqa hududlarida harorat hozirgidan biroz pasayib boradi.
🌤 5-6 dekabrь kunlari tun va kunduzi harorat juda yuqori saqlanadi. Ushbu kunlari o'rtacha sutkalik harorat iqlimiy me'yordan 5-7 daraja yuqori bo'ladi. Bu, mavsumga xos bo'lmagan yuqori issiqlik degani.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#тарих
1933 ЙИЛ 1 ДЕКАБР - ҚИБРАЙ ТУМАНИ ТАШКИЛ ЭТИЛГАН КУН
ҚИБРАЙ ТУМАНИ ТАШКИЛ ЭТИЛГАНИГА 90 ЙИЛ ТЎЛДИ
Қибрай тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати шу муносабат билан ажойиб видеолавҳа тайёрлади.
Томоша қилинг!
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
Қибрай тумани муассислигидаги "Qibray sadosi" газетасининг 2023 йил 1 декабрь сони нашрдан чиқди.
❗️ Ушбу сон Қибрай тумани ташкил этилганлигининг 90 йиллигига бағишланди:
▶️ Қут-барака ёғилган замин
▶️ Мамлакатимиз тарихида чуқур из қолдирган қибрайликлар
✅ Боғбонлар пири эди
✅ Жарроҳ, сенатор, Ўзбекистон қаҳрамони
✅ Сафардан қолса ҳам назардан қолмаган ҳофиз
▶️ Қибрайни нега "Қибрай" деймиз
▶️ Бу йўллар кўп қадим йўллар ...
▶️ Мустаҳкам оила - жамият таянчи
▶️ Сургун (давомли қисса)
▶️ Энг яхши ҳоким ёрдамчиси Уймовутда
Сарлавҳали мақолалар билан танишишингиз мумкин
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
YANA MUCHALLAR HAQIDA:
RIVOYATDAN HAQIQAT SARI
Rivoyat: qadimgi odamlar Muchalni o‘ylab topib, unga kiritilgan o‘n ikki yilning har biriga biror jonivor nomini qo‘ymoqchi bo‘libdilar. Ayni maqsadda hamma turdagi hayvonlarga daryo bo‘yiga to‘planishni buyuribdilar. Shuning barobarida “Qaysi biringiz oldin ko‘rinsangiz, muchalning dastlabki yili sizning nomingiz bilan ataladi”, deb e’lon qilibdilar. Bu xabardan ogoh topgan daroz bo‘yli tuya o‘zida yo‘q quvonib ketibdi. ”Birinchi yilga baribir mening nomim loyiq qo‘riladi” degan xomxayolga borib, bo‘ynini g‘urur ila olg‘a cho‘zgancha, lo‘killab yo‘lga tushibdi.
Hayvonlarning eng mittisi sichqon boyaqish bundoq qarasa, boshqa mahluqlar oyog‘i ostida qolib ketib, hakamlar nazariga tushmasligi tayin. Shunda u o‘zi uchun nihoyatda foydali aqlli bir ish qilibdi. Chaqqon sakrab, yonidan o‘tib borayotgan tuyaning ustiga chiqibdi-da, uning qulog‘i uchiga o‘tirib olibdi. Qarabsizki, hayvonlar aytilgan manzilga yaqinlashganlarida hammadan ilgari sichqon ko‘zga tashlanibdi. Shartga binoan, muchalning birinchi yiliga uning nomi berilibdi. Bo‘yiga ishongan laqma tuya esa yildan quruq qolibdi.
Hulosa:
Albatta, bu naqlning ma’joziy ma’nosi ham bor. Ayrim kishilar qilday amalga o‘tirsa, bamisoli filday aqlga ega chiqqanday, manmanlikka berilib, yon-atrofidagilarni mensimay qo‘yadilar. Ayrimlari o‘z o‘tkinchi mol-dunyosi yoki soxta obro‘-e’tiboriga mahliyo bo‘lib, “Falon narsa menga tegmay, kimga tegardi?” yoki “Piston joyga mendan bo‘lak kim ham aytilardi?” deya katta ketadilar.Alqissa, amalda teskarisi bo‘ladi. Ular o‘sha joyga aytilmaydilar yoki beriladigan narsadan quruq qoladilar.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray\_sadosi
🎄 O'zbekistonning asosiy Yangi yil archasi “Hyatt Regency” mehmonxonasi oldida o'rnatiladi
Mehmonxona oldidagi maydonda 28 dekabr – 8 yanvar kunlari bayram tadbirlari o'tkaziladi.
Poytaxtda yana 17 joyda bayram tadbirlari o'tkaziladi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Bilib_oling
Ayni kunda shamollashlar, turli virusli kasalliklar ko'payib qolgan. Shunday paytda foydali ichimliklarni ko'proq iste'mol qiling!
✅ Foydali ichimliklar
🔹 Mineral suv bilan issiq sut. Agar sizni yo'tal qiynasa, ishqorli suv bilan issiq sut tayyorlang (Borjomi). Bu ichimlik balg'amni chiqarishga yordam beradi.
🔹 Sarimsoq bilan sut. Ushbu favqulodda vosita bir kechada oyoqqa turishingizga yordam beradi. Iliq sutga 10 tomchi sarimsoq sharbati qo'shing va kechasi iching.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Mutolaa
6 daqiqa kitob o'qish stressni 68% ga kamaytiradi
Buyuk Britaniyadagi Sasseks universiteti olimlari o'qish stress darajasini 68 foizga kamaytirishi mumkinligini aniqlashdi.
✅ Bu musiqa tinglash yoki yurishdan ham ko'proq yordam beradi.
❗️ Bunday qisqa vaqt ichida gazeta yoki kitoblarni o'qish yurak tezligini sekinlashtirish va mushaklarning kuchlanishini kamaytirish uchun etarli.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Qozog'istonda sovuqda yo'lda qolgan O'zbekiston fuqarolariga yordam berildi
Sovuqdan qutqarilgan shaxslar turar joy va issiq ovqat bilan ta'minlandi. Ularning avtobusi Qarag'andi-Astana yo'lida qolib ketgan edi, deb xabar berdi Kazinform.
Politsiyachilar Temirtau tashqarisidagi pullik terminalda yo'lovchilar bilan to'xtab qolgan avtobusni payqab qolishadi. Janubiy hududdan Astana shahriga ketayotgan 20 nafar O'zbekiston fuqarosi bo'lgan yo'nalish avtobusi yo'l yopiqligi sababli to'xtashga majbur bo'lgan. Ular yakshanba kuni yo'lga chiqqan.
Balqashda qattiq ayoz tufayli bir kun to'xtashga majbur bo'lishgan va butun vaqtini avtobusda o'tkazishgan. Seshanba kuni harakatni davom ettirishgan, lekin qattiq sovuq tufayli yana Temirtaudan tashqarida to'xtab qolishgan.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Hozirgi kunda energiya resurslarini tejash har birimizning vazifamizdir!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Yangi kun muborak bo'lsin!
#Kun_hikmati
Bilim odamning ijodiy maqsadlariga xizmat etmog'i lozim. Bilim orttirishning o'zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
“Metan zapravka”larga qo'shimcha cheklovlar kiritildi
13 dekabrdan Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatida qo'shimcha cheklovlar kiritildi.
O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 12:00 gacha qisqartirildi. Avvalroq ular 15:00 ga qadar ishlashi bildirilgandi.
Hozirgi vaqtda 1179 tadan 547 ta “metan zapravka” ishlamoqda - Hududgazta'minot
Batafsil
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Bu_qiziq
O'zbekiston hududiga 6-dekabrdan boshlab sovuq havo oqimining kirib kelishi tendensiyasi hamda respublika hududidan 15-dekabrda chiqib ketish jarayoni.
❗️ Bu O'zgidromet tomonidan taqdim etilgan arktik sovuq havo oqimining prognoz animatsiya videosi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Xayrli kun!
#Kun_hikmati
Yoqtirgan ishingni qilishing – bu erkinlik. Qilayotgan ishingni yoqtirishing – bu baxt.
✍🏻 Frank Tayger
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
#Yashil_belbog`
2023 yil 31 may kuni prezident tomonidan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmon imzolangan. Ushbu farmonga asosan, 2023 yil 1 sentyabrdan har bir yirik sanoat korxonasi o'zi va tutash hududlarida vazirlik bilan kelishilgan loyiha asosida 3 yil davomida “yashil belbog'”lar barpo etishi lozim.
Shu munosabat bilan "Toshkent IES" AJning obodonlashtirish guruhi tomonidan 45-sonli ob'ektlarda yong'in havfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo'linmasiga hamda Qibray tumanida joylashgan harbiy qismlarga "Yashil belbog'" loyihasini amalga oshirish uchun ming to'p ko'chatlar berildi. Ayni kunda manzarali va mevali daraxtlar agrotexnik qoidalar asosida ekilib, parvarishlar ishlari boshlab yuborildi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
#Bilgan_foyda
Navoiy viloyatida O'rta Osiyoda eng yirik shamol generatorlari qad ko'tarmoqda.
Navoiyda bir nechta shamol trubinalaridan iborat umumiy quvvati 500 MVt bo'lgan yashil generatsiya barpo etish ishlari jadal davom ettirilmoqda.
Mazkur shamol generatsiyasi kelgusida 0.5 mln xonadonni tok bilan ta'minlash, 1.1 mln tonna yoqilg'i resurslarini iqtisod qilinishiga olib keladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Kun_hikmati
Raqobat juda kuchli bo'lgan bu zamonda, siz boshqalardan oldinda ketishingizni yagona yo'li bor. U esa, yangi texnologiyalarni hamma raqobatchilaringizdan tezroq o'rganishingizdir.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Qutlov
Қибрай тумани ва “Қибрай садоси” 1933 йилда ташкил топган бўлиб, бу йил шонли 90 йиллигини нишонламоқда.
Ҳар қандай юбилей, сана, орқада қолган йилларга бир назар ташлаб қўйишни, бирга ишлаган дўст-биродар, касбдошлар, туман фаолларини эслашни талаб этади...
Бугун биз туман раҳбарлари бўлган Каромат Тошпўлатова, Қамара Маҳкамова, Нурмат Қирғизбоев, Пўлат Юсупов, Ёқуб Пўлатов, Сайфулла Сайдалиев, Гулсора Миразимова, Абдусамад Носиров, Акбарали Йўлчиев, Мирзамашраб Куччиев, Саидхўжа Тошхўжаев, Шокир Икромов, Неъмат Муҳамедов ва бошқаларни ҳурмат билан эслаймиз.
“Қибрай садоси” газетасига турли йилларда Бош муҳаррир бўлган Рўзимат Даминов, Умарали Ниёзов, Зокир Исроилов, Раҳим Убайдуллаев, Тўлқин Ҳакимов, Абдулҳамид Фозилов, Гулнора Аҳмедова ва бошқаларни ҳурмат билан эсга оламиз.
Барча Қибрай аҳлини, шу заминдан чиққан қаламкашлар, хусусан журналистларни шонли 90 йиллигимиз билан муборакбод этамиз.
Носир ТОИРОВ,
Ўзбекистон Журналистлар
уюшмаси аъзоси
@qibray_sadosi
Norma.uz portali 2023 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o'zgarishlar sharhini taqdim etadi.
🔹 Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
🔸 Aholi va tadbirkorlik sub'ektlaridan 47 turdagi ma'lumotlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Tegishli ma'lumotlarni «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida raqamli shaklda olish mumkin.
🔹 Olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutasi miqdori oshirilmoqda
🔸 Zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi
🔹 Sport maktablarga qabul davlat xizmatlari markazi va YAIDXP orqali amalga oshiriladi.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi