Assalomu alaykum, azizlar!
Har bir kunigiz fayzu barokatga to'lsin!
#Kun_hikmati
❗️ O'zimizni yo'qotganimizdan keyingina qidirishni boshlaymiz...
Darveshga «Hamma narsamdan ayrilayotgandek his qilyapman o'zimni. Yuragim xotirjam emas», dedi bir kishi.
Darvesh javob berdi: - Daraxtlarga qara, har yili yaproqlarini yo'qotadilar, lekin hamon tik oyoqda turishibdi. Sen sabr qil, shukr qil va duo qil!...
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Har bir kuningiz fayzu barokatga to'lsin!
#Kun_hikmati
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
✍🏻 Abu Rayxon Beruniy
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Muhim_xabarlar
🔹 O'zbekistonlik maktab direktorlari Buyuk Britaniyada kasbiy rivojlanish dasturida ishtirok etmoqda
🔸 O'zbekiston 2023 yil grin-karta orqali viza olishda dunyoda 7-o'rinni egalladi
🔹 Pensiyalar eng kam miqdori eng kam iste'mol xarajatlaridan oz bo'lishi mumkin emasligi belgilanadi
🔸 Qoidabuzar haydovchilarning jarima ballari 1 yil davomida 12 balldan oshgan hollarda ular transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
🔹 Toshkent viloyati tog'li Bo'stonliq tumani Oqtosh massivida bodom gullabdi. Noyabrь oyi davomida yuqori issiqlik to'lqinlari daraxtlar tanasiga issiqlik stressini ulashishda davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Bilgan_foyda
⚡️ Qishda elektr energiyasini tejash bo'yicha 10 ta maslahat
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Тарих
ҚУТ-БАРАКА ЁҒИЛГАН ЗАМИН
( Қибрай тумани ташкил этилганлигининг 90 йиллигига бағишланади)
Қибрай тумани – Тошкент вилоятининг салоҳияти баланд туманларидан бири ҳисобланади. У 1933 йил 1 декабрда ташкил этилган (1933–91 йилларда Оржоникидзе тумани, 1991 йилдан Қибрай тумани). 1962 йил 24 декабрда Калинин (ҳозирги Занги ота) тумани билан бирлаштирилди. 1964 йил 31 декабрда қайтадан тузилди.
Ватан – бу халқнинг ўтмиши, бугуни ва келажагидир. Ватанни севиш унинг тарихини ўрганишдан бошланади. Зеро,
ўз киндик қони тўкилган, ота-боболари хоки ётган она юртни дунёда тенгсиз, муқаддас Ватан, деб биладиган одамнинг
мақсад-муддаолари аниқ, ғурур ва ифтихори юксак бўлади.
Ҳар бир жойнинг узоқми-қисқами, ўзига яраша тарихи бор.
Бу жиҳатдан олганда, қибрай туманининг тарихий жуда бой ва ҳавас қилса арзигудек. Аксарият қибрайликларнинг фотоальбомлари бор. Булар ҳаммаси тарих. Уларда яқин ўтмишимиз муҳрланиб қолган.
❗️ Ана шундай суратларни бизга юборинг!
✅ Сизлардан фотоальбомларингиздаги суратлардан кутиб қоламиз.
ТАРИХИМИЗНИ БИРГА ЭСЛАЙМИЗ!
⏩ Қуйидаги эски суратда (1980 йил) эса
туманимизда меҳнат қилган кўплаб фаоллар акс этган. Ҳар
бирлари ҳақида китоб ёзса арзийди...
Bizni kuzatishda davom eting:
@qibraysados
#Qisqa_habarlar
🔹 Toshkent viloyatining ob-havo ma'lumoti e'lon qilindi. Havo o'zgarib turadi, 27-28 noyabrda yog'ingarchilik kutilmaydi, 29 noyabrda ba'zi joylarda yomg'ir yog'ishi mumkin.
🔸 O'zbekiston va Qozog'iston Yevropaga elektr energiyasi yetkazib berish bo'yicha «yashil» yo'lakka qo'shilmoqchi. Elektr ta'minoti Kaspiy - Qora dengiz - Yevropa yo'nalishi bo'ylab amalga oshiriladi.
🔹 Toshkent shahrida «aqlli» bekatlar quriladi. Shuningdek, avtomobillar uchun pulli to'xtash joylari va elektr transport vositalarini quvvatlantirish joylari sinov tariqasida tashkil qilinadi.
🔸 So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarga ko'ra, O'zbekistonda sug'oriladigan yerlarning qariyb 53 foizi turli darajada sho'rlangan.
🔹 Evroittifoqning sanksiyalar bo'yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 29-30 noyabr kunlari Toshkentga keladi. Tashrifdan maqsad – Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi qo'llayotgan sanksiyalari bo'yicha konstruktiv muloqot o'tkazish.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Dayjest
🔹 Toshkentda yerusti metrosi ostida savdo va maishiy xizmat ko'rsatish binolari quriladi
🔸 23 noyabr kuni O'zbekistonda bir kunda besh marta yer qimirladi. Surxondaryo viloyatida 4 marta va Samarqand viloyatida bir marta zilzila kuzatildi.
🔹 Afruza Hamdamova – Italiyada o'tayotgan shaxmat bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida o'zbekistonlik shaxmatchi qizlar o'rtasida mamlakatimiz tarixidagi ilk chempionga aylandi.
🔸 Xitoyda bolalar orasida yangi noma'lum virus tarqaldi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan sirli respirator kasallik epidemiyasi haqida ma'lumot berishni so'radi.
🔹Chalkash dunyoga ravshanlik olib kirayotgan fotojurnalistlar. Time 2023 yilning eng ta'sirli suratlarini e'lon qildi /
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Tadbir
YONG'IN XAVFSIZLIGI OYLIGI DAVOM ETMOQDA
Ma'lumki, yurtimiz bo'ylab joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar “Yong'in xavfsizligi oyligi” o'tkazilmoqda.
Shu maqsadda “Toshkent IES” Ajda 45- OYOXTTEB yong'in nazorati va profilaktika inspektorlari tomonidan korxona ishchi va xodimlari o'rtasida profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.
"Toshkent IES" AJ Matbuot xizmati
Batafsil: 👉 Бу ерда
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
"Xalq Konstitutitsiyasini o'rganamiz"
Avval xabar berilganidek, Prezident farmoyishi bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish dasturi tasdiqlandi.
Shu kunga qadar, "Xalq Konstitutitsiyasini o'rganamiz" rukni asosida postlar tayyorlab kelmoqdamiz. Shunga asosan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning asosiy mazmun va mohiyati haqidagi postlarimizni davom ettiramiz.
✅ Yangi tahrirdagi konstitutsiyada davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi yondashuv va faoliyat tamoyillari tubdan o'zgartirildi. Yangi O'zbekistonda o'zaro munosabatlarning asosi sifatida “davlat-jamiyat-inson” tamoyili o'rniga “inson-jamiyat-davlat” g'oyasini asos qilib qo'yildi.
✅ Ta'kidlash joizki, Konstitutsiya 1992 yilda qabul qilinganidan buyon unga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalarning deyarli barchasi asosan davlat va jamiyat qurilishi, jumladan Prezident, Parlament, Hukumat faoliyati, saylov tizimi va boshqalarga taalluqli bo'lgan.
✅ Yangi tahrirdagi Konstitutsiya normalarining yarmidan ko'pi insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish va mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.
✅ Konstitutsiyada aholining barcha qatlamlari manfaatlari aks ettirilganligini inobatga olib, har bir O'zbekiston fuqarosi ishonch bilan “Bu mening Konstitutsiyam” deb ayta oladi deyish uchun barcha asoslar mavjud.
✅ Asosiy qonun mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi
Assalomu alaykum!
Kunni qanday boshlasak, ana shunday davom etadi. Go'zal bir kun yaxshi kayfiyatda boshlang qadrdonim!
#Kun_hikmati
Muvaffaqiyat uchun hech qanday sir yo'q. Bu tayyorgarlik, mashaqqatli mehnat va muvaffaqiyatsizlikdan o'rganish natijasidir.
✍🏻 Kolin Povell
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Bilib_oling
Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilgan turfirmalar ro'yxati e'lon qilindi
Ro'yxatga jami 34 ta kompaniya kiritilgan.
Umra ziyoratini tashkil etish uchun litsenziyaga ega turoperatorlar ro'yxati – bu yerda
👉 https://umra.uzbektourism.uz/uz/umrahratings?page=1
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
O'zbekiston 11 ta xalqaro reytingda o'z o'rnini yangiladi
2022 yilda O'zbekiston 2021 yilda e'lon qilingan va o'zi uchun ustuvor deb bilgan jami 19 xalqaro reytingdan 11 tasida o'z pozitsiyasini yaxshiladi.
➖2022 yilda Global innovatsiyalar indeksida o'z o'rnini 4 pog'onaga ko'tarib, 132 davlat orasida 82-o'ringa chiqdi;
➖Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksida 5 pog'onaga ko'tarib, 154 davlat orasida 89-o'rinda;
➖Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida 18 pog'ona yaxshilab, 193 davlat ichida 69-o'rinni egalladi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
#Dayjest
🔹 Bugun 20 noyabrь - Butunjahon bolalar kuni.
🔸 O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, taniqli suxandon O'tkir Siddiqov 78 yoshida hayotdan ko'z yumdi.
🔹 Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi jamoasi Bo'stonliq tumanida bodom, sadaqayrag'och, eman, qrim qarag'ayi singari daraxt ko'chatlarini ekishdi.
🔸 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi
🔹 “Navoiyuran” va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” 65 yillik yubileyi nishonlandi.
🔸 Ayollarga avtobus haydovchisi sifatida ishlash uchun huquqiy asos yaratish rejalashtirilmoqda.
🔹 Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy viloyatlarida imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan ko'mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
🔸 So'rov: G'azodagi urush fonida Baydenning reytingi rekord darajada tushib ketdi
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
Prezident farmoyishi bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, jumladan:
▶️ tuman va shahar markazlarida “Konstitutsiya ko'chasi” tashkil etiladi;
▶️ jurnalist va blogerlar o'rtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi o'tkaziladi;
▶️ yangi tahrirdagi Konstitutsiya 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etiladi;
▶️ Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga bag'ishlangan arxiv hujjatlari ko'rgazmasi tashkil etiladi;
▶️ davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;
▶️ maktab o'quvchilari o'rtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagim mash'ali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi o'tkaziladi
👉 @qibray_sadosi
18 noyabrь – O'zbekiston Respublikasining “Davlat
bayrog'i to'g'risida”gi qonuni qabul qilingan kun
Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug' sanaladi. Chunki u xalqning o'tmishi, buguni va kelajagini o'zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.
🇺🇿 Bayroqdagi moviy rang – uning ostida barcha millatlar turli xil xavf-xatarlardan xoli, emin-erkin holda ahil-inoq yashab kelayotgan musaffo osmonimiz hamda obi hayot ramzidir.
🇺🇿 Bayroqdagi oq rang – davlatimiz fuqarolarining o'zaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bag'rikenglik tamoyillari asosida tinch-totuv yashayotganining timsoli.
🇺🇿 Yashil rang esa tabiatning yangilanishi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligi ramzidir. Bu rang ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
🇺🇿 Qizil chiziqlar davlatimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yo'lida o'zaro hamjihatlik bilan hormay-tolmay mehnat qilayotgan yurt farzandlarining vujudida oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
▶️@qibray_sadosi
#Muhim_xabarlar
🔹 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev BАА Prezidentining taklifiga binoan 30 noyabr– 2 dekabr kunlari BМТning Iqlim o'zgarishi masalalari bo'yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubay shahrida bo'ladi.
🔸 O'zgidromet dekabr oyi uchun kutilayotgan uzoq muddatli ob-havo prognozini e'lon qildi. Dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, dekabr oyi sovuq bo'lmaydi. O'rtacha oylik harorat me'yordan yuqori, ba'zi hududlarda me'yor atrofida bo'lishi kutilmoqda.
🔹 Avtomobil uchun ishonchnoma elektron shaklda beriladi. Ishonchnoma ariza beruvchining xohishiga ko'ra 1 oy, 6 oy va 3 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
🔸 Suv xo'jaligida «kanallarni betonlash bo'yicha zarbdor yil» e'lon qilindi. 2024 yilda 1,5 ming km, ya'ni bu yilgiga nisbatan 4 barobar ko'p kanallarni betonlash vazifasi belgilandi.
🔹 Bugun, 30-noyabr, Butunjahon uy hayvonlari kuni nishonlanadi, deb ta'kidlashmoqda ayrim kanallar.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Moziyga_nazar
Sobiq Ittifoq davrida ota-bobolarimiz elektr energiyasini "Ilich chiroqlari" deb ataganlarini eshitganmiz.
Elektr energiyasi bilan yoritish Rossiyaga ancha oldin - 1890 yillarda boshlanadi.
Suratda: 1896 yilda Nikolay II ning toj kiyish marosimiga tayyorgarlik munosabati bilan Kremlni elektr chiroqlari bilan yoritilishi.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Kun_hikmati
Bizni qilgan xatoimiz uchun urishadilar
Tomas Edison mingdan ortiq omadsiz tajribalardan keyingina lampochkani ixtiro qildi.
Aslida xato qilishdan yoki omadsizlikdan qo'rqish kerakmas.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Kuningiz xayrli va fayzu barokatli o'tsin!
#Kun_hikmati
“Umidsizlik — eng katta muvaffaqiyatsizlik. Agar taslim bo'lmasangiz, sizda yana imkoniyatlar mavjud bo'ladi”
✍🏻 Jek Ma, “Alibaba Grup” asoschisi
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
“Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси асосида атроф-муҳитни салбий оқибатлардан асраш учун ниҳоллар ўтказиш, уларни парваришлаш бобида “Тошкент ИЭС”АЖ да ҳам амалий ишлар олиб борилмоқда.
Хусусан, ўтган 2022 йилда корхона ва кўп қаватли уйлар, маҳаллалардаги бўш турган ҳудудларга экилган 5 885 туп кўчатлар алоҳида парваришга олинган.
Айни кунда ҳам ободонлаштириш гуруҳи томонидан кузги ниҳоллар экиш ишлари якунланмоқда.
Шу кунгача 6447 туп павлония, қарағай, ёнғоқ, бодом, олма, гилос сингари мевали ва манзарали кўчатлар агротехника қоидалари асосида экилиб, уларнинг парваришлаш бошлаб юборилди.
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Har bir kun siz uchun berigan imkoniyat!
#Kun_xikmati
Qurolingni ilmdan yasa.
✍🏻 Moturidiy
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
#Билган_фойда
💊 Дори воситаларини тўғри қабул қилиш "санъати"!
⏰ Агар препарат кунига бир марта буюрилган бўлса, унда Сиз дори воситасини куннинг исталган вақтида эмас, балки бир вақтнинг ўзида қабул қилишингиз керак.
⏳ Агар препаратни кунига икки марта қабул қилиш буюрилган бўлса, унда дозалар орасидаги интервал 12 соатга тенг бўлиши керак (масалан, эрталаб соат 8 да ва кечқурун 20:00 да).
⏰ Агар препаратни кунига уч марта қабул қилиш буюрилган бўлса, унда дозалар орасидаги интервал 8 соатгача қисқартирилади (масалан, соат 6.00 да, 14.00 да ва 20.00 да).
❗️ Дори воситаларини қабул қилишда албатта шифокор кўрсатмасига қатъий амал қилиш зарур!
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Har bir kuningiz fayzu barokatga to'lsin!
#Kun_hikmati
Sodiq bo'lmoq kerak: so'zga, majburiyatlarga, boshqalarga, o'ziga sodiqlik. Shunday bo'lish lozimki, sizni eslaganda g'azablanishmasin.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️▶️@qibray_sadosi
#Dayjest
🔹 Yo'l bo'yida joylashgan maktablar oldida maxsus foto-video qayd etish vositalari o'rnatiladi
🔸 Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari O'zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
🔹 Daraxtlarni kesganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi
🔸 Qonunchilikka ko'ra, 2023 yil 1dekabrdan Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi
🔹 Isroil va HAMAS 4 kunlik sulh haqida kelishib oldi
Bizni kuzatishda davom eting:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Kun fayzu tarovati yor bo'lsin!
#Hikmatlar_xazinasi
Ilmni fursat bo'lganda o'rganish kerak, chunki ilm zarur bo'lgan paytda fursat topilmaydi.
Abdulloh ibn Mas'ud
▶️ @qibray_sadosi
Obyektivda – Ulug‘bek Azimov
– Elektr sexi stansiyamizdagi eng yirik sexlardan hisoblanadi, – deydi #Bizningqahramonlar loyihamizning bugungi mehmoni, “Toshkent IES” AJ elektr sexi taqsimlash qurilmalari va elektrik mashinalarini ta’mirlash bo‘yicha ustasi Ulug‘bek Azimov.
Batafsil
———————————
В Объективе – Улуғбек Азимов
– Электрический цех - один из крупнейших на нашей станции, - говорит сегодняшний гость проекта #Нашигерои, мастер по ремонту распределительных устройств и электрических машин электрического цеха АО «Ташкентская ТЭС» Улугбек Азимов.
Подробнее
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter
#Bilib_oling
Jismoniy shaxslarga daromad solig'idan imtiyoz olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi
Hukumat qaroriga ko'ra, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha imtiyozga ega bo'lish uchun my.gov.uz orqali so'rovnoma to'ldirib, zarur hujjatlarni ilova qilish kerak bo'ladi. Bu bilan ta'lim to'lovlari uchun daromad solig'ini qaytarib olish osonlashyapti.
Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
❗️ Eslatma:
Ota-onalar oliy o'quv yurtlari yoki nodavlat maktab va bog'chalarda o'qiydigan farzandlariga ta'lim to'lovlarini o'z oylik ish haqlaridan to'lab bersalar, 12 foiz daromad solig'ini qaytarib olishlari mumkin. Bu o'zi ishlab o'z kontraktini to'lagan talabalar va turmush o'rtog'i uchun kontrakt to'laganlarga ham amal qiladi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan xafta fayzu barokatlarga to'lsin!
#Kun_hikmati
Sifat -bu hech kim qaramay turganida ham biron ishni to'g'ri qilish.
✍🏻 Genri Ford
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
#Tadbir
18 noyabr – O'zbekiston Respublikasi "Davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonuni qabul qilingan kun munosabati bilan "Toshkent IES" AJda tadbir o'tkazildi.
Korxona kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda milliy ramzimiz - bayrog'imiz faxrimiz, or-nomusimiz ekanligi haqida so'z yuritildi.
Bugun Vatanimiz jahonga yangilanayotgan O'zbekiston sifatida o'zini namoyon etmoqda. Vatan bayrog'i esa uning betakror timsoliga, mardlik va vatanparvarlik, jasorat va matonat, hurlik, ezgulik, baxtu saodat ramziga aylangani aniq!
Shu bayroq orqali O'zbekistonimizga hurmat-ehtirom, sadoqat, mehr-muhabbat unib kelayotgan o'g'il-qizlar ongu-shuuriga singdirib borilmoqda.
Farzandlarimiz o'z taqdirini, umrini, kelajagini Vatan taqdiri bilan uzviy bog'lab, baxtu istiqbolini O'zbekiston bilan uyg'un ko'rmoqda.
Tadbir ishtirokchilari ana shunday fikr-mulohazalarini bildirish bilan birga yurtimizda kechayotgan islohotlarga, ijobiy o'zgarishlarga befarq emasliklarini bildirdilar.
Assalomu alaykum, azizlar!
Kun fayzu tarovati yor bo'lsin!
#Hikmatlar_xazinasi
Ilmni fursat bo'lganda o'rganish kerak, chunki ilm zarur bo'lgan paytda fursat topilmaydi.
Abdulloh ibn Mas'ud
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi