#Ob_havo
Bugun joylarda havo harorati +37 darajagacha yuqori ko'tariladi.
Yog'ingarchilik kutilmaydi. Hatto tog'larda ham harorat +27 darajagacha qiziydi.
O'zgidromet
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Payshanba kuningiz fayzu barokatga to'lsin!
#Kun_hikmati
- Yashayapsizmi? Hayotni qadriga yeting!
- Charchadingizmi? Tabiat qo'yniga chiqib dam oling, tafakkur qiling!
- Yiqildingizmi? Allohdan sabr va kuch so'rab, turing o'rningizdan!
- Sizni qadrlamasalar, xafa bo'lmang, qadr ham so'ramang!
- Sizni sotsalar, kechirim bilan jazolang!
- Tirikmisiz? - Yaratganga shukur ayting.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Payshanba kunining fayzu barokati yor bo'lsin!
#Kun_hikmati
Yangi tong - yangi imkoniyatdir. Agar kecha muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo'lsang, bu hali hammasi tugadi degani emas. Senda bugun qaytadan boshlash imkoni bor!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan haftangiz fayzu barokatlarga boy bo’lsin!
#Kun_hikmati
Har doim birinchi o’rinda bo’lishingiz shart emas. Sizning o’z o’rningiz bo’lsin!
Iltifotingizni qo’rqo’qlik, tavoze’ingizni royishlik, hurmatingizni ilmsizlikka yuyishgan joyda qolmang.
❗️Sizni kutayotgan manzillar ko’p!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Juma ayyomining fayzu barokati yor bo'lsin!
#Kun_hikmati
Hamma narsa o'z vaqtiga tutqundir. Zamoni bilan vaqti keladi. Kutilgan kishi yoki narsa qo'lga kiradi. Duolar joy-joyini topadi. Tog' bilan tog', inson bilan inson topishadi. Maqsadlar jonlanadi. Berilgan va'da o'rnini topadi. Bu hayotda har narsa o'z vaqtida bo'ladi...
Ba'zan so'raganingiz beriladi. Ba'zan esa undan-da xayrlisi amalga oshadi. Bir paytlar istagan ishingiz bo'lmay qolgan ersa, tilagan narsangizda xayrsizlik bo'lishi mumkin va Alloh sizdan uni uzoqlashtirgan bo'ladi.
Siz faqatgina duo qiling, xayrlisi bo'lsin, deng. To'g'ri harakat qiling va sabr bilan kuting. Bo'lishi kerak narsa bo'ladi.
©️ Erdo'g'an Yildirim
Каналга уланиш:
@qibray_sadosi
Давлатимиз раҳбари ўз нутқининг аввалида Конституция бўйича референдум якунларига тўхталди.
“Хабарингиз бор, шу йил 30 апрель куни мамлакатимиз ҳаётида ҳеч шубҳасиз том маънодаги улкан тарихий воқеа бўлиб ўтди. Биринчи марта умумхалқ референдуми асосида янгиланган Конституциямизни қабул қилдик.
Референдумда иштирок этган фуқароларимизнинг мутлақ кўпчилиги “Бу – менинг Конституциям”, деб ғурур билан овоз берди.
Референдум кейинги йилларда халқимизнинг сиёсий онги, ҳуқуқий маданияти ва дунёқараши нақадар юксалганини амалда кўрсатди.
Ушбу тарихий танлов орқали халқимиз бундан олти йил олдин бошлаган ислоҳотларимизга катта ишонч билан қараб, уларни тўла қўллаб-қувватлашини яна бир бор намоён этди", - деди давлатимиз раҳбари.
Эл-юртимизнинг ана шундай азму қарори асосида давлатчилигимиз ва иқтисодиётимизни бундан кейин ҳам барқарор ривожлантириш учун мустаҳкам замин яратилгани қайд этилди.
Каналга уланиш:
@qibray_sadosi
⚡️Toshkent shahrida 8 may kuni «G'alaba bog'i» yodgorlik majmuasida joylashgan «Matonat madhiyasi» monumentiga hamda 9 may kuni Xotira maydonida joylashgan «Motamsaro ona» monumentiga, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi «Motamsaro ona» monumentlari poyiga gulchambarlar qo'yish marosimlari o'tkaziladi.
Shuningdek, 9 may kuni soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan «Yangi O'zbekiston bog'i»da bayram mushakbozligi tashkil etilishi ko'zda tutilgan.
Каналга уланиш:
@qibray_sadosi
#Таъзия
Қибрай туман ҳокимлиги, "Qibray sadosi" газетаси, Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Қибрай туман бўлинмаси кенгаши, Қибрай туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими 43-мактабгача таълим ташкилотида кўп йиллар меҳнат фаолияти юритган
Зайидова Ризвонгул Абдуқодировна -
нинг вафоти муносабати билан унинг оила аъзоларига чуқур ҳамдардлик билдириб, таъзия изҳор қиладилар.
Яратган марҳумнинг яқинларига чиройли сабр бериб, бу мусибатларга ажру мукофотлар ато этсин. Марҳуманинг охирати обод бўлсин.
Каналга уланиш:
@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Juma ayyomining fayzu barokati yor bo'lsin!
#Kun_hikmati
Qo'lingizni ko'ksingiz ustiga qo'ying.
Nimaniki o'zingiz uchun yaxshi ko'rsangiz, uni o'zingizdan boshqasiga ham ravo ko'ring.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
✅ Янги таҳрирдаги конституция матни
❗️Шу йил 30 апрелдаги референдумда қабул қилинган «Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида»ги конституциявий қонун 1 майдан кучга кирди.
Марказий сайлов комиссияси.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Murodbaxsh chorshanba kunigiz muborak bo'lsin!
#Kun_hikmati
Mag'lubiyatni qabul qilaman. Ammo harakat qilmaslikni qabul qila olmayman!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
#Ob_havo
Sinoptiklar 1-3 may kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
🌤 Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
☀️ Harorat 1 may kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +28...+33 daraja, 2-3 mayda kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo'ladi.
Shuningdek, Respublika Gidrometeorologiya markazi O'zbekiston bo'yicha 2 may, seshanba kuni ayrim hududlarda chang-to'zon kuzatilishi mumkinligini ham ma'lum qildi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
#referendum
❗️"Sizning ovozingiz — muhim ovoz"
30 aprelь — O'zbekiston Respublikasining referendumida ishtirok eting!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
Sun'iy intelekt 2050 yillarga borib, iqlim o'zgarishi, suv yetishmovchiligi ortidan Markaziy Osiyo aksar hududlaridagi aholi turmush tarzi aks etgan tasvirlarni taqdim etdi.
Mid Journey neyron tarmoq imkoniyatlari ushbu tasvirlarni tarmoqqa joylagan.
Bir qarashda tasvirlar ko'pchilik yoshlarni chuqur o'yga tortadi. Chunki, ular tasvirdagi qariya siymosida kelajakdagi "o'zini" ko'ryapti.
Suv va yashillilik masalalariga jiddiy yondoshishda davom etishimiz lozim. Kelgusi prognozlarda issiqlik to'lqini hatto qish va bahor oylarida ham bizni turli muammolarga duchor qilishda davom etish xavfi juda yuqori.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
#Manzara
Yaponiya poytaxti Tokyoda sakura gulladi.
Kunchiqar yurt poytaxti parklarida yana ikki hafta mobaynida daraxtlar chiroyidan bahramand boʻlish mumkin. Sakura gullashi mavsumi yapon madaniyatida alohida oʻrin tutadi va Hanami deb ataladi.
Ayni kunda yurtimizda ham mevali daraxtlar go'zal gullagan. O'rik dovuchcha bog'lagan bo'lsa, olchaning marjon-marjon gullari, shaftolining nimpushti g'unchalari ko'ngilni yayratadi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan kuningiz, haftangiz barakali va fayzli bo'lsin!
#Kun_hikmati
Har tongni go'zal narsalarning niyati ila boshlang... "Bugun albatta yaxshiliklar bo'ladi!" - deya yaxshi gumonda bo'ling. Chunki tilaklar duoga aylanadi, duolar esa albatta ijobat bo'ladi!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlanayotgan kuningiz quvonchga, fayzu barakaga to'la bo'lsin!
#Kun_hikmati
Hayot o'zining mazasini yo'qotgan emas. Uning qanday totishni biz unutib qo'ydik, xolos.
❗️Orqada qolmang!
✅ O'zgarishni istasangiz yuragingiz olovday yonib tursin. Buyuk ish qilish istagi, odamlarga va olamga yaxshilik qilish istagi yonib tursin.
Unutmang! Temir qizigandagina siz istagan shaklga kiradi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️@qibray_sadosi
15-may – Xalqaro oila kuni
Shu munosabat bilan Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati o'z sahifasida uzoq vaqt davomida birgalikda umrguzaronlik qilayotganlar statistikasini e'lon qildi.
Oila – inson uchun muqaddas va ulug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi, o‘sadi, unadi, voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir parchasiga qiyoslash mumkin.
Hozirgi kunda Qibray tumanida 45-60 yil davomida birgalikda ahil-inoq bo‘lib, umrguzaronlikda yashab kelayotgan oilalar 48tani tashkil etadi.
Shundan:
45-47 yil 2ta;
50-60 yil 44ta va 60yildan ortiq birgalikda yashab kelayotgan oilalar 2ta.
❗️Ўзбекистонда кескин жала ва кучли шамоллар бўлиши кутилмоқда
Ўзгидромет 14—17-май кунлари Каспий денгизидан республика ҳудудига нам ҳаво кириб келиши кутилаётганини хабар қилди.
Тоғли ҳудудларда ёмғир қорга айланиши мумкин. Жойларда чанг бўрони кўтарилиши кутилмоқда
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
Давлатимиз раҳбари халқ билан мулоқот қилиб, унинг фикрини олиб, Асосий қонунимизни такомиллаштиришга ўз ҳиссасини қўшган Конституциявий комиссия аъзоларига, барча депутат ва сенаторлар, сиёсий партиялар вакилларига, қонун лойиҳасини халқаро стандартлар асосида ишлаб чиқишда фаол иштирок этган олимлар, маҳаллий ва хорижий экспертларга, референдум жараёнларини ҳаққоний ёритиб, ўзининг холис фикрларини билдирган барча оммавий ахборот воситалари ходимларига, халқаро кузатувчиларга алоҳида ташаккурлар айтди.
Президентимиз кўпни кўрган, ҳаёт маъносини, тинчлик ва инсон қадрини чуқур англайдиган эл-юртимиз демократия, эркинлик ва тенглик, ижтимоий адолат ва бирдамлик ғояларига садоқатини яна бир бор амалда тасдиқлаганини таъкидлади.
"Қадим тарихимиздан келиб чиққан ҳолда, ота-боболаримизга хос эзгу қадриятларни рўёбга чиқариш, яъни инсон қадрини улуғлаш, унинг ҳуқуқ ва манфаатларини таъминлаш, одамларимиз билан бамаслаҳат иш кўриш – биз учун чинакам демократия намунасидир.
Халқимизда “Бирдамлик бор жойда илдамлик бор”, деган доно нақл бежиз айтилмаган.
Чиндан ҳам, ўзаро аҳиллик ва ҳамжиҳатлик бўлган юртда албатта қут-барака, тараққиёт бўлади.
Такрор ва такрор айтаман: бизнинг энг катта бойлигимиз – Ўзбекистонни ўзи учун ягона Ватан деб биладиган кўп миллатли буюк халқимиздир.
Жонажон юртимизда қарор топган миллатлараро дўстлик ва аҳилликни – мана шундай бебаҳо хазинамизни кўз қорачиғидек асраб-авайлаш барчамизнинг олий бурчимиз эканини ҳар доим ёдда тутишимиз лозим” – деди Президент.
Facebook|Instagram|Twitter
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида
Олий Мажлис палаталари, сиёсий партиялар, суд ва ижро этувчи ҳокимият органлари раҳбарлари ҳамда жамоатчилик фаоллари билан референдум якунларига бағишланган учрашув бошланади.
—
Скоро с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется встреча с главами палат Олий Мажлиса, политических партий, органов судебной и исполнительной власти, а также представителей общественности, посвященная итогам референдума.
Facebook|Instagram|Twitter
Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan hafta sizga tinchlik-omonlik, fayzu barokat olib kelsin!
#Kun_hikmati
☘️ Siz uchun eng muhim vaqt – sizning hozirgi oningizdir.
Chunki, faqat shu ondagina, faqat hozir bir yaxshi ish qilishingiz mumkin.
☘️ Siz uchun eng muhim inson – hozir yoningizda turgan inson. Chunki, shu ondan keyin balki, uni boshqa ko'rmassiz?! Shunday ekan, vaqtdan foydalanib unga yaxshilik qilishga ulguring.
Каналга уланиш:
@qibray_sadosi
#tuhfa
✅Prezidentimizning PQ-408-sonli qarori doirasida Qibray tumani Do‘rmon mahallasining ma'muriy binosi zamonaviy ko'rinishda yangitdan barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati habar bermoqda.
Kuni kecha bo‘lib o‘tgan binoning tantanali ochilish marosimi yuqoridagi lavhada.
Каналга уланиш:
@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Payshanba tonggi xushkayfiyat baxsh etsin!
#Kun_hikmati
Har bir tong — yangiliklarni ko'rish, o'rganish imkoniyati, g'apoyib sarguzashtning boshlanishi va davom etishidir. Har bir yangi kunni mashaqqatlarga qaramay, unutilmas lahzalarga boy qilish, baxtli bo'lish o'z qo'limizda...
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
#Diqqat
❗️ Bugun, 3 may kuni Toshkentda tush payti quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 11 ballik shkalada 10 ballik bo'lishi prognoz qilinmoqda.
Bu quyoshning xavfli darajadagi nur sochishi ekanini ta'kidlab o'tish joiz. Ammo mavsumga xos emas. Bu kabi keskinlik quyoshda 30 aprelь kuni kuchli chaqnashlar fonida ro'y bermoqda.
Ochiq oftob ostida himoya bosh kiyimlarini kiyib olish tavsiya etiladi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
⚡️Ўзбекистон Республикаси референдумининг дастлабки натижалари эълон қилинди.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
Аssalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan haftangiz orzu-umidlaringiz ruyobining debochasi bo'lsin!
#Kun_hikmati
Muaffaqiyatli odamlar xatolaridan foyda oladi va boshqa yo'l bilan qaytadan harakat qiladi.
©️ Deyl Karnegi
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar! Muborak Juma ayyomining barcha fayzu barokati yor bo'lsin!
#Kun_hikmati
✅ Vaqting qimmatbaho xazinangdir. Shunday ekan, uni bekorchi narsalarga sarflab yuborma. Agar uni boy bersang, hayoting, kelajaging va muvaffaqiyatingni boy bergan bo'lasan.
❗️ “Nahotki, Bizning sizni yaratishimiz behuda bo'lgan deb hisobladingiz?!” (Mu'minun surasi, 115-oyat).
© Shayx Oiz Qarniy hafizahulloh
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ /channel/qibray_sadosi
Президент фармонига кўра, 2023 йил 1 апрелдан бошлаб пенсиялар ва нафақалар миқдори 7 фоизга оширилади.
🔹2023 йил 1 апрелдан бошлаб Ўзбекистон Республикаси ҳудудида:
✅ пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – ойига 347 000 сўм;
✅ ёшга доир энг кам пенсия миқдори – ойига 677 000 сўм;
ногиронлик пенсиялари,
✅ жумладан иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ногиронлик пенсиясининг энг кам миқдори – ойига 747 000 сўм;
✅ меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган ногиронлик нафақаси ва болаликдан ногиронлиги бўлган шахсларга бериладиган нафақа миқдори – ойига 747 000 сўм;
✅ 1941–1945 йиллардаги уруш оқибатида ногирон бўлган шахслар ва унинг қатнашчилари, шунингдек, фашистлар концлагерларининг вояга етмаган собиқ маҳбуслари ва Ленинград шаҳри қамал қилинган даврда ишлаган шахсларнинг энг кам пенсия миқдори устамаларни инобатга олган ҳолда – ойига 3 296 000 сўм;
✅ белгиланган ёшга доир энг кам пенсия миқдоридан (677 000 сўмдан) 747 000 сўмгача пенсия олувчиларнинг ёшга доир пенсиялари миқдори – ойига 747 000 сўм;
✅ зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги фуқароларга бериладиган нафақа миқдори – ойига 535 000 сўм;
✅ иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги ёшга доир пенсиянинг энг кам миқдори қўшимча тўловни ҳисобга олган ҳолда – ойига 535 000 сўм;
✅ ўзгалар парваришига муҳтож ногиронлиги бўлган 18 ёшгача болаларнинг парвариши билан банд бўлган боланинг қонуний вакилига бериладиган нафақа миқдори – ойига 535 000 сўм;
✅ боқувчисини йўқотганлик нафақаси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун нафақа миқдори – ойига 535 000 сўм этиб белгилансин ва кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун – 198 000 сўмдан қўшилади;
✅ боқувчисини йўқотганлик пенсияси олувчиларнинг бир нафар меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун пенсиянинг энг кам миқдори – ойига 535 000 сўм этиб белгилансин ва кейинги ҳар бир меҳнатга қобилиятсиз оила аъзоси учун амалдаги тартибга мувофиқ пенсия тўланиги белгиланди.
🔹2023 йил 1 майдан бошлаб бюджет ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи миқдори 7 фоизга оширилади:
🔹 2023 йил 1 майдан бошлаб Ўзбекистон Республикаси ҳудудида:
✅ меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – ойига 980 000 сўм;
✅ базавий ҳисоблаш миқдори – ойига 330 000 сўм этиб белгиланди.
Toshkent viloyatida umumiy quvvati 2400 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi barpo etiladi.
Birinchisi — Qibray tumanida 400 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini qurish boshlandi.
Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida 700 MVt, Ohangaron tumanida 1000 MVt hamda Bo‘ka tumanida 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari loyihalariga start berildi.
Ushbu loyihalar haqida batafsil mazkur reportajda tanishishingiz mumkin.
▶️@minenergy_uz