qibray_sadosi | Неотсортированное

Telegram-канал qibray_sadosi - QIBRAY SADOSI / Расмий канал

2024

Tuman ijtimoiy-siyosiy hayotidagi yangiliklar, badiiy hikoya, hajviya, she'rlar va gazeta o'quvchilarining fikrlari bizning kanalda. https://t.me/joinchat/AAAAAEyXccN8f6ij7Dvt4A Murojaаt uchun : 🅰️dmin: @qibraysadosi

Подписаться на канал

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Tongingiz xayrli bo'lsin!

#Kun_hikmati

Mavlono shunday dedilar:

❗️Insonni ko'rganingdek hisoblama!
Unda ko'ra olmagan narsalaringni qidir...

✨ Ichi haqiqatning rasmidir, tashqarisi esa faqatgina bir manzara...

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Bilgan_foyda

Telegram haqidagi mualliflik kanali asoschisi, rossiyalik Georgiy Lobushkin ta'kidlashicha, O'zbekiston kanallar soni bo'yicha Rossiyadan keyin ikkinchi o'ringa
chiqib olgan.

«Ko'pchilik bilmaydi, lekin hozir O'zbekiston Telegram kanallari soni va ularning auditoriyasi bo'yicha ikkinchi (Rossiyadan keyin) o'rinda turadi. O'zbekistonda Telegram kanallarining umumiy auditoriyasi 740 990 000 kishini tashkil qiladi», deb yozdi u.

Lobushkinning xabar berishicha, hozir O'zbekistonda 123 mingdan ortiq Telegram kanali, 18 mingga yaqin chat bor.

Shuningdek, foydalanuvchilari soni 1 milliondan oshgan «millioner» kanal Kun.Uz bor.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Yaratganning go'zal kuni muborak bo'lsin!

#Kun_hikmati

Bizning qilgan yaxshiliklarimiz ham, yomonliklarimiz ham, shunchaki yo'qolib ketmaydi ... Bir kun albatta o'zimizga qaytarib beriladi ... yoki bu hayotda, yoki boqiy dunyoda!

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

​​#Байрам

Наврўз шукуҳи

Гўзал миллий анъана, урф-одат, қадриятларни ўзида мужассам этган Наврўзи олам тантаналари Қибрай туманидаги 17-умумий ўрта таълим мактабида ўзгача бир шукух, ўзгача шодиёна билан нишонланди. Мактаб боғида ташкил этилган очиқ саҳнага карнай-сурнай садолари остида кириб келган миллий кийимдаги жарчилар анжуман қатнашчиларини янги кун - Наврўзи олам билан қутлар эканлар, ўқувчи-ёшларни, устозларни, ота-оналар ва меҳмонларни кенг даврага чорладилар.

Куй қўшиқларга, қўшиқлар рақсларга уланди. Миллий кийимларда ҳиром айлаётган, шеър айтиб қўшиқлар куйлаётган жажжи болажонларнинг юз-кўзларида акс этган бахтиёрлик, беғуборлик, баҳорий латофат ва гўзаллик йиғилганлар чеҳрасига ҳам кўчди. Шу куни "Ассалом, Наврўз!" мавзусини ўзида мужассам этган маънавий-маърифий тадбирда табиатдаги фусункорлик, мамлакатимизда ва одамлар онгида рўй бераётган руҳий янгиланишлар, улкан яратувчанлик, халқимизнинг миллий қадрият, боқий урф-одат, анъана ва маросимлари саҳна кўринишларида намоён бўлди.

- Наврўзи ажам мафкуралардан холи, чинаккам халқ байрами, -дейди шу саҳна кўринишларининг ижодкори, мактабнинг етакчи ўқитувчиларидан бири Марҳабо Зиёвиддинова. - У асрлар давомида нафақат ўзининг жозибаси, шарқона фалсафаси билан дилларга олам-олам қувончу шодлик улашди, балки у миллий қадриятларимиз давомийлиги урф-одатларимизнинг рамзи бўлиб, то бизгача безавол етиб келди.

Шунингдек, ўқувчилар иштирокида сумалак, кўк сомса, ҳалим ва бошқа баҳорий таомларни тайёрлаб, дастурҳонларга тортилиши, наққошлик, ўймакорлик, зардўстлик каштачилик каби ўзбек миллий амалий санъати намуналарининг намойиши, турли халқона ўйинлар - арқон тортиш, варрак учириш, кураш,"оқ теракми, кўк терак" ва бошқа миллий ўйинлар барчада катта қизиқиш уйғотди.

Мактаб директори Раъно Рисқиддинова ўқувчи ва ўқитувчилар, тадбир қатнашчиларини айём билан қутлар экан, таълим жараёнида ўзининг иқтидори ва чуқур билими билан намуна кўрсатган ўқувчилар ва уларнинг ота-оналаридан катта бир гуруҳига мактаб маъмуриятининг фахрий ёрлиқлари ва ташаккурномаларини тантанали суръатда топширди.

Тадбирга ташриф буюрган хушовоз хонанда Шерзод Шорахмедов ижросидаги Наврўзи оламни мадҳ этувчи, дилларга баҳорий кайфият улашувчи дилбар қўшиқлар байрам тантаналарига янада жозиба ва шукуҳ бағишлади.

Абдуҳамид ФОЗИЛОВ,
ижодий-маданий ишлар бўйича тарғиботчи

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray\_sados

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Bayram

Qibray shaharchasidagi G'ofur G'ulom mahallasida Navro'zi olam ayyomi katta tantanalar bilan nishonlandi.

Tadbir davomida jajji bolajonlar va madaniyat xodimlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sados

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Ramazon oyining birinchi kuni muborak bo'lsin barchamizga!

#Kun_hikmati

Sizga albatta baxt, omad keladi. Ishoning, buning uchun kimdir haqqingizga chin qalbdan duo qilgani yoki Alloh rizosi uchun qilgan va esingizdan chiqargan biror yaxshi amalingiz sabab bo'lgan bo'ladi.

❗️Shuning uchun, kichik bo'lsa ham, arzimas sanamay yaxshiliklarda davomli bo'ling!

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#toʻyga_toʻyona

“Nuroniylar maskani”ning fayzi oʻzgacha

Yurtimizda yoshi ulugʻ insonlarga hurmat-ehtirom koʻrsatish, ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ijtimoiy muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Viloyat “Nuroniylar va maʼnaviyat maskani” majmuasi ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 22-sentyabrda viloyatga tashrifi doirasida Nurafshon shahrida viloyat “Nuroniylar maskani” ni bunyod etish topshirigʻi berilgan edi.

Oʻzgacha fayz, oʻzgacha tarovat aks etib turgan binoda yoshi ulugʻ insonlar hordiq olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shaxmat-shashka, sport-sogʻlomlashtirish, tibbiyot xonalari, choyxona tashkil etildi. Boy kitob fondiga ega kutubxona ham faoliyat koʻrsatmoqda.

- Viloyatimizda 340 mingdan ziyod nuroniylar istiqomat qiladi, – deydi viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi Farhod Omonov. – Ular davlatimiz eʼtiborini kundalik hayotida his qilib turibdi va bundan minnatdor. Ayni paytda katta hayotiy tajribaga ega faxriylarimiz ijtimoiy hayotda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etmoqda.

Barcha tuman va shaharlarda tashkil etilayotgan “Nuroniylar maskani” esa bu borada ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Mazkur maskan qurilishi uchun jami 3,5 milliard soʻmdan ortiq mablagʻlar sarf etildi.

Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2022-yil 3- chorak yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismidan 1 yarim milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlsa, qolgan qismi “Olmaliq KMK” AJ homiylik yordamlari hisobidan amalga oshirildi.

Tadbir yakunida ishchi-xodimlar va ishtirokchilar uchun bayramona dasturxon yozilib, konsert dasturi havola etildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Ayyom

Navro‘z xalqimizning eng ommaviy va go‘zal bayramlaridan biri hisoblanadi

🌹 Qibray tumanidagi Kamola Sabdenova rahbarlik qiladigan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Navro'zni yetaklab kelar bahor" shiori ostida sayil tashkil etildi.

Unda 8-10-sinflar o‘rtasida "Osh pishirish" musobaqasi o‘tkazildi. Har bir sinf sayilda tanlagan davlatlarining milliy taomlari va badiy chiqishlari bilan qatnashishdi.

Mehmon xonandalar Doniyor G'oipov va To'lg'anoy Muxammedovalarning bayram dasturlari barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!

#Kun_hikmati

🌼 Navro'z yaqin, Ramazon yaqin...

Eng go'zal narsalar ko'z bilan ko'rilmaydi, qalb bilan his etiladi...

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Murodbaxsh chorshanba kuningiz fayzu barokatga to'lsin!

#Kun_hikmati

Haqiqatan ham yaxshi va halol odamni aniqlashingiz mumkin bo'lgan belgilar mavjud. Quyidagilarga e'tibor bering:

🌼 Bunday inson sizning nuqtai nazaringizni hurmat qiladi. U kechirishni biladi. U qasoskor emas va uzoq vaqt gina saqlamaydi. O`zaro munosabatlarda sezgirlik va ehtiyotkorlikni namoyon qiladi.

❗️Yaxshi odamlar ajoyib. Ushbu kamdan-kam uchraydigan va noyob namunalarni qadrlang.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Президент Шавкат Мирзиёев "Ўзбекистон ким томонда?" деган саволга жавоб берди

Президент Шавкат Мирзиёев ответил на вопрос "На чьей стороне Узбекистан?"

Facebook|Instagram|Twitter

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan haftangiz fayzu barokatlar ila to'lsin!

#Kun_hikmati

Hayot bu- mayda- chuyda dardu hasratlardan tuzilgan bir tasbeh, faylasuf odam uni kulib turib o'giraveradi.

©️Aleksandr Dyuma, "Uch mushketyor" asaridan

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Juma ayyomining fayzu barokati yor bo'lsin!

#Kun_hikmati

Hech ortingizga qayrilib qaraganmisiz?
Sezganmisiz bu dunyoda hamma narsa omonat ekanligini... xuddi ko'zdagi yosh singari... yoshlik, go'zallik, mansab, sevgi va yoningizdagi qadrli inson...

❗️ Bizdan keyin nima qoladi? Menimcha yaxshi nom va yaxshi amal...

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Биласизми

ИЛИК УЗИЛДИ”: ёшларга қандай зарари бор?

☘️Эрта баҳорда инсон танаси заифлашиб қолади. Чунки суяклар ичидаги илик деб аталувчи суюқлик таркибида ўзгаришлар бошланади. Ана шу давр “илик узилди” дейилади.

🤔Танамизда нималар бўлади?

🔹 ҳолсизлик;
🔹 тез чарчаш;
🔹 мудроқ;
🔹 дангасалик;
🔹 юзга тошмалар тошиши;
🔹 сочларнинг қуриши ва бошқалар
.

Нима қилиш керак?

🔹 бадантарбия машқлари, тонгги югуришни канда қилмаслик, мунтазам спорт билан шуғулланиш;

🔹дон ва дон маҳсулотлари, кўкатлар (ялпиз, исмалоқ, кашнич, отқулоқ, редиска, жағ-жағ, кўк пиёз, мадор ва бошқалар) истеъмолини кўпайтириш. Дарвоқе, кўкларлар берадиган қувватни ҳатто гўштдан ҳам ололмайсиз.

🔹Наврўзгача сумалак, ҳалим, гўжа оши каби миллий таомларимизни албатта, мунтазам тановул қилинг.

🥝Имкон қадар цитрус меваларни камроқ ейиш қилиш тавсия этилади. Чунки улар аллергия қўзғатиши мумкин.

❗️Асосийси асабларингизни асранг. Кўтаринки кайфиятни бой берманг. Кўклам чиройидан баҳраманд бўлинг, азизлар!

Нигора Ўролова

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Dunyoning go'zal hilqati xotin-qizlar bayrami har doimgidek muddatidan oldin boshlandi😊

#Motivasiya

🌼 Ayollar uchun ruhiy quvvat
Atrofingizda har doim sizni yuqoriga tortuvchi insonlar ko'p bo'lsin, zero, shundoq ham payt poylab sizni jarlikka tortuvchilar juda ko'p.

🌼 Ayni paytda sizga katta muammodek tuyulayotgan voqea-hodisalar yoki odamlar qariyb uch yil o'tib umuman ahamiyatini yo'qotadi.

🌼 O'zingizni hurmat qiling! Hurmat boylikda – so'nggi modadagi kiyim, telefon, yoki avtomobilda emas! Har qanday vaziyatda ham o'zingizni o'rningizni bilishingiz sizni hurmat qilishga undaydi.

🌼 Eng asosiysi, doimo quvnoq bo'ling, qalbingiz toza va samimiy, chehrangiz tabassum bilan bezalsin!

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

2 oyda 786 ta elektromobil import qilingan

Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston 2023 yilning yanvarь-fevralь oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,8 mln AQSH dollariga teng bo'lgan 786 dona elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562 taga oshgan.

O'zbekiston 2 oyda eng ko'p elektromobil import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 705 ta

— Gonkong – 56 ta

— Germaniya – 15 ta

— BAA – 5 ta

— Koreya – 2 ta

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Bilgan_foyda

O'zbekistonda joriy yilning mart oyida havo harorati me'yordan yuqori bo'ldi

1 martdan 18 mart kuniga qadar O'zbekistonning barcha hududlarida har kuni o'rtacha sutkali havo harorati iqlimiy me'yordan kamida 3-4 daraja yuqori bo'lganligi aytilmoqda.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Juma ayyomining fayzu barokati yor bo'lsin!

#Kun_hikmati

Hech ortingizga qayrilib qaraganmisiz?
Sezganmisiz bu dunyoda hamma narsa omonat ekanligini... xuddi ko'zdagi yosh singari... yoshlik, go'zallik, mansab, sevgi va yoningizdagi qadrli inson...

❗️ Bizdan keyin nima qoladi? Menimcha yaxshi nom va yaxshi amal...

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Tavsiya

Iftorlikda nega aynan xurmo bilan og'iz ochiladi?

🔸Og'iz ochish paytida qorin ochqab, badan ko'p taom istab turgan holatda xurmo birinchi bo'lib oshqozonga yetib borsa, miyaga to'qlik hissini jo'natadi. Natijada holsizlanib turgan oshqozonga yengil va tez hazm bo'luvchi meva joylashadi.

🔸Xurmodagi kaliy miqdorining yuqoriligi bois asab tizimi o'ziga keladi.

🔸Ochlikning so'nggi soatlarida qonda qand miqdori ko'tariladi. Natijada holsizlik, dangasalik, diqqatni jamlay olmaslik kabi holatlar avj oladi. Xurmo esa qondagi qand miqdorini pasaytiradi.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sados

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Соғлиқни сақлаш вазирлиги (ССВ) Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотига таяниб, рўзадорлар учун соғлом овқатланиш юзасидан ишлаб чиқилган тавсияларни тақдим қилди.

Қайд қилинишича, тавсияларга амал қилиб, ортиқча вазндан халос бўлиш, қон босими ва организмдаги холестерин миқдорини пасайтиришга эришиш мумкин.

Ифторлик ва саҳарлик оралиғида кўп миқдорда сув ичиш мақсадга мувофиқ, чунки кундузи ҳаво ҳарорати юқори бўлиши кўп тер ажралишига сабаб бўлади. Шу боис кун давомида йўқотилган суюқлик ўрнини қоплаш эҳтиёжи юзага келади. Бунинг учун эса камида 10 стакан сув ичиш тавсия этилади.

Серсув маҳсулотлар тановул қилиш орқали ҳам бу меъёрни қисман қоплаш мумкин. Масалан, саҳарлик пайтида ёки ифторликдан кейин десерт сифатида ҳўл меваларни ейиш фойдали. «Ачиқ-чучук» салати таркибидаги бодринг ва помидор ҳам серсув неъматлар ҳисобланади.

Шўрва ёки сабзавотли салатлар сингари сувга бой таомларни ҳам истеъмол қилиш мумкин.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sados

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#navro‘z_sayli

🔹 Navro‘z umumxalq bayram saylida bolajonlar tomonidan ijro etilayotgan turli millatlarning kuy-qo‘shiqlari barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati


/telegram/ /facebook/ Instagram/

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#navro‘z_sayli

Tuman markaziy o'yingohida Navro‘z umumxalq bayrami sayli shukuhi kezmoqda

Bayram tadbiri o'tkaziladigan maydonda mehmonlarga tortiq etish uchun doshqozonlarda sumalak, osh va turli millatlarning bayram taomlari tayyorlanmoqda.

Barcha tumandoshlarimizni va mehmonlarni Navro‘z umumxalq bayrami sayliga taklif etamiz!

✍️
Qibray tuman hokimligi axborot xizmati

/
telegram/ facebook/ Instagram/

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Juma ayyomining fayzu barokati muborak bo'lsin!

#Kun_hikmati

Rumiy hazratlaridan ajoyib bir iqtibos:

"Har bir zulmatning ortida nur, har bir tunning ortida tong va har bir sabrning ortida xursandchilik bordir"

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Kun_yangiliklari

🔹 Senat 30 aprel kuni Konstitutsiya bo'yicha referendum o'tkazishni ma'qulladi.

🔹 Bugun va ertaga kunning birinchi yarmida G3 darajali 5 ballik kuchli magnit bo'ronlari bo'lishi kutilmoqda.

🔹 Prezident tanqididan (/channel/kunuzofficial/133455) so'ng Surxondaryoda yo'lni ta'mirlash ishlari boshlandi.

🔹 SSV Bloger Farhod Mannopov vafot etgan «Star Med» klinikasi vaqtincha yopilgani haqida rasman ma'lum qildi.

🔹 Poytaxt havosi sifat darajasi yayni dam dunyoning 100 lab yirik shaharlari havosi ro'yxatida so'ngi o'rinlardan birida turibdi.

🔹 Қозоғистон президенти совет даври арбобларига ёдгорлик ўрнатмаслик ҳақида кўрсатма берди.

🔹 2022 йилда Токио аҳолиси деярли 30 миллион доллар ёки тахминан 4 миллиард иена топиб, полицияга олиб келди.

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Assalomu alaykum, azizlar!
Tongingiz xayrli bo'lsin! Bizni Navro'zga yaqinlashtirayotgan kunlarimiz fayzga to'lsin!

#Kun_hikmati

Mavlono shunday dedilar:

❗️Insonni ko'rganingdek hisoblama!
Unda ko'ra olmagan narsalaringni qidir...

✨ Ichi haqiqatning rasmidir, tashqarisi esa faqatgina bir manzara...

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Muhim_xabarlar

Referendum – 30 aprelda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to'g'risidagi qonunni qabul qildi. Qonun umumxalq referendumida ovozga qo'yiladi.

Referendum 30 aprel, yakshanba kuniga belgilandi.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#Об_ҳаво

Қалдирғочлар алдамчи баҳорга ишонмайдилар

🌷 Юртимизга қалдирғочлар учиб келди. Ўтган дам олиш кунлари ва ҳафта бошида Туркманистон ва Афғонистонда аномал иссиқлик қалдирғочларнинг минтақага учиб келишини таъминлади.

🕊 Ўтган асрда жанубий вилоят бобо деҳқонлар қалдирғочнинг келиши билан ерга кўмилган анор дарахтларини "очишган". Чунки, қалдирғочлар баҳор даракчилари ва уларнинг" пайдо бўлиши" аномал совуқни келтириб чиқармаслигини билдирган.

🌤 Дарҳақиқат, Ўзгидромет прогнозларига кўра, бугун 10 март кундуз куни Навоий, Бухоро, Қашқадарё ва Сурхондарё вилоятларида ҳаво ҳарорати +30 даражагача исийди. Самарқанд, Тошкент, Жиззах ва Сирдарёда ушбу кун +28, водийда +25, шимолда +20 даражагача кўтарилади.

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

​​#Muhim\_xabarlar

“2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro'z bayrami munosabati bilan:

➖ 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
➖ 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam oladi.

Bunda quyidagicha bo'ladi:

18 mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
19 mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
20 mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11mart shanbadan ko'chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo'shimcha dam olish kuni;
21 mart, seshanba — Navro'z bayrami, barchaga dam olish kuni;
22 mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25 mart shanbadan ko'chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo'shimcha dam olish kuni.

💯 23 mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.

❗️5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko'chirilishi munosabati bilan ular 11 va 25 mart (shanba) kunlari ishga chiqadi.

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

Ассалому алайкум, азизлар!
Пайшанба тонги муборак бўлсин!

#Кун_ҳикмати

- Қанақа янгиликлар бор?
- Байрам ҳалиям давом этмоқда...
😊👍

Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️
/channel/qibray_sadosi

Читать полностью…

QIBRAY SADOSI / Расмий канал

#ayni_damda
#shukuh

Tantanali bayram tadbiridan fotolavhalar

✍️ Qibray tumani hokimligi axborot xizmati

/telegram/ facebook/ Instagram/ Website/

Читать полностью…
Подписаться на канал