Qibray tumani Xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 8-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchilari tomonidan "Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi" ga bag'ishlab o'tkazilgan #G'azalxonlik_chellenjidan
lavhalar.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Zilzila vaqtida nima qilish kerak?
Videoyo'riqnomani ko'ring va yaqinlaringizga ulashing
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan kuningiz fayzu barokatlarga to'la bo'lsin!
#Kun_hikmati
Kichkina narsalardan boshlang, ammo buyuk ishlar haqida orzu qiling. Bir vaqtning o'zida ko'p ish qilishingizni hojati yo'q. Shunchaki oddiy harakatlardan boshlab, murakkabroqlariga tomon intilavering va har doim kelajak haqida o'ylang.
© Stiv Jobs
Kanalga ulanish uchun:
👉 /channel/qibray_sadosi
#Сарҳисоб
МУРОЖААТЛАРГА ЭЪТИБОРРСИЗЛИК МАСЪУЛИЯТСИЗЛИКДИР
Қибрай туман халқ қабулхонаси 2022 йилда амалга оширган фаолиятини сарҳисоб қилди.
Ўтган йил давомида келиб тушган 779 та мурожаатлар ўз ичига 975 та муаммоларни қамраб олган. Улардан 841 таси ҳудуддаги, 118 таси юқори ташкилотларга юборилган бўлса, 9 таси Халқ қабулхонаси томонидан кўриб чиқилди ва 66 та мурожаат Администрация назоратига ўтказилди.
Мурожаатлар ичида қаноатлантирилганлари 97,02 %, яъни 749 таси, ижобий ҳал этилганлари 538 тани ташкил этади, 205 тасига ҳуқуқий маслаҳат ва маълумотлар, 23 тасига тушунтиришлар берилди. Булардан ташқари, 6 таси узоқ муддатга назоратга олиниб, 2 таси ҳаракатда, 3 таси тугатилди ва 1 та мурожаат такрорий келиб тушган.
Батафсил: 👉 https://telegra.ph/Sar%D2%B3isob-02-06
#Xushxabar
Bugundan joriy yilgi “Tashabbusli byudjet”ga start berildi
“Ochiq byudjet” portali orqali bugun, 6 fevraldan taklif kiritish mumkin (http://openbudget.uz/). Bu jarayon 26 fevralga qadar davom etadi.
Kanalga ulanish uchun:
👉 /channel/qibray_sadosi
#Taziya
Tajribali murabbiy va ko'plab shaxmatchilarning ustozi,
O'zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent viloyati bo'limi ijrochi direktori Rixsiboy Esonboev 74 yoshida vafot etdi.
Rixsivoy akaning Qibray tumanining “Jomiy” mahallasida istiqomat qilib kelganligini ko'pchilik bilmasa kerak.
"Qibray sadosi” gazetasi jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Kanalga ulanish uchun:
👉 /channel/qibray_sadosi
🇰🇿 Qozog‘iston Milliy banki dunyoda birinchi bo‘lib 3D ultra yuqori relef texnologiyasiga ega tangalarni muomalaga chiqardi
"Tangada Balqash Alabug‘asy boshining relefi tanga tekisligidan 17 mm balandroqdir. Hozircha dunyoning hech bir zarbxonasi bunday natijaga erisha olmadi", — deb xabar beradi Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Bugun 30 yanvar O‘zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni.
Oxiratlari obod bo‘lsin!
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
🌹JUMA AYYOMI MUBORAK BO‘LSIN! 🌙 🤲
💐 Hafta ichra turli kun,
💐 Turli sahar, turli tun.
💐 Eng muqaddas, nurli kun
💐 Juma ayyom muborak!
💐 Dinimiz doim omon,
💐 Dillarda ishqu iymon.
💐 Ey muhtaram musulmon,
💐 Juma ayyom muborak!
🤲 Alloh duolarimizni ijobat,
🤲 Farzandlarimizga salohiyat,
🤲 Ibodatlarimizga go‘zallik,
🤲 Rizqimizga baraka bersin!
🤲 Allohning panohida bo‘ling!
🌹🌙🍃 JUMA MUBORAK! 🍃🌙🌹
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
#xayrli_tong
Mana shu ulug‘vor tog‘lar singari yuksak, oppoq qor kabi beg‘ubor orzularingiz ushalishiga tilakdoshman! Taningiz sog‘, ruhiyatingiz xotirjam, karmoningiz to‘la va rizqingiz butun bo‘lsin...
Assalomu alaykum. Boshlangan yangi kuningiz xayrli bo‘lsin
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан 26-27 январь кунлари давлат ташрифи билан Қирғизистонда бўлади.
—
По приглашению Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 26-27 января посетит Кыргызстан с государственным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Qirgiziston #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#muhimsanalar
Bugun 24 yanvar – Xalqaro ta'lim kuni
Ta'lim inson huquqi, jamoat manfaati va jamoat vazifasidir.
BMTning Bosh Assambleyasi ta'limning tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi ahamiyatini e’tirof etgan holda 24-yanvarni “Xalqaro ta'lim kuni” deb e'lon qilgan.
Uning nishonlanishi nafaqat insoniyatning ilm-ma’rifatga tashnaligini e’tirof etish, balki dunyo davlatlari hukumatlari va jamiyatlari e’tiborini ta’lim sohasidagi mavjud muammolarga, shu jumladan, savodsizlikni bartaraf etish, turli mintaqalarda yaxlit ta’lim dasturlari ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalarga qaratishni maqsad qilgan.
Bugungi kunda 258 million nafar bola va o‘smir hali ham maktabga bormaydilar; 617 million bolalar esa o‘qish va matematikaning elementar ko‘nikmalaridan bexabar.
To'rt millionga yaqin qochoq bolalar va yoshlar maktabdan tashqarida.
Ular qashshoqlik, diskriminatsiya, qurolli mojarolar, favqulodda holatlar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari tufayli azob chekmoqda.
/channel/qibray_sadosi
xayrli_tong
Alloh taolo bugungi kuningizni tinchlik ofiyatda, yaxshi kayfiyatda, savobli amallar bilan to‘la bo‘lib o‘tishini sizga nasib aylasin... Yangi ish xaftangiz unumli va barokatli bo‘lsin!
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
#Rasmiy_bayonot
Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.
Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.
Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.
Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Toshkent viloyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
/channel/qibray_sadosi
#Қарор_ва_ижро
МАЪМУРИЙ ИСЛОҲОТЛАРИ ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОННИ БАРПО ЭТИШНИНГ МУҲИМ ШАРТИ
▶️ Ҳозирги кунга қадар ижро этувчи ҳокимият органлари фаолиятини ташкил этиш асослари ҳудудларни ривожлантириш суръатларини пасайтирувчи, жойларда тўпланиб қолган муаммоларнинг ўз вақтида ҳал этилишини таъминламаяпти.
▶️ Ижро этувчи ҳокимият органлари вазирликлар, давлат қўмиталари, агентликлар, қўмиталар, марказлар, инспекциялар ҳуқуқий мақомининг айрим ҳолатларда аниқ чегаралаб қўйилмаганлиги уларнинг давлат аппаратидаги аниқ ўрни ва ролини аниқлаш имконини бермаяпти.
👉 Батафсил бу ерда ўқинг 👈
Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini barcha maktablarga o‘rgatadigan loyiha ishga tushyapti
7-10 fevral kunlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil qiladi. Maqsad – agentlik tizimidagi maktab direktorlari tajribasini umumta’lim maktab rahbarlariga o‘rgatish. Unda 10104 maktab direktorlari qatnashadi.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
#Ob_havo
O'zbekistonga -15° gacha bo'lgan kuchli sovuqlar qaytadi.
Sinoptiklarning xabar berishicha, 9—10 fevralь, payshanba va juma kunlari havo harorati kechasi Toshkentda -6 darajagacha, qolgan hududlarda esa -14 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Ko'pgina hududlarda yomg'ir va qor yog'ishi kutilmoqda.
Kanalga ulanish uchun:
👉 /channel/qibray_sadosi
#Topqirlar_bahsi
Diqqat, savol!
Ushbu suratning qaysi biri ortiqcha deb o'ylaysiz?
Kanalga ulanish uchun:
👉 /channel/qibray_sadosi
SIFATLI TA'LIM SARI
"2023 yil - Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" munosabati bilan tumandagi umumta'lim maktabi direktorlari va o'qituvchilari uchun "Sifatli ta'lim sari" mavzusida o'quv amaliy seminari o'tkazildi.
Qibray tumani xalq ta'limi bo'limi tashabbusi va Sergeli tumanidagi 6-sonli IDUM bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda fan o'qituvchilari , umumiy va guruhlarga bo'lingan holda tajribali ustozlarning nazariy va amaliy mashg'ulotlarida qatnashdilar.
Mashg'ulotlar yakunida seminar moderatorlariga hamda seminarni yuqori saviyada tashkil etishda yaqindan yordam bergan mas'ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Kanalga ulanish uchun:
👉 /channel/qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Hafta har doimgidan-da nurli, ziyoli bo'lsin!
#Kun_hikmati
Senga chindan mehr qo'yganlar,
sen uchun qayg'urganlar haqida bilmoqchimisan?!
Ular seni nimaga rag'batlantirib, nimadan qaytarayotganlariga boq! Haqiqiy mehribonlaring seni ma'siyat ko'chasidan to'sishadi. Yaxshilikka da'vat qilib, yomonlikdan qaytarishadi. Seni dunyoning o'tkinchi rohatlariga, lahzalik lazzatlariga chorlashmaydi.
Seni o'zlariga emas, O'ziga yaqinlashtirishadi.
Orif Taskinning "Hayot menga shuni o'rgatdi" kitobidan.
Kanalga ulanish uchun:
👉 /channel/qibray_sadosi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 558-sonli qarori 1-bandi Maktab ta'limini umummilliy harakatga aylantirish,maktablarda “Deputat va yoshlar”uchrashuvini o'tkazish maqsadida Qibray tumani 1-sonli IDUMda tadbir tashkil etildi.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati, Fuqarolik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash markazi Toshkent viloyati bo’limi rahbari,"Toshkent IES" korxonasi direktor maslahatchisi Ahmedova Gulnora Abdullayevna bilan o'quvchi-yoshlar o’rtasida ochiq muloqot ko'rinishidagi davra suhbati bo'lib o'tdi.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Давлат хизматчиларининг меҳнат шартномаларига талаблар белгиланди
Бу ҳақда Қибрай тумани адлия бўлими бошлиғив.в.б. Соҳибжон Юсупов қуйидагиларни маълум қилди:
✅ Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги директорининг “Давлат фуқаролик хизматчиси билан тузиладиган меҳнат шартномасига доир намунавий талабларни тасдиқлаш тўғрисида”ги буйруғи қабул қилинди (13.01.2023 йилда рўйхатдан ўтган, рўйхат рақами 3413).
❗️ Ҳужжатга мувофиқ:
• давлат хизматчиси билан тузиладиган меҳнат шартномасида акс эттириладиган 21 та мажбурий (давлат хизматининг ҳусусияти, давлат хизмати билан боғлиқ чекловлар, иш режими хусусиятлари ва бошқалар) ва 9 та қўшимча (синов муддати, маълумотларни ошкор этмаслик талаби) шартлар рўйхати тасдиқланмоқда;
• давлат фуқаролик хизматига кираётган шахс билан меҳнат шартномаси 3 йилдан ортиқ бўлмаган ёки номуайян муддатга ёзма шаклда тузилади;
• давлат фуқаролик хизмати лавозимларининг сиёсий гуруҳига кирувчи давлат фуқаролик хизматчилари билан меҳнат шартномаси тузилмайди.
❗️ Меҳнат шартномасининг мазмунига:
• давлат фуқаролик хизматчисининг ҳолатини давлат фуқаролик хизмати ва меҳнат тўғрисидаги қонунчиликка нисбатан ёмонлаштирадиган;
• камситишни тақиқлаш тўғрисидаги талабларни бузадиган;
• мажбурий меҳнатни тақиқлаш ҳақидаги талабларни бузадиган;
• давлат фуқаролик хизматчисини қонунга хилоф ҳаракатларни ёки ҳам давлат фуқаролик хизматчисининг, ҳам бошқа шахсларнинг ҳуқуқларини бузадиган ҳаракатларни амалга оширишга мажбурлайдиган шартлар киритилган бўлса, улар ҳақиқий бўлмайди.
Ҳужжат Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базасида эълон қилинган ва 30.04.2023 йилдан кучга киради.
diqqat #tezkor
⚡️⚡️O‘zbekistonda bog‘cha xodimlarining oyliklari birdaniga ikki barobar oshiriladi
Joriy yilning o‘zidayoq bolalar bog‘chalari tarbiyachilari va mudirlarining maoshi maktab o‘qituvchilari va direktorlarining maoshlariga tenglashtiriladi.
Shuningdek, tarbiyachi yordamchilarining maoshi 70% ga oshadi, oshxona va buxgalteriya xodimlari esa 100% bonus oladilar.
Manba-Dunyo.uz telegram kanali
/channel/qibray_sadosi
#bayramlar
Bugun 26-yanvar — O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni
Bugun 26-yanvar O'zbekistonda Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni sifatida nishonlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 12-aprel kuni imzolangan "O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq 26-yanvar Davlat bojxona xizmati xodimlarining kuni etib belgilangan.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaymiz va ularga mashaqqatli faoliyatlarida kuch-quvvat va sihhat-salomatlik tilaymiz.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
#диққат
Ўзбекистонда журналистлар ички ишлар органлари устидан жамоатчилик назоратини ўрнатади
Бу бўйича Президент қарори қабул қилинди.
Хусусан, улар ички ишлар органлари фаолиятидаги коррупция ҳолатлари бўйича интернет ва ижтимоий тармоқларда эълон қилинган хабарларни батафсил ўрганади ва унинг натижасини кенг жамоатчиликка етказади.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
xayrli_tong
Bugun sog‘ingan yaqinlaringizni yo‘qlar bo‘lsangiz, ularga xush kayfiyat, yaxshiliklar ulashing, xatto yomonlik qilganga ham muruvvat ko‘rsating. Hayotdan zavqlanib, baxra olib yashang, toki, sizdan faqat yaxshilik va yaxshi xotira qolsin
Assalomu alaykum!
/channel/qibray_sadosi
xayrli_tong
Allohimdan, har bir qilayotgan xayrli ishingizdan, bosgan har bir qadamingizdan rozi bo‘lishini, jismingizga sog‘liq, qalbingizga xotirjamlikni so‘rab qolaman.
Topgan va topajak halol pullaringiz faqat xursandchilik va yaxshilikka buyursin...
Kuningiz barokatli o‘tsin
Murodbaxsh chorshanba tongi muborak bo'lsin.
Assalomu alaykum!
/channel/qibray_sadosi
Prezident: “Hamma rahbarlar shuni his etishi kerak: endi bunday davom etishi mumkin emas”
—————
Президент: «Все руководители должны осознать: так больше продолжаться не может»
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi