AVTOBUS HAYDASHDA HAM GENDER TENGLIKKA RIOYA QILINMOQDA
Hukumat qarori bilan ayollarga yuk avtomobilari va avtobuslarni boshqarish bilan bog'liq cheklovlar olib tashlandi(12.02.2024 yildagi 85-sonli VMQ).
Shu kunga qadar ayollarni «BC» va «D» toifalariga ega bo'lish uchun tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk ko'tarishi 2,5t dan va avtobuslarning yo'lovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak edi.
Endilikda ayollar ham erkaklar kabi «BC» va «D» toifalariga ega bo'lishi va istalgan og'ir yuk avtomobillari va avtobuslarni boshqarishlari mumkin.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Bilasizmi
Dunyodagi eng katta kutubxona Vashingtonda joylashgan. Unda 170 million kitob, karta, gazeta va boshqalar jamlangan.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Xabaringiz_bormi
UCHTA OTM BITTAGA BIRLASHTIRILDI
Prezident tomonidan 07.02.2024 yildagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaror imzolandi. Hujjat “O'zA”da e'lon qilingan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga Toshkent moliya instituti va Fiskal institut qo'shib olinmoqda.
Toshkent moliya instituti va Fiskal institutda tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini Universitetda davom ettiradi hamda 2023/2024 o'quv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Moziyga_nazar
Bugun tavallud ayyomi nishonlanayotgan bobokalonimiz Bobur "Ginnes rekordlar" kitobiga kirganini bilasizmi?
Bobur (taxallusi; to'liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon - 1530.26.12, Agra) — o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste'dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg'ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug' Nigorxonim Mo'g'uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo'lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o'tiradi.
❗️Zahiriddin Muhammad Bobur "Ginnes rekordlar" kitobining "Tarixiy shaxslar" bo'limiga "Oz sonli askarlari bilan katta qo'shinni yenggan, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi" sifatida kiritilgan.
▶️ @qibray_sadosi
#Обуна_2024
Азиз муштарийлар!
Сизларга 2024 йил учун “QIBRAY SADOSI” газетасига обуна давом этаётганлигини МАЪЛУМ ҚИЛАМИЗ!
Обуна бўлиш учун ўзингизга қулай усулни танланг.
Обунани:
-нақд пулга;
-пул ўтказиш;
-пластик карточкалар
❗️ орқали амалга ошириш мумкин.
Обуна «Қибрай садоси» газетаси таҳририятида қабул қилинади.
________________________________
Обуна индекси – 296
Обуна баҳоси – 300 000 сўм.
✅ Манзил: Қибрай шаҳарчаси, Зебунисо кўчаси, 12-уй
Мўлжал: "Ўзсаноатқурилишбанк" Қибрай филиали
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Qirg'izistonda ota-onasiga g'amxo'rlik qilmaganlarni merosdan mahrum qilish taklif qilindi
Deputat Marlen Mamataliev meros huquqini ota-onasi vafotidan oldin kamida 5 yil parvarish qilgan bolalarga berishni taklif qildi.
Ota-onasini qariyalar uyiga berganlar esa barchasidan mahrum bo'ladi.
Qirg'iz odatlariga ko'ra, agar vasiyatnoma tuzilmasa, ota-onaning mulki avtomatik tarzda kenja o'g'ilga o'tadi.
Boshqa hollarda, aniq vasiylar bo'lmagan taqdirda, meros vasiylik qiluvchilarga yoki vasiyatnomada ko'rsatilgan shaxslarga o'tadi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Dayjest
🔹 Shavkat Mirziyoev yoqilg'isiz isitiladigan ixcham issiqxonalar barpo etilishini qo'llab-quvvatladi
🔸 Bugun - 13 fevral 4-5 ballik magnit bo'ronlari bo'lishi prognoz qilinmoqda.
🔹 Chirchiqda bog'cha tarbiyachisi bolani urib, hojatxonaga qamab qo'ydi. Hozirda tarbiyachi ishdan olingan, tergovga qadar tekshiruv ketyapti.
🔸 Dok-1 Maks ishi: prokuror Farmagentlikning sobiq mansabdorlariga 18 yildan qamoq so'radi
🔹 Apple bir vaqtning o'zida iPhone 16 beshta versiyasini tayyorlamoqda.
🔸 Oq uy Bayden yoshi tufayli sog'lig'i yomonlashgani va iste'foga chiqishi mumkinligiga ishora qildi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#O'zingizni_asrang
Bugun - 13 fevral 4-5 ballik magnit bo'ronlari bo'lishi prognoz qilinmoqda.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Обуна_2024
Азиз муштарийлар!
Сизларга 2024 йил учун “QIBRAY SADOSI” газетасига обуна давом этаётганлигини МАЪЛУМ ҚИЛАМИЗ!
Обуна бўлиш учун ўзингизга қулай усулни танланг.
Обунани:
-нақд пулга;
-пул ўтказиш;
-пластик карточкалар
❗️ орқали амалга ошириш мумкин.
Обуна «Қибрай садоси» газетаси таҳририятида қабул қилинади.
________________________________
Обуна индекси – 296
Обуна баҳоси – 300 000 сўм.
✅ Манзил: Қибрай шаҳарчаси, Зебунисо кўчаси, 12-уй
Мўлжал: "Ўзсаноатқурилишбанк" Қибрай филиали
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Dayjest
🔹 Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag'ishlangan yig'ilish boshlandi.
🔸 Joriy yilda paxtadagi kabi g'allada ham imtiyozli kreditni to'g'ridan-to'g'ri fermerga berish tizimi joriy qilinadi.
🔹 Farg'ona politexnika instituti talabasi Quyosh energyasi asosida havodan kunlik isteʼmol uchun yetarli ichimlik suvi olish qurilmasini yaratdi.
🔸 Kelgusi hafta oxirigacha O'zbekiston bo'ylab keskin sovuq havo va qor yog'ishi, harorati esa -9 -11° gacha tushishi kutilmoqda
🔹 O'zbekistonda fevral oyidagi magnit bo'ronlarining eng yuqori cho'qqilari ma'lum bo'ldi. 16-fevral kuni kuchli, 23 va 24-fevral - o'rtacha magnit bo'roni kuzatiladi.
🔸 Ayni paytda Toshkentda 10 ballik tirbandliklar kuzatilyapti.
🔹 Toshkent havoning iflosligi bo'yicha dunyoda 6-o'ringa chiqdi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
⚡️Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда таълим, соғлиқни сақлаш, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларида амалга оширилиши лозим бўлган устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.
@platformauzb
#Ob_havo
Dam olish kunlari juda iliq harorat kuzatiladi
O'zbekiston bo'yicha 22-24 dekabr kunlariga ob-havo prognozi e'lon qilindi.
Bugun, 22 dekabr va 23-24 dekabr kunlari O'zbekiston hududiga janubdan iliq havo kirib kelishi davom etadi va harorat ko'tariladi.
"O'zgidromet" xabariga ko'ra, bugun kunning ikkinchi yarmida havo +8...+13 darajagacha, shanba va yakshanba kunlari esa +12...+17 darajagacha ko'tariladi.
Kechalari ham havo iliq bo'ladi, yakshanba kuniga borib, harorat kechasi +2...+7 darajagacha ko'tariladi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Juma ayyomining fayzu barokati yor bo'lsin!
#Kun_hikmati
Dunyoda hech narsa qat'iyat o'rnini egallay olmaydi, hech bir qobiliyati bo'lmasada lekin, qat'iyatli insonlar qobiliyati borlardan ko'ra ko'proq yutuqqa erisha oladi. Qat'iyatli bo'ling!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
❗️Maktablarda qishki ta'til 28 dekabrdan boshlanadi
Maktab o'quvchilari uchun II chorakning so'nggi kuni 27 dekabrga to'g'ri kelib, 28 dekabr kuni qishki ta'tilning ilk kuni sanaladi.
Ta'til 14 kalendar kun, ya'ni 2024 yil 10 yanvargacha davom etadi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
Toshkent viloyati hokimining topshirig'iga binoan Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashi deputati Gulnora Ahmedova Qibray tumanida asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga qo'yilgan narx-navolar bilan tanishib chiqdi.
Bunda Qibray tumani deputatlari Olim Toshev va Doniyor Yusupov, Nuroniylar va tumani hokimligi vakillari hamkorlik qilishdi.
Ma'lumki, Qibray tumani aholisi uchun alohida "Dehqon bozori" mavjud emas. Aksariyat aholi Toshkent va Chirchiq shahridan savdo qilishadi. Ammo ayni kunda ulgurji savdo bilan shug'ullanadigan "Fresh-bazar" do'koni tuman ahliga xizmat qilmoqda.
Tuman hokimligi arzonlashtrilgan mahsulotlar yarmarkasini ushbu haftadan ishga tushirishini ma'lum qildi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
#Обуна_2024
Азиз муштарийлар!
Сизларга 2024 йил учун “QIBRAY SADOSI” газетасига обуна давом этаётганлигини МАЪЛУМ ҚИЛАМИЗ!
Обуна бўлиш учун ўзингизга қулай усулни танланг.
Обунани:
-нақд пулга;
-пул ўтказиш;
-пластик карточкалар
❗️ орқали амалга ошириш мумкин.
Обуна «Қибрай садоси» газетаси таҳририятида қабул қилинади.
________________________________
Обуна индекси – 296
Обуна баҳоси – 300 000 сўм.
✅ Манзил: Қибрай шаҳарчаси, Зебунисо кўчаси, 12-уй
Мўлжал: "Ўзсаноатқурилишбанк" Қибрай филиали
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Ижтимоий тармоқлар орқали тарқалган ушбу хабарни ўқиб, ларзага тушасан. Видеолавҳани кўрибу ўз оёғи билан юрган аёлларни қандай қилиб ер кўтариб турганидан ҳайратланасан. Инсон ўз жигаргўшасини қайсилир мақсадда сотиши мумкинми?! Улар инсонмас дерсиз?! Унда - ким?!
Янги туғилган чақалоқни фарзандталабга бериши мумкиндир дейлик, кўз олдида ўсиб, вояга етиб бораётган, аллақачон "онажон" деган сўзни меҳр билан тилган олган боласиничи?! Оч қолдими. соғлиги ёмонми, ёки осонгина бойлик илинжидами? Шундай бўлган тақдирдаям, танангиздан ўз жигарингизни юлиб, отиб кўринг -чи!!!
Оғрийдими?
Бу хабарни осонгина ўқий олмадим... .
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Har bir kun fayzu barokat baxsh etsin!
#Kun_hikmati
🌿 Sizda borligini unutmang:
- Cheksiz imkoniyatlar.
- Siz ishonishingiz mumkin boʻlgan kelajak.
- Mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati.
- Hozirgi kun.
- Katta va kichik tajribalar.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Murodbaxsh chorshanba muborak bo'lsin!
#Kun_hikmati
Qat'iyatli bo'ling!
Muvaffaqiyatga yaqinroq bo'lgach, atrofingizda darhol hasadgo'y paydo bo'ladi. Ularga e'tibor bermang, tanqid, bosim, hissiy hujumlar bilan zaif bo'lib qolishingizga yo'l qo'ymang. O'zingizga bo'lgan ishonchni orttiring va yaxshilikka tegishli ishonchdan yaralgan qurol-yarog'laringizdan foydalaning.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Ибрат_учун
УЛАРДА...
Японияда одамлар тонгданоқ мана шундай навбатларда туришига ҳайронмисиз?!. Улар ошга ёки метанга навбат туришгани йўқ.
❗️ Улар китобга, янги газеталарга навбатда туришибди.
БИЗДА...
Бунақа ҳолатлар биз учун эриш туюлиши табиий. Чунки биз илм учун вақтимизни сарфлашга эринамиз. Китоб ўқиш, газета варақлаш деса, уйқумиз келади.
❗️ Бироқ, каллайи саҳарлаб ош деса, уйқумиздан воз кечиб бўлса ҳам, бораверамиз...
Фожеамиз ҳам аслида шунда...
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Ob_havo
Совуқ минусли ҳаво ҳароратининг Ўзбекистонга кириб келиши бўйича шошилинч ахборот эълон қилинди.
18-19 февраль кунлари республиканинг катта қисмида тунда ҳаво ҳарорати минимумлари -3 - 8 даражагача совуққа, шимолда эса 17-18 февралда -13 -16 даражагача совуққа пасаяди.
Арктик совуқ ҳаво оқими 18-19 февралда республика ҳудудларининг катта қишлоқ хўжалик ер майдонларида афсуски тунги ҳаво ҳароратини -3 даража ва ундан пастки совуқ ҳароратгача пасайтиради.
Энди мамлакатимиздаги ҳар бир тузилмадан кутилаётган мазкур совуқлик тўлқинларининг тармоқларга таъсирларини камайтириш, унинг салбий оқибатларини юмшатишга қаратилган чора-тадбирлар режаси ҳамда тавсиявий характерли муносабатлари бўлиши керак. Совуқдан оила аъзоларини, хонадонини. экин-тикини қандай асраш ҳақида янада билиб олганлари маъқул.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
#Ogohlik
Ruhiy qaramlikdan asrang!
Ruhiy qaramliklar safiga gadjetlarga qaramlik ham qo'shilib, insoniyatni ancha o'ylantirib qo'ydi. Smartfonga mukkasidan ketish hozirda ko'pchilikda va ayniqsa yoshlarda hamda bolalarda kuzatilmoqda. Uning alomatlari va asoratlari darrov yuzaga chiqib, yaqqol namoyon bo'ladi, yashirin kechish yoxud tashxislash muammosi yo'q.
❗️ Ammo asosiy bosqich - davolashga kelganda xato usullar qo'llanilmoqda.
✅ Misol uchun, yosh bolalarni "Jim o'tirsin!" deb avvaliga telefon tutqazib qo'ygan ota-onalar, keyinchalik pushaymon bo'lsa, bolaga telefon ushlashni mutlaqo cheklashga, yoki uni jazolashga kirishadi. Bu muammoga yechim bo'lolmaydi. Aksincha, vaziyatni yanada chigallashtiradi. Yaxshisi, bu holatning oldini olgan ma'qul!
❗️Hushyor bo'ling - Sifrovoy autizm (Raqamli autizm) kasalligi - ayni vaqtda, dunyodagi har ikkinchi go'dakda uchrayotgan juda havfli kasallik. Bunda farzand nutqi kech shakllanishi, diqqatni jamlay olmaslik, asabiylik va kognitiv funksiyalarning zaiflashuvi bilan namoyon bo'ladi.
Binobarin, gadjetlarga qaramlik ruhiy buzilishlar ortidan kelib chiqadi. Shaxsiy hayotidan ko'ngli to'lmagan odam muammolaridan telefon ekrani ortiga yashirinishga urinadi, gadjetni ruhiy quvvat manbaiga aylantirib oladi. Undan dabdurustdan ayrilish esa depressiyani kuchaytirib yuboradi. Shuning uchun avvalo xotirjamlikka erishish, noroziliklarni kamaytirish, hayotdagi muammolarga to'g'ri nigoh bilan qarashni o'rganish kerak. Demak, birinchi ishingiz telefonni ko'zdan yo'qotish emas, balki ko'z o'ngidagi yoqimsiz taassurotlardan xalos bo'lishdir.
Hayotni sevgan, o'z umridan minnatdor odam tiriklikning har bir lahzasidan zavq olib yashasa, u uchun telefon juda bir zerikarli buyumga aylanib qoladi. Chunki real hayotda undagidan-da yaxshi voqealarni, smartfondan samimiyroq do'stlarni, yaqinlarining mehr og'ushini topadi-da!
Gadjetlardan bir kunda qancha vaqt davomida foydalanishingizni hisoblang. Agar bu 8 soat bo'lsa va siz muddatni 2 soatga tushirsangiz, ruhiy zarba olishingiz tayin. Shu bois asta-sekinlik bilan kamaytirib boring. Kun sayin daqiqalar soatlarga almashsin.
Farzandingizni ko'ra-bila turib "zombi"ga aylantirib qo'ymang! Ularni telefonga qaram qilib qo'ymang!
Assalomu alaykum, azizlar!
#Kun_hikmati
Dunyo go'zalligi sizning hatti-harakatingiz va niyatu maqsadingizga bog'liq. Atrofga ezgu niyatlar bilan razm soling!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
ЎҚИТУВЧИЛАРГА БОШИМ ЕРГА ТЕККУНИЧА ТАЪЗИМ ҚИЛАМАН!
Фарзандимизнинг келажагига бепарво эмасмизми, демоқчиман!
Тўйларда артистларга қистирамиз, синфга парда деса, жонимиз чиқади!
Ишхонада банкет бўлса ходимларга «эриймиз», мактабдаги тадбирга келганда ўша куни ишимиз чиқиб қолади!
Тўй қилсак, қўшни қишлоқдаги бойлар ҳам айтилиб, кечгача кетказмай меҳмон қиламиз, боламизнинг ўқитувчиси эсимиздан чиқиб қолади!
Маҳаллада битта бой машина олса, "қандини урсин" деймиз-у, ўқитувчи олса "шартмикин, қорнига емасдан машина олиш" деб ижирғанамиз!
Йилда бир марта ремонтга, обунага пул йиғилса "закон"чилигимиз тутиб қолади, лекин битмаган ишни "соққа"сини бериб битириб, қонунни оёқости қиламиз!
Кунда-кунора ошналарни, ишимиз тушган одамларни чойхонага оборамиз, аммо ўқитувчини бир марта меҳмон қилмаганмиз!
Менга нима хизмат буюраркан деб, бошлиғимизнинг оғзига қараб турамиз-у, лекин ўқитувчи муаммодан гапирса, оғзига урамиз!
Лекин ЎҚИТУВЧИ бировнинг мурувватига ёки пулига муҳтож эмас! Озгина ҚАДР ва ЭЪТИБОР топса, шунинг ўзи кифоя!
Дафтарга, ремонтга, обунага, металломга, гулларга, пардага ва бошқа чиқимларга йиғилган пул нимаям бўларди! Наҳот, шу пулга қараб қолган деб ўйласак, ЎҚИТУВЧИни. Азбаройи касбини севганидан ёки шунча йиллик билими увол бўлмаслиги учун ишлаяпти ЎҚИТУВЧИ. Унутманг, устоз отадай улуғ!
("Фарзанд тарбияси" дан олинди)
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
#Kun_hikmati
Bir ishni qilib ko'rmaguningizga qadar, ko'p narsa imkonsiz bo'lib tuyulaveradi.
✍🏼 Nelson Mandela
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
▶️ @qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Har bir kun fayzu barokat baxsh etsin!
#Kun_hikmati
❗️O'z maqsadlaring uchun harakat qilishni boshla
Shuni unutma, bugun kelajaging uchun biror nima qilmadingmi, unda sen kutgan kelajak hech qachon kelmaydi.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
Ma’lumki, 22-dekabr eng qisqa kunduz va eng uzun tun bo‘ladigan sana. Bu sanada sayyoramizning Bosh energetigi – Quyoshdan bizga eng kam yorug‘lik va issiqlik tushadi. Energiya iste’moli eng ko‘p bo‘ladigan ushbu kunda MDH mamlakatlarining aksariyatida energetika sohasi xodimlari kasb bayramini nishonlaydi.
Energetika sohasi jamiyat hayotida qanday katta ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidlashga hojat yo‘q. Uylarimizga issiqlik va yorug‘lik ulashadigan, ishlab chiqarish korxonalarida uskuna va dastgohlarini harakatga keltiradigan va umuman zamonaviy hayotning barcha-barcha sohasida asosiy o‘rin tutadigan jabha, shubhasiz, energetikadir!
Ana shunday savobli ishni amalga oshirayotgan tumanimiz ishchi-xodimlarini ushbu bayram bilan samimiy muborakbod etamiz. Ishingiz bexatar va barqaror, ta’minotingiz uzluksiz bo‘lsin!
Bayram muborak, energetiklar!
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Kuningiz xayrli o'tsin!
#Kun_hikmati
Bu hayot- tuhfa, uni ehtiyotlab, imkon qadar baxtga yo'g'rilgan holda yashashga intiling.
Yaxshilik qiling va yaxshilar qurshovida bo'ling...
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
Assalomu alaykum, azizlar!
Boshlangan kuningiz xayrli va fayzli bo'lsin!
#Kun_hikmati
Muammolar - aslida yo'q! Faqat turli masalalar bor, ularning yechimini topish mumkin.
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi
#Dayjest
🔹National geographic jurnali yil suratlarini e'lon qildi. Unda O'zbekistonda olingan surat ham bor
🔸 Qibray tuman bosh archasi va uning atrofini bezatish ishlari qizg'in davom etmoqda
🔹 Bugun hududlarda havo harorati +13 darajaga yetadi. Poytaxtda kunduzi havo harorati +11 darajaga ko'tarilishi mumkin.
🔸 Bugun 18-dekabr Xalqaro migrantlar kuni, deb e'lon qilmoqda ayrim ijtimoiy kanallar.
🔹 Toshkentda ochiq osmon ostida muz maydonchasi ochildi! Maydonchaga 200 ga yaqin odam sig'ar ekan.
🔸 Quruvchilar dahasidan Sergeligacha bo'lgan «Turon» va «Qipchoq» metro bekatlarining qurilishi yakunlanib, Toshkent yerusti metrosining 2 ta yangi bekati sinov tariqasida ochildi
🔹 Xorazmdagi bog'chada bolalarni tepib, tayoq bilan urib mashg'ulot o'tgan tarbiyachilar ishdan olindi
Kanalga ulaning va yaqinlaringizga ulashing:
@qibray_sadosi