Президент совуқ кунларда қарздорлик сабаб хонадонларни электр ва газдан узилмаслигини таъкидлади
Шавкат Мирзиёев Бош вазир Абдулла Арипов ва энергетика вазирига бор имкониятларни ишга солиб, мавжуд ресурсларни адолатли тақсимлаб, муаммоли маҳаллаларда одамларга зудлик билан ёрдам кўрсатадиган тизим яратишни топширди.
Шунингдек, келгусида бундай вазиятга йўл қўймаслик учун ҳозирдан аниқ чораларни белгилаш, яъни қаерда газ бўлмаса, суюлтирилган газ ёки кўмир етказишни бугунданоқ ҳал қилиш вазифаси қўйилди.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
"Мен совуқдан қийналаётган ҳар бир оила, ҳар бир инсоннинг кайфиятини, ҳиссиётини чуқур ташвиш ва изтироб билан юрагимдан ўтказаяпман", - деди давлатимиз раҳбари.
Юзага келган вазият соҳалар ҳамда ҳудуд раҳбарларининг бугунги кунгача қандай ишлаганини яққол кўрсатиб қўйгани таъкидланди. Айниқса, Тошкент шаҳрининг барча даражадаги раҳбарлари бугунги ҳолатга умуман тайёр эмаслиги кескин танқид қилинди.
Президент республиканинг қолган ҳудудларида ҳам аҳвол ёмонлигини танқид қилди.
Айниқса, Зангиота, Тошкент, Булоқбоши, Хўжаобод, Учқўрғон, Косон, Кармана, Қамаши, Шофиркон, Хўжайли, Денов, Шароф Рашидов, Пастдарғом, Фарғона, Пахтабод, Ҳазорасп туманлари ҳамда Самарқанд, Наманган, Фарғона, Гулистон, Чирчиқ шаҳарлари ҳокимлари масъулиятни ҳис қилмасдан, бир ой олдинги совуқ кунлардан ҳеч қандай хулоса чиқармагани кўрсатиб ўтилди.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
#Тезкор
⚡️Шавкат Мирзиёев бугун свет ва газ бўйича йиғилиш ўтказмоқда
Бугун 16 январь соат 8:30 да Шавкат Мирзиёев раҳбарлигида кенгайтирилган йиғилиш бошланди.
Маълум қилинишича, йиғилишда қиш мавсумида аҳолини энергия ресурслари билан узлуксиз таъминлаш бўйича кўрилаётган чора-тадбирлар масаласи муҳокама қилинмоқда.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
#tabrik
O’zbekiston mard o’g’lonlari
Bahodirlar, pahlavonlari
Tinchligimiz chin posbonlari
Bayramingiz bo’lsin muborak!
Qayda bo’lmang, yermi, osmonda,
Tog’mi, dala, cho’l, biyobonda
Bu muqaddas ona makonda,
Bayramingiz bo’lsin muborak!
Vatan ishqi ko’nglingizdadir
Yurt taqdiri qo’lingizdadir
Nigohimiz yo’lingizdadir
Bayramingiz bo’lsin muborak!
Sizga tahsin botir yigitlar!
Olovyurak, nodir yigitlar!
Ko’ksi qalqon, chayir yigitlar,
Bayramingiz bo’lsin muborak!
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Qibray tumani uchun 10 kunlik ob-havo ma'lumoti
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
❗️12-16 yanvar kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan to‘yxonalarda bepul osh tarqatiladi.
🔸 Ushbu manzillarga yegulikka muhtoj aholi qatlami, kam ta’minlangan oilalar, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tashrif buyurishlari mumkin.
Manba-"XALQ OVOZI" kanali
/channel/qibray_sadosi
#jarayon
Obobdonlashtirish xodimlari kunning keskin sovushi oqibatida kelib chiqqan noqulayliklarni bartaraf etmoqda
✅Qibray tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan qalin qor yog'ishi oqibatida yo'llar va piyodalar yo'laklarida hosil bo‘lgan muzlardan tozalash, haydovchi hamda fuqarolarga qulaylik yaratish ishlari olib borilmoqda.
🔹Qishning sovuq kunlarida ham sidqidildan mehnat qilayotgan xodimlarga e'tibor qaratilib issiq choy, kofe va Toshkent viloyati Transport boshqarmasi tomonidan issiq taom tayyorlanib tortiq etilmoqda.
✍️ Qibray tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda
Antitsiklon va salomatligimiz.
Antitsiklon - atmosfera bosimining ko‘tarilishi, havo nisbiy namligida keskin o‘zgarishlar kuzatilmaydigan tinch ob-havo sharoitini yuzaga keltiradi. Bu paytda havo ochiq, yog‘insiz bo‘ladi. 12-14 yanvar kunlari xuddi shu turdagi antitsiklon chekka qismi O‘zbekiston hududlaridan o‘tadi. Bu paytlari atmosfera bosimi 1055 gPa gacha yuqorilashi mumkin.
Yuqori atmosfera bosimi inson sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir qiladi. Ayniqsa, u allergik, asmatik hamda qon bosimi xastaliklari bilan og‘riyotgan bo‘lsa. Bunday odamlar havodagi turli ko‘rinmas mayda zarrachalarga agressiv bo‘lishadi, aksiga olib, tinch ob-havo sharoitida bu kabi zarralar havoda ko‘p muddat muallaq saqlanadi.
Davomli yuqori bosimli antitsiklon inson tanasida bosh va yurak og‘rig‘i, ish faoliyatining sustlashi, umumiy zaiflik bilan namoyon bo‘ladi. Atmosfera bosimining ko‘tarilishi qondagi leykotsitlar sonini kamaytirish orqali organizmning himoya funksiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi inson salomatligini sezilarli darajada og‘irlashtiradi. Organizmni turli yuqimli kasalliklarga moyil qilishi mumkin.
Ayni paytda Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy viloyati katta qismi antitsiklon markaziga yaqin turibdi. Shifoxonalarga qon bosimi bilan bog‘liq shikoyat qiluvchilar soni sezilarli ko‘payayotgan bo‘lishi kerak.
Antitsiklon ta’sirini yengillashtirish uchun ertalab tetiklashtiruvchi yengil dush qabul qilish, yengil gimnastika bilan shug‘ullanish hamda ovqatlanish ratsioniga kaliy moddasiga boy mevalarni qo‘shish va iste’mol qilish tavsiya etiladi. Insonning immun va asab tizimiga yukni kamaytirish, zo‘riqtirmaslik maqsadida, ozgina ma’lum muddat kundalik ish rejimini ham o‘zgartirish lozim. Iloji bo‘lsa, antitsiklonning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, ko‘proq dam olgan ma’qul.
O‘zbekistonda antitsiklonlar 2,5 sutka uzog‘i bilan 3,5 sutkagacha davom etadi.
@uzb_meteo kanalidan olindi.
/channel/qibray_sadosi
#Tuhfa
Tadbirkor 54 nafar fuqaroga uy tuhfa qildi
🌐BATAFSIL
✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
xayrli_tong
Allohning bergan ne’matlari bizdan uzilib qolmasligini so‘rab, barchamizga yangi boshlagan kunimiz barokatli, fayzli, va foydali o‘tshini tilayman! Assalomu alaykum. Chorshanba tongi muborak
Qadrdonlar
/channel/qibray_sadosi
10 yanvar erta tong va kunning birinchi yarmida respublikaning ko‘plab hududlarida qor bo‘ronlari bo‘lishi mumkin.
"COSMO_CA" milliy iqlim model ma’lumotlariga ko‘ra, 10 yanvar soat 00.00 dan soat 12.00 ga qadar respublika bo‘ylab qor yog‘ishi ba’zi joylarda ko‘p yog‘ishi ko‘rsatilgan.
"Yashil" rang bilan tasvirlangan hududlarda yog‘inlar miqdori yarim sutkada umumiy 10 mm gacha, "sariq" rangli hududlarda 20 mm gacha, "qizil" rangli hududlarda ko‘p miqdorda, xususan, qor bo‘ron bo‘lishi ko‘rsatilgan.
Manba: @uzb_meteo
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
#xayrli_tong
Assalomu aleykum!
Saharlarda turganlarni asrasin Allox
Safarlarda yurganlarni asrasin Allox
Otam deb, onam deb, yaqinlarim deb,
Rizq terib yurganlarni qo‘llasin Allox!
Barchamizga yana bir tongdan baxramand bo‘lish nasib etibdi, Alhamdulillah!
Nimaiki qalbingizga tug‘ilgan ezgu orzu niyatlaringiz bo‘lsa barchasiga Alloxim yetishtirsin!
Boshlangan yangi kuningiz fayzu barokatli bo‘lsin!
/channel/qibray_sadosi
Shahar va tumanlar qaysi toifaga kiradi?
Prezident farmoniga muvofiq 2023 yil 1 yanvardan boshlab, O‘zbekistondagi barcha — 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Tuman va shaharlarning qaysi toifaga mansubligini quyidagi ro‘yxatdan ko‘rishingiz mumkin.
▪️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1-toifa: mavjud emas
2-toifa: Nukus shahri va Qo‘ng‘irot tumani;
3-toifa: Beruniy, Qorao‘zak, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy, Ellikqal’a;
4-toifa: Amudaryo va Nukus tumanlari;
5-toifa: Bo‘zatov, Kegeyli, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Shumanay.
▪️ Toshkent shahri
1-toifa: barcha tumanlar.
▪️ Andijon viloyati
1-toifa: Andijon shahri;
2-toifa: Andijon, Asaka va Shahrixon tumanlari, Xonobod shahri;
3-toifa: Baliqchi, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa, Oltinko‘l va Xo‘jaobod;
4-toifa: Jalaquduq, Izboskan, Marhamat va Paxtaobod;
5-toifa: Bo‘ston va Ulug‘nor.
▪️ Buxoro viloyati
1-toifa: Buxoro shahri;
2-toifa: Kogon shahri, Kogon, Qorovulbozor va Romitan tumanlari;
3-toifa: Buxoro, G‘ijduvon va Qorako‘l tumanlari;
4-toifa: Vobkent, Jondor, Olot, Peshku, Shofirkon;
5-toifa: mavjud emas
▪️ Jizzax viloyati
1-toifa: Jizzax shahri;
2-toifa: G‘allaorol;
3-toifa: Do‘stlik, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l, Paxtakor, Forish, Sharof Rashidov;
4-toifa: Baxmal, Yangiobod;
5-toifa: Arnasoy;
▪️ Qashqadaryo viloyati
1-toifa: Qarshi shahri;
2-toifa: Shahrisabz shahri, G‘uzor, Kitob va Shahrisabz tumanlari;
3-toifa: Kasbi, Koson, Ko‘kdala, Qarshi, Chiroqchi va Yakkabog‘ tumanlari;
4-toifa: Qamashi, Mirishkor, Muborak, Nishon;
5-toifa: Dehqonobod.
▪️ Navoiy viloyati
1-toifa: Navoiy shahri;
2-toifa: Zarafshon shahri, Karmana, Navbahor va Uchquduq tumanlari;
3-toifa: G‘ozg‘on, Qiziltepa, Nurota;
4-toifa: Konimex, Xatirchi;
5-toifa: Tomdi.
▪️ Namangan viloyati
1-toifa: Namangan shahri, Yangi Namangan va Davlatobod tumanlari;
2-toifa: To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on;
3-toifa: Kosonsoy, Namangan, Pop, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
4-toifa: Norin;
5-toifa: Mingbuloq.
▪️ Samarqand viloyati
1-toifa: Samarqand shahri;
2-toifa: Jomboy, Samarqand va Toyloq tumanlari;
3-toifa: Kattaqo‘rg‘on shahri, Bulung‘ur, Ishtixon, Narpay, Oqdaryo, Pastdarg‘om va Urgut tumanlari;
4-toifa: Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Paxtachi, Payariq;
5-toifa: Qo‘shrabod.
▪️ Sirdaryo viloyati
1-toifa: mavjud emas
2-toifa: Guliston va Shirin shaharlari, Sirdaryo tumani;
3-toifa: Yangiyer shahri, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari;
4-toifa: Boyovut, Guliston, Sayxunobod va Xovos tumanlari;
5-toifa: Sardoba.
▪️ Surxondaryo viloyati
1-toifa: Termiz shahri;
2-toifa: Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlari;
3-toifa: Angor, Denov, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo;
4-toifa: Boysun, Muzrabot, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi;
5-toifa: Bandixon, Qiziriq, Oltinsoy.
▪️ Toshkent viloyati
1-toifa: Ohangaron va Chirchiq shaharlari;
2-toifa: Angren, Bekobod, Nurafshon, Olmaliq va Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, Zangiota, Qibray, Quyichirchiq, Toshkent, Chinoz va Yuqorichirchiq tumanlari;
3-toifa: Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Parkent, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlari;
4-toifa: Bekobod, Bo‘ka va Piskent tumanlari;
5-toifa: mavjud emas
▪️ Farg‘ona viloyati
1-toifa: Farg‘ona shahri;
2-toifa: Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlari, Buvayda tumani;
3-toifa: Quvasoy shahri, Beshariq, Bog‘dod, Dang‘ara, Quva, Qo‘shtepa, Oltiariq, Rishton, Toshloq, O‘zbekiston, Uchko‘prik va Farg‘ona tumanlari;
4-toifa: Furqat;
5-toifa: So‘x, Yozyovon.
▪️ Xorazm viloyati
1-toifa: Urganch shahri;
2-toifa: Bog‘ot;
3-toifa: Xiva shahri, Gurlan, Tuproqqal’a, Urganch, Hazorasp, Xonqa, Shovot tumanlari;
4-toifa: Qo‘shko‘pir, Xiva va Yangibozor tumanlari;
5-toifa: Yangiariq.
/channel/qibray_sadosi
Ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati uzaytirildi
O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi. O‘qish jarayonlari 18 yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.
/channel/qibray_sadosi
Vitamin va minerallarning so‘rilishi uchun eng yaxshi vaqt qaysi?
• 21:00 - 00:00 gacha Kalsiy va magniy .
• 18:00 - 21:00 gacha Vitamin D, K va ribiy jir.
• 06:00 - 12:00 gacha Temir preparatlari, vitamin S, Ye va B gruppa vitaminlari.
•12:00 - 18:00 gacha Yod, sink, koenzim Q10.
✅ Bilib qo‘ying! Vitamin va minerallarni shu vaqtda iste’mol qilinsa effektivligi yuqori bo‘ladi
/channel/qibray_sadosi
"Ҳудудий электр тармоқлари" раҳбари Мустафоев, "Узтрансгаз" раҳбари Норматов ва "Ўзбекнефтгаз" раҳбари Абдуллаев ҳам лавозимидан озод этилиб, уларга вазифасини бажарувчи лавозимида 3 ой синов муддати белгиланди.
Агар тармоқ корхоналарининг айрим молиявий масалалари вақтида ечиб берилганда, даромадларининг бир қисми инвестиция қилиниб, тармоқларни янгилашга йўналтирганда вазият бунчалик оғир бўлмас эди, деб таъкидланди йиғилишда.
Бу масалада ҳам масъуллар эътиборсизлик қилгани танқид қилинди.
Энди бутунлай бошқача тизим бўлиши – стратегик корхоналар Стратегик ислоҳотлар агентлигига ўтказилиши белгиланди.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
⚡️Тошкент шаҳрида ҳокими Ортиқхўжаев лавозимдан олинди
Давлатимиз раҳбари ҳузурида ўтаётган йиғилишда ўз фаолиятида жиддий камчиликларга йўл қўйганлиги боис
- Тошкент шаҳар ҳокими Жаҳонгир Ортиқхўжаев
- Энергетика вазири ўринбосари Шерзод Ходжаев
- “Иссиқлик электр станциялари” АЖ бошқаруви раиси Фарҳод Абдурахманов лавозимларидан озод этилди.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Bir oqil zotdan so'rashibdi:
- Кoinotdan og'irroq nima bor?
- Yerdan kengroq nima bor?
- Dengizdan boyroq nima bor?
- Тoshdan qattiqroq nima bor?
- Оlovdan daxshatliroq nima bor?
- Muzdan sovuqroq nima bor?
- Zaxardan achchiqroq nima bor?
U javob beribdi:
- Оdamlarni nohaq ayblash koinotdan og'irroqdir.
- Haqiqat yerdan ham kengroqdir.
-Shukrli banda dengizdan ham boyroqdir.
- Мunofiqning yuragi toshdanda qattiqroqdir.
- Zolim hukmdor olovdan ham daxshatliroqdir.
- Мinnatchiga muhtoj bo'lmoq muzdanda sovuqroqdir.
- Хasad to'la qalb zaxardan ham achchiqroqdir
/channel/qibray_sadosi
Vatan himoyachilari kuni bilan Qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimizni va Vatanimizning mard va jasur barcha o'g'lonlarini muborakbod etamiz!
/channel/qibray_sadosi
#Juma_muborak
Yilning ikkinchi Jumasi muborak bo‘lsin!
❗️Juma kuni kimga nimani ravo ko‘rsangiz o‘shani yuboring deyishadi
🕋Azizlar men sizlarga shu joylarga borib, juma namozlarini o‘qishlikni so‘rayman
🕌Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin! JUMA ayyomingiz muborak bo‘lsin QADRDONLARIM!
/channel/qibray_sadosi
Ronaldo O'zbekistonga salom yo'lladi.
Ma'lumot uchun Ronaldo Jaloliddin Masharipov bilan bir jamoada to'p suradi.
/channel/qibray_sadosi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev:
“Rahbarlar xizmat mashinasida yo‘l bo‘yida transport kutib turgan yo‘lovchini ko‘rsa, manziliga yetkazib qo‘ysin.”
"XALQ OVOZI" kanalidan olindi.
/channel/qibray_sadosi
#xayrli_tong
Xayotda hamma narsa o‘tkinchi, shunday ekan har bir yaxshilik uchun minnatdor bo‘ling, chunki u doimiy emas... Agar yomonlik va dard kelsa qayg‘urmang, sabr qiling, tundan keyin tong, og‘riqdan keyin xalovat borligini unutmang! Har qanday xolatda ham hayot sinovlarini yengishga o‘zingizda kuch topa biling.
Kun davomida yaxshilar hamroxingiz bo‘lsin Azizlar!!! Assalomu alaykum!
/channel/qibray_sadosi
📚 AQShda jamoat kutubxonalari soni McDonald’s restoranlari va Starbucks qahvaxonalari sonidan koʻproq.
🧑💻 Jamoat kutubxonasida immigrantlar ingliz tilini bepul oʻrganadi, kompyuteri yoʻqlar kelib bepul foydalanadi. Boshpana, ish, oʻqish qayerdan topsam boʻladi, degan savollarga javob oladi, bolalar tengdoshlari bilan muloqot/dars, qariyalar madaniy hordiq uchun keladi.
☝️Jamoat kutubxonasi faqat kitobxona emas. Masalan, Boston jamoat kutubxonasi taklif qiladigan bepul xizmatlar roʻyxati: Boshpana, tekin ovqat, tekin tibbiy yordam, tekin yuridik va moliyaviy xizmatlar va hk.
"Birga kitob o'qiymiz"kanalidan olindi.
/channel/qibray_sadosi
#xayrli_tong
Bu kunda Allohdan duolarimiz ijobatini, farzandlarimiz salohiyatini, rizqimiz barakasini so‘rab qolamiz!
Yaxshilik va yaxshilar doim hamrohingiz bo‘lsin! Alloh nasib etgan ushbu tong barchamizga muborak bo‘lsin Qadrdon! Assalomu alaykum!
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Kuni kecha tumanimizdagi 1-sonli IDUMda ta'lim samaradorligini oshirish, pedagoglar o'rtasida yangi va o'quvchini fikrini jalb qiladigan metodlarni o'rganish bo'yicha ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda ma'ruzachi-ustozlar yangi, jahon talablariga mos keladigan, ta'lim sifat ko'rsatkichlarini oshiradigan metodlarni pedagoglar e'tiboriga taqdim etishdi.
Kanalga ulanish uchun
/channel/qibray_sadosi
Qibray tumani 1-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" munosabati bilan ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida salohiyatli pedagog xodimlar tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi Dilorom Rajapova, ingliz tili fani o'qituvchisi Umida Shukurova, boshlang'ich fanlar o'qituvchisi Munavvar Mirxaydarova, Dilrabo Nurovalar tomonidan o'z mutaxasislik yo'nalishlari bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlar bo'yicha ma'ruzalari tinglandi.
Seminar so'ngida o'qituvchilar o'zaro fikr almashishdi.
/channel/qibray_sadosi
#xayrli_tong
Juda go‘zal manzara to‘g‘rimi? Lekin, ishoning Jannat go‘zalliklari oldida bu xech narsa...
"Sizga salomlar bo‘lsin! Xush keldingiz! Abadiy qolguvchi bo‘lgan holingizda unga kiringlar"
© Zumar surasi, 73-oyat.
Jannat ahliga ilk lahzada aytiladigan so‘zlar mana shudir. Allohim, bizlarni mana shu so‘zlarni eshitadiganlar qatoridan qilgin! 🤲 Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!!!
/channel/qibray_sadosi
🟢Propopolis - sayyoradagi eng kuchli antibiotik
💡Propolis bir vaqtning o‘zida viruslar, zambrug‘ va bakteriyalarni o‘ldiradigan yagona mahsulotdir
✔️ Ushbu mahsulotni turli yo‘llar bilan ishlatish mumkin: oddiygina chaynash, sutga qo‘shib ichish (u yo‘talni juda yaxshi davolaydi)
✔️ Ichkarida qabul qilinganda, propolis damlamasi:
• immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi,
• yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf etadi.
• antioksidant vazifasini bajaradi.
✔️ Tashqi foydalanish uchun ta’sir doirasi yanada kengroq:
• yaralarni dezinfeksiya qiladi va davolaydi,
• terini tiklaydi,
• og‘riqni qoldiradi
/channel/qibray_sadosi